Iqtisodiy o‘sish umumiy tavsifi va neokeynscha modellari
Yuklangan vaqt
2024-10-19
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
29,7 KB
Iqtisodiy o‘sish umumiy tavsifi va neokeynscha modellari
Reja:
1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi, o‘lchanishi, omillari va tiplari.
2. Iqtisodiy o‘sishning keynscha modellarining umumiy tavsifi. E.Domar va
R.Xarrod modeli.
3. R.Solouning neoklassik modeli asoslari.
4. Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o‘sishga ta’siri. Felpsning «oltin qoidasi».
5. Iqtisodiy o‘sishning J.Mid va A.Lyuis modellari.
Tayanch iboralar: iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy o‘sish usullari, iqtisodiy o‘sish
omillari va tiplari, E.Domar modeli, R.Xarrod modeli. R.Solou modeli, unumdorlik
nazariyasi, kapital, aholi soni, ishchi kuchi, texnologik taraqqiyot.
1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi, o‘lchanishi, omillari va tiplari
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab
chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy
va potensial YAIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat
real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real
daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. SHu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil
usul bilan o‘lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YAIM ni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi
sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini
aniqlash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YAIM
ning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YAIM o‘rniga SIM, YAMD, SMD
ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtismodiy
o‘sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga
bog‘liq deb qaraladi.
Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi..
Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o‘sishi sur’atlarini,
ko‘lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar
iqtisodiy o‘sish omillari deyiladi.
Iqtisodiy o‘sish omillari ikki guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh omillari ihtisodiy o‘sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta’minlaydi.
Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi:
tabiiy resurslar soni va sifati;
mehnat resurslari soni va sifati;
asosiy kapital hajmi;
texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish;
jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi..
Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o‘sish potensialini yuzaga
chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar)
kiritiladi:
bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;
iqtisodiyotdagi soliq muhiti;
kredit-bank tizimi samaradorligi;
iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o‘sishi;
eksport hajmining o‘sishi;
iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;
daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.
Agar o‘sish qo‘shimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta’minlansa va
jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o‘rtacha samaradorligi
darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy o‘sish deb ataladi.
YAIMning o‘sishi iqtisodiyotda band bo‘lganlar sonidan yuqori sur’atga ega
bo‘lsa intensiv ihtisodiy o‘sish ro‘y beradi.
“Iqtisodiy o‘sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga
bog‘liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab
chiqarishni ko‘paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni
ko‘zda tutadi.
Iqtisodiy o‘sishning bu ikki tipi sof holda ro‘y bermaydi. Iqtisodiy o‘sish uni
ta’minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko‘proq
ekstensiv, yoki ko‘proq intensiv bo‘lishi mumkin.
2. Iqtisodiy o‘sishning keynscha modellarining umumiy tavsifi.
E.Domar va R.Xarrod modeli
Iqtisodiy o‘sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko‘payishi
taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.
Iqtisodiy o‘sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha
modellarning mohiyati quyidagicha:
1) ularning barchasi Keynsning yalpi talb to‘o‘risididagi bosh g‘oyasiga
tayanadi. YA’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli
mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb
qarashgan;
2) iqtisodiy o‘sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab
chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi;
Keynscha iqtisodiy o‘sish modelidan soddarog‘i o‘tgan asrning 40-yillarda E.
Domar tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi.
Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarn barqaror
xolatida ushlab turadi, investitsionlar «0» ga teng, kapital quyilmalarning chegaraviy
unumdorligi doimiy deb olinadi.
E.Domar investitsiyalarni ham talab, ham taklif omili deb qaraydi. YA’ni
investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir ko‘rsatib yalpi talabni oshiradi, balki
ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi,
tovarldar taklifini oshiradi. SHunday ekan, yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifning
o‘sishiga teng bo‘lishi uchun investitsiyalar qanday o‘sishi kerak degan savol paydo
bo‘ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o‘z ichiga olgan
tenglamalar sistemasini tuzdi:
1) taklif tenglamasi;
2) talab tenglamasi;
3) talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga
qo‘shimcha o‘sishini ko‘rsatadi. Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I o‘ssa,
yalpi ishlab chiqarish K α miqdorga o‘sadi:
Ys = K α, K investitsiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun
tengikni:
Ys = I α deb yozish mumkin, bunda: α – kapital quyilmalar
(investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi.
Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd. so‘mga oshirish uchun 4 mlrd so‘m
investitsiya talab etilsa α =0,25 bo‘ladi.
α=Ys / I bir so‘mlik investitsiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot
miqdorini ko‘rsatadi.
2. Talab tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega
Yd= I ( 1/ μ) , bu erda: 1/ μ – xarajatlar multiplikatori;
μ – jamg‘arishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad Yd yoki yalpi talab qo‘shimcha
investitsiyalarning multiplikativ ko‘payishiga teng miqdorda o‘sishini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish to‘plangan jami kapital bilan ta’minlanishi, milliy daromad
esa qo‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta’siri ostida ko‘payishi sababli
taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa qo‘shimcha
investitsiyalargina ko‘rib chiqilaadi.
3. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlarining qo‘shimcha o‘sish sur’atlari
tengligi tenglamasi:
I ( 1/ μ) = I α
Bu tenglamani echib suyidagi natijani olamiz:
I / I = μ α
( I / I ) – investitsiyalarning yillik o‘sish sur’ati bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarini
oshirish yordamida to‘liq bandlilikni ta’minlab turish uchun
(μ α) miqdorga teng bo‘lishi kerak. Bundan xulosa shuki investitsiyalarning
mutanosib o‘sish sur’atijamg‘arishga chegaralangan moyillik va investitsiyalarning
unumdorligi ( kapital qaytimi) darajalarining hosilasi ekan.
Agar μ = 0,2 α=0,4 bo‘lsa I / I = 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 %
Demak, investitsiyalarning o‘sish sur’ati 8% bo‘lishi talab etiladi.
E.Domar moddelidan kelib chiqadigan umumiy xulosa shuki iqtisodiy
o‘sishni ta’minlash uchun investitsiyalar hajmini oshirish, bu uchun esa jamg‘arish
normasi hamda fan texnika taraqqiyoti orqali kapitalning samaradorligini oshirish
zarur.
Agar E.Domar o‘z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor deb
olgan bo‘lsa, R.Xarrodning 1939 yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy o‘sish modeliga
akselerator prinsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funksiyasi
ham kiritildi. Akselerator prinsipiga ko‘ra nafaqat investitsiyalar ishlab
chiqarishning
o‘sishini
keltirib
chiqaradi,
balki
ishlab
chiqarish
va
daromadlarningning o‘sgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga
olib keladi.
R.Xarrod o‘z modeliga uch tenglamani kiritadi:
1) kafolatlangan o‘sish surti tenglamasi;
2) haqiqiy o‘sish sur’ati tenglamasi;
3) tabiiy o‘sish sur’ati tenglamasi.
R.Xarrod modelida haqiqiy o‘sish sur’ati ishchi kuchining o‘sish sur’ati va
kapital unumdorligining o‘sish sur’ati bilan belgilanadi.
G c = s
bu erda: G - YAIMning haqiqiy qo‘shimcha o‘sish sur’ati; Δ Y/ Y;
c - ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I / Δ Y ;
s – Milliy daromaddagi jamg‘arish hajmi yoki jamg‘arishga o‘rtacha moyillik,
S / Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan o‘sish sur’ati bo‘lgan
kafolatlangan (prognoz qilingan) o‘sish sur’atiga asoslanib o‘z investitsiya rejalarini
tuzadilar. Kafolatlangan o‘sish sur’ati jamg‘arishga o‘rtacha moyillik darajasini
akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi:
Gw = s / cr
bu erda: Gw – kafolatlangan o‘sish sur’ati
cr – talab etiladigan kapitaltalabchanlik koeffitsenti (o‘tgan yillardagi shakllangan
darajasi);
Bu ko‘rsatkichlar doimiy bo‘lganligi sababli kafolatlangan o‘sish sur’atlari
ham doimiy bo‘ladi.
Agar haqiqiy o‘sish sur’ati kafolatlangan o‘sish sur’atiga mos kelsa
iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o‘sish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga doimo
erishib bo‘lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro‘y beradi.
R.Xarrod modelida resurslardan to‘liq foydalangan sharoitda ta’minlanishi
mumkin bo‘lgan maksimal o‘sish sur’ati tabiiy o‘sish sur’ati deb nomlandi.
Gn cr = yoki ≠ s
Iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanati to‘liq bandlilik sharoitida
kafolatlangan va tabiiy o‘sish sur’atlari o‘zaro teng bo‘lganda ta’minlanadi.Ammo
bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orqaligina erishiladi.