IQTISODIY RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLARDA VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TA’LIM TIZIMI (Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya, maktab va maorif taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari)
Yuklangan vaqt
2024-05-02
Yuklab olishlar soni
8
Sahifalar soni
35
Faytl hajmi
249,0 KB
Ilmiybaza.uz
IQTISODIY RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLARDA VA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TA’LIM TIZIMI
Reja:
1. Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya, maktab va maorif
taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari.
2. AQShda ta’lim tizimini tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Yaponiyada ta’lim-tarbiya va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
4. Fransiyada ta’lim tizimi.
5. Germaniyada ta’lim tizimini rivojlanishi.
6. Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ta’lim
tizimidagi o‘zaro hamkorlik masalalari.
7. O‘zR “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni mohiyati.
8. O‘zRning Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati.
Tayanch iboralar!
Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya, maktab, maorif, AQSh da
ta’lim, Yaponiyada ta’lim, Germaniyada ta’lim, Fransiyada ta’lim, “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonun, KTMD, ta’lim tizimidagi islohatlar.
Ilmiybaza.uz
1. Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya, maktab va maorif
taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari.
Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarda ta’lim-tarbiya
ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o‘rganish orqali biz
mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangidan tashkil qilishda, ta’lim-
tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o‘z dolzarbligini yo‘qotib
borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo‘lish, uni munosib
tarzda yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo‘lamiz. Zotan, hozirgi
zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.
Ilmiy-texnika
taraqqiyoti,
yangi
texnologik
revolyusiya
sharoitida
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh
avlodni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda o‘rta ta’limning ko‘p variantli uchinchi
bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg‘or pedagogik vositalarni
qo‘llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo‘l ochish, uning eng
maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish maqsadga
muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko‘lamdagi islohotlarni o‘z boshidan
kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda chet el ta’limi bo‘yicha ko‘pgina maqolalar, broshyuralar,
qo‘llanmalar chop etildi, unga bag‘ishlab seminarlar, anjumanlar, uchrashuvlar
o‘tkazildi.
Bu bizning ta’lim tizimlarimizda, chet ellarda o‘quv tarbiya ishlarining
qo‘yilishiga e’tibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o‘sib borayotganligidan
dalolatdir. Xalq ta’limi tizimlarida chet el ta’limini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi
muassasalar ham tashkil topmoqda. Xalq ta’limi vazirligidan tashqari bu masala
bilan Respublika o‘quv-metodika markazida, pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot
instituti tarkibida maxsus bo‘limlar faoliyat ko‘rsatmoqda, malaka oshirish
markaziy institutida bir qator kafedralar ish bilan shug‘ullanmoqdalar.
Ilmiybaza.uz
Chet el ta’limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMT ning
O‘zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQSh ning Tinchlik Korpusi
mutaxassislari, Germaniya xalqaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer
jamg‘armasi, Fransiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti,
“Silm A.Sh.” firmasi, YuNESKO va YuNISEF ning vakolatxonalari va boshqa
ko‘plab tashkilotlar yaqindan yordam bermokdalar.
“Rivojlangan davlatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham shakllanib
kelayotgan o‘rta sinf bo‘lmish mulkdorlar sinfining muhim tarkibiy qismi,
mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining tayanchi va suyanchi hisoblanadi”-
degan edi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Barkamol avlod yili” davlat
dasturida.
Darhaqiqat rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki
siyosatiga faol tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan haqiqatdir.
Shu tufayli ham chet mamlakatlarida maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga
ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Yaponlarda, masalan, “maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli” gina
bo‘lib qolmay, “u insonlarni yaxshilaydi”, degan fikr ishonch va e’tiqodga
aylangan.
Ta’lim to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat
e’tiborida bo‘lgan. Shuning uchun xam AQShning sobiq Prezidenti R.Reyganni,
Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F.Mitteranlarni
maktab islohotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni
“Jamiyatni xarakatlantiruvchi kuch” deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqikotlarni amalga oshiradigan ko‘p
sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq.
Fransiya, AQSh, Yaponiya ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab
davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari
shug‘ullanmokdalar. Ular faoliyatini esa xalqaro ta’lim markazlari, masalan, AQSh
da xalqaro ta’lim instituti muvofiqlashtirilib bormoqda. Ko‘pchiligining faoliyati
o‘quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.80-yillardan boshlab
Ilmiybaza.uz
Buyuk Britaniyada ham AQSh dagi singari o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar
doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o‘quv
setkasining yadrosini tashkil etadigan bo‘ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish
o‘quvchilar va ota-onalar ixtiyoridadir.
“Yangi dunyo” ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta’limiga
ham sezilarli ta’sir etmoqda.
Germaniya to‘liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda
tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga
oshirilmoqda. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasidan chiqib,
o‘rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va adabiyoti
hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar,
mehnat ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinoq Amerika ta’limi
yo‘lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida bir qator
farqlar
ko‘zga
tashlanadi.
Yaponiyada
o‘quv
dasturlari
jiddiy
murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va
fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta’lim maktablarining yangi musika
ta’limi o‘quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o‘rganish ham
kiritilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 60-80-yillarda
tabiiy-ilmiy ta’lim dasturi tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, bazi xollarda
astranomiya, geologiya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u
AQSh va Fransiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o‘qitiladi.
O‘quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo‘la
boshladi. Fransiyada 70-80-yillarda to‘liqsiz o‘rta maktablar o‘quv dasturidagi
tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iqtisodiy gumanitar kurslar
kiritiladi.
Hozirgi
paytlarda
rivojlangan
mamlakatlar
o‘quv
dasturiga
integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to‘la amalga oshirildi. Fransiya
Ilmiybaza.uz
maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 15 foiz o‘quv soatlari
ajratildi.
Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish
muammolarini keltirib chikardi.
Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabaqalashtirish eng
dolzarb masalaga aylangan. O‘quvchilarni tabaqalashtirib o‘qitish xorijiy
mamlakatlarda asosan boshlang‘ich ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi.
Masalan, Fransuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o‘quvchilarini uch tabaqaga
ajratib o‘qitishni afzal ko‘radilar. Bular quyidagilar :
1. Gomogenlar - matematika va gumanitar yo‘nalishda ish olib borsa
bo‘ladigan o‘quvchilar.
2. Yarim gomogen - tabiiy turkumdagi fanlarni o‘zlashtira olishga moyil
o‘quvchilar.
3. Gegeron - barcha predmetlarni har xil saviyada o‘zlashtiradigan o‘quvchilar
va hokazo.
Tabaqalashtirish jarayoninig yangi muhim yo‘nalishi to‘ldiruvchi ta’limni
rivojlantirish bo‘lib qolmokda.
To‘ldiruvchi maktablar paydo bo‘lishining sababi, AQSh va G‘arbiy
Yevropada o‘zlashtira olmaydigan hamda ulgurmaydigan o‘quvchilarning
ko‘payib borayotganligi, funksional savodsizlik avj olayotganligidir.
80 - yillarda AQSh o‘quvchilarinig 50 - yillarga nisbatan reyting ko‘rsatkichi
973 dan 893 ga tushdi. Fransiyada har uch litseychidan biri bu salbiy holatni
bartaraf etish to‘ldiruvchi ta’lim zimmasiga tushadi.
To‘ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va
litseylarda amalga oshirilmoqda. AQSh da bu xizmatga ommaviy axborot
vositalarinig imkoniyatlari xam safarbar etilgan, Milliy telekompaniya maxsus
o‘quv kanali orqali 130 soatlik o‘quv ko‘rsatuvlari tashkil etildi.
O‘quv
jarayonlarini
tabaqalashtirib
olib
borish
bo‘yicha
chet
mamlakatlarining ko‘pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda.
Ilmiybaza.uz
Keyingi davrlarda o‘z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobor
ilgarilab ketgan bolalar ko‘plab topilmoqda. Ular o‘quvni juda erta boshlab ta’lim
kurslarini o‘zlashtirishda katta shov - shuvlarga sabab bo‘ladigan darajada
muvaffaqiyatlarga erishadilar.
Shunday iqtidorlar maktabi G‘arbda 60 - yillardayoq paydo bo‘lgan edi.
Bunday maktablarning o‘quv dasturlari bolalar qobiliyati va imkoniyatini to‘la
ro‘yobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan.
Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturlari AQSh da keng quloch yoygan.
Ayrim shaharlarda oliy toifali bolalar bog‘chalari ochilgan bo‘lib, ularda 4-5 yoshli
o‘quvchilar maktab dasturida o‘qitiladilar. AQSh da “Merit” dasturi asosida har
yili yuqori sinflar va kollejlardan eng qobiliyatli bolalardan 600 mingtasi tanlab
olinadi. Ular o‘rtasida test sinovlari o‘tkazilib eng qobiliyatli 35 ming o‘quvchi
tanlab olinadi va o‘qitiladi. Ularga turli imtiyozlar, stipendiyalar, yaxshi shart -
sharoitga ega bo‘lgan turarjoy, eng oliy darajadagi universitetlarga qabul va
boshqalar amalga oshiriladi.
Lekin iqtidorli bolalarga qarama - qarshi qutbda turgan aqli zaif
o‘quvchilarning taqdiri ham chet ellik hamkasblarni tobora tashvishlantirmoqda,
bunday xolni kelib chiqish sabablarini o‘rganish, oldini olish bo‘yicha ko‘pgina
profilaktik ishlar olib borilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda.
Lekin statistik ma’lumotlar bunday bolalar soni tobora oshib borayotganligini
ko‘rsatib kelmoqda.
70 - yillarda AQSh da kelajak maktabi umummilliy loyihasini amalga
oshirishga kirishildi. Bu eksperiment mazmuni o‘qituvchi buyrug‘i bilan ish tutish,
ko‘proq o‘quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim
tarkibi sinfda ishlash, mustaqil mashg‘ulot, o‘qituvchi konsultatsiyasini o‘z ichiga
oladi.
Germaniya maktablarida sinfda o‘quvchilar sonini qisqartirish sari yo‘l
tutilgan. Bunday o‘quvchilarning har biriga individual paketlar (topshiriqlar)
tarqatiladi. Toshiriqlarni o‘quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo‘lganda u
o‘qituvchidan konsultatsiya oladi.
Ilmiybaza.uz
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘zda tutilgan maqsadlari :
- maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo‘nalishlarini kuchaytirish.
- o‘quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo‘llarini qidirib topish.
-
tarbiyaning
yangi
formalarida
-
o‘quvchilar
kengashi,
maktab
kengashlaridan, tarbiyaviy o‘yinlardan foydalanish.
- Maktab o‘quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o‘zaro aloqasini
mustahkamlash, takomillashtirish.
- Maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yakinlashtirish, kasbga yo‘naltirish
ishlarini qayta tashkil etish.
- Tabaqalashtirib o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, maxsus o‘quv muassasalarini (ham
talantlar, ham aqliy, jismoniy zaif o‘quvchilar uchun) rivojlantirish.
- Yangi, ya’ni o‘quv texnik vositalarini ta’limdagi salmog‘ini oshirish,
o‘qituvchilar korpusida kompyuter ta’limini yo‘lga qo‘yish.
- Pedagogik g‘oyalarni amalga oshirishda keng qamrovli eksperiment -
tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Chet el ta’limidagi bunday ibratli jihatlarni Vatanimiz ta’lim tizimlarida
qo‘llash yosh, mustaqil Resublikamizda o‘quv - tarbiya ishlarini isloh qilish
jarayonini tezlashtiradi.
2. AQSh da ta’lim tizimini tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
- bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya
muassasalari;
- 1-8- sinflargacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday maktablarda 6
yoshdan 13 yoshgacha o‘qiydilar);
- 9-12-sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha
bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo‘lib, u
2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlar va boshqa oliy o‘quv
Ilmiybaza.uz
yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.
AQSh da majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o‘quv
yurtlari davlat, jamoa, xususiylar tasarrufida va diniy muassasalar ixtiyorida
bo‘lishi mumkin.
Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, lekin
ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan 5 yoshgacha xususiy yoki
davlat bog‘chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar bog‘chalari kichik va bu
tizim kam rivojlangan. Enaga yollash bir haftada 200 dollarga tushadi.
Bog‘chalarda yagona bir dastur mavjud emas. Kerak bo‘luvchi hamma jihozlar va
kuchli ovqatni ota-onalarning o‘zi olib keladi. 5 yoshdan esa “Kinder garde” deb
ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlang‘ich maktab 6
yoshdan to 13-15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang‘ich
maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo‘naltirish vazifalari hal etiladi.
Sinfdan-sinfga ko‘chish
o‘quvchining
o‘zlashtirganlik
darajasiga bog‘liq.
Boshlang‘ich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil).
Maktablarda turli xil to‘garaklar, uchrashuvlar, shovlar va sayohatlar uyushtiriladi,
ammo ularning hammasiga xaq to‘lash lozim. O‘rta maktablar quyi va yuqori
bosqichlardan iborat. 9-sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o‘rta maktabga
qabul qilinadi. O‘rta maktablarda to‘rt yo‘nalishda kasb-kor asoslari berib boriladi.
1- kasb-hunar ta’limi, 2-biznes ta’limi, 3-savdo va sanoat ta’limi, 4-qurilish
ta’limi. Oliy ta’lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi.
1- kichik mutaxassis - 2 yillik kollejlarda amalga oshiriladi.
2-bakalavr 4 yillik kollejlarda, 4 yillik kollej yoki dorifununni tugatgan 3-
bosqichni davom ettirish mumkin, bu 1-2 yillik magistr maktabi. 4-bosqich
aspirantura, doktorantura. Maktablarda, ta’lim televidiniyasi, elektron til
laboratoriyasi, vidioapparatura, kompyuter va hokazolarni qo‘llash yo‘lga
qo‘yilgan. Maktablar ta’til vaqtida ham ishlab turadi. To‘garaklar, qayta tayyorlash
ishlari olib boriladi. Oliy ta’limda ikki yo‘nalish mavjud: 1-ta’limni
individuallashtirish, 2-talabaning mustaqil ishlashini amalga oshirish. O‘qituvchi
yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi. Asosiy maqsad talaba intellektini mashq qildirish,
Ilmiybaza.uz
mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, AQSh o‘rta
maktablarida o‘z o‘quvchilariga uch yo‘nalishda: akademik, kasb-hunar, umumiy
yo‘nalishlarida bilim beradilar. Ayni paytda o‘quvchilarga to‘rt yo‘nalishda:
qishloq xo‘jaligi, biznes ta’limi, savdo va sanoat, qurilish bo‘yicha hunar, kasb-kor
asoslari o‘rgatiladi.
AQSh da har bir o‘quvchiga fanlar bo‘yicha olgan bilimlari jamlangan
attestatlar beriladi. Kollejlarda o‘qish istagida hujjat topshirgan o‘quvchilar yuqori
o‘rta maktabning so‘ngi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan
o‘tkaziladi. O‘g‘il-qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliyati ham
aniqlanadi.
Maktablarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar elektron yozuv apparatlari
(kalligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan
moslamalar), ta’lim televideniyasi, qo‘lda ko‘tarib yuradigan elektron til
laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter va hokazolardan iborat.
XXI asr arafasida AQSh yangi qabul qilingan “2000-yilda Amerika ta’lim
strategiyasi” dasturi e’lon qilindi.
Turli yo‘nalishdagi asosiy maqsadlar belgilangan mazkur dasturda 2000-yilda
barcha amerikalik kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari: aholining
90 foizi oliy ma’lumotli bo‘lishi, o‘quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy
fanlar, tarix, geografiya fanlari bo‘yicha jahonga o‘z iqtidorlarini namoyish eta
olishlari, talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o‘zlashtirishda
jahonda eng oldingi o‘rinlariga chiqishlari, har bir voyaga yetmagan
amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha
oladigan bo‘lishlari, maktablarda giyohvandlik va zo‘ravonlikka barham berish,
o‘qish uchun barcha shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Bu AQSh ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi muhim dasturdir.
Oliy o‘quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha AQSh jahon
mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu mamlakatda ilmiy
izlanishlar uchun ajratilgan mablag‘ning 48 foizini davlat tomonidan, 50 foizini
Ilmiybaza.uz
firma, konsern, sindikatlardan undiriladi, qolganlarini oliy o‘quv yurtlarining
mablag‘lari tashkil qiladi.
AQSh dagi fundamental izlanishlarning bevosita ijrochisi oliy o‘quv yurtlari,
ularni mablag‘ bilan ta’minlab, ishlab chaqarishga tadbiq etuvchilar esa, turli
sanoat, qurilish va boshqa tashkilotlardir. Ishlab chiqarish korxonalari
dorulfununlar bilan shartnoma asosida hamkorlik qiladi. Ma’lumotlarga qaraganda,
dorilfununlarning qariyib 70 foiz ilmiy xodimlari turli firmalarda tadqiqotchi
maslahatchi bo‘lib ishlaydilar. Dorilfununning ilmiy xodimlari, ishlab chiqarish
korxonalarining ilmiy laboratoriyalariga boradilar.
O‘qituvchi kadrlarni tayyorlash 4-5 yilga mo‘ljallangan dastur asosida amalga
oshiriladi, so‘ngra 4-6 oy amaliyot o‘tiladi.
Ta’limni xaddan ziyod demokratlashtirilishi talabalarning bilimini puxtaligini
tekshirish va nazorat qilishda qiyinchiliklar tug‘dirdi. Shu sababli shunday boy
moddiy bazaga va tajribaga ega davlatda butunlay savodsiz bo‘lgan talaygina
bolalar topiladi.
3. Yaponiyada ta’lim-tarbiya va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Yaponiya ta’limining shakllanishi 1867-1868-yillarda boshlangan. Yaponiya
o‘z oldiga ikki vazifani: birinchi - boyish, ikkinchi - G‘arb texnologiyasini
Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasiin qo‘yadi va bu ishni amalga
oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish kerakligi aytildi.
1872-yili “Ta’lim haqidagi qonun” qabul qilindi. Bunda Yapon ta’limi G‘arb
ta’limi bilan uyg‘unlashtirildi. 1908-yilda Yaponiyada boshlang‘ich ta’lim
majburiy 6 yillikka aylantirildi. 1893-yili kasb yo‘nalishidagi dastlabki kollej
paydo bo‘ldi.
1946-yili qabul qilingan Konstitutsiya fuqarolarning ta’lim sohasidagi huquq
va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari
belgilab ko‘yilgan.
Yaponiyada hozirgi zamon ta’lim tizimlarinig tarkibi quyidagicha: Bolalar
Ilmiybaza.uz
bog‘chalari, boshlang‘ich maktab, kichik o‘rta maktab, yuqori o‘rta maktab, oliy
ta’lim tizimlariga kiruvchi o‘quv yurtlaridan iborat.
Bolalar bog‘chalari. Ta’limning bu bosqichiga 3-5 yoshli bolalar qabul
qilinadi. Bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq ravishda 3, 2, 1 yillik ta’lim
kurslariga jalb qilinadilar.
Majburiy-Ta’lim. Ta’limning bu pog‘onasiga 6 yoshdan 15 yoshgacha
bo‘lgan bolalar jalb qilinib, ular shu muddat ichida 6 yillik boshlang‘ich maktab va
3 yillik kichik o‘rta maktab kursini o‘taydilar. 9 yillik bu ta’lim majburiy bo‘lib,
barcha bolalar bepul o‘qitiladilar va tekin darsliklardan foydalanadilar.
Yuqori bosqich o‘rta maktabi. Bu maktablar ta’lim yo‘nalishining 10,11,12-
sinflarini o‘z ichiga oladi. Yaponiyada bunday bosqich maktablarining kunduzgi,
kechki va sirtqi bo‘limlari mavjud. Kunduzgi yuqori bosqichli maktablarida o‘qish
muddati 3 yil. O‘quvchilarning 95 foizi kunduzgi maktablarda ta’lim oladilar. Bu
tarzdagi maktablarda o‘qish ixtiyoriydir. Unda quyi o‘rta maktablarni bitirgan
yuqori bosqich o‘rta maktablariga kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 16
yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi yoshlar qabul qilinadilar. Unda umumiy
ta’lim (akademik) fanlari, texnik bilimlar, tijorat, mahalliy sanoat, qishloq
xo‘jaligi, chorvachilik, baliqchilik, kemasozlik va boshqa maktablarda umumiy va
xususiy tarmoqlarni qo‘shib hisoblaganda 95 foiz yosh bilim oladi.
Dorilfununlar, kichik kollejlar, texnik kollejlar, maxsus ixtisoslashtirilgan
kollejlar Yaponiyada oliy ta’lim tizimini tashkil etadi.
Yaponiyada boshlang‘ich, o‘rta va oliy o‘quv yurtlaridan tashqari, bir -
biridan farq qiluvchi “Ixtisos maktablari” va “turli” maktablar ham mavjud.
Ularning ko‘pchiligi xususiy bo‘lib, turli firma, konsern va sindikatlar uchun qisqa
vaqtli kurslarda tikuvchi, oshpaz, hisobchi, mashinkada yozuvchi, avtotexnik,
elektron hisoblash mashinalari uchun dastur tuzuvchilar va boshqa zaruriy kasblar
o‘rgatiladi. Yaponiyada ham turli xorijiy tillarni o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan
maktablar mavjud.
Boshqa maktablardan farqli o‘laroq, Yaponiya maktablarida o‘qish 1-apreldan
boshlanib, kelasi yilning 31-martida nihoyasiga yetadi.
Ilmiybaza.uz
Boshlang‘ich va kichik o‘rta maktablarda o‘quv yili uch semestrga bo‘linadi:
aprel - iyul, sentyabr - dekabr, yanvar - mart. Katta o‘rta maktablarda esa o‘quv yili
2 yoki 3 semestrga bo‘linadi.
O‘kuv yili Yaponiyada 240 kun yoki Amerika Qo‘shma Shtatlaridan 60 kun
ko‘pdir. Darslar 7 soat. Ko‘pchilik maktablarda darslar ertalab soat sakkiz yarimda
boshlanib, uchdan keyin tugaydi.
O‘quvchilar xaftasiga 2-3 soat sinfdan tashqari klub ishlarida, 7 soat ixtisos
bo‘yicha mashg‘ulotlarda yoki repetitorlar ixtiyorida bo‘ladilar.
Yuqori bosqich o‘rta maktablarida butun o‘quv jarayonida o‘quvchilar 80 ta
sinov topshirishadi. O‘quvchilar majburiy asosiy fanlardan tashqari o‘z
xohishlariga ko‘ra ingliz tili, texnik ta’lim va maxsus sinovlarga jalb etiladilar.
Yapon maktablari elektron hisoblash mashinalari va boshqa o‘quv texnika
vositalari bilan to‘la ta’minlanganligiga qaramay, mutaxassislarning fikricha,
asosiy e’tibor o‘qituvchi faoliyati va darslikka qaratilmog‘i kerak. Ularning
fikricha, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi jonli muloqot o‘rnini har qancha,
takomillashgan mashina ham bosa olmaydi.
Deyarli barcha darsliklar xususiy bosmaxonalarda chop etiladi. Ularni chop
etishga mablag‘ni vazirlik ajratadi. Yuqorida qayd etilgandek, darsliklar
boshlang‘ich va quyi o‘rta maktablarda bepul, yuqori o‘rta maktablarda esa
pullikdir. Darsliklar narxi shundayki, ularni xarid kilishga hammaning imkoniyati
bor. Foydalanilgan darsliklar pullik bo‘lsa ham, tekin bo‘lsa ham o‘quvchining
o‘zida qoldiriladi.
Yaponiyada o‘qituvchi kadrlar tayyorlash sifatiga juda katta talablar qo‘yiladi.
Bu talablar shundayki, mazkur kasbga iqtidorsiz va yo‘nalishi to‘g‘ri kelmaydigan
tasodifiy kishilarning kirib qolishi amalda mumkin emas.
O‘qituvchilar 4 yillik dorilfununlarda va 2 yillik kollejlarda tayyorlanadi. Bu
o‘quv yurtlarining bitiruvchilariga birinchi va ikkinchi darajali guvohnomalar
beriladi.
Maktab direktori bo‘lish uchun 1 - darajali guvohnomaga ega bo‘lish shart.
Yapon o‘kituvchilarinig jamiyatda tutgan obro‘-e’tibori katta. Binobarin,
Ilmiybaza.uz
ularning maoshlari ham yuqori, 74 foiz o‘qituvchi jamoa va kasaba uyushmasiga
a’zo. Bu ularga ta’lim mazmunini va uslubini muhokama qila olish imkoniyatini
beradi.
Yapon o‘qituvchilari har 5 yilda malaka oshirish kurslarida o‘qib qaytadilar.
Malaka oshirish o‘qituvchilarning o‘zlari uchun katta ehtiyojdir. Chunki, Yaponiya
maktablari dasturi 10 yilda davr taqozosiga ko‘ra o‘zgaradi. Dasturlardagi yillik
o‘zgarishlar esa anjumanlar o‘tkazish yo‘li bilan o‘qituvchilarga yetkazib boriladi.
O‘qituvchilar o‘zlariga ishonib topshirilgan 35 - 40 o‘quvchining bilimi va
tarbiyasi uchun javobgardirlar. Shu bois ular darsdan bo‘sh vaqtlarini o‘quvchilar,
ularning ota - onalari bilan suxbatlarga, xonadonlarga tashrif ishlariga
bag‘ishlaydilar.
Yaponiyada oilaviy byudjetning katta qismi bolalarning sara maktablarda
puxta bilim olishlarini ta’minlashga, universitetlarga kirib bilim olishlariga
sarflanadi. Oilada bola yaxshi bilim olishi uchun barcha shart - sharoitlar yaratib
beriladi.
Bolalar tarbiyasida onalarning roli va ma’suliyati ayniqsa kattadir. Ular
farzandlarining oqil, dono, muloyim, odil va mehnatsevar bo‘lib o‘sishlari uchun
oila sulolasi va davlat oldida o‘zlarini ma’sul deb hisoblaydilar.
Turli ta’limiy ko‘nikmalarni bolalar ongiga singdirish yapon maktablariga xos
fazilatdir. Masalan, 2 - sinf o‘quvchisi ko‘pchilik oldida nutq so‘zlash qobiliyatiga
ega bo‘lishi, 6 - sinf o‘quvchisi kamida 2 ta cholg‘u asbobida kuy chala bilishi,
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi suvda bemalol suza olishi kerak.
Dorilfununlarga katta o‘rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni tugatgan
o‘quvchilar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet bo‘lib, 95 tasi davlat
tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiydir. 1 - toifadagi universitetlarda har
bir o‘qituvchiga 8 nafar, 2 - toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to‘g‘ri
keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo‘linadi: 1 - bosqichi turar
joyda o‘tkaziladi, buning uchun yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, ximiya,
jamiyatshunoslik, tarix bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.
Bu sinovlardan o‘tgan o‘quvchilar universitetlarga yo‘llanma oladilar va yana
Ilmiybaza.uz
sinovdan o‘tadilar. Xususiy universitetlarga esa to‘g‘ridan - to‘g‘ri test topshiriladi.
Bir qator xususiy universitetlar o‘zining uzluksiz shaxobchasiga ega (bog‘chadan
boshlab hamma bosqichlarni qamrab oladi). Universitetdan talabalarni xaydab
yuborish mumkin emas. Lekin o‘qish muddatini cho‘zish mumkin (4 yillik o‘qish
5 - 6 yilgacha cho‘zilib ketishi mumkin).
Kollejlar :
1- kichik kollej.
2- texnik kollej
3- maxsus kollejlarga bo‘linadi.
Uni bitirgan talabalar bakalavr diplomini oladi va universitetning 2 - yoki 3 -
kurslariga qabul qilinadi.
Yapon dorilfununlarida talabalar o‘quv jarayonida 140-150 sinov birligi
topshiradilar. Ularda baho mezoni – “a’lo”, “yaxshi”, “konikarli”, “koniqarsiz”.
Yapon dorilfununlari asosan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Shunga
qaramay, Yaponiyada “Dorilfunun kishini bilim va kasbga yo‘naltiradi xolos, uni
takomillashtirish, mukammallashtirish o‘ziga bog‘liq” deb hisoblaydilar.
Yaponiya
dorilfununida
bitiruvchilarning
mutlaq
ko‘pchiligi
xalq
xo‘jaligining turli sohalarida samarali mehnat qiladilar. Oliy ma’lumotli
mutaxassislar soni jihatidan Yaponiya jahonda ikkinchi o‘rinda turadi. Ming
kishiga 190 ta oliy ma’lumotli mutaxassis to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich AQSh da
har ming kishiga 294, Buyuk Britaniyada 138, fransiyada 115 nafardir.
Yaponiya ta’limining asosiy maqsadi va mazmuni aholini zamonaviy texnik
hamda texnologik jarayonlar bilan jihozlangan xozirgi zamon sanoatida samarali
ishlashga moslashtirishdir. Mamlakatda maktabga muhim ijtimoiy vazifani
bajaruvchi, jamiyatning olg‘a siljishini ta’minlovchi dargoh deb qaraladi va xalq
tomonidan e’zozlanadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Yaponiyada ta’lim tizimi ham shaklan,
ham mazmunan yuksak uyg‘unlik kasb etgan. Ibrat olsa, o‘rgansa arziydigan
jihatlari ko‘p. E’tiborli yana bir tomoni - Yaponiyada faqat milliy an’analar bilan
cheklanib qolmay, jahondagi Amerika, Fransiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan
Ilmiybaza.uz
mamlakatlarning ilg‘or pedagogik ish tajribalari ham ijodiy o‘zlashtirilgan.
4. Fransiyada ta’lim tizimi.
Fransiyada jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi
o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega.
Bu mamlakatda “Ta’lim haqidagi” qonun dastlab 1955-yilda qabul qilinib, 1975-
yilda unga qator o‘zgartirishlar kiritilgan.
Fransiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan “Ta’lim haqidagi
qonuni 1989-yil 10-iyulda. qabul qilingan bo‘lib, uning o‘zgartirilishiga ta’lim
strategiyasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakatning ichki tashqi siyosatidagi
islohotlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg‘or
tajribalarning mamlakat ga’lim tizimlariga kirib kelishi, o‘quv predmetlarining
integratsialari va boshqalar sabab bo‘ldi.
Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni xar tomonlama kamol topishini
ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida
o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga
yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Bu yerda:
1. Davlat maktablar;
2. Xususiy maktablar;
3.Oraliq maktablar mavjud.
O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv
alohida ahamiyatga molik bo‘lib hisoblanadi. Ular uchun dars vaqtining 30%
ajratiladi. O‘rtacha haftalik soatlar 26 soatdan iborat, darsning davomiyligi esa 60
minut. O‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi. Fransuz maktablari boshlang‘ich sinflarda
o‘qish ertalabki va tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq
oladilar. Matematika, ona tili va adabiyoti baza predmeti, tarix, geografiya,
mehnat, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Fransiya ta’limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish
uchun tayyor holda olib kelish g‘oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda
Ilmiybaza.uz
tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o‘rta
guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh)
bo‘lib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni
maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
Fransiya boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan
bolalar jalb qilinadilar. Boshlang‘ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi
o‘qish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. O‘quv mashg‘ulotlari ertalab soat 9
dan 12 gacha hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda
ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang‘ich sinflarda
o‘qish uch bosqichda amalga oshiriladi:
1.Tayyorlov bosqichi;
2.Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi);
3.Chuqurlashtirilgan bosqich.
Tayyorlov bosqichi - 1 yilga mo‘ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga, o‘qish
va yozishga, kuylashga, o‘ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan
bahra olishga, jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lishga, maktabning turli sport
tadbirlarida ishtirok etishga, musiqa va mehnatga o‘rgatiladi.
-Navbatdagi bosqich - elementar kurs bo‘lib, bu bosqichda o‘qish 2 yil davom
etadi. Bunda o‘quvchilarning tayyorlov siklida predmetlar bo‘yicha olingan
bilimlarni yanada takomillashtiriladi.
-Boshlang‘ich maktabning 3 - bosqichi - chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda
o‘quvchilarning
tayyorlov
va
elementar
bosqichdagi
bilimlari
yanada
chuqurlashtiriladi. Fransuz maktablarining boshlang‘ich bosqichida “Grayasdanlik
ta’limi”, “Nafosat ta’limi” ham o‘qitiladi. Nafosat ta’limiga musiqa, tasviriy san’at,
sport kiritilgan. O‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash, ularni rag‘batlantirish,
shaxsiy qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ta’limda uzluksiz va
vorislikni ta’minlab berish boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga qo‘yilgan bosh
talabdir.
O‘quv dasturining mazmunini bevosita o‘qituvchining o‘zi belgilaydi. Bir
so‘z bilan aytganda, o‘qituvchi bolalar bilimiga to‘la mas’ul ekan, uning uslub
Ilmiybaza.uz
tanlashiga, mustaqil harakat qilishiga ham to‘la erkinliklar beriladi.
1990-yildagi
hukumat
qaroriga
muvofiq,
maktabgacha
tarbiya
va
boshlang‘ich ta’limiga modullashtirish, bolalarning bilimiga, u yoki bu fanga
moyilligiga qarab tabaqalashtirish, dars jadvalini ham shu asosda tuzish huquqi
beriladi. Bunday dars jadvallari yillik, yarim yillik, choraklik asosida tuzilishi ham
mumkin.
O‘quvchilar 11 yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta maktabga
o‘tadilar. O‘rta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O‘rta ta’lim
ikki bosqichda:
Birinchi bosqichda quyidagi predmetlar o‘rgatiladi:
fransuz tili va adabiyoti, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari), tarix,
Fransiya geografiyasi, matematika , tibbiy fanlar.
Shunday qilib 5-6-sinflar umumiy o‘rta ta’lim beradi: 4-3-sinflarda
o‘quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi.
Birinchi bosqich yakunlangach, o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha
guvohnoma oladilar.
Shundan keyin o‘quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta’lim oladilar. O‘qish 3
yil davom etib, 2-sinf kichik, 1-sinf o‘rta va yakunlovchi sinflarga bo‘linadi.
O‘quvchilar umumiy ta’lim va texnik litseylarni tugatganlaridan so‘ng
bakalavr unvoni va diplom ish uchun imtihon topshiradilar. Ana shunday diplomga
ega bo‘lganlargina oliy o‘quv yurtlariga kirish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Fransiyada talablar pedagogika, politexnika instituti, oliy ma’muriy
maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga
moyilligi ham alohida sinab ko‘riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa
bakalavr diplomi bo‘lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi.
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnalogik institutlar
mingdan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish, informatika
mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, sakkiz haftalik
ishlab chiqarish amaliyotini ham ko‘zda tutadi.
Sirtqi ta’lim shoxabchalari juda keng bo‘lib, u 500 turdagi o‘rta, oliy
Ilmiybaza.uz
profesional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi.
Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta’limga rahbarlik
qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular
rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar,
qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish,
jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o‘rganadi. o‘qishni
yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o‘tadilar.
Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyati ikki yil davomida diqqat bilan
kuzatib boriladi. Aksariyat xollarda direktorlar maktab qoshidagi uyda yashaydilar.
Shu ikki yil davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, yetuk rahbar sifatida
faoliyat ko‘rsata olmasa, u yana qaytarilib o‘qituvchilikka o‘tkaziladi. Direktor 65
yoshdan so‘ng umuman ishlamaydi.
O‘qituvchilarni ishdan olishni maktab direktori amalga oshirmaydi. Yaxshi
ishlamaydigan o‘qituvchilarni direktor tavsiyasiga muvofiq ta’lim inspeksiyasi
tomonidan taftish qilinadi. Uning intizomi, o‘qituvchilik faoliyati, bolalar, ota-
onalar o‘rtasidagi obro‘si diqqat bilan o‘rganiladi va tegishli chora ko‘riladi.
Maktab o‘qituvchilariga qo‘yilgan talab Fransiyada o‘ta yuqori. Ayniqsa,
boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchi o‘z kasbining ustasi, ajoyib notiq, san’atkor,
musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo‘lmog‘i lozim.
O‘qituvchilar o‘z nazariy-uslubiy malakalarini oshirishga katta ahamiyat
beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o‘tish uchun aniq muddat belgilab
qo‘yilmagan. Vaqti-vaqti bilan o‘qituvchilar o‘z ixtiyorlari bilan test markazlarida
imtihon topshiradilar. Shu imtihonlar davrida o‘qituvchi faoliyatida ayrim
nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o‘z vaqtlari va mablag‘lari
hisobiga malaka oshiradilar.
5. Germaniyada ta’lim tizimini rivojlanishi.
Avvalambor shuni ta’kidlash kerakki, Germaniyada ta’lim davlat va jamiyat
tomonidan ardoqlanayotgan soha bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy jihatdan
Ilmiybaza.uz
taraqqiy etgan mamlakatlar ichida kuchli oltilikka kirgan.
Germaniya ta’lim tizimlarining bayoni kuyidagicha: Germaniyada ta’lim
tizimi: Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich
hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog‘chalari ta’limning quyi
bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog‘chalarni
mablag‘ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari,
korxonalar, hususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar
bog‘chalariga o‘z farzandlarini tarbiyalanganliklari uchun ancha miqdorda pul
to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80 foizi bog‘chalarga qatnaydi.
Germaniyada odatda bolalar bog‘chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning
yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog‘chalar
ham bor.
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli. Bu
jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda to‘la
haftalik o‘qishni bitiradi, keyin hunar-texnika bilim yurtida to‘la bo‘lmagan
haftalik o‘qishda o‘qiydi. O‘qish davlat maktablarida tekin. Maktab o‘quvchilariga
o‘quv ko‘llanmasi, asosan darsliklar tekin ta’minlanadi. Hususiy maktablar ozroq.
O‘qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang‘ich
maktabdan so‘ng o‘quvchilar yo‘nalish bosqichidagi maktabga o‘tadilar. Bu yerda
5-6 sinf bosqichdagi yo‘nalish maktablarda maxsus dastur asosida o‘qiydilar.
Keyin navbatdagi maktab tipiga ko‘chadilar:
Bular: -asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy
maktabga o‘tadi. 9 yoki 10 yillik o‘qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka
o‘tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo‘lgan bolalar o‘kiydi. Real bilim
yurtlari asosiy maktab va yuqori maktabi o‘rtasida turadi. Qoidaga ko‘ra bu yerda
o‘qish b yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va to‘la ma’lumot berish bilan
tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o‘rta maxsus o‘quv yurtiga yoki yuqori
bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.
Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o‘z ichiga oladi. 11-13
sinflar oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi.
Ilmiybaza.uz
Gimnaziyani bitirganlik haqidagi yetuklik attestati oliy o‘quv yurtida o‘qish
imkonini beradi. Germaniya ta’limi tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega,
chunki yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talab kuchlidir. To‘liqsiz o‘rta
maktabni bitiruvchilarining (9-10 sinflar) 79 %, to‘liq o‘rta maktabni
bitiruvchilarining esa 20 % hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar.
Aksariyat xollarda o‘qish muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. o‘qish uch bosqichdan
iborat bo‘lib, birinchi yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o‘qitilayotgan
kasbga taaluqli maxsus fanlardan nazariy asoslash berilib, yirik korxonalarda
amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi
beriladi. O‘quvchining birinchi yildan ikkinchi yilga o‘tish sinov imtihonlari
o‘tkazilib o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida
maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus
komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning yetakchi
mutaxassislari, fideral yerlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi
vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga
kirish uchun huquq, bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish
talab etiladi. O‘qishga qabul qilish imtihonsiz maktab ta’limi to‘g‘risidagi hujjatga
asosan amalga oshiriladi.
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini shtatdagi
rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O‘z-o‘zini
boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-
bosqich ishtiroki tamoyiliga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar,
o‘quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘qishi erkin
tashkil etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif etiladi.
O‘qishga haq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat
xarajatlarini ko‘tara olmasa o‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish
to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra ular moliyaviy yordam oladilar. Bu
yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarmi qarz tariqasida
beriladi.
Mamlakatda ta’limni isloh qilish masalasi ko‘pdan buyon muhokama
Ilmiybaza.uz
qilinmoqda, bunda o‘quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir
universitetlarda talabalar 7 yil o‘qiydi. Ular o‘qishga kirganlariga qadar
korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishni hisobga
olsak, talabalar haqiqiy mexnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini
tushunamiz.
Shuni ta’kidlash lozimki, Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga, juda
murakkab tizimga ega. Mamlakatda har qaysi maktab tipi uchun maxsus
tayyorlangan o‘qituvchilar bor. Ularning hammasi oliy maktabni tugatgan
bo‘lishlari shart. Boshlang‘ich va asosiy maktabning bo‘lajak o‘qituvchilari olti
semestr o‘qiydilar. Real maktab, maxsus maktab, gimnaziya va hunar-texnika
bilim yurtlarining o‘qituvchilari ancha uzoq muddat o‘qishlari kerak. O‘qish
tamomlangandan
keyin
o‘qituvchilikka
nomzodlarning
hammasi
imtihon
topshiradilar. Keyin maktabda pedagogik amaliyot o‘tkazadilar va ikkinchi imtihon
topshiradilar. O‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lgandan keyin, qoidaga ko‘ra umrbod
lavozimga tayinlanadi.
Quyidagi
xolatga
e’tibor
qarataylik.
Bo‘lajak
o‘qituvchilar
3
yil
o‘qiganlaridan keyin real sharoitdagi maktabda ikki yillik pedagogik amaliyotdan
o‘tadilar, xaftasiga 10-12 soatdan dars beradilar.
Bu davrda ularga maxsus murabbiylar belgilanadi, bu murabbiylar ularning
faoliyatini nazoratda tutadilar, amaliyot tugagandan keyin shogirdlariga tegishli
tavsifnomani beradilar. Shundan keyin maktab kengashi yuqori tashkilotlar bilan
birgalikda bo‘lg‘usi o‘qituvchilardan imtihon oladi va ularning kelgusi ishlarini
baholab, tegishli tavsiyalar beradilar. Bu jarayonning yana o‘ziga xos tomoni
shundaki, imtihon va tavsiyalardan keyin bo‘lg‘usi o‘qituvchi bir yilga sinov
muddati bilan ishga olinadi. Bu sinov muddatini muvaffaqiyatli o‘tgandagina unga
o‘qituvchi martabasi beriladi. Praktikant-talabalar qo‘yilgan talablarni bajara
olmasa maktabga qo‘yilmaydi. Uning ustiga attestatsiyadan o‘tkazish va litsenziya
berish keng rasm bo‘lganligini e’tiborga olsak, o‘qituvchi doim o‘z malakasini
oshirib borishga majbur bo‘ladi, aks holda u o‘qituvchilik lavozimidan mahrum
bo‘lishi mumkin.
Ilmiybaza.uz
6. Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ta’lim
tizimidagi o‘zaro hamkorlik masalalari.
Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya va maktab haqida yuqorida
bayon qilingan eng yaxshi tajribalarni o‘z ta’lim tizimidagi o‘zaro ta’lim
tizimlarimizda joriy qilish Respublikamiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan
keyin boshlandi. Bu sohada bizga YuNISEF, YuNESKO kabi Xalqaro tashkilotlar,
xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari amaliy yordam bermoqdalar.
Respublikamizdagi ta’lim muassasalari ta’limni takomillashtirish bo‘yicha xorijiy
davlatlar bilan hamkorlikning barcha shakllaridan foydalanayotirlar.
Respublikamiz Oliy majlisining 1 - chaqiriq IX-sesciyasida ta’limga oid ikki
muhim hujjat – “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”ning qabul qilinishi mamlakat ta’limini jahon andozalariga, rivojlangan
xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya va maktab saviyasiga olib chiqishda ulkan
voqea bo‘ldi.
Bizning maktabimiz jahonda eng ilg‘or maktablar bo‘lib qolishiga Respublika
rahbariyati va hukumati tomonidan hamma shart sharoit yaratilmoqda. Bizning
ta’lim tizimlarimiz ham jahonda e’tirof etilgan ta’lim tizimlaridan biridir. Shu
tufayli ham AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi
rivojlangan mamlakatlar ta’limining ustalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va
muloqotlarda Respublikamiz ta’limi tizimiga yuqori baho berildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, Respublikamiz xalq ta’limi xodimlari oldida hozirgi
kunda eng muhim vazifa - mustaqil o‘zbekistonning hozirgi ta’lim tizimlarini
istiqlol ruxi bilan takomillashtirish, uni o‘zimizning mumtoz pedagogika an’analari
bilan boyitish, chet el pedagogikasidagi ilhor jihatlarni o‘zlashtirish, yangi - yangi
samarali o‘quv predmetlarini ta’lim tarkibiga kiritish bilan jahon davlat standartlari
darajasiga olib chiqishdir. Buning uchun esa bizning iqtisodiy rivojlangan xorijiy
davlatlardagi quyidagi ilg‘or tajribalarni ta’lim tizimimizda qo‘llay bilishimiz
maqsadga muvofiqdir.
Ilmiybaza.uz
7. O‘zR “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni mohiyati.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasida aniq va ravshan hamda ilmiy
asoslangan davlat siyosati mavjud bo‘lib, u insonparvarlik va demokratik
tamoyillarga asoslanadi hamda har bir fuqaroning bilim olishi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida qonuniylashtirilgan.
Ta’lim soxasida «Ta’lim to‘g‘risida» Qonun kabul kilinganligi, 1996-1997
yildan boshlab birinchi sinflarda o‘kishning lotin yozuviga asoslangan yangi
alifboda olib borilgani, ular uchun yangi alifboda dastur, ko‘llanma,
darsliklarning yaratilganligi - bu ta’lim sohasida ko‘yilgan dastlabki odimlar edi.
O‘tgan davrda yangi turdagi ta’lim muassasalari tashkil etildi. Oliy o‘kuv
yurtlari qoshida akademik litseylar ochildi. Qobiliyatli o‘quvchilar chet
ellarda ta’lim ola boshladi. o‘qituvchilar xorijiy davlatlarda bo‘lib, ilg‘or
tajribalarni o‘rganib kela boshladilar.
Viloyatlarda yangi - yangi biznes maktablari, kichik va o‘rta kasb hunar
kurslari ochila boshladi va bozor iqtisodi sharoitida fermer, soliq va bojxona
xodimlari, audit v.b. yangi mutaxassisliklar kiritildi.
Oliy maktab sohasida test usuli joriy etildi. Viloyatlardagi pedagogika
institutlari universitetlarga aylantirildi, chet el mutaxassislari respublikamiz
o‘kuv muassasalariga jalb etildi.
Respublikamizda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi, Bank va Moliya
akademiyasi tashkil etildi.
Oliy ta’lim sohasida ham islohot o‘tkazishni talab qila boshladi. Bularning
barchasi hisobga olinib, 1997 yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga
muvofiq, ta’lim tizimini isloh etilish, kadrlar tayyorlash jarayoniga zamon talabi
darajasida o‘zgartirishlar kiritish maqsadida maxsus komissiya tuzildi va natijada
«Kadrlar tayyorlash milliy dastur» xamda «Ta’lim to‘g‘risida» Qonun Oliy Majlis
sessiyasida qabul qilindi.
Bu ikki hujjatga binoan ta’lim tizimi isloh qilishni bosqichma - bosqich
amalga oshirish nazarda tutiladi :
Birinchi bosqich - o‘tish davri. 1997 - 2001 yillar. Bu yillarda yangi talab
Ilmiybaza.uz
doirasida pedagog kadrlar tayyorlash, ta’lim standartlarini yaratish, o‘quv
dasturlari ustida ishlash, umumta’lim maktablarini qayta qurish, o‘rta - maxsus va
kasb - xunar bilim yurtlari tizimigi zamin tayyorlash va uzluksiz ta’lim tizimiga
asos solish.
Ikkinchi bosqich - 2000-2005 yillarga mo‘ljallanadi. Bu davrda milliy
dasturni to‘liq amalga oshirish mo‘ljallanadi. Uning ba’zi g‘oyalari va
qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilish ham ko‘zda tutilgan.
Uchinchi bosqich - 2005 yil va undan keyingi yillar bo‘lib, isloxot tajribalari
tahlil etilib, umumlashtiriladi xamda kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirilib,
rivojlantirilib boriladi.
«Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonunga asosan Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi
ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor deb e’lon qilindi.
Ta’lim sohasidagi davlatning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat deb
ko‘rsatildi :
-Talim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterida ekanligi;
-Ta’limning uzluksiz va izchilligi;
-Umumiy o‘rga, shuningdek o‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limining
majburiyligi;
-O‘rta maxsus, kasb - xunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litsey va kasb
- xunar kollejida o‘qishni tanlash ixtayoriyligi:
-ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
-davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqlish:
-ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv:
-bilimli bo‘lish va iste’dodni rag‘batlantirish:
-ta’lim tizmida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlantirish:
Xalq ta’limining asosiy bo‘g‘ini - uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasida kuyidagi uzluksiz ta’lim tizimi asos qilib
olingan.
Uzluksiz ta’lim bir nechta ta’lim turlarini o‘z ichiga oldi. Ya’ni:
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy
Ilmiybaza.uz
ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni
qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib
shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam
ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi
ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat, xayriya
tashkilotlari, xalqaro fondlar ishtirok etadi.
Umumiy o‘rta ta’lim to‘qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy
(boshlang‘ich va umumiy) va uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. O‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy-
ixtiyoriy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi
bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim negizida tashkil etildi.
AL va KHKning bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi
diplom beriladi. Diplom asosida bitiruvchilar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni
davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati
bilan shug‘ullanish huquqini berdi.
Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosida ikki bosqich
Академик лицей (АЛ) ўқувчиларнинг имкониятлари, қизиқишларига кўра уларнинг
жадал интеллектуал ривожланиши чуқур, соҳалаштирилган, табақалаштирилган,
касбга йўналтирилган таълим олишларини таъминлаш мақсадида ДТСга мувофиқ
ўрта махсус таълим берувчи, юридик мақомга эга таълим муассасаси
Касб-ҳунар коллежи (КҲК) ўқувчиларнинг касб-ҳунарга мойиллиги, билим ва
кўникмаларини чуқур ривожлантирувчи, танлаб олинган касб-ҳунар бўйича бир ёки
бир неча ихтисосни эгаллаш имконини яратиш мақсадида тегишли ДТС доирасида
ўрта махсус, касб-ҳунар таълимини берувчи, юридик мақомга эга таълим муассасаси
Ilmiybaza.uz
(bakalavriyat,
magistratura)da
tashkil
etildi,
yo‘nalishlari
bo‘yicha
xalq
xo‘jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy
ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish davlat grantlari va pullik-
shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning kasb-hunar
manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil
etish asosida amalga oshiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy
e’tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda
chuqurlashtirishga qaratiladi.
Maktabdan tashqari ta’lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim
muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa
yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yilib, bolalar hamda o‘smirlarning ta’limga bo‘lgan,
yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh
vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib borildi.
Keyingi vaqtlarda ota- onalar va jamoatchilikning fikrlari va takliflari
e’tiborga olinib, 2018 yil 25 yanvarda “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-
hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
5313-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.Unga
ko‘ra;
- 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limi
Магистр маълум ихтисослик бўйича таълим олган юқори малакали, аспирантурага кириш
ҳуқуқига эга мутахассис ҳисобланиб, у илм-фан соҳасида, ишлаб чиқаришнинг масъулиятли
лавозимларида фаолият кўрсатади
Бакалавр ўзи танлаган соҳа бўйича олий маълумотли мутахассис бўлиб, давлат
классификаторида белгиланган лавозимда ишлаш ҳуқуқига эга
Ilmiybaza.uz
11 yillik muddatda;
- 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab kasbiy ta’limga umumiy o‘rta maktabni 11
sinf bitiruvchilari ixtiyoriylik asosida tegishli mutaxassislikka ega bo‘lishi
uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘qishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasida Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konsepsiyada quyidagilar nazarda tutilgan:
-Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi (PISA) reytingi bo‘yicha
jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish;
- uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek
professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
- xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
innovatsion loyihalarni joriy etish;
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, uzluksiz ta’lim turlari ham quyidagicha
yangilandi:
Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim, oliy ta’lim,
oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.
Bundan tashqari 2017 yil 20 aprelda “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish
chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 2909 – sonli qarori chiqarildi. Ung ko‘ra, oliy
ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy qilish,
ilmiy-pedagogik faoliyatga xorijiy yetakchi mutaxassislarni jalb qilish, oliy
ma’lumotli kadrlar tayyorlashning maqsadi mezonlarini shakllantirish kabi
kompleks vazifalar belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida ham 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:
Ilmiybaza.uz
Hududlarda davlat va nodavdat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish,
oliy ta’lim qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobatni
yaratish, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini
mamlakat ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish, respublikada kamida 10
ta oliy ta’lim muassasini xalqaro e’tirof etilgan ta’lim reytingining birinchi 1000 ta
o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan,O‘zbekiston Milliy
universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim
muassasalari ro‘yxatiga kiritish, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini
bosqichma – bosqich kredit – modul tizimiga o‘tkazish kabi masalarni qamrab
oldi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari. Mustaqillik
yillarida O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limi tizimini takomillashtirish
ustuvor yo‘nalish sifatida e’tirof etildi. Respublikaning “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonunida uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta’lim mazmuni,
ta’limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan.
Ta’lim O‘zR ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e’tirof qilindi. Ta’lim
sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari fuqarolarning ijtimoiy kelib
chiqishi, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar ta’lim olishda teng
huquqqa ega ekanliklarini ifodalaydi. Davlat ta’limiy siyosatining asosiy
prinsiplari quyidagilar:
Ta’limning insonparvar va demokratik xarakterda ekanligi shaxsning
ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon yaratadi. Shuningdek, ta’lim
jarayonida uning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va qiziqishlarini
hisobga olishni nazarda tutadi. Ya’ni, ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni har
tomonlama kamol topishini ta’minlashga yo‘naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan
hurmat bilan yondashiladi.
Ta’lim mazmunining ochiqligi, o‘quv materiallari, ta’lim shakl va
metodlarining xilma-xilligi, milliy-hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi,
shuningdek, tarbiya jarayonining demokratik g‘oyalarga muvofik tashkil etilishini
anglatadi. Tamoyil mazmuniga ko‘ra o‘quvchilarning xohishlariga ko‘ra dars
Ilmiybaza.uz
jadvaliga qo‘shimcha fanlar kiritiladi, yuqori sinflarda muayyan fanlar
chuqurlashtirilib o‘rgatiladi, fakultativ mashg‘ulot va to‘garaklar tashkil etiladi,
darslarning yakka va guruhli shaklda bo‘lishiga e’tibor qaratiladi.
Ta’limning uzluksizligi va izchilligi uzluksiz ta’lim tizimining barcha
bosqichlarida o‘qitish o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik asosida yo‘lga qo‘yilishini
ifodalaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv dasturlari akademik litsey
va kasb-hunar kollejlarining, o‘z navbatida ularning o‘quv dasturlari oliy o‘quv
yurti o‘quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o‘zidan avvalgi bosqichda
o‘zlashtirilgan ma’lumotni boyitadi va rivojlantiradi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limining majburiyligi
o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal
intellektual rivojlanishi, kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur
rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni
egallash imkoniyatini yaratishni ifodalaydi.
O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini tanlashning ixtiyoriyligi
yangi turdagi o‘quv muassasalarida ta’lim olish yo‘nalishining o‘quvchi tomonidan
ixtiyoriy tanlanishi mumkinligini anglatadi. Akademik litsey yoki kasb-hunar
kollejida ta’lim olishni o‘quvchilar o‘z iqtidorlari va xohish-istaklariga ko‘ra
tanlaydilar.
Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi mamlakatda ta’lim
taraqqiyotining rivoji ilmiy asoslarga ega bo‘lib, u fan-texnika, madaniyatning
yutuqlariga bog‘liq holda rivojlanib borishini anglatadi.
O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (4-modda)da fuqarolar millati, tili,
jinsi, yoshi, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, xizmat turi, turar joyi,
respublika hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar bilim olish
huquqiga egaliklari aytiladi.
Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun
ochiqligi tamoyili aynan mana shu holatni yoritishga xizmat qiladi. Ushbu tamoyil,
shuningdek, chet ellik fuqarolarning respublika hududida xalqaro shartnomalarga
muvofiq bilim olish huquqiga egaliklarini ham ifodalaydi. O‘zRda istiqomat
Ilmiybaza.uz
qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda respublika fuqarolari bilan
teng huquqlarga ega bo‘ladilar.
Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv.
O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (7-modda)da o‘z ifodasini topgan. Davlat
ta’lim standartlari (DTS) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim
mazmuni, sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Davlat ta’lim
standartlarini bajarish barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Biroq, ta’lim
muassasalari DTS asosida o‘quv dasturlari variantini ishlab chiqib, undan
foydalanishlari mumkin.
Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish ta’lim sohasidagi davlat
siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sanalib, ta’limning barcha bosqichlarida bu
tamoyilga to‘la amal qilinadi. Ta’lim oluvchilarning iste’dod va qobiliyatlari davlat
tomonidan moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi.
Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish ta’limni
tashkil etish, sifatini oshirish, bunda davlat va jamiyatning hamkorlikka erishishni
nazarda tutadi. Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvi ta’lim samaradorligini
oshirishga zamin yaratadi.
Bugungi kunda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
ham quyidagicha belgilab berildi:
Ta’lim va tarbiya uyg‘unlikda olib borilishi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xususiyatga egaligi;
ta’limning uzluksizligi, uzviyligi va izchilligi;
12 yillik (6 yoshdan 7 yoshgacha bolalar bir yil davomida umumiy o‘rta
ta’limga tayyorlash hamda 11 yillik umumiy o‘rta va o‘rta maxsus) ta’limning
majburiyligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterga egaligi, davlat ta’lim standartlari va
davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bo‘lish va ist’edodni rag‘batlantirish;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
Ilmiybaza.uz
jamiyatda pedagog xodimlar ijtimoiy himoyasining kafolatlanganligi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
8. O‘zRning Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati.
Mustaqillik yillarida O‘zRda uzluksiz ta’limni takomillashtirish va rivojlantirishga
alohida e’tibor qaratildi. Ana shu maqsadda keng ko‘lamli islohotlar amalga
oshirildi.
Har qanday jamiyatning kuchi fuqarolarning ma’naviy yetukligi, intellektual
salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma’naviy yetukligi,
intellektual salohiyati esa ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama
shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning
mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog‘lom muhit darajasi, ijtimoiy
munosabatlar mohiyati, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari,
axloqiy qarashlari va hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonuni g‘oyalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon
miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar
madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil
ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini
ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga
yo‘naltirilgandir.
Dasturning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan
qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik
davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori
malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal
qilinishini nazarda tutadi. Ya’ni:
- O‘zRning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh
qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash
sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv,
Ilmiybaza.uz
ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan
demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;
- kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar
bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti
istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy
yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
- ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali
shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va
akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
- yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi
va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror
rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va
axborot bazasini yaratish;
- ta’lim,
fan,
ishlab
chiqarish
samarali
integratsiyalashuvini
ta’minlash,
tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek,
nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning
mexanizmlarini ishlab chiqish;
- uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari
mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari. Kadrlar
tayyorlash milliy modeli faqat ta’lim-tarbiya jarayonini qamrab olmay, shu bilan
birga ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning asosida kadrlar tayyorlash milliy
modeli va uning mohiyati yoritiladi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs,
davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning
Ilmiybaza.uz
o‘zaro hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida “yuksak ma’naviy va
axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy
tizimi” mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi.
Milliy modelning o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishda to‘qqiz yillik umumiy
o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etilishi bilan belgilanadi.
Bu esa o‘z navbatida umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
dasturlariga o‘tilishiga zamin yaratadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelning tarkibiy qismlari quyidagilardir:
1. Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir. Shaxs
uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o‘zlashtiradi, fan asoslarini
puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o‘zida
ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda
o‘zlashtirilgan bilim, faoliyat ko‘nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy
mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar va yuqori
darajadagi kasbiy malakaga ega bo‘lish uchun shaxs o‘z oldiga muayyan maqsadni
qo‘ya olishi hamda unga erishish yo‘lida tinimsiz izlanishi, o‘qib-o‘rganishi lozim.
Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo‘lib shakllanadi.
2.
Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini
tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va
ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
Davlat va jamiyat ta’lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh
mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi faoliyatini ham uyg‘unlashtiradi hamda
quyidagilarga kafolat beradi: fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z
malakasini oshirish huquqlarning ro‘yobga chiqarilishiga; majburiy umumiy o‘rta
ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini
tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini olishga; davlat
grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi
ta’limni olish huquqiga; davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;
ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar
Ilmiybaza.uz
yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini
rivojlantirishga; ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlashga; sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta’lim
olishiga.
3. Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib,
ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi
tuzilmasini o‘z ichiga oladi.
Uzluksiz ta’lim O‘zRning taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini
qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsni
shakllantirish va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun
sharoitlarni yaratadi.
Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng
qulay davr sanaladi. O‘zRda uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv
dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Uzluksiz ta’lim, ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
4. Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi, undan foydalanuvchi,
ilg‘or pedagogik, axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi sanaladi.
5. Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning
tayyorgalik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy
buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan
ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
Nazorat savollari :
1. Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya, maktab va maorif
taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini sharhlab bering?
2. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi “ta’limni tabaqalashtirish”
usullarini izohlab bering?
Ilmiybaza.uz
3. AQSh da ta’lim tizimi qanday tuzilishga ega?
4. AQSh ta’lim tizimi qanday xususiyatlari bilan o‘zbekiston ta’lim tizimidan
farq qiladi?
5. Yaponiya ta’limining shakllanishi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini
ko‘rsating?
6. Yaponiyada ta’lim tizimi va uning tarkibiy qismlarini izohlab bering?
7. Yaponiyada o‘qituvchi kadrlar tayyorlash masalasini izohlang ?
8. Fransiya ta’lim tizimini ilg‘or jihatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
9. Germaniya ta’lim tizimini izohlab bering?
10. Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ta’lim
tizmidagi o‘zaro uyg‘unlik jarayonini izohlang?
11. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning bosh g‘oyasi nimadan iborat?
12. Kadrlar tayyorlash milliy modeli nima?
13. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari nimalardan
iborat?
14. Uzluksiz ta’lim tizimining mohiyatini yoritib bering.
15. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim mazmunini izohlang.