IQTISODIY IQLIM NAZORATI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

29,1 KB


IQTISODIY IQLIM NAZORATI
REJA:
1. Iqlimni iqtisodiy nazorati. Iqlim o‘zgarishi xavflarini boshqarish
2. Kioto Protokoli. Bali harakatlar rejasi
3. Kopengagen bitimi. Kankun kelishuvlari
4. Durban platformasi. Doxa mintaqaviy portali
Iqlim o‘zgarishi xavflarini boshqarishni ta’minlovchi asosiy yoki bosh xalqaro
hujjat  BMTning  Iqlim  o‘zgarishi  to‘g‘risidagi  sohaviy  konvensiyasi  (IO‘SK)
hisoblanib, u Er sammitida (Rio-de-Janeyro, 1992 yil) qabul qilingan va 1994 yilning 21
martidan kuchga kirgan. O‘zbekiston bu Konvensiyani 1993 yili imzolagan.
IO‘SK iqlim o‘zgarishi muammosi bo‘yicha global xarakterdagi asosiy xalqaro
huquqiy  hujjat  hisoblanish  barobarida,  bu  o‘zgarishning  salbiy  oqibatlarini
engillashtirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik hamda Er atmosferasiga antropogen yukni
pasaytirish vositasi sanaladi. IO‘SKda global iqlim o‘zgarishiga qarshi harakat qilish
bo‘yicha dunyo hamjamiyati faoliyatining umumiy faoliyat yo‘nalishlari belgilab
qo‘yilgan.
Iqlim o‘zgarishlari xavflarini boshqarishni huquqiy ta’minlashda asosiy rolni
quyidagi  hujjatlar  bajarib  kelgan  va  bajarmoqda:  BMTIO‘SK  doirasidagi  Kioto
Protokoli; Biologik xilma-xillikni saqlab qolish to‘g‘risidagi Konvensiya; BMT ning
"Jiddiy qurg‘oqchilik va cho‘llashishni boshidan kechirayotgan mamlakatlar, ayniqsa,
Afrikada cho‘llashishga qarshi kurash bo‘yicha" Konvensiyasi va boshqalar.
BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi sohaviy konvensiyasi 1992 yili Rio-
de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning atrof-muhit va rivojlanish  bo‘yicha
Konferensiyasi majlisida qabul qilingan. Bu Konvensiya  1994  yilning  21  martida
kuchga kirgan. Bugungi kunda IO‘SKni yoqlovchi davlatlar soni  195  tani  tashkil
Logotip
IQTISODIY IQLIM NAZORATI REJA: 1. Iqlimni iqtisodiy nazorati. Iqlim o‘zgarishi xavflarini boshqarish 2. Kioto Protokoli. Bali harakatlar rejasi 3. Kopengagen bitimi. Kankun kelishuvlari 4. Durban platformasi. Doxa mintaqaviy portali Iqlim o‘zgarishi xavflarini boshqarishni ta’minlovchi asosiy yoki bosh xalqaro hujjat BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi sohaviy konvensiyasi (IO‘SK) hisoblanib, u Er sammitida (Rio-de-Janeyro, 1992 yil) qabul qilingan va 1994 yilning 21 martidan kuchga kirgan. O‘zbekiston bu Konvensiyani 1993 yili imzolagan. IO‘SK iqlim o‘zgarishi muammosi bo‘yicha global xarakterdagi asosiy xalqaro huquqiy hujjat hisoblanish barobarida, bu o‘zgarishning salbiy oqibatlarini engillashtirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik hamda Er atmosferasiga antropogen yukni pasaytirish vositasi sanaladi. IO‘SKda global iqlim o‘zgarishiga qarshi harakat qilish bo‘yicha dunyo hamjamiyati faoliyatining umumiy faoliyat yo‘nalishlari belgilab qo‘yilgan. Iqlim o‘zgarishlari xavflarini boshqarishni huquqiy ta’minlashda asosiy rolni quyidagi hujjatlar bajarib kelgan va bajarmoqda: BMTIO‘SK doirasidagi Kioto Protokoli; Biologik xilma-xillikni saqlab qolish to‘g‘risidagi Konvensiya; BMT ning "Jiddiy qurg‘oqchilik va cho‘llashishni boshidan kechirayotgan mamlakatlar, ayniqsa, Afrikada cho‘llashishga qarshi kurash bo‘yicha" Konvensiyasi va boshqalar. BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi sohaviy konvensiyasi 1992 yili Rio- de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha Konferensiyasi majlisida qabul qilingan. Bu Konvensiya 1994 yilning 21 martida kuchga kirgan. Bugungi kunda IO‘SKni yoqlovchi davlatlar soni 195 tani tashkil
qiladi. IO‘SKning pirovard maqsadi - atmosferadagi parnik gazlari konsentratsiyasini
iqlimiy tizimga xavfli antropogen ta’sirning oldini oluvchi darajada barqaror ushlab
turishdir. Ushbu hujjat umumiy, lekin differensiallashgan javobgarlikka asoslangan,
iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha mamlakatlarning harakatlariga oid umumiy prinsiplarni
aniqlab  beradi  va  parnik  gazlarini  chiqarishni  qisqartirish  bo‘yicha  mikdoriy
majburiyatlarni o‘zida aks ettirmaydi. Konvensiyada ishtirok etuvchi tomonlar iqlim
o‘zgarishining salbiy oqibatlari bilan kurashda asosiy rolni sanoatlashgan davlatlar
va o‘zining iqtisodiy rivojlanish jarayonida parnik gazlarining chiqishiga asosiy
hissa qo‘shuvchi (tarixiy mas’uliyat tamoyili) iqtisodiy o‘tish davridagi davlatlar
o‘ynashi kerakligini tan oladilar.
Kioto Protokoli.  1997  yil BMTIO‘SK tarafdorlarining majlisida (TM) Kioto
Protokoli qabul qilingan bo‘lib, uning 1-ilovasiga kiritilgan davlatlar uchun parnik
gaz chiqindilarining miqdoriy majburiyatlari belgilab qo‘yilgan. Bu protokol 2005
yil 18 fevraldan kuchga kirgan, hozirgi kunda uni  191  ta mamlakat ratifikatsiya
qilgan. Kioto Protokoliga muvofiq, birinchi majburiyat davrida (2008-2012 yillar) 28
ta  rivojlangan  davlat  va  Markaziy  hamda  SHarqiy  Evropaning  12  ta  davlati
(protokolning B ilovasi) o‘zlarining parnik gazlari chiqindilarini 1990 yildagi darajaga
qaraganda  o‘rtacha  5,2%  ga  kamaytirishlari  zarur.  Kioto  Protokoli  doirasidagi
birinchi majburiyatlar davri 2012 yilning 31 dekabrida o‘z nihoyasiga etdi va 2013
yil  1  yanvardan boshlab yangi majburiyatlar  davri boshlandi, u  2020  yilning  31
dekabrigacha davom etadi.
Bali harakatlar rejasi. 2007 yilda IO‘SK tarafdorlarining 13-konferensiyasida
Bali harakatlar rejasi qabul qilindi va uzoq muddatli hamkorlik  chora-tadbirlari
bo‘yicha maxsus ishchi guruhi (AWG-LCA) tashkil qilindi. AWG-LCA ning mandati
uzoq muddatli hamkorlikning quyidagi eng muhim elementlariga yo‘naltirilgan edi:
iqlim o‘zgarishini engillatish, uzoq hamkorlik uchun moslashish,  moliyalashtirish,
texnologiyalarni berish va o‘zaro qarashlar. SHuningdek, Balida  ikki yo‘nalishdagi
muzokaralarni belgilab beruvchi Bali yo‘l ko‘rsatkichi qabul  qilinib, bular  2009
yilgacha nihoyasiga etkazilishi kerak bo‘lgan IO‘SK yo‘nalishi va Kioto Protokolidan
tashkil topgan edi. Muzokara guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar majmui
Kopengagenda IO‘SK tarafdorlarining 15-konferensiyasida qabul qilinadi.
Logotip
qiladi. IO‘SKning pirovard maqsadi - atmosferadagi parnik gazlari konsentratsiyasini iqlimiy tizimga xavfli antropogen ta’sirning oldini oluvchi darajada barqaror ushlab turishdir. Ushbu hujjat umumiy, lekin differensiallashgan javobgarlikka asoslangan, iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha mamlakatlarning harakatlariga oid umumiy prinsiplarni aniqlab beradi va parnik gazlarini chiqarishni qisqartirish bo‘yicha mikdoriy majburiyatlarni o‘zida aks ettirmaydi. Konvensiyada ishtirok etuvchi tomonlar iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari bilan kurashda asosiy rolni sanoatlashgan davlatlar va o‘zining iqtisodiy rivojlanish jarayonida parnik gazlarining chiqishiga asosiy hissa qo‘shuvchi (tarixiy mas’uliyat tamoyili) iqtisodiy o‘tish davridagi davlatlar o‘ynashi kerakligini tan oladilar. Kioto Protokoli. 1997 yil BMTIO‘SK tarafdorlarining majlisida (TM) Kioto Protokoli qabul qilingan bo‘lib, uning 1-ilovasiga kiritilgan davlatlar uchun parnik gaz chiqindilarining miqdoriy majburiyatlari belgilab qo‘yilgan. Bu protokol 2005 yil 18 fevraldan kuchga kirgan, hozirgi kunda uni 191 ta mamlakat ratifikatsiya qilgan. Kioto Protokoliga muvofiq, birinchi majburiyat davrida (2008-2012 yillar) 28 ta rivojlangan davlat va Markaziy hamda SHarqiy Evropaning 12 ta davlati (protokolning B ilovasi) o‘zlarining parnik gazlari chiqindilarini 1990 yildagi darajaga qaraganda o‘rtacha 5,2% ga kamaytirishlari zarur. Kioto Protokoli doirasidagi birinchi majburiyatlar davri 2012 yilning 31 dekabrida o‘z nihoyasiga etdi va 2013 yil 1 yanvardan boshlab yangi majburiyatlar davri boshlandi, u 2020 yilning 31 dekabrigacha davom etadi. Bali harakatlar rejasi. 2007 yilda IO‘SK tarafdorlarining 13-konferensiyasida Bali harakatlar rejasi qabul qilindi va uzoq muddatli hamkorlik chora-tadbirlari bo‘yicha maxsus ishchi guruhi (AWG-LCA) tashkil qilindi. AWG-LCA ning mandati uzoq muddatli hamkorlikning quyidagi eng muhim elementlariga yo‘naltirilgan edi: iqlim o‘zgarishini engillatish, uzoq hamkorlik uchun moslashish, moliyalashtirish, texnologiyalarni berish va o‘zaro qarashlar. SHuningdek, Balida ikki yo‘nalishdagi muzokaralarni belgilab beruvchi Bali yo‘l ko‘rsatkichi qabul qilinib, bular 2009 yilgacha nihoyasiga etkazilishi kerak bo‘lgan IO‘SK yo‘nalishi va Kioto Protokolidan tashkil topgan edi. Muzokara guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar majmui Kopengagenda IO‘SK tarafdorlarining 15-konferensiyasida qabul qilinadi.
Kopengagen bitimi.  AWG-LCA  va  AWG-KP  tomonidan amalga oshirilgan
ulkan  ishlarga  qaramay,  Kopengagenda  o‘tkazilgan  IO‘SK  tarafdorlarining  15-
konferensiyasida matni 2007-2009 yillar davomida ishlab chiqilgan va muhokama
qilingan yangi xalqaro bitim bo‘yicha bir kelishuvga kelinmadi. Natijada dunyoning
eng  yirik  iqtisodiyotga  ega  bo‘lgan  davlatlari  rahbarlarining  norasmiy
uchrashuvlari  davomida "Kopengagen  bitimi" deb nomlangan hujjatning matni
tayyorlandi.  Hujjat  Tarafdorlar  Konferensiyasining  yakuniy  yalpi  majlisida
ma’qullanishi uchun takdim qilindi. Biroq umumiy kelishuvning yo‘qligi sabab 7 ta
rivojlanayotgan  davlatlar  o‘zining  noroziligini  bildirdi  - Kopengagen  bitimi
ma’lumot uchungina qabul qilindi. Konvensiya tarafdorlari har bir  mamlakatning
ushbu  hujjatga  qo‘shilishi  mumkinligiga  qaror  qilishdi.  2010  yilda  bunga  140
mamlakat qo‘shildi, 80 dan ortiq davlatlar esa chiqindilarni qisqartirish bo‘yicha o‘z
rejalari va iqlim o‘zgarishining oldini olish bo‘yicha boshqa harakatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni taqdim qildilar.
Kankun  kelishuvlari.  Hujjat  2010  yil  Kankunda  o‘tkazilgan  IO‘SK
tarafdorlarining  16-konferensiyasida  qabul  qilingan.  O‘z  mohiyatiga  ko‘ra,  bu
hujjat Kopengagen bitimining kengaytirilgan ko‘rinishi bo‘lsa-da, uni Tarafdorlar
Konferensiyasi  qarori  mustahkamlar  edi.  YAngi  hujjatda  Kopengagen  tuzilmasi
saqlab  qolingan  va  unga  muvofiq  rivojlangan  mamlakatlarning  majburiyatlari
tegishli jadval-ilovada belgilab qo‘yilgan, rivojlangan mamlakatlarning chiqindilarini
qisqartirish  bo‘yicha  maqsadlar  esa  erkin  shaklda  berilishi  ko‘rsatilgan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning harakati alohida reestrga kiritilib, unda rivojlangan
mamlakatlar  tomonidan  beriladigan  ko‘mak  ham  ko‘rsatib  o‘tilgan.  Miqdoriy
majburiyatlarni aniqlashda Kankunda "pastdan tepaga" yondashuvidan foydalanilgan
bo‘lib, unga ko‘ra, dastavval, alohida olingan har bir mamlakatning  majburiyatlari
aniqlanadi, so‘ngra umumiy majburiyatlar ko‘rsatiladi. Kioto Protokolida esa buning
aksi  edi,  dastavval,  umumiy  maqsad  aniqlangan  (5,2°S),  so‘ng  uning  asosida
mamlakatlarning  majburiyatlari  belgilangan  edi.  Kankunda  moliyalashtirish,
moslashish, texnologiyalarni berish va o‘rmonlarni kengaytirish masalalari bo‘yicha
eng katta muvaffaqiyatlarga erishildi:
•
yashil iqlimjamg‘armasiningtashkil qilinganligi e’lon qilindi;
•
yangi Kankun moslashish tuzilmasi va moslashish qo‘mitasi tuzildi;
Logotip
Kopengagen bitimi. AWG-LCA va AWG-KP tomonidan amalga oshirilgan ulkan ishlarga qaramay, Kopengagenda o‘tkazilgan IO‘SK tarafdorlarining 15- konferensiyasida matni 2007-2009 yillar davomida ishlab chiqilgan va muhokama qilingan yangi xalqaro bitim bo‘yicha bir kelishuvga kelinmadi. Natijada dunyoning eng yirik iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvlari davomida "Kopengagen bitimi" deb nomlangan hujjatning matni tayyorlandi. Hujjat Tarafdorlar Konferensiyasining yakuniy yalpi majlisida ma’qullanishi uchun takdim qilindi. Biroq umumiy kelishuvning yo‘qligi sabab 7 ta rivojlanayotgan davlatlar o‘zining noroziligini bildirdi - Kopengagen bitimi ma’lumot uchungina qabul qilindi. Konvensiya tarafdorlari har bir mamlakatning ushbu hujjatga qo‘shilishi mumkinligiga qaror qilishdi. 2010 yilda bunga 140 mamlakat qo‘shildi, 80 dan ortiq davlatlar esa chiqindilarni qisqartirish bo‘yicha o‘z rejalari va iqlim o‘zgarishining oldini olish bo‘yicha boshqa harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qildilar. Kankun kelishuvlari. Hujjat 2010 yil Kankunda o‘tkazilgan IO‘SK tarafdorlarining 16-konferensiyasida qabul qilingan. O‘z mohiyatiga ko‘ra, bu hujjat Kopengagen bitimining kengaytirilgan ko‘rinishi bo‘lsa-da, uni Tarafdorlar Konferensiyasi qarori mustahkamlar edi. YAngi hujjatda Kopengagen tuzilmasi saqlab qolingan va unga muvofiq rivojlangan mamlakatlarning majburiyatlari tegishli jadval-ilovada belgilab qo‘yilgan, rivojlangan mamlakatlarning chiqindilarini qisqartirish bo‘yicha maqsadlar esa erkin shaklda berilishi ko‘rsatilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarning harakati alohida reestrga kiritilib, unda rivojlangan mamlakatlar tomonidan beriladigan ko‘mak ham ko‘rsatib o‘tilgan. Miqdoriy majburiyatlarni aniqlashda Kankunda "pastdan tepaga" yondashuvidan foydalanilgan bo‘lib, unga ko‘ra, dastavval, alohida olingan har bir mamlakatning majburiyatlari aniqlanadi, so‘ngra umumiy majburiyatlar ko‘rsatiladi. Kioto Protokolida esa buning aksi edi, dastavval, umumiy maqsad aniqlangan (5,2°S), so‘ng uning asosida mamlakatlarning majburiyatlari belgilangan edi. Kankunda moliyalashtirish, moslashish, texnologiyalarni berish va o‘rmonlarni kengaytirish masalalari bo‘yicha eng katta muvaffaqiyatlarga erishildi: • yashil iqlimjamg‘armasiningtashkil qilinganligi e’lon qilindi; • yangi Kankun moslashish tuzilmasi va moslashish qo‘mitasi tuzildi;
•
mamlakatlar tegishli texnologik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash asosida
o‘rmon  hududpariga tashlanadigan chiqindilarni qisqartirish bo‘yicha harakatlarni
tezlashtirish qarorlarini qabul qildilar;
•
texnologik ijro qo‘mitasi, iqlimiy texnologiyalarni uzatish markazlari,
shuningdek,  iqlim  o‘zgarishi  va  chiqindilar  o‘sishining  oldini  olishga  mospashish
harkatlarini  qo‘llab-quvvatlovchi  texnologik  hamkorlikni  kuchaytirishga
yo‘naltirilgan  yangi  tuzilmaga  ega  bo‘lgan  texnologik  mexanizmningtashkil
qilinganligi e’lon qilindi.
IO‘SKni amalga oshirish bo‘yicha yuqorida aytib o‘tilgan choralardan tashqari
Kankunda Kioto protokoli bo‘yicha muzokaralar davom etdi. Biroq konvensiyaga
oid muzokaralardan farqli o‘laroq, bu masala bo‘yicha hech qanday qaror qabul
qilinmadi.  Mamlakatalar  na  Kioto  Protokolini  uzaytirish  va  na  yangi  kelishuv
doirasidagi kelgusi majburiyatlar haqida kelishuvga erishdilar.
Durban  platformasi.
 Tarafdorlarning  o‘n  ettinchi  sessiyasi  Janubiy
AfrikaningDurbanida  tashkil  etildi. Durbandagi eng muhimqaror Durban
platformasi bo‘yicha Maxsus ishchi guruhini (DP-MIG) shakllantirish haqida qabul
qilindi  va mexanizmi,  iqlimiy  texnologiyalar  markazi  va  tarmog‘i  ishini
aniqlashtirish  va  DP-MIG  ish  rejalari  bo‘yicha  muhim  qarorlar  qabul  qilindi.
Konferensiyaning  moliyalashtirishga  oid  muvaffaqiyatli  qarorlaridan  biri  sifatida
YAshil iqlim jamg‘armasi bo‘yicha kelishuvni ajratib ko‘rsatish mumkin. YAshil
iqlim jamg‘armasidan mustaqil sekretariat tashkil qilish, moslashtirish qo‘mitasi va
texnologiyalarni  berish  bo‘yicha  qo‘mita  bilan  ishlashni  boshlash,  shuningdek,
mamlakatlarning iqlim bo‘yicha milliy strategiyalariga mos tarzda davlat va xususiy
sektorni samarali moliyalashtirish bo‘yicha oshkora chora-tadbirlarni ishlab chiqish
so‘raldi. O‘zbekiston uchun oxirgi talab juda istiqbolli hisoblanadi. 
Agar Respublikamiz iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini
hisobga  oladigan  iqlim  bo‘yicha  batafsil  strategiyani  tayyorlay  olsa  va  uni
manfaatdorlar orasida tarqatish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘ra olsa, bizda YAshil
iqlim jamg‘armasidan pul mablag‘lari jalb qilish uchun katta imkoniyatlar bo‘ladi.
"Sof  taraqqiyot  mexanizmiga  oid  boshqaruv"ni  qabul  qilish  bo‘yicha  kelishuv
O‘zbekiston  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  yana  bir  qaror  bo‘ldi.  Sof
taraqqiyot mexanizmi dunyoning  80  ta mamlakatida ro‘yxatga olingan loyihalarga
Logotip
• mamlakatlar tegishli texnologik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash asosida o‘rmon hududpariga tashlanadigan chiqindilarni qisqartirish bo‘yicha harakatlarni tezlashtirish qarorlarini qabul qildilar; • texnologik ijro qo‘mitasi, iqlimiy texnologiyalarni uzatish markazlari, shuningdek, iqlim o‘zgarishi va chiqindilar o‘sishining oldini olishga mospashish harkatlarini qo‘llab-quvvatlovchi texnologik hamkorlikni kuchaytirishga yo‘naltirilgan yangi tuzilmaga ega bo‘lgan texnologik mexanizmningtashkil qilinganligi e’lon qilindi. IO‘SKni amalga oshirish bo‘yicha yuqorida aytib o‘tilgan choralardan tashqari Kankunda Kioto protokoli bo‘yicha muzokaralar davom etdi. Biroq konvensiyaga oid muzokaralardan farqli o‘laroq, bu masala bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinmadi. Mamlakatalar na Kioto Protokolini uzaytirish va na yangi kelishuv doirasidagi kelgusi majburiyatlar haqida kelishuvga erishdilar. Durban platformasi. Tarafdorlarning o‘n ettinchi sessiyasi Janubiy AfrikaningDurbanida tashkil etildi. Durbandagi eng muhimqaror Durban platformasi bo‘yicha Maxsus ishchi guruhini (DP-MIG) shakllantirish haqida qabul qilindi va mexanizmi, iqlimiy texnologiyalar markazi va tarmog‘i ishini aniqlashtirish va DP-MIG ish rejalari bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi. Konferensiyaning moliyalashtirishga oid muvaffaqiyatli qarorlaridan biri sifatida YAshil iqlim jamg‘armasi bo‘yicha kelishuvni ajratib ko‘rsatish mumkin. YAshil iqlim jamg‘armasidan mustaqil sekretariat tashkil qilish, moslashtirish qo‘mitasi va texnologiyalarni berish bo‘yicha qo‘mita bilan ishlashni boshlash, shuningdek, mamlakatlarning iqlim bo‘yicha milliy strategiyalariga mos tarzda davlat va xususiy sektorni samarali moliyalashtirish bo‘yicha oshkora chora-tadbirlarni ishlab chiqish so‘raldi. O‘zbekiston uchun oxirgi talab juda istiqbolli hisoblanadi. Agar Respublikamiz iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini hisobga oladigan iqlim bo‘yicha batafsil strategiyani tayyorlay olsa va uni manfaatdorlar orasida tarqatish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘ra olsa, bizda YAshil iqlim jamg‘armasidan pul mablag‘lari jalb qilish uchun katta imkoniyatlar bo‘ladi. "Sof taraqqiyot mexanizmiga oid boshqaruv"ni qabul qilish bo‘yicha kelishuv O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir qaror bo‘ldi. Sof taraqqiyot mexanizmi dunyoning 80 ta mamlakatida ro‘yxatga olingan loyihalarga