IQTISODIY QONUNLAR VA ULARNING AMAL QILISH MEXANIZMI
Mundarija
Kirish
I bob .Iqtisodiyot nazariyasi fanining kelib chiqishi va vazifalari.
1.1.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi
II bob. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar tog’risida umumiy
ma’lumotlar
2.1.Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.Ularning turlari va ehtiyoj qonuni
2.2.
Iqtisodiy qonunlar va kategoryalari bilishning mexanizmi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1
Kirish
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning
chuqurlashuvi jarayoni soliq siyosatini ham muntazam takomillashtirib borishni
taqozo qiladi. Soliq siyosati moliya tizimi islohotlarining muhim yo’nalishi sifatida
iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barqarorligini ta’minlash jarayonida har
qachongidan ham muhimroq bo’lib bormoqda. Shu sababli, mamlakatimiz
rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida soliq siyosatini
erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas. Bu borada davlatimizning birinchi
rahbari I.Karimovning quyidagi fikrlari e’tiborga loyiqdir: “Izchillik bilan amalga
oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona
soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarga, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga
xizmat qilmoqda. Xususan, 2011 yilda soliq yuki, 1991 yil bilan solishtirganda,
yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 foizdan 22 foizga
tushganini qayd etish zarur. 2011 yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun
yagona soliq to’lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga kamaytirilishi xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar investitsiya faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Buning
natijasida bo’shab qolgan qariyb 80 milliard 300 million so’m mablag’ni birinchi
navbatda ishlab chiqarishni texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy
etishga yo’naltirish imkoni paydo bo’ldi”.
Kurs ishining maqsad va vazifalari.Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning eng
jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Iqtisodiy qonun aloqalar ko’p asrlik
tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo ko’rinishida bo’lib u
axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan yoki umuman ishlab
chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini
hal qilgan. Iqtisodiy qonunlar unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha
mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha mamlakatlar birinchi
navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy qonunni boshqarishi zarur.
Kurs ishining obyekti: Bugungi kundagi O’zbekistonning iqtisodiy qonun va
kategoriyalarini va uni o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish iborat.
2
Kurs ishining predmeti: O’zbekistonning iqtisodiy qonun va
kategoriyalarini kelajakdagi istiqbollarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2ta bob xulosa hamda foydalanilgan
adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
3
I bob .Iqtisodiyot nazariyasi fanining kelib chiqishi va vazifalari
1.1.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.
Iqtisodiyot nazariyasini o’rganish, iqtisodiy jarayonlarning tub mohiyatini to’g’ri
tushunish ko’’ jihatdan uni o’rganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy bilim bilan
qurollanishiga bog’liq. Shuning uchun ham mazkur bob insoniyat jamiyati
taraqqiyotining asosi bo’lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan
vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot
nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. Iqtisodiyot
nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning umumiy bayoni qisqacha
beriladi. Bu erda iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining
‘redmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar ichida tutgan o’rnini ko’rsatib berish
bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ularning amal qilish
mexanizmini yoritib berishga alohida o’rin beriladi.
Bu bobda iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullarining mazmunini ochib berishga
alohida e’tibor qaratiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanini, uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo,
iqtisodiyotning o’zi nima, uning vazifasi nimalardan iborat, degan savolga javob
berish lozimdir. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’’ qirrali va
g’oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar
ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq,
davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining
borgan sari ko’’ayib, rivojlanib hamda ularning o’zgarib borishi natijasida vujudga
keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar
bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab
ko’rinadi.
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot,
fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug’ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni
iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak,
uy-joy va turli xizmatlardan iborat hayotiy vositalar zarur. Har bir kishi, o’zining
kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari – kiyim-
4
kechak, oziq-ovqat, uy-ro’zg’or buyumlariga ega bo’lish, bilim olish kabi ehtiyojlar
uchun zarur bo’lgan ‘ul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga to’ish kerak degan
muammolarga duch keladi.
Shu muammolarni echish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli
yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari
ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol to’ishini ta’minlaydigani
moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat
bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir.
Iste’mol tovarlari va xizmat ko’rsatish sohalari turli tuman bo’lganligi uchun
iqtisodiy faoliyat ham turlichadir, ularning turi va soni juda ko’’dir.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol
to’ishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga
etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman
faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan.
Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, ‘laton, Aristotel) asarlarida
iqtisodiyot - uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab
leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid
adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Masalan, Quroni Karimda
shunday oyat bor: «Englar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar».1
Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual
xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot - yirik
xususiy xo’jalik, jamoa xo’jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo’jaliklaridan,
moliya va bank tizimlaridan, xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, kor’orastiyalar,
konsternlar, qo’shma korxonalar, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy
munosabatlaridan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz - ‘ul mablag’lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi
kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan
miqdordadir. Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib,
aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish,
5
resurslar va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini to’ish iqtisodiyotning asosiy
mazmunini tashkil etadi.
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, jahon
iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti,
funkstional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila
iqtisodiyoti.
Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi.
Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar ularning
hammasi bir maqsadga bo’ysungan: u ham bo’lsa insoniyatning yashashi, ko’’ayishi va
kamol to’ishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib,
ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson
hayotining asosini, uning ‘oydevorini tashkil etib, uning o’zi ham insonsiz, uning
faoliyatisiz mavjud bo’lmaydi va mazmunga ham ega emas. Insonning iqtisodiyotdagi
juda katta va keng rolini qisqacha qilib quyidagicha ko’rsatish mumkin:
Inson tabiatning bir bo’lagi, uning ajralmas qismi sifatida harakat qiladi, tabiat
ashyolarining shaklini o’zgartirib, iste’molga yaroqli holga keltiradi, boshqacha qilib
aytganda, inson iqtisodiyotning harakatga keltiruvchi kuchi, hamma tovar va
xizmatlarining iste’molchisi, ularning ishlab chiqaruvchisi va yaratuvchisidir.
Inson hamma tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchilarga etkazib
beruvchi, bozor iqtisodiyoti sharoitida esa sotuvchisi rolini bajaradi. Bunda u ishlab
chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi aloqaning bajaruvchisi sifatida namoyon bo’ladi.
Inson tovar va xizmatlarning sotib oluvchisi va binobarin, ularning iste’molchisi
hamdir.
Inson iqtisodiyotning hamma darajalarida uning tashkilotchisi, boshqaruvchisi bo’lib,
uning turli omillari, bo’laklari, sohalari o’rtasidagi uyg’unlikni, aloqalarning bir-
biriga mosligini ta’minlovchi sifatida harakat qiladi. Insonning iqtisodiyotdagi roli
uning hayotning turli davrlarida va bosqichlarida turlicha namoyon bo’ladi. U
yoshligida va qariganida ko’’roq iste’molchi bo’lib, ya’ni boshqalar yaratgan tovarlar
va xizmatlardan foydalanuvchi sifatida ko’zga tashlansa, ishlab turgan davrida ishlab
chiqaruvchi, tashkilotchi, boshqaruvchi sifatida ish ko’radi, o’zi uchun, bolalarga va
6
qariyalarga hayotiy ne’matlarni yaratadi va etkazib beradi. Sodda qilib aytganda,
inson mehnat qobiliyatiga ega bo’lib, ishlab turgan vaqtida yoshlikda olgan qarzini
uzadi, o’zini-o’zi ta’minlaydi, qarigan chog’i uchun zamin tayyorlaydi va yosh
avlodga qarz beradi. Insoniyatning iqtisodiyotdagi roli uning tabiatdagi eng oliy tirik
mavjudot ekanligi bilan, ya’ni, ongli ravishda ma’lum maqsadga qarata ijodiy mehnat
qila olish qobiliyati bilan belgilanadi. Insonning boshqa tirik mavjudodlardan farqi
ham uning ongli va ijodiy mehnat qila olishida, o’z faoliyati uchun zaruriy mehnat
qurollarini yaratish qobiliyatiga egaligidadir.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati bo’yicha
takror ishlab chiqarish turli fazalardan - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va
iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida eng asosiysi va
boshlang’ichi ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi
shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan,
ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo’lmaydi (ishlab
chiqarish nima va qanday sodir bo’lishi haqida keyingi mavzuda so’z boradi).
Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab
chiqarish vositalari, ka’ital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlarning alohida turlari,
ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o’rtasida
taqsimlanadi. Undan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo’lgan tovar va xizmatlar,
ularning ‘ul holidagi ko’rinishi bo’lgan daromadlar ham taqsimlanadi. Bunda ishlab
chiqarish qanchalik rivojlangan bo’lsa taqsimlanadigan tovar va xizmatlar hajmi,
binobarin daromadlar hajmi ham shuncha katta bo’ladi hamda daromadlar
kishilarning qilgan mehnatining miqdori va sifatiga yoki qo’shgan ka’italining (‘ul,
ishlab chiqarish vositalarining) miqdoriga qarab ular o’rtasida taqsimlanadi.
Taqsimot qancha adolatli va to’g’ri bo’lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga shuncha
ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uni rag’batlantiradi.
Ayirboshlash jarayoni - takror ishlab chiqarishning muhim fazasidir. Mehnat
taqsimoti oqibatida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini
ishlab chiqarishga, etkazib berishga, ayrim guruhlari esa boshqa turdagi tovarlarni
ishlab chiqarish, etkazib berish bo’yicha ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab
7
chiqaruvchi o’z tovarini sotib, o’ziga kerakli bo’lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni
sotib oladi. Natijada turli xil yo’nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat
ko’rsatuvchilar o’rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, ‘ul orqali oldi-sotdi jarayoni
sodir bo’ladi.
Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi iste’mol jarayonidir. Bu
jarayonda tovarlar va xizmatlar turli kishilar, guruhlar tomonidan iste’mol qilinib,
ularning ehtiyojlarini qondiradilar. Iste’mol ikki turda bo’ladi: ishlab chiqarish
iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish iste’molida ishlab chiqarish vositalari
(ka’ital) va ishchi kuchidan foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Shaxsiy iste’mol
jarayonida esa iste’mol buyumlari ‘irovard foydalanilib, ular yo’qotiladi va o’rniga
yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati ‘aydo bo’ladi.
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to’xtovsiz takrorlanib
turadigan jarayondir. Bu jarayonni ushbu chizmada tushunish osonroq bo’ladi.
1-chizma. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish jarayonlaridagi
harakati.
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy
resurslarning cheklanganligidir.
8
Тақсимот жараёни
Ишлаб чиқариш жараёни
Истеъмол
Айирбошлаш жараёни
Bu masalani to’g’ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini, uning turlarini
bilish zarurdir.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, inson yashamog’i uchun, eng avvalo, oziq- ovqat,
kiyim-kechak, uy-joy, uy-ro’zg’or buyumlari, trans’ort hamda isitish va yoritish
vositalari zarurdir. Bundan tashqari, inson kamol to’mog’i uchun o’qib, bilim olishi,
kasb o’rganishi, malaka egallashi va davolanishi, dam olishi, turli xizmatlardan
foydalanishi va boshqa juda ko’’ hayotiy narsalarga ehtiyoj sezadi. Insonning
yashashi va kamol to’ishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan
hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb
ataladi.
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar)
ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o’rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning
yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlardan
hamda xizmatlardan iborat bo’ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy- iqtisodiy ehtiyojlar
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo,
kishilarning o’zlariga foydali bo’lgan moddiy ne’matlarni xarid qilish va
foydalanishga bo’lgan xohishlaridir. Bular iste’mol uchun zarur bo’lgan ko’’lab
hayotiy ‘redmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini
(taqinchoq, atir-u’a, engil avtomobil va h.k.) o’z ichiga oladi. Shu o’rinda ta’kidlash
lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat buyumi, dabdaba bo’lib hisoblangan narsa endi
eng oddiy hayotiy zarur ‘redmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy
ne’matlar kabi ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy avtomashinani remont
qildirish, soch oldirish, huquqshunos maslahatidan foydalanish kabi xizmatlar moddiy
tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ehtiyojlarini qondiradi.
Jamiyatning moddiy ehtiyojlari korxonalar va davlat muassasalari ehtiyojlarini ham
o’z ichiga oladi. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni
tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak.
Davlat, jamoa va xususiy korxonalar, mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks
ettirib, avtomobil va temir yo’llari, maktablar, kasalxonalar qurilishiga xizmat qiladi.
Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan kishilarning bilim va dam
9
olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, har xil
xizmatlardan bahramand bo’lish kabi ko’’lab ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Ehtiyojlar
yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni
qondiruvchi obe’ktlar xususiyatiga bog’liq. Shunday buyum va xizmat turlari borki,
ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish binolari,
kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo’lish, s’ort o’yinlari va
ko’ngilochar tomoshalarni birgalikda ko’rish kabilar shular jumlasidandir.
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bular quyidagilar:
a)
jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada
qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo’lsa, aksincha, iqtisodiyoti yuqori
darajada rivojlangan mamlakatlarda uning doirasi keng va xilma-xil bo’ladi;
b)
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. Agar jamiyatdagi tuzum bozor
iqtisodiyoti yoki ka’italistik tartiblar asosida qurilgan bo’lsa, undagi ijtimoiy guruhlar
boylar va kambag’allar, mulkdor va mulksizlarga bo’linib, ularga mansub kishilar
ehtiyojlari o’rtasida katta farq mavjud bo’ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli,
noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag’allarning ehtiyojlari o’z
hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi;
v) tabiiy—geografik sharoitlar. Ular ham ehtiyojlarning miqdori va turiga ta’sir
qiluvchi omillardir. Nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda
hayot kechirish uchun oqsil va yog’ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim—kechak, uy va
trans’ort vositalariga ko’’roq ehtiyoj bo’ladi;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar ham ehtiyojlarga ta’sir ko’rsatadi. Masalan,
tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro’z bayrami, ro’za
va hayitlar o’ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi.
d)
aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar ham ehtiyojlarga ta’sir
etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi.
e)
xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular
o’rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlash yangi ehtiyojlarning keng tarqalishiga olib
keladi.
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi,
10
mehnatning tabiati kabi omillarga bog’liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq
qilib, engil hazm bo’ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash
muhitiga ko’’roq ehtiyoj sezadilar. Ko’’ bolali oilalarda bolalar kiyimi,
o’yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo’lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar
bo’lmaydi. Alohida kishilar ehtiyojlariga kuchli ta’sir qiluvchi omillar shundan
iboratki, murakkab, og’ir va engil mehnat turlari bilan shug’ullanuvchi kishilar
ehtiyojlari bir-biridan tubdan farq qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin emas.
Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko’’lab qondirilmagan ehtiyojlar bo’ladi. Vaqt
o’tishi bilan yangi buyumlarning ‘aydo bo’lishi, keng reklamaning ta’siri va
savdoning rag’batlantirishi natijasida ehtiyojlar o’zgaradi va ko’’ayib boradi.
Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va
korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to’xtovsiz yangilanib va o’sib borishi
tabiiydir. Bu ehtiyojlarning to’xtovsiz o’sib borishi iqtisodiy qonunda o’z ifodasini
to’adi. Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishini, balki ularning
tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o’rniga yangilarining kelishini bildiradi.
Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy,
to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga
qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish
baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o’rtasidagi bog’liqlik xalqaro
miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda ‘aydo bo’lgan ehtiyoj boshqalariga
tarqalib, xalqaro xususiyatga ega bo’ladi. Masalan, kom’yuter bir mamlakatda ‘aydo
bo’lib, tez orada unga ehtiyoj dunyo miqyosida tarqaldi. Xalqaro aloqalar rivojlanib
borgani sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo,
baynalminal belgilari rivoj to’ib boradi.
Ehtiyojlarning o’zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o’z orqasidan boshqa bir
ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kom’yuter texnikasiga ehtiyojning ‘aydo
bo’lishi, o’z navbatida uni ishlatishni o’rganish, unga xizmat ko’rsatish, dastur tuzish
kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o’sib borishi bir tekis, uzluksiz bo’lmaydi. Uning o’sishiga qarshi ta’sir
11
qiluvchi omillar ham mavjud bo’ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron
munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi)
va zilzila, suv toshqini, yong’in kabi tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o’sib borishiga qarshi
ta’sir ko’rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni mavjud
ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning ‘aydo bo’lishida,
muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o’zgarishida va bir ehtiyojning
boshqasi bilan almashinishida namoyon bo’ladi. Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni
qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o’zgargani
holda uni ta’minlash uchun kerak bo’ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo’ladi.
Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida
to’’lanib, ayni vaqtda mavjud bo’lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni
iste’molchiga etkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan
imkoniyatlar, qo’r-qutlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv, o’rmon, er
osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar,
asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo’r-qutlari,
‘ul mablag’lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab
chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi
kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy
resurslar, tovar va ‘ul resurslari ham kiradi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli
hamma odamlar xohlagan iste’mol buyumlarini, trans’ort vositalarini va boshqa
narsalarni darhol xarid qila olmaydi va xohlagancha iste’mol qila olmaydi. Har bir kishi,
hatto eng ko’zga ko’ringan davlat arbobi, sahna yoki s’ort yulduzi ham bu muammoga
duch keladi. Resurslar cheklanganligi faqatgina iste’molni emas, shu bilan birga ishlab
chiqarish va xizmat ko’rsatishni ham cheklab qo’yadi. Buning natijasida har bir
korxona, mamlakat o’z imkoniyatlarini hisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatishning hamma turini birdaniga emas, uning shu davr uchun eng kerakli bo’lgan
sohalarini tanlab kengaytirish va rivojlantirishga e’tibor beradi, resurslarni birinchi
navbatda ularga jalb qiladi. Masalan, O’zbekiston endi mustaqillikka erishgan dastlabki
‘aytda res’ublikamizning energiya mustaqilligini ta’minlash uchun neft qazib olish va
gaz kondensati ishlab chiqarishga nisbatan ko’’roq mablag’ ajratishga majbur bo’ldi.
12
Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud ‘ul va valyuta zahiralarini
chetdan iste’mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab,investistiya
tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga qaratadi. Bunda
ayrim sohalarga e’tibor va mablag’ sarflash kuchaytirilgan sharoitda boshqa sohalarga
ajratiladigan mablag’larni ob’ektiv ravishda nisbatan kamaytirishga to’g’ri keladi.
Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo’li
bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar
darajasi doimo bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning
yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini
kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan,
mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg’i, mehnat va
boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material,
xom ashyo, energiya va boshqa resurslar manbalarini to’ib, hayotga jalb etish
imkonini beradi: jumladan, erning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni to’ish va ishga
tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish,
quyosh energiyasidan foydalanish va h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va
ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni
quyidagicha ifodalash mumkin:
Иқтисодий
ресурслар,
имкониятлар
Ишлаб чиқариш ёки
хизмат кўрсатиш
даражаси
Эҳтиёжларнинг
қондирилиш
даражаси
2-
chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi
o’rtasidagi bog’liqlik.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish
imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi
iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi.
1.
Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning o’timal variantlarini (eng zarur va
tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko’’roq ishlab chiqarishga jalb qilish.
13
2.
Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish.
3.
Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi
energiya, material, xom-ashyo turlari, ularning manbalarini to’ib, foydalanishga jalb
qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish.
1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy yo’nalishlarini
aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish iqtisodiy
faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo’lgan tomonga yo’naltirishga ijobiy
ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan.
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko’zga ko’ringan olimlari Ksenofont,
‘laton, Aristotel asarlarida, shunigdek qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy
Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi.
Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga etib kelgan Qur’oni Karimni,
hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu
Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek asarlarini o’qir
ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari etarli emasligi, ijodiy
mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo’lamiz.
Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abduraxmon Abu Zayd (1332- 1406)ning
iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. Uning 1370 yilda
14
yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo’lib
tovarning ikki xil xususiyatini – iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va
murakkab mehnatni, zaruriy va qo’shimcha mehnat hamda zaruriy va qo’shimcha
mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlarni ayirboshlash jarayonida,
ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni
tovarda gavdalangan mehnatning va uning nafliligini hisobga olinishi ham
ta’kidlangan.2
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g’oyalari 1482 yilda yozilgan
«Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U
kishi mahsulotni uch qismga bo’lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi
qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy
manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda
mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor
beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan to’ish, to’’lash va foydalanish
zarurligini ta’kidlaydi.
Shunisi muhimki, ular hech bir inson o’zi uchun zarur bo’lgan iste’mol buyumlarning
barchasini o’zi yarata olmasligini, shuning uchun bir-biri bilan iqtisodiy aloqada,
munosabatda bo’lishlari ob’ektiv zaruriyat ekanligini ham qayd qilganlar. Bundan
tashqari, ularning asarlarida doimo xo’jaliklarning barcha turlarida (uy, shahar,
davlat) daromad bilan xarajat muvozanatiga katta e’tibor berish lozimligi, ulning
mazmuni va uning kelib chiqish sabablari yoritilgan.
Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan O’rta Osiyoning ko’’gina
olimlari iqtisodiyotni izchil o’rganish asosida uning ko’’gina qonun- qoidalarini,
tushunchalarini yoritib bergan bo’lsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida
shakllanmagan edi.
Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko’’gina mamlakatlarda milliy bozor
shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda “siyosiy iqtisod” nomi
bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod grekcha so’zdan olingan bo’lib “‘olitiko” - ijtimoiy, “oykos” - uy, uy
xo’jaligi, “nomos” - qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo’jalik qonunlari
15
ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan franstuz iqtisodchisi Antuan
Monkreten birinchi marta 1615 yilda “Siyosiy iqtisod traktati” nomli kichik ilmiy
asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida
asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng
ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi
qonunlar to’g’risidagi fandir, deb yozgan edilar.
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy oqimlar,
maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va
qanday qilib ko’’ayadi, degan savollarga javob to’ishga urinishgan. Bunday iqtisodiy
oqimlardan dastlabkisi merkantilizm deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning,
jamiyatning boyligi ‘uldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda -
muomala jarayonida ‘aydo bo’ladi, ko’’ayadi, savdoda band bo’lgan mehnat unumli
mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik
ayirboshlash, ya’ni savdo jarayonida hech qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning
ko’’aymasligi ma’lum bo’lib qoldi. Faqat ayriboshlashning ekvalentlik tartibi, ya’ni
teng mehnatga teng boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga
qayta taqsimlanadi, natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bo’lib boradi.
Merkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy
siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat deb ta’kidladilar. Ularning
fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga
faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab chiqarish va savdoni o’z ‘anohiga olishi zarur deb
hisoblaydi.
Keyingi oqim fiziokratlar deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o’laroq, boylik
qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’’ayadi, degan g’oyani olg’a surdilar. Ularning
vakili bo’lgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va unda
fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab
berdi. Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta’limotini ilgari surdi. Uning
fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv jarayonida teng miqdorli
qiymatlarning almashuvi ro’y beradi, tovarlarning qiymati bozorga kirmasdan oldin
mavjud bo’ladi. F.Kenening ta’limotida sof mahsulot nazariyasi markaziy o’rin
16
egallaydi. Uning fikricha, yal’i ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish harajatlari
o’rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. Uning ta’limotida sof mahsulot bilan
qo’shimcha qiymatni chalkashtirish, ya’ni ikkalasini aynan bir narsa deb tushunadi.
U qo’shimcha qiymat dehqonlarning qo’shimcha mehnati samarasi sifatida yuzaga
keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo’shimcha qiymatni tabiatning sof hadyasi
deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi deb tushuntiradi.4 Bu erda u o’zi
bilmagan holda qiymat bilan naflilik(iste’mol qiymat)ning farqiga bora olmaganligini
ifoda etadi. F.Kene ta’limotini A.Tyurgo, Dyu’on de Nemur va boshqalar davom
ettirdi. Fiziokratlarning ta’limoti bo’yicha qishloq xo’jaligida band bo’lgan mehnat
birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz
mehnat deb hisoblangan.
Keyinchalik iqtisodiyot fanining klassik maktabi namoyondalari bo’lmish A.Smit,
U.’etti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq
xo’jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, trans’ort, qurilish va boshqa
xizmat ko’rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma boylikning
onasi er, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni aytish kerakki,
A.Smitning “ko’rinmas qo’l” ‘rinsti’i hozirgi kunda juda ko’’ tilga olinmoqda. U
o’zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot” (1776) degan
kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag’bat shaxsiy manfaatdir deb ko’rsatadi.
Inson o’z shaxsiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni foyda olishga intilib mehnat
taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi, boshqalarga etkazib
beradi, o’z ka’italini ko’’aytiradi va shu intilishda o’zi bilmagan holda jamiyat
taraqqiyotiga hissa qo’shadi deb tushuntiradi. U ka’ital, mehnat, tovar, ishchi kuchi
va boshqa resurslarning erkin harakatini ta’minlash ‘rinsti’ini ilgari suradi. Ushbu
maktabning «klassik» deb nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari sabab bo’ldi.
Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o’rganishga ilmiy yondashuv
beradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvafaqqiyatli qo’lladilar. Aynan ana
shu usullar yordamida ular merkantilistlarning boylikning manbasi savdo degan
g’oyasini asossiz ekanligini isbotlashdi.
Ikkinchidan, iqtisodiyot to’g’risidagi barcha yig’ilgan bilimlarni klassik maktab
17
namoyondalari ma’lum bir ilmiy tizimga keltirdilar. Bu narsaga ular birinchi
bo’lib iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol
o’rtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bo’ldi.
Uchinchidan, ingliz klassiklari xo’jalik hodisalarining ko’zga ko’ringan tomonlarini
tadqiq qilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular ushbu hodisalarning mohiyatini, ular
o’rtasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqladilar, shuningdek
ka’italistik iqtisodiyot qonunlarini ochdilar.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham muhim hissasi
bordir. U ka’italistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti
yo’lida sostial mexanizmni takomillashtirishga qaratilagn fan bo’lmog’i lozim deb
ko’rsatadi. Ka’italizmning iqtisodiy tuzumini tanqid qilish bilan bir qatorda undan
ko’ra ‘rogressiv bo’lgan jamiyat qurish g’oyasi Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouen
kabi sostial uto’istlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid
qilib, uni tugatish tarafdori edilar.
Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy yo’nalish o’zlarining nazariyasida
jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy- iqtisodiy
formastiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga kelish, rivojlanish
va boshqasi bilan almashish sabablari to’g’risidagi ta’limotni hamda qo’shimcha
qiymat nazariyasini yaratdilar.
XIX asrning oxirgi choragidan iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi
«ekonomiks» vujudga kela boshladi. Avvvalo, aytib o’tish kerak, mazkur yo’nalish
klassik ilmiy yo’nalishning asosiy belgilariga ega edi. Birinchidan, ushbu yo’nalish
tadqiqotchilari iqtisodiyotni tadqiq etishda bilish usullarining keng doirasiga
tayanishadi. Ular birinchi bo’lib xo’jalik jarayonlarining miqdoran o’zaro
bog’liqliklarini aniqlashda matematik usullardan, iqtisodiy ‘sixologiya usullaridan
foydalanishdi. Ikkinchidan «ekonomiks» vakillari iqtisodiyot nazariyasining ‘redmeti
sifatida insonlar o’rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni qarashdi (klassiklarda
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar). Ne’matlar doiraviy aylanishida asosiy va
belgilovchi bo’lib bozorga oid ayirboshlash bitimlari tan olindi.
Iqtisodiyot nazariyasi ‘redmetining yangicha talqini xo’jalik yuritishning bozor tizimi
18
to’g’risidagi marjinalizm deb atalgan butun bir ta’limotga olib keldi. U inglizcha
so’zdan olingan bo’lib, oxirgi, qo’shilgan degan ma’noni beradi. Uning asoschilari
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer,
Bem-Baverk va boshqalar) bo’lib, ular tomonidan qo’shilgan tovar nafliligining,
qo’shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining ‘asayib borish qonuni degan
nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo’lgan talab
va uning narxi o’rtasidagi bog’liqlik va o’zaro ta’sirini tahlil qilishda keng
qo’llanildi.
Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi neoklassik, ya’ni yangi klassik deb nom
oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall bo’lib, u iqtisodiy
jarayonning funkstional bog’lanishi va funkstional nisbatlarini ishlab chiqishga
harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan
iborat deb qaradi. Bu nazariy yo’nalishning namoyondalaridan biri Shveystariya
iqtisodchisi Leon Valras bo’lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat
modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shum’eter 1912 yilda yozgan
“Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi” deb atalgan kitobida iqtisodiy tizimlar
o’zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini
ko’rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch
tadbirkorlik degan xulosaga keladi.
1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o’zining “Bandlik, foiz va ‘ulning
umumiy nazariyasi” degan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: milliy daromad,
ka’ital xarajatlar, iste’mol va jamg’arishning o’zaro bog’liqligini tahlil qilib,
investistiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil to’ishi iqtisodiy
taraqqiyotning muhim omili deb ko’rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni keynschilik
maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo’lga qo’yildi. U davlatning
iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini isbotladi. Keyns taklif etgan
konste’stiyaning mohiyati quyidagilardan iborat.
Birinchidan, ushbu konste’stiyani samarali talab nazariyasi deb atashadi. Keynsning
g’oyasi shundan iboratki, yal’i talabni rag’batlantirish va faollashtirish orqali ishlab
19
chiqarishni hamda tovar va xizmatlarni kengaytirishga ta’sir qilish edi.
Ikkinchidan, ushbu konste’stiya investistiyalarga hal qiluvchi ahamiyat beruvchi
nazariyadir. Investistiyalardan keladigan daromad oshgan sari investistiya hajmi ham
oshib boradi, demak, ishlab chiqarishning o’sish sur’ati ham yuqori bo’lib boradi.
Uchinchidan, bu nazariya davlatga foiz stavkasini boshqarish orqali investistiyalarga
ta’sir o’tkazishi yoki ijtimoiy ishlarga va boshqa sohalarga davlat investistiyalarini
yo’naltirishga imkoniyat beradi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo’nalishlaridan biri monetarizm
deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo
ishsizlik bo’lgan bo’lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi ishlab
chiqarish hajmining ‘asayib borish sharoitida inflyastiyaning vujudga kelishidir.
Ushbu holat stagflyastiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining asoschisi Milton
Fridmen bo’lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo’shgan hissasi ‘ul nazariyasini yangi
mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar ishlab chiqarish jarayoniga ‘ulning qayta
ta’sir etish mexanizmini, ‘ul dastaklari va monetar siyosatning iqtisodiyotni
rivojlanishiga ta’sirini chuqur tadqiq etishdi. Monetarizm ‘ul-kredit dastaklari
yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o’ziga xos yondoshuvni vujudga keltirgan
nazariyadir.
Hozirgi ‘aytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator yo’nalishdagi
iqtisodiy nazariyalar yig’indisi “Ekonomiks” nomli kitobda mujassamlashgan bo’lib,
bu AQSh, Angliya, va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida o’tiladi. Rus tiliga
tarjima qilinib, bizga ma’lum bo’lgan ‘.Samuelson, R.Makkonnell va L.Bryularning
kitoblari uning namunalaridir.
Hozirgi ‘aytda bu yo’nalishdagi fan mamlakatimiz va boshqa qator MD² davlatlarida
“Iqtisodiyot nazariyasi” deb atala boshladi.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fan sifatida shakllanguncha bosib o’tgan yo’l va unda
vujudga kelgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, ko’’incha bir-biriga zid va qarama-
qarshidir. Shu bilan birga aytishimiz kerakki, hech qaysi iqtisodiy maktabning
nazariyalari mutloq va doimiy haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi. Har bir maktab
ma’lum darajada muammolarga bir tomonlama yondoshganligini yoki bo’lmasa ba’zi
20
bir nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka yo’l qo’yganligi bilan ajrab
turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy guruh manfaatlari nuqtai
nazaridan va o’sha davr real holatidan kelib chiqqanlar. Shunday bo’lsada, ular bir-
birini to’ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini
ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi. Demak, jamiyat alohida bir nazariya asiri
bo’lib qolmasligi kerak, uning rivojlanishi umummilliy manfaatlar bilan
yo’naltirilishi zarur. Avvvalo, aytib o’tish kerak, mazkur yo’nalish klassik ilmiy
yo’nalishning asosiy belgilariga ega edi. Birinchidan, ushbu yo’nalish tadqiqotchilari
iqtisodiyotni tadqiq etishda bilish usullarining keng doirasiga tayanishadi. Ular
birinchi bo’lib xo’jalik jarayonlarining miqdoran o’zaro bog’liqliklarini aniqlashda
matematik usullardan, iqtisodiy ‘sixologiya usullaridan foydalanishdi. Ikkinchidan
«ekonomiks» vakillari iqtisodiyot nazariyasining ‘redmeti sifatida insonlar
o’rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni qarashdi (klassiklarda ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar). Ne’matlar doiraviy aylanishida asosiy va belgilovchi bo’lib
bozorga oid ayirboshlash bitimlari tan olindi.
21
II. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar tog’risida umumiy ma’lumotlar
2.1Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.Ularning turlari va ehtiyojlar qonuni
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy
qonunlarni ham o‘rganadi.
Boshqacha qilib aytganda bu fanining asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni
bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizimini ochib berish hisoblanadi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar
o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning
ichki o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar obyektiv amal qilayotgan
iqtisodiy voqealikning umumlashgan nazariy ifodasi bo‘lib, u obyektv reallikni ilmiy
bilish natijasidir, ya’ni uning inson ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar obyektv
xarakterga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham
topishi kishilarning ongiga, ularning hoxish irodasiga bog‘liq emas. Ma’lum tarixiy
davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy
tizimning xarakteri va shartsharoitiga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga
keladi va amal qila boshlaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy
22
faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, balki aynan
ularning faoliyati, hatti - harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular
orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarning mazmunini
bilib, ularning, talablarini hisobga olib, o‘zlarining amaliy faoliyatlarida
foydalanishlari lozim bo‘ladi. Bu iqtisodiy qonunlar talablariga zid har qanday qaror
va hatti-harakatlar kishilarning xohish irodasidan qat’iy nazar muqarrar ravishda
xo‘jalik faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi.
Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat
qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo‘lib, tarixiydir
va o‘zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib kishilik
jamiyati mavjud bo‘lganda paydo bo‘ladi va amal qiladi.
Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi guruhlarga
ajratiladi:
Umumiqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal
qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni, takror
ishlab chiqarish qonuni, unumdorlikning o‘sib borishi qonuni va boshqalar;
Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif qonuni, tovar-pul
munosabatlari mavjud bo‘lgan davrlarda mavjud bo‘ladi.
Maxsus o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida
amal qiladi. Masalan, sof kapitalizm sharoitidagi qo‘shimcha qiymat qonuni.
Iqtisodiy kategoriyalar. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy qonunlar bilan bir
qatorda iqtisodiy jarayonlarning alohida tomonlarini tavsiflaydigan kategoriyalarning
mazmunini ham ochib beradi.
Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real
hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy- nazariy tushunchadir.
Iqtisodiy kategoriyalar real iqtisodiy hodisalarning mohiyatini
ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy tafakkur mahsulidir. Ular nihoyatda ko‘p
va xilma-xildir. Bozor, pul, tovar, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya,
kredit, bank va boshqa shu kabi tushunchalar iqtisodiy kategoriyalarga misol bo‘la
23
oladi. Iqtisodiy qonunlardan farq qilib, ilmiy kategoriyalar, iqtisodiy hodisalarning
mazmunini ifoda etadi. Iqtisodiy printsiplar va modellar omillardan faqatgina Pepsi
ichimligin narxigina iqtisodiy baholashni tahlil qilishda va iqtisodiyotni qanday
ishlashini tushunishda juda qo’l keladi. Bu tushunchalar iqtisodiy tizim ichida sodir
bo’ladigan sabab va oqibatni anglash vositalaridir. Yaxshi nazariyalar o’z navbatida
kengroq tushunishga va to’g’ri baholashga yordam beradi. Ular haridor va ishlab
chiqaruvchi orasidagi munosabatlarga bog’liq faktlarga tayanadi.
Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni
Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste’mol ya’ni ehtiyojni qondirish hisoblanadi.
Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan
hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi.
Jamiyat ehtiyojlari kishilar ya’ni jamiyat a’zolari, korxonalar va davlat
ehtiyojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy
bo‘lgan xususiyat - ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida kishilarning
ehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Kishilarning barcha hayotiy ehtiyojlari
(iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) orasida ijtimoiy- iqtisodiy
ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi
va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlardan
iborat bo‘ladi. SHu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma’naviy
va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning
o‘zlariga foydali bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishga bo‘lgan xohishlaridir. Bular
iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-
kechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, engil avtomobil va
h. k.) o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-
ziynat dabdaba hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur
predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne’matlar kabi ma’lum
ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy avtomashinani remont qildirish, soch
oldirish, huquqshunos maslahatidan foydalanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan
bir qatorda kishilarning ularga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Ma’naviy ehtiyojlar
moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy
24
saviyasini oshirish, malaka- mahoratga ega bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand
bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va
birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi
ob’ektlar xususiyatiga bog‘liq. Ijtimoiy extiyojlar umumlashgan faoliyatning turli
shakllarida qatnashish orqali qondiriladi hamda uni kishilarning birgalikda,
hamkorlikda mavjud bo‘lishi zarurligi taqoza qiladi. SHunday buyum va xizmat
turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish,
sog‘liqni saqlash, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngil
ochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir.
Jamiyat ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o‘z o‘rniga ega.
Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab
chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Davlat,
butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir
yo‘llar, maktablar, kasalxonalar qurilishiga ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlashga
xizmat qiladi.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham zaruriy ne’matlar va iqtisodiy
resurslar kerak bo‘ladi.
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar:
jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada qolgan
mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa, aksincha, iqtisodiyoti gurkirab
rivojlangan mamlakatlarda keng va xilma-xil bo‘ladi;
jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim. Agar jamiyatdagi tizim bozor
iqtisodiyoti tartiblari asosida qurilgan bo‘lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar va
kambag‘allar, mulkdor va mulksizlarga bo‘linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari
o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob
mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarning
ehtiyojlari o‘z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina
cheklanadi;
tabiiy-geografik sharoitlar. Bu omil ham ehtiyojlarning miqdori va tarkibiga ta’sir
qiladi. Masalan, nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda
25
hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak, uy va
transport vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi;
tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar, tarixan shakllangan milliy va diniy
marosimlar, urf-odatlar. Jumladan, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga xos
ehtiyojlarni yuzaga keltiradi;
aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;
xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular
o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlashning rivojlanishi.
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi,
mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq
qilib, engil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash
muhitiga ko‘proq ehtiyoj sezadi. Ko‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi, o‘yinchoqlarga
ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar bo‘lmaydi. Murakkab,
og‘ir va engil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar ehtiyojlari ham bir-biridan
tubdan farq qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin emas.
Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. Vaqt
o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, reklamaning ta’siri va bozorlarning
rivojlanishi natijasida ehtiyojlar tarkiban o‘zgaradi va miqdoran o‘sib boradi.
Ehtiyojlar turlari. Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo‘lib, ularni turkum- lashga
turli jihatdan yondashish mumkin. Ko‘pgina iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga
ko‘ra ehtiyojlarni turli guruhlarga ajratib tushuntirishga harakat qilishgan. Ular,
ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi qondirilishi zarur va
qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan joriy va
kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga ajratadi. Ayrim adabiyotlarda birlamchi – eng
zarur ehtiyojlar, ikkilamchi – qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan ikkinchi darajadagi
ehtiyojlar mavjudligi qayd qilinadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur
bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa kabilarga bo‘lgan ehtiyojlarini,
ikkilamchi ehtiyojlarga ular ma’naviy, intellektual faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan
bilim olish, san’at, turli ko‘ngil ochar tadbirlarga qatnashishga bo‘lgan ehtiyojlarini
26
kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli. Ular har-bir inson uchun individual
bo‘lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy birlamchi bo‘lsa, boshqasi uchun
hayotiy yashash vositalari ahamiyatli. Birov uchun kiyim-kechakdan ko‘ra bilim
olish zarurroq, boshqasi uchun aksincha, yoki bir kishi uchun ma’naviy ehtiyojga
xoxish bo‘lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj birlamchi bo‘lish, yoki ma’lum vaqt
o‘tgach ular oddiy ehtiyojlarga aylanishi ham mumkin.
Inson ehtiyojlariga turli jihatdan yondoshib, uni har xil guruhlarga ajratish mumkin:
1. Ehtiyojlar sub’ektlariga ko‘ra: individual, jamoa va umumjamiyat ehtiyojlariga
bo‘linadi.
Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar,
o‘zining har tomonlama kamol topishiga bo‘lgan ehtiyojlar va boshqa shu kabilarni
o‘z ichiga oladi.
Guruhiy ehtiyoj – bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari
(mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo‘lib, birgalikda yashash, faoliyat
yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.
v) Umumjamiyat ehtiyoji – bu mamlakat miqyosida, insonlarning bir butun bo‘lib
tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o‘z ichiga birinchidan, barcha turdagi individual va
guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab
turishi uchun zaruriy ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, mudofaa, jamiyatni
boshqarish kabilarni kiritish mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va
guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo‘ladi.
Tabaqalanish darajasiga qarab ehtiyojlar ham farqlanadi. 2. Ehtiyojlar obyektga ko‘ra
moddiy, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarga bo‘linadi. Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular
inson paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar
eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joylarga bo‘lgan
ehtiyojlarning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir. Moddiy ehtiyojlar albatta
moddiy ko‘rinishga ega, masalan oziqovqat mahsulotlariga ehtiyoj aniq un, guruch,
yog‘, go‘sht, shakar va boshqalar aynan shunday ko‘rinishga ega. Ijtimoiy-ma’naviy
azaliy bo‘lmay jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida, sivilizatsion rivojlanish
natijasida yuzaga keladi. Jamiyat rivojlanishi bilan ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar
27
tabiiy zaruratga aylanib boradi. Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar asosan turli
xizmatlardan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. Kishilar
ijtimoiy-manaviy xizmatlardan foydalanib, axloqiy, ma’naviy, estetik, jismoniy
jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi.
Ehtiyojlar tizimida mehnat qilish, dam olish, ish qobiliyatini tiklashga bo‘lgan
ehtiyojlar ajratiladi.
Mehnat ehtiyoji insoning o‘zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson yashay olmaydi,
chunki mehnatsiz nozu-ne’matlarni yaratib bo‘lmaydi va inson shaxsi kamol topa
olmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda jismoniy mehnat qilish va aqliy qobiliyati
borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o‘z o‘rnini topib va qobilyatini ishga solib,
obro‘-e’tibor qozonishga harakat qiladi. Inson mehnat qilar ekan, albatta ish
qobilyatini tiklash uchun dam olishi va turli ko‘ngil ochar tadbirlarda qatnashishi
zarur.
Ehtiyojlar qondirilishi jihatidan yakka tartibda va birgalikda qondiriladigan
ehtiyojlarga bo‘linadi. Har bir inson o‘zining ehtiyojlarining bir qismini yakka
tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. YAkka tartibda
qondiriladigan ehtiyojga yagona o‘lchov bilan yondoshib bo‘lmaydi. Moddiy
ehtiyojlarning ko‘pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlarni tashkil
etsa, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar ko‘proq birgalikda qondiriladigan ehtiyojlardan
iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo‘lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo‘lgan
ehtiyoj birgalikda qondiriladi.
Ko‘zlangan maqsadiga qarab ehtiyojlarni shaxsiy iste’mol va ishlab chiqarish
ehtiyojlari farqlanadi. Iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj
shular jumlasidandir. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo‘lib, uning hayot
kechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratiladi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa
kishilar uchun bilvosita ehtiyojlar hisoblanib, uning yordamida inson yashashi, kamol
topishi uchun zarur bo‘lgan turli ne’matlar ishlab chiqarish uchun zarur ishlab
chiqarish vositalari unumli iste’mol qilinadi.
Qayd qilingan ehtiyojlarning barchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisini
taqozo qiladi hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida shakllanadi.
28