Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari

Yuklangan vaqt

2024-07-23

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

142,5 KB


 
 
 
 
 
 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari 
 
 
Reja 
1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning qamrov jihatidan turlari. Iqtisodiy 
faoliyatning mazmuni.  
2. Takror ishlab chiqarish fazalari: ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, 
isteʼmol.  
3. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning o’sib 
borishi qonuni.  
4. Iqtisodiy resurslarning mazmuni va turkumlanishi. Iqtisodiy resurslar va 
ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bogʻliqlik.  
5. Iqtisodiyot oldidagi muammolar. Iqtisodiyotga   oid   bilimlarning   
shakllanishi   va   rivojlanishi. Qadimgi Sharq va Gʻarb xalqlaridagi iqtisodiy 
gʻoyalar. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy oqimlar: 
merkantilizm, fiziokratlar, ingliz klassik iqtisodiy maktabi, marksizm va 
marjinalizm.  
Iqtisodiyot tushunchasi va uning qamrov jihatidan turlari. Iqtisodiy 
faoliyatning mazmuni. 
Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng 
awalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to’g’risida tasavvurga ega bo’lish lozim. 
Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’p qirrali va g’oyat chigal, 
muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab 
chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni 
boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan 
sari ko’payib, rivojlanib hamda ulaming o’zgarib borishi natijasida vujudga keladi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari Reja 1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning qamrov jihatidan turlari. Iqtisodiy faoliyatning mazmuni. 2. Takror ishlab chiqarish fazalari: ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, isteʼmol. 3. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni. 4. Iqtisodiy resurslarning mazmuni va turkumlanishi. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bogʻliqlik. 5. Iqtisodiyot oldidagi muammolar. Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi. Qadimgi Sharq va Gʻarb xalqlaridagi iqtisodiy gʻoyalar. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy oqimlar: merkantilizm, fiziokratlar, ingliz klassik iqtisodiy maktabi, marksizm va marjinalizm. Iqtisodiyot tushunchasi va uning qamrov jihatidan turlari. Iqtisodiy faoliyatning mazmuni. Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng awalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to’g’risida tasavvurga ega bo’lish lozim. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’p qirrali va g’oyat chigal, muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko’payib, rivojlanib hamda ulaming o’zgarib borishi natijasida vujudga keladi.
 
 
Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi 
kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab ko’rinadi. 
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar siyosat, san’at, adabiyot, fan, 
ma’rifat, madaniyat, ta’lim olish bilan shug’ullanishdan oldin birlamchi hayotiy 
ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish- lari kerak. Shuning uchun har bir 
kishi, o’zining kundalik hayotida bir qator muammolarga, ya’ni kiyim-kechak, 
oziq-ovqat, uy-ro’zg’or buyumlariga ega bo’lish, bilim olish kabi ehtiyojlami 
qanday qilib, nima hisobiga qondirish mumkin degan muammolarga duch keladi. 
Shu muammolami yechish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar 
turli yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Demak, insonning turli 
faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini 
ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar 
ko’rsatishdan iborat bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir. 
Cheklangan 
iqtisodiy 
resurslardan 
unumli 
foydalanib, 
kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni 
ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan 
bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan, 
iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy 
xo’jaligi doirasida ro’y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining 
(Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo’jaligi va uni yuritish 
qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida 
tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e ’tibor 
berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot tushunchasi faqat uy, individual xo’jalik 
yuritish yoki tejamkorlik ma’nosi bilan cheklanmaydi. Balki iqtisodiyot -
mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo’jaliklardan, xo’jaliklararo, 
davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo’shma korxonalar, 
moliya 
va 
bank 
tizimlaridan, 
davlatlar 
o’rtasidagi 
turli iqtisodiy 
munosabatlardan iborat o’ta murakkab iqtisodiy tizimni anglatadi. 
Buning ustiga barcha resurslarimiz - tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, 
ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul mablag’lari va boshqa 
Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab ko’rinadi. Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim olish bilan shug’ullanishdan oldin birlamchi hayotiy ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish- lari kerak. Shuning uchun har bir kishi, o’zining kundalik hayotida bir qator muammolarga, ya’ni kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro’zg’or buyumlariga ega bo’lish, bilim olish kabi ehtiyojlami qanday qilib, nima hisobiga qondirish mumkin degan muammolarga duch keladi. Shu muammolami yechish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir. Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e ’tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot tushunchasi faqat uy, individual xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosi bilan cheklanmaydi. Balki iqtisodiyot - mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo’jaliklardan, xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo’shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o’ta murakkab iqtisodiy tizimni anglatadi. Buning ustiga barcha resurslarimiz - tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul mablag’lari va boshqa
 
 
resurslaming barchasi cheklangan miqdordadir. Hattoki, ishlab chiqarishning 
bugungi darajasida insoniyat ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklarning taxminan qancha 
vaqtga yetishini oldindan bashorat qilish mumkin. Jumladan, insoniyat 2500-yilga 
kelib, barcha metall zaxiralarini sarflab bo’lishi bashorat qilinib, bunda temir rudasi 
250 yilga, alyuminiy 570, mis 29, rux 23, qalayi 35, qo’rg’oshin   19 yilga yetishi 
taxmin qilinmoqda. Amal- da hozir yashayotgan avlod ham ishlab chiqarishda 
qo’rg’oshin, qalayi, rux, oltin, kumush, platina, nikell, volfram, misdan foydalanish 
muammosiga duch kelmoqda. Yaqin yuz yil   ichida ishlab chiqarishni 
energoresurslar: neft, gaz, ko’mir bilan ta’minlash muammosi ham alohida muammo 
bo ‘lib qolishi ehtimoldan xoli emas. 
Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining 
to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar 
va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish iqtisodiyotning asosiy 
mazmunini tashkil etadi. 
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo’lishi mumkin: jahon 
iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa va hudud iqtisodiyoti, 
korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ulami yaxlitlashtirib, 
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, 
darajalari, shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar ulaming hammasi bir maqsadga 
bo’ysungan: u ham bo’lsa insoniyatning yashashi, ko’payishi va kamol topishi 
uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalami yaratib, ulaming 
ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson 
hayotining asosini, uning poydevorini tashkil etib, uning o’zi ham insonsiz, uning 
faoliyatisiz mavjud bo’lmaydi va mazmunga ham ega emas. 
 
Takror ishlab chiqarish fazalari: ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, 
isteʼmol. 
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlaming, resurslarning   doimo   
harakatda   bo’lib,   takror-takror   ishlab   chiqariladi va iste’mol qilinadi, ulaming 
bu to’htovsiz harakati takror ishlab chiqarish deyiladi. Takror ishlab chiqarish 
resurslaming barchasi cheklangan miqdordadir. Hattoki, ishlab chiqarishning bugungi darajasida insoniyat ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklarning taxminan qancha vaqtga yetishini oldindan bashorat qilish mumkin. Jumladan, insoniyat 2500-yilga kelib, barcha metall zaxiralarini sarflab bo’lishi bashorat qilinib, bunda temir rudasi 250 yilga, alyuminiy 570, mis 29, rux 23, qalayi 35, qo’rg’oshin 19 yilga yetishi taxmin qilinmoqda. Amal- da hozir yashayotgan avlod ham ishlab chiqarishda qo’rg’oshin, qalayi, rux, oltin, kumush, platina, nikell, volfram, misdan foydalanish muammosiga duch kelmoqda. Yaqin yuz yil ichida ishlab chiqarishni energoresurslar: neft, gaz, ko’mir bilan ta’minlash muammosi ham alohida muammo bo ‘lib qolishi ehtimoldan xoli emas. Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo’lishi mumkin: jahon iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa va hudud iqtisodiyoti, korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ulami yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar ulaming hammasi bir maqsadga bo’ysungan: u ham bo’lsa insoniyatning yashashi, ko’payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalami yaratib, ulaming ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning poydevorini tashkil etib, uning o’zi ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo’lmaydi va mazmunga ham ega emas. Takror ishlab chiqarish fazalari: ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, isteʼmol. Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlaming, resurslarning doimo harakatda bo’lib, takror-takror ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi, ulaming bu to’htovsiz harakati takror ishlab chiqarish deyiladi. Takror ishlab chiqarish
 
 
quyidagi fazalar birligidan iboratdir: 
1) ishlab chiqarish jarayoni; 
2) taqsimlash jarayoni; 
3) ayirboshlash jarayoni; 
4) iste’mol qilish jarayoni. 
Ishlab chiqarish - kishilik jamiyatining mavjud bo’lishi va rivojlanishi 
uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni.  
Barcha tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u 
takror ishlab chiqarishning eng asosiy va boshlang’ich fazasi hisoblanadi. Agar 
ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol 
qilinadigan narsalar bo’lmaydi. 
Misol uchun, odamlaming non mahsulotiga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun 
eng kamida quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshirish lozim: ekin maydonlarini 
haydash va ularga ishlov berish; yerga urug’ qadash va unib chiqib, to hosil 
yetishguncha parvarishlash; g’allani o’rish va don omborlariga joylash; donni 
tegirmondan chiqarib, un mahsuloti olish; undan non zavodlari yoki 
nonvoyxonalarda non tayyorlash. O’z o’rnida, har bir jarayon uchun kerakli bo’lgan 
mehnat vositalarini ham ishlab chiqish kerak bo’ladi. Masalan, ekin maydonini 
haydash uchun traktorlar, omochlar; urug’ qadash uchun seyalkalar; g’allani o’rish 
uchun kombaynlar; omborga tashish uchun yuk mashinalari; donni yanchish uchun 
tegirmonlar; non yopish uchun tandirlar va hokazo. Agar bu vositalarning birortasi 
bo’lmasa, yo ishlab chiqarish jarayoni to’xtaydi yoki samaradorligi pasayib ketadi. 
Taqsimot - ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning 
turli qism va subyektlari o’rtasida taqsimlash jarayoni.  
Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va 
boshqa resurslar turli tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o’rtasida 
taqsimlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo’lgan tovar va xizmatlar, 
ulaming pul holidagi ko’rinishi bo’lgan daromadlar ham taqsimlanadi. 
Bizning misolimizdagi non mahsulotini ishlab chiqarish uchun ham ushbu 
faoliyat sohasiga kerakli resurslar - traktorlar, omochlar, seyalkalar, kombaynlar, 
quyidagi fazalar birligidan iboratdir: 1) ishlab chiqarish jarayoni; 2) taqsimlash jarayoni; 3) ayirboshlash jarayoni; 4) iste’mol qilish jarayoni. Ishlab chiqarish - kishilik jamiyatining mavjud bo’lishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni. Barcha tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u takror ishlab chiqarishning eng asosiy va boshlang’ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo’lmaydi. Misol uchun, odamlaming non mahsulotiga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun eng kamida quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshirish lozim: ekin maydonlarini haydash va ularga ishlov berish; yerga urug’ qadash va unib chiqib, to hosil yetishguncha parvarishlash; g’allani o’rish va don omborlariga joylash; donni tegirmondan chiqarib, un mahsuloti olish; undan non zavodlari yoki nonvoyxonalarda non tayyorlash. O’z o’rnida, har bir jarayon uchun kerakli bo’lgan mehnat vositalarini ham ishlab chiqish kerak bo’ladi. Masalan, ekin maydonini haydash uchun traktorlar, omochlar; urug’ qadash uchun seyalkalar; g’allani o’rish uchun kombaynlar; omborga tashish uchun yuk mashinalari; donni yanchish uchun tegirmonlar; non yopish uchun tandirlar va hokazo. Agar bu vositalarning birortasi bo’lmasa, yo ishlab chiqarish jarayoni to’xtaydi yoki samaradorligi pasayib ketadi. Taqsimot - ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli qism va subyektlari o’rtasida taqsimlash jarayoni. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va boshqa resurslar turli tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o’rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo’lgan tovar va xizmatlar, ulaming pul holidagi ko’rinishi bo’lgan daromadlar ham taqsimlanadi. Bizning misolimizdagi non mahsulotini ishlab chiqarish uchun ham ushbu faoliyat sohasiga kerakli resurslar - traktorlar, omochlar, seyalkalar, kombaynlar,
 
 
yuk mashinalari, tegirmonlar va tandirlar; ulami ishga soluvchi traktorchi, 
haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoylar barchasi taqsimot jarayonidan o’tadi. Ular 
aynan mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv tufayli turli-tuman faoliyat va jarayonlar 
bo’yicha o’z o’milarini topadilar. Shuningdek, tayyor bo’lgan non mahsulotini 
sotishdan olingan daromad ham turli kasb egalari - traktorchi, haydovchi, dehqon, 
ishchi va nonvoy o’rtasida, mulk egalari o’rtasida taqsimlanadi. Ular mahsulotdagi 
o’z ulushlarini ish haqi yoki foyda, foiz, renta ko’rinishida oladilar. 
Taqsimot qancha adolatli va to’g’ri bo’lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga 
shuncha ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uni rag’batlantiradi. 
Ayirboshlash -   jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki 
ishlab chiqarish natijalari bo’yicha ma’lum bir o’lcham (masalan, qiymat 
miqdori) asosida o’zaro almashish jarayoni.   Mehnat taqsimoti natijasida ayrim   
guruh kishilar tovar va xizmatlaming ma’lum turlarini ishlab chiqarish va yetkazib 
berishga ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o ‘z tovarini sotib, 
o’ziga kerakli bo’lgan boshqa tovar yoki xizmatlar- ni sotib oladi. Jumladan, 
bizning misolimizdagi nonvoy ham o’z mahsuloti-nonni sotib, tushgan puliga 
qassobdan-go’sht, dehqondan-sabzavotlar, do’kondordan-kiyim-kechak va boshqa 
zarur tovarlarni sotib oladi. 
Natijada turli xil yo’nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat 
ko’rsatuvchilar o’rtasida iqtisodiy aloqa-ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni 
sodir bo’ladi. 
Iste’mol - ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning 
ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni. Iste’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi 
fazasi bo’lib, bu jarayon orqali jamiyat a’zolarining turli-tuman ehtiyojlari 
qondiriladi. Iste’mol ikki turda bo’ladi: ishlab chiqarish (unumli) iste’moli va 
shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi 
ku- chidan foydalanish unumli iste’mol deyiladi. Nonvoy ishlatgan un, ko’mir yoki 
tabiiy gaz, o’simlik moyi - bularning barchasi unumli iste’mol hisoblanadi. Chunki, 
bulaming barchasi mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Iste’mol 
buyumlarining ehtiyojlarni qondirish maqsadida o’z ahamiyati bo’yicha pirovard 
yuk mashinalari, tegirmonlar va tandirlar; ulami ishga soluvchi traktorchi, haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoylar barchasi taqsimot jarayonidan o’tadi. Ular aynan mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv tufayli turli-tuman faoliyat va jarayonlar bo’yicha o’z o’milarini topadilar. Shuningdek, tayyor bo’lgan non mahsulotini sotishdan olingan daromad ham turli kasb egalari - traktorchi, haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoy o’rtasida, mulk egalari o’rtasida taqsimlanadi. Ular mahsulotdagi o’z ulushlarini ish haqi yoki foyda, foiz, renta ko’rinishida oladilar. Taqsimot qancha adolatli va to’g’ri bo’lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga shuncha ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uni rag’batlantiradi. Ayirboshlash - jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo’yicha ma’lum bir o’lcham (masalan, qiymat miqdori) asosida o’zaro almashish jarayoni. Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlaming ma’lum turlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o ‘z tovarini sotib, o’ziga kerakli bo’lgan boshqa tovar yoki xizmatlar- ni sotib oladi. Jumladan, bizning misolimizdagi nonvoy ham o’z mahsuloti-nonni sotib, tushgan puliga qassobdan-go’sht, dehqondan-sabzavotlar, do’kondordan-kiyim-kechak va boshqa zarur tovarlarni sotib oladi. Natijada turli xil yo’nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida iqtisodiy aloqa-ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo’ladi. Iste’mol - ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni. Iste’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi bo’lib, bu jarayon orqali jamiyat a’zolarining turli-tuman ehtiyojlari qondiriladi. Iste’mol ikki turda bo’ladi: ishlab chiqarish (unumli) iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi ku- chidan foydalanish unumli iste’mol deyiladi. Nonvoy ishlatgan un, ko’mir yoki tabiiy gaz, o’simlik moyi - bularning barchasi unumli iste’mol hisoblanadi. Chunki, bulaming barchasi mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Iste’mol buyumlarining ehtiyojlarni qondirish maqsadida o’z ahamiyati bo’yicha pirovard
 
 
ravishda ishlatilishi shaxsiy iste’mol deyiladi. Nonvoy tayyorlagan nonning 
odamlar tomonidan sotib olinib, iste’mol qilinishi shaxsiy iste’molni anglatadi. 
Mahsulot va xizmatlar shaxsiy iste’molidan so’ng, ular o’miga yana yangisini ishlab 
chiqarish zarurati paydo bo’ladi. 
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to’xtovsiz 
takrorlanib turadigan jarayondir. 
 
1-rasm. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish 
fazalaridagi harakati 
Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning o’sib borishi 
qonuni. 
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi - ehtiyojlarning cheksizligi va 
iqtisodiy resurslarning cheklanganligi hamda ular o’rtasidagi ziddiyatning hal 
qilinishidir. Bu masalani to’g ‘ri tushunish uchun, eng awalo, ehtiyojning 
mohiyatini, uning turlarini bilish zarur. 
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi 
uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurati iqtisodiyot 
nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi. 
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy 
ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o’rin tutadi. Bu ehtiyojlar 
kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun turli ne’matlar 
hamda xizmatlarga zaruratdan iborat bo’ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-
iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlami o’z ichiga oladi. 
Moddiy ehtiyojlar-bu moddiy ko’rinishdagi ne’matlar vositasida 
qondiriluvchi zaruratdir. Bular iste’mol uchun zarur bo’lgan ko’plab hayotiy 
ravishda ishlatilishi shaxsiy iste’mol deyiladi. Nonvoy tayyorlagan nonning odamlar tomonidan sotib olinib, iste’mol qilinishi shaxsiy iste’molni anglatadi. Mahsulot va xizmatlar shaxsiy iste’molidan so’ng, ular o’miga yana yangisini ishlab chiqarish zarurati paydo bo’ladi. Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to’xtovsiz takrorlanib turadigan jarayondir. 1-rasm. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish fazalaridagi harakati Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni. Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi - ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi hamda ular o’rtasidagi ziddiyatning hal qilinishidir. Bu masalani to’g ‘ri tushunish uchun, eng awalo, ehtiyojning mohiyatini, uning turlarini bilish zarur. Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi. Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o’rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun turli ne’matlar hamda xizmatlarga zaruratdan iborat bo’ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy- iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlami o’z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar-bu moddiy ko’rinishdagi ne’matlar vositasida qondiriluvchi zaruratdir. Bular iste’mol uchun zarur bo’lgan ko’plab hayotiy
 
 
predmetlami (ishlab chiqarish va transport vositalari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, 
turar-joy va h.k.) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, turli bezaklar va 
h.k.) o’z ichiga oladi. 
Ma’naviy ehtiyojlar-bu insonning shaxs sifatida kamol topishi, 
dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan 
nomoddiy ne’mat va xizmatlarga bo’lgan zaruratdir. Ular kishilarning bilim va 
dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, turli 
ma’naviy yo’nalishdagi xizmat- lardan bahramand boiish kabi ehtiyoj lardan iborat 
bo’ladi. 
Ehtiyojlarni iste’mol qilish tavsifiga ko’ra shaxsiy va ishlab chiqarish 
ehtiyojlariga ajratish mumkin. 
Shaxsiy ehtiyojlar - kishilarning pirovard iste’moli uchun moijallangan 
mahsulot va xizmatlarga bo’lgan zarurat. Masalan, oziq- ovqat, kiyim-kechak, uy-
ro’zg’or buyumlari, shaxsga ko’rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlami 
namoyon etadi. 
Ishlab chiqarish ehtiyojlari-mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat   
ko’rsatishni   amalga   oshirish    maqsadida    ishlatiluvchi turli iqtisodiy 
resurslarga bo’lgan zarurat. Ishlab chiqarish ehtiyojlariga xomashyo (neft, paxta 
va h.k.), materiallar (po’lat, yog’och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish mashinalari 
(yuk mashinasi, ekskavator, buldozer va h.k.), ishchi kuchi va boshqalami kiritish 
mumkin. 
Shuningdek," ehtiyojlami yakka tarzda va birgalikda qondiriluv­ chi 
ehtiyojlar; birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar; yakka, guruhiy, hududiy, 
umumjamiyat ehtiyojlari kabi turlarga ajratish mumkin. 
Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab 
qondirilishi   mumkin   bo’lgan   ehtiyojlar   yakka   tarzda qondiriluvchi 
ehtiyojlar deyiladi. Ularga ovqatlanish, kiyinish kabilami misol qilish mumkin. 
Hatto ovqatlanish jarayoni birgalikda (oilaviy yoki bir necha kishilar bilan) amalga 
oshirilgan taqdirda ham, har bir kishining ovqatga bo’lgan ehtiyoji alohida, yakka 
tarzda qondiriladi. 
predmetlami (ishlab chiqarish va transport vositalari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy va h.k.) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, turli bezaklar va h.k.) o’z ichiga oladi. Ma’naviy ehtiyojlar-bu insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne’mat va xizmatlarga bo’lgan zaruratdir. Ular kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, turli ma’naviy yo’nalishdagi xizmat- lardan bahramand boiish kabi ehtiyoj lardan iborat bo’ladi. Ehtiyojlarni iste’mol qilish tavsifiga ko’ra shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyojlariga ajratish mumkin. Shaxsiy ehtiyojlar - kishilarning pirovard iste’moli uchun moijallangan mahsulot va xizmatlarga bo’lgan zarurat. Masalan, oziq- ovqat, kiyim-kechak, uy- ro’zg’or buyumlari, shaxsga ko’rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlami namoyon etadi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari-mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni amalga oshirish maqsadida ishlatiluvchi turli iqtisodiy resurslarga bo’lgan zarurat. Ishlab chiqarish ehtiyojlariga xomashyo (neft, paxta va h.k.), materiallar (po’lat, yog’och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish mashinalari (yuk mashinasi, ekskavator, buldozer va h.k.), ishchi kuchi va boshqalami kiritish mumkin. Shuningdek," ehtiyojlami yakka tarzda va birgalikda qondiriluv­ chi ehtiyojlar; birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar; yakka, guruhiy, hududiy, umumjamiyat ehtiyojlari kabi turlarga ajratish mumkin. Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab qondirilishi mumkin bo’lgan ehtiyojlar yakka tarzda qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi. Ularga ovqatlanish, kiyinish kabilami misol qilish mumkin. Hatto ovqatlanish jarayoni birgalikda (oilaviy yoki bir necha kishilar bilan) amalga oshirilgan taqdirda ham, har bir kishining ovqatga bo’lgan ehtiyoji alohida, yakka tarzda qondiriladi.
 
 
Odatda kishilarning turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa, mamlakat 
fuqarolari va h.k.) tomonidan birgalikda namoyon etiluvchi ehtiyojlar 
birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi. Masalan, ta’lim olish binolari, 
kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo’lish, sport o’yinlari va 
ko’ngilochar tomoshalami birgalikda ko’rish, mamlakat mudofaasi va tinchligini 
saqlash kabilar shular jumlasidandir. 
Birlamchi ehtiyoj - bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi 
nisbatan yuqori bo’lgan va shu sababli, birinchi nav- batda qondiriladigan 
ehtiyoj. Inson hali bilim olishi, san’at bilan shug’ullanishi, madaniy hordiq 
chiqarishidan ilgari oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga boigan ehtiyojlarini 
qondirishi lozim. 
Ikkilamchi ehtiyoj - bu birlamchi ehtiyojlar qondirilib bo’I- gandan so’ng 
namoyon bo’ladigan va qondiriladigan ehtiyoj. Bu turdagi ehtiyojlar odatda 
ijtimoiy tavsif kasb etib, ularga bilim olish, malaka oshirish, san’at bilan 
shug’ullanish, dam olish va h.k.larni kiritish mumkin. 
Yakka 
ehtiyoj-bu 
alohida 
shaxsning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
mavqei, 
dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta’sirida shakllanuvchi ehtiyoji. 
Jamiyatdagi kishilar soni qanchalik ko’p bo’lmasin, ular o’z ehtiyojlarining tarkibi, 
darajasi va qondirilish vositalari jihatidan ozmi-ko’pmi farqlanadilar. Masalan, katta 
yoshdagi odamlar va bolalar, erkaklar va ayollar, oliy ma’lumotlilar va 
ma’lumotsizlar, sportchilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolaming 
yakka ehtiyojlari tarkibi o’zaro farq qiladi. Hattoki, bir jinsdagi, o’zaro teng va 
boshqa belgilari bo’yicha o’xshash insonlarning yakka ehtiyojlari ba’zi bir jihatdan 
farq qilishi mumkin. 
Guruhiy ehtiyoj - bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlash- gan 
kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Bir oilaning ehtiyoji boshqa biridan, bir 
mehnat jamoasining ehtiyojlari boshqasidan o’z tarkibi va darajasi jihatidan farq 
qiladi. Masalan, faraz qilaylik, Komilovlar oilasi besh kishidan iborat bo’lsin. Ota -
shifokor, ona - o’qituvchi, ikki o’g’il - talaba, qiz - maktab o’quvchisi. Zokirovlar 
oilasi esa olti kishidan iborat: buva va buvi - nafaqada, ota - injener, ona - uy bekasi, 
Odatda kishilarning turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa, mamlakat fuqarolari va h.k.) tomonidan birgalikda namoyon etiluvchi ehtiyojlar birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar deyiladi. Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo’lish, sport o’yinlari va ko’ngilochar tomoshalami birgalikda ko’rish, mamlakat mudofaasi va tinchligini saqlash kabilar shular jumlasidandir. Birlamchi ehtiyoj - bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi nisbatan yuqori bo’lgan va shu sababli, birinchi nav- batda qondiriladigan ehtiyoj. Inson hali bilim olishi, san’at bilan shug’ullanishi, madaniy hordiq chiqarishidan ilgari oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga boigan ehtiyojlarini qondirishi lozim. Ikkilamchi ehtiyoj - bu birlamchi ehtiyojlar qondirilib bo’I- gandan so’ng namoyon bo’ladigan va qondiriladigan ehtiyoj. Bu turdagi ehtiyojlar odatda ijtimoiy tavsif kasb etib, ularga bilim olish, malaka oshirish, san’at bilan shug’ullanish, dam olish va h.k.larni kiritish mumkin. Yakka ehtiyoj-bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei, dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta’sirida shakllanuvchi ehtiyoji. Jamiyatdagi kishilar soni qanchalik ko’p bo’lmasin, ular o’z ehtiyojlarining tarkibi, darajasi va qondirilish vositalari jihatidan ozmi-ko’pmi farqlanadilar. Masalan, katta yoshdagi odamlar va bolalar, erkaklar va ayollar, oliy ma’lumotlilar va ma’lumotsizlar, sportchilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolaming yakka ehtiyojlari tarkibi o’zaro farq qiladi. Hattoki, bir jinsdagi, o’zaro teng va boshqa belgilari bo’yicha o’xshash insonlarning yakka ehtiyojlari ba’zi bir jihatdan farq qilishi mumkin. Guruhiy ehtiyoj - bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlash- gan kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Bir oilaning ehtiyoji boshqa biridan, bir mehnat jamoasining ehtiyojlari boshqasidan o’z tarkibi va darajasi jihatidan farq qiladi. Masalan, faraz qilaylik, Komilovlar oilasi besh kishidan iborat bo’lsin. Ota - shifokor, ona - o’qituvchi, ikki o’g’il - talaba, qiz - maktab o’quvchisi. Zokirovlar oilasi esa olti kishidan iborat: buva va buvi - nafaqada, ota - injener, ona - uy bekasi,
 
 
qiz - talaba va o’g’il - maktab o’quvchisi. Har ikkala oilaning tarkibi va faoliyat 
turlari bir-biridan farq qilganligi sababli, ulaming oilaviy ehtiyojlari ham o’z tarkibi 
va darajasiga ko’ra farqlanadi. Xuddi shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi korxona 
mehnat jamoasi ehtiyoji tarkibi va darajasi jihatdan tikuvchilik fabrikasi mehnat 
jamoa- sinikidan boshqacha bo’ladi. 
Hududiy ehtiyoj - bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi kishilarning 
birgalikdagi ehtiyoji. Inson muayyan hududda istiqomat qilganligi sababli, uning 
ba’zi bir ehtiyojlari mazkur hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning 
umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon bo'ladi. Masalan, har bir mahalla o’zining 
guzari, unda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, bolalar 
bog’chasi, dam olish joylari, istirohat bog’lari va boshqa inshootlarga ehtiyoj sezadi. 
Umumjamiyat ehtiyojlari - bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar uchun 
umumiy bo’lgan ehtiyoj. Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha uchun 
umumiy bo’lgan ne’matlarga ehtiyoj sezadilar. Masalan, mamlakat chegarasining 
daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligi, yurt farovonligi, ijtimoiy-
madaniy tadbirlar, huquq-tartibot ishlarining yuqori darajada amalga oshirilishi va 
boshqalar. 
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: 
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi; 
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum; 
v) tabiiy-geografik sharoitlar; 
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar; 
d) aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar;  
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar. 
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin 
emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko’plab qondirilmagan ehtiyojlar mavjud 
bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo’lishi, keng reklamaning 
ta’siri va savdoning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar o’zgaradi va ko’payib boradi. 
Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va 
qiz - talaba va o’g’il - maktab o’quvchisi. Har ikkala oilaning tarkibi va faoliyat turlari bir-biridan farq qilganligi sababli, ulaming oilaviy ehtiyojlari ham o’z tarkibi va darajasiga ko’ra farqlanadi. Xuddi shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi korxona mehnat jamoasi ehtiyoji tarkibi va darajasi jihatdan tikuvchilik fabrikasi mehnat jamoa- sinikidan boshqacha bo’ladi. Hududiy ehtiyoj - bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Inson muayyan hududda istiqomat qilganligi sababli, uning ba’zi bir ehtiyojlari mazkur hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon bo'ladi. Masalan, har bir mahalla o’zining guzari, unda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, bolalar bog’chasi, dam olish joylari, istirohat bog’lari va boshqa inshootlarga ehtiyoj sezadi. Umumjamiyat ehtiyojlari - bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar uchun umumiy bo’lgan ehtiyoj. Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha uchun umumiy bo’lgan ne’matlarga ehtiyoj sezadilar. Masalan, mamlakat chegarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligi, yurt farovonligi, ijtimoiy- madaniy tadbirlar, huquq-tartibot ishlarining yuqori darajada amalga oshirilishi va boshqalar. Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi: a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi; b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum; v) tabiiy-geografik sharoitlar; g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar; d) aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar; e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar. Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko’plab qondirilmagan ehtiyojlar mavjud bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo’lishi, keng reklamaning ta’siri va savdoning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar o’zgaradi va ko’payib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va
 
 
korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ulaming to’xtovsiz yangilanib va o’sib 
borishi tabiiy bo’lib, uni o’ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin.  
Ehtiyojlarning ishlab chiqarish va yetkazib berishga nisbatan miqdoran 
o’sib, tarkib va sifat jihatidan takomillashib borishi ehtiyojlarning ustuvor 
darajada o’sib borish qonuni deyiladi.  
Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy, to’g’ridan-to’g’ri 
bog’liqlikni aks ettiradi. 
Ehtiyojlarning o’zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o’z orqasidan 
boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning 
paydo boiishi,  o’z navbatida uni ishlatishni o ‘rganish, unga xizmat ko’rsatish, 
dastur tuzish kabi ehtiyojlami keltirib chiqaradi. 
Ehtiyojlarning o’sib borishi uni qondirish vositalari darajasi bilan 
chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o’zgargani holda uni ta’minlash uchun 
kerak bo’ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo’ladi.  
Iqtisodiy resurslarning mazmuni va turkumlanishi. Iqtisodiy resurslar va 
ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bogʻliqlik. 
Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan barcha vosita va imkoniyatlar 
majmui tushuniladi. 
Iqtisodiy resurslami quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
1) tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv, o’rmon va biologik resurslar); 
2) ishchi kuchi resurslari (kishilarning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy 
qobiliyatlari majmui); 
3) kapital (yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib foyda olish 
maqsadida ishlatiladigan binolar, 
mashinalar, 
asbob-uskunalar, inshootlar, 
qurilmalar, xomashyo va materiallar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablag’lari va 
boshqalar); 
4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari). 
Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga 
korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ulaming to’xtovsiz yangilanib va o’sib borishi tabiiy bo’lib, uni o’ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin. Ehtiyojlarning ishlab chiqarish va yetkazib berishga nisbatan miqdoran o’sib, tarkib va sifat jihatidan takomillashib borishi ehtiyojlarning ustuvor darajada o’sib borish qonuni deyiladi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy, to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni aks ettiradi. Ehtiyojlarning o’zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o’z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo boiishi, o’z navbatida uni ishlatishni o ‘rganish, unga xizmat ko’rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlami keltirib chiqaradi. Ehtiyojlarning o’sib borishi uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o’zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo’ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo’ladi. Iqtisodiy resurslarning mazmuni va turkumlanishi. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bogʻliqlik. Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi. Iqtisodiy resurslami quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1) tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv, o’rmon va biologik resurslar); 2) ishchi kuchi resurslari (kishilarning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari majmui); 3) kapital (yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, xomashyo va materiallar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablag’lari va boshqalar); 4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari). Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga
 
 
ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab 
chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar. tovar va pul zaxiralari 
ham kiradi. 
-Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning   muhim yo’li bo’lgan 
ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi 
doimo bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalaming 
yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini 
kengaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlami 
qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha 
ifodalash mumkin: 
 
2-rasm. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi 
о‘rtasidagi bog’liqlik 
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlami qondirish dara- 
jasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolami qo’yadi: 
1. ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va 
tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko’proq ishlab chiqarishga jalb qilish; 
2. mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish; 
3. fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalami joriy qilib, yangi energiya, 
material, xomashyo turlari, ulaming manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, 
resurslar unumdorligining oshishiga erishish. Bu muammolami hal qilish zaruriyati   
kishilardan   chuqur iqtisodiy boshqa bilimlarga ega bo’lib, doimo izlanish va 
yuksalishda 
4. bo’lishini taqozo qiladi. 
 
Iqtisodiyot oldidagi muammolar. Iqtisodiyotga   oid   bilimlarning   shakllanishi   
va   rivojlanishi. Qadimgi Sharq va Gʻarb xalqlaridagi iqtisodiy gʻoyalar. 
ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar. tovar va pul zaxiralari ham kiradi. -Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalaming yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlami qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin: 2-rasm. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi о‘rtasidagi bog’liqlik Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlami qondirish dara- jasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolami qo’yadi: 1. ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko’proq ishlab chiqarishga jalb qilish; 2. mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish; 3. fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalami joriy qilib, yangi energiya, material, xomashyo turlari, ulaming manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish. Bu muammolami hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy boshqa bilimlarga ega bo’lib, doimo izlanish va yuksalishda 4. bo’lishini taqozo qiladi. Iqtisodiyot oldidagi muammolar. Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi. Qadimgi Sharq va Gʻarb xalqlaridagi iqtisodiy gʻoyalar.
 
 
Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy oqimlar: 
merkantilizm, fiziokratlar, ingliz klassik iqtisodiy maktabi, marksizm va 
marjinalizm. 
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy 
yo’nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish 
iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni 
kishilarga kerak bo’lgan tomonga 
yo’naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan. 
Iqtisodiyotga oid bilimlarga dastlab, antik dunyoning ko’zga ko’ringan 
olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, 
Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida e’tibor qaratilgan edi. 
Biz ming yillar osha bizgacha yetib kelgan muqaddas Qur’oni Karim, hadislar, 
Qobusnoma, Ibn Xoldun asarlari, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, 
Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Zaxiriddin Muxammad 
Bobur asarlarini o’qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari 
yetarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir 
karra amin bo’lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xoldun Abdurahmon Abu 
Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda 
kattadir. U o’zining 1370-yilda yozilgan 
«Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo’lib 
tovaming ikki xil xususiyatini - iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy 
va murakkab mehnatni, zaruriy va qo’shimcha mehnat hamda zaruriy va qo’shimcha 
mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, Ibn Xoldun tomonidan tovarlami 
ayirboshlash jarayonida ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shak- 
lida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning miqdori va uning 
nafliligining hisobga olinishi ham ta’kidlangan. 
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g ‘oyalari «Vaqfiya» (1482) va 
«Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan. U mahsulotni uch qismga 
bo’lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o'zining va oilasining 
ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga 
chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab 
Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy oqimlar: merkantilizm, fiziokratlar, ingliz klassik iqtisodiy maktabi, marksizm va marjinalizm. Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy yo’nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo’lgan tomonga yo’naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan. Iqtisodiyotga oid bilimlarga dastlab, antik dunyoning ko’zga ko’ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida e’tibor qaratilgan edi. Biz ming yillar osha bizgacha yetib kelgan muqaddas Qur’oni Karim, hadislar, Qobusnoma, Ibn Xoldun asarlari, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Zaxiriddin Muxammad Bobur asarlarini o’qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo’lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. U o’zining 1370-yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo’lib tovaming ikki xil xususiyatini - iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo’shimcha mehnat hamda zaruriy va qo’shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, Ibn Xoldun tomonidan tovarlami ayirboshlash jarayonida ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shak- lida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning miqdori va uning nafliligining hisobga olinishi ham ta’kidlangan. Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g ‘oyalari «Vaqfiya» (1482) va «Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan. U mahsulotni uch qismga bo’lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o'zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab