IQTISODIY RIVOJLANISHNI TA’MINLASHDA DAVLANING ROLI: USTUVOR YO‘NALISH VA VAZIFALAR
Yuklangan vaqt
2024-05-29
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
41,8 KB
Ilmiybaza.uz
IQTISODIY RIVOJLANISHNI TA’MINLASHDA DAVLANING ROLI:
USTUVOR YO‘NALISH VA VAZIFALAR
REJA
1. Iqtisodiyotni boshqarishning turli xil nazariyalari.
2. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi vazifalari. Davlat iqtisodiy
siyosatiningmaqsadi.
3. Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari va tartibga solishdastaklari.
4. Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o‘zarobog‘liqligi.
Ilmiybaza.uz
Tayanch iboralar: bozor, samaradorlik, bozor tizimi, iqtisodiyot, milliy
iqtisodiyot, chidamliligi, ishlov berish jarayonlar, elektr texnik.
1. Iqtisodiyotni boshqarishning turli xil nazariyalari.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko‘p omilli ko‘rsatkich bo‘lib, bunda
uning erishilgan darajasi ko‘p jihatdan iqtisodiyotda davlat yoki bozor tizimining
tutgan o‘rniga bog‘liq. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning
tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona
markazdan markazlashgan boshqarish yo‘li bilan; uchinchidan, iqtisodiyotga
davlatning
aralashuvini
bozor
usullari
bilan
uyg‘unlashtirish
orqali
erishiladi.Kishilik jamiyatining ilk davrlaridanoq davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi muammosi paydo bo‘lgan. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi va
pulning paydo bo‘lishi sudxo‘rlik kapitalini vujudga keltirgan. Sudxo‘rlik o‘zining
yuqori foizlari bilan tovar ishlab chiqaruvchilarni xonavayron qilib, davlatni
qashshoqlashishiga olib kelgan.
Bu o‘z navbatida davlatning o‘zini va soliq to‘lovchilarni himoya qilishga
majbur etgan. Qadimgi Bobilda qabul qilingan Eshnun va Xammurapi qonunlari
bunga misol bo‘la oladi.Buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davrida Gʻarbiy Yevropa
mamlakatlarining mustamlakalarni bosib olish siyosati ham davlatning iqtisodiyotga
aralashuvini taqozo qilgan. Chunki bunda, birinchidan, mustamlaka aholisini itoatda
ushlab turish; ikkinchidan, mustamlakalarni boshqa davlatlardan himoya qilish
zarurati paydobo‘lgan.
XX asr boshlarida, ko‘plab mamlakatlar birinchi jahon urushining
ishtirokchilari bo‘lganligi sababli, davlat iqtisodiyotni boshqarish bo‘yicha bir qator
vazifalarni o‘z zimmasiga olgan. U resurslar va ishchi kuchini taqsimlagan, yirik
monopolistlarga mamlakat uchun zarur bo‘lgan ko‘plab zaruriy tovarlarni ishlab
chiqarish bo‘yicha buyurtmalar bergan.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi asosan 1929-1933 yillardagi jahon
iqtisodiy inqirozidan keyin kuchaygan. U iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishning har xil
Ilmiybaza.uz
usullarini qo‘llab, siklga qarshi tartibga solishni amalga oshirgan.
Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi o‘rni
masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Uning "Xalqlar
boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) nomli kitobida
bozor usullari orqali iqtisodiyotning o‘z-o‘zini tartibga solish zarurligi ta’kidlab
o‘tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat
nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar
iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniga ega
bo‘ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz
ishlab
chiqaruvchilarni
butun
jamiyat
manfaatlari
uchun
harakat
qilishgarag‘batlantiradi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxir-oqibatda
faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan
belgilangan tashqi savdo tartib – qoidalari milliyiste’molchilarga faqat zarar
keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to‘lovi milliy ishlab
chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv
qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir- oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori
xarajatlari va mahsulotning past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past
sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo‘lgan milliy iste’molchilar
yutqazadi.
A.Smitning "Tinch qo‘yish" nazariyasi, 1923-1933 yillarda bozor
iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy
inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning
iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qilishiniko‘rsatdi.
Davlatning iqtisodiyotdagi boshqaruvini oshirish masalasi Dj.M.Keynsning
«Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyalari» nomli kitobida o‘z aksini
topdi (1936). U davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib,
jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan bandligini
ta’minlashi zarurligini isbotlaydi.
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‘rsatmalar u yoki bu
Ilmiybaza.uz
darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo‘lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi.
Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi o‘rnining yanada ko‘proq oshib borish
holati ro‘y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim
maqsadi sifatida nafaqat siklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlilikni
ta’minlash, balki iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit ishlab chiqarish
jarayonini optimallashtirishni rag‘batlantirish tanolinadi.
XX asrning 70-yillariga kelib, iqtisodiy qarashlarning monetarizm va uning
«reygonomika», «tetcherizm» kabi ko‘rinishlarida davlatning iqtisodiyotga
aralashuvini cheklash g‘oyasi ilgari surildi. Lekin bozorning o‘z-o‘zini
boshqarishdagi kamchiliklari natijasida 2008 yilda boshlanganjahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi bu muammoga boshqacha ko‘z bilan qarashga majbur qildi.
Angliyaning London shahrida 2008 yilning 2 aprelida bo‘lib o‘tgan jahonning eng
rivojlangan 20 ta mamlakati rahbarlarining sammitida bir ovozdan davlat
iqtisodiyotga aralashuvi zarur degan fikr o‘z tasdig‘initopdi.
2. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi vazifalari. Davlat iqtisodiy
siyosatiningmaqsadi.
Davlat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanadi va ayni vaqtda bozor
tizimi faoliyat qilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyotida bu davlatning
iqtisodiy vazifalarida ifodalanadi. Bular quyidagilar:
bozor iqtisodiyoti me’yorida faoliyat qilish uchun huquqiy asosni vujudga
keltirish vatakomillashtirish;
raqobatni himoya qilish;
daromad va boylikni oqilona qaytataqsimlash;
resurslarni qaytataqsimlash;
iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni inflyasiya va bandlik darajasi ustidan
nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishnirag‘batlantirish;
tashqi samarani tartibga solish.
Davlat ozor iqtisodiyotining samarali amal qilishning shart-sharoiti
Ilmiybaza.uz
hisoblangan huquqiy asosni ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oladi. Bozor
iqtisodiyoti uchun zaruriy, huquqiy asosni quyidagi tadbirlar taqozo qiladi: xususiy
korxonalarga qonuniy mavqeini berish; xususiy mulkchilik xuquqini aniqlash va
shartnomalarga amal qilishini kafolatlash; korxonalar, resurslarni yetkazib
beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonuniy
bitimlarni ishlab chiqish va shu kabilar. O‘zbekiston Respublikasining korxonalar,
tadbirkor- lik va aksionerlik jamiyatlar to‘g‘risidagi qonunlari hamda
ulargakiritilgan qo‘shimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish bo‘yicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy, huquqiy
asosni ta’minlashga qaratilgan.
Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta’minlash o‘z ichiga ichki tartibni saqlash
mahsulot sifati va og‘irligini o‘lchashga andozalar belgilash tovarlar va xizmatlar
ayriboshlashini yengillashtirish uchun milliy pul tizimini muomalaga kiritish
kabilarni oladi.Monopoliya raqobatning o‘rnini almashtirganda, sotuvchilar bozorga
ta’sir ko‘rsatishi yoki undagi narxlarni o‘z manfaatlarini ko‘zlab o‘zgartirishi
mumkin. Monopoliyalar o‘zlarining takliflari umumiy hajmini tartibga solish
layoqatidan foydalanib, mahsulot hajmini sun’iy cheklash orqali ularga ancha yuqori
narx belgilash va shu orqali ancha barqaror foyda olishi mumkin.
Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usulda
nazorat o‘rnatiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar “raqobatli
bozor” mavjud bo‘lish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradigan tabiiy monopoliyalar deb
nomlanadigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va ko‘rsatiladigan
xizmatlarga andozalarni o‘rnatadi. Transport, aloqa, elektr quvvati ishlab chiqarish
va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma’lum darajada shunday tartibga
solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko‘pchilik bozorlarda
raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta’minlanishi sababli davlat raqobatini
quchaytirish va himoya qilish maqsadida mono- poliyalarga qarshi qonunlar
qabulqiladi.Bizning Respublikada ham monopol faoliyatni cheklash, tovarlar
bozorida raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar va tadbirkorlar manfaatini himoya
qilishga qaratilgan qator qonunlar qabul qilingan.
Ilmiybaza.uz
Bozor tizimi kishilarning tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va malakasi hamda
mulkka egaligini hisobga olib, ularning yuqori daromad olishini ta’minlaydi. Shu
bilan birga jamiyatning moddiy vositalargaegabo‘lmagan, bilim va malaka darajasi
past, layoqati ham yuqori bo‘lmagan a’zolari, qariyalar, nogironlar, ishsizlar yolg‘iz
va qaramog‘ida bolalari bo‘lgan ayollar juda kam daromad oladi yoki bozor tizimi
doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo‘lmaydi. Qisqasi, bozor tizimi
pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a’zolari o‘rtasida taqsimlashda
birmuncha tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli davlat o‘z zimmasiga
daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu vazifa bir qator tadbir va
dasturlarda o‘z ifodasinitopadi.
Birinchidan, transfert to‘lovlari orqasi muhtojlarni, nogironlarni va birovning
qaramog‘ida bo‘lganlarni nafaqalar hamda ishsizlarni ishsizlik nafaqalari bilan
ta’minlaydi. Ijtimoiy ta’minot dasturlari orqali pensionerlar va qariyalarga
moliyaviy yordam ko‘rsatiladi.
Bu barcha dasturlar davlat byudjeti mablag‘larini, jamiyatning kam daromad olgan
yoki umuman daromadga ega bo‘lmagan a’zolari hisobiga qayta taqsimlaydi.
Ikkinchidan, davlat bozorini tartibga solish yo‘li bilan, ya’nitalab va taklif
ta’sirida o‘rnatiladigan narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan ham daromadlarning
taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Me’yoridagi oziq-ovqat tovarlariga o‘rnatiladigan
imtiyozli narxlar va ish haqining eng kam (minimal) darajasi haqidagi qonunchilik
davlatning, aholining ma’lum qatlami daromadlarini oshirishga qaratilgan
tadbirlarining yana bir misolidir.Davlat jamiyat a’zolari o‘rtasida daromadlarni
qayta taqsimlashda soliq tizimidan ham keng foydalanadi (soliq imtiyozlari orqali).
Bozor mexanizmining resurslarni qayta taqsimlashdagi layoqatsizligi ikki
holatda ko‘rinadi, ya’ni raqobatli bozor tizimi: 1) ma’lum tovarlar va xizmatlarning
kam miqdorini ishlab chiqaradi; 2) ishlab chiqarishi o‘zini oqlagan ayrim tovarlar
va
xizmatlarga
resurslarning
har
qanday
turini
ajratish
holatida
bo‘lmaydi.Resurslarning qayta taqsimlanishi tovarlarni ishlab chiqarish yoki
iste’mol qilish bilan bog‘liq foyda yoki zarar, uchinchi tomonga, ya’ni bevosita
xaridor yoki sotuvchi hisoblanmaganlar tomonga “joyini o‘zgartirsa” vujudga
Ilmiybaza.uz
keladi. Bu qo‘shimcha samara deb ataladi, chunki u bozor qatnashchisi
hisoblanmaganlar hissasiga to‘g‘ri keluvchi foyda yoki zararni ifodalaydi. Bunga
atrof-muhitning ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin. Kimyo korxonasi
o‘zining sanoat chiqitlarini ko‘l yoki daryoga oqizsa, bu cho‘miluvchilar, baliqchilar
va atrofdagi aholiga zarar keltiradi.
Ishlab chiqaruvchi esa muhofaza inshoot va uskunalar o‘rnatmaganligi
hisobiga ishlab chiqarish xarajatlarining ancha past darajasini ta’min- laydi. Davlat
resurslarining nomutanosib taqsimlanishi vujudga keltiradigan bu holatlarni tartibga
solish uchun qonunchilik tadbirlarini qo‘llaydi yoki mahsus soliq va jarimalardan
foydalanadi.Masalan, atrof-muhit va suv havzalarining ifloslanishini taqiqlovchi
yoki cheklovchi qonunlar, ishlab chiqaruvchilarni o‘zlarining sanoat chiqitlarini
ishlab chiqarish jarayonida ifloslangan suvni tozalovchi qurilmalar sotib olish va
o‘rnatish bilan yo‘qotishga majbur qiladi.Boshqa holda davlat maxsus soliqlarni
kiritish yordamida, atrof-mu- hitni ifloslantiruvchi korxonalarga boshqalarga
keltirishi mumkin bo‘lgan zararni yuklashga harakat qiladi.
Davlat bir qator yo‘llar bilan resurslarning nomutanosib taqsimla- nishi
keltirib chiqaradigan oqibatlarni yumshatishga ham harakat qiladi.
Birinchidan, iste’molchilarning aniq tovar va xizmatlarni xarid qilish
qobiliyatini oshirish yo‘li bilan ularning talabi kengaytirildi. Masalan, bizning
Respublikamizda islohotlarning dastlabki davrida oziq- ovqat mahsulotlariga
bo‘lgan talabni oshiradi va shu orqali resurslarning nomutanosib taqsimlanishini
bartaraf qiladi.
Ikkinchidan, davlat taklifini oshirish maqsadida ishlab chiqarishni
subsidiyalashi
mumkin.
Subsidiyalar
ishlab
chiqaruvchilarning
zararlariniqisqartiradi
va
mahsulotlarni
ishlab
chiqarishda
resurslarning
yetishmasligi bartaraf qilinadi.
Uchinchidan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne’matlarni ishlab
chiqaruvchisi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslanadi va
davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ularni moliyalashtirishni davlat o‘z
zimmasiga oladi.
Ilmiybaza.uz
Bular fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, milliy mudofaa, favqulodda ro‘y beradigan
tabiiy hodisalarga qarshi kurash, ichki tartibni saqlash shular jumlasidandir.
Davlat
byudjet
mablag‘lari
hisobiga
resurslarni
hususiy
sohada
qo‘llanilishdan bo‘shatadi hamda ularni ijtimoiy ne’mat va xizmatlar ishlab
chiqarishga yo‘naltirish mumkin. Shunday qilib, davlat mamlakat milliy mahsuloti
tarkibida
muhim
o‘zgarishlarni
amalga
oshirish
maqsadida
resurslarni
qaytataqsimlaydi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiyotning barcha sohalarini
resurslar bilan ta’minlash, to‘liq bandlik va narxlarning barqaror darajasiga
erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish davlatning eng
muhim vazifasi hisoblanadi.
Iqtisodiyotda to‘liq bandlikni ta’minlash uchun umumiy sarflar, ya’ni xususiy va
davlat sarflarining hajmi yetarli bo‘lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy ne’matlar va
xizmatlarga o‘z xarajatlarini ko‘paytiradi, boshqa tomondan xususiy sektorning
sarflarini rag‘batlantirish maqsadida soliqlarni qisqartiradi.
Agar jami sarflar to‘liq bandlik sharoitida taklif hajmidan oshib ketsa, bu
narxlar darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Jami sarflarning mazkur ortiqcha
darajasi inflyasion xususiyat kasb etadi. Bunday holda davlat soliqlarni oshirish
orqali xususiy sektor sarflarini qisqartirish va shu yo‘l bilan ortiqcha sarflarni
tugatishga harakat qiladi. Iqtisodiyotda imsizlik mavjud bo‘lganda davlat
sarflarining ko‘payishi jami sarflar, ishlab chiqarish hajmiva bandlilikning o‘sishiga
olibkeladi. O‘z navbatida, soliqlarning qisqarishi yoki transfert to‘lovlarining
ko‘payishi daromadlarni ko‘paytiradi. Bu daromadlar shaxsiy sarflarning o‘sishini
rag‘batlantirishga xizmatqiladi.Davlat o‘z ishlab chiqarishini moliyalashtirishdan
tashqari ijtimoiy sug‘o‘rta va ijtimoiy ta’minotning bir qator dasturlarini amalga
oshiradi, iqtisodiyotning xususiy va kooperativ sektorida daromadlarni qayta
taqsimlaydi. Davlat tartibga soluvchi xususiyatga ega bo‘lgan bir qator vaziyatlarni
ham amalga oshiradi. Bularga atrof-muhitni himoya qilish, aholi sog‘lig‘ini saqlash,
bo‘sh ishchi o‘rinlarigaega bo‘lishning teng sharoitini ta’minlash va ma’lum
sohalarda narx belgilash amaliyoti usti- dan nazorat qilish va shu kabilarni kiritish
Ilmiybaza.uz
mumkin.Tashqi samara ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti
nafaqat ijobiy, balki salbiy naflilikka ega bo‘lgan ne’matlarni ham ishlab chiqaradi.
Ulardan foydalanish yoki iste’mol qilish atrof muhit ifloslanishiga olib keladi yoki
kishilar sog‘ligiga zarar yetkazadi. Ijtimoiy tavsifdagi ne’matlar ham borki, ular
faqat davlat tomonidan ishlab chiqarilib, butun jamiyat a’zolari yoki alohida kishilar
guruhi bahramand bo‘lishi taqazo qilinadi.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ikki yo‘nalishda kechadi. Birinchidan,
iqtisodiyotning davlat sektorini tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar milliy
iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida tovar va xizmatlar yaratib bozor
munosabatlarida ishtirok etadi. Ikkinchidan, davlat umumiy manfaatlarini
ifodalovchi kuch sifatida milliy iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etadi.
Respublikamizda yaqin istiqbolda ham: “iqtisodiyotda davlat ishtirokini
kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarinihimoya qilish va uning istiqbolli rolini
yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining
rag‘batlantirishga qaratilgan institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish”
nazarda tutiladi. Bunda quyidagilarga ustuvorlikberiladi:
davlat mulkini xususiylashtirish tartib-tamoyillarni yanada kengaytirish
vasoddalashtirish;
xo‘jalik
yurituvchi
sub’yektlarning
ustav
jamg‘armalarida
davlat
ishtirokinikamaytirish;
davlat mulkini xususiylashtirilgan ob’yektlarning bazasida xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
korporativ boshqaruvining zamonaviy standartlari va usullarini joriyetish;
davlat-xususiy sherikliknikengaytirish;
nodavlat, jamoat tashkilotlar va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
rolinioshirish.
Davlatning turli muassasalari iste’molchi sifatida bozordan resurslar va
iste’mol tovarlarni sotib olganda xaridor sifatida bozor aloqalarida ishtirok etadi.
Davlat korxonalari bozorga o‘z tovar va xizmatlarini taklif etadi va bozordagi
Ilmiybaza.uz
resurslarga talab bildiradi. Har ikki holatda davlat bozor iqtisodiyotining sub’yekti
vazifasini o‘taydi. Biroq, davlat bozorga nisbatan tashqi kuch sifatida ham
maydonga chiqib butun iqtisodiyotni boshqarishda ishtirok etadi va bunda butun
jamiyat nomidan ish ko‘radi. Davlat korxonalari va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi
iqtisodiy aloqalarni hamda tovarlar va resurslar bozorini tartibga soladi.
Davlatning oilalarga beradigan turli transferlari ularning xarid qobiliyatini oshiradi,
bu esa o‘z navbatida talabni shu orqali bozorni kengaytiradi. Davlat sektori
korxonalarida yaratilgan tovar va xizmatlar taklifini oshiradi.Davlat sektori butun
jamiyat uchun zarur bo‘lgan xususiy korxonalar ishlab chiqarilmaydigan tovar va
xizmatlarni yaratadi. Aksariyat hollarda davlat sektori ishlab chiqarish
infratuzilmasi, yonilg‘i-energetika, transport, yo‘l va suv xo‘jaligi, aloqa kabi
sohalarni qamrab oladi.
Ularning xizmatlari milliy iqtisodiyotning rivoji uchun zarur bo‘lganligi
sababli shu sohalar xarajatini qoplashni davlat o‘z zimmasiga olib, iqtisodiy o‘sishga
turtkiberadi.Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bozor mexanizmining amal
qilishiga xalaqit qilmasligi, aksincha bunga sharoit yaratib, zarur bo‘lganda bu
mexanizmni to‘ldirib turishi ham talab qilinadi.Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotini
tartiblashda bozor va davlat mexanizmi birgalikda amal qiladi. Biroq, ularning
nisbati iqtisodiyotdagi vaziyatdan kelib chiqib turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan,
Italiya, Yaponiya, Avstriya, Fransiya, Shvesiyada davlatning roli kuchli bo‘lsa,
AQSH va Germaniyada bozor mexanizmi ustuvorlikkaega.
Davlatning tartibga solish rolini iqtisodiyot rivojining umumiy holati ham
belgilaydi. Iqtisodiyot barqaror o‘sayotgan va bozor mexanizmi samarali ishlab
turganidan davlat iqtisodiyotga kamroq aralashadi. Aksincha, iqtisodiyot inqirozli
holatda
bo‘lganda
davlat
uning
oqibatlarini
yumshatishga
qarata
aralashuvifaollashadi.
3.Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari va tartibga solishdastaklari
Davlatning iqtisodiy siyosati — bu iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy
Ilmiybaza.uz
o‘sishni rag‘batlantirish, bandlikni ta’minlash va inflyasiyani oldini olish orqali
aholi farovonligini oshirib borishga qaratilgan chora-tadbirlaridir.Davlatning
iqtisodiy siyosati har doim mamlakat iqtisodiy rivojlanishining ichki va tashqi
sharoitlarini hisobga oladi. Bunda eng avval mamlakat iqtisodiyotining holati,
xalqaro iqtisodiy kon’yunkturaning milliy iqtisodiyotga ta’siri, undan kutilayotgan
o‘zgarishlar,
mamlakat
zimmasiga
olgan
xalqaro
majburiyatlar,
milliy
iqtisodiyotning resurslar bilan ta’minlanish darajasi kabilarga e’tibor qaratiladi.
Davlatning iqtisodiy siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda
ma’lum maqsadlarni ko‘zlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar:
1.
Barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. Bu yalpi ichki mahsulotning bir
maromda va yetarli sur’atlar bilan o‘sishiga sharoit hozirlashni bildiradi, chunki u
qanchalik tez o‘ssa, mamlakat iqtisodiy qudrati shunchalikortadi.
2.
Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini mustahkamlash. Iqtisodiyot qanchalik
mustaqil bo‘lsa, shunchalik milliy manfaatlarga ko‘proq xizmatqiladi.
3.
Iqtisodiy xavfsizlikni kafolatlash. Bu iqtisodiy oqimlar uzluksizligini, ya’ni
takror ishlab chiqarishning to‘xtovsiz davom etishini, iqtisodiy falajlikka yo‘l
qo‘yilmasliginibildiradi.
4.
Milliy pul barqarorligini ta’minlash. Bu mamlakatdagi pul muomalasining
me’yorida borishiga erishish, uni iqtisodiy aloqalarning barqaror vositasiga
aylantirish imkoniniberadi.
5.
Aholi turmush farovonligini muttasil oshirib borish. Bu iqtisodiyotning
ijtimoiyligini to‘laroq yuzaga chiqarishgako‘maklashadi.
6.
Milliy xo‘jalikning xalqaro integrasion jarayonlarda faol ishtirok etishga
erishish. Bu mamlakatning jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rnini topishi, xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning
teng
xuquqli
ishtirokchisiga
aylanishiga
erishishga
sharoityaratadi.
7.
Bular iqtisodiy siyosatning strategik, ya’ni uzoq davrga muljallangan maqsadi
hisoblanadi. Davlat strategik maqsadlardan kelib chiqib qisqa davrdagi vazifalarini
belgilaydi. Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narxlarning
barqarorligini ta’minlash, investision faollikni rag‘batlantirish, eksport salohiyatini
Ilmiybaza.uz
oshirish, innovasion rivojlanishni ta’minlash, yangi tashqi bozorlarga kirib borish
kabilarkiradi.
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi.
Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:
bevosita ta’sir qilishusullari;
bilvosita ta’sir qilishusullari;
tashqi iqtisodiyusullar.
Markazdan boshqarish tartibi ustun bo‘lgan mamlakatlarda davlatning
iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo‘lsa, bozor
iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan
bog‘langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori
mavjud. Davlat xilma-xil shakldagi kapitalga egalik qiladi, kreditlar beradi,
korxonalarga mulkdor hisoblanadi. Bu davlatning ijtimoiy kapitalning bir qismiga
egalik qilishiga olib keladi.Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy
vositalardan foydalaniladi. Ma’muriy vositalar davlat xokimiyati kuchiga tayanadi
va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o‘z ichiga
oladi.Tartibga solishning ma’muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror
ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to‘g‘ridan- to‘g‘ri tartibga
solish ko‘zda tutiladi. Ayniqsa, ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda
iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo‘lib, ma’muriy
vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida
ko‘rsatish mumkin:
a)iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari transport, aloqa, atom va elektr- energetika,
kommunal xizmat va boshqalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va
tadbirkor sifatida o‘ziga qarashli korxona va tashkilotchilar iqtisodiy hayotida faol
qatnashadi. Davlat tadbirkorligi, ma’lum doirada amal qilib, ko‘pincha texnologiya
sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo‘lmagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi.
Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma’lum sharoitlarda iqtisodiy o‘sish uchun zarur
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, vaqt o‘tishi bilan samarasiz bo‘lib qolishiham mumkin.
Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik ob’yektiga aylantiriladi.
Ilmiybaza.uz
Respublikada “Iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifadavlatning
funksiyalarini qisqartirish uning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga birinchi galda
xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash”1hisoblanadi;
b) narxlar vaish haqini qotirib qo‘yish siyosati:
bu iqtisodiyotga aralashishning antiinflyasion tadbirlar hisoblanib, inflyasiyaning
yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish
qonun bilan taqiqlandi yoki ma’lum doira bilan cheklanadi. Antiinflyasion tadbirlar
orqali inflyasiyadarajasining pasayishi investisiyalarga rag‘bat beradi;
v) ish bilan bandlilik xizmati faoliyati (mehnat birjalari) ni tashkil qilish:
davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko‘radi.
Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’- minlanmaganlarga nafaqa
beradi, muhtojlarga yordam ko‘rsatadi;
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va
qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to‘g‘risidagi, bank
sohalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko‘zda tutuvchi
qonunlar.)
Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo‘li bilan kafolatlanadi, turli
mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi, monopoliyalarga yo‘l berilmaydi va
erkin raqobatga sharoit yaratiladi. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy
dastak va vositalarga ustunlik beriladi.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizasiya ajratmalari
alohida o‘rin o‘ynaydi. U hozirgi sharoitda jamg‘arish va iqtisodiyotdagi
tarkibiyo‘zgarishlarni rag‘batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy sikl va
bandlikka ta’sir ko‘rsatuvchi muhim dastakhisoblanadi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo‘yilmalari muhim rol o‘ynaydi.
Jumladan, bozor kon’yukturasi yomonlashgan, turg‘unlik yoki inqiroz sharoitida
xususiy kapital qo‘yilmalar qisqaradi, davlat investisiyalari esa odatda o‘sadi. Shu
orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o‘sishiga qarshi
turishgaharakat qiladi.Davlat kapital qiymatlari iqtisodiyot tarkibiy tuzilishidagi
o‘zgarishlarda ham sezilarli o‘ringa ega bo‘ladi, masalan, davlat, xususiy
Ilmiybaza.uz
kapitalining oqib kelishi yetarli bo‘lmagan mintaqalar, tarmoqlar yoki faoliyat
sohalarida yangi ob’yektlar qurish va eskilarini qayta qurollantirish orqali
iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bulardan tashqari davlat kapital
qo‘yilmalari ilmiy-tadqiqot ishlarida, kadrlar tayyorlashda, tashqi savdo va chetga
kapital chiqarishda ham katta rol o‘ynaydi.
IDTTSning oliy shakli davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi
tartibga solishning barchausuli va vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat.
Iqtisodiy dasturlar o‘rta muddatli, favqulodli va maqsadli bo‘lishi mumkin. O‘rta
muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favqulodli dasturlar
tig‘iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyasiya
sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bo‘ladi. Bunday
maqsadli dasturlarning ob’yekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy
tadqiqotlarning har xil yo‘nalishlari bo‘lishi mumkin.IDTTS tashqi iqtisodiy usullar
yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali
mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga bevosita
ta’sir ko‘rsatiladi.Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini
rag‘batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investisiyalar va
eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiyaloqalarga cheklashlar kiritish yoki
bekor qilish, tashqi savdoda boj to‘lovlarini o‘zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga
chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo‘yichatadbirlar, mamlakatga chetdan
ishchi kuchini jalb qilish, halqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo
uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga
solishning asosiy vositalaridir.
Shunday qilib, IDTTSning qarab chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy
usullari birgalikda milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va
mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.Davlat o‘zining
iqtisodiy siyosatini tartibga solishning turli vositalari yordamida amalga oshiradi.
Bular birinchidan, tartibga solishning iqtisodiy vositalar bo‘lib, ularga soliqlar,
subsidiyalar, hisob stavkalari, davlat buyurtmalari, investisiyalari va transfertlari,
turli iqtisodiy sanksiyalar kiradi. Ikkinchisi, huquqiy vositalar. Bu iqtisodiy faoliyat
Ilmiybaza.uz
tartibi va qoidalarini, uning davlat tomonidan rag‘batlantirilishini belgilab beruvchi
qonunlarni, ularga mos ravishdagi qonun osti hujjatlarni ishlab chiqish, ularni qabul
qilish va joriy etishdan iboratdir.Uchinchisi, ma’muriy vositalar. Ma’muriy vositalar
qo‘shimcha hisoblanib, u bozor tizimida yaxshi natija bermaganida cheklangan
holda qo‘llaniladi.
Davlatning iqtisodiy siyosati pul-kredit, fiskal, investision, agrar, ijtimoiy,
daromadlarni tartibga solish, tashqi iqtisodiy va global iqtisodiy siyosat kabilardan
iboratbo‘ladi.Pul-kredit siyosati — bu davlatning monetar siyosati bo‘lib, u pul
muomalasini tartiblash, tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash,
iqtisodiyotdagi pul oqimlarini tartibga solib turishga qaratiladi. Uning maqsadi
narxlarni va shunga mos ravishda milliy pul birligi xarid qobiliyatini ushlab turish,
valyuta kursinibarqarorlashtirish, oxir-oqibatda pulga talab bilan uning taklifini
muvozanatlashtirishga qaratilgan.
Monetar siyosatni amalga oshirishda hisob stavkasini o‘zgartirish, ochiq
bozordagi operasiyalar va majburiy ehtiyotlarni o‘rnatish kabi iqtisodiy vositalardan
foydalaniladi.
Davlatning monetar siyosat qattiq yoki yumshoq pul-kredit siyosat bo‘lishi
mumkin.
Qattiq pul-kredit siyosatni amalga oshirishda pul massasining uni emissiya
qilish hisobidan o‘sib borishi qat’iy chegaralanadi. Natijada pul taklifi qisqarib tovar
massasiga tenglashadi. Pul taklifining qisqarishi talabni kamaytiradi, natijada
narxlar va pul birligining xarid qo- biliyati barqarorlashadi. Ishlab pul topishga
intilish iqtisodiyotning jonlanishiga olib keladi. Bunday siyosat odatda iqtisodiyotni
tanglikdan chiqarish yoki inflyasiyani bartaraf qilish maqsadidaqo‘llaniladi.
Yumshoq pul-kredit siyosatini amalga oshirishda davlat pul massasining
ortishiga to‘sqinlik qilmaydi, pul emissiyasi mutloq cheklanmaydi, natijada pul
taklifi ko‘payib, tovarlarning arzonlashuvi yuz beradi. Yumshoq pul-kredit siyosati
iqtisodiyotning o‘sish pallasida bo‘lganda ko‘proq qo‘llaniladi, chunki pul
massasining o‘sishiga qarab tovarlar massasi ham ko‘payadi. Bunda tovar-pul
muvozanati pul taklifini qisqartirish hisobidan emas, balki tovarlarning ko‘payishi
Ilmiybaza.uz
tufayli ta’minlanib turadi.
Fiskal siyosat – bu davlatning soliq-byudjet siyosatidir, unga binoan soliq
tushumlari belgilanadi, byudjet mablag‘lari aniq maqsadlar yo‘lida ishlatilishi
ko‘zda tutiladi.
Soliq siyosatini amalga oshirishda davlat soliqlar vositasida byudjetga pul
tushumini ta’minlaydi. Unga binoan soliq turlari, soliq stavkalari, soliq solinadigan
ob’yektlar, soliq imtiyozlari, soliq undirish tartibi belgilanadi.Soliqlar davlatning
iqtisodiyotga ta’sir etishida qo‘llaniladigan asosiy moliyaviy dastakdir. “Soliq,
tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga
ega bo‘lishi lozim”.Iqtisodiyotni rag‘batlantirish zarur bo‘lganda soliqlardan
imtiyozlar beriladi. Bunda soliq yuki kamaytiriladi, soliqni undirish muddati
cho‘ziladi yoki umuman soliqdan ozod qilinadi. Natijada korxonalar tasarrufidagi
foyda ko‘payadi, uni investisiya qilish, ya’ni qaytadan ishlab chiqarishni o‘stirishga
yo‘naltirish imkoniyati kengayadi. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida
O‘zbekistonda foydadan to‘lanadigan soliq stavkasi 2004 yildagi 24%dan 2009
yilda 12%, 2012 yilda 9% va 2016 yilda
8% ga tushirildi.
Fiskal siyosat ikki xil yo‘ldan amalga oshiriladi.
1.
Iqtisodiyotni
barqarorlashtiruvchi
amaldagi
moliyaviy
normativlarni
qo‘llashni davom ettirish. Bular jumlasiga soliq stavkalarini, ishsizlik nafaqasi,
daromadlarning inflyasiyaga qarab indeksasiyalash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish
normativlarini kiritish mumkin.
2.
Yangi moliyaviy normativlarni kiritish. Bu diskresion fiskal siyosat deb
yuritiladi. Mazkur siyosat doirasida yangi soliq stavkalari joriy etiladi, uning yangi
turlari kiritiladi, byudjet mablag‘larini sarflash normativlari o‘zgartiriladi.
Diskresion siyosat iqtisodiyotning o‘zgargan sharoitga moslashish siyosatidir.
Iqtisodiyot bir maromda o‘sib borganda birinchisi,u tanglikka uchraganda diskresion
siyosat ustuvor bo‘ladi.Fiskal siyosatda davlat byudjeti orqali ham iqtisodiy
faollikka ta’sir ko‘rsatadi. Byudjet mablag‘lari hisobidan davlat ishlab chiqarish
Ilmiybaza.uz
infratuzilmasiga katta hajmdagi investisiyalarni ajratadi, milliy iqtisodiyot uchun
ahamiyatli faoliyat (masalan, yangi texnologiyani yaratish) bilan shug‘ullanuvchi
korxonalarga subsidiya beriladi. Subsidiya moliyaviy yordam sifatida qaytarib
olinmaydi, uning hisobidan xarajatlar qoplanib foyda ko‘payadi, bu bilan korxonalar
faoliyati rag‘batlantiriladi.Byudjet siyosati ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini
uzluksiz kerakli miqdordagi pul mablag‘lari bilan ta’minlab turishga ham qaratiladi.
Davlat byudjeti balanslashgan bo‘lishi, ya’ni taqchillikka yo‘l qo‘ymaslik, u yuz
bergan taqdirda ham me’yorida bo‘lishiga qaratiladi. Fiskal siyosat davlatning ichki
va tashqi qarzlari me’yorida bo‘lishini ta’minlashda hamahamiyatli.
Fiskal siyosat faol yoki passiv tavsifga ega bo‘lishi mumkin.
Faol fiskal siyosatni amalga oshirishda diskresion vositalar ishga solinadi,
jumladan, soliqlar kamaytiriladi, ulardan imtiyozlar beriladi, byudjetdan transfertlar
berish ko‘paytiriladi, firmalar subsidiyalar oladi. Bularning barchasi iqtisodiy
faollikka olib keladi, korxonalar xarajati qisqarib foydasi ortadi, aholining
transfertlar hisobidan xarid qobiliyati oshadi. Xullas, bu siyosat yalpi talabni
rag‘batlantiradi.
Passiv fiskal siyosat moliyaviy dastaklarni o‘zgartirmay, ularning
erkinishlashiga yo‘l berishga qaratiladi. Iqtisodiyotning barqaror yuksalib borishi
tufayli moliyaviy dastaklarni o‘zgartirishga zaruriyat qolmaydi. Demak, bu siyosat
iqtisodiy o‘sish tuxtovsiz borayotgan kezlarda nafberadi.
Agrar siyosat davlatning qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
siyosatidir. U qishloq xujaligining barqaror o‘sishini, oziq- ovqat mustaqilligi va
xavfsizligini ta’minlashni ko‘zda tutadi. Mazkur siyosat doirasida davlat qishloqda
ishlab chiqarish infratuzilmasining (suv xo‘jaligi, yo‘l qurilishi, gaz va elektr
energiya ta’minotining) xarajatlarini qisman o‘z zimmasiga oladi, yerni ijaraga olib
ishlatilishini, uni garovga qo‘yib kredit olishni huquqiy jihatdan ta’minlaydi. Agrar
siyosatda xarid narxlari, davlat subsidiyalari kabi moliyaviy dastaklar qo‘llaniladi.
Dehqon va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yer solig‘i yuki yengillashtiriladi.
Masalan, O‘zbekistonda yagona yer solig‘i qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bozor
qiymatining 3-5% idan oshmaydi.Qishloq xujaligida rentabellik nisbatan past
Ilmiybaza.uz
bo‘lganligidan kapitalning tarmoqdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat
fermerlarga subsidiya berib, uning hisobidan xarajatlarni qisman qoplaydi va ular
me’yordagi daromadga ega bo‘lishni ta’minlaydi.
Hozirgi davrda davlatning agrar siyosatida:birinchidan “...ekin maydonlari va
ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish va
hosildorlikni
oshirish,
meva-sabzavot
vuzum
yetishtirishni
ko‘paytirish”ikkinchidan, “fermer xo‘jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy holatini
mustahkamlash. Oxirgi 10 yil mobaynida mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash
materiallari va urug‘lik narxining o‘sishi bilan paxta xomashyosi va g‘allani xarid
qilish narxlari o‘sishi o‘rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda” uchinchidan,
“agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda ijobiy natija bermayotgan
va
mutlaqo chala
tizimga barham berish”ga ustuvorlik qaratiladi.
Tashqi iqtisodiy siyosat davlatning o‘zaro foydali tashqi iqtisodiy aloqalarini
rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotini jahon xo‘jaligi bilan integrasiyalashuvini
ta’minlashga qaratiladi. Bu siyosatning asosiy maqsadi milliy iqtisodiyotning jahon
xo‘jaligidagi mavqeini mustahkamlab borishda niborat. Unga binoan eksport va
import, chetga kapital chiqarish va chetdan kapital kiritish, ishchi kuchi
migrasiyasini tartibga solishga doir tadbirlar amalga oshiriladi. Bu siyosatda
bojxona to‘lovlari, eksport-import lisenziyalari va kvotalari kabi vositalar
qo‘llaniladi. Eksportni ko‘paytirish zarur bo‘lsa unga lisenziyalar beriladi, eksport
kvotasi oshiriladi. Importni qisqartirish ma’qul bo‘lsa, uning kvotasi kamaytiriladi,
import uchun boj to‘lovi oshiriladi, unga lisenziya berishchegaralanadi.Davlatning
tashqi iqtisodiy siyosati kapital chiqarish va kapital kiritish tartibini ham belgilaydi.
Kapital kiritish zarur bo‘lsa, u rag‘batlantiriladi. Kapital chiqishi ma’qul bo‘lsa
davlat bunga turliimtiyozlar orqali sharoit yaratib beradi. Davlat chetga ishchi
kuchini chiqarishni ham tartibga soladi. Bordi-yu, mamlakatga arzon ishchi kuchi
kerak bo‘lsa, uning chetdan kirib kelishi uchun migrasiya qoidalari (chegaradan
o‘tish, yashash va ishlash uchun ruxsat olish va hokazo.) yengillashtiriladi. Davlat
tashqi iqtisodiy siyosatida xalqaro iqtisodiy tashqilotlar bilan hamkorlik qilish ham
ko‘zdatutiladi.
Ilmiybaza.uz
Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining samaradorligi iqtisodiy o‘sish sur’atlari,
inflyasiya darajasi, eksport va import holati, tashqi qarz miqdori, savdo va to‘lov
balansi holati kabi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi.
Global iqtisodiy siyosat iqtisodiy resurslar, yaratilgan tovar va xizmatlarni dunyo
mamlakatlari o‘rtasida taqsimlab, ulardan samarali foydalanishni maqsad qilib
qo‘yadi. Bu siyosatda chetga kapitalni investisiya sifatida chiqarib, uni yuqori
rentabelli sohalarga joylashtirish uchun o‘zaro kelishilgan soliqlar, bank foizlari, boj
to‘lovlari, kvotalar kabi dastaklardan foydalaniladi. Tovarlarning qimmatlashib
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun eksport soliqlar bilan cheklanib, ularning importiga
soliq belgilanmaydi. Bu ikki-tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish deb
yuritiladi. Masalan, qo‘shilgan qiymat yoki aksiz soliqlari tovarlar chetga
chiqarilganda undirilib, ular import qilinganda olinmaydi. O‘zaro kelishuvlar
asosida import qilingan texnologiya ham soliqdan ozod qilinadi. Xalqaro savdo-
sotiqda o‘zaro kelishilgan yengillashtirilgan bojxona to‘lovlari qo‘llaniladi.
Jumladan, xalqaro savdo tashkiloti a’zolari o‘zaro savdo qilganda, mazkur to‘lovlari
tovar qiymatining 10 foizidan oshmasligi kerak. Xalqaro kredit berish tartibi ham
birgalikda belgilanadi. Bunga ko‘ra kredit kvotalari, uni berish muddati va kredit
uchun foiz stavkasi o‘rnatiladi. Xalqaro kreditda kelishilgan foiz stavkasi libor deb
yuritiladi. Liborni yirik London banklari o‘rnatadi, boshqa xalqaro banklar shunga
qarab o‘z foizlarini belgilaydilar. Xalqaro kredit siyosatini yirik kreditor — qarz
beruvchi mamlakatlar banklariamalgaoshiradi. Bular Parij va London qarz
beruvchilar klubini tashkil etadi. Bu kredit siyosati kimga va qancha qarz berishni,
qanday qarzlarni kechib yuborishni, qaysilarining to‘lash muddatini cho‘zishni
belgilab beradi.Yirik xalqaro korporasiyalar davlat ishtirokida eksport va import
kvotalari o‘rnatadilar. Bularga binoan qayerga qancha tovarni eksport va import
qilish, hamda uning tartibi aniqlab beriladi. Integrasion ittifoqlarga kirgan
mamlakatlarda, masalan, Yevropa ittifoqida, davlatlararo eksport va import uchun
qulay sharoit yaratib beriladi, bunda ayrim mamlakatlar tovarlarini diskriminasiya
qilish, ya’ni kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Global iqtisodiy siyosatni transmilliy, ya’ni xalqaro korporasiya va
Ilmiybaza.uz
tashkilotlar, yetakchi davlatlar hukumati, davlatlararo muassasalar va parlament
belgilaydi. Bunga misol qilib Yevroparlament, Yevropa ministrlar kengashi
qo‘llaydigan siyosatni olish mumkin. Bu siyosatda o‘zaro va boshqalar bilan
bo‘ladigan iqtisodiy aloqalarning qaysi yo‘nalishda va qanday tartibda bo‘lishi
ko‘rsatiladi. Global siyosat umuman yoki ayrim sohalarga tatbiqan qo‘llaniladi.
Transmilliy korporasiyalar faqat o‘z faoliyati doirasidagi xalqaro siyosatni
belgilaydi. Masalan, OPEK tashkiloti neftni qazib olish va qayta ishlash kvotalarini,
uning narxini o‘z siyosatiga binoan belgilaydi. Bu yerda qabul qilingan neft
narxining amal qilish doirasi o‘rnatiladi. Xalqaro savdo birjalari jahon narxlarini
o‘rnatishga doir siyosatni amalga oshiradi.
Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki,
Osiyo Taraqqiyot banki kabi xalqaro institutlar valyuta rejimini mustahkamlash,
kreditni rivojlantirishga qaratilgan siyosatni qo‘llaydilar. Ular milliy valyuta kursini
barqarorlashtirish va uning tahlikasini kamaytirish uchun, milliy iqtisodiyotni
rivojlantirib eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kredit siyosatini qo‘llab-
quvvatlaydi.
Global iqtisodiy siyosat davlatlararo ishchi kuchi migrasiyasiga ham
taalluqlidir. Ishchi kuchi migrasiyasini tartibga solish uchun unga oid xalqaro
qoidalar ishlab chiqiladi. Turli mamlakat hukumati va parlamentlari belgilagan
migrasiya qoidalari bir-biriga yaqin turadi. Migrasiya oqimini nazorat qilish tartibi
ham kelishiladi, migrasiyaga oid o‘zaro axborot almashlab turiladi.
Global siyosat tabiiy ravishda globallashuv jarayonining afzalliklaridan foydalanish,
uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratiladi.
4. Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o‘zaro bog‘liqligi
Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilganligi iqtisodiy va ijtimoiy
siyosatning uzviy aloqada bo‘lishini taqozo qiladi. Iqtisodiyot ijtimoiy taraqiyot
uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarni yaratib bersa, o‘z navbatida ijtimoiy
muammolarning hal etilishi inson kapitalining rivoji orqali iqtisodiy o‘sishga xizmat
qiladi. Mana shunday bog‘lanishning amaliy hayotda bo‘lishi iqtisodiy va ijtimoiy
Ilmiybaza.uz
siyosatning
uyg‘unlashuvini
talab
kiladi.Davlatning
ijtimoiy
siyosati-bu
kishilarning hayotiy manfaatlarini yuzaga chiqarish, insonni himoya qilish va kamol
topishiga qaratilgan siyosatdir.
Uning maqsadi umumiy iqtisodiy farovonlikni oshirib borishga ko‘mak
berishdir. Bu siyosatda ish bilan bandlik darajasini belgilash, minimal ish haqini
o‘rnatish, kambag‘allik chegaralarini aniqlash, tirikchilik minimumini belgilash,
ijtimoiy yordam me’yorlarini aniqlash kabilarga ustuvorlik beriladi. Uning asosiy
yo‘nalishlari bandlik, daromad va ijtimoiy yordam siyosatidir.Bandlik siyosati. Bu
mehnatga layoqatli va ishlashni xohlagan kishilarni ish bilan ta’minlash, shu orqali
ularga o‘zini-o‘zi iqtisodiy ta’minlash uchun imkoniyat yaratishni ko‘zda tutadi.
Bunda davlat mamlakatda yangi ish o‘rinlarini yaratish, mavjud ish o‘rinlaridan
to‘laroq foydalanib bandlikni oshirilishini ko‘zda tutadi. Yangi ish o‘rinlarini
yaratgan korxonalarga soliqdan imtiyozlar yoki subsidiyalar beriladi. Shuningdek,
yangi ish o‘rnini yaratib, uni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlab, mehnat
unumdorligini va shunga ko‘ra daromadlarini oshirishga erishish rag‘batlantiriladi.
Bandlik muammosining keskinligiga qarab uni hal etishning u yoki bu yo‘liga
ustuvorlik beriladi. Iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda ishsizlar
nisbatan ko‘p bo‘lganida bandlik siyosati har qanday ish o‘rnini, hatto unumi past
ish o‘rinlarining yaratilishini ham ko‘zda tutadi. Aksincha, iqtisodiy jihatdan yuqori
darajada rivojlangan mamlakatlarda malakali mehnatni band qiluvchi unumi yuqori
ish o‘rinlarini, yaratishga e’tibor qaratiladi. O‘zbekistonda bandlik siyosatida yangi
ish o‘rinlarini yaratishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish
sohalari, dehqon va fermer xo‘jaliklarida ish o‘rinlarini yaratishga ustuvorlik
beriladi. O‘zbekistonda maxsus bandlik fondi mablag‘lari hisobidan ish o‘rinlari
yaratiladi, ishsizlarga nafaqa beriladi va ular yangi kasblarga o‘rgatiladi. Davlat
hisobidan moliyalashtiriladigan fondlar mablag‘lari ham yangi ish o‘rinlarini
yaratishga yo‘naltiriladi.
Ishsizlik darajasi yuqori bo‘lganda, uni kamaytirish uchun hukumat ishchi
kuchini chetga chiqarish choralarini ham ko‘radi. Mehnat migrasiyasi xususida
davlatlararo kelishuvlar tuziladi, migrasiyaga xizmat qiluvchi firmalar tashkil etilib,
Ilmiybaza.uz
ular moliyalashtiriladi.Bandlik siyosatida barcha mehnatga qobiliyatlilarni ish bilan
ta’minlab, 100% bandlikka erishish ko‘zlanmaydi. Mazkur siyosat rivojlangan
mamlakatlarda
mehnatga
yaroqli
aholining
94-95%i
band
bo‘lishini
bildiradi.Daromadlar
siyosati
mazmunan
daromadlarning
taqsimlanishini
tartiblashga qaratiladi. Bu siyosatda ijtimoiy soliqlar, ijtimoiy dotasiyalar va byudjet
transfertlari kabi dastaklar qo‘llaniladi.
Bandlikni, qarilik nafaqasi bilan ta’minlanish va mehnatning ijtimoiy
sug‘o‘rtalanishini ta’minlash uchun korxonalar mehnat haqi mablag‘laridan ijtimoiy
soliqlar undiriladi. Bularning bir qismi davlat tomonidan ishsizlik nafaqasi ish
qobiliyatini vaqtincha yuqotganlarga to‘lovlar sifatida beriladi.
Daromad siyosati soliqlarniprogressiv, ya’ni daromad miqdoriga qarab oshib
borishi tarzida belgilanishini nazarda tutadi. Bundadavlat byudjetida to‘plangan
mablag‘lar muhtojlarga yordamsifatidataqsimlanadi. Daromad siyosati qariyalarni
nafaqa bilan ta’minlashnihamnazarda tutadi. Bunda 2 xil
Nafaqa tizimi mavjud bo‘ladi. Birinchisida, ishlay otganlar daromadining bir
qismi olinib, davlat nafaqasi sifatida beriladi. Ikkinchisi, jamg‘arib boriladigan
pensiya tizimi bo‘lib,unga ko‘ra har bir xodim ishlagan paytidagi daromadining bir
qismini pensiya jamg‘armasiga o‘tkazish orqali pensiya mablag‘ini o‘zi to‘plab
boradi.
Ijtimoiy himoya siyosati aholining nochor qatlamlariga yordam berish, ularni
qo‘llab-quvvatlab turishga qaratiladi. Unga ko‘ra o‘zi ishlab pul topishga qodir
bo‘lmagan kishilarga byudjet mablag‘lari hisobidan moliyaviy yordam ko‘rsatiladi.
Daromadi kam kishilar soliqlardan ozod qilinadi, ularga turli nafaqalar beriladi yoki
bir yo‘la yordam hamko‘rsatiladi. Ijtimoiy yordam miqyosi muhtojlar soniga va
davlatning moliyaviy imkoniyatlariga bog‘liqbo‘ladi.Hozirgi davrda O‘zbekistonda
davlatning ijtimoiy siyosati aholining muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga
qaratiladi. Davlat kommunal xizmatlarni aholiga maqbul narxda yetkazib berish
uchun ularga qayd qilingan ta’riflar belgilanadi va bozor narxlari o‘rtasidagi farqi
byudjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Ayrim hollarda mazkur xizmatlar narxi
oshishi munosabati bilan aholi ayrim toifalariga kompensasiyalar to‘lanadi.
Ilmiybaza.uz
Davlat turli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqib, ularni moliyalashtiradi. Bular
ichida kam ta’minlanganlarga yordam berishdasturlari alohida o‘rintutadi. Bu
dasturlarda kam ta’minlanganlarga nafaqa berish, ularni arzon uy-joy va ish bilan
ta’minlash, bepul tibbiyot xizmatlarini ko‘rsatish, yangi kasblarga tayyorlashga
ustuvorlik beriladi.
Ijtimoiy siyosat jamiyatdagi tengsizlikning haddan tashqari oshib ketishiga
yo‘l ko‘ymaslikka qaratiladi. Bunda aholining haddan tashqari boy-badavlat va
qashshoq-kambag‘al qatlamlarga ajralishining oldi olinadi. Daromadlarning yuqori
va kam ta’minlanganlar o‘rtasida qayta taqsimlanishi orqali tengsizlik qisqartiriladi.
Bunda daromadlarning farqlanish chegarasi belgilanadi. Bunga ko‘ra boylar va
kambag‘allar daromadi o‘rtasidagi farq 13-15 barobardan oshmasligi kerak.
Aytilgan tengsizlik me’yori maqbul hisoblanadi, ijtimoiy siyosat shuni e’tiborga
oladi.
“O‘zbekistonda eng past va eng yuqori daromad oladigan aholi guruhlari
o‘rtasidagi tafovut darajasi so‘nggi yillarda 8 barobarga to‘g‘ri kelmoqda”
Ijtimoiy siyosat daromadlarni tartiblash va ijtimoiy yordam berish orqali
jamiyatdagi, turli ijtimoiy guruhlar hamjihatligini ta’minlashga qaratiladi. Bu bilan
ijtimoiy beqarorlikning oldi olinadi va iqtisodiy o‘sish uchun sharoityaratiladi.
Muhokama uchun savollar
1. Davlatning iqtisodiyotdagi o‘rniga turlicha qarashlarinibaholang?
2. Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha
tavsifinibering?
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning
zarurligini nima taqozo qiladi?
4. Tartibga solish o‘z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo‘yadi?
5. DTTSning bevosita va bilvosita usullariga tavsif bering. Tartibga solishning
ma’muriy va iqtisodiy vositalarini sanab ko‘rsating.
6.
Davlat iqtisodiy dasturlari qanday amalgaoshiriladi?