IQTISODIY OʻSISH MODELLARI
Reja:
1. Iqtisodiy oʻsishning umumiy tavsifi
2. Iqtisodiy oʻsish omillari va tiplari
3. Iqtisodiy oʻsishning keynscha modellarining umumiy tavsifi. E.Domar modeli.
4. Iqtisodiy oʻsishning R. Xarrod modeli.
5. R.Solouning neoklassik modeli asoslari
6. Iqtisodiy oʻsishning J.Mid va A. Lyuis modellari.
Iqtisodiy oʻsish — bu obyektiv qonuniyat boʻlib, aholining oʻsishi, FTT,
ishlab chiqarish hajmining ma’lum bir vaqt davomida oʻsishi kabi jarayonlar bilan
bogʻlangan.
Iqtisodiy
oʻsish
jami
taklifning
oʻsishini
yoki
boshqacha
aytganimizda, potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Shunday qilib,
iqtisodiy oʻsish nafaqat ishlab chiqarishning oʻsishini, balki iqtisodiyot
potensialining oʻsishini ham bildiradi.
MAKROIQTISODIY
BARQARORLIKNING ASOSIY
BELGILARI
Iqtisodiy oʻsish
Toʻla bandlik
Ichki narxlarning
barqarorligi
Baquvvat toʻlov
balansi
Xorijiy valyutalar almashuv
kursining barqarorligi
Davlat byudjeti kamomadining
YaIMga nisbatan 3% dan ortib
ketmasligi
Daromadlar taqsimlanishi
muammosi
28.1-rasm. Makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy belgilari
Iqtisodiyotning barqarorligi aholi turmush darajasining yaxshilanishi va
barcha sohalarning taraqqiy etishini ta’minlaydi. Shu sababli, iqtisodiy o‘sish
muammolari dunyo olimlari, siyosatchilarining diqqat markazidagi mavzulardan
biri bo‘lib kelmoqda. Iqtisodiy o‘sish sur’ati darajasi mamlakatda olib borilayotgan
makroiqtisodiy siyosatga bogʻliq hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda
iqtisodiy siyosatning dastaklaridan foydalaniladi.
Iqtisodiy oʻsishda nafaqat mamlakat real daromadlarining oʻsishi, shuningdek,
jon boshiga toʻgʻri keladigan real daromadlarning oʻsishi ham tushuniladi.
Iqtisodiy oʻsish ikki xil usul bilan aniqlanadi va oʻlchanadi.
Birinchi usul, YaIM (SIM)ni oʻtgan davrga nisbatan oʻzgarishi sifatida aniqlanadi
va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini aniqlash uchun
ishlatiladi.
Ikkinchi usul, real YaIM (SIM)ning oʻtgan davrga nisbatan aholi jon boshiga
oʻzgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy oʻsishni aniqlash va asoslab berish jarayonlarida quyidagilarga
e’tibor berish kerak:
1) Iqtisodiy oʻsishni oʻlchash;
2) Oʻsish omillari;
3) Iqtisodiy oʻsish modellari.
Milliy iqtisodiyot oʻsishini oʻlchashda jami daromadlarning (mahsulotlarning)
har xil indikatorlaridan foydalanish mumkin. Umumiy oʻsish darajasi aslida YaIM
miqdori bilan belgilanadi. Shuningdek, bu koʻrsatkichlar miqdori va bajarayotgan
vazifasiga qarab YaIM yoki MD ham boʻlishi mumkin. Bu koʻrsatkichlarning
barchasi bir-biriga juda ham yaqin. YaMD YaIM kabi ushbu mamlakat aholisi
olayotgan daromadlar miqdorini koʻrsatadi. Shuning uchun ham undan aholi jon
boshiga toʻgʻri keladigan daromadlar dinamikasi va darajasini aniqlayotganda
foydalanish mumkin. Iqtisodiy oʻsish nazariyasi va modellarida umumiy
makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning farqi unchalik katta ahamiyatga ega emas.
Chunki, ularning farqi iqtisodiy oʻsish chegarasi va omillari oʻsish darajasini tahlil
qilishda hal qiluvchi jarayon hisoblanmaydi.
Iqtisodiy oʻsish nazariyasida daromadlar iste’mol va investitsiyalarga
boʻlinadi:
Y = S + I
Davlat xarajatlari va sof eksport koʻrsatkichlari ham iste’mol va investitsiyalar
tarkibiga kiritib yuboriladi.
Mutlaq miqdordagi koʻrsatkichlar dinamikasi Y (t -vaqt indeksi) va jon
boshiga toʻgʻri keladigan koʻrsatkichlar birgalikda oʻsish jarayonini bildiradi.
Iste’mol hajmi (S) iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini
bildirsa,
investitsiyalar
esa
resurs
imkoniyatlarining
oʻsishi
va
texnik
yangiliklarning moddiylashishini anglatadi.
Iste’mol va investitsiya oʻrtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy
iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish
iqtisodiy oʻsish imkoniyatlarini qisqartiradi.
Har bir mamlakat iqtisodiy oʻsishga intiladi, chunki iqtisodiy oʻsish,
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning koʻpayishiga, ikkinchidan,
resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va
imkoniyatlarning paydo boʻlishiga, toʻrtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat
obroʻsining oshishiga olib keladi.
Iqtisodiy oʻsish usullaridan toʻgʻri va oʻz oʻrnida foydalanish katta
ahamiyatga ega. Masalan, mamlakat harbiy salohiyatini aniqlash va rivojlantirish
muammosi qaralayotganda YaIM hajmining oʻsishi, mamlakat aholisining turmush
faoliyati taqqoslanayotganda aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan koʻrsatkichlardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Amaliyotda iqtisodiy oʻsishning ikki xil
koʻrinishi farqlanadi: haqiqiy va potensial.
Haqiqiy iqtisodiy oʻsish – bu statistika organlari tomonidan muntazam nashr
etiladigan YaIM yoki boshqa makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning haqiqiy yillik
koʻpayishidir.
Potensial iqtisodiy oʻsish – bu iqtisodiyot oʻsishi mumkin boʻlgan tezlikdir.
Potensial iqtisodiy oʻsishni ta’minlovchi
omillar boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
resurslarning koʻpayishi;
samaradorlikni oshishi.
28.2. Iqtisodiy oʻsish omillari va tiplari
Iqtisodiy o‘sish jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda,
haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish
muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi –
cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga yechim topiladi.
Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil
qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli oʻsishi sur’atlarini,
koʻlamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar
iqtisodiy oʻsish omillari deyiladi.
Iqtisodiy oʻsish omillari ikki guruhga ajratiladi:
Birinchi guruh omillari iqtisodiy oʻsishni fizik (ashyoviy) jihatdan
ta’minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi:
tabiiy resurslar soni va sifati;
mehnat resurslari soni va sifati;
asosiy kapital hajmi;
texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish;
jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi.
Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy oʻsish potensialini yuzaga
chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar)
kiritiladi:
bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;
iqtisodiyotdagi soliq muhiti;
kredit-bank tizimi samaradorligi;
iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining oʻsishi;
eksport hajmining oʻsishi;
iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;
daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.
Agar oʻsish qoʻshimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta’minlansa va
jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan oʻrtacha samaradorligi
darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy deb ataladi.
YaIMning oʻsishi iqtisodiyotda band boʻlganlar sonidan yuqori sur’atga ega
boʻlsa intensiv iqtisodiy oʻsish roʻy beradi. “Iqtisodiy oʻsishning intensiv tipi
ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga bogʻliq. U foydalanilayotgan resurs
birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirishni, ishlab
chiqarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni koʻzda tutadi.
Iqtisodiy oʻsishning bu ikki tipi sof holda roʻy bermaydi. Iqtisodiy oʻsish uni
ta’minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab koʻproq
ekstensiv, yoki koʻproq intensiv boʻlishi mumkin.
28.3. Iqtisodiy oʻsishning keynscha modellarining umumiy tavsifi.
E.Domar modeli.
Iqtisodiy oʻsish modellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli
koʻpayishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.
Iqtisodiy oʻsishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha
modellarning mohiyati quyidagicha:
1) ularning barchasi Keynsning yalpi talab toʻgʻrisidagi bosh gʻoyasiga
tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli
mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb
qarashgan;
2) iqtisodiy oʻsishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab
chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi;
Keynscha iqtisodiy oʻsish modelidan soddarogʻi 40-yillarda E. Domar tomonidan
taklif etilgan model hisoblanadi.
E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni
investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir koʻrsatib yalpi talabni oshiradi, balki
ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi,
tovarldar taklifini oshiradi. Shunday ekan, yalpi talabning oʻsishi yalpi taklifning
oʻsishiga teng boʻlishi uchun investitsiyalar qanday oʻsishi kerak degan savol
paydo boʻladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani oʻz ichiga
olgan tenglamalar sistemasini tuzdi:
1) taklif tenglamasi;
2) talab tenglamasi;
3) talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga
qoʻshimcha oʻsishini koʻrsatadi. Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I oʻssa,
yalpi ishlab chiqarish K α miqdorga oʻsadi:
Ys= K α ,
K investitsiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun tengikni:
Ys= I α deb yozish mumkin.
Bunda,
α – kapital qoʻyilmalar (investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir
yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd soʻmga oshirish uchun 4 mlrd soʻm
investitsiya talab etilsa α =0,25 boʻladi.
α=Ys / I bir soʻmlik investitsiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot
miqdorini koʻrsatadi.
2. Talab tenglamasi quyidagi koʻrinishga ega
Yd= I ( 1/ μ) ,
bu yerda:
1/ μ – xarajatlar multiplikatori,
μ–jamgʻarishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad Yd, yoki yalpi talab qoʻshimcha
investitsiyalarning multiplikativ koʻpayishiga teng miqdorda oʻsishini koʻrsatadi.
Ishlab chiqarish toʻplangan jami kapital bilan ta’minlanishi, milliy daromad
esa qoʻshimcha investitsiyalarning multiplikativ ta’siri ostida koʻpayishi sababli
taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa qoʻshimcha
investitsiyalargina koʻrib chiqilaadi.
3. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlarining qoʻshimcha oʻsish sur’atlari
tengligi tenglamasi:
I ( 1/ μ) = I α
Bu tenglamani yechib quyidagi natijani olamiz:
I / I = μ α
( I / I ) – investitsiyalarning yillik oʻsish sur’ati boʻlib, ishlab chiqarish
quvvatlarini oshirish yordamida toʻliq bandlilikni ta’minlab turish uchun
(μ α) miqdorga teng boʻlishi kerak. Bundan xulosa shuki investitsiyalarning
mutanosib oʻsish sur’ati jamgʻarishga chegaralangan moyillik va
investitsiyalarning unumdorligi (kapital qaytimi) darajalarining hosilasi ekan.
Agar μ = 0,2 α=0,4 boʻlsa
I / I = 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 %
Demak investitsiyalarning oʻsish sur’ati 8% boʻlishi talab etiladi.
E. Domar modelidan kelib chiqadigan umumiy xulosa shuki, iqtisodiy
oʻsishni ta’minlash uchun investitsiyalar hajmini oshirish, buning uchun esa
jamgʻarish normasi hamda fan-texnika taraqqiyoti orqali kapitalning
samaradorligini oshirish zarur.
28.4. Iqtisodiy oʻsishning R. Xarrod modeli.
Agar E. Domar oʻz modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor
deb olgan boʻlsa, R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy oʻsish
modeliga akselerator prinsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen
funksiyasi ham kiritildi. Akselerator prinsipiga koʻra nafaqat investitsiyalar ishlab
chiqarishning oʻsishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarning
oʻsgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi.
R.Xarrod oʻz modeliga uch tenglamani kiritadi:
1) kafolatlangan oʻsish sur’ati tenglamasi;
2) haqiqiy oʻsish sur’ati tenglamasi;
3) tabiiy oʻsish sur’ati tenglamasi.
R Xarrod modelida haqiqiy oʻsish sur’ati ishchi kuchining oʻsish sur’ati va
kapital unumdorligining oʻsish sur’ati bilan belgilanadi.
G c = s ,
bu yerda
G - YaIMning haqiqiy qoʻshimcha oʻsish sur’ati; Δ Y/ Y;
c- ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsiyenti, I / Δ Y ;
s– milliy daromaddagi jamgʻarish hajmi yoki jamgʻarishga oʻrtacha moyillik,
S / Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan oʻsish sur’ati boʻlgan
kafolatlangan (prognoz qilingan) oʻsish sur’atiga asoslanib oʻz investitsiya
rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan oʻsish sur’ati jamgʻarishga oʻrtacha moyillik
darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi:
Gw = s / cr ,
bu yerda:
Gw – kafolatlangan oʻsish sur’ati
cr – talab etiladigan kapital talabchanlik koeffitsiyenti ( oʻtgan yillardagi
shakllangan darajasi);
Bu koʻrsatkichlar doimiy boʻlganligi sababli kafolatlangan oʻsish sur’atlari
ham doimiy boʻladi.
Agar haqiqiy oʻsish sur’ati kafolatlangan oʻsish sur’atiga mos kelsa
iqtisodiyotda barqaror uzluksiz oʻsish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga doimo
erishib boʻlmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar roʻy beradi.
Xarrod modelida resurslardan toʻliq foydalangan sharoitda ta’minlanishi
mumkin boʻlgan maksimal oʻsish sur’ati tabiiy oʻsish sur’ati deb nomlandi.
Gn cr = yoki ≠ s
Iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanati toʻliq bandlilik sharoitida
kafolatlangan va tabiiy oʻsish sur’atlari oʻzaro teng boʻlganda ta’minlanadi. Ammo
bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orqaligina erishiladi.
28.5. R.Solouning neoklassik modeli asoslari
Iqtisodiy oʻsishning dastlabki neoklassik modellari 1950-1960 yillarda, ya’ni
dinamik muvozanat muammosiga e’tibor susaygan va birinchi planga nafaqat
foydalanilmagan quvvatlar hisobiga, balki shu bilan birga yangi texnikani joriy
qilish, unumdorlikni oshirish va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash
hisobiga potensial mumkin boʻlgan oʻsish sur’atlariga erishish muammosi chiqqan
davrda paydo boʻldi. Shu sababli iqtisodiy oʻsish muammosining nafaqat nazariy
asoslari, balki uni tahlil qilishning uslublari ham oʻzgardi. Bu davrda rivojlangan
davlatlar iqtisodiyotida yirik firmalarning roli keskin oʻsdi. Bu firmalar oʻz
investitsiyalarini strategik rejalashtirish uchun, iqtisodiy oʻsishning neokeynscha
modellariga tayangan holda, mikrodarajada oʻsishning dinamik modellarini tuza
boshlashdi. Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga va iqtisodiy
BOB
oʻsishga erishishga intilishlari neoklassik yoʻnalish vakillarini iqtisodiy oʻsishning
neokeynscha modellariga muqobil boʻlgan oʻsish modellarini yaratishga faol
kirishishga undadi.
Noklassik
maktab
nazariyotchilari
iqtisodiy
oʻsishning
neokeynscha
nazariyalarini uch jihat boʻyicha tanqid qildilar:
-
birinchidan, ular e’tiborni faqat iqtisodiy oʻsishning bir omiliga-kapital
jamgʻarishga (investitsiyalarnining qoʻshimcha oʻsishiga) qaratishdi. Boshqa
omillar (ayniqsa texnik taraqqiyot bilan bogʻliq boʻlgan holatlar, ya’ni ishchi
kuchining ma’lumot darajasi va malakasining oʻsishi, ishlab chiqarishni tashkil
etishning yaxshilanishi hamda boshqalar) ular e’tiboridan chetda qoldi.
Neoklassiklar boʻsh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish uchun yangi
ishchi kuchini jalb qilish hisobiga ham ishlab chiqarishning qoʻshimcha oʻsishini
ta’minlash mumkin deb hisobladilar;
-
ikkinchidan, neokeynschilar ishlab chiqarishning kapital talabchanligi
koeffitsiyenti-s (s= I / Δ Y )ni oʻzgarmas deb qaradilar. Neoklassik modellar esa
ikki ishlab chiqarish omilini (kapital va mehnatni) hisobga olgan holda va ularning
oʻzaro bir-birini almashtirishini (substitut ekanligini) koʻzda tutib bu koeffitsiyent
oʻzgarishi mumkinligini nazarda tutadilar. Bundan esa, ishlab chiqarishning
berilgan texnik qurollanishi darajasida, belgilangan ishlab chiqarish hajmiga
resurslarning turli kombinatsiyalarini qoʻllab erishish mumkin degan xulosa
chiqadi;
-
uchinchidan,
neokeynschilar
bozor
mexanizmining
muvozanatni
avtomatik tiklash qobiliyatini yetarlicha baholamadilar. Neokeynschilardan farqli
ravishda, neoklassiklar faqatgina raqobatga asoslangan bozor tizimigina iqtisodiy
oʻsishning balanslashganligini ta’minlashi mumkin deb hisobladilar. Ular iqtisodiy
oʻsishning balanslashganligini ta’minlash raqobat mexanizmidan tashqari barqaror
pul tizimiga ham bogʻliq, raqobat mexanizmi va barqaror pul tizimi bozor
muvozanatini avtomatik tiklaydi deb hisoblashdilar. Shu sababli ular, davlatning
iqtisodiyotga aralashuviga barqarorlikni buzuvchi omil sifatida qarab, inflyatsion
davlat xarajatlariga qarshi chiqdilar.
Iqtisodiy oʻsish modellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli
koʻpayishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.
R. Solou modeli 1956-yilda “Iqtisodiy oʻsish nazariyasiga hissa” asarida
tasvirlab berildi va soʻngra 1957-yilda “Texnik taraqqiyot va agregativ ishlab
chiqarish funksiyasi” nomli asarida rivojlantirildi. R.Solou modeli mutanosib
iqtisodiy oʻsishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi hisoblanadi.
Iqtisodiy oʻsishning Solou modelida kapitalning qanday oʻsishi, ishchi
kuchini oʻsishi, texnologiya sohasida iqtisodiyotda bir-biri bilan muloqotga
erishish, shuningdek, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning umumiy hajmiga
bogʻliq. Bizning birinchi qadamimiz kapitalning jamgʻarilish koʻrsatkichlarini
tovarlar talab va taklifi hajmini aniqlashdan iborat.
Tovarlar talabi va taklifi. Tovarlar uchun talab va taklif iqtisodiyotni yopiq
holatga kelib qolishida markaziy rol oʻynaydi. Shu yopiq iqtisodiyot Solou modeli
uchun oʻrinlidir. Biz ishlab chiqarish hajmining qanchalik koʻpligini berilgan
vaqtda va muqobil foydalanishda koʻrishimiz mumkin.
Tovarlar taklifi va ishlab chiqish funksiyasi. Solou modelidagi tovarlar
taklifi kapital zaxirasi va ishchi kuchiga bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish
funksiyasiga asoslanadi:
Y =F(K, L).
Iqtisodiy oʻsishning Solou modeli ishlab chiqarish funksiyasini doimiy
koʻlamiga qaytishini anglatadi. Bu taxmin koʻpincha hayotiyga yaqin hisoblanadi
va yaqin kelajakda bu tahlil soddalashtirishga yordam berishini koʻrsak boʻladi.
Ishlab chiqarish funksiyasi agar doimiy boʻlmasa qaytadan koʻrib chiqiladi.
zY =F(zK, zL)
bu yerda – z ning istalgan qiymatida ishlab chiqarish ijobiy holatda. Shu
holatda agar mehnat va kapitalning har ikkalasi z tomonidan ishlab chiqarish vaqt
oraligʻida koʻpaysa, z ni oʻzi ham koʻpayadi.
Mahsulot ishlab chiqarish funksiyasining oʻzgarmay qolishi ishchi kuchi
miqdorining iqtisodiyotda hamma sifatlarini tahlil qilishga imkon beradi. Buni
isbotlash uchunz 1/Lni yuqoridagi tenglamaga joylaymiz.
Y/L =F(K/L, 1).
Bu tenglama bir ishchiga toʻgʻri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot Y/L
bir ishchiga toʻgʻri keladigan kapital K/L ni ma’lum vaqt oraligʻidagi funksiyasidir
(1 soni oʻzgarmas va shuning uchun e’tiborzsizdir).
Bu shakl doimiy daromad taxminini nazarda tutib, iqtisodiyot hajmini
oʻlchaydi, bir ishchiga toʻgʻri keladigan ishlab chiqarish va kapitalga ta’sir
qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning katta-kichikligidan qatʼiy nazar, bir ishchiga
toʻgʻri keladigan barcha miqdorlarni qulay boʻlishini anglatadi. Bir ishchiga toʻgʻri
keladigan qiymatni kichik harflar bilan belgilab olib, y=Y/L bir ishchiga toʻgʻri
keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot va k=K/L bir ishchiga toʻgʻri keladigan
kapitaldir. Ishlab chiqarish funksiyasini quyidagicha yozishimiz mumkin.
y =f (k),
bunda
f(k) = F(k, 1).
28.1-rasmda ushdu ishlab chiqarish funksiyasi koʻrsatilgan.
Ishlab chiqarish funksiyasini qiyaligi kapital birligi qoʻshilganda, bitta ishchi
qancha miqdorda qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarishini koʻrsatadi. Bu esa
kapital chekli mahsulot miqdorini MPKni koʻrsatadi. Buni matematik quyidagicha
yozib olamiz:
MPK =f(k -1) −f (k).
Buni 28.1-rasmda kapitalning miqdori oʻsishi, ishlab chiqarish funksiyasi bir
tekisda davom etishi, bu esa chekli mahsulot pasayishini qayd qiladi. k pasayganda
ishchi oʻrtacha ishchilar soni bilan ozroq kapital oladi. Shuning uchun kapitalning
qoʻshimcha qismi umumiy ishlab chiqarish hajmiga foydalidir. k baland boʻlsa,
oʻrtacha ishchilar soni, kapitali koʻp boʻladi. Shuning uchun mahsulot ishlab
chiqarish biroz ortadi.
Tovarlarga talab va iste’mol funksiyasi. Solou modelida tovarlarga talab
isteʼmol va investitsiyaga asoslangan. Boshqacha aytganda, bir ishchiga toʻgʻri
keladigan mahsulot bir ishchiga toʻgʻri keladigan invetitsiya i va isteʼmol c
oʻrtasida taqsimlanadi:
y =C +I.
Bu tenglama iqtisodiyot uchun milliy daromadning bir ishchiga toʻgʻri
kelishidir. Bu iqtisodiyotda davlat xaridlarini (sotib olishni oʻz ichiga olmaydi) va
sof eksportni oʻz ichiga olmaydi (chunki biz yopiq iqtisodiyotni holatini
koʻryapmiz).
Solou modeli har yili odamlar oʻz daromadining bir qismini s jamgʻarib
boradi va bir qismini c isteʼmol qiladi deb faraz qiladi. Iste’mol funksiyasini biz
quyidagicha ifodalaymiz:
C=(1 −s)y,
bunda s jamgʻarish darajasi boʻlib, 0 dan 1gacha boʻladi. Shuni yodda tutish
kerakki, davlat siyosati darajasida aholining tejash tezligi salohiyatga ega, shuning
uchun maqsadlarimizdan biri uni tezligini saqlab qolishdir. Biroq endi biz
shunchaki koʻrsatilgan s jamgʻarma darajasida olishdir.
Isteʼmol funksiyasini sarmoyaviyligini koʻrish milliy daromadni hisobga
olish c uchun (1-s)y degan maʼnoni anglatadi.
Y = (1 − s)y + i.
Ishchi boshiga
ishlab chiqarish, y
ishchi boshiga kapital, k
Ishlab chiqarish funksiyasi
Ishlab chiqarish funksiyasi qay
darajada ishchi boshiga kapital
miqdori k ni ishchi boshiga
ishlab chiqarish miqdori y=f(k)
ni ifodalaydi. Ishlab chiqarish
funksiyasi
qiyaligi
kapital
ishlab chiqarishning marginal
mahsulotidir: Agar k bir birlik
tomonidan ortsa, MPK taga у
ortadi.
Ishlab
chiqarish
funksiyasi
kapitali
marginal
mahsulotni ozayib koʻrsatib, к
oshgani sayin tekis boʻladi.
Chiqish, f(k)
Qayta tartibga solish shart-sharoitini inobatga olsak:
I = sy.
Bu tenglama uchinchi bobda koʻrganimizdek investitsiyani tejash
tenglamasini koʻrsatadi. Shunday qilib jamgʻarma darajasi s ishlab chiqarish qismi
hamda investitsiya ulushiga bogʻlangan.
Bugungi kunda Solou modeli har ikki masalani joriy etadi, ishlab chiqarish
funksiyasi va iste’mol funksiyasi istalgan vaqtda iqtisodiyotni tasvirlab beradi.
Istalgan kapital k uchun y = f(k) koʻrsatkichi qancha miqdorda iqtisodiyotda ishlab
chiqarish hajmini va tejash darajasi s koʻrsatkichini jamgʻarma va investitsiya
oʻrtasidagi taqsimlashni belgilaydi.
Barqaror holat va kapitalni oʻsishi. Har qanday vaqtda kapital
iqtisodiyotning ishlab chiqarishini asosiy omilidir, lekin kapital vaqt davomida
oʻzgarishi mumkin va bu sabablar iqtisodiy oʻsishda oʻzgarishlar boʻlishiga olib
kelishi mumkin. Xususan kapital ikki ishchi kuchiga taʼsir etadi. Yangi zavod va
uskunalar investitsiya hisoblanib kapital hajmini oshishiga sabab boʻladi. Kapitalni
ishdan chiqishi kapital hajmini pasayishiga sabab boʻladi. Keling bu kuchlarni
muhokama qilaylik.
Koʻrib turganimizdek, bir ishchiga toʻgʻri keladigan investitsiya darajasi i
tenglamasi. Mahsulot ishlab chiqarish funksiyasi uchun oʻrnini bosuvchi bir
ishchiga kapitalning funksiyasi sifatida bir ishchiga toʻgʻri keladigan investitsiya
bilan ifodalashimiz mumkin.
I =sf(k).
Bu tenglamada yangi kapitalni jamgʻarish kapital hajmi k ga bogʻliq boʻladi.
Bu koʻrsatkich ishlab chiqarish funksiyasi f(k) tomonidan ishlab chiqarish
miqdorini k ning istalgan qiymatini anglatadi hamda saqlash darajasi s oʻrtasidagi
ishlab chiqarish va jamgʻarmani anglatadi.