IQTISODIY O‘SISH VA MILLIY BOYLIK

Yuklangan vaqt

2024-08-26

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

20

Faytl hajmi

193,5 KB


 
 
213 
 
 
 
 
IQTISODIY O‘SISH VA MILLIY BOYLIK 
 
 
Reja: 
1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari. 
2. Iqtisodiy o‘sishning omillari. 
3. Iqtisodiy o‘sish modellari. 
4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi. 
 
Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning 
asosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishiga 
erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy 
o‘sish darajasi va sur’atlariga bog‘liq. Shu sababli mavzu iqtisodiy rivojlanishning 
mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, iqtisodiy o‘sishning 
mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi. Mavzu 
davomida iqtisodiy o‘sishning omillari, milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishini, 
iqtisodiy o‘sish borasida mavjud bo‘lgan turli modellar mazmunini yoritib berishga 
ham o‘rin ajratiladi. 
          
1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari 
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon 
bo‘lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil 
qilinadi.  
Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutlaq va 
aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga 
213 IQTISODIY O‘SISH VA MILLIY BOYLIK Reja: 1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari. 2. Iqtisodiy o‘sishning omillari. 3. Iqtisodiy o‘sish modellari. 4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi. Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o‘sish darajasi va sur’atlariga bog‘liq. Shu sababli mavzu iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi. Mavzu davomida iqtisodiy o‘sishning omillari, milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishini, iqtisodiy o‘sish borasida mavjud bo‘lgan turli modellar mazmunini yoritib berishga ham o‘rin ajratiladi. 1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlari Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga  
 
214 
ko‘payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida 
ifodalanadi. 
Iqtisodiy o‘sishni YaIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon 
boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash buning qanday maqsadda 
amalga oshirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy 
o‘sishini YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali o‘lchash uning iqtisodiy 
salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali 
o‘lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi.  
Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko‘rsatkichlar 
(real YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar 
bo‘lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va 
shu sababli farovonlikning haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab berolmaydi; 
ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning 
sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib 
ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash 
boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini 
hisobga olmaydi. 
Shunga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning barcha tavsifi yillik o‘sish sur’atlarining 
foizdagi o‘lchovida to‘liq o‘z ifodasini topadi: 
100%


давр
базис
базис давр
давр
жорий
ЯИМ
ЯИМ
ЯИМ
С
У
, 
bu yerda: 
O‘S – iqtisodiy o‘sish sur’ati, foizda; 
YaIMbazis davr – taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YaIM hajmi; 
YaIMjoriy davr – joriy davr (yil)dagi real YaIM hajmi. 
 
Mamlakatimizda keyingi yillar davomida YaIMning o‘sish sur’ati hamda 
aholi jon boshiga o‘sishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi jadval orqali ko‘rish 
mumkin (1-jadval). 
1-jadval  
214 ko‘payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi. Iqtisodiy o‘sishni YaIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o‘sishini YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali o‘lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi. Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko‘rsatkichlar (real YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi. Shunga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning barcha tavsifi yillik o‘sish sur’atlarining foizdagi o‘lchovida to‘liq o‘z ifodasini topadi: 100%   давр базис базис давр давр жорий ЯИМ ЯИМ ЯИМ С У , bu yerda: O‘S – iqtisodiy o‘sish sur’ati, foizda; YaIMbazis davr – taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YaIM hajmi; YaIMjoriy davr – joriy davr (yil)dagi real YaIM hajmi. Mamlakatimizda keyingi yillar davomida YaIMning o‘sish sur’ati hamda aholi jon boshiga o‘sishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi jadval orqali ko‘rish mumkin (1-jadval). 1-jadval  
 
215 
Yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga ishlab 
chiqarishning o‘sishi 
Yillar 
Ko‘rsatkichlar 
Nominal YaIM, 
mlrd.so‘m 
YaIMning o‘sish 
sur’ati, % 
YaIMning aholi jon boshiga 
o‘sishi, % 
1997 
976,8 
5,2 
3,3 
1998 
1416,2 
4,4 
2,6 
1999 
2128,7 
4,3 
2,8 
2000 
3255,6 
4,0 
2,5 
2001 
4868,4 
4,2 
3,1 
2002 
7469,3 
4,2 
3,2 
2003 
9664,1 
4,4 
3,2 
2004 
12189,5 
7,7 
6,5 
2005 
15923,4 
7,0 
6,0 
2006 
20759,3 
7,3 
6,2 
2007 
28186,2 
9,5 
8,0 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. 
 
Shuningdek, iqtisodiy o‘sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlarining 
kengayib borishini ham anglatadi. Milliy ishlab chiqarish natijalarining miqdor 
jihatidan ko‘payishi va sifat jihatidan takomillashib borishi pirovardida ishlab 
chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining o‘ng tomonga qarab siljishiga olib keladi. 
Aytaylik, 2006 yildagi milliy ishlab chiqarish hajmi (Y2006) 2000 yildagi (Y2000)ga 
nisbatan o‘sdi. Bu o‘sish o‘z navbatida milliy ishlab chiqarish imkoniyatlari egri 
chizig‘ining ham  kengayishiga olib keladi (2-chizma).  
Chizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiy o‘sish natijasida ishlab chiqarilgan ijtimoiy 
mahsulot miqdori ortadi, bu esa aholi turmush farovonligini oshishiga olib keladi. 
Iqtisodiyot mavjud ehtiyojlarni yanada to‘laroq qondirish imkoniga ega bo‘ladi.  
Iqtisodiy o‘sishning ahamiyati to‘g‘risida gapirilganda uning darajasini ham 
e’tiborda tutish lozim. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ahamiyatlilik darajasi turli 
215 Yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga ishlab chiqarishning o‘sishi Yillar Ko‘rsatkichlar Nominal YaIM, mlrd.so‘m YaIMning o‘sish sur’ati, % YaIMning aholi jon boshiga o‘sishi, % 1997 976,8 5,2 3,3 1998 1416,2 4,4 2,6 1999 2128,7 4,3 2,8 2000 3255,6 4,0 2,5 2001 4868,4 4,2 3,1 2002 7469,3 4,2 3,2 2003 9664,1 4,4 3,2 2004 12189,5 7,7 6,5 2005 15923,4 7,0 6,0 2006 20759,3 7,3 6,2 2007 28186,2 9,5 8,0 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. Shuningdek, iqtisodiy o‘sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayib borishini ham anglatadi. Milliy ishlab chiqarish natijalarining miqdor jihatidan ko‘payishi va sifat jihatidan takomillashib borishi pirovardida ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining o‘ng tomonga qarab siljishiga olib keladi. Aytaylik, 2006 yildagi milliy ishlab chiqarish hajmi (Y2006) 2000 yildagi (Y2000)ga nisbatan o‘sdi. Bu o‘sish o‘z navbatida milliy ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining ham kengayishiga olib keladi (2-chizma). Chizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiy o‘sish natijasida ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot miqdori ortadi, bu esa aholi turmush farovonligini oshishiga olib keladi. Iqtisodiyot mavjud ehtiyojlarni yanada to‘laroq qondirish imkoniga ega bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sishning ahamiyati to‘g‘risida gapirilganda uning darajasini ham e’tiborda tutish lozim. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ahamiyatlilik darajasi turli  
 
216 
mamlakatlar real YaIMning hajmidan kelib chiqqan holda farqlanadi. Real YaIM 
hajmi nisbatan kichik bo‘lgan mamlakatlar uchun 8-10% darajasidagi iqtisodiy 
o‘sish sur’ati me’yordagi holat sanalishi, real YaIM hajmi juda katta bo‘lgan 
mamlakatlar uchun 2-3% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati esa ahamiyatli 
ko‘rsatkich hisoblanishi mumkin.  
 
     Investitsiya  
      tovarlari 
 
 
 
 
 
 
 
                   
                             0                     Y2000Y2006     Iste’mol 
                                                                                     tovarlari 
2-chizma. Iqtisodiy o‘sish natijasida milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish 
imkoniyatlarining kengayishi. 
Iqtisodiy o‘sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo‘llaniluvchi 
«70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko‘ra, 
milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda 
qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o‘sish sur’atiga bo‘lish 
kerak bo‘ladi. Masalan, mamlakatimizdagi o‘sish sur’atining 9,5% darajasida 
YaIMni 2 baravar oshirish uchun 7,3 yil talab etiladi (70:9,5). Xolbuki, iqtisodiy 
o‘sishning 2000 yildagi 4,0% darajasida bu ko‘rsatkichga 17,5 yilda (70:4) erishish 
mumkin edi. Keyingi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atining yanada oshirilishi bu 
muddatning ahamiyatli ravishda qisqarishiga olib keladi.    
216 mamlakatlar real YaIMning hajmidan kelib chiqqan holda farqlanadi. Real YaIM hajmi nisbatan kichik bo‘lgan mamlakatlar uchun 8-10% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati me’yordagi holat sanalishi, real YaIM hajmi juda katta bo‘lgan mamlakatlar uchun 2-3% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati esa ahamiyatli ko‘rsatkich hisoblanishi mumkin. Investitsiya tovarlari 0 Y2000Y2006 Iste’mol tovarlari 2-chizma. Iqtisodiy o‘sish natijasida milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi. Iqtisodiy o‘sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo‘llaniluvchi «70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko‘ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o‘sish sur’atiga bo‘lish kerak bo‘ladi. Masalan, mamlakatimizdagi o‘sish sur’atining 9,5% darajasida YaIMni 2 baravar oshirish uchun 7,3 yil talab etiladi (70:9,5). Xolbuki, iqtisodiy o‘sishning 2000 yildagi 4,0% darajasida bu ko‘rsatkichga 17,5 yilda (70:4) erishish mumkin edi. Keyingi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atining yanada oshirilishi bu muddatning ahamiyatli ravishda qisqarishiga olib keladi.  
 
217 
Ijtimoiy mahsulotning o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari 
miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki 
intensiv turlarini belgilab beradi. 
Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi 
saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli 
erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun 
mavjud korxona bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va 
sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‘yicha xuddi o‘shanday yana bir 
korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab 
chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi. 
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini 
kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, 
yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi 
malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq 
foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Intensiv yo‘l ishlab chiqarishga jalb etilgan 
resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining 
o‘sishida, mahsulot sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.  
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud 
bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. Shu 
sababli ko‘proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari haqida 
so‘z yuritiladi. 
Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlari ham 
mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, 
mehnat unumdorligining o‘sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda 
massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi; 
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi; 
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat; 
217 Ijtimoiy mahsulotning o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi. Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‘yicha xuddi o‘shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi. Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Intensiv yo‘l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o‘sishida, mahsulot sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi. Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. Shu sababli ko‘proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari haqida so‘z yuritiladi. Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlari ham mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligining o‘sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi; b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi; v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat;  
 
218 
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va 
kooperatsiyasi. 
Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa 
ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha 
hisoblab chiqilgan YaIM ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda iqtisodiyotning 
yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi nisbat 
ham o‘rganiladi. 
 
 
2. Iqtisodiy o‘sishning omillari 
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga 
ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar taklif omillari deb ham atalib, 
iqtisodiyotning o‘sish layoqatini belgilab beradi:  
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati; 
2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati; 
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; 
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti. 
Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali 
iqtisodiy o‘sishni tavsiflash mumkin.  
Ma’lumki, yalpi milliy (ichki) mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy 
resurslar sarflarining funksiyasi hisoblanadi, ya’ni: 
)
,
( ,
Y  f L K N
, 
bu yerda: 
Y – yalpi milliy (ichki) mahsulot; 
L – ishchi kuchi sarflari; 
K – kapital sarflari; 
N – tabiiy resurslar sarflari. 
Bu funksional bog‘lanishdan kelib chiqqan holda iqtisodiy o‘sishni belgilab 
beruvchi bir qator xususiy ko‘rsatkichlarni keltirib chiqarish mumkin: 
218 g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi. Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha hisoblab chiqilgan YaIM ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda iqtisodiyotning yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi nisbat ham o‘rganiladi. 2. Iqtisodiy o‘sishning omillari Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar taklif omillari deb ham atalib, iqtisodiyotning o‘sish layoqatini belgilab beradi: 1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati; 2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati; 3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; 4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti. Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali iqtisodiy o‘sishni tavsiflash mumkin. Ma’lumki, yalpi milliy (ichki) mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy resurslar sarflarining funksiyasi hisoblanadi, ya’ni: ) , ( , Y  f L K N , bu yerda: Y – yalpi milliy (ichki) mahsulot; L – ishchi kuchi sarflari; K – kapital sarflari; N – tabiiy resurslar sarflari. Bu funksional bog‘lanishdan kelib chiqqan holda iqtisodiy o‘sishni belgilab beruvchi bir qator xususiy ko‘rsatkichlarni keltirib chiqarish mumkin:  
 
219 
1) 
mehnat unumdorligi (Y/L) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli 
mehnat sarflariga nisbati; 
2) 
mehnat sig‘imi (L/Y) – jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab 
chiqarish hajmiga nisbati; 
3) 
kapital samaradorligi (Y/K) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining 
unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati; 
4) 
kapital sig‘imi (K/Y) – kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish 
hajmiga nisbati; 
5) 
tabiiy resurslar samaradorligi (Y/N) – mahsulot ishlab chiqarish 
hajmining unga sarflangan tabiiy resurslar xarajatlariga nisbati; 
6) 
mahsulotning resurslar sig‘imi (N/Y) – tabiiy resurslar sarfining 
mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati; 
7) ishchi kuchining kapital bilan qurollanganlik darajasi (K/L) – ishlab 
chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgan kapital hajmining ishchi kuchi miqdoriga 
nisbati. 
Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda yuqorida ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlardan 
tashqari yana keyingi qo‘shilgan ishlab chiqarish omillari unumdorligi 
ko‘rsatkichlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko‘rsatkichlar, boshqa omillar 
sarfi o‘zgarmagani holda, har bir alohida omil sarfining qo‘shimcha o‘sishi 
ta’sirida mahsulot ishlab chiqarish hajmining qo‘shimcha o‘sishi hajmini belgilab 
beradi: 
1) keyingi qo‘shilgan mehnat unumdorligi (∆Y/∆L); 
2) keyingi qo‘shilgan kapital unumdorligi (∆Y/∆K); 
3) 
keyingi qo‘shilgan tabiiy resurslar unumdorligi (∆Y/∆N).     
Bu ko‘rsatkichlar yalpi mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining o‘sishida 
har bir omilning hissasini namoyon etib, u quyidagicha aniqlanadi: 
 
N N
Y
K K
Y
L L
Y
Y
)
/
(
)
/
(
)
/
(

 

 

 
.   
Iqtisodiy o‘sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish 
calohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy 
jarayonga to‘liq jalb qilingan bo‘lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. 
219 1) mehnat unumdorligi (Y/L) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli mehnat sarflariga nisbati; 2) mehnat sig‘imi (L/Y) – jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati; 3) kapital samaradorligi (Y/K) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati; 4) kapital sig‘imi (K/Y) – kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati; 5) tabiiy resurslar samaradorligi (Y/N) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan tabiiy resurslar xarajatlariga nisbati; 6) mahsulotning resurslar sig‘imi (N/Y) – tabiiy resurslar sarfining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati; 7) ishchi kuchining kapital bilan qurollanganlik darajasi (K/L) – ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgan kapital hajmining ishchi kuchi miqdoriga nisbati. Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda yuqorida ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlardan tashqari yana keyingi qo‘shilgan ishlab chiqarish omillari unumdorligi ko‘rsatkichlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko‘rsatkichlar, boshqa omillar sarfi o‘zgarmagani holda, har bir alohida omil sarfining qo‘shimcha o‘sishi ta’sirida mahsulot ishlab chiqarish hajmining qo‘shimcha o‘sishi hajmini belgilab beradi: 1) keyingi qo‘shilgan mehnat unumdorligi (∆Y/∆L); 2) keyingi qo‘shilgan kapital unumdorligi (∆Y/∆K); 3) keyingi qo‘shilgan tabiiy resurslar unumdorligi (∆Y/∆N). Bu ko‘rsatkichlar yalpi mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining o‘sishida har bir omilning hissasini namoyon etib, u quyidagicha aniqlanadi: N N Y K K Y L L Y Y ) / ( ) / ( ) / (          . Iqtisodiy o‘sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish calohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to‘liq jalb qilingan bo‘lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur.  
 
220 
Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli 
mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo‘ladi. 
Real mahsulot ikki asosiy usulda ko‘paytirilishi mumkin (4-chizma): 
1) resurslarning ko‘proq hajmini jalb etilishi; 
2) ulardan ancha unumli foydalanish yo‘li bilan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4–chizma. Real mahsulot o‘sishini aniqlab beruvchi omillar. 
 
Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud 
bo‘ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof muhitning ifloslanishi kabi holatlar 
natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda respublikamizda davlat tomonidan atrof-
muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va 
sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. 
1. Банд бўлганлар сони 
2. Ишлаган киши-соатларининг 
ўртача миқдори 
 
1. Техника тараққиёти 
2. Капитал қўйилмалар ҳажми 
3. Таълим ва малака тайёргарлиги 
4. Ресурсларни жойлаштириш 
самарадорлиги 
5. Бошқа омиллар 
Меҳнат 
сарфлари 
 
 
 
Меҳнат 
унумдор-
лиги 
 
Ишлаб           
чиқаришнинг 
реал ҳажми 
 
220 Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo‘ladi. Real mahsulot ikki asosiy usulda ko‘paytirilishi mumkin (4-chizma): 1) resurslarning ko‘proq hajmini jalb etilishi; 2) ulardan ancha unumli foydalanish yo‘li bilan. 4–chizma. Real mahsulot o‘sishini aniqlab beruvchi omillar. Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud bo‘ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof muhitning ifloslanishi kabi holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda respublikamizda davlat tomonidan atrof- muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. 1. Банд бўлганлар сони 2. Ишлаган киши-соатларининг ўртача миқдори 1. Техника тараққиёти 2. Капитал қўйилмалар ҳажми 3. Таълим ва малака тайёргарлиги 4. Ресурсларни жойлаштириш самарадорлиги 5. Бошқа омиллар Меҳнат сарфлари Меҳнат унумдор- лиги Ишлаб чиқаришнинг реал ҳажми  
 
221 
Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bunday 
tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat 
unumdorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar boshqa tomonga jalb 
qilinadi. 
 
3. Iqtisodiy o‘sish modellari 
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning 
kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli 
iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z mazmuniga 
ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy 
muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab 
chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.  
Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi 
noto‘g‘ri nazariy shartlarga asoslanadilar: 
1) 
mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan 
yaratiladi; 
2) 
ishlab chiqarish omillarining har biri o‘zining keyingi qo‘shilgan 
mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‘shadi. 
Shunga ko‘ra, bunga javoban barcha keyingi qo‘shilgan mahsulotga teng keluvchi 
daromad ham oladi; 
3) 
mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‘lgan resurslar 
o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik mavjud; 
4) 
ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular 
o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘rnini bosish imkoniyati mavjud. 
Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim 
yo‘nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo‘l qo‘yadilar: 
1) ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular 
qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha 
ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki 
o‘zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi 
221 Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar boshqa tomonga jalb qilinadi. 3. Iqtisodiy o‘sish modellari Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z mazmuniga ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi. Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi noto‘g‘ri nazariy shartlarga asoslanadilar: 1) mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi; 2) ishlab chiqarish omillarining har biri o‘zining keyingi qo‘shilgan mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‘shadi. Shunga ko‘ra, bunga javoban barcha keyingi qo‘shilgan mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi; 3) mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‘lgan resurslar o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik mavjud; 4) ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘rnini bosish imkoniyati mavjud. Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim yo‘nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo‘l qo‘yadilar: 1) ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki o‘zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi  
 
222 
yaratilgan mahsulotga o‘tkazadilar. Lekin barcha omillar yaratilgan va o‘sgan 
(ko‘paygan) mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar; 
2) ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o‘ynashini, 
qolganlari esa passiv rol o‘ynashini unutadilar. Chunki hech bir tabiiy resurs, 
kapital resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o‘zicha harakatga 
kela olmasligi, irib-chirib o‘z joyida ham jismonan, ham qiymati yo‘q bo‘lib 
ketishi, ularning qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi million 
yillardan beri milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning 
bunga e’tibor bergisi kelmaydi.        
Neoklassik model ko‘p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va 
matematik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funksiyasi asos qilib olingan. Kobb-
Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajmining o‘sishida ishlab chiqarish turli 
omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi: 
Y  AKL
, 
bu yerda: 
Y – ishlab chiqarish hajmi;  
K – kapital sarflari; 
L – ishchi kuchi sarflari; 
A, ,  - ishlab chiqarish funksiyasining koeffitsientlari: 
A – mutanosiblik koeffitsienti;  
 va  - ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari bo‘yicha 
elastiklik koeffitsienti. 
Elastiklik koeffitsienti bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi natijasida 
boshqa bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi darajasini ifodalaydi. Shunga ko‘ra, 
 koeffitsienti kapital sarflarining 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha 
foizga o‘sishini,  koeffitsienti esa ishchi kuchi sarflarining 1%ga o‘sishi ishlab 
chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi.  va ning yig‘indisi ishchi 
kuchi va kapital sarflarining bir vaqtning o‘zida 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish 
hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi. 
222 yaratilgan mahsulotga o‘tkazadilar. Lekin barcha omillar yaratilgan va o‘sgan (ko‘paygan) mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar; 2) ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o‘ynashini, qolganlari esa passiv rol o‘ynashini unutadilar. Chunki hech bir tabiiy resurs, kapital resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o‘zicha harakatga kela olmasligi, irib-chirib o‘z joyida ham jismonan, ham qiymati yo‘q bo‘lib ketishi, ularning qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi million yillardan beri milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning bunga e’tibor bergisi kelmaydi. Neoklassik model ko‘p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va matematik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funksiyasi asos qilib olingan. Kobb- Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajmining o‘sishida ishlab chiqarish turli omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi: Y  AKL , bu yerda: Y – ishlab chiqarish hajmi; K – kapital sarflari; L – ishchi kuchi sarflari; A, ,  - ishlab chiqarish funksiyasining koeffitsientlari: A – mutanosiblik koeffitsienti;  va  - ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari bo‘yicha elastiklik koeffitsienti. Elastiklik koeffitsienti bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi natijasida boshqa bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi darajasini ifodalaydi. Shunga ko‘ra,  koeffitsienti kapital sarflarining 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini,  koeffitsienti esa ishchi kuchi sarflarining 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi.  va ning yig‘indisi ishchi kuchi va kapital sarflarining bir vaqtning o‘zida 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi.  
 
223 
Ch.Kobb va P.Duglas o‘z tadqiqotlarida AQSh qayta ishlash sanoatining 
1899-1922 yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib, ishlab chiqarish 
funksiyasining ko‘rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganlar:  
,0 75
,0 25
,101
L
K
Y



. 
Bu ko‘rsatkichlar shuni anglatadiki, o‘sha davrda AQSh qayta ishlash 
sanoatida kapital sarflarining 1%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini 0,25%ga, 
ishchi kuchi sarflarining 1%ga oshirilishi esa ishlab chiqarish hajmini 0,75% ga 
oshishiga olib kelar ekan.  
Keyinchalik 
Kobb-Duglasning 
ishlab 
chiqarish 
funksiyasini 
golland 
iqtisodchisi Yan Tinbergen yanada takomillashtirib, unga yangi omil – texnika 
taraqqiyoti ko‘rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish funksiyasi formulasi 
quyidagi ko‘rinishni oldi: 
ert
AK L
Y




1
, 
bu yerda: yert – vaqt omili. 
Ishlab chiqarish funksiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda nafaqat 
miqdor, balki «texnika taraqqiyoti» atamasi orqali uyg‘unlashuvchi sifat 
o‘zgarishlari – ishchi kuchi malakasining o‘sishi, innovatsiya jarayonlarining 
kuchayishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning takomillashuvi, jamiyat miqyosida 
ma’lumotlilik darajasining oshishi va boshqalarni ham aks ettirish imkonini berdi. 
 Iqtisodiy o‘sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning 
keynscha nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondoshish natijasida 
vujudga kelgan. Bu modellar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amerikalik olim 
Ye.Domarning iqtisodiy o‘sish modellari e’tiborga molik hisoblanadi. Har ikkala 
modelning umumiy jihatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar orqali shartlanadi: 
1) ular neoklassik modellardan farqli o‘laroq bir omilli model hisoblanadi. 
Ya’ni bu modellarda milliy daromadning o‘sishi faqat kapital jamg‘arishning 
funksiyasi hisoblanib, kapital samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishchi kuchi 
bandligining oshishi, FTT yutuqlaridan foydalanish darajasining o‘sishi, ishlab 
chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi kabi boshqa barcha omillar nazardan 
chetda qoldiriladi; 2) ishlab chiqarishning kapital sig‘imi ishlab chiqarish omillari 
223 Ch.Kobb va P.Duglas o‘z tadqiqotlarida AQSh qayta ishlash sanoatining 1899-1922 yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib, ishlab chiqarish funksiyasining ko‘rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganlar: ,0 75 ,0 25 ,101 L K Y    . Bu ko‘rsatkichlar shuni anglatadiki, o‘sha davrda AQSh qayta ishlash sanoatida kapital sarflarining 1%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini 0,25%ga, ishchi kuchi sarflarining 1%ga oshirilishi esa ishlab chiqarish hajmini 0,75% ga oshishiga olib kelar ekan. Keyinchalik Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiyasini golland iqtisodchisi Yan Tinbergen yanada takomillashtirib, unga yangi omil – texnika taraqqiyoti ko‘rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish funksiyasi formulasi quyidagi ko‘rinishni oldi: ert AK L Y     1 , bu yerda: yert – vaqt omili. Ishlab chiqarish funksiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda nafaqat miqdor, balki «texnika taraqqiyoti» atamasi orqali uyg‘unlashuvchi sifat o‘zgarishlari – ishchi kuchi malakasining o‘sishi, innovatsiya jarayonlarining kuchayishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning takomillashuvi, jamiyat miqyosida ma’lumotlilik darajasining oshishi va boshqalarni ham aks ettirish imkonini berdi. Iqtisodiy o‘sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning keynscha nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondoshish natijasida vujudga kelgan. Bu modellar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amerikalik olim Ye.Domarning iqtisodiy o‘sish modellari e’tiborga molik hisoblanadi. Har ikkala modelning umumiy jihatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar orqali shartlanadi: 1) ular neoklassik modellardan farqli o‘laroq bir omilli model hisoblanadi. Ya’ni bu modellarda milliy daromadning o‘sishi faqat kapital jamg‘arishning funksiyasi hisoblanib, kapital samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishchi kuchi bandligining oshishi, FTT yutuqlaridan foydalanish darajasining o‘sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi kabi boshqa barcha omillar nazardan chetda qoldiriladi; 2) ishlab chiqarishning kapital sig‘imi ishlab chiqarish omillari  
 
224 
narxlarining nisbatiga bog‘liq bo‘lmay, faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari 
orqali aniqlanadi. 
Neokeynscha modelda investitsiyalarning o‘sishi iqtisodiy o‘sish va uning 
sur’atlarini belgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milliy daromadning 
o‘sishiga imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish quvvatlarini 
kengaytiradi. O‘z navbatida daromadning o‘sishi bandlikning oshishiga imkon 
yaratadi. Investitsiya hajmining ko‘payishi natijasida kengaygan ishlab chiqarish 
quvvatlari daromadning o‘sishi orqali to‘liq ishga tushirilishi lozim. 
Shunga 
ko‘ra, 
Ye.Domarning 
modelida 
quyidagi 
tenglik 
orqali 
muvozanatning ta’minlanishi shart qilib qo‘yiladi: 
 
Pul daromadining  
qo‘shimcha o‘sishi  
(talab) 
 
= 
Ishlab chiqarish 
quvvatlarining qo‘shimcha o‘sishi 
(taklif) 
Bu tenglikni formula tarzida yozilsa, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 


 
I
a
I
1
 yoki 
a
I
I

 

,        
                                                          
bu yerda:   
I – har yillik sof kapital qo‘yilmalar; 
∆I – sof kapital qo‘yilmalarning qo‘shimcha o‘sishi; 
∆I/I – sof kapital qo‘yilmalarning o‘sish sur’ati; 
1/a – multiplikator, bu yerda a –jamg‘arishga bo‘lgan o‘rtacha moyillik; 
 - kapital samaradorligi. 
 
Shunday qilib, iqtisodiyotdagi ishchi kuchining to‘la bandligini hamda ishlab 
chiqarish quvvatlarining to‘liq ishlashini ta’minlovchi sof investitsiyalar yoki 
kapital qo‘yilmalarning o‘sish sur’ati  x a ga teng bo‘lishi lozim. Agar 
iqtisodiyotdagi investitsiyalarning potensial o‘rtacha samaradorligi 0,3 ga, 
224 narxlarining nisbatiga bog‘liq bo‘lmay, faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari orqali aniqlanadi. Neokeynscha modelda investitsiyalarning o‘sishi iqtisodiy o‘sish va uning sur’atlarini belgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milliy daromadning o‘sishiga imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytiradi. O‘z navbatida daromadning o‘sishi bandlikning oshishiga imkon yaratadi. Investitsiya hajmining ko‘payishi natijasida kengaygan ishlab chiqarish quvvatlari daromadning o‘sishi orqali to‘liq ishga tushirilishi lozim. Shunga ko‘ra, Ye.Domarning modelida quyidagi tenglik orqali muvozanatning ta’minlanishi shart qilib qo‘yiladi: Pul daromadining qo‘shimcha o‘sishi (talab) = Ishlab chiqarish quvvatlarining qo‘shimcha o‘sishi (taklif) Bu tenglikni formula tarzida yozilsa, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:     I a I 1 yoki a I I     , bu yerda: I – har yillik sof kapital qo‘yilmalar; ∆I – sof kapital qo‘yilmalarning qo‘shimcha o‘sishi; ∆I/I – sof kapital qo‘yilmalarning o‘sish sur’ati; 1/a – multiplikator, bu yerda a –jamg‘arishga bo‘lgan o‘rtacha moyillik;  - kapital samaradorligi. Shunday qilib, iqtisodiyotdagi ishchi kuchining to‘la bandligini hamda ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq ishlashini ta’minlovchi sof investitsiyalar yoki kapital qo‘yilmalarning o‘sish sur’ati  x a ga teng bo‘lishi lozim. Agar iqtisodiyotdagi investitsiyalarning potensial o‘rtacha samaradorligi 0,3 ga,  
 
225 
jamg‘arishga bo‘lgan o‘rtacha moyillik 0,2 ga teng bo‘lsa, u holda 
investitsiyalarning o‘sish sur’ati 6% (0,3x0,2)x100%)ga teng bo‘ladi. 
R.Xarrodning iqtisodiy o‘sish modeli investitsiya va jamg‘armalar o‘rtasidagi 
makroiqtisodiy muvozanat, ya’ni 
I  S
ga asoslanadi. U statik holdagi 
makromuvozanat uchun alohida, dinamik holdagi makromuvozanat uchun alohida 
formuladan foydalanadi. 1-formula quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
S
G C


, 
bu yerda: 
G – milliy daromadning o‘sish sur’ati (∆Y/Y); 
S – kapital sig‘imi (I/∆Y); 
S – milliy daromad tarkibidagi jamg‘arishning ulushi (S/Y). 
2-formula quyidagi ko‘rinishda o‘z ifodasini topadi: 
S
Gw Cr


, 
bu yerda:  
Gw – haqiqiy jamg‘arma va taxmin qilinayotgan investitsiyalar o‘rtasidagi 
dinamik muvozanatni ta’minlovchi o‘sishning kafolatlangan sur’ati;  
Cr – kapital koeffitsientining talab etilayotgan miqdori. 
Neokeynschilarning fikriga ko‘ra bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy 
kafolatlangan o‘sish sur’atiga avtomatik ravishda erishib bo‘lmasligi sababli, ular 
dinamik muvozanatga erishish uchun iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish 
zarurligi to‘g‘risidagi xulosaga keldilar.   
Iqtisodiy o‘sishning muhim modellaridan biri bo‘lib tarmoqlararo balans 
hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning dastlabki nazariy asoslari sobiq ittifoq 
davrida ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik u asli Rossiyalik bo‘lgan hamda AQShga 
o‘tib ketgan iqtisodchi V.Leontev tomonidan «xarajatlar – ishlab chiqarish» 
modeli sifatida takomillashtirilgan holda ishlab chiqildi (5-jadval).   
V.Leontev iqtisodiy tahlilning «xarajatlar – ishlab chiqarish» usulida eng 
avvalo e’tiborni iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tarmoqlar 
o‘rtasidagi bu aloqalar texnologik koeffitsientlar (I kvadrantdagi a11, a12, a13 va h.k. 
belgilar) orqali o‘rnatiladi.  
225 jamg‘arishga bo‘lgan o‘rtacha moyillik 0,2 ga teng bo‘lsa, u holda investitsiyalarning o‘sish sur’ati 6% (0,3x0,2)x100%)ga teng bo‘ladi. R.Xarrodning iqtisodiy o‘sish modeli investitsiya va jamg‘armalar o‘rtasidagi makroiqtisodiy muvozanat, ya’ni I  S ga asoslanadi. U statik holdagi makromuvozanat uchun alohida, dinamik holdagi makromuvozanat uchun alohida formuladan foydalanadi. 1-formula quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: S G C   , bu yerda: G – milliy daromadning o‘sish sur’ati (∆Y/Y); S – kapital sig‘imi (I/∆Y); S – milliy daromad tarkibidagi jamg‘arishning ulushi (S/Y). 2-formula quyidagi ko‘rinishda o‘z ifodasini topadi: S Gw Cr   , bu yerda: Gw – haqiqiy jamg‘arma va taxmin qilinayotgan investitsiyalar o‘rtasidagi dinamik muvozanatni ta’minlovchi o‘sishning kafolatlangan sur’ati; Cr – kapital koeffitsientining talab etilayotgan miqdori. Neokeynschilarning fikriga ko‘ra bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy kafolatlangan o‘sish sur’atiga avtomatik ravishda erishib bo‘lmasligi sababli, ular dinamik muvozanatga erishish uchun iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi to‘g‘risidagi xulosaga keldilar. Iqtisodiy o‘sishning muhim modellaridan biri bo‘lib tarmoqlararo balans hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning dastlabki nazariy asoslari sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik u asli Rossiyalik bo‘lgan hamda AQShga o‘tib ketgan iqtisodchi V.Leontev tomonidan «xarajatlar – ishlab chiqarish» modeli sifatida takomillashtirilgan holda ishlab chiqildi (5-jadval). V.Leontev iqtisodiy tahlilning «xarajatlar – ishlab chiqarish» usulida eng avvalo e’tiborni iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tarmoqlar o‘rtasidagi bu aloqalar texnologik koeffitsientlar (I kvadrantdagi a11, a12, a13 va h.k. belgilar) orqali o‘rnatiladi.  
 
226 
Tarmoqlararo balans jadvali to‘rtta kvadrantdan iborat.  Birinchi kvadrantga 
mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi 
kvadrantga shaxsiy iste’mol, jamg‘arish, davlat xaridi va eksport sifatida 
foydalaniluvchi pirovard mahsulot ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Uchinchi 
kvadrantdan qo‘shilgan qiymat (ish haqi, foyda, soliqlar) va import ko‘rsatkichlari 
o‘rin olgan. To‘rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash 
ko‘rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bo‘ylab 
xarajatlarni, ya’ni har bir tarmoq bo‘yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi 
unsurlarni, satrlar bo‘yicha esa – milliy iqtisodiyot har bir tarmog‘i mahsulotini 
taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi.  
 
I Sh L A B    Ch I Q A R I Sh 
 
 
 
 
iste’molchi tarmoqlar 
 
 
 
n 
 
 
 
pirovard iste’mol 
Jami: 
foyda-
lanish 
bo‘yicha 
YaIM 
X A R A J A T L A R 
Ishlab chiqaruvi tarmoqlar 
n                     3 2 1 
a11 a12 a13 
 
a1n S1    
 
  I1 G1 X1 
Y1 
a21 a22 a23 
 
a2n 
S2    
 
  I2 G2 X2 
Y2 
a31 a32 a33 
 
a3n 
 
   
 
  
 
 
 
 
 
 
 
I 
oraliq 
qiymat 
 
 
   
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
   II   
 
 
 
 
 
 
 
 
   
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
   
 
  
 
 
 
 
an1 an2 an3 
 
ann Sn    
 
  In Gn Xn 
Yn 
Qo‘shilgan  
qiymat 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I + II 
W1 W2 
 
 
 Wn 
 
 
 
 
 
 
P1 
P2 
 
 
 
Pn 
226 Tarmoqlararo balans jadvali to‘rtta kvadrantdan iborat. Birinchi kvadrantga mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi kvadrantga shaxsiy iste’mol, jamg‘arish, davlat xaridi va eksport sifatida foydalaniluvchi pirovard mahsulot ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Uchinchi kvadrantdan qo‘shilgan qiymat (ish haqi, foyda, soliqlar) va import ko‘rsatkichlari o‘rin olgan. To‘rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash ko‘rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bo‘ylab xarajatlarni, ya’ni har bir tarmoq bo‘yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi unsurlarni, satrlar bo‘yicha esa – milliy iqtisodiyot har bir tarmog‘i mahsulotini taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi. I Sh L A B Ch I Q A R I Sh iste’molchi tarmoqlar n pirovard iste’mol Jami: foyda- lanish bo‘yicha YaIM X A R A J A T L A R Ishlab chiqaruvi tarmoqlar n 3 2 1 a11 a12 a13 a1n S1 I1 G1 X1 Y1 a21 a22 a23 a2n S2 I2 G2 X2 Y2 a31 a32 a33 a3n I oraliq qiymat II an1 an2 an3 ann Sn In Gn Xn Yn Qo‘shilgan qiymat I + II W1 W2 Wn P1 P2 Pn  
 
227 
 
 
 
III  
 
IV 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Im-port 
M1 M2 
 
Mn 
                                               = 
I + III 
Jami: 
xara-jat-
lar 
bo‘yicha 
YaIM 
 
 
Y1 
 
 
Y2 
 
 
 
Yn 
II kvadrantda – S – (shaxsiy iste’mol); I – (investitsiyalar); G – (davlat xaridi); X 
(eksport).  
III kvadrantda – W – ish haqi; 
                      P – foyda;  
                     M – import. 
 
5-jadval. Tarmoqlararo balans chizmasi. 
 
Tarmoqlararo balans modelida bir tarmoqdagi pirovard talab yoki ishlab 
chiqarish sharoitidagi o‘zgarishlar boshqa barcha o‘zaro bog‘liq tarmoqlarning 
miqdoriy ta’sirini kuzatish orqali o‘rganiladi. Bu esa qandaydir tovarga bo‘lgan 
ehtiyojlar yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasidagi har qanday o‘zgarishlar 
muvozanatlashgan narxlar tarkibini o‘zgartirib, texnologik koeffitsientlarning ham 
o‘zgarishiga olib kelishini anglatadi.  
 «Xarajatlar – ishlab chiqarish» tarmoqlararo balansi usuli nafaqat iqtisodiyot 
turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganishga, balki mamlakat 
iqtisodiyotining rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o‘zgarishi va 
iqtisodiy o‘sish sur’atlarini bashoratlashga imkon yaratadi. 
Iqtisodiy o‘sish modellari to‘g‘risida so‘z yuritiganda «nol darajadagi 
iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Mazkur konsepsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konsepsiya 
227 III IV Im-port M1 M2 Mn = I + III Jami: xara-jat- lar bo‘yicha YaIM Y1 Y2 Yn II kvadrantda – S – (shaxsiy iste’mol); I – (investitsiyalar); G – (davlat xaridi); X (eksport). III kvadrantda – W – ish haqi; P – foyda; M – import. 5-jadval. Tarmoqlararo balans chizmasi. Tarmoqlararo balans modelida bir tarmoqdagi pirovard talab yoki ishlab chiqarish sharoitidagi o‘zgarishlar boshqa barcha o‘zaro bog‘liq tarmoqlarning miqdoriy ta’sirini kuzatish orqali o‘rganiladi. Bu esa qandaydir tovarga bo‘lgan ehtiyojlar yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasidagi har qanday o‘zgarishlar muvozanatlashgan narxlar tarkibini o‘zgartirib, texnologik koeffitsientlarning ham o‘zgarishiga olib kelishini anglatadi. «Xarajatlar – ishlab chiqarish» tarmoqlararo balansi usuli nafaqat iqtisodiyot turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganishga, balki mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o‘zgarishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini bashoratlashga imkon yaratadi. Iqtisodiy o‘sish modellari to‘g‘risida so‘z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konsepsiya  
 
228 
tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sish atrof-muhitning 
ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining 
yomonlashuvi va boshka shu kabi ko‘plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi 
mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko‘payib borishi, ishlab chiqarish 
mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy resurslarning 
kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o‘sish chegaralarini cheklab qo‘yadi. Buning 
oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, resurslarning tugashi ro‘y berib, 
tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. 
Shunga ko‘ra, «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy 
o‘sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb 
hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o‘sish tovar va xizmatlar hajmining ko‘payishini 
ta’minlashini tan olsalarda, bu o‘sish bir vaqtning o‘zida turmush darajasining 
yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar. 
O‘z navbatida, mazkur konsepsiya muholiflari iqtisodiy o‘sishning yuqori 
darajasini yoqlab, uning o‘zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o‘rtasidagi 
ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o‘sish sharoitida jamiyatning 
ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini 
ko‘rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o‘sish oqibati bo‘lmay, u 
tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto‘g‘riligidan 
kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy 
resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, 
ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.    
 
4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi 
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar 
tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy 
va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. 
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish 
mumkin: 
1. Moddiy-buyumlashgan boylik. 
228 tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshka shu kabi ko‘plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko‘payib borishi, ishlab chiqarish mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy resurslarning kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o‘sish chegaralarini cheklab qo‘yadi. Buning oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, resurslarning tugashi ro‘y berib, tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. Shunga ko‘ra, «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o‘sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o‘sish tovar va xizmatlar hajmining ko‘payishini ta’minlashini tan olsalarda, bu o‘sish bir vaqtning o‘zida turmush darajasining yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar. O‘z navbatida, mazkur konsepsiya muholiflari iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini yoqlab, uning o‘zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o‘sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini ko‘rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o‘sish oqibati bo‘lmay, u tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto‘g‘riligidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar. 4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: 1. Moddiy-buyumlashgan boylik.  
 
229 
2. Nomoddiy boylik. 
3. Tabiiy boylik. 
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli 
mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning 
joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va 
o‘sib boradi. 
Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi 
mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki bu 
boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab 
chiqarish 
vositalari, 
iste’mol 
buyumlari). Shu sababli 
ishlab 
chiqarish 
vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi 
moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Demak, qoplash fondi 
va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga 
amalga oshiriladi. 
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat 
shakliga ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); 
- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); 
- aylanma kapital (fondlar); 
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi; 
- moddiy zahiralar va ehtiyojlar;  
- aholining uy, tomorqa va yordamchi xo‘jaligida jamg‘arilgan mol-mulk.  
Moddiy-buyumlashgan 
boylik 
o‘sishining 
asosiy 
omillari 
sifatida 
quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
– mehnat unumdorligining o‘sishi; 
– ishlab chiqarish samaradorligining ortishi; 
– milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi. 
Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti 
hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon 
harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko‘payishi 
229 2. Nomoddiy boylik. 3. Tabiiy boylik. Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi. Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi: - ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); - noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); - aylanma kapital (fondlar); - tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi; - moddiy zahiralar va ehtiyojlar; - aholining uy, tomorqa va yordamchi xo‘jaligida jamg‘arilgan mol-mulk. Moddiy-buyumlashgan boylik o‘sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: – mehnat unumdorligining o‘sishi; – ishlab chiqarish samaradorligining ortishi; – milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi. Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko‘payishi  
 
230 
ro‘y beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-
sharoiti, uning moddiy-texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning 
o‘sish sur’ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili 
bo‘lib ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini 
tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo‘lib, uning vujudga kelishi 
tabiat qonunlari asosida ro‘y bersada, ulardan foydalanish jamiyat rivojiga ham 
bog‘liq bo‘ladi. Foydali qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va yer resurslari tabiatan 
mavjud bo‘lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi. 
Tabiat in’omlari o‘zlarining dastlabki ko‘rinishida tabiiy boylik bo‘lib, shu 
holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. 
Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potensial boylik 
hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta’siri oqibatida real boylikka aylanadi. 
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir 
qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning 
nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan 
bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi iste’mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham 
moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, 
shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish 
uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog‘likni saqlash, fan, madaniyat, 
san’at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. 
Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob adabiyot va 
san’at asarlari alohida o‘rin tutadi. 
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish 
darajasi, jamiyat a’zolarining to‘plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, 
ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va 
sportning rivojlanish darajasi o‘z ifodasini topadi. 
Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan 
ancha keng tushuncha bo‘lib, o‘z tarkibiga jamiyatning nomoddiy tavsifdagi 
qimmatliklarini ham oladi. 
230 ro‘y beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart- sharoiti, uning moddiy-texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili bo‘lib ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo‘lib, uning vujudga kelishi tabiat qonunlari asosida ro‘y bersada, ulardan foydalanish jamiyat rivojiga ham bog‘liq bo‘ladi. Foydali qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va yer resurslari tabiatan mavjud bo‘lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi. Tabiat in’omlari o‘zlarining dastlabki ko‘rinishida tabiiy boylik bo‘lib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potensial boylik hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta’siri oqibatida real boylikka aylanadi. Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi iste’mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog‘likni saqlash, fan, madaniyat, san’at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob adabiyot va san’at asarlari alohida o‘rin tutadi. Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, jamiyat a’zolarining to‘plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportning rivojlanish darajasi o‘z ifodasini topadi. Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bo‘lib, o‘z tarkibiga jamiyatning nomoddiy tavsifdagi qimmatliklarini ham oladi.  
 
231 
 
Asosiy tayanch tushunchalar:  
Iqtisodiy rivojlanish – ko‘p o‘lchamli jarayon bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy, 
iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi. 
Iqtisodiy o‘sish – YaIM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga 
hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatining 
yaxshilanishida ifodalanadi. 
Iqtisodiy o‘sish mezoni – iqtisodiy o‘sishni nisbatan to‘liq darajada baholash 
imkonini beradigan ko‘rsatkichni xarakterlaydi. 
Iqtisodiy 
o‘sishning 
ko‘rsatkichlari 
– 
iqtisodiy 
o‘sishni 
aniqlashda 
foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko‘rsatkichlar 
tizimidan iborat. 
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy 
resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi. 
Intensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining 
ko‘payib borishi. 
Iqtisodiy o‘sish omillari – iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishda o‘z o‘rniga ega 
bo‘lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi. 
Milliy boylik – insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan 
va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda 
foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari. 
Moddiy-buyumlashgan boylik – milliy boylikning inson mehnati bilan 
yaratilgan ashyoviy – buyum ko‘rinishga ega bo‘lgan qismi. 
Tabiiy boylik – milliy boylikning tabiat in’omlaridan iborat bo‘lgan, 
foydalanishga jalb qilingan, ishlab chiqarishning shart –sharoitini va inson 
faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladigan qismi. 
Ma’naviy boylik – ashyoviy-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan nomoddiy 
qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat. 
 
231 Asosiy tayanch tushunchalar: Iqtisodiy rivojlanish – ko‘p o‘lchamli jarayon bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiy o‘sish – YaIM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi. Iqtisodiy o‘sish mezoni – iqtisodiy o‘sishni nisbatan to‘liq darajada baholash imkonini beradigan ko‘rsatkichni xarakterlaydi. Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari – iqtisodiy o‘sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko‘rsatkichlar tizimidan iborat. Ekstensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi. Intensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi. Iqtisodiy o‘sish omillari – iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi. Milliy boylik – insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari. Moddiy-buyumlashgan boylik – milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan ashyoviy – buyum ko‘rinishga ega bo‘lgan qismi. Tabiiy boylik – milliy boylikning tabiat in’omlaridan iborat bo‘lgan, foydalanishga jalb qilingan, ishlab chiqarishning shart –sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladigan qismi. Ma’naviy boylik – ashyoviy-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan nomoddiy qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat.  
 
232 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.  Iqtisodiy 
taraqqiyot, 
iqtisodiy 
rivojlanish 
va 
iqtisodiy 
o‘sish 
tushunchalarining ta’rifini bering hamda ularning umumiy tomonlari va farqlarini 
ko‘rsating. 
2.  Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari qanday aniqlanadi?  
3.  Nima uchun real hayotda sof ekstensiv yoki sof intensiv iqtisodiy o‘sish 
turlari uchramaydi? 
4. Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga, aholisining turmush darajasiga va ishlab 
chiqarishining samaradorligiga baho berishda iqtisodiy o‘sishning qanday 
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi? 
5.  Iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi taklif, taqsimlash va talab omillarini 
tushuntiring hamda ularning ahamiyatini baholang. 
6.  O‘zbekistonda nominal YaIM 2001 yil 4868,4 mlrd. so‘mni, 2002 yil 
7469,3, 2003 yil 9664,1; 2004 yil 12189,5 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Uning yillar 
bo‘yicha o‘sish sur’atlarini aniqlang. Respublika aholisi 2001 yil 25116; 2002 yil 
25428; 2003 yil 25707; 2004 yil 26007 ming kishini tashkil qilganligini hisobga 
olsak, aholi jon boshiga nominal YaIM o‘sish sur’ati qanday o‘zgargan? 
7.  Milliy boylik tushunchasining ta’rifini bering va tarkibiy tuzilishini 
ko‘rsating. 
8.  Milliy boylik tarkibida moddiy–buyumlashgan boylik qanday o‘ringa ega va u 
qanday tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi? 
9.  Nima uchun yer, suv kabi tabiiy boyliklarni qiymat o‘lchovida baholab, milliy 
boylik tarkibiga kiritish mumkin emas? 
10. Madaniy, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklarining milliy boylik 
tarkibida aks etishini qanday izohlaymiz? Ularning har biriga misollar keltiring. 
  
232 Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy o‘sish tushunchalarining ta’rifini bering hamda ularning umumiy tomonlari va farqlarini ko‘rsating. 2. Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari qanday aniqlanadi? 3. Nima uchun real hayotda sof ekstensiv yoki sof intensiv iqtisodiy o‘sish turlari uchramaydi? 4. Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga, aholisining turmush darajasiga va ishlab chiqarishining samaradorligiga baho berishda iqtisodiy o‘sishning qanday ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi? 5. Iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi taklif, taqsimlash va talab omillarini tushuntiring hamda ularning ahamiyatini baholang. 6. O‘zbekistonda nominal YaIM 2001 yil 4868,4 mlrd. so‘mni, 2002 yil 7469,3, 2003 yil 9664,1; 2004 yil 12189,5 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Uning yillar bo‘yicha o‘sish sur’atlarini aniqlang. Respublika aholisi 2001 yil 25116; 2002 yil 25428; 2003 yil 25707; 2004 yil 26007 ming kishini tashkil qilganligini hisobga olsak, aholi jon boshiga nominal YaIM o‘sish sur’ati qanday o‘zgargan? 7. Milliy boylik tushunchasining ta’rifini bering va tarkibiy tuzilishini ko‘rsating. 8. Milliy boylik tarkibida moddiy–buyumlashgan boylik qanday o‘ringa ega va u qanday tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi? 9. Nima uchun yer, suv kabi tabiiy boyliklarni qiymat o‘lchovida baholab, milliy boylik tarkibiga kiritish mumkin emas? 10. Madaniy, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklarining milliy boylik tarkibida aks etishini qanday izohlaymiz? Ularning har biriga misollar keltiring.