Iqtisodiy o‘sishning neoklassik modellari
Reja:
1. R.Solouning neoklassik modeli asoslari
2.Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o‘sishga ta’siri. Felpsning «oltin qoidasi».
3. Iqtisodiy o‘sishning J.Mid va A.Lyuis modellari.
Tayanch iboralar: iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy o‘sish usullari, iqtisodiy o‘sish
omillari va tiplari, E.Domar modeli, R.Xarrod modeli. R.Solou modeli, unumdorlik
nazariyasi, kapital, aholi soni, ishchi kuchi, texnologik taraqqiyot, Felpsning “oltin
qoidasi”, D.Mid va A.Lyuis modellari.
R.Solouning neoklassik modeli asoslari
Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga va iqtisodiy o‘sishga
erishishga intilishlari neoklassik yo‘nalish vakillarini iqtisodiy o‘sishning
neokeynscha modellariga muqobil bo‘lgan o‘sish modellarini yaratishga faol
kirishishga undadi.
Bu yo‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R.Solou va ingliz iqtisodchisi
J.Mid hamda boshqalar), bozor raqobati sharoitida yirik firmalarga o‘z resurslaridan
potensial o‘sishga erishish maqsadi to‘laroq foydalanish imkonini berish uchun,
iqtisodiyotga davlat aralashuvini qat’iy cheklash lozim degan fikrni olg‘a surishdi.
Ular yaratgan modellarning metodologik asoslari bo‘lib, shuningdek, mehnat,
kapital va erni ijtimoiy mahsulotni yaratishning mustaqil omillari deb qarovchi
ishlab chiqaish omillarining klassik nazariyasi xizmat qildi.
Neoklassik modellarning navbatdagi metodologik asosi bo‘lib chekli
(chegaralangan) unumdorlik nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra
ishlab chiqarish omillari egalari oladigan daromad, bu omillarning chekli
mahsulotlari (omillarning qo‘shimcha birligi hisobiga yaratilgan qo‘shimcha
mahsulot) bilan belgilanadi.
Birinchi neoklassik model R.Solou tomonidan 1956 yilda “Iqtisodiy o‘sish
nazariyasiga hissa” asarida tasvirlab berildi va so‘ngra 1957 yilda “Texnik
taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi” nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o‘sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi
taklifning tengligi hisoblanadi.
Modelda yalpi taklif Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiya bilan
ifodalangan. Bu funksiya bir tomondan ishlab chiqarish hajmi va ikiinchi tomondan
foydalanilayotgan omillar hamda ularning o‘zaro kombinatsiyalari o‘rtasidagi
funksional bog‘liqlikni aks ettiradi, ya’ni:
Y= f( L,K,N), modelda yuqori texnik rivojlanish bosqichida erning kichik
ahamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish faqat mehnat resurslari va kapitalga
bog‘liq deb olingan.
Y= f( L,K), funksiyaning kengaytirilgan ko‘rinishi quyidagicha:
Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K ,
bu erda: ΔY/ Δ L- mehnatning chekli mahsuloti (MPL);
ΔY/ ΔK- kapitalning chekli mahsuloti (MPK).
Solou modeliga ko‘ra yalpi ishlab chiqarish hajmi mehnat unumdorligini -bitta
ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmini (y=Y/L) o‘stirish
hisobiga ta’minlanishi mumkin.
Ayni paytda mehnat unumdorligi kapital bilan qurollanganlik darajasining
k= K/L) funksiyasi, ya’ni
y f (k)
bu erda:
( , )
( )
F k l
f k
Kapital (fond) bilan qurollanganlik darajasining o‘sishi esa jamg‘arish normasiga
bog‘liq.
f(k)
Y
C
MPK sf(k)
Y
I
K
1-chizma. Bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish (Y) va talab
(c+i) .
Modelda yalpi talab investitsion va iste’mol xarajatlari bilan belgilanadi deb
olinadi.
Y = C + I
Davlat xarajatlari va sof eksport ko‘rsatkichlari ham iste’mol va investitsiyalar
tarkibiga kiritib yuboriladi.
Daromad, shakllangan jamg‘arish normasiga ko‘ra, iste’mol va jamg‘arishga.
Ishlab chiqarish hajmi dinamikasi kapital (kapital bilan qurollanganlik) hajmiga
bog‘liq. Kapital hajmi esa uning chiqib ketishi va investitsiyalar ta’sirida o‘zgaradi.
Investitsiyalar kapital zahirasini orttiradi, chiqib ketish (amortizatsiya) esa uni
kamaytiradi. Investitsiyalar fond bilan qurollanganlik va jamg‘arish normasiga
bog‘liq.. Bu iqtisodiyotda talab va taklif tengligi shartidan kelibchiqadi: I= sf(k).
Jamg‘arish normasi (s) k ning har qanday miqdorida mahsulotning investitsiya va
iste’molga bo‘linishini belgilaydi:
Y = f(k), I= sf(k), S=(1-s)f(k
Investitsiyalar va chiqib ketishning kapital zahirasi dinamikasiga ta’sirini Δk=I-d,
yoki investitsiyalar va jamg‘armalar tengligidan foydalanib Δk=s·f(k)-dk
ko‘rinishida yozish mumkin. Kapital zahirasi (k) investitsiyalar hajmi kapitalning
chiqib ketishi hajmiga teng bo‘lguniga qadar, ya’ni s·f(k)=dk shart bajarilguniga
qadar oshib boraveradi. SHundan so‘ng bitta ish bilan band xodimga to‘g‘ri
keladigan kapital zahirasi (fond bilan qurollanganlik) o‘zgarmaydi (Δk=0).
Investitsiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng bo‘lgan sharoitdagi
kapital zahirasi darajasi fond bilan qurollanganlikning muvozanatli (barqaror)
darajasi deyiladi va k* deb belgilanadi. k* ga erishilganda iqtisodiyot uzoq muddatli
muvozanat holatida bo‘ladi.
Muvozanat barqaror bo‘lishiga sabab k ning dastlabkit miqdori qandayligidan
qat’iy nazar iqtisodiyot muvozanat holatiga, ya’ni k* ga intiladi. Agar k ning
boshlang‘ich miqdori k* dan kam bo‘lsa, yalpi investitsiyalar (sf(k)) chiqib ketish
miqdori ( dk) dan ko‘p bo‘ladi va kapital zahirasi sof investitsiyalar miqdoriga
ko‘payib boradi. Aksincha k2 > k bo‘lsa, investitsiyalar amortizatsiyadan kamligini
anglatadi.
Bu holda kapital zahirasi muvozanatli darajaga qadar kamayib boradi (13.2-
chizma).
I,dk
dk
sf(k)
k1 k* k2 k
2-chizma. Investitsiyalar va kapitalning chiqib ketishining iqtisodiy
muvozanatga tasiri
Jamg‘arish normasi fond bilan qurollanganlikning barqarorr darajasiga ta’sir
ko‘rsatadi. Jamg‘arish normasining s1 holatdan s2 holatga siljishi investitsiyalar egri
chizig‘ini yuqoriga s1f(k) holatdan s2f(k) holatga qadar siljishini keltirib chiqaradi
(13.3-chizma).
I.dk
dk
s2f (k)
I’1
s1f (k)
dk1.I1
k*1 k*2 k
3-chizma. Jamg‘arish normasiningning iqtisodiy muvozanatga ta’siri.
Solou modeli jamg‘arish normasi kapital bilan qurollanganlikning barqaror
darajasiga erishishning o‘ta muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.
Jamg‘arish normasining o‘sishi investitsiyalar hajmining oshishini keltirib
chiqaradi. Bu esa asosiy kapital miqdorining ortishiga, o‘z navbatida kapital bilan
qurollanganlik darajasining (k) ko‘tarilishiorqali, pirovard natijaga, ya’ni esa ishlab
chiqarish hajmining (Y) ko‘payishiga olib keladi.
SHunday qilib, jamg‘arish normasining oshishi barqaror muvozanat sharoitida
yuqoriroq ishlab chiqarish va kapital zahirasi darajasiga erishish imkonini beradi.
Ammo jamg‘arish normasining ortishi qisqa muddatdli davrda, iqtisodiyot yangi
barqaror muvozanat nuqtasiga etgunga qadar , iqtisodiy o‘sishni jadallashishiga olib
keladi.
Jamg‘arish jarayoni ham, jamg‘arish normasining oshishi ham barqaror
muvozanat holatida aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmining uzluksiz o‘sishi
mexanizmini tushuntirish uchun etarli emas. Ular muvozanatning bir holatidan
ikkinchi holatiga o‘tilishini ko‘rsatadi xolos.
Aholi doimiy (n) sur’at bilan o‘sadi deb tasavvur qilamiz. Ishchilar sonining
ko‘payishi boshqa teng sharoitlarda mehnatning kapital bilan qurollanishi
darajasining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Natijada, bir ishchiga to‘g‘ri
keladigan kapital zahirasi o‘zgarishini ko‘rsatuvchi tenglama quyidagi ko‘rinishga
ega bo‘ladi:
Δk=I-dk-nk yoki Δk=I-(d+n)k
Mehnatning kapital bilan qurolanganligi pasayishi tufayli uni oldingi darajada
saqlab turish uchun investitsiyalarning kapital chiqib ketishini qoplaydigan hajmi
zarur. Kapital jamg‘arish normasi yuqori bo‘lmasa kapitalning chiqib ketishi, aholi
sonining o‘sishi tufayli kapital bilan qurollanganlik darajasi o‘zgarmasdan qolishi
yoki pasayib ketishi mumkin.
i,
(d+n)k
d+n)k
sf·(k1)
k1 k* k2 k
4.-chizma. Aholi soni o‘sishining iqtisodiy muvozanatga ta’siri.
Aholi o‘sishining hisobga olgan holda R.Solou modelini grafik jihatdan ifodalash
uchun mehnatning kapital bilan qurollanganligi barqaror darajasini (k*) deb
belgilaymiz. Aniqlaganimizdek, agar bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapital (k=const)
bo‘lsa iqtisodiyot muvozanat holatida bo‘ladi. Agar k1<k* bo‘lsa, unda amaldagi
investitsiyalar ularning kritik kattaligidan yuqori va (k1) k* ga qadar o‘sadi. Agar
k2>k*, unda investitsiyalar ularning kritik darajasidan past va (k2) k* ga qadar
pasayadi.
Model iqtisodiyot barqaror holatda bo‘lishi uchun investitsiyalar sf(k) kapital
chiqib ketishi va aholining o‘sishi (d+n)k oqibatlarini qoplashi kerakligini
ko‘rsatadi. U holda kapital bilan qurollanganlik (k) va mehnat unumdorligi (y)
o‘zgarmas qoladi. Lekin aholi o‘sishida kapitalning doimiyligi rapital ham aholiga
mos sur’atda o‘sishi kerakligini anglatadi: ya’ni:
ΔY/Y=ΔL/L=ΔΚ/K=n
Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: aholining o‘sishi – iqtisoiyotning
barqarorlik holati sharoiidagi uzluksiz iqtisodiy o‘sishning sabablaridan biri.
Biroq agar aholining o‘sishi investitsiyaning oshishi bilan birga bormasa, unda
bu bir ishchiga tug‘ri keladigan kapital zahirasining kamayishiga olib
keladi.Aholining n dan n1 ga o‘sishi (d+n)k chizig‘ini yuqoriga (d+n1)k holatiga
siljitadi. Bu esa kapital bilan qurollanganlikni k* dan k1* gacha qisqartiradi.
SHunday qilib, R.Solou modeli aholi o‘sishining yuqori sur’atlarga ega bo‘lgan
davlatlarda kapital bilan qurollanganlik past – demakki, daromadlar ham past
bo‘lishini tushuntirib beradi.
R.Soluning fikriga ko‘ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mehnat va
milliy daromad darajasi bir xil, aholi soni o‘sishiga teng sur’atda o‘sib boradi. Aholi
sonining tez o‘sishi iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari jadallashishiga ta’sir etadi,
ammo barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish
kamayadi. O‘z navbatida, jamg‘arish normasining oshirilishi aholi jon boshiga
to‘g‘ri keladigan daromad miqdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik
koeffitsentini ko‘tarilishiga olib keladi, lekin barqaror holatdagi o‘sish sur’atiga
ta’sir ko‘rsatmaydi. SHu sababli barqaror holatdagi iqtisodiy o‘sishning yagona
sharti texnik taraqqiyotning o‘sish sur’ati hisoblanadi.
Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o‘sishga ta’siri. Felpsning «oltin qoidasi»
Neoklassik nazariyada texnik (texnologik) taraqqiyot deganda ishlab
chiqarishning mashinalashtirilishi emas, balki, ishlab chiqarishdagi sifat
o‘zgarishlari (ishchilarning ma’lumot darajalari va malakalarining o‘sishi, ishlab
chiqarishni tashkil qilishning yaxshilanishi, ishlab chiqarish ko‘lamining
kengayishi) tushuniladi.
Modelga texnik taraqqiyotning kiritilishi ishlab chiqarish funksiyasini
o‘zgartirib, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Y=f (K,L×E)
Bu erda: (E) - mehnat birligi samaradorligi (ishchi kuchining salomatligi,
ma’lumoti va malakasiga bog‘liq):
(L×E) - doimiy samaradorlik E ga ega shartli mehnat birliklari soni.
E qanchalik katta bo‘ls, mavjud ishchilar soni bilan shuncha ko‘p mahsulot ishlab
chiqarilishi mumkin.
Texnik taraqqiyot mehnat samaradorligi (E) ning doimiy surat (g)bilan o‘sishga
olib keladi. SHuning uchun g =2% bo‘lganda, mehnatning har bir birligidan qaytim
yiliga 2% ga oshadi, bu esa ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi yiliga 2%
o‘sgandagi kabi o‘sishiga olib keladi. Texnik taraqqyotning bunday shakli mehnatni
tejaydi deyiladi, (g) – esa mehnatning tejaydigan texnik taraqqiyotning surati.
Endi texnik taraqqiyot holatidagi kapital bilan qurollanganlikning barqaror
darajasini aniqlash mumkin. Agar bandlarning soni (L) (n) sur’at bilan oshayotgan
bo‘lsa, samaradorlik (E) esa (g)sur’at bilan o‘sayotgan bo‘lsa, unda (LE) (n+g) sur’at
bilan oshib boradi.
i,
(d+n+g)k'