IQTISODIY VA EKOLOGIK TARBIYA
Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish muammosi
ko’pdan buyon pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo’lib kelmokda. Bozor
iqtisodi sharoitida yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir.
Mamlakatimizda bozor iqtisodi o’ziga xos va o’ziga mos yo’l bilan bosqichma-
bosqich shakllanmoqda. Shu bois hozirgi davrda xalqimizning iqtisodiy
madaniyatini ko’tarish va jumladan yosh avlodning iqtisodiy savodxonlik darajasini
oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi iqtisodiy islohatlar,
tadbirkorlik va xorijiy sarmoyalar bo’yicha idoralar kengashining, O’zbekiston
Respublikasida Iqtisodiy ta’limni tashkil etishni takomillashtirishning asosiy
yunalishlari to’g’risida 1996 yil may oyida qabul qilingan qarori ham ana shu
maqsadni ko’zda tutgan.
Maktabda o’quvchilarga iqtisodiy ta’lim va tarbiya berish ta’lim jarayonining
muhim tomonidir. Avval iqtisodiy tarbiya haqida mukammal tushunchaga ega
bo’lmoq darkor. Iqtisodiy tarbiya o’quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik,
tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob kitob kabi qobiliyatlarni tarkib
toptirishdir.
Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitib
kelindi. CHunonchi, Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy matematika fani inson
xayotida asosiy o’rin tutishini takidlab, kishi hisob ilmini bilsagina u o’z
mehnatining natijalarini o’lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin- deydi.
Bolalarga iqtisodiy tarbiya berish oiladan boshlanadi. Abu Ali Ibn Sino o’z
asarlarida shunday yozadi:
«Oila a’zolarini kunlik oziq- ovqatlar uchun yetarli maxsulotlarni oldindan
tejamkorlik bilan sarf qiladi.Har bir kishi bug’doy, guruch, mevalarni saqlash
yo’llarini bilishi kerak. Ehtiyojga yaroqli narsalarga tejamkorlik bilan munosabatda
bo’lishi lozim. Ota-ona uvol qilish gunoxligini farzandlariga yoshligidan nasixat
yo’li bilan o’rgatadi.»
Iqtisodiy tarbiya - jamiyatning shaxsga mustaqil faoliyatida samarali
ko’rsatkichlarni ta’minlovchi aniq iqtisodiy tushunchalar iqtisodga bog’langan.
Siyosat, qonunlar, qonuniyat asoslari va va ularning amalda foydalanishi yo’l-
yo’riqlarning yig’indisini o’zlashtirishga imkon beruvchi izchil maqsadga muvofiq
ta’siridir.
Iqtisodiy ta’lim - ijodkor shaxsining shaxsining shakllanishiga ta’sir etuvchi
iqtisodiy bilimlar, ko’nikma, malaka yig’indisi, uzluksiz izchil maqsadga ko’ra
shaxsning ehtiyoj imkoniyatlarini hisobga olib, turli uslub, aniq dasturlar,
metodikalar bilan yetkazish jarayonidir.
Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga oshiriladi. Bu darslar
nechog’lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa, bolalar «mendan ketguncha egasiga
yetguncha», «Moling sara bo’lmasa, bozoring sara bo’lmas» maqollar ma’nosini
tushinib oladilar.Ular o’zlari bajarayetgan ishning chiroyli ,ozoda qilib bajarilishiga
e’tibor berishadi.
Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- o’quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila xo’jaligini yuritish va
boshqarish, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab chiqarishni
moliyalashtirish, kapital, tadbirkor, tadbirkorlik faoliyati, kichik va o’rta biznes,
ijara, shartnomalar va ularni tuzish, banklar, bank operatsiyalari, byujdetni
shakllantirish, daromad, bankrot, biznes-reja va boshqalar) borasida chuqur bilimlar
berish va ularni takomillashtirish;
- o’quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan, mavjud moddiy
boyliklarga nisbatan oqilona munosabatni tarbiyalash;
- ularda muayyan kasbiy yoki ishlab chiqarish ko’nikma va malakalarini
shakllantirish;
- ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;
- o’quvchilarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga nisbatan ehtiyoj va
layoqatni yuzaga keltirish;
- ular tomonidan tor doirada bo’lsada tadbirkorlik faoliyatining yo’lga
qo’yilishiga erishish.
Ma’lumki, «iqtisod» so’zining ma’nosi keng bo’lib, chuqur mazmunga ega.
Ko’p urindi bu so’z xalq ichida «tejamkorlik» so’zining sinomini sifatida
qo’llaniladi. Tejamkorlik haqida so’z ketganda isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslikki
tushunamiz.
«Iqtisod» tushunchasiga, mashhur o’zbek muayamini Abdulla Avloniy
quyidagicha ta’rif beradi: «Iqtisod deb pul va mol kabi na’matlarning qadrini
bilmakka aytilur.
Mol qadrini biluvchi kishilar o’rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o’rni
kelganda, so’mni ayamas. Sahovatning ziddi bahillik o’ldig’i kabi iqtisodning ziddi
isrovdur. Alloh. Taolo isrof qiluvchilarni suymas».
Ota-bobolarimizning o’z farzandlarini tejamkor bo’lishga undaganlarini xalq
og’zaki ijodi misolida ham ko’rishimiz mumkin. Masalan, tejamkorlik mavzui xalq
maqollarida ham o’z aksini topgan. Zero, bu maqollar yuz yillar davomida avloddan-
avlodga o’tib, xalqning dilida saqlanib kelgan.
Maqollar kishilarning tarixiy tajribasi sifatida ko’pgina sinovlardan o’tib
shakllanadi va chuqur ma’no kasb etadi. Mana ularning ayrimlari: «Tejagan-birga
birni qo’shar, tejamagan birini ham boy berar», «Pul topish uchun kuch-quvvat
kerak, tejash uchun-fahmu-farosat», «O’zingnikini bir bor tejasang, xalqnikini ming
bor teja», «Tejamligu rasomadlik-aka-uka, to’g’riligu halollik-opa-singil»,
«Tejamkor-olqish olar, isrofgar koyishga qolar» va hokazo.
Hattoki,
ota-onalarimiz
tejamkorlik
ruhida
tarbiyalash
vazifasiga
farzandlarining baxtli-saodatli bo’lishning bir sharti, axloqiy tarbiyaning bir
ko’rinishi sifatida qaraganlar.
Bozor iqtisodiyotining maqsadi jamiyatning barcha a’zolarini, jumladan, ota-
onalarni, ularning farzandlarini amaliy hisob-kitobga va oqilona omilkorlikka
o’rgatishdan iborat. Zotan, pul ham shaxsni tarbiyalaydi. Uni mensimaslik ikki
tomonlama xatolarni keltirib chiqarishi mumkin. Uning bir tomoni, bolani oilaning
moddiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati paydo bo’ladi va u tekinxo’rlikka
o’rganadi. Ikkinchi tomoni, pulga xirs qo’yish, ochko’zlik, xudbinlik, xasislik kabi
illatlarni keltirib chiqaradi.
Ma’lumki, azaldan ota-onalarimiz bolalarni xo’jalik ishlari bilan tanishtirib,
oilaning kirim va chiqim ishlarini ularga o’rgatib kelishgan. SHu tarzda, bolada
oilaning moddiy ahvoli xasida tasavvur hosil bo’lishiga e’tibor berilgan.
Hozirgi zamonda butun dunyoda ko’zga tashlayotgan oziq-ovqat, ichimlik
suvi, foydali qazilmalar va shu kabi zaxiralarning kamayib borayotganligi,
shuningdek, ahvoli sonining ortib ketayotganligi qator muammolarni keltirib
chiqarayotganligi tejamkorlik, ishbilarmonlik, omilkorlik kabi qadriyatlarning
umuminsoniy, umumbashariy ahamiyatini zarurligini ko’rsatib bermoqda.
Demak, tejamkorlik ishbilarmonlikni bir ko’rinishi sifatida qadriyat
hisoblanib kelingan va u ma’naviy-axloqiy mazmunga egadir. Bu tushunchani bola
ongiga singdirib borish ota-onaning vazifasini bo’lib, uni bajarish faqat shaxsiy ish
bo’lmasdan, balki ijtimoiy ahamiyatiga molik hodisadir. CHunki, bola o’zida
tejamkorlik tuyg’usini shakllantira borib, faqat o’z mehnatini va o’zgalar mehnatini
qadriga yetadigan bo’ladi. Buni anglab yetish bolada o’zi, ota-onasi va jamiyat
yaratgan boyliklarni qadriga yetish, ularni asrab-avaylash ko’nikmasi va malakasi
paydo bo’la boshlaydi.
Bu tarbiyaning noto’g’ri va zararli yo’li bo’lib, bundan ota-onalarning o’zlari
ko’proq zahmat chekadilar. Bizningcha, ota-onalar o’z farzandlarini mehnatsevar va
tejamkor qilib tarbiyalash uchun quyidagilarga amal qilishlari kerak.
1. Bola o’z ota onasining qayerda ishlashini va nima ishlab chiqarishini, bu
ishlab-chiqarishning butun jamiyat uchun qanday ahamiyati borligini bilishi kerak.
Umuman, bola ota-onasi ishlab, topib keltiradigan daromadning katta va
foydali ijtimoiy mehnat evaziga olinadigan ish haqi ekanini mumkin qadar ertaroq
yaxshi tushunishi lozim.
2. bolani oila byudjeti bilanmumkin qadar ertaroq tanishtirish lozim. u otasi
va onasining qancha maosh olishini bilishi kerak. Bola ota yoki onasining nimaga
muhtoj ekanligini, bu muhtojlikning qanchalik zarurligini bilishi zarur, u oilaning
boshqa a’zolari ehtiyojini yaxshiroq qondirish uchun o’zining ba’zi ehtiyojlaridan
vaqtincha kechishga odatlanishi kerak. Oilaning umumiy ehtiyojiga doir
masalalarini muhokama qilishga bolani ko’proq jalb qilish lozim.
3. Agar oilaning moddiy sharoiti juda yaxshi bo’lsa, bolaning o’z
tengdoshlari oldida bunday yaxshi sharoit bilan g’ururlanish va maqtanishga
odatlantirmaslik kerak. Bola oilaning boyligidan o’zgalar oldida gerdayishga hech
qanday asos yo’qligini tushunish zarur.
4. Ota-onalar bolalarining halol, rostgo’y va sofdillikka odatlanib
borishlarini diqqat bilan kuzatib borishlari kerak. Ular hech narsani boladan atayin
yashirmasliklari va shu bilan birga uning ko’z o’ngida yotgan bo’lsa ham, so’roqsiz
olmaslikka o’rgatishlari zarur. Havas keltiradigan har xil narsalarni atayin bolaning
ko’z o’ngicha qo’yib, uni ana shu narsalarga beparvolik bilan, suhlik qilmay
qarashga o’rgatish lozim.
5. Oilada tejamkorlik va xtiyotkorlik tarbiyasini to’g’ri tashkil etib eskirib
qolgan narsalarni yaxshilab ta’mir qilib, yangisini sotib olish vaqtini cho’zish va shu
yo’l bilan ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari topgan pulning ma’lum qismini
tejab qolish bolani juda kichik yoshligidan boshlab xo’jaligini yaxshi yuritmoqchi
bo’lgan kishi ro’zg’orda qaysi narsaning eskira boshlanganini avvalroq payqashi,
ro’zg’or buyumlarining juda eskirib qolishiga yo’l qo’ymasligi, ularni o’z vaqtida
tuzattirish, bozorda yoki do’konda tasodifan ko’rib qolgan narsasini sotib
olavermay, balki haqiqatdan kerak bo’lgan narsani sotib olishi maqsadga
muvofiqdir. Bolalarga ham shu odatni singdirib borish kerak.
6. Bola faqat o’z xonadonidagi buyumlarinigina ehtiyot qilib qolmay, balki
boshqa kishilarning buyumlarini ayniqsa, ko’pchilik foydalanadigan buyumlarni
ham ehtiyot qiladigan bo’lishi lozim.
7. Tejab-tergab ish ko’rish odatlarini bolada mumkin qadar ertaroq
tarbiyalamoq kerak. Odat mashq qilish bilan hosil bo’ladi. shu yo’l bilan bolada
buyumlarni tejab-tergab turish istagini doimo rag’batlantirib turish kerak.
8. Pulni tejab-tergan sarflash ayniqsa muhimdir. bunday harajatlarning
ro’yxati bolaning yoshiga va oilaning qurbiga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
Deylik, 10 yashar bola uchun taxminan quyidagicha ro’yxat tuzsa bo’ladi: daftar,
kitob sotib olish, yo’l kira, butun oila uchun non, sut, saryog’, sovun sotib olish,
uning o’zi va ukasiga ruchka olish… bola katta bo’lgan sari, bunday harajatlar
ro’yxati ancha ma’suliyatliroq va murakkabroq bo’la borishi lozim.
Boshlang’ich sinflarga "Iqtisod alifbosi " fani o’qitilmokda. Kitob rasmlardan
iborat, chunki o’quvchi xali harf tanimaydi.
Yuqori sinflarda "Iqtisodiy bilim asoslari" degan dars o’tilmokda. "Bozor",
"Ishlab chiqarish texnologiyasini o’stirish" ,"Maxsulotlarni tan- narxi", "tovarlarni
chet ellar bilan turli yo’llar orqali ayriboshlash” kabi mavzulardagi mashg’ulotlar
xayotiy tusda o’tkazilsa o’quvchi ongida chuqur iz qoldiradi.
Ekologik tarbiyaning mohiyati, darsda va darsdan tashqari ishlarda
ekologik tarbiya.
Tabiat bilan inson o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ma’lum qoidalarga
bo’ysungan holda boradi.Bu qonunlarni buzilishi ertami kechmi ekologik xalokatga
olib keladi. Mustaqil respublikamizdagi ekologik muammolar umumijtimoiy
masalalarning ajralmas qismi hisoblanib,keng jamoatchilik oldidagi xal etilishi zarur
bo’lgan masalalardan biridir.Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo’lib ,1866 yilda
nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. Ekologiya yunoncha so’z bo’lib,
uning ma’nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muxit bilan o’zaro
munosabatini bildiradi. Ekologik ta’lim va tarbiyani bog’chadan hamda
umumta’lim maktablarining 1- sinfidan boshlash kerak. Ekologik tarbiya insonning
tabiatiga, biosferaga bo’lgan yangicha munosabatlarni shakllantirishda muhim
bosqich hisoblanadi. Ekologik tarbiya atrof muhitga, olamga, xayvonot va o’simlik
dunyosiga muxabbat va extiyotkorona munosabatlarni shakllantirish jarayonidir.
Ajdodlarimiz bu masalaga aloxida e’tibor bilan qaraganlar . Bolalar go’daklik
chog’laridanoq axloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga
muxabbat atrof muxitga xurmat, obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish hissi
shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga "Suvga tuflama, uni iflos qilma, chunki
barcha jonivorlar uni ichib baxra oladi", "Birni kessang, o’nni ek" kabi o’git, nasixat
qilganlar. Hozirda umumta’lim maktablarining 5 - sinflaridan boshlab, e k o l o g i
ya fani o’qitila boshlanadi.
Ekologik ta`lim deganda o`quvchilarga berilishi lozim bo`lgan tabiat bilan inson
orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini
tarbiyalashdir. Ekologik ta`lim-tarbiya umumiy ta`lim-tarbiyaning tarkibiy qismi
bo`lib, maktabda barcha fanlarni o`qitishda amalga oshirilishi ko`zda tutiladi.
ekologik ta`lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodda atrof-muhit va uning
muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlar tabiat boyliklarini tejab-tergansha,
tabiatni muhofaza qilishga o`rgatila boriladi. Atoqli pedagog V.A. Suxomlinskiy
“Bolalarga jonim fido” asarida “Men bolalar «Alifbeni ochib, birinchi so`zini
hijjalab o`qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat kitobini
mutolaa etishlarini istardim”1 deb ta`kidlaganidek, bu boradagi barcha ishlarni
bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir.
Ekologik tarbiyada o`quvchilarni o`z maktabini, yashaydigan muhiti - shahar va
qishloq ko`chalarini ko`kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko`chatlari
ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi
ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega. Ekologik
madaniyat avvalo oiladan boshlanadi.
Ekologik tarbiya berishni tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o`z ichiga oladi:
-
Atrof muhit va uning shaxs ma`naviy dunyosiga ta`siri;
-
Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash;
-
Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilaning hamkorligi;
1 Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida. T., “O`qituvchi”, 1996 y, 153-bet
-
O`z yashash joyi, shahar va qishlog`i, oila va maktab hovlisini
ko`kalamzorlashtirishda, hatto, sinf xonasidagi o`simliklarni ham parvarishlashga
qiziqishlarini oshirish;
-
Atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari;
-
Tabiatni muhofaza qilishda ota-onalarning naunalari;
-
Oiladagi maktabdagi tabiatni, o`simliklar va hayvonot dunyosini e`zozlashga
o`rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish;
-
Tabiatga ongli munosabat jarayonida o`quvchilarning dunyoqarashini
kengaytirish;
-
Yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an`ana va udumlarni qayta tiklash,
ularga e`tiborni kuchaytirish.
O`quvchilar ekologik tarbiya ishlari jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur:
-
Tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi
bog`lanish;
-
Tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish;
-
Atrof-muhitni ifloslanishlardan saqlash;
-
Tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish.
Ekologik tarbiya berishda ta`lim tizimida o`qitilayotgan deyarli barcha fanlarning
imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Jumladan, biologiya, ximiya, iqtisodiy
geografiya, fizika, astronomiya fanlarini o`qitish jarayonida ham o`quvchilarga
ekologik tarbiya berib boriladi.
Ekologik ta’lim tarbiya quyidagi asosli bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. O’quvchilarni tabiat go’zalliklarini sevish,ulardan estetik zavq olish ruhida
tarbiyalash.
2. Jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari , tabiat bilan jamiyat
o’rtasidagi murakkab o’zaro munosabatlar,inson xo’jalik faoliyatining tabiatga
ta’siri oqibatlari haqida bilim berish.
3. O’quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash.Tabiatni sevish ,undan to’g’ri va
ongli ravishda foydalana bilishni tarbiyalash kishilarda tabiat oldida masuliyatni
anglash malakasini xosil qiladi. Tabiatning normal holati uchun fuqoralik
masuliyatini anglash malakasini xosil qiladi.Tabiatning normal holati uchun
fuqarolik masuliyatini to’la anglash ekologik ta’lim va tarbiyaning ifodasidir.
Kishilarda tabiat qonunlariga to’la rioya etish to’g’risida va bu sohada vatan ,xalq
,davlat va kelajak avlod oldidagi burch tuyg’usi va masuliyat hisi xosil etilsa, ularda
ekologik ong va tafakkur xosil bo’lmaydi. Ekologik ong va tafakurga ega bo’lgan
kishi o’z mehnat faoliyatida tabiatga ta’sir etish qanday oqibatlarga olib kelishi
mumkinligini oldindan ko’rib, ongli ravishda ish tutadi.
Bolalarda ekologik xususiyatdagi tasavvurlarini kengaytirishda tarix va
geografiya fanlarining imkoniyati katta. Bundan 500 yil,1000 yil avval o’lkamiz
tabiati qanday bo’lgan , o’simlik va xayvonot olami qanday bo’lgani kabi savollarga
javob topish mumkin. Ona tili darslaridagi ko’plab mashqlar o’quvchilarda tabiatga
mexr uyg’otishi qo’l keladi.
Matematika fanida beriladigan ekologik ta’lim tarbiya jarayonida o’quvchilar
tabiatidagi salbiy yoki ijobiy o’zgarishlar inson sog’ligiga qanday ta’sir qilishi
haqida aniq tasavvurga ega bo’lishadi. Masalan: Respublikamizda 1200 ga yaqin
sanoat korxonasi borligi, ular xavoga 1500 tonnaga yaqin zaharli moddalarni
chiqarayotganligi, bunday holat 10 yil, 20 yildan keyin shu maromda ketaversa
nimalarga olib kelishi mumkinligini misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari
yoshlarga tushuntiriladi.
Ekologik yo’nalishdagi to’garaklarda bolalar tabiatga zarar yetkazmaslikka,
tabiat go’zalliklaridan zavqlanishga, atrof muxitni sevishga o’rgatilib boriladi.
To’garak mashg’ulotlarida o’tiladigan "Tabiatni e’zozlaylik", "Tabiat va inson",
"Ekologiya va inson", "Orol madad so’raydi", "Qushlar bizning do’stimiz" kabi
mavzularda tabiatga qiziqishni yanada oshiradi. O’qituvchining bolalarga ekologik
ta’lim tarbiya berishda xalqimizning o’ziga xos milliy tarbiyasidan o’rinli
foydaanishi yaxshi samara beradi.
Masalan, "Soyasidan xalq foydalanib to’rgan daraxtni kesib yuborgan odamni
tangri do’zaxga maxkum etur", "Qaysi musulmon ekin eksa, yoki biror daraxt
o’tkazsa, so’ng uning mevasidan kush yeki xayvon yesa, uning ekinidan yeyilgan
narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi" kabi hodisalarda ekologiyaga oid
tushunchalar bordir.
Qovun sayli, suv sayli, uzum sayli, hosil bayrami, navro’z bayrami, xirmon
to’yi kabi bayramlar ham o’quvchilarga ekologik tarbiya berishda katta ahamiyatga
ega.