IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI (Mulk turlari va shakllari, Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning o`ziga xosligi)

Yuklangan vaqt

2024-05-21

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

21

Faytl hajmi

113,1 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI 
 
 
Reja: 
1. Iqtisodiy tizimlar va ularning modellari 
2. Mulk turlari va shakllari  
3. Mulk ob`ekti va sub`ekti. Mulkchilik munosabatlari 
4. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning o`ziga xosligi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI Reja: 1. Iqtisodiy tizimlar va ularning modellari 2. Mulk turlari va shakllari 3. Mulk ob`ekti va sub`ekti. Mulkchilik munosabatlari 4. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning o`ziga xosligi
Ilmiybaza.uz 
 
 
3
.
. Iqtisodiy tizimlar va ularning modellari 
 
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi 
iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo`jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar 
bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. 
Iqtisodiy nazariyada ko`pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu 
asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimning uchta nusxasiga 
kiritiladi: an`anaviy iqtisodiyot, ma`muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor 
iqtisodiyoti tizimlari. 
An`anaviy iqtisodiyot – deyarli hamma mamlakatlar bosib o`tgan tarixiy 
tizimdir. U hozirgi davrda ham ba`zi iqtisodiy jihatdan past rivojlangan 
mamlakatlarda mavjud bo`lib, ularda urf-odatlar, udumlarga, an`analarga 
asoslangan iqtisodiy jarayonlar orqali amal qiladi. An`anaviy iqtisodiyotda natural 
yoki mayda tovar xo`jaligi hukmron bo`ladi. Bu erda ishlab chiqarish, ayirboshlash, 
daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan o`rnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi. 
Merosxo`rlik va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik qiladi, 
ijtimoiy-iqtisodiy turg’unlik aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni 
joriy qilish keskin cheklangan, chunki ular ko`pincha an`analarga zid keladi va 
ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tug’diradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy va 
madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi. Bu erda shuni ta`kidlash lozimki, 
iqtisodiyot muammosini hal qilishning bir xil va umum tan olingan yechimi mavjud 
emas. Har xil madaniyat va tarixiy o`tmish, har xil urf-odat va an`analar, qarama-
qarshi mafkuraviy qarashlarga ega bo`lgan turli jamiyatlar aniq iqtisodiy 
muammolarni hal qilish uchun turli xil tartiblardan foydalanadi. 
Bozor 
iqtisodiyotiga 
qarama-qarshi 
tizim 
ma`muriy-buyruqbozlik 
iqtisodiyoti hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy, 
aniqrog’i, davlat mulkchiligining hukmronligi va ma`muriy organlar tomonidan 
iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan tavsiflanadi. 
Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab 
Ilmiybaza.uz 3 . . Iqtisodiy tizimlar va ularning modellari Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo`jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. Iqtisodiy nazariyada ko`pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimning uchta nusxasiga kiritiladi: an`anaviy iqtisodiyot, ma`muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari. An`anaviy iqtisodiyot – deyarli hamma mamlakatlar bosib o`tgan tarixiy tizimdir. U hozirgi davrda ham ba`zi iqtisodiy jihatdan past rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ularda urf-odatlar, udumlarga, an`analarga asoslangan iqtisodiy jarayonlar orqali amal qiladi. An`anaviy iqtisodiyotda natural yoki mayda tovar xo`jaligi hukmron bo`ladi. Bu erda ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan o`rnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi. Merosxo`rlik va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turg’unlik aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan, chunki ular ko`pincha an`analarga zid keladi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tug’diradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi. Bu erda shuni ta`kidlash lozimki, iqtisodiyot muammosini hal qilishning bir xil va umum tan olingan yechimi mavjud emas. Har xil madaniyat va tarixiy o`tmish, har xil urf-odat va an`analar, qarama- qarshi mafkuraviy qarashlarga ega bo`lgan turli jamiyatlar aniq iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun turli xil tartiblardan foydalanadi. Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim ma`muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy, aniqrog’i, davlat mulkchiligining hukmronligi va ma`muriy organlar tomonidan iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan tavsiflanadi. Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab
Ilmiybaza.uz 
 
chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy 
boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi. 
Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim bozor iqtisodiyoti 
tizimidir. Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi erkin 
raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti bo`lib, ba`zi adabiyotlarda uni sof 
kapitalizm deb ham yuritiladi. Ikkinchisi esa hozirgi zamon rivojlangan bozor 
iqtisodiyoti bo`lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi. 
 Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti resurslarga xususiy 
mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni 
tartiblashda va uyg’unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan 
tavsiflanadi. Bunday tizimda har bir iqtisodiy sub`ektning xatti-harakati uning 
xususiy manfaatiga asoslanadi. Ular o`zlari qabul qilgan xo`jalik yechimlari va 
qarorlari asosida daromadlarini eng yuqori darajada yetkazishga intiladilar. Bu 
alohida qabul qilingan qarorlar bozor tizimi yordamida uyg’unlashtiriladi. Raqobat 
sharoitida tovarlarning ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni 
bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning ko`plab mustaqil harakat qiluvchi 
xaridor va sotuvchilari mavjud bo`ladi. Bu yerda iqtisodiy jarayonlarga davlatning 
aralashuvi cheklangan tavsifga ega bo`ladi. Shu sababli davlatning roli xususiy 
mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilishiga qulay sharoit yaratuvchi 
huquqiy tartiblar o`rnatishdan iboratdir.  
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda real hayotda bozor 
iqtisodiyoti 
sof 
bozor 
mexanizmi 
va 
rejali 
iqtisodiyot 
unsurlarini 
mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli 
yo`nalishlari mavjud bo`ladi, unda rejalashtirish, prognozlash (bashorat), aholini 
ijtimoiy himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSh iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi 
erkin bozor iqtisodiyotidan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko`rinadi: 
birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo`lida bo`lib, u iqtisodiyotda faol rol 
o`ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o`sishi uchun sharoit yaratishda, bozor 
tizimi yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan 
Ilmiybaza.uz chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi. Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim bozor iqtisodiyoti tizimidir. Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi erkin raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti bo`lib, ba`zi adabiyotlarda uni sof kapitalizm deb ham yuritiladi. Ikkinchisi esa hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo`lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi. Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg’unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bunday tizimda har bir iqtisodiy sub`ektning xatti-harakati uning xususiy manfaatiga asoslanadi. Ular o`zlari qabul qilgan xo`jalik yechimlari va qarorlari asosida daromadlarini eng yuqori darajada yetkazishga intiladilar. Bu alohida qabul qilingan qarorlar bozor tizimi yordamida uyg’unlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlarning ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning ko`plab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud bo`ladi. Bu yerda iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega bo`ladi. Shu sababli davlatning roli xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilishiga qulay sharoit yaratuvchi huquqiy tartiblar o`rnatishdan iboratdir. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda real hayotda bozor iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli yo`nalishlari mavjud bo`ladi, unda rejalashtirish, prognozlash (bashorat), aholini ijtimoiy himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSh iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin bozor iqtisodiyotidan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko`rinadi: birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo`lida bo`lib, u iqtisodiyotda faol rol o`ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o`sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan
Ilmiybaza.uz 
 
ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta`minlashda, daromadlar taqsimlanishini 
o`zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo`ladi;  
ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o`laroq, AQSh iqtisodiyotida yirik 
korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy 
tashkilotlar mavjud. 
Bu erda, shuni alohida ta`kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga 
suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda 
mavjud bo`lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti 
avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki mulkchilik xususiy bo`lib qolsada, 
mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. 
Buning teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik Yugoslaviya 
iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo`lgan va bir vaqtda iqtisodiy 
faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shvetsiya 
iqtisodiyotida ham 90 % dan ortiq xo`jalik faoliyati xususiy firmalarda to`plangan 
bo`lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni ta`minlash va daromadlarni qayta 
taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning 
markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib 
qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qo`llanilib, barqaror va tez 
sur`atlar bilan iqtisodiy o`sishga erishmoqda. 
3.2. Mulk turlari va shakllari 
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o`z ichiga 
davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa 
mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo`jaligi va shaxsiy 
tomorqa xo`jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo`lgan 
mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi 
aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. Shu sababli «O`zbekiston 
Respublikasining mulkchilik to`g’risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi 
mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, 
aralash mulk (3.3-chizma). 
3.3-chizma  
Ilmiybaza.uz ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta`minlashda, daromadlar taqsimlanishini o`zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo`ladi; ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o`laroq, AQSh iqtisodiyotida yirik korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud. Bu erda, shuni alohida ta`kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud bo`lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki mulkchilik xususiy bo`lib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo`lgan va bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shvetsiya iqtisodiyotida ham 90 % dan ortiq xo`jalik faoliyati xususiy firmalarda to`plangan bo`lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni ta`minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qo`llanilib, barqaror va tez sur`atlar bilan iqtisodiy o`sishga erishmoqda. 3.2. Mulk turlari va shakllari Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o`z ichiga davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo`jaligi va shaxsiy tomorqa xo`jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo`lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. Shu sababli «O`zbekiston Respublikasining mulkchilik to`g’risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk (3.3-chizma). 3.3-chizma
Ilmiybaza.uz 
 
Mulkchilik shakllarining tasniflanishi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo`lishi va ularning iqtisodiy mezoni, 
avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning 
umumlashuvi darajasi bilan bog’liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy 
munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur. 
Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat 
ixtiyorida bo`lgan mulk ob`ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo`l bilan 
hosil bo`ladi: 
1) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o`tkazilishi; 
2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona 
va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish. 
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo`lgan, bo`linmaydigan yoki 
umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab 
chiqarib bo`lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, 
yo`llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko`rsatish mumkin. 
Xususiy mulk – 
Ayrim kishilar va 
guruhlarga tegishli 
bo’lib, yollanma 
mehnatdan 
foydalanib daromad 
topishga qaratilgan 
mulk  
Jamoa mulki – 
Muayyan maqsad 
yo’lida turli 
ko’rinishdagi 
jamoalarga birlashgan 
kishilar tomonidan 
birgalikda 
o’zlashtiriluvchi vosita 
va ne’matlar 
Davlat mulki – 
o’z vazifalarini 
bajarish maqsadida 
davlat tomonidan 
o’zlashtiriluvchi 
turli vosita va 
ne’matlar 
Aralash mulk – 
Turli mulk shakllari 
sintezidan tashkil topib, 
shunga muvofiq tarzda 
o’zlashtiriluvchi vosita va 
ne’matlar  
Yakka tartibdagi 
xususiy mulk – alohida 
olingan mulkdor 
tomonidan 
o’zlashtiriluvchi vosita 
va ne’matlar  
Korporativ xususiy mulk –
ma’lum maqsad yo’lida o’zaro 
birlashgan mulkdorlar mablag’iga 
asoslangan korxonalar tashkil etish 
orqali o’zlashtiriluvchi vosita va 
ne’matlar  
Mulkchilik shakllari 
Shaxsiy mulk –
fuqarolarning 
shaxsiy yoki 
oilaviy 
ehtiyojlarini 
qondirishga 
qaratilgan mulk  
Ilmiybaza.uz Mulkchilik shakllarining tasniflanishi Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo`lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog’liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur. Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo`lgan mulk ob`ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo`l bilan hosil bo`ladi: 1) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o`tkazilishi; 2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish. Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo`lgan, bo`linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo`lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo`llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko`rsatish mumkin. Xususiy mulk – Ayrim kishilar va guruhlarga tegishli bo’lib, yollanma mehnatdan foydalanib daromad topishga qaratilgan mulk Jamoa mulki – Muayyan maqsad yo’lida turli ko’rinishdagi jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o’zlashtiriluvchi vosita va ne’matlar Davlat mulki – o’z vazifalarini bajarish maqsadida davlat tomonidan o’zlashtiriluvchi turli vosita va ne’matlar Aralash mulk – Turli mulk shakllari sintezidan tashkil topib, shunga muvofiq tarzda o’zlashtiriluvchi vosita va ne’matlar Yakka tartibdagi xususiy mulk – alohida olingan mulkdor tomonidan o’zlashtiriluvchi vosita va ne’matlar Korporativ xususiy mulk – ma’lum maqsad yo’lida o’zaro birlashgan mulkdorlar mablag’iga asoslangan korxonalar tashkil etish orqali o’zlashtiriluvchi vosita va ne’matlar Mulkchilik shakllari Shaxsiy mulk – fuqarolarning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mulk
Ilmiybaza.uz 
 
O`zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika 
mulkidan va ma`muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo`ladi. 
Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo`shlig’i, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda 
boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, 
davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zaxirasi, 
valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.  
Ma`muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy 
organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va 
kommunal xo`jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta`limi, 
madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo`ladi. 
Jamoa mulki – muayyan maqsad yo`lida jamoaga birlashgan kishilar 
tomonidan moddiy va ma`naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o`zlashtirishni 
bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to`lab 
korxona qurishi, aktsiya chiqarib, ularni sotish kabi yo`llar orqali paydo bo`ldi. 
Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat 
mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma`lum guruh, kishilar egalik qiladi. Jamoa 
mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aktsiyadorlar 
jamiyatlari, xo`jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy 
tashkilotlarning mulki kiradi. 
Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki bo`lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy 
ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning 
oila a`zolarining mehnati asosida ko`payadi va rivoj topadi. 
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda 
ishtirokidan, o`z xo`jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga 
vujudga keladi va ko`payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan 
olinadigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi 
manbalarga asoslanadi. Shaxsiy mulk ob`ektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va 
uylar, transport vositalari, pul jamg’armalari, uy-ro`zg’or va shaxsiy iste`mol 
buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo`jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish 
vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo`lishi mumkin. 
Ilmiybaza.uz O`zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma`muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo`ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo`shlig’i, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi. Ma`muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo`jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta`limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo`ladi. Jamoa mulki – muayyan maqsad yo`lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma`naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o`zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to`lab korxona qurishi, aktsiya chiqarib, ularni sotish kabi yo`llar orqali paydo bo`ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma`lum guruh, kishilar egalik qiladi. Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aktsiyadorlar jamiyatlari, xo`jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi. Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki bo`lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a`zolarining mehnati asosida ko`payadi va rivoj topadi. Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o`z xo`jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko`payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan olinadigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbalarga asoslanadi. Shaxsiy mulk ob`ektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg’armalari, uy-ro`zg’or va shaxsiy iste`mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo`jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo`lishi mumkin.
Ilmiybaza.uz 
 
«O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g’risida»gi qonunda ko`rsatilganidek, 
savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, iqtisodiyotning boshqa 
tarmoqlaridagi kichik korxonalar fuqaro va uning oila a`zolarining mulki bo`lishi 
mumkin. Shaxsiy mulk ob`ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad 
topish yo`lida ishlatilishi mumkin. 
Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli bo`lib, yollanma mehnatga 
asoslangan holda foydalaniladigan mulkdir. 
O`zbekiston Respublikasining mulkchilik to`g’risidagi qonunida (7-modda) 
xususiy mulk o`z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni 
tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko`rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk 
bo`lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta`kidlanadi. Xususiy 
mulk ham boshqa har qanday mulk shakllari kabi o`zining ijobiy va salbiy 
tomonlariga ega. U so`zsiz, tashabbuskorlikni, mehnatga mas`uliyatlilik 
munosabatlarini rag’batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida 
xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi. Mulkchilikning bu shaklini 
tan olish iqtisodiyotda uni qo`llash foydali bo`lgan bo`g’inlarni aniqlash, uni tartibga 
solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. 
Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman 
bog’liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil 
xo`jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, do’kon, oshxona va 
shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin. 
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo 
bo`ladi. Bu mulk alohida olingan ob`ektning turli mulkdorlar ishtirokida 
o`zlashtirilishini bildiradi. 
3.3. Mulk ob`ekti va sub`ekti. Mulkchilik munosabatlari 
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy 
munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. 
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma`naviy ne`matlarni ishlab chiqarish hamda 
jamiyat boyliklarini o`zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Shunday ekan, 
Ilmiybaza.uz «O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g’risida»gi qonunda ko`rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi kichik korxonalar fuqaro va uning oila a`zolarining mulki bo`lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob`ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo`lida ishlatilishi mumkin. Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli bo`lib, yollanma mehnatga asoslangan holda foydalaniladigan mulkdir. O`zbekiston Respublikasining mulkchilik to`g’risidagi qonunida (7-modda) xususiy mulk o`z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko`rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo`lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta`kidlanadi. Xususiy mulk ham boshqa har qanday mulk shakllari kabi o`zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U so`zsiz, tashabbuskorlikni, mehnatga mas`uliyatlilik munosabatlarini rag’batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish iqtisodiyotda uni qo`llash foydali bo`lgan bo`g’inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bog’liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo`jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, do’kon, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin. Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo`ladi. Bu mulk alohida olingan ob`ektning turli mulkdorlar ishtirokida o`zlashtirilishini bildiradi. 3.3. Mulk ob`ekti va sub`ekti. Mulkchilik munosabatlari Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma`naviy ne`matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o`zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Shunday ekan,
Ilmiybaza.uz 
 
mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish 
va o`zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. 
Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo`lida saqlanib turishini bildiradi va 
yaratilgan moddiy boyliklarni o`zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim 
hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda 
foydalanish esa boshqalar qo`lida bo`ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol 
qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy 
faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo`llanilishidir. Mol-mulkni  
o`zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish 
uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish – bu mol-mulk taqdirining 
mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga 
berish kabi holatlarni erkin tanlash imkoniyati orqali namoyon bo`ladi. 
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari 
(egalik qilish, foydalanish, o`zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu 
munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli 
doirasida ham farqlanishi mumkin. Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham 
iqtisodiy munosabatlar mazmunini o`zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va 
iqtisodiy mazmuni o`zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik 
bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida 
ko`rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. 
Mulkchilik xo`jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy 
jihatdan ro`yobga chiqariladi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro`yobga chiqarilmasa, 
ya`ni o`zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga 
daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi. Boshqa 
tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat 
bo`ysunuvchi rol o`ynamaydi. Bu shunda ko`rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga 
ma`lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga 
oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan 
foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy me`yorlari (egalik qilish, 
Ilmiybaza.uz mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o`zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo`lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o`zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo`lida bo`ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo`llanilishidir. Mol-mulkni o`zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish – bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi holatlarni erkin tanlash imkoniyati orqali namoyon bo`ladi. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik qilish, foydalanish, o`zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin. Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o`zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o`zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko`rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Mulkchilik xo`jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro`yobga chiqariladi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro`yobga chiqarilmasa, ya`ni o`zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi. Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo`ysunuvchi rol o`ynamaydi. Bu shunda ko`rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma`lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy me`yorlari (egalik qilish,
Ilmiybaza.uz 
 
tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan 
ko`rinishi hisoblanadi. 
Huquqiy me`yorlar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini 
muhofaza qilish zarurati bilan bog’liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan, ular 
tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g’oyat 
muhim rol o`ynaydi. Bu rol shunda ko`rinadiki, tovar xo`jaligi sharoitida ayrim 
ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash 
munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish 
imkoniyati paydo bo`ladi. Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy me`yorlari, 
birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne`matlarning 
muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk 
egalarining qonun bilan qo`riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan, mol-
mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi. 
Mulkchilik munosabatlari uning ob`ektlari va sub`ektlari bo`lishini shart qilib 
qo`yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob`ektlaridir. Mulk 
ob`ekti bo`lib, inson yaratgan moddiy va ma`naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy 
mehnat mahsuli, insonning mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchi va boshqalar 
hisoblanadi. Mulk ob`ektida asosiy bo`g’in – bu ishlab chiqarish vositalariga egalik 
qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo`lsa, ishlab chiqarilgan 
mahsulot ham unga tegishli bo`ladi. 
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, 
ya`ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo`shilishi turli 
darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub`ektlari 
vujudga keladi. Mulk sub`ekti jamiyatda ma`lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega 
ega bo`lgan, mulk ob`ektini o`zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy 
munosabatlar ishtirokchilari bo`lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa 
ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo`ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham 
mulkchilik sub`ekti sifatida maydonga chiqishi mumkin. 
Mulk ob`ektlari va sub`ektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va 
huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari – bu 
Ilmiybaza.uz tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan ko`rinishi hisoblanadi. Huquqiy me`yorlar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog’liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan, ular tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g’oyat muhim rol o`ynaydi. Bu rol shunda ko`rinadiki, tovar xo`jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo bo`ladi. Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy me`yorlari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne`matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo`riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan, mol- mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi. Mulkchilik munosabatlari uning ob`ektlari va sub`ektlari bo`lishini shart qilib qo`yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob`ektlaridir. Mulk ob`ekti bo`lib, inson yaratgan moddiy va ma`naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob`ektida asosiy bo`g’in – bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo`lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo`ladi. Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya`ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo`shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub`ektlari vujudga keladi. Mulk sub`ekti jamiyatda ma`lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo`lgan, mulk ob`ektini o`zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo`lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo`ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub`ekti sifatida maydonga chiqishi mumkin. Mulk ob`ektlari va sub`ektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari – bu
Ilmiybaza.uz 
 
mulk ob`ektini o`zlashtirish bo`yicha mulk sub`ektlari o`rtasidagi iqtisodiy 
munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin: 
 
 
 
 
Mulkchilik huquqlari esa mulk sub`ektining mulk ob`ektiga nisbatan 
munosabatidir, ya`ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib 
chiquvchi huquqlar majmuidir: 
 
 
 
  
Mulk sub`ektlari ko`p darajali bo`lib, shu sub`ektlardan birontasi o`zini mulk 
egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va 
yuzaki tus oladi. 
3.4. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning o`ziga 
xosligi 
Bozor munosabatlariga o`tishning asosiy sharti ko`p ukladli iqtisodiyotni va 
raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. 
Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli mamlakatimiz 
birinchi Prezidentimiz marhum I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni 
«...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi 
bo`lib xizmat qiladi»1 deb alohida ta`kidlab ko`rsatadi. Uzoq yillar mobaynida 
respublikamiz 
iqtisodiyotida 
umumxalq 
mulki 
deb 
atalgan, 
aslida 
esa 
davlatlashtirilgan mulk to`liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda 
umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub`ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat 
a`zolari o`rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb 
qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish 
vazifasi o`tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori 
                                                           
1 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.3., - Т.: Ўзбекистон, 1996, 202-б.  
OB’EKT 
SUB’EKT 
SUB’EKT 
 
SUB’EKT 
OB’EKT 
Ilmiybaza.uz mulk ob`ektini o`zlashtirish bo`yicha mulk sub`ektlari o`rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin: Mulkchilik huquqlari esa mulk sub`ektining mulk ob`ektiga nisbatan munosabatidir, ya`ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir: Mulk sub`ektlari ko`p darajali bo`lib, shu sub`ektlardan birontasi o`zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi. 3.4. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning o`ziga xosligi Bozor munosabatlariga o`tishning asosiy sharti ko`p ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli mamlakatimiz birinchi Prezidentimiz marhum I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo`lib xizmat qiladi»1 deb alohida ta`kidlab ko`rsatadi. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to`liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub`ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a`zolari o`rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o`tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori 1 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.3., - Т.: Ўзбекистон, 1996, 202-б. OB’EKT SUB’EKT SUB’EKT SUB’EKT OB’EKT
Ilmiybaza.uz 
 
bo`lgan mamlakatlarda bu mulkning ma`lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish 
va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko`ra, O`zbekistonda ham mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi 
jarayon sifatida qaralib, O`zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish to`g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabr’) 
quyidagicha ta`rif beriladi: 
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalari va tashkilotlarini jamoa, 
ijara korxonalariga, aktsiyador jamiyatlarga, mas`uliyati cheklangan jamiyatlarga, 
davlatga qarashli mulk bo`lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga 
aylantirishdir. 
Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo`lmagan yuridik 
shaxslarning davlat mulki ob`ektlarini yoki davlat aktsiyadorlik jamiyatlarining 
aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir2.  
Bundan ko`rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga 
qaraganda ancha keng tushuncha hisoblanadi. Xususiylashtirish - davlat mulkiga 
egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o`tishidir. Mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa 
nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham ko`zda tutadi. U bir qator yo`llar 
bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish, 
davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab 
chiqarilgan cheklar (vaucher) bo`yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim 
tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma 
va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auktsionlarda 
kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.  
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo`lib, ularni 3 guruhga 
ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo`lib berish orqali xususiylashtirish; 2) 
davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo`lib berish 
hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish (3.4-chizma). 
                                                           
2 
Ўзбекистон 
Республикасининг 
Қонуни. 
Давлат 
тасарруфидан 
чиқариш 
ва 
хусусийлаштириш 
тўғрисида/Ўзбекистон Республикаси: қонунлар ва фармонлар. – Т.: Ўзбекистон, 1992, 65-б. 
Ilmiybaza.uz bo`lgan mamlakatlarda bu mulkning ma`lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko`ra, O`zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, O`zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabr’) quyidagicha ta`rif beriladi: Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalari va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aktsiyador jamiyatlarga, mas`uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo`lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo`lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob`ektlarini yoki davlat aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir2. Bundan ko`rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha hisoblanadi. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o`tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham ko`zda tutadi. U bir qator yo`llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo`yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k. Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo`lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo`lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo`lib berish hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish (3.4-chizma). 2 Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. Давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш тўғрисида/Ўзбекистон Республикаси: қонунлар ва фармонлар. – Т.: Ўзбекистон, 1992, 65-б.
Ilmiybaza.uz 
 
O`zbekistonda iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidayoq mulkchilikning 
hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e`tirof etildi va davlat 
mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko`p 
ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo`yildi. Avvalo mulkchilikning 
turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy me`yorlar va amal qilish 
mexanizmlari yaratildi.3 
O`zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga 
yondashuvning muhim xususiyati – uni maxsus dasturlar asosida bosqichma-
bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi 
bosqichini o`z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy 
fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko`rsatish korxonalarini hamda qishloq 
xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi (3.4-chizma).  
                                                                                                         3.4-chizma  
Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                           
3 Иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш чора-тадбирлари (1994 йил 21 январь) ва мулкни давлат 
тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш жараёнини янада ривожлантиришнинг устувор йўналишлари 
тўғрисидаги (1994 йил 16 март) фармонлар. 
Davlat mulkini xususiylashtirish 
usullari 
Aholoning ayrim ijtimoiy 
qatlamlariga bepul berish  
Barcha jamiyat a’zolariga sotish  
Barcha jamiyat a’zolariga bepul 
bo’lib berish 
Kim ochdi savdosida fuqarolarga 
yoki yuridik shaxslarga sotish 
Har bir jamiyat a’zosining davlat 
mulkini hosil qilishdagi ishtiroki, 
ya’ni qo’shgan hissasiga qarab bo’lib 
berish 
Foyda keltirmayotgan korxonani 
mehnat jamoasiga bo’lib berish  
Korxonalarni keyinchalik mehnat 
jamoalari tomonidan sotib olinishi 
sharti bilan ijaraga berish  
Chet el firmalari va fuqarolariga 
tashqi qarzni uzish evaziga berish 
yoki sotish  
Mulkni bepul bolib berish orqali 
xususiylashtirish  
Mulkni sotish orqali xususiylashtirish 
Ilmiybaza.uz O`zbekistonda iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e`tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko`p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo`yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy me`yorlar va amal qilish mexanizmlari yaratildi.3 O`zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni maxsus dasturlar asosida bosqichma- bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o`z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko`rsatish korxonalarini hamda qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi (3.4-chizma). 3.4-chizma Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari 3 Иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш чора-тадбирлари (1994 йил 21 январь) ва мулкни давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш жараёнини янада ривожлантиришнинг устувор йўналишлари тўғрисидаги (1994 йил 16 март) фармонлар. Davlat mulkini xususiylashtirish usullari Aholoning ayrim ijtimoiy qatlamlariga bepul berish Barcha jamiyat a’zolariga sotish Barcha jamiyat a’zolariga bepul bo’lib berish Kim ochdi savdosida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga sotish Har bir jamiyat a’zosining davlat mulkini hosil qilishdagi ishtiroki, ya’ni qo’shgan hissasiga qarab bo’lib berish Foyda keltirmayotgan korxonani mehnat jamoasiga bo’lib berish Korxonalarni keyinchalik mehnat jamoalari tomonidan sotib olinishi sharti bilan ijaraga berish Chet el firmalari va fuqarolariga tashqi qarzni uzish evaziga berish yoki sotish Mulkni bepul bolib berish orqali xususiylashtirish Mulkni sotish orqali xususiylashtirish
Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
 
Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli 
ayrim o`rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko`proq ijara 
korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlariga 
aylantirildi. Aktsiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi. 
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat iqtisodiy jihatdan samarasiz 
bo`lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o`ynaydigan 
ayrim sektorlarni, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag’ bilan ta`minlash 
vazifalarini o`z zimmasiga oldi. 
 
3.5-chizma  
O`zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
jarayonini amalga oshirish bosqichlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mulkni bepul bo’lib berish hamda sotish 
usullarini uyg’unlashtirish orqali 
xususiylashtirish  
Umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat 
ko’rsatish korxonalarini, qishloq xo’jalik mahsulotlarini 
qayta ishlash tizimi korxonalarini xususiylashtirish  
Ko’plab o’rta va yirik korxonalarni hissadorlik jamiyatlariga 
aylantirish hamda ularning aktsiyalarini Respublika qimmatli 
qog’ozlar bozorida sotish  
Aktsiyalarining nazorat paketi davlat mulkida bo’lgan yirik 
korxona va tarmoqlarni xususiylashtirish  
I bosqich 
(1992-1993 
yillar) 
II bosqich 
(1994-1995 
yillar) 
III bosqich 
(1996-1998 
yillar) 
IV bosqich 
(1998-2002 
yillar) 
 
Xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investsiyalarni jalb 
etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning 
yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar 
yaratish  
V bosqich 
(2003 йилдан 
бошлаб) 
Xususiylashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish va 
jadallashtirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning ishtirokini 
faollashtirish va salmog’ini oshirish  
Ilmiybaza.uz Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o`rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko`proq ijara korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Aktsiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi. Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat iqtisodiy jihatdan samarasiz bo`lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o`ynaydigan ayrim sektorlarni, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag’ bilan ta`minlash vazifalarini o`z zimmasiga oldi. 3.5-chizma O`zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari Mulkni bepul bo’lib berish hamda sotish usullarini uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish Umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimi korxonalarini xususiylashtirish Ko’plab o’rta va yirik korxonalarni hissadorlik jamiyatlariga aylantirish hamda ularning aktsiyalarini Respublika qimmatli qog’ozlar bozorida sotish Aktsiyalarining nazorat paketi davlat mulkida bo’lgan yirik korxona va tarmoqlarni xususiylashtirish I bosqich (1992-1993 yillar) II bosqich (1994-1995 yillar) III bosqich (1996-1998 yillar) IV bosqich (1998-2002 yillar) Xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish V bosqich (2003 йилдан бошлаб) Xususiylashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish va jadallashtirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning ishtirokini faollashtirish va salmog’ini oshirish
Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik 
xususiylashtirish 
amalda 
tugallandi, 
davlat 
mulkini 
boshqarish 
va 
uni 
mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo`lgan muassasalar 
tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko`rsatish, mahalliy sanoat 
korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq 
hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog’i davlatga 
qarashli bo`lmagan sektorga to`g’ri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida 
ilgari davlat ixtiyorida bo`lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy 
fondining 95 foizdan ortiqrog’i fuqarolarning xususiy mulki bo`lib qoldi. 
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 
yillarga to`g’ri keldi. Bu bosqichda ko`plab o`rta va yirik korxonalar aktsiyadorlik 
jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aktsiyalari Respublika qimmatli qog’ozlar 
bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki aktsiyadorlikka aylantirilishi bilan bir 
qatorda kichik xususiy biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida 
ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov 
asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko`chmas mulk 
va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. Mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama 
tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo`sh turgan mablag’larini o`ziga jalb qilib, 
ularning bozorga tazyiqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag’larni 
ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o`rtasida raqobatni 
yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu erda shuni ta`kidlash lozimki, 
xususiylashtirish 
iqtisodiyotning 
davlatga 
qarashli 
bo`lmagan 
sektorini 
Ilmiybaza.uz Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo`lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko`rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog’i davlatga qarashli bo`lmagan sektorga to`g’ri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo`lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog’i fuqarolarning xususiy mulki bo`lib qoldi. Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to`g’ri keldi. Bu bosqichda ko`plab o`rta va yirik korxonalar aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aktsiyalari Respublika qimmatli qog’ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki aktsiyadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko`chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo`sh turgan mablag’larini o`ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag’larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o`rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu erda shuni ta`kidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo`lmagan sektorini