IQTISODIY XARAJATLAR, DAROMADLAR VA FOYDA.
Reja:
1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi
2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining
o‘zgarish tamoyillari
3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi
1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z
faoliyati natijalaridan ko‘proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona
oladigan foyda nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki
tovar ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham
intiladi.
Tovarlarni sotish narxlari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan
tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning ishlab
chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi
darajasiga bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun
ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi. Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq
etishda ikki xil yondashuv – klassik va neoklassik yoki zamonaviy
konsepsiyalardan foydalaniladi. Klassik nazariya yondashuviga ko‘ra, ishlab
chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan
barcha jonli mehnat, pul va moddiy sarflardir .
Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim:
1)
ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot qiymati;
2)
korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari.
Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun
ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular
mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini
ko‘rsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida
namoyon bo‘ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni:
w = c + v + m,
bu erda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s –
iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – ishchi kuchi qiymati (ish
haqi); m – qo‘shimcha qiymat.
Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab
chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qilinadigan barcha sarflar
tushuniladi:
k = s + v.
Korxona ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xomashyo, asosiy va
yordamchi
materiallar,
yonilg‘i
va
energiya
xarajatlari,
asosiy
kapital
amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, foiz to‘lovlari va boshqa
xarajatlar kiradi. Korxona tomonidan ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-
xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari faqat tovarni ishlab chiqarish bilan
bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga olib, tovar birligi qiymatining faqat bir qismini
tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam
bo‘ladi.
Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq
bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazilguncha ketadigan
sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: qo‘shimcha muomala xarajatlari va
sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish,
tashish va saqlash xarajatlari qo‘shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi.
Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining davomi
hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar
sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi .
Cof muomala xarajatlari tovarni sotish bilan bog‘liq bo‘lib, sotuvchilarning
maoshi, marketing (iste’molchilar talabini o‘rganish), reklama va shu kabi
xarajatlardan iborat bo‘ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda
hisobidan qoplanadi.
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni
tashqaridan to‘lov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlardir. Bunday
xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xomashyo va materiallar uchun to‘lovlar,
kredit uchun foiz to‘lovlari, ijaraga olingan er uchun renta, transport xizmati va
boshqa har xil xizmatlar uchun to‘lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to‘lov hujjatlari
bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi.
Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanishi bilan
bog‘liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to‘lovlari shaklida
chiqmaydi. SHu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o‘z resurslari qiymatini
shunga o‘xshash resurslarning bozordagi narxlariga taqqoslash orqali amalga
oshiriladi.
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir
qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi . Doimiy xarajatlar (DX) ishlab
chiqarish hajmining o‘sishiga bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har
qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov
majburiyatlari (qarzlar bo‘yicha foiz va boshqalar), soliqlarning ishlab chiqarish
hajmiga bog‘liq bo‘lmagan turlari, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash
xizmatiga to‘lov, uskunalarga xizmat ko‘rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari
maoshi va shu kabilar kiradi.
O‘zgaruvchi xarajatlar (O‘X) deb ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga
ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yonilg‘i, transport
xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar
yig‘indisi umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi.
Qo‘shilgan xarajatlarni har bir navbatdagi qo‘shilgan mahsulot birligi
uchun aniqlash mumkin. Tovar yoki xizmatlarning keyingi qo‘shilgan birligini
ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladigan xarajatlar o‘rtacha qo‘shilgan xarajatlar
deyiladi.
2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish
xarajatlarining o‘zgarish tamoyillari
Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat o‘zgaruvchi xarajatlari
miqdorini o‘zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir . Bunday xarajatlar qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
1) jonli mehnat xarajatlarini oshirish, ya’ni qo‘shimcha ishchi kuchini yollash
va ulardan foydalanish;
2) xomashyo, material, elektr energiyasi va boshqa xarajatlar miqdorini
ko‘paytirish;
3) nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin
bo‘lgan mehnat vositalari miqdorini ko‘paytirish va h.k.
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va
barcha band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun etarli bo‘lgan davrdir .
Bu erda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini
taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib
chiqib farqlanishi mumkin.
Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki,
korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab
chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
Bu omillar quyidagilar:
1) mehnatning ixtisoslashuvi;
2) boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi;