Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari (Mikro va makroiqtisodiy tahlil. Iqtisodiy tahlilda matematik, statistik va grafik usullardan foydalanish)
Yuklangan vaqt
2024-07-23
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
96,2 KB
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari
Reja
1. Hozirgi zamon iqtisodiy tafakkurining shakllanishida, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish muammolarini tahlil qilish va bilishda iqtisodiyot nazariyasi fanining
roli. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi.
Iqtisodiy qonunlar va jarayonlarni ilmiy bilishning dialektik qoidalari.
2. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni oʻrganish usullari: ilmiy abstraksiya,
induksiya va deduksiya, tahlil va sintez, mantiqiylik va tarixiylikning birligi, ikki
tomonlama yondashuv, empirik usul va farazlardan foydalanish.
3. Mikro va makroiqtisodiy tahlil. Iqtisodiy tahlilda matematik, statistik va
grafik usullardan foydalanish.
Hozirgi zamon iqtisodiy tafakkurining shakllanishida, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish muammolarini tahlil qilish va bilishda iqtisodiyot nazariyasi fanining
roli. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi.
Iqtisodiy qonunlar va jarayonlarni ilmiy bilishning dialektik qoidalari.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashga oid masalaning yechimi
juda murakkab bo’lib, bu haqda o’tmishda ham, hozir ham turli olimlar har xil
fikrlar bildirib kelmoqdalar. Masalan, Aristotel bu fanga uy xo’jaligini boshqarish
qonunlari to’g’risidagi fan deb qaragan bo’lsa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz
klassik iqtisodiy maktabi vakillari unga boylik to’g ‘risidagi, uning manbalari va
ko’paytirish yo’llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol
qilish to’g’risidagi fan deb qaradilar. Keyingi paytda mazkur fanni xalq xo’jaligi,
ijtimoiy xo’jalik to’g’risidagi fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot
nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalami ishlab chiqarish va ayirboshlashni
boshqarish qonunlari to’g’risidagi fan deb ko’rsatadilar. A.Marshall esa iqtisodiyot
nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining predmeti insoniyat, jamiyatning me’yordagi
hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat, deb yozadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator
darsliklarda va ayrim asarlarda uning predmeti moddiy ne’matlami ishlab
chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir boladigan munosabatlami o’rganishdan
iborat, deb ko’rsatilgan edi. AQSH va boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kelgan
«Ekonomiks» darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan
darsliklarda) bu fanning predmeti kishilarning moddiy ehtiyojlarini to’laroq
qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini
tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy xatti-harakatlarini o’rganishdan iborat, deb
ko’rsatilgan.
Bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan hozirgi davrda Rossiya Federatsiyasida chop
etilayotgan turli iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning predmeti bo’yicha
bir-biriga yaqin bo’lgan ta’riflar berilmoqda.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to’g’risida
bildirilgan barcha
fikrlardan ko’rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa ayrim
kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir
bo’ladigan
munosabatlami o’rganishga alohida e’tibor berilgan bo’lsa, «Ekonomiks»da va
keyingi paytlarda Rossiyada chiqarilgan darsliklarning ko’pchiligida asosan
kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga boigan munosabatini, xatti-
harakatini o’rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishga
alohida e’tibor berilib, masalaga tor doirada (faqat ishlab chiqarish jarayonidagi
munosabatlar) yoki bir tomonlama (faqat kishilarning moddiy ashyolarga
munosabati) yondashuvga yo’l qo’yilgan.
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu
tomonini ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondashuvga va tor
doirada qarashga y o i qo’ymasligi lozim. Chunki har qanday mehnat, har qanday
ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, eng awalo, tabiat ashyolari, moddiy vositalar,
pul mablag’lari orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun
mavjud resurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli
foydalanishga boigan munosabat, ishlab chiqarish omillarinmg o’zaro bogiiqligi
va bir-biriga ta’sirida o’rganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hech qanday mehnat yoki
ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqa-
larsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatish jarayonida bir-birlari bilan albatta o’zaro munosabatda boladilar va shu
munosabatga qarab harakat qiladilar, o’z xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini
belgilaydilar.
Mana shularni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti -
iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini
qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (moddiy ne’matlar va xizmatlarni)
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida sodir
bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish
qonun-qoidalarini o’rganishdan iborat, deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni
ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi
zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to ‘rtta asosiy vazifasi
ajratib ko’rsatiladi:
1) bilish vazifasi - har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental
ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar
hamda o’zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlami tadqiq etib, bizni o’rab turgan olam to’g’risidagi fikrlarimizni
kengaytiradi. Ayni paytda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy
islohotlaming
mazmun-mohiyatini
tushunish
va
tahlil
qilish,
iqtisodiyotning turli jabhalarida qo’lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlami
baholash uchun zarur bo’lgan bilimlar bilan boyitadi, iqtisodiy tafakkurlash
darajasini oshiradi;
2) amaliy vazifa - amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan
resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash va shu asosda
o’sib boruvchi ehtiyojlami qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib,
cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko’proq tovarlar ishlab
chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo’yicha
xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini
taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo’llarini topishdan iboratdir;
3) uslubiy vazifasi - iqtisodiyot nazariyasi fanining o’zi, tahlili va uning
tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy
va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi;
4) g’oyaviy-tarbiyaviy vazifasi - ushbu vazifa shundan iboratki, uning
yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmini o’rganuvchilaming ilmiy
dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g’oyasini talaba yoshlar ongiga
singdiradi, ulami millat manfaatlari yoiida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy
mahsulotni ko’paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlami jahon
miqyosida bozorgir bo’lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini
ko’tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy
ne’matlaming inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ulami mehnat
hamda cheklangan resurslami tejash ruhida tarbiyalaydi.
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy
qonunlami ham o’rganadi.
Iqtisodiy qonun - iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va
jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat
aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy qonunlar obyektiv xususiyatga ega bo’lib, ularning kelib chiqishi,
amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning
xohish-irodasiga bog’liq emas.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga
turkumlaydi:
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyati rivojlanishining barcha
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o’sib
borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining
ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelish qonuni va
boshqalar.
2. Xususiy yoki
davriy
iqtisodiy
qonunlar
-
insoniyat
jamiyati
taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif
qonuni va qiymat qonuni. Bu qonunlar tovar-pul munosabatlari mavjud boigan
bosqichlarda amal qiladi.
3. Maxsus, o’ziga xos iqtisodiy qonunlar - alohida olingan iqtisodiy tizim
sharoitida amal qiladi. Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni. Iqtisodiy qonunlaming
yuqorida sanab o’tilgan guruhlarini bir-biridan farqlash uchun quyidagi shartli
rasmdan foydalanamiz.
1-rasm. Iqtisodiy qonunlaming turkumlanishi
Rasmdan ko'rinadiki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bir necha bosqichlami
bosib o’tib, ular 1, 2, 3, ... va h.k. tartibida belgilangan. Yuqorida ta’kidlanganidek,
maxsus iqtisodiy qonunlar bu bosqichlarning har biri uchun alohida tarzda amal
qilib, ular mazmunan bir-biridan farqlanadi. Davriy iqtisodiy qonunlar esa
taraqqiyotining bir necha (bizning rasmda 3 ta) bosqichi uchun tegishli boladi va
ularda amal qiladi. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati taraqqiyotining
barcha bosqichlarini qamrab olib, ulaming hammasida amal qiladi.
Iqtisodiy qonunlaming har qaysisi o’zicha amal qilmaydi, balki ular bir-birlari
bilan chambarchas bogiiqlikda amal qiladi, ulaming biri ikkinchisini taqozo etadi.
Shuning uchun ulami birgalikda iqtisodiy qonunlar tizimi deb yuritiladi. Iqtisodiy
qonunlar yoki ulaming tizimi o’zgarmas narsa emas, balki ular ma’lum bir tarixiy
sharoitda vujudga keladi, rivojlanadi va ma’lum sharoitda yo’q boiib ketadi.
Masalan, qiymat qonuni, talab va taklif qonunlari, natural ishlab chiqarish davrida
amal qilmagan. Tovar ishlab chiqarish va pul orqali ayriboshlash rivojlangan
davrdan boshlab amal qilmoqda. Bir zamonlar kelib, ishlab chiqarishning tovar
shaklidan boshqa shakliga o’tilsa, bu qonunlar yo’q boiib ketishi mumkin.
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy
jarayonlaming alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriya (ilmiy
tushuncha)lami ham ta’riflab, ulaming mazmunini ochib beradi.
Iqtisodiy kategoriya-barqaror takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar
va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy
tushuncha.
Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) lar alohida kishilar tomonidan o’ylab
topilmagan, balki real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha boiib,
ilmiy fikrlash tafakkur mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy
muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar
bilan iqtisodiy kategoriyalaming farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli
bo’g’inlari, sohalari, boiaklari orasidagi bogiiqlikni, ulaming biri o’zgarsa, albatta,
ikkinchisi ham o’zgarishi mumkinligini ko’rsatadi. Iqtisodiy kategoriya (ilmiy
tushuncha) lar esa iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda
etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng awalo bu
tushunchalaming iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa,
talab hajmi bilan narx o’rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bogiiq
boiib, ular bir-birini toidiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks
ettiradi.
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot pred- metining
shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish uslubiyatining qaror topishi,
takomillashib borishi bilan ham bogiiqdir.
Real iqtisodiy jarayonlarda ilmiy izlanish va tahlillami amalga oshirish,
respublikamizning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yoiidagi sa’yi-
harakatlari va ulaming natijalarini baholash uchun ham iqtisodiyot nazariyasining
ilmiy tadqiqot usullari va uslubiyatidan xabardor boiish, iqtisodiy tafakkurlash
imkoniyatlariga ega boiishni taqozo etadi.
Uslubiyat - bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun-qoidalari
va aniq hadislaridir. Bu obyektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va
nazariyasini o’z ichiga oluvchi bir butun taiimotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga
ega, lekin har bir fan o’zining predmetidan kelib chiqib, o’zining ilmiy bilish
usullariga ega boladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy
boladi.
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni oʻrganish usullari: ilmiy abstraksiya, induksiya
va deduksiya, tahlil va sintez, mantiqiylik va tarixiylikning birligi, ikki
tomonlama yondashuv, empirik usul va farazlardan foydalanish.
Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli boiib xizmat qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida qoilaniladigan bu tamoyillaming ayrimlari quyidagilardir:
1) iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bogliqlikda, zid diyatda,
o’zaro ta’sir qilib turadigan turli bo’g’inlardan, bolaklardan iborat yaxlit bir
jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o’zgarib
turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada boladi;
2) iqtisodiy jarayonning har bir bo’lagini alohida olib, uning o’ziga xos
xususiyatlarini, kelib chiqish va yo’q bo’lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy
va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bogliqlik tomonlarini zamon va
makonda o’rganish;
3) iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha
rivojlanishda, deb qarash. Bu yerda son jihatidan o’zgarishlar to’plana borib, sifat
jihatidan o'zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.
4) ichki
qarama-qarshiliklar
birligiga
va
ulaming
o’zaro
kurashiga
rivojlanishning manbai sifatida yondashish.
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va
pul mablaglari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o’zaro
chambarchas bogliq hamda ziddiyatda boladi va bir- biriga ta’sir ko’rsatadi, ular
doimo sifat va miqdor jihatdan o’zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy
shaklga ega boladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o’miga yangilari paydo
boladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qoilashning
qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon boladi. Shu bilan birga,
iqtisodiyot nazariyasi fanining o’ziga xos tadqiqot usullari ham mavjuddir, ulardan
eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy jarayonlaming mohiyati o’zgarishini
o’rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bolmaydi,
bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi.
Ilmiy abstraksiya usuli - tafakkur va tahlil paytida xalal berishi mumkin
boigan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib,
o’rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir. Bu usul
yordamida o’rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko’zga ko’rinmaydigan
mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.
Aslida har bir iqtisodiy jarayon yoki hodisa o’nlab omillarning ta’siri ostida
ro’y beradi. Mazkur jarayon yoki hodisaning chuqur mazmunini ochib berish
maqsadida har bir omilni o’rganish, bir tomondan, o’ta mushkul va sermashaqqat
hisoblansa, boshqa tomondan, u qadar muhim bolmagan jihatlarni ham yuzaga
chiqarib, tadqiqotchini voqeaning asl mohiyatidan chalgitadi. Shunga ко‘га,
tadqiqotchi uchun jarayon va hodisalarni ilmiy tahlil qilishda birinchi darajali,
ahamiyatli va asosiy omillarni ajratib olib, diqqat markazini shunga qaratish muhim
hisoblanadi. Bu harakatlar amalda tadqiqotchining ongida, fikran va muntazam
ravishda sodir bo’ladi. Aynan shu jarayon ilmiy abstraksiyalashdir.
Ilmiy abstraksiyalash natijasida hodisa va jarayonlaming eng umumiy
xususiyat va aloqalarini namoyon etuvchi ilmiy tushuncha
- kategoriyalar ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, dunyoda ishlab
chiqarilayotgan millionlab turlicha tovarlaming tashqi xossalaridagi ko’plab
tafovutlardan abstraksiyalashgan holda, biz ulami yagona iqtisodiy kategoriya -
tovar tushunchasi orqali ifodalaymiz. Bunda turli tovarlami birlashtimvchi eng
asosiy jihat - bu sotish, ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan mahsulot ekanligini
qat’iy e’tirof etamiz. Biroq, ilmiy abstraksiyalash uchun tadqiqotchi muayyan
hodisa va jarayonning mazmun-mohiyatiga oid bilimlar bilan yetarli darajada
qurollangan bo’lishi lozim. Aks holda, u asosiy va ikkilamchi darajali omillami
to’g’ri ajrata olmay, pirovardida noto’g’ri xulosa chiqarishiga olib keladi.
Ilmiy bilishning muhim usullaridan yana biri - tahlil va sintez usulidir. Tahlil
va sintez deyarli barcha fanlar uchun samarali qo’llash mumkin bo’lgan usullardan
biri hisoblansada, uning iqtisodiy fanlar uchun ahamiyati juda beqiyosdir.
Tahlil - bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va
ularni izchillik bilan o’rganish. Tadqiqotchi voqea- hodisaning mohiyatini chuqur
anglashi, u haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishi uchun uning ichki tarkibiy
qismlariga kirib borishi zarur. Bu esa tadqiqot obyektini alohida tarkibiy qismlarga
ajratish va ulami izchillik bilan o’rganish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun,
biz O‘zbekistondagi iqtisodiy o’sish sur’ati 2016-yilda o’tgan yilga nisbatan 7,8
foizni tashkil etganini bilamiz. Bunday o’sish sur’atiga nimalar hisobiga
erishilganini aniq tasavvur qilish uchun esa faqat tahliliy jarayonlar orqali erishamiz.
Ya’ni, yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish, daromadlar va xarajatlar,
mulkchilik shakllari, tarmoqlar va mintaqalar bo’yicha tarkibiy qismlarini alohida
ajratib olish va ulami o’rganish orqali o’sish sur’atining manba va omillari, uni
yanada oshirishning imkoniyatlari to’g’risida to’g’ri xulosa chiqara olamiz.
Sintez - bu o’rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir
butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab
iqtisodiy tizimlar ana shu yo’l bilan o ‘rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab
beriladi.
Iqtisodiy fanlarda ko’pincha sintezdan
aniq
iqtisodiy ko'rsatkichlarni
umumlashtirish orqali yaxlit xulosa chiqarish jarayonida foydalaniladi. Masalan,
korxonalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali tarmog va sohalar
iqtisodiy faoliyatiga ularning faliyati natijalarini umumlashtirish orqali esa - milliy
iqtisodiyotga baho berish, uning umumiy natijalarini aniqlash mumkin. Shu bilan
birga, sintez usuli iqtisodiyot nazariyasi fanida ko’plab iqtisodiy ta’limot va
nazariyalaming ilmiy asosga ega bo’lgan, to’g’ri va muhim jihatlarini ajratib olgan
holda, ulami umumlashtirish orqali yangi g’oya va nazariyalami hosil qilish
imkonini berishi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, narxning mazmunini, uning nimalar
asosida shakllanishini ilmiy asosda ochib berishda qiymatning turli nazariyalarini
sintez qilish usulidan foydalanish buning yaqqol dalilidir.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik
dalili tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borish zamrligini taqozo
qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik
usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga asosiy
ichki zamr qonuniy bog’lanishlar bo’yicha ham tahlil qilinadi. Masalan, biz pul
ning iqtisodiy tabiatini o’rganishda uning tarixiy jihatlari, jumladan, qiymat
shakllarining rivojlanishini ko’rib chiqamiz. Bu esa, bizdan tarixga, tovar-pul
munosabatlarining dastlabki kurtaklari paydo bo’lgan jamiyatga nazar tashlab,
o’sha davrdagi iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilishni taqozo etadi. Biroq, bu holat
o’tmishdagi barcha iqtisodiy munosabatlarga emas, balki aynan pulning dastlabki
asoslari bilan mantiqiy bog’langan munosabatlargagina taalluqlidir.
Pulning kelib chiqish sabablari, shakllanish jarayonlari puxta o’rganilgandan
keyin mantiq va tafakkurlash kuchi ishga solinib, uning hozirgi davrdagi asl
mazmuni, vazifalari xususiyatlari bilib olinadi. Shundagina pulning keng va chuqur
mazmunga ega bo’lgan obyektiv tarixiy kategoriya ekanligi ma’lum bo’ladi.
Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment usuli ma’lum o’rin egallaydi,
iqtisodiy o’sishning keskin o’zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning
inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy
islohotlami amalga oshirish paytida eksperiment alohida o’ringa ega. Iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko’rish, ya’ni ilmiy tajriba,
eksperiment o’tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo’nalishlarni
ishlab chiqishi talab etiladi. Iqtisodiyot sohasida o’tkaziladigan eksperimentlarga
erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish, muayyan iqtisodiy tadbirlarni alohida
korxona yoki hududlarda sinovdan o’tkazish kabilarni misol tariqasida keltirish
mumkin. Jumladan, O’zbekistonda zarar ko’rib ishlovchi shirkat xo’jaliklarini
fermer xo’jaliklarga aylantirish jarayoni dastlab Qoraqalpog’iston Respublikasining
Ellikqal’a tumanida tajribadan o ‘tkazilib, keyinchalik boshqa tuman va viloyatlarda
bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini ham iqtisodiy eksperiment sifatida
baholash mumkin.
Mikro va makroiqtisodiy tahlil. Iqtisodiy tahlilda matematik, statistik va
grafik usullardan foydalanish.
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo’shib olib borish. Mikroiqtisodiy
tahlilda iqtisodiyotning boshlang’ich bo’g’ini bo’lmish korxona, firma va fermer
xo’jaliklarining ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy subyektlaming xatti-harakati,
xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va
boshqa resurslardan foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi to’lashning,
talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o’rganish markaziy o’rin
tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makro darajada (mamlakat yoki jahon miqyo- sida) milliy
iqtisodiyotning to’laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug’ullanadi. Milliy
mahsulot yalpi ichki mahsulot dinamikasi narxlar darajasining o’zgarishi,
inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi masalalari bu tahlil obyekti bo’lib hisoblanadi.
Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o’zaro bog’langan va bir-biri bilan o’zaro
ta’sirda bo’ladi.
Induksiya va deduksiya bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan, ammo o’zaro
bog’liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga
qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga
tomon harakati deduksiya deb ataladi. Misol uchun, biz «А» korxonadagi
ishchilar ish haqining oshirilganligi, boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda, mehnat
unumdorligining oshishiga olib kelganligining guvohi bo’ldik, deb faraz qilaylik.
Bundan, butun iqtisodiy tizim uchun tegishli bo’lgan «ishchilar ish haqining
oshirilishi, boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda, mehnat unumdorligining
oshishiga olib keladi», degan umumiy xulosa chiqarishimiz induksiyadir. Aksincha,
bunday nazariy qoidani oldindan bilgan holda, uning turli tarmoqlar, alohida
korxonalardagi amal qilish holatini aniqlashimiz va baholashimiz deduksiyani
anglatadi.
Iqtisodiy jarayonlarni o’rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv
usuli muhim o’rin tutadi. Bunda barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar bir-biriga
qarama-qarshi ikki tomon birligidan iborat deb qaraladi. Masalan, tovar qiymati
va naflilikning birligidan iborat degan nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa
chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo’l qo’yilib, yanglish tasavvurga va
noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy jarayonlami miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik,
matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda
grafik usulni keng o’zlashtirish va qo’llash zamrdir. Grafiklar nazariya modellarini
ifodalashda vositachi boiib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul
o’zgarivchi miqdorlar o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rgazmali qilib tasvirlaydi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini,
ulardagi o’zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin boladi.