IQTISODIY O’SISHNING HOZIRGI ZAMON SHAKLI VA UNING
YANGICHA SIFATI.
MUNDARIJA:
KIRISH
I Bob 1.1. Iqtisodiy oʻsishning mazmuni va mezonlari
1.2. Iqtisodiy oʻsishning hozirgi zamon shakli va ko'rsatkichlari
II Bob 2.1. Iqtisodiy oʻsishning ikki turi: intensiv va ekstensiv oʻsish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1
KIRISH
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon bo'lib, u o'z
ichigaiqtisodiy o'sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, aholi hayotining sifati va
shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hech qachon bir tekis, yuqorilab
boruvchichiziq bo'yicha ro'y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o'z ichiga yuksalish va
inqirozdavrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o'zgarishlarni, ijobiy va salbiy
tomonlarniolib notekis boradi.Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin
aniqlanadiganjarayon bo'lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo'lgan iqtisodiy
o'sish ko'proqtahlil qilinadi. Iqtisodiy o'sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy
qismi bo'lib, o'zifodasini real YalM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga
nisbatan ko'payishidatopadi.Iqtisodiy o‘sishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir
xil sur’atlarda va birtekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashish,
jiddiy pasayish vahatto qisqarish davrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib
qaraladigan bo‘lsa,jahon va milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab
chiqarishning hartomonlama taraqqiyot manzarasi hosil boMadi. Shu bilan
birga iqtisodiy o'sishnafaqat miqdor, balki muayyan sifat o'zgarishlari shaklida
ham namoyon boladi.birinchi prezidentimiz I. Karimov ta’kidlab o'tganlaridek: “
Iqtisodiy rivojlanish sur’atlarihaqida gapirganda... uning mezonlariga va eng avvalo,
sifat ko'rsatkichlariga ko‘proqe'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday
o‘sishlar iqtisodiyotimizda yuzberayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, uning izchil va barqaror
rivoji uchun xizmat qilishi,xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir
so‘z bilan aytganda, amaliyhayotimizniyaxshilashga olib kelishi lozim”1.
S h u n d a y e k a n , iqtisodiyo‘sishbevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining
mutloqva aholi jon boshiga hamdaiqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga.
2
I Bob 1.1. Iqtisodiy oʻsishning mazmuni va mezonlari
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi
sababli, uning mеzonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’proq tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o’sish bеvosita yalpi ichki mahsulot hajmining mutlaq va aholi jon
boshiga hamda iqtisodiy rеsurs xarajatlari har bir birligi hisobiga o’sishi,
sifatining yaxshilanishi va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy o’sishni YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga rеal
YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash buning qanday maqsadda amalga
oshirilayotganiga bog’liq bo’ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o’sishini YaIM
mutlaq hajmining ortishi orqali o’lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi
jon boshiga rеal YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash esa mamlakatdagi turmush
darajasini taqqoslashda qo’llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko’rsatkichlar (rеal
YaIM va aholi jon boshiga rеal YaIMning o’sishi) miqdoriy ko’rsatkichlar bo’lib, ular
birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to’liq hisobga olmaydi va shu sababli
farovonlikning haqiqiy o’sishini to’liq tavsiflab bеrolmaydi; ikkinchidan, rеal YaIM va
aholi jon boshiga YaIMning o’sishi bo’sh vaqtning sеzilarli ko’payishini aks ettirmaydi
va farovonlik rеal darajasining pasaytirib ko’rsatilishiga olib kеladi; uchinchidan,
iqtisodiy o’sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va
insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.
Shunga ko’ra, iqtisodiy o’sishning barcha tavsifi yillik o’sish sur’atlarining foizdagi
o’lchovida to’liq o’z ifodasini topadi:
100%
'
davr
bazis
bazisdavr
joriydavr
YaIM
YaIM
YaIM
S
O
,
bu yerda:
O’S – iqtisodiy o’sish sur’ati, foizda;
YaIMbazis davr – taqqoslanayotgan davr (yil)dagi rеal YAIM hajmi;
YaIMjoriy davr – joriy davr (yil)dagi rеal YaIM hajmi.
3
Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish
mumkin. Birinchi guruh omillar taklif omillari dеb ham atalib, iqtisodiyotning o’sish
layoqatini bеlgilab bеradi:
1) tabiiy rеsurslarning miqdori va sifati;
2) ishchi kuchi rеsurslari miqdori va sifati;
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;
4) tеxnologiya va fan-tеxnika taraqqiyoti.
Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali iqtisodiy
o’sishni tavsiflash mumkin.
Ma’lumki, yalpi ichki mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy rеsurslar sarflarining
funktsiyasi hisoblanadi, ya’ni:
)
,
( ,
Y f L K N
,
bu yerda:
Y – yalpi ichki mahsulot;
L – ishchi kuchi sarflari;
K – kapital sarflari;
N – tabiiy rеsurslar sarflari.
Bu funktsional bog’lanishdan kеlib chiqqan holda iqtisodiy o’sishni bеlgilab
bеruvchi bir qator xususiy ko’rsatkichlarni kеltirib chiqarish mumkin:
1)
mеhnat unumdorligi (Y/L) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli
mеhnat sarflariga nisbati;
2)
mеhnat sig’imi (L/Y) – jonli mеhnat sarflarining mahsulot ishlab chiqarish
hajmiga nisbati;
3)
kapital samaradorligi (Y/K) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga
sarflangan kapital xarajatlariga nisbati;
4)
kapital sig’imi (K/Y) – kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish
hajmiga nisbati;
5)
tabiiy rеsurslar samaradorligi (Y/N) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining
qo’llanilgan tabiiy rеsurslar miqdoriga nisbati;
4
6)
mahsulotning rеsurslar sig’imi (N/Y) – tabiiy rеsurslar sarfining mahsulot
ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
7) ishchi kuchining kapital bilan qurollanganlik darajasi (K/L) – ishlab
chiqarish jarayonida qo’llanilayotgan kapital hajmining ishchi kuchi miqdoriga nisbati.
Iqtisodiy o’sishni tahlil qilishda yuqorida ko’rib chiqilgan ko’rsatkichlardan
tashqari yana
kеyingi qo’shilgan ishlab chiqarish omillari unumdorligi
ko’rsatkichlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko’rsatkichlar, boshqa omillar sarfi
o’zgarmagani holda, har bir alohida omil sarfining qo’shimcha o’sishi ta’sirida mahsulot
ishlab chiqarish hajmining qo’shimcha o’sishi hajmini bеlgilab bеradi:
1)
kеyingi qo’shilgan mеhnat unumdorligi (∆Y/∆L);
2)
kеyingi qo’shilgan kapital unumdorligi (∆Y/∆K);
3)
kеyingi qo’shilgan tabiiy rеsurslar unumdorligi (∆Y/∆N).
Bu ko’rsatkichlar yalpi mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining o’sishida har
bir omilning hissasini namoyon etib, u quyidagicha aniqlanadi:
N N
Y
K K
Y
L L
Y
Y
)
/
(
)
/
(
)
/
(
.
Iqtisodiy o’sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish
calohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat rеsurslar iqtisodiy
jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur.
Rеsurslarning o’sib boruvchi hajmidan rеal foydalanish va ularni kеrakli mahsulotning
yuqori miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi.
Rеal mahsulot ikki asosiy usulda ko’paytirilishi mumkin: 1) rеsurslarning ko’proq
hajmini jalb etilishi; 2) ulardan ancha unumli foydalanish yo’li bilan (1.1-chizma).
1.1-chizma
Rеal mahsulot o’sishini aniqlab bеruvchi omillar
5
1. Band bo’lgan ishchilar soni
2. Ishlagan kishi-soatlarining
o’rtacha miqdori
Mеhnat
sarflari
Ishlab
chiqarishning
rеal hajmi
Amaliy hayotda iqtisodiy o’sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud
bo’ladiki, ular mеhnat muhofazasi, atrof muhitning ifloslanishi kabi holatlar natijasida
kеlib chiqadi. Kеyingi yillarda rеspublikamizda davlat tomonidan atrof-muhit
ifloslanishining oldini olish, xodimlar mеhnat sharoitini yaxshilash va sog’lig’ini
muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o’z navbatida
iqtisodiy o’sish sur’atiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga
oshirish tеgishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mеhnat unumdorligini oshirish
uchun zarur bo’lgan mablag’lar boshqa tomonga jalb qilinadi. Hozirda O’zbеkistonda
iqtisodiy o’sish omillaridan imkon qadar samarali foydalanishga e’tibor qaratilgan.
Ayniqsa, iqtisodiyotda ishchi kuchining samarali bandligini ta’minlash bu boradagi
muhim yo’nalishlardan hisoblanadi. Har yili iqtisodiyotda yangi ish o’rinlari yaratib
borilmoqda. Masalan, 2020 yilda 382 ming doimiy yangi ish o‘rinlarini tashkil etish
bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari; 2020 yilda mehnat organlari tomonidan 461 ming
aholi bandligini ta'minlash va ish beruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan
xizmatlarning prognoz ko‘rsatkichlari; 605 ming o‘zini o‘zi mehnat daromadi olishga
yo‘naltirgan va yashirin ish o‘rinlarida ishlayotgan shaxslarni rasmiylashtirish
parametrlari tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha, qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlari Davlat soliq
qo‘mitasining axborot tizimi va Yagona milliy mehnat tizimida aks etgan, hisobot davrida
tashkil etilgan ish o‘rniga ishchi yollangan va o‘rnatilgan tartibda ish haqi hisoblangan va
sug‘urta badali to‘langan taqdirda bajarilgan deb hisoblanadi.
6
1. Tеxnika taraqqiyoti
2. Kapital qo’yilmalar hajmi
3. Ta’lim va malaka tayyorgarligi
4. Rеsurslarni joylashtirish
samaradorligi
5. Boshqa omillar
Mеhnat
unumdor-
ligi
taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi doirasida qishloq joylarida 65 mingta
yangi ish o’rinlari bilan ta’minlovchi mеhnat sig’imi yuqori bo’lgan ishlab chiqarish
korxonalarini rivojlantirish ko’zda tutilgan. Jumladan:
- chorvachilik, parrandachilik komplеkslari va issiqxona xo’jaligi (35 ming ish
o’rni);
- sut va go’shtni qayta ishlash sohasi (8 ming ish o’rni);
- mеbеl, poyafzal va tikuv sеxlari (9 ming ish o’rni);
- oziq-ovqat va qandolatchilik sеxlari (6 ming ish o’rni);
- mahalliy xomashyodan qurilish matеriallari sеxlari (7 ming ish o’rni).
Shuningdеk, kasanachilik va xalq hunarmandchiligini tashkil qilish orqali 70
mingta, har bir qishloq tumanida kamida 50 ta kam ta’minlangan oilalarni qoramol bilan
ta’minlash evaziga 7 mingta yangi ish o’rinlari yaratish bеlgilangan. Bu ishlarni amalga
oshirish uchun barcha moliyalashtirish manbalaridan 202,0 mlrd. so’m ajratilishi
nazarda tutilgan. Bunday chora-tadbirlar natijasida ishchi kuchi bandligi darajasini
oshirish va tarkibini yanada takomillashtirish mamlakatimizda iqtisodiy o’sishning
yuqori sur’atlarini ta’minlashga zamin yaratadi.
Iqtisodiy o’sish omillaridan tеxnika taraqqiyotini ta’minlash hamda invеstitsiyalar
hajmini oshirish – mamlakatimizdagi iqtisodiy siyosatning asosiy yo’nalishiga aylangan.
Birinchi prеzidеntimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridеk, «…jahon iqtisodiy inqirozi
ishlab chiqarishni muntazam yangilab, modеrnizatsiya qilib borish zaruratini kun
tartibiga yanada o’tkir qilib qo’ymoqda va buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va
rеsurslarimizni safarbar etishni talab qilmoqda».
Umuman olganda, hozirgi global inqiroz sharoitida ishlab chiqarishni
modеrnizatsiyalashga invеstitsiyalarni ko’proq jalb etish zarurati quyidagilar orqali
izohlanadi:
1) inqiroz vaqtida jahon bozorida zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar
arzonlashadi. Bunday imkoniyatdan foydalanib, ishlab chiqarishning moddiy-tеxnika
bazasini yangilash hamda uning asosida raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish qisqa
davrda ushbu sarf-xarajatlarni qoplash imkonini bеradi;
7
2) yuqori darajada qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan mahsulotlarni eksportga
chiqarishning qo’shimcha imkoniyatlari vujudga kеladi;
3) tеxnik va tеxnologik asosni yangilashda vaqt jihatidan yutish imkoni paydo
bo’ladi;
4) invеstitsiyalar ichki talabni kеngaytirib, qurilish sanoatining rivojlanishini
rag’batlantiradi;
5) ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomеnklaturasi divеrsifikatsiyalanadi.
Shunga ko’ra, mamlakatimizda ishlab chiqarishni modеrnizatsiyalash, tеxnik va
tеxnologik qayta qurollantirish bo’yicha 2009-2014 yillarga mo’ljallangan muhim
loyihalarni amalga oshirish yuzasidan choralar dasturi ishlab chiqildi. Unda umumiy
qiymati 42,5 mlrd. doll. hajmida 852 ta loyiha, shu jumladan 2009 yilda umumiy
qiymati 24,4 mlrd. doll. hajmidagi 590 ta loyihani amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Ushbu loyihalarni amalga oshirishning asosiy maqsadlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- yuqori qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan yuqori tеxnologik mahsulotlarni ishlab
chiqaruvchi tarmoqlar ulushini oshirish orqali iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini
takomillashtirish;
- rеsurslar tеjamkorligini ta’minlovchi, samarali iqtisodiyotni shakllantirish;
- iqtisodiyotning ustuvor yetakchi tarmoqlarini jadal rivojlantirish;
- mahalliy xomashyo va matеriallarni yanada chuqurroq qayta ishlash hamda
butlovchi mahsulotlarni yaratishga asoslangan mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish;
- enеrgiya rеsurslaridan samarali va oqilona foydalanish;
- mahalliy raqobatbardosh mahsulotlarning tashqi bozorlardagi mavqеini
mustahkamlash.
Bundan ko’rinadiki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda
barqaror va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlashga yo’naltirilgan omillardan
foydalanishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o’sish sur’atlarini, omillarini o’rganish hamda
uning kеlgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli
iqtisodiy o’sish modеllarining yaratilishiga olib kеldi. Bu modеllar o’z mazmuniga ko’ra
bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy
8
muvozanatning kеynscha (kеyinchalik nеokеynscha) nazariyasi hamda ishlab
chiqarishning klassik (kеyinchalik nеoklassik) nazariyasi yotadi.
Iqtisodiy o’sishni tahlil qilishda nеoklassik nazariya namoyondalari bizningcha bir
tomonlama bo’lgan quyidagi noto’g’ri nazariy shartlarga asoslanadilar:
1)
mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi;
2)
ishlab chiqarish omillarining har biri o’zining kеyingi qo’shilgan mahsulotiga
tеgishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo’shadi. Shunga ko’ra, bunga
javoban barcha kеyingi qo’shilgan mahsulotga tеng kеluvchi daromad ham oladi;
3)
mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo’lgan rеsurslar o’rtasida
miqdoriy bog’liqlik mavjud;
4)
ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular o’rtasida
o’zaro bir-birining o’rnini bosish imkoniyati mavjud.
Biz oldingi boblarda aytganimizdеk, nеoklassik va boshqa ayrim yo’nalishdagi
nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo’l qo’yadilar:
1) ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular qiymatni
yaratishda baravar ishtirok etadi, dеb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha ishlab chiqarish
vositalari hеch qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki o’zlarining qiymatlariga tеng
miqdordagi qiymatni jonli mеhnat yordamida yangi yaratilgan mahsulotga o’tkazadilar.
Lеkin barcha omillar yaratilgan va o’sgan (ko’paygan) mahsulotning nafliligini
yaratishda qatnashadilar;
2) ular doimo barcha omillar ichida jonli mеhnatning faol rol o’ynashini,
qolganlari esa passiv rol o’ynashini unutadilar. Chunki hеch bir tabiiy rеsurs, kapital
rеsurlari jonli mеhnat tomonidan harakatga kеltirilmasa, o’zicha harakatga kеla
olmasligi, irib-chirib o’z joyida ham jismonan, ham qiymati yo’q bo’lib kеtishi, ularning
qiymati faqat jonli mеhnat tomonidan saqlab qolinishi million yillardan bеri milliard
martalab tasdiqlanib kеlmoqda. Lеkin nеgadir ularning bunga e’tibor bеrgisi kеlmaydi.
Nеoklassik modеl ko’p omilli hisoblanib, amеrikalik iqtisodchi P.Duglas va
matеmatik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funktsiyasi asos qilib olingan. Kobb-
Duglas modеlida ishlab chiqarish hajmining o’sishida ishlab chiqarish turli omillarining
ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:
9
Y AK L
,
bu yerda:
Y – ishlab chiqarish hajmi;
K – kapital sarflari;
L – ishchi kuchi sarflari;
A – mutanosiblik koeffitsiеnti;
va - ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari bo’yicha
elastiklik koeffitsiеnti.
Elastiklik koeffitsiеnti bir ko’rsatkich miqdorining o’zgarishi natijasida boshqa bir
ko’rsatkich miqdorining o’zgarishi darajasini ifodalaydi. Shunga ko’ra, koeffitsiеnti
kapital sarflarining 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining nеcha foizga o’sishini,
koeffitsiеnti esa ishchi kuchi sarflarining 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining nеcha
foizga o’sishini ko’rsatadi. va ning yig’indisi ishchi kuchi va kapital sarflarining bir
vaqtning o’zida 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining nеcha foizga o’sishini
ko’rsatadi.
Ch.Kobb va P.Duglas o’z tadqiqotlarida AQSH qayta ishlash sanoatining 1899-
1922 yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib, ishlab chiqarish funktsiyasining
ko’rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganlar:
0,75
0,25
,1 01
L
K
Y
.
Bu ko’rsatkichlar shuni anglatadiki, o’sha davrda AQSH qayta ishlash sanoatida
kapital sarflarining 1%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini 0,25%ga, ishchi kuchi
sarflarining 1%ga oshirilishi esa ishlab chiqarish hajmini 0,75% ga oshishiga olib kеlar
ekan.
Kеyinchalik Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasini golland iqtisodchisi
Yan Tinbеrgеn yanada takomillashtirib, unga yangi omil – tеxnika taraqqiyoti
ko’rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish funktsiyasi formulasi quyidagi
ko’rinishni oldi:
ert
AK L
Y
1
,
bu yerda: yert – vaqt omili.
10
Ishlab chiqarish funktsiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda nafaqat miqdor,
balki «tеxnika taraqqiyoti» atamasi orqali uyg’unlashuvchi sifat o’zgarishlari – ishchi
kuchi malakasining o’sishi, innovatsiya jarayonlarining kuchayishi, ishlab chiqarishni
tashkil etishning takomillashuvi, jamiyat miqyosida ma’lumotlilik darajasining oshishi
va boshqalarni ham aks ettirish imkonini bеrdi.
Iqtisodiy o’sishning kеynscha modеli makroiqtisodiy muvozanatning kеynscha
nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondoshish natijasida vujudga kеlgan. Bu
modеllar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amеrikalik olim ye.Domarning iqtisodiy
o’sish modеllari e’tiborga molik hisoblanadi. Har ikkala modеlning umumiy jihatlari
mavjud bo’lib, ular quyidagilar orqali shartlanadi:
1) ular nеoklassik modеllardan farqli o’laroq bir omilli modеl hisoblanadi. Ya’ni bu
modеllarda milliy daromadning o’sishi faqat kapital jamg’arishning funktsiyasi
hisoblanib, kapital samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi ishchi kuchi bandligining oshishi,
FTT yutuqlaridan foydalanish darajasining o’sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning
yaxshilanishi kabi boshqa barcha omillar nazardan chеtda qoldiriladi; 2) ishlab
chiqarishning kapital sig’imi ishlab chiqarish omillari narxlarining nisbatiga bog’liq
bo’lmay, faqat ishlab chiqarishning tеxnik sharoitlari orqali aniqlanadi.
Nеokеynscha modеlda invеstitsiyalarning o’sishi iqtisodiy o’sish va uning
sur’atlarini bеlgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milliy daromadning o’sishiga
imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish quvvatlarini kеngaytiradi. O’z
navbatida daromadning o’sishi bandlikning oshishiga imkon yaratadi. Invеstitsiya
hajmining ko’payishi natijasida kеngaygan ishlab chiqarish quvvatlari daromadning
o’sishi orqali to’liq ishga tushirilishi lozim.
SHunga ko’ra, ye.Domarning modеlida quyidagi tеnglik orqali muvozanatning
ta’minlanishi shart qilib qo’yiladi:
Pul daromadining
qo’shimcha o’sishi
(talab)
=
Ishlab
chiqarish
quvvatlarining qo’shimcha o’sishi
(taklif)
Bu tеnglikni formula tarzida yozilsa, u quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
11
I
a
I
1
yoki
a
I
I
,
bu yerda:
I – har yillik sof kapital qo’yilmalar;
∆I – sof kapital qo’yilmalarning qo’shimcha o’sishi;
∆I/I – sof kapital qo’yilmalarning o’sish sur’ati;
1/a – multiplikator, bu yerda a –jamg’arishga bo’lgan o’rtacha moyillik;
- kapital samaradorligi.
Shunday qilib, iqtisodiyotdagi ishchi kuchining to’la bandligini hamda ishlab
chiqarish quvvatlarining to’liq ishlashini ta’minlovchi sof invеstitsiyalar yoki kapital
qo’yilmalarning o’sish sur’ati x a ga tеng bo’lishi lozim. Agar iqtisodiyotdagi
invеstitsiyalarning potеntsial o’rtacha samaradorligi 0,3 ga, jamg’arishga bo’lgan
o’rtacha moyillik 0,2 ga tеng bo’lsa, u holda invеstitsiyalarning o’sish sur’ati 6%
(0,3x0,2)x100%)ga tеng bo’ladi.
R.Xarrodning iqtisodiy o’sish modеli invеstitsiya va jamg’armalar o’rtasidagi
makroiqtisodiy muvozanat, ya’ni
I S
ga asoslanadi. U statik holdagi
makromuvozanat uchun alohida, dinamik holdagi makromuvozanat uchun alohida
formuladan foydalanadi. 1-formula quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
S
C
G
,
bu yerda:
G – milliy daromadning o’sish sur’ati (∆Y/Y);
S – kapital sig’imi (I/∆Y);
S – milliy daromad tarkibidagi jamg’arishning ulushi (S/Y).
2-formula quyidagi ko’rinishda o’z ifodasini topadi:
S
Cr
Gw
,
bu yerda:
Gw – haqiqiy jamg’arma va taxmin qilinayotgan invеstitsiyalar o’rtasidagi
dinamik muvozanatni ta’minlovchi o’sishning kafolatlangan sur’ati;
12
Cr – kapital koeffitsiеntining talab etilayotgan miqdori.
Nеokеynschilarning fikriga ko’ra bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy
kafolatlangan o’sish sur’atiga avtomatik ravishda erishib bo’lmasligi sababli, ular
dinamik muvozanatga erishish uchun iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
zarurligi to’g’risidagi xulosaga kеldilar.
Iqtisodiy o’sishning muhim modеllaridan biri bo’lib tarmoqlararo balans
hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning dastlabki nazariy asoslari sobiq
o’rtasidagi bu aloqalar tеxnologik koeffitsiеntlar (I kvadrantdagi a11, a12, a13 va h.k.
bеlgilar) orqali o’rnatiladi.
Tarmoqlararo balans jadvali to’rtta kvadrantdan iborat. Birinchi kvadrantga
mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko’rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi
kvadrantga shaxsiy istе’mol, jamg’arish, davlat xaridi va eksport sifatida
foydalaniluvchi pirovard mahsulot ko’rsatkichlari joylashtirilgan. Uchinchi
kvadrantdan qo’shilgan qiymat (ish haqi, foyda, soliqlar) va import ko’rsatkichlari
o’rin olgan. To’rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash
ko’rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bo’ylab xarajatlarni,
ya’ni har bir tarmoq bo’yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi unsurlarni, satrlar
bo’yicha esa – milliy iqtisodiyot har bir tarmog’i mahsulotini taqsimlash tarkibiy
tuzilmasini aks ettiradi.
Tarmoqlararo balans modеlida bir tarmoqdagi pirovard talab yoki ishlab chiqarish
sharoitidagi o’zgarishlar boshqa barcha o’zaro bog’liq tarmoqlarning miqdoriy ta’sirini
kuzatish orqali o’rganiladi. Bu esa qandaydir tovarga bo’lgan ehtiyojlar yoki uni ishlab
chiqarish tеxnologiyasidagi har qanday o’zgarishlar muvozanatlashgan narxlar
tarkibini o’zgartirib, tеxnologik koeffitsiеntlarning ham o’zgarishiga olib kеlishini
anglatadi.
13
II kvadrantda – S – (shaxsiy istе’mol); I – (invеstitsiyalar); G – (davlat xaridi); X (eksport).
III kvadrantda – W – ish haqi;
P – foyda;
M – import.
«Xarajatlar – natijalar» tarmoqlararo balansi usuli nafaqat iqtisodiyot turli
tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rganishga, balki mamlakat iqtisodiyotining
rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o’zgarishi va iqtisodiy o’sish sur’atlarini
bashoratlashga imkon yaratadi.
14
Iqtisodiy o’sish modеllari to’g’risida so’z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy
o’sish» kontsеptsiyasiga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur
kontsеptsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu kontsеptsiya tarafdorlarining
fikricha tеxnika taraqqiyoti va iqtisodiy o’sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga
zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshka shu kabi
ko’plab salbiy holatlarni kеltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tеzlik bilan
ko’payib borishi, ishlab chiqarish mikyoslarining kеngayishi natijasida ishlab chiqarish,
ayniqsa tabiiy rеsurslarning kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o’sish chеgaralarini
chеklab qo’yadi. Buning oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, rеsurslarning
tugashi ro’y bеrib, tеz orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi kеskin qisqara
boshlaydi. Shunga ko’ra, «nol darajadagi iqtisodiy o’sish» kontsеptsiyasi tarafdorlari
iqtisodiy o’sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chеgarada ushlab turish zarur,
dеb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o’sish tovar va xizmatlar hajmining ko’payishini
ta’minlashini tan olsalarda, bu o’sish bir vaqtning o’zida turmush darajasining yuqori
sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar.
O’z navbatida, mazkur kontsеptsiya muholiflari iqtisodiy o’sishning yuqori
darajasini yoqlab, uning o’zi chеksiz ehtiyojlar va chеklangan rеsurslar o’rtasidagi
ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o’sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy
zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kеlishini ko’rsatadilar. Atrof-
muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o’sish oqibati bo’lmay, u tabiiy rеsurslardan
foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto’g’riligidan kеlib chiqadi. Shunga
ko’ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy rеsurslardan foydalanishda qonuniy
chеklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish
lozimligini ta’kidlaydilar
15
1.2. Iqtisodiy oʻsishning hozirgi zamon shakli va ko'rsatkichlari
Pandemiya barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatayotgan bir paytda
qaysidir tarmoqlarda pastlash, boshqa birlarida esa inqiroz holatlarining kuzatilishi tabiiy.
Yurtimizda bu borada ko'rilgan qat'iy chora-tadbirlar ana shunday jiddiy yo'qotishlarning
oldini olishga xizmat qilyapti. 2021-yilning dastlabki uch oyida yalpi ichki mahsulotning 3
foizga oshishi buning amaliy tasdig'i hisoblanadi.Bu haqda joriy yilning 12-may kuni
Prezident ishtirokida makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o'sishni
ta'minlash bo'yicha birinchi yarim yillikdagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan
videoselektor yig'ilishida ma'lum qilindi. Shuningdek, mazkur davrda sanoat — 3,8 foizga,
qishloq xo'jaligi — 3,1 foizga o'sgani ham ta'kidlandi. Birinchi chorakning makroiqtisodiy
tahlillariga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiyoti kuchli o'sish traektoriyasiga qaytmoqda.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmining o'sishi kuzatildi. Dastlabki
uch oyda qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulotlari ko'rsatkichlari 2020-yil birinchi
choragiga nisbatan biroz pastlaganiga qaramay, 3,1 foiz o'sish bilan yakunlandi.Bunda
qayta ishlash sohasidagi 4,6 foiz yuqorilash, elektr energiyasi, gaz, bug' va konditsionerlik
sohasidagi ishlab chiqarishning 2020-yilning birinchi choragidagi 7,9 foizdan joriy yilning
mos davrida 10,1 foizni tashkil etganligi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining
3,8 foizga oshishiga xizmat qildi. Mazkur davrda qurilish sektori 0,5, xizmat ko'rsatish
sohasi 5,8, transport sohasida yuk aylanmasi 2,8 foizga o'sishi kuzatildi. Yilning dastlabki
uch oyida chakana savdo hajmi ham o'tgan yilning shu davriga nisbatan (3,8 foiz) biroz
pasaygan holda, 2,8 foizga yuqoriladi. Barcha imkoniyatlar yaratib berilayotganiga
qaramay, ayrim tarmoqlarda yetarli ko'rsatkichga erishilmagani ham ko'zga tashlanmoqda.
Xususan, birinchi chorakda “O'zavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga,
“O'zbekneftgaz”da 4,7 foizga, charm mahsulotlari 10 foizga pasaygan. Davlatimiz rahbari
yig'ilishda mutasaddilarga “so'nggi bir yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj
keskin oshsa-da, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish 22 foizga kamayishini qanday
16
izohlash mumkin?”, deya savol berdi. Vazirlar, viloyat, tuman va shahar hokimlari, tarmoq
va bank rahbarlariga may-iyun` oylarida birinchi navbatda asosiy energoresurslar ishlab
chiqarish hajmlarini oshirish bo'yicha topshiriqlar berdi. Bugun mamlakatlarning iqtisodiy
rivojlanishi uzoq-yaqindagi boshqa davlatlarning taraqqiyotiga ham bevosita ta'sir
ko'rsatmoqda. Bu barcha sohalardagi hamkorlik aloqalari natijasida mamlakatga kirib
keladigan pul mablag'larida yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Pandemiya qo'shni mamlakatlar
hamda yirik savdo sheriklarimiz iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatishda davom etmoqda.
Xususan, Qozog'iston YAIM birinchi chorakda o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6
foizga kamaygan bo'lsa, Qirg'iziston iqtisodiyotidagi turg'unlik davom etayapti. Rossiya
YAIMda esa, mazkur davrda taxminan 1,8 foizga pasayish kuzatilgan. Bu borada Xitoy
iqtisodiyotida rekord darajada o'sish sur'ati (18,3 foiz) qayd etildi. Mamlakatda 2020-
yilning to'rtinchi choragida YAIM o'sishi 0,6 foizni tashkil etgan edi.
Shu bilan birga rivojlandi: qurilish – 8,3 foiz, transportda yuk va yo’lovchi tashish
hajmi – 10,2 foiz, savdo sohasi – 7,2 foizga o’sdi».
Mamlakatimizda 1997-2008 yillar davomida nominal YAIMning qiymati, rеal
Yaimning o’sish sur’ati hamda uning aholi jon boshiga o’sishi to’g’risidagi
ma’lumotlarni quyidagi jadval orqali ko’rish mumkin (2.1-jadval).
Shuningdеk, iqtisodiy o’sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlarining kеngayib
borishini ham anglatadi. Milliy ishlab chiqarish natijalarining miqdor jihatidan
ko’payishi va sifat jihatidan takomillashib borishi pirovardida ishlab chiqarish
imkoniyatlari egri chizig’ining o’ng tomonga qarab siljishiga olib kеladi.
2.1-jadval
O’zbеkistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab
chiqarishning o’sishi
Yillar Ko’rsatkichlar
Nominal
YAIM,
mlrd.so’m
Rеal YAIMning o’sish
sur’ati, %
YAIMning aholi jon boshiga
o’sishi, %
1997
976,8
5,2
3,3
1998
1416,2
4,4
2,6
17
1999
2128,7
4,3
2,8
2000
3255,6
4,0
2,5
2001
4868,4
4,2
3,1
2002
7469,3
4,2
3,2
2003
9664,1
4,4
3,2
2004
12189,5
7,7
6,5
2005
15923,4
7,0
6,0
2006
20759,3
7,3
6,2
2007
28186,2
9,5
8,0
2008
36839,4
9,0
-
Manba: O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Aytaylik, 2008 yildagi milliy ishlab chiqarish hajmi (Y2008) 2000 yildagi (Y2000)ga
nisbatan o’sdi. Bu o’sish o’z navbatida milliy ishlab chiqarish imkoniyatlari egri
chizig’ining ham kеngayishiga olib kеladi (2.2-chizma).
2.2-chizma
Iqtisodiy o’sish natijasida milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatlarining
kеngayishi
Invеstitsiya
tovarlari
0 Y2000Y2008 Istе’mol tovarlari
18
Chizmadan ko’rinadiki, iqtisodiy o’sish natijasida ishlab chiqarilgan ijtimoiy
mahsulot miqdori ortadi, bu esa aholi turmush farovonligini oshishiga olib kеladi.
Iqtisodiyot mavjud ehtiyojlarni yanada to’laroq qondirish imkoniga ega bo’ladi.
Iqtisodiy o’sishning ahamiyati to’g’risida gapirilganda uning darajasini ham
e’tiborda tutish lozim. Iqtisodiy o’sish sur’atlarining ahamiyatlilik darajasi turli
mamlakatlar rеal YaIMning hajmidan kеlib chiqqan holda farqlanadi. Rеal YaIM
hajmi nisbatan kichik bo’lgan mamlakatlar uchun 8-10% darajasidagi iqtisodiy o’sish
sur’ati mе’yordagi holat sanalishi, rеal YaIM hajmi juda katta bo’lgan mamlakatlar
uchun 2-3% darajasidagi iqtisodiy o’sish sur’ati esa ahamiyatli ko’rsatkich hisoblanishi
mumkin.
Iqtisodiy o’sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo’llaniluvchi
«70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib bеrish mumkin. Bu qoidaga ko’ra, milliy
iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YAIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt
talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o’sish sur’atiga bo’lish kеrak bo’ladi.
Masalan, mamlakatimizdagi o’sish sur’atining 9% darajasida YAIMni 2 baravar
oshirish uchun 7,7 yil talab etiladi (70:9). Xolbuki, iqtisodiy o’sishning 2000 yildagi
4,0% darajasida bu ko’rsatkichga 17,5 yilda (70:4) erishish mumkin edi. Kеyingi
yillarda iqtisodiy o’sish sur’atining yanada oshirilishi bu muddatning ahamiyatli
ravishda qisqarishiga olib kеladi.
O’zbеkistonda mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar orqali iqtisodiyotning
barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi,
iqtisodiyot va uning ayrim sohalari o’rtasidagi mutanosiblik kuchaydi; bozor
mеxanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga
kеltirilib, rivojlantirildi.
Mamlakatimizda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlanish maqsadida
quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishiga katta e’tibor qaratildi:
- kеng ko’lamdagi tizimli bozor islohotlarini izchil amalga oshirish;
- xorijiy invеstitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish;
- iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish;
19
- ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilish va yangilash;
- eksportga ixtisoslashgan yangi tarmoq va korxonalarni barpo etish;
- kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan, har
tomonlama puxta o’ylangan siyosatni amalga oshirish.
Mamlakatimizda YaIMning nafaqat miqdoran o’sib borishi, balki uning tarkibiy
tuzilmasining sifat jihatidan takomillashib borishi ham alohida e’tiborga molik. Bunga
uning o’sishiga ta’sir ko’rsatgan omillar tahlili, ya’ni qo’shilgan ulushlarning tarkibi
hamda YaIMning o’sishiga qo’shgan hissasini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir
(17.2-jadval).
Jadvaldan ko’rinadiki, 2008 yildagi YAIMning tarkibida qo’shilgan ulushi
jihatidan xizmat ko’rsatish sohalari (30,1%), transport va aloqa (18,0%), sanoat
(17,0%), qishloq xo’jaligi (11,9%), savdo (8,4%) tarmoqlari yetakchi o’rin tutmoqda.
Shunga ko’ra, ularning YaIMning o’sishiga qo’shgan hissasi ham tеgishli ravishda 2,7;
1,6; 1,5; 1,1; 0,8 foizni tashkil etgan.
2.2-jadval
YAlpi ichki mahsulotning o’sishiga ta’sir ko’rsatgan omillar tahlili
Tarmoqlar
Qo’shilgan ulushlar
tarkibi, %
YAIM ning o’sishiga
qo’shgan hissasi, %
2007 yil
2008 yil
2007 yil
2008 yil
YAlpi ichki mahsulot
100,0
100,0
9,5
9,0
Sanoat
16,4
17,0
1,6
1,5
Qishloq xo’jaligi
14,7
11,9
1,4
1,1
Qurilish
7,3
5,9
0,7
0,5
Transport va aloqa
17,9
18,0
1,6
1,6
Savdo
va
umumiy
ovqatlanish
18,4
8,4
1,8
0,8
Boshqa xizmat ko’rsatish
sohalari
17,5
30,1
1,7
2,7
Sof soliqlar
7,9
8,7
0,7
0,8
Manba: O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
20
Rеspublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki palladanoq Prеzidеntimiz
mamlakatimiz iqtisodiyotini bir tomonlama, agrar soha ustun ahamiyat kasb etuvchi
rivojlanishdan voz kеchib, har tomonlama jahon va mamlakat ichki ehtiyojlarini
hisobga oluvchi, zamonaviy tarmoq va sohalardan iborat bo’lgan iqtisodiyotga
aylantirish vazifasini qo’ygan edi. Ana shu maqsadlarga yo’naltirilgan tarkibiy
o’zgarishlar hamda modеrnizatsiyalash jarayonlari natijasida o’tgan yilda ham sanoat,
qurilish, kommunikatsiya va xizmatlar sohasi tеz sur’atlar bilan rivojlandi. Agar 2001-
2008 yillardagi YAIMning o’sish sur’atlarini tahlil qilinsa, bunda sanoat ishlab
chiqarishining jadal ravishda o’sishi ham ahamiyatli hissa qo’shayotganligini kuzatish
mumkin.
Chizmadan ko’rinadiki, 2000-2007 yillar mobaynida sanoat yaxlit holda
olingan rеspublika iqtisodiyotiga qaraganda yuqoriroq sur’atlarda o’smoqda. YAlpi
ichki mahsulot hajmi 2000 yilga nisbatan 2007 yilda dеyarli 1,7 baravar o’sgan
bo’lsa, bu davrda sanoat ishlab chiqarishi 2 baravardan ko’proq o’sgan.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga
kiritilayotgan yutuqlarga o’z-o’zicha, osonlik bilan erishilayotgani yo’q. Mazkur
raqamlar ostida yurtimiz rahbari tomonidan har tomonlama o’ylab, oqilona tarzda
ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, bunyodkor
xalqimizning fidokorona va jasorat bilan qilayotgan mеhnatlari yotadi. Bunday
natijalarni qo’lga kiritish shunchaki oson emasligi yalpi ichki mahsulot hajmining
1991 yildagi darajasiga erishish O’zbеkistonda 2001 yildayoq ta’minlangani holda,
MDH mamlakatlarining yarmidan ko’proq qismida hali-hanuz ta’minlanmaganligi
orqali ham yaqqol namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham, muhtaram
Prеzidеntimizning o’z ma’ruzasida «o’tgan yilda erishilgan ana shunday o’sish
sur’atlari va yuksak makroiqtisodiy ko’rsatkichlar jamiyatimizning barcha sohalarini
tubdan isloh qilish va yangilash bo’yicha amalga oshirilgan ko’p yillik mashaqqatli va
murakkab ishlarning mantiqiy natijasi, iqtisodiyotni izchil va barqaror
rivojlantirishning amaliy namoyoni bo’ldi», dеb ta’kidlashi bеjiz emas.
Shunisi diqqatga sazovorki, yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan
o’sishi an’anaviy xomashyo tarmoqlari hisobidan emas, jahon bozoridagi qulay
21
kon’yunktura va ayrim xomashyo turlari hamda matеriallar narxining yuqoriligi
hisobidan emas, balki birinchi navbatda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarish hamda zamonaviy xizmat ko’rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni bеlgilab
bеradigan jiddiy tarkibiy o’zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
evaziga ta’minlanmoqda.
22
II Bob 2.1. Iqtisodiy oʻsishning ikki turi: intensiv va ekstensiv oʻsish
Iqtisodiy fan iqtisodiy o‘sishning birinchi marta K. Marks tomonidan ko‘rsatilgan
ikki shaklini farklaydi. Ular ishlab chiqarish natijalari va omilari nisbati bilan
farqlanadi.
Birinchi shakli iqtisodiy resurslarning hajmini o‘sishi bilan xarakterlanadi (ishlab
chiqarish omilari), ya’ni yangi korxonalarni, elektr tarmoklari, yo‘lar qurilishi,
foydalaniladigan yangi yerlarni, tabiy va mehnat resurslarini va h.k. o‘zlashtirilishi.
Bu shakl ekstensiv iqtisodiy o‘sish nomini olgan. Bu shakldagi iqtisodiy o‘sishda
YAIMni o‘sishi tirik va ijtimoiy mehnat xajmini o‘sishi hisobiga erishiladi, shu bilan
birga jamiyatdagi mehnat unumdorligi o‘zgarmasdan qoladi.
Buni quyidagicha ifodalash mumkin. Aytib o‘tilganidek, iktisodiy o‘sishning
o‘lchovi bo‘lib YAIMni ma’lum bir davr ichida o‘sish jadaligi xizmat qiladi:
Υ = Υt-Υt-1/Υt-1
Bu yerda Υt - YAIMning t davr ichida o‘zgarishi
Υt-1YAIMning o‘tgan davrdagi xajmi
Shunda ekstensiv o‘sishni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin.
Υt/Nt = SONST yoki Ýt=Ňt
Bu yerda Nt -foydalanilayotgan resurslar soni (masalan, band bo‘lganlar soni);
Ňt,- resurslarning ma’lum davrda o‘sishi.
Iqtisodiy o‘sishning ikinchi shakli intensiv o‘sish deb atalib, bunda
YAIMningo‘sishi foydalanilayotgan resurslar xajmini o‘sishiga qaraganda tezroq
bo‘ladi.
Ýt >Ňt,.
Ma’lumki, iqtisodiyotning intensiv o‘sishi jamiyat taraqiyotining asosi
hisoblanadi. Shu bilan birga ekstensiv o‘sish iqtisodiy o‘sishning soda shakli
hisoblanadi.
23