IQTISОDIY TA`LIMОTLAR TARIXI» FANINING PREDMETI VA O`RGANISH USULI
Yuklangan vaqt
2024-06-10
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
22,9 KB
«IQTISОDIY TA`LIMОTLAR TARIXI» FANINING PREDMETI VA
O`RGANISH USULI
Reja:
Kirish.
1. «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» kursining predmeti va o`rganish usuli.
2. «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» uslubi
3. «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fanining mohiyati
«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim o'rinni
egallaydi.
Insoniyat o'zining ko'p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar
(olim yoki hokimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g'oya,
nazariya, konцepцiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular
tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba'zida tushkunlikka uchragan. Ana shu
iqtisodiy g'oyalarni har tomonlama chuqur o'rganish, tahlil etish, ular orasidan
umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya'ni hayotga tadbiq
etish nihoyatda ham amaliy, ham nazariy foydalidir, chunki ularda ko'p yillik tajriba
mujassamlashgan bo'ladi.
«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fanining predmeti bo'lib, ma'lum davrlardagi u
yoki ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g'oyalar va
ijtimoiy konцepцiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy
jarayoni hisoblanadi.
Bu g'oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va
yo'nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng
qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy
fikr, g'oya, qarash, nazariya va ta'limotlarni o'z ichiga oladi.
Uslubiy jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning ilg'or metodlari yig'indisidan
iborat bo'lib, tarixiy, indukцiya, mantiqiy abstrakцiya va boshqa usullardan keng
foydalanadi.
«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fani «Iqtisodiy nazariya» fani bilan chambarchas
bog'liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» fanida eng muhim
iqtisodiy kategoriyalarning so'nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo bu nazariyalar
har doim ham turg'un bo'lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa keskin o'zgarishlar
davrida evolyuцiyada bo'ladi. «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar,
davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g'oya, qarash, nazariya, qonun, ta'limot,
konцepцiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar,
sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtai nazaridan tarixiy rivojlanishi
tadqiq etiladi.
Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo'jalik ob'ekti bilan chambarchas
bog'liqligini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi
sababli prinцipda ilmiy emas deyish mumkin emas» deb yozadi taniqli iqtisodchi
T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul
qilish, rivojlantirish yoki inkor etish natijasida paydo bo'lgan. Ba'zi mutaxassislar
faqat yangi nazariyalarnigina o'rganishni taklif etishadi, ammo bu so'nggi nazariya
avvalgi ko'p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy qisqacha xulosalarsi
sifatida namoyon bo'ladi yoki bugun biz «yangi» degan fikr ma'lum vaqtdan keyin
o'zgarishi mumkin.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa iqtisodiyot nazariyasi fani bilan
bevosita bog'liq. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va
mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o'rganish orqali ekonomiks, xalq xo'jaligi tarixi,
iqtisodiy tarix va iqtisodiy konцepцiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni
o'zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o'zgarishning shart-sharoitlari va
oqibatlarini tahlil etishga katta ko'mak beradi.
Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti to'g'risidagi
fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Xalqlar boyligi» asarida
asosan to'la tahlil etib berilgan. Ba'zi iqtisodiy g'oyalar esa qadimdan ma'lum. Ularni
o'rganish va eng muhimi hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko'p hollarda
Amerikani yangidan kashf etishga hojat qolmaydi.
Hozirgi paytda dunyodagi ilg'or g'oyalarni o'rganish davomida hurfikrlilikka
(plyuralizmga) keng o'rin berish, har qanday fikrni atroflicha tahlil etish kerakligi
aniq bo'lib qoldi.
Bu fanni chuqurroq o'rganish tufayli bir qancha echimini kutayotgan nazariy
masalalarga oydinlik kiritish imkoni tug'iladi. Masalan, bozor munosabatlarining
ibtidosi hanuzgacha aniq echimga ega emas. Ayrim olimlar bu jarayonni xususiy
mulk, sinfiy jamiyat yuzaga kelishi bilan bog'lasalar, ayrimlari (R.Xeylbroner,
L.Turou) uni kapitalizm bilan, aniqrog'i, «ishlab chiqarish omillari» paydo bo'lishi
bilan izohlaydilar (mehnat, er va kapital tovarga aylangach, bozor tizimi yuzaga
kelgan ekan). Keyingi fikr bo'yicha bozorning ibtidosi XVIII asrda Angliyada
boshlandi. O'z davrida ilg'or Sharqning ortda qolish, Farbning ilgarilab ketish
sabablari, kelajak to'g'risidagi prognozlar ham muammo bo'lib turibdi.
Darslikda shu masallarni hal etishga oid fikr mulohazalar beriladi. Iqtisodiy
ta'limotlar tarixini o'rganishda ma'lum davrlash tizimidan foydalaniladi. Taniqli
iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g'oyalar o'z davri va vujudga kelish
joyining mahsuli bo'lib, ular bilan chambarchas bog'langandir; bu g'oyalarni ular
tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu
dunyo esa doimo o'zgarishda bo'ladi, agar bu g'oyalar o'z maqsadlariga to'la javob
berishni ko'zlasalar, doimo shunga mos ravishda o'zgarib turishlari kerak», deb
yozgan edi. Kapitalizm davrida xo'jalik va ijtimoiy hayotda baynalmilallik
(internaцionalizm) ko'chayganligi tufayli, iqtisodiy fikrning rivojlanishi ham yagona
jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asoschilari
A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma'lum bo'ldi,
vaholanki undan avvalgi ko'pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko'pchilikka
ma'lum bo'lmasdan «o'lik mol» sifatida yotgan. G`arb mamlakatlarida yuzaga
kelgan «Ekonomiks» va boshqa tadqiqotlar barchaning diqqat-e'tiborini jalb
qilmoqda.
Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy g'oya, qarash,
konцepцiya, nazariya, ta'limotlar vujudga kelganligi aniq. Ularning barchasini to'la
o'rganish alohida mavzu, maxsus muammo. Shu maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar
olib borish, tahlil etish va umumlashtirib e'lon qilish zarur, bu yaqin kelajak vazifasi
sifatida qabul qilinishi mumkin.
Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g'oyalarni ma'lum
sistemaga solish va shu asosda o'rganish maqbuldir. Ammo o'tgan davr hodisalari
va g'oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo'rma-zo'raki kelishtirish,
moslashtirish
mumkin
emas.
Bu
tarixni
vulgar
zamonaviylashtirishga,
o'rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor etishga olib keladi.
Bu fan doim rivojlanishda bo'lib, bir-birini to'ldiruvchi evolyuцion (mavjud
g'oyalarning yanada chuqurroq takomillashuvi) va inqilobiy (butunlay yangicha
konцepцiyalar vujudga kelishi) yo'llari mavjud. Inqilobiy o'zgarishga misol sifatida
A.Smit va uning izdoshlari g'oyalari, marjinalistik to'ntarish, yangi klassik yo'nalish
(A.Marshall), J.M.Keynsning iqtisodiy qarashlarini keltirish mumkin. O'tish davri
iqtisodiyoti bo'yicha g'oyalar hozirgi davrning muhim qarashlari majmuasiga kiradi
va nihoyatda dolzarbdir, bu masala O'zbekiston misolida qarab chiqildi.
Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965) «Qaerga borishimizni
bilish uchun, qaerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu
g'oya nihoyatda ahamiyatli bo'lib, bosib o'tilgan yo'lni to'g'ri baholash va kelajak
istiqbolni ko'zlash haqida gap boradi.
Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy bosh g'oya - jamiyat, insoniyat,
ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo'llar
nihoyatda xilma-xil ekanligini ko'ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga
kelgan davrgacha (XV asr) bo'lgan iqtisodiy g'oyalardagi umumiylik shuki, barcha
donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va er boylikning asosiy
vositasi ekanligi turli yo'llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy
deb hisoblangan.
XV-XVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy ta'limot -
merkantilizm vujudga keldi. Merkantilizm to'g'risida qisqa ma'lumot beradigan
bo'lsak, uning mohiyati iqtisodiy siyosatda mamlakatda va davlat xazinasida nodir
metallarni ko'proq to'plash, ta'limotda esa muomala (savdo, pul oboroti) sohasidagi
iqtisodiy qonuniyatlarni izlashdir, ya'ni avvalgi davrdagi g'oyalardan keskin farq
qiladi.
Keyingi muhim o'zgarish, bu klassik iqtisodiy maktabning yuzaga kelishidir (XVIII
asr). Bu iqtisodiy ta'limot ichida fiziokratizm ham vujudga keldiki, uning umri
uncha uzoq bo'lmadi. Klassik maktab g'oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda
qayta namoyon bo'lmoqda (neoklassik, liberal, neoliberal...). Marks nomi bilan
bog'liq bo'lgan marksizm ta'limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda muhim o'rinni
egallaydi. Hozirgi davrda bu ta'limot to'g'risida imkoni boricha gapirmaslikka va
ayniqsa yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, ko'proq uning faqat salbiy
tomonlarini tilga olish «moda»ga kirgan. Bunda «jon» bor albatta, chuni 1917 yili
Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga tadbiq etish jarayoni samarasiz tugadi.
Keyinchalik shu yo'lga o'tgan bir qancha mamlakatlarda ham eksperiment samarasiz
yakunlandi. Lekin tarix uchun insoniyatga bu saboq juda muhim, shu sababli uni
chetlab o'tish adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Darslikda xayoliy soцialistlar va
markschilarning iqtisodiy g'oyalari ham o'rin olgan, uning tarixiy taqdiri berilgan.
XIX asr 2-yarmida avvalgi g'oyalarga marksizmga muqobil ravishda vujudga
kelgan va umumlashtirilgan holda marjinalizm deb ataladigan ta'limot hozirgi
zamonning asosiy iqtisodiy g'oyasi hisoblanadi. Lekin shuni ham alohida ta'kidlab
o'tish kerakki, biror ta'limot doimo sof holda amalda deyarli qo'llanilmaydi. Har bir
ta'limotning ko'plab turli oqim va yo'nalishlari mavjud. Odatda sof erkin bozor
munosabatlari deyarli uchramaydi. Bozor munosabatlarining unsurlari, ular
o'rtasidagi nisbat ham doimo o'zgarib turadi. Demak, iqtisodiy ta'limotlar tarixi
fanining muhim xususiyatlaridan biri, bu uning doimo harakatda, o'zgarish,
rivojlanishda ekanligidir. Bir mamlakat chegarasida iqtisodiy ta'limot ta'siri ostida
iqtisodiy siyosat har doim rivojlanishda bo'lishi kerak.
90-yillarda tarixiy jarayonlarda yana bir holat qayd etilmoqda. Bu «soцialistik» deb
atalgan va iqtisodiyoti ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan («rejali iqtisodiyot»
ham deyiladi) mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish davri amalga oshmoqda
(«o'tish iqtisodiyoti» deb ham nomlanadi). Bu tarixda birinchi marta ro'y bermoqda,
oxirgi o'n yillik tajriba bor. Ammo bu holat ko'p munozaralarga sabab bo'lmoqda.
Darslikda O'zbekiston misolida bozor munosabatlariga o'tish iqtisodiyoti
konцepцiyasi xususiyatlari bayon etiladi.
“Iqtisodiy ta'limotlar tarixi” fanining boshqa fanlardan farqli yana bir muhim
xususiyati shuki, har bir g'oya, ta'limot uni yaratgan bir yoki bir guruh insonlar,
olimlar, davlat rahbarlarining faoliyati bilan chambarchas bog'liq holda beriladi.
Iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti laureati Milton Fridmenning fikricha, fanni
o'rganishda olimlarning «avtobiografiya va biografiyalariga murojaat qilish, shu yo'l
bilan olimlarni aforizm va misollar yordamida rag'batlantirish kerak, faqat sillogizm
(deduktiv fikrlash) va teoremalar bilan cheklanmaslik zarur».
Sharq, xususan Markaziy Osiyo donishmandlarining iqtisodiy g'oyalarini
o'rganish, aslini olganda, endi boshlandi, shu sababli kitobning bu bo'limi yangi
materiallar bilan to'lib borishiga ishonchimiz komil.
Yetakchi mamlakatlar taraqqiyotining asosiy omillaridan biri, bu davlatlar
iqtisodiyotining bo'layotgan o'zgarishlarga tez adaptaцiyasidir, ya'ni moslashuvidir.
AQSh davlati tarixida qisqa vaqt davomida iqtisodiy siyosat bir necha bor almashdi
va iqtisodiy ravnaq saqlab qolindi. Buyuk depressiya (1929-1933 yy.)dan keyingi
davrda AQSh prezidenti D.Ruzvelt «yangi yo'l» kursi bilan J.M.Keynsning
iqtisodiy g'oyalarini amalda qo'lladi (davlatning iqtisodiyotdagi roli keskin oshdi,
vaholanki undan avvalgi yillari xususiy mulk (99 foiz) asosiy va etakchi bo'lgan).
Keyinroq prezident R.Reygan davrida davlatning iqtisodiyotdagi roli ancha
kamaytirilib, liberal (erkin) iqtisodiyotga keng yo'l ochib berildi (reyganomika),
oqibatda bu prezident davrida qo'shimcha 14 million kishi tadbirkorligiga yo'l ochib
berildi, yangi-yangi millionerlar vujudga keldi. Xuddi shunday holat B.Klinton
davrida ham qayd etildi.
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida ham buni ko'rish mumkin (tetcherizm). Iqtisodiy
siyosat va iqtisodiy g'oyalarning bir-biri bilan chambarchas bog'liqligini isbotlovchi
misollarni ko'plab keltirish mumkin.
Ayniqsa, «sotsialistik» deb atalgan rivojlanish yo'lidan voz kechmagan Xitoy
va Vetnam davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti ham diqqatga sazovordir. Bozor
iqtisodiyoti unsurlarining keng rivojlanishiga imkon beruvchi iqtisodiy islohotlar
tufayli katta yutuqlarga erishildi.
Ikkinchi jahon urushi tufayli ikkiga ajratilgan GFR va GDR larning bu
davlatlar qayta birlashgandan keyingi iqtisodiy rivoji ham juda ibratlidir.
«Sotsialistik» lager vakillari ichida yetakchi bo'lgan GDRning to'la erkin bozor
munosabatlariga o'tishi uchun katta mablag' va vaqt talab etilishi aniq bo'lib qoldi.
Vaholanki, Rossiyaning taniqli iqtisodchi olimlari bozor iqtisodiyotiga o'tishning