“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining predmeti
Reja:
1. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining predmeti
2.G‘oyalar ta’limoti tarixi.
3.Qadimgi dinlarning iqtisodiy jihatlari.
1.G‘oyalar kuchi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonida iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani
insonlarni iqtisodiy bilim saviyasini oshirish, iqtisodiy fikr, g‘oya, nazariyalarning kelib
chiqish tarixini, ularning mohiyatini, iqtisodiy maktablar, hozirgi zamon iqtisodiy
yo‘nalishlari, ularning asosiy qoidalarini yaxshi bilish, har bir nazariyaning o‘ziga
xosligini, uning asosiy tomonlarini, nazariya bilan amaliyotni bir-biriga bog‘lab o‘rganish
zarurligini, har qanday iqtisodiy xulosa universal bo‘lmasligini, shu bois ularning amal
qilish xususiyatlarini to‘g‘ri tushinish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi davrda odamlar iqtisodiyot to‘g‘risida imkoni boricha ko‘proq bilishga
intilmoqdalar. Xo‘sh, ummon kabi keng iqtisodiyot fanini o‘rganishni nimadan boshlamoq
kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Iste’molchilar xohishlari odatda chegaralanmagan va cheksizdir, ammo resurslar
(odatda yer, mehnat, kapital va tadbirkorlik layoqati) cheklangandir. Tanqislik
muammosini hal qilish uchun cheklangan iqtisodiy resurslarni cheklanmagan muqobil
variantlar (xohish istaklar) o‘rtasida adolatli taqsimlaydigan ijtimoiy mexanizm zarur.
Bunday taqsimot bir tarafdan iste’molchi istaklarini kamaytirishi va cheklashi, ikkinchi
tomondan esa iqtisodiy resurslar va ne'matlarni yetkazib berishni ko‘paytirishi
kerak.Shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan boshlagani kabi ushbu
fanni o‘rganishni ham uning tarixini o‘rganishdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va
ertangi kun muammolarini to‘la hal etishda o‘tgan asr iqtisodchilaridan barcha savollarga
tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo o‘tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari
hozirgi va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi.
G’oya, qarash, nazariya va ta’limotlar ham ko‘p ming yillik tarixga ega. Lekin
ularning asosiy qismi yozuv paydo bo‘lganidan so‘ng yozma manbalardan bizgacha yetib
kelgan. Bu manbalar, ulardagi g‘oyalar, avvalo, insoniyatning muqaddas mulkidir, uni
topish, o‘rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo‘lsa, ulardagi nodir fikrlarni hayotga
tatbiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etishi bilan birga katta tarbiyaviy
ahamiyatga ham ega.
Iqtisodiyot baynalmilal hodisa bo‘lib, uning oldida turgan vazifalar barcha xalqlar
uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha natijalarga erishganlar. «Iqtisodiy
ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‘oya,
qarash, nazariya, qonun, ta'limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli
bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtayi
nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o‘rganish manbalari turli-tuman bo‘lib, qadimgi
arxeologik topilmalar, moddiy ne’matlar, qoya va bino devorlaridagi rasmlar, chizmalar va
xalq og‘zaki ijodi namunalari muhim ahamiyatga ega. Ammo bu fanning eng muhim
manbalari bo‘lib, qo’lyozmalar, davlat arboblari, olim, donishmand, mutafakkirlarning
yozib qoldirgan kitoblari hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. Jahon iqtisodiy tafakkurida
qadimgi qoiyozmalar o‘ta ahamiyatlidir. Masalan, O’zbekiston fanlar akademiyasi
sharqshunoslik institutida arab, fors, qadimgi turk tillarida yozilgan yigirma besh mingdan
ortiq qoiyozmalar mavjud. Lekin bu qoiyozmalarni o‘rganishda maium obyektiv va
subyektiv kamchiliklar mavjud. Xuddi sutning qaymog‘ini olish oson bo‘Iganidek, bu
qo‘lyozmalardagi entsiklopedik g‘oyalardan muhimlarigina o‘rganilgan,iqtisodiyot
tafakkuri bilan bog‘liq bo'lgan materiallar hali o‘z tadqiqotchilarini kutib turibdi.
Bu fanning maqsadi avvalgi ortodoksal g‘oyalar zamonaviy iqtisodiy nazariyaning
mazmuni va predmetiga qo‘shgan hissalarini va shu bilan birga ortodoksal bo‘lmagan
boshqa g‘oyalarning zamonaviy iqtisodiy ta'limotlarning shakllanishidagi ahamiyatini
ko‘rsatgan holda iqtisodiy nazariyaning asrlar davomida shakllanishini tasvirlab berishdan
iborat.
Bundan tashqari kitobda alohida olingan g‘oya va fikrlarning iqtisodiyot
nazariyasining rivojlanishidagi ahamiyati va o‘z o‘mida nazariyaning ijtimoiy-iqtisodiy
siyosat shakllanishidagi ahamiyati tushuntirilgan. Tabiyiki, bu iqtisodiy ta'limotlar
kishilarning dunyoqarashi va rasmiy nazariyalaridan tashkil topgan. Iqtisodiy dunyoqarash
shaxsning dunyodagi voqeliklani o‘z ongida aks ettirishidir.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o‘rganishning asosiy sabablaridan biri yaxshi
iqtisodchi bo‘lishdir. O’tmishning va hoziming eng muhim iqtisodchilari o‘z fanlari
nazariyasi tarixi bilan yaqindan tanish bo‘lganlar. Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘qish
nazariy va mantiqiy qobilyatlarni oshiradi, farazlarni xulosaga bog’lashga imkon beradi,
o‘z fikridan farqli bo’lgan tizimli mantiq asosida ishlashni o‘rgatadi. O’tmish g‘oyalarini
o‘rganishning yana bir sababi yangi g‘oyalarni shakllantirishdir. Oldingi iqtisodiy
nazariyalarni o‘rganish ko‘pincha yangi g‘oyalarni yaratishga undaydi. Ba’zan nazariyalar
o‘tmishda yo‘qolib ketadi va kelajakka yetib bormaydi yoki ular ma’lum vaziyatlargagina
bog’liq bo’lib qolishadi. 1815-yillarda renta va unumdorlikning pasayib borishi
tushunchalarining rivojlantirilishi bunga yaxshi misol bo’ladi. Ya’ni renta va
unumdorlikning pasayib borishi tushunchalari 1890-yillargacha ishlab chiqarish omillariga
tatbiq etilmaguncha faqatgina yerga nisbatan ishlatilgan. Shunday qilib, zamonaviy
ortodoksal iqtisodning yuzaga kelishini o‘rganish orqali ortodoksal g‘oyalardan farqli
bo‘lgan, lekin hozirgi kun iqtisodiy nazariyalar mazmunining shakllanishiga yordam
bergan g‘oyalarni esdan chiqarmagan holda iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganishimiz
lozim. Iqtisodiy nazariyalarning ko‘larni va mazmuniga qo‘shimcha ravishda o‘sha
davrdagi iqtisodiy vaziyat o‘rtasidagi bog‘liqlikka ham e’tibor qaratishimiz zarur.
Nazariyalardan kelib chiquvchi umumiy xulosalar hamda alohida olingan. g‘oyalarning
rivojlanishi orqali uning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni shakllantirishdagi ahamiyatini
ko‘rsatib o‘tishimiz lozim1.
2.G‘oyalar ta’limoti tarixi.
Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g‘oyalar o‘z davri va vujudga
kelish joyining mahsuli bo‘lib, ular bilan chambarchas bog‘langandir.Bu g‘oyalarni ular
tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo
esa doimo o‘zgarishda bo‘ladi, agar bu g‘oyalar o‘z maqsadlariga to‘la javob berishni
ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o‘zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi.
Kapitalistik bozor munosabatlari davrida xo‘jalik va ijtimoiy hayotda baynalmilallik
(intematsionalizm) kuchayganligi tufayli iqtisodiy fikming rivojlanishi ham yagona jahon
jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asoschilari V. Petti, A.
Smit va D. Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma'lum bo‘ldi,
vaholanki undan avvalgi ko‘pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‘pchilikka ma’lum
bo‘lmasdan «O’lik mol» sifatida yotgan.
Bizning kamchiliklarimizdan biri bu munozarani yaxshi ko‘rishimizdir. Biz murosadan
ko‘ra bahsni ko‘proq yaxshi ko‘ramiz. Yana bir kamchiligimiz bu “1000 gul ochilishiga
imkon berish” yondashuvimizdir, ya’ni biz kichkina urug‘dan qanday go‘zallik paydo
bo‘lishini tasavvur ham qila olmaymiz. Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-
tuman iqtisodiy g‘oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta’limotlar vujudga kelgan. Ularning
barchasini to‘la o‘rganish maqsadida yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil etish zarur.
Shuning uchun ham hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g‘oyalarni ma’lum
tizimga solish va shu asosida o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ammo o‘tgan davr
hodisalari va g‘oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‘rma-zo‘raki
moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamonaviylashtirishga , o'rganilayotgan
davrning xususiyatlarini inkor etishga olib keladi. Merkantilizm - jamiyatning boyligi
puldan, oltindan iborat bo‘lib, u savdoda, «asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi va
ko‘payadi», deb tushuntiradi. Merkantilizm — italyancha «mercante» so‘zidan olingan
bo‘lib, «savdogar» ma’nosini anglatadi. Bu oqimning namoyondalari Uil Stafford, Tomas
Men, Antuan Monkreten, Jon Lou, Gaspar Skaruffi va boshqalar hisoblanadi.
Fiziokratlar - jamiyatning boyligi qishloq xo‘jaligida vujudga keladi, degan g‘oyani
ilgari suradilar. Bu ta’limotning asoschisi Fransua Kene (1694- 1774) hisoblanadi.
Klassik siyosiy iqtisod - boylik faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki sanoat, transport,
qurilish va boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlab berdi.
U. Petti (1623-1686) boylikning manbayi yer va mehnat ekanligini e’tirof etgan.
«Mehnat boylikning otasi, yer uning onasi», degan ibora unga tegishlidir. A.Smit «Xalqlar
boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» asarida talab va taklif asosida
shakllanadigan erkin narxlar asosida bozor o‘z-o‘zini tartibga solishi («ko‘rinmas qo‘l»)
g‘oyasini ilgari suradi. Insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat bu shaxsiy manfaatdir, deb
ko‘rsatadi.D.Rikardo foydaning yagona manbayi mehnat ekanligini ko‘rsatadi.Sismondi
(Jon Sharl Leonard Simon de Sismondi) kapitalistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib,
siyosiy iqtisod inson baxti yo'lida ijtimoiy mexanizmni takomillashtirishga qaratilgan fan
bo‘lmog‘i lozim, deb ko‘rsatadi.
Sotsial-utopistlar (A.Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouen) kapitalizmni tanqid qilib,
xususiy mulkchilikni yo‘q qilish, ishlab chiqarish, taqsimot va iste'molni qayta tashkil
etish va adolatli tuzum (industrial jamiyat, garmonik jamiyat, kommunizm) o‘matish talabi
bilan chiqadilar.
Marksizm jamiyat taraqqiyotiga tabiiy tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy- iqtisodiy
formatsiyalar, ularning vujudga kelishi, rivojlanishi va boshqasi bilan almashinishi
sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni hamda qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratadi.
Marjinalizm vakillari (marginal-me’yoriy, qo‘shilgan) — tovar nafliligi, qo‘shilgan
mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi nazariyalarini ishlab chiqqan. Keyingi
tovar nafliligining kamayib borish qonuni bu oqimning asosiy tamoyili hisoblanadi.
Shunga ko‘ra narx xarajatga bog‘liq bo‘lmay, keyingi naflilik asosida belgilanadi.
Marjinalizm asoschilari Karl Mengsr, Fridrix fon Vizer, Eigen fon Bem- Baverk, Uilyam
Stenli Jevons hisoblanadi.
Neoklassik maktab (asoschisi Alfred Marshall)- bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning
aralashuvini
cheklash
g‘oyasini
ilgari
suradi.
Bozor
mexanizmining buzilishi
monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko‘rsatadi. Funksional bog‘lanish
g‘oyasini asoslaydi, bozor bahosini belgilovchi omillar talab va taklifdan iborat, deb
hisoblaydi. Bu maktab vakillaridan L.Valras umumiy iqtisodiy muvozanatlik modelini
ishlab chiqishga, L.Shumpeter esa iqtisodiy tizimlar o‘zgarishning ichki kuchlarini
ko'rsatib berishga harakat qilgan hamda iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch
tadbirkorlik, degan xulosaga kelgan.
Keynschilik — rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solib turish
zarurligini asoslashga qaratiladi. Jon Meynard Keyns «Bandlik, foiz va pulning umumiy
nazariyasi» (1936) nomli kitobida bunday tartibga solish yalpi talabga hamda shu orqali
inflyatsiya va bandlikka ta'sir ko'rsatishini asoslaydi.
Neoliberalizm (F.Xayek, L.Erxard) - davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam
darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi.
Monetarizm - (M. Fridman) iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini
Neoliberalizm (F.Xayek, L.Erxard) - davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam
darajaga
keltirishga,
xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishga
qaratish lozimligini
uqtiradi.Monetarizm - (M. Fridman) iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga
solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi. Institutsionalizm tarafdorlari
(T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko‘ra xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar
nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta’sirida vujudga keladi. Shu sababli
iqtisodiyotga muassasaviy o‘zgarishlar orqali ham ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965) «Qayerga borishimizni bilish uchun,
qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu g‘oya nihoyatda
ahamiyatli bo‘lib, bosib o‘tilgan yo‘lni to‘g‘ri baholash va kelajak istiqbolini ko‘zlash
haqida fikr yuritishga undaydi.G‘arbiy Yevropadagi iqtisodiy g'oyalar Rim imperiyasi
yemirilgandan keyin G‘arbiy Yevropada juda ko‘p feodal davlatlar vujudga keldi. Ularda
o‘sha davrdagi katolik cherkovining qoidalari ustunlik qilardi. Barcha ilmiy fikrlarda diniy
cheklashlar mavjud edi. Shuning uchun iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rta asr
mualliflarining talqinlari diniy-etnik shaklda ifoda etilgan.
F.Akvinskiyning iqtisodiy g ‘oyalari. G‘arbiy Yevropadagi ancha ko‘zga ko‘ringan
iqtisodiy fikrlar muallifi, deb odatda, Italiya monaxi Foma Akvinskly (Akvinat) (1225-
1274) tan olinadi. UIV asming oxiri - V asming boshida iqtisodiy muammolarga diniy-
etnik yondashuvning nomuqobil dogmatik prinsiplarini kiritgan, dastlabki kanonizm
maktabi asoschilaridan biri hisoblangan Avgustin Blajenniyga (Avliyo Avgustin) (353-
430) muxoliflik qildi va uning g‘oyalarini ijodiy davom ettirdi. V-XI asrlar davomida bu
prinsiplarga amal qilib kelindi.
Akvinatning iqtisodiy qarashlari bilan tanishib chiqishdan oldin dastlabki va
keyingi kanonizmning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. O’rta asring
dastlabki davrida hukmronlik qilgan dastlabki kanonistlar g‘oyasi savdo foydasini va
sudxo‘rlik foizini qat’iy qoraladi. Ular noto‘g‘ri ayirboshlash va birovning mehnatini
o‘zlashtirish natijasi sifatida tavsiflanib, gunoh sanaldi. Faqat «Odil narx» o‘matilgan
sharoitdagina ekvivalentli va proporsional ayirboshlash bo‘lishi mumkinligi uqtirildi
(“Odil narx” - mehnat va moddiy sarflar bilan ifodalanadigan narx). Shuningdek, cherkov
qonunlari mualliflari antik dunyo qarashlariga xos bo‘lgan jismoniy mehnatga nisbatan
nafratli munosabatlarga, ko‘pchilik aholining zarar ko‘rishi hisobiga ayrim shaxslarning
boylik orttirish huquqiga qarshi chiqdilar. Yirik savdo, ssuda operatsiyalari gunohli ish
sifatida, umuman man etilgan.
Ammo jamiyatning tabaqalashuvi kuchaygan, shaharlarning soni va iqtisodiy
qudrati oshgan, unda dehqonchilik bilan birga hunarmandchilik, savdo va sudxo‘rlik
rivojlana boshlagan, ya’ni tovar- pul munosabatlari jamiyat va davlat taqdiri uchun muhim
ahamiyatga aylangan O’rta asming oxirgi davriga kelib, keyingi kanonistlar iqtisodiy
muammo va ijtimoiy tengsizlik sabablarini tushuntimvchi «dalillar» doirasini ancha
kengaytirdilar. Bu yerda shu narsa nazarda tutiladiki, dastlabki kanonistlar asoslangan
metodologik baza eng avvalo, avtoritarli isbotlash (diniy kitob va cherkov nazariyachilari
asarlaridan dalil (izoh) keltirish vositasi orqali) va iqtisodiy kategoriyalarning axloqiy-
etnik tavsifi (shu jumladan «odil narx» to‘g‘risidagi qoida ham) bo‘lgan. Bu prinsiplarga
keyingi kanonistlar izohlash, aniqlash, qo‘shimcha qilish yo‘li bilan o‘rganilayotgan
konkret xo‘jalik hodisalarning va iqtisodiy kategoriyalarning avvalgi tadqiqot ma'nosini
o‘zgartirish va hatto qarama-qarshi ma’no keltirib chiqarish imkonini bemvchi yana
ikkiyoqlama baholash prinsipini qo‘shdi. Akvinat undan foydalangan holda boylik, qiymat
(qimmat), pul, savdo foydasi, sudxo‘rlik foizi singari boshqa iqtisodiy kategoriyalarni
tadqiq qildi. Ularni quyidagi tartibda ko‘rib chiqamiz Boylik - Avgustin davridan boshlab
kanonistlar tomonidan moddiy ne’matlar yig‘indisi sifatida, ya’ni natural shaklda
qaralgan. Agar boylik unga sarflangan mehnat bilan emas, balki boshqa vositalar
yordamida yaratilgan bo'lsa, gunoh deb tan olingan. Bu qat’iy qoidaga muvofiq noinsoflik
bilan oltin va kumushning ko‘paytirilishi (jamg‘arilishi) jamiyatning axloqiy va boshqa
me’yorlariga zid hisoblangan. Ammo Akvinat fikri bo‘yicha «odil narx» xususiy mulkni
ko‘paytirish va «o'rtacha» boylik yaratishda inkor etib bo‘lmaydigan manba bo‘lib xizmat
qilishi mumkin. Bu uningcha, gunoh hisoblanmaydi. Ayirboshlash - Qadimgi Dunyo va
o‘rta asrda tadqiqotchilar tomonidan proporsional va ekvivalent qoidasiga asoslangan,
odamlarning xohishi tufayli bo'ladigan akt sifatida qabul qilingan. Bu prinsipni inkor
etmagan holda, noekvivalent boiib tuyulgan ayirboshlash, subyektiv jarayon sifatida,
tomonlarga teng foyda keltirishi mumkinligin Akvinat ko‘rsatib berdi. Boshqacha
aytganda, buyum «bir odamning foydasiga boshqa odamning zarar ko‘rishi hisobidan
kelib tushsa», o‘shandagina ayirboshlash sharti buzilgan boladi.
«Odil narx» bu kategoriya kanonistlar ta’limotida «qiymat» (qimmat),«bozor
bahosi» kategoriyalari o‘rnida ishlatilgan. U muayyan feodal oqsuyaklar hududida
o‘matilgan va biriktirib qo‘yilgan. Dastlabki kanonistlar uning darajasini tovar ishlab
chiqarish jarayonidagi mehnat va moddiy sarflarga bog‘lab tushuntirganlar. Ammo
Akvinat «odil narx»ga bo‘lgan sarfli yondashuv tushunchasini yetarli emas, deb hisobladi.
Uning fikricha sotuvchi o‘z mavqeyiga qarab buyumni «o‘z narxidan ko‘ra qimmatroq
sotishi mumkin».
Pul (moneta)ni Akvinat Qadimgi Dunyo va dastlabki kanonizm mualliflariga o‘xshash
talqin qiladi. Uning ta’kidlashicha, «savdoda ishonchli o ‘lchov birligiga» ega bo‘lish
uchun pul kishilarning xohishi tufayli kelib chiqqan. Olim monetaning «ichki qimmatga»
ega ekanligini tan olsada, davlat moneta qimmatini uning «ichki qimmatiga» nisbatan bir
oz o'zgartirishga haqli, deb hisobladi. Bu yerda Akvinat o‘zining ikkiyoqlamalik
prinsipiga sodiqligini yana bir bor ko‘rsatdi, ya’ni bir tomondan, monetalarni buzish tashqi
savdoda pulning qadr-qimmatini yo‘qotilishiga olib kelishini tan olgach, ikkinchi
tomondan esa - pulning «nominal qimmatini» davlatning o‘z xohishi bo‘yicha o‘matish
huquqiga ishongan.
Savdo foydasi va sudxo‘rlik foizi kanonistlar tomonidan qoralangan va gunoh, deb
hisoblangan. Akvinat ham ularni shartli ravishda «aybladi». Uning fikricha agar ular
bunda axloq-odob doirasida ish yuritgan bo‘lsalar, savdo foydasi va ssuda uchun foiz
muvofiq ravishda savdogar va sudxo‘r tomonidan o‘zlashtirilishi kerak.Boshqacha so‘z
bilan aytganda, mazkur turdagi daromad savdo va ssuda operatsiyalaridagi mehnat,
transport va boshqa xarajatlar va hatto xatar uchun to'lanadigan haq bo‘lmog‘i kerak.
3.Qadimiy dinlarning iqtisodiy jihatlari
Sivilizatsiya (lot. cuvilis) - fuqarolikka, davlatga taalluqli, tamaddun— 1) keng
maʼnoda — ongli mavjudotlar mavjudligining har qan-day shakli; 2) madaniyat soʻzining
si-nonimi. Bu termin koʻpincha moddiy madaniyat maʼnosida xam qoʻllaniladi; 3)
madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr S.si, Mesopotamiya
S.si va boshqalar); 4) yovvoyilik va vahshiylikdj keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. "S."
tushunchasi 18-asrda "madaniyat" tushunchasi bilan uzviy bogʻliq ravishda paydo boʻlgan.