IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA O‘RGANISH USULLARI

Yuklangan vaqt

2025-09-07

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

260,5 KB


1 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 39 
19 
 
 
 
 
 
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA O‘RGANISH USULLARI 
 
 
 
1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi cheklangan iqtisodiy resurslardan 
foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini topish orqali 
jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borishning nazariy va amaliy 
muammolarini tadqiq qilishdan iborat. 
Fanning predmeti, uning vazifalarida yanada oydinroq ko‘rinadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasini ikki tomondan, ya’ni ham amaliy va 
ham nazariy tomondan tushuntirish mumkin. 
Fanning amaliy vazifasi cheklangan resurslardan samarali foydalanib, ularning 
har birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni 
ta’minlash, har bir faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, 
ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish 
yo‘llarini topishga qaratiladi. Bu vazifa yaratilgan nazariyalar va ilmiy qarashlarni 
real amaliy hayotga joriy qilib borishni ham o‘z ichiga qamrab oladi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasi, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. 
Shundan kelib chiqadiki bu fan iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mohiyatini, 
iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy tushunchalarning mazmunini yoritib ilmiy bilish 
vazifasini bajaradi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanishning 
turli muqobil variantlaridan eng samaralisini topish orqali jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini 
to‘laroq qondirib borishning nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilishdan iborat. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining qayd qilingan amaliy va nazariy vazifalari bir - biri 
bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo‘lishni, u bilan 
Logotip
1 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 39 19 IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA O‘RGANISH USULLARI 1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini topish orqali jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borishning nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilishdan iborat. Fanning predmeti, uning vazifalarida yanada oydinroq ko‘rinadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasini ikki tomondan, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomondan tushuntirish mumkin. Fanning amaliy vazifasi cheklangan resurslardan samarali foydalanib, ularning har birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini topishga qaratiladi. Bu vazifa yaratilgan nazariyalar va ilmiy qarashlarni real amaliy hayotga joriy qilib borishni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasi, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib chiqadiki bu fan iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mohiyatini, iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy tushunchalarning mazmunini yoritib ilmiy bilish vazifasini bajaradi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini topish orqali jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borishning nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilishdan iborat. Iqtisodiyot nazariyasi fanining qayd qilingan amaliy va nazariy vazifalari bir - biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo‘lishni, u bilan
2 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 39 
19 
 
qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko‘ra bilish va amaliy 
harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi. 
Iqtisodiyot nazariyasi aniq vaziyatlarda aniq takliflarni berib, uslubiy vazifani ham 
bajaradi. Iqtisodiy bilim nazariya-larga ega bo‘lish, o‘zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatlarda 
ratsional qaror qabul qilishni mustaqil amalga oshirish imkonini beradi. 
Umuman olganda, bu fan iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda 
ilmiy qo‘llanmadir. 
Iqtisodiyot nazariyasi bashorat qilish vazifasi orqali jamiyat va ijtimoiy 
iqtisodiy rivojlanishining istiqbollarini ilmiy asoslab beradi. 
“Pirovard maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot 
qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch quvvat 
manbai, ilmiy asos – bu milliy g‘oya, milliy mafkuradir”. Shu aqidadan kelib 
chiqib, iqtisodiyot nazariyasi fani “Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni 
shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish”5 vazifasini ham bajaradi. 
 
 
1.1.1. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Iqtisodiy qonunlar va 
uning turlari. 
 
Iqtisodiyot 
nazariyasi 
fani 
iqtisodiy 
munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni 
ham o‘rganadi. 
Boshqacha qilib aytganda bu fanining asosiy 
vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning 
mazmunini, amal qilish mexanizimini ochib berish 
hisoblanadi. 
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli 
tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, 
barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning ichki o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. 
Iqtisodiy qonunlar obyektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqealikning umumlashgan 
Logotip
2 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 39 19 qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko‘ra bilish va amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi. Iqtisodiyot nazariyasi aniq vaziyatlarda aniq takliflarni berib, uslubiy vazifani ham bajaradi. Iqtisodiy bilim nazariya-larga ega bo‘lish, o‘zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatlarda ratsional qaror qabul qilishni mustaqil amalga oshirish imkonini beradi. Umuman olganda, bu fan iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo‘llanmadir. Iqtisodiyot nazariyasi bashorat qilish vazifasi orqali jamiyat va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishining istiqbollarini ilmiy asoslab beradi. “Pirovard maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch quvvat manbai, ilmiy asos – bu milliy g‘oya, milliy mafkuradir”. Shu aqidadan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasi fani “Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish”5 vazifasini ham bajaradi. 1.1.1. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Iqtisodiy qonunlar va uning turlari. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o‘rganadi. Boshqacha qilib aytganda bu fanining asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizimini ochib berish hisoblanadi. Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning ichki o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar obyektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqealikning umumlashgan
3 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 39 
19 
 
nazariy ifodasi bo‘lib, u obyektv reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya’ni uning inson 
 
ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar obyektv xarakterga ega bo‘lib, ularning kelib 
chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi kishilarning ongiga, ularning 
hoxish irodasiga bog‘liq emas. Ma’lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xarakteri va shart- 
sharoitiga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. 
Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan 
ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, balki aynan ularning faoliyati, hatti -harakatlari, 
iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon bo‘ladi. Shuning 
uchun insonlar iqtisodiy qonunlarning mazmunini bilib, ularning, talablarini hisobga 
olib, o‘zlarining amaliy faoliyatlarida foydalanishlari lozim bo‘ladi. Bu iqtisodiy 
qonunlar talablariga zid har qanday qaror va hatti-harakatlar kishilarning xohish 
irodasidan qat’iy nazar muqarrar ravishda xo‘jalik faoliyatida qiyinchiliklarga, 
resurslar isrofgarchiligiga olib keladi. 
Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, 
tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo‘lib, 
tarixiydir va o‘zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib 
kishilik jamiyati mavjud bo‘lganda paydo bo‘ladi va amal qiladi. 
Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi 
guruhlarga ajratiladi: 
1. Umumiqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqich- 
larida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni, 
takror ishlab chiqarish qonuni, unumdorlikning o‘sib borishi qonuni va boshqalar; 
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining 
ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif qonuni, tovar-pul 
munosabatlari mavjud bo‘lgan davrlarda mavjud bo‘ladi. 
3. Maxsus o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim 
sharoitida amal qiladi. Masalan, sof kapitalizm sharoitidagi qo‘shimcha qiymat 
qonuni. 
Logotip
3 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 39 19 nazariy ifodasi bo‘lib, u obyektv reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya’ni uning inson ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar obyektv xarakterga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi kishilarning ongiga, ularning hoxish irodasiga bog‘liq emas. Ma’lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xarakteri va shart- sharoitiga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, balki aynan ularning faoliyati, hatti -harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarning mazmunini bilib, ularning, talablarini hisobga olib, o‘zlarining amaliy faoliyatlarida foydalanishlari lozim bo‘ladi. Bu iqtisodiy qonunlar talablariga zid har qanday qaror va hatti-harakatlar kishilarning xohish irodasidan qat’iy nazar muqarrar ravishda xo‘jalik faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi. Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo‘lib, tarixiydir va o‘zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib kishilik jamiyati mavjud bo‘lganda paydo bo‘ladi va amal qiladi. Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1. Umumiqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqich- larida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, unumdorlikning o‘sib borishi qonuni va boshqalar; 2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif qonuni, tovar-pul munosabatlari mavjud bo‘lgan davrlarda mavjud bo‘ladi. 3. Maxsus o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, sof kapitalizm sharoitidagi qo‘shimcha qiymat qonuni.
4 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 39 
19 
 
Iqtisodiy kategoriyalar. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy 
qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy jarayonlarning alohida 
tomonlarini tavsiflaydigan kategoriyalarning mazmunini ham  
ochib beradi. 
Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan, 
iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda 
etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir. 
Iqtisodiy kategoriyalar real iqtisodiy hodisalarning mohiyatini 
ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy tafakkur mahsulidir. Ular nihoyatda ko‘p 
va xilma-xildir. Bozor, pul, tovar, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, 
kredit, bank va boshqa shu kabi tushunchalar iqtisodiy kategoriyalarga misol bo‘la 
oladi. Iqtisodiy qonunlardan farq qilib, ilmiy kategoriyalar, iqtisodiy hodisalarning 
mazmunini ifoda etadi. Iqtisodiy printsiplar va  modellar   omillardan   faqatgina 
Pepsi ichimligin narxigina iqtisodiy baholashni tahlil qilishda va  iqtisodiyotni 
qanday ishlashini tushunishda juda qo’l keladi. Bu tushunchalar iqtisodiy tizim 
ichida sodir bo’ladigan sabab va oqibatni anglash vositalaridir. Yaxshi nazariyalar 
o’z navbatida kengroq tushunishga va to’g’ri baholashga yordam beradi. Ular 
haridor va ishlab chiqaruvchi orasidagi munosabatlarga bog’liq faktlarga tayanadi. 
 
1.1.2. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslub va usullari 
Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun – qoidalari, 
usullari va aniq tartiblaridir. Bu obyektv voqeylikni bilish dialektikasi, mantiqi va 
nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumiy tavsifga ega, 
lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, ilmiy bilish usullariga ega 
bo‘ladi. 
“Usul” grekchadan so‘zma – so‘z tarjima qilinganda “tadqiqot” tushunchasini 
anglatib, ilmiy bilishning aniq hodisalarini bildiradi. 
Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Uning 
iqtisodiyot nazariyasi fanida qo‘llaniladigan asosiy qoidalari quyidagilar: 
- iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda 
Logotip
4 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 39 19 Iqtisodiy kategoriyalar. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy jarayonlarning alohida tomonlarini tavsiflaydigan kategoriyalarning mazmunini ham ochib beradi. Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir. Iqtisodiy kategoriyalar real iqtisodiy hodisalarning mohiyatini ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy tafakkur mahsulidir. Ular nihoyatda ko‘p va xilma-xildir. Bozor, pul, tovar, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit, bank va boshqa shu kabi tushunchalar iqtisodiy kategoriyalarga misol bo‘la oladi. Iqtisodiy qonunlardan farq qilib, ilmiy kategoriyalar, iqtisodiy hodisalarning mazmunini ifoda etadi. Iqtisodiy printsiplar va modellar omillardan faqatgina Pepsi ichimligin narxigina iqtisodiy baholashni tahlil qilishda va iqtisodiyotni qanday ishlashini tushunishda juda qo’l keladi. Bu tushunchalar iqtisodiy tizim ichida sodir bo’ladigan sabab va oqibatni anglash vositalaridir. Yaxshi nazariyalar o’z navbatida kengroq tushunishga va to’g’ri baholashga yordam beradi. Ular haridor va ishlab chiqaruvchi orasidagi munosabatlarga bog’liq faktlarga tayanadi. 1.1.2. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslub va usullari Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun – qoidalari, usullari va aniq tartiblaridir. Bu obyektv voqeylikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. “Usul” grekchadan so‘zma – so‘z tarjima qilinganda “tadqiqot” tushunchasini anglatib, ilmiy bilishning aniq hodisalarini bildiradi. Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Uning iqtisodiyot nazariyasi fanida qo‘llaniladigan asosiy qoidalari quyidagilar: - iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda
5 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 39 
19 
 
bo‘lgan o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir 
organizm deb hisoblanadi; 
- iqtisodiy hodisa va jarayonlarning kelib chiqishi, amal qilishi va barham 
topishi, uning sabablari va oqibatlari ichki aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini 
zamon va makonda ro‘y berishi tan olinadi; 
- iqtisodiy 
jarayonlarni 
oddiydan 
murakkablikka, 
quyidan 
yuqoriga 
rivojlanishida deb qaraladi. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat 
jihatidan o‘zgarishga olib kelishi hisobga olinadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjud. Ulardan 
eng asosiylari quyidagilar: 
Ilmiy abstraksiya usuli - voqea hodisalarning tahlil paytida xalal berishi 
mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali belgilari e’tibordan chetlashtirilib, o‘rganilayotgan 
jarayonning asl mohiyatiga tegishli belgilarga e’tiborni qaratishdir. 
Tahlil va sintez usuli. Tahlil — bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga 
ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir. U ikki darajada amalga oshiriladi. 
Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va 
boshqa iqtisodiy sub’ektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga qaratilgan xatti- 
harakati, xulqi tadqiq qilinadi. 
Makroiqtisodiy tahlilda milliy iqtisodiyotning holati, faoliyat qilishi va 
natijalari tadqiqot qilinadi. Iqtisodiy resurslarni to‘liq 
band 
qilish, 
inflyasiyani 
jilovlash 
va 
iqtisodiy 
muvozanatlikni ta’minlash orqali iqtisodiy o‘sishga 
erishish muammolari bu tahlil obyektdir. Qisqacha 
aytganda, makro-iqtisodiy tahlilda milliy xo‘jalik, uning 
alohida sektorlari (davlat, kooperativ, xususiy) va jahon 
xo‘jaligi o‘rganiladi. 
Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy ta’siri 
asosida umumiy xulosalar chiqarishdir. 
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Tarixiylik dalili iqtisodiy fanlarda 
ham tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib qo‘yadi. 
Logotip
5 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 39 19 bo‘lgan o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir organizm deb hisoblanadi; - iqtisodiy hodisa va jarayonlarning kelib chiqishi, amal qilishi va barham topishi, uning sabablari va oqibatlari ichki aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda ro‘y berishi tan olinadi; - iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga rivojlanishida deb qaraladi. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishi hisobga olinadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar: Ilmiy abstraksiya usuli - voqea hodisalarning tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali belgilari e’tibordan chetlashtirilib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga tegishli belgilarga e’tiborni qaratishdir. Tahlil va sintez usuli. Tahlil — bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir. U ikki darajada amalga oshiriladi. Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va boshqa iqtisodiy sub’ektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga qaratilgan xatti- harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Makroiqtisodiy tahlilda milliy iqtisodiyotning holati, faoliyat qilishi va natijalari tadqiqot qilinadi. Iqtisodiy resurslarni to‘liq band qilish, inflyasiyani jilovlash va iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash orqali iqtisodiy o‘sishga erishish muammolari bu tahlil obyektdir. Qisqacha aytganda, makro-iqtisodiy tahlilda milliy xo‘jalik, uning alohida sektorlari (davlat, kooperativ, xususiy) va jahon xo‘jaligi o‘rganiladi. Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy ta’siri asosida umumiy xulosalar chiqarishdir. Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Tarixiylik dalili iqtisodiy fanlarda ham tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib qo‘yadi.