“IQTISODIYOT VA MENEJMENT” FANINING MAZMUNI, PREDMETI VA METODI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

19

File size

Fayl hajmi

67,5 KB


“IQTISODIYOT VA MENEJMENT” FANINING MAZMUNI, PREDMETI
VA METODI
Reja:
1. Iqtisodiyot va menejment - fan va o‘quv kursi sifatida.
2. Fanning ob’ekti. Sanoatning ta’rifi va tavsifi.
3. Fanning predmeti, o‘rganish uslubiyati va usullari.
4. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimidagi o‘rni hamda boshqa fanlar
bilan bog‘liqligi.
5. Fanning mamlakat iqtisodiyotini yangilash va modernizaniyalash sharoitiga va
islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha talablarga xos vazifalari.
1
Logotip
“IQTISODIYOT VA MENEJMENT” FANINING MAZMUNI, PREDMETI VA METODI Reja: 1. Iqtisodiyot va menejment - fan va o‘quv kursi sifatida. 2. Fanning ob’ekti. Sanoatning ta’rifi va tavsifi. 3. Fanning predmeti, o‘rganish uslubiyati va usullari. 4. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimidagi o‘rni hamda boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 5. Fanning mamlakat iqtisodiyotini yangilash va modernizaniyalash sharoitiga va islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha talablarga xos vazifalari. 1
Tayanch so‘z va iboralar:  fan, predmet, ob’ekt, iqtisodiy qonunlar, boshqa
fanlar bilan aloqasi, ishlab chiqarish, menejment, menejer.
1. Iqtisodiyot va menejment - fan va o‘quv kursi sifatida.
“Iqtisodiyot  va  menejment” fan  sifatida  tabiatda  hamda  inson,  jamoa  va
jamiyat  hayotida  vujudga  keluvchi  turli  xil  iqtisodiy  jarayon  va  hodisalarni
prognozlashtirish, tahlil qilish va baholash bo‘yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi.
«Iqtisodiyot»  atamasi  birinchi  bor  Aristotel  tomonidan  kiritilgan  hamda
odamlarning tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi xo‘jalik faoliyatini anglatgan.
Iqtisodiyotning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga o‘z vaqtida
A.Smit yuqori baho berib, u insonni “homo economicus” -  “iqtisodiy odam” deb
atagan. 
“Iqtisodiyot”  iborasi  nimani  anglatadi? 
P.  Samauelson  fikricha
iqtisodiyotning klassik talqini shundaki, iqtisodiyot – ma’lum xildagi, cheklangan
resurslardan foydali mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni turli guruhdagi kishilar
o‘rtasida taqsimlash uchun jamiyat, ulardan qanday foydalanish kerakligi haqidagi
fandir.
«Iqtisodiyot» fan sifatida - tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida
vujudga keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil
qilish va baholash bo‘yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi. U bir inson uchun ham,
butun jamiyat uchun ham zarur bo‘lgan moddiy va nomoddiy  ob’ektlarning katta
qismini hamda moddiy va ma’naviy ne’matlarni tayyorlash va taqsimlash usullari va
jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 
Agar  «Iqtisodiyot»  normativ jihatlari korxona, firma va davlatning iqtisodiy
siyosatini ta’minlasa, pozitiv jihatlari esa real voqelikni baholaydi va tahlil qiladi
hamda uning rivojlanishidagi qonuniyatlarni aniqlaydi.
Bozorda o‘rin egallashga intiluvchi sub’ektning menejmentida kamida uchta
ketma-ket bosqich bajarilishini ta’minlash lozim:
•
sub’ektning bozorda o‘rnashib qolish va moslashuvchanligi;
2
Logotip
Tayanch so‘z va iboralar: fan, predmet, ob’ekt, iqtisodiy qonunlar, boshqa fanlar bilan aloqasi, ishlab chiqarish, menejment, menejer. 1. Iqtisodiyot va menejment - fan va o‘quv kursi sifatida. “Iqtisodiyot va menejment” fan sifatida tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil qilish va baholash bo‘yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi. «Iqtisodiyot» atamasi birinchi bor Aristotel tomonidan kiritilgan hamda odamlarning tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi xo‘jalik faoliyatini anglatgan. Iqtisodiyotning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga o‘z vaqtida A.Smit yuqori baho berib, u insonni “homo economicus” - “iqtisodiy odam” deb atagan. “Iqtisodiyot” iborasi nimani anglatadi? P. Samauelson fikricha iqtisodiyotning klassik talqini shundaki, iqtisodiyot – ma’lum xildagi, cheklangan resurslardan foydali mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni turli guruhdagi kishilar o‘rtasida taqsimlash uchun jamiyat, ulardan qanday foydalanish kerakligi haqidagi fandir. «Iqtisodiyot» fan sifatida - tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil qilish va baholash bo‘yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi. U bir inson uchun ham, butun jamiyat uchun ham zarur bo‘lgan moddiy va nomoddiy ob’ektlarning katta qismini hamda moddiy va ma’naviy ne’matlarni tayyorlash va taqsimlash usullari va jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Agar «Iqtisodiyot» normativ jihatlari korxona, firma va davlatning iqtisodiy siyosatini ta’minlasa, pozitiv jihatlari esa real voqelikni baholaydi va tahlil qiladi hamda uning rivojlanishidagi qonuniyatlarni aniqlaydi. Bozorda o‘rin egallashga intiluvchi sub’ektning menejmentida kamida uchta ketma-ket bosqich bajarilishini ta’minlash lozim: • sub’ektning bozorda o‘rnashib qolish va moslashuvchanligi; 2
•
sub’ektning barqaror muvozanatga erishishi;
•
sub’ekt ishlab chiqarishning miqdoriy va sifat jihatidan o‘sishini ta’minlash. 
“Menejment” (ing.  management- boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) –
bu:
- ishlab chiqarish, tijoratni boshqarish bo‘yicha, ma’lum maqsadlarni ko‘zlovchi
amaliy faoliyat;
- boshqaruv,  nazariyasi,  fani  boshqaruv  tamoyillari,  usullari,  vositalari  va
shakllarining majmuasi;
- mamlakatimizning  hozirgi  zamon  amaliyotida  korxona,  aksiyadorlik
jamiyatining rahbarlik qiluvchi tarkibidir.
Mazkur fanning tadqiqotlari ob’ekti bu kichik va yirik korxonalar bo‘lib, ular
turli  mulk  shakliga  ega  bo‘ladi  hamda  O‘zbekiston  Respublikasining  “Xususiy
korxona  to‘g‘risida”  gi  qonuni  asosida  tashkil  qilinadi.  Hozirgi  kunda  iqtisodiy
faoliyatning, moddiy ishlab chiqarishning joriy va istiqbolli rivojlanish strategiyasi
hamda mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashning asosiy og‘irligi aynan
korxonalar “elkasi” ga yuklatilmoqda.
Korxona  iqtisodiyotning  bir  bo‘g‘ini  bo‘lib,  unda  eng  malakali  kadrlar
mujassamlangan  hamda  samarali  boshqaruv  -  menejment  qo‘llanib,  resurslardan
oqilona  foydalanish  va  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalardan  foydalanish
masalalari  hal  qilinadi.  Ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarning  yuqori  sifat
ko‘rsatkichlarini saqlagan holda xarajatlarni minimallashtirish va daromad (foyda)ni
maksimallashtirish deyarli har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
2. Fanning ob’ekti. Sanoatning ta’rifi va tavsifi
Har qanday fan o‘zining o‘rganish ob’ektiga ega bo‘ladi. Shunday ob’ektning
bo‘lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muhim
shartidir. «Iqtisodiyot va menejment»  fani ham o‘z ob’ektiga ega. Uning ob’ekti
umuman sanoat, xususan, O‘zbekiston sanoati hisoblanadi. Shu bois eng avvalo,
ushbu  fanning  ob’ekti  hisoblangan  “Sanoat“  haqidagi  ta’limot  bilan  tanishish
zururiyati tug‘iladi.
3
Logotip
• sub’ektning barqaror muvozanatga erishishi; • sub’ekt ishlab chiqarishning miqdoriy va sifat jihatidan o‘sishini ta’minlash. “Menejment” (ing. management- boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) – bu: - ishlab chiqarish, tijoratni boshqarish bo‘yicha, ma’lum maqsadlarni ko‘zlovchi amaliy faoliyat; - boshqaruv, nazariyasi, fani boshqaruv tamoyillari, usullari, vositalari va shakllarining majmuasi; - mamlakatimizning hozirgi zamon amaliyotida korxona, aksiyadorlik jamiyatining rahbarlik qiluvchi tarkibidir. Mazkur fanning tadqiqotlari ob’ekti bu kichik va yirik korxonalar bo‘lib, ular turli mulk shakliga ega bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida” gi qonuni asosida tashkil qilinadi. Hozirgi kunda iqtisodiy faoliyatning, moddiy ishlab chiqarishning joriy va istiqbolli rivojlanish strategiyasi hamda mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashning asosiy og‘irligi aynan korxonalar “elkasi” ga yuklatilmoqda. Korxona iqtisodiyotning bir bo‘g‘ini bo‘lib, unda eng malakali kadrlar mujassamlangan hamda samarali boshqaruv - menejment qo‘llanib, resurslardan oqilona foydalanish va zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish masalalari hal qilinadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifat ko‘rsatkichlarini saqlagan holda xarajatlarni minimallashtirish va daromad (foyda)ni maksimallashtirish deyarli har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi. 2. Fanning ob’ekti. Sanoatning ta’rifi va tavsifi Har qanday fan o‘zining o‘rganish ob’ektiga ega bo‘ladi. Shunday ob’ektning bo‘lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. «Iqtisodiyot va menejment» fani ham o‘z ob’ektiga ega. Uning ob’ekti umuman sanoat, xususan, O‘zbekiston sanoati hisoblanadi. Shu bois eng avvalo, ushbu fanning ob’ekti hisoblangan “Sanoat“ haqidagi ta’limot bilan tanishish zururiyati tug‘iladi. 3
Sanoat - bu ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Demak, sanoat ob’ektiv reallik
(borliq)ning  in’ikosi  va  yuksak  umumlashmasidir.  Uning  alohida  tarmoq,  ya’ni
ijtimoiy ishlab chiqarishning alohida sohasi bo‘lib yuzaga kelishi ishlab chiqarish
kuchlari va ijtimoiy mehnat taqsimotining rivoji bilan tarixiy jihatdan bog‘liqdir.
Sanoat ham ob’ektiv borliqning muhim hodisalari qatorida ma’lum davr (vaqt va
fazo) da dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlangan, ma’lum
miqdor va sifatlarga, zaruriyat va imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamda ziddiyatlar
qurboni ham bo‘lgan.
O‘zbekiston sanoati ham o‘z taraqqiyoti jarayonida bir qator bosqichlarni bosib
o‘tgan. Eng avvalo, uy sanoati (“Ona qornidagi sanoat“), so‘ngra, hunarmandchilik,
ya’ni xonaki sanoat, kooperatsiya, manufaktura, fabrika kabi shakllari yuzaga kelgan.
Bu yerda hunarmandchilikning juda ko‘p turlari, ya’ni kulolchilik, duradgorchilik,
toshtarashlik,  binokorlik,  o‘ymakorlik,  kashtado‘zlik,  ko‘nchilik,  to‘quvchilik  va
tikuvchilik,  temirchilik,  misgarlik  va  zargarlik,  degrezlik,  rixtagarlik,  zardo‘zlik,
bo‘yoqchilik, tunukasozlik va boshqalar keng tarqalgan.
Bu yerda hunarmandchilik (“Xonaki sanoat“) bronza asrida dehqonchilikdan
ajralib  chiqqan.  Milodning  dastlabki  asrlarida  hozirgi  O‘zbekiston  hududida
anchagina hunarmandchilik markazlari tashkil topgan. IX-X  asrlarda  ip,  mato,
gilam bo‘yicha Xiva va Shosh, mis va temirdan aslaha, pichoq tayyorlash bo‘yicha
Farg‘ona, shoyi matolar, shisha mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha Buxoro dunyoga
tanilgan.  XII-XIII  asrlarda  rivojlanish  pasayib,  Temuriylar  davlatining  vujudga
kelishi  bilan  hunarmandchilik  yana  rivoj  topgan.  Buxoro,  Samarqand,  Xiva,
Toshkent,  Shahrisabz  kabi  shaharlarning  ishlab  chiqarish  munosabatlarida
hunarmandchilik alohida ahamiyat kasb etgan. XIX asr oxiriga kelib, O‘zbekistonda
hunarmandchilikning  30  ga  yaqin  turi  rivoj  topgan.  XX  asr  boshlarida  esa
hunarmandchilikning  asosiy  qismi  artellarga,  keyinchalik  zavod  va  fabrikalarga,
badiiy buyumlar korxonalariga aylantirilgan.
XVIII asrning 60-70-yillarida Angliyada ro‘y bergan Sanoat to‘ntarilishidan
keyin O‘zbekistonda asta-sekin manufakturadan mashinalashgan industriyaga o‘tish
4
Logotip
Sanoat - bu ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Demak, sanoat ob’ektiv reallik (borliq)ning in’ikosi va yuksak umumlashmasidir. Uning alohida tarmoq, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning alohida sohasi bo‘lib yuzaga kelishi ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy mehnat taqsimotining rivoji bilan tarixiy jihatdan bog‘liqdir. Sanoat ham ob’ektiv borliqning muhim hodisalari qatorida ma’lum davr (vaqt va fazo) da dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlangan, ma’lum miqdor va sifatlarga, zaruriyat va imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamda ziddiyatlar qurboni ham bo‘lgan. O‘zbekiston sanoati ham o‘z taraqqiyoti jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tgan. Eng avvalo, uy sanoati (“Ona qornidagi sanoat“), so‘ngra, hunarmandchilik, ya’ni xonaki sanoat, kooperatsiya, manufaktura, fabrika kabi shakllari yuzaga kelgan. Bu yerda hunarmandchilikning juda ko‘p turlari, ya’ni kulolchilik, duradgorchilik, toshtarashlik, binokorlik, o‘ymakorlik, kashtado‘zlik, ko‘nchilik, to‘quvchilik va tikuvchilik, temirchilik, misgarlik va zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo‘zlik, bo‘yoqchilik, tunukasozlik va boshqalar keng tarqalgan. Bu yerda hunarmandchilik (“Xonaki sanoat“) bronza asrida dehqonchilikdan ajralib chiqqan. Milodning dastlabki asrlarida hozirgi O‘zbekiston hududida anchagina hunarmandchilik markazlari tashkil topgan. IX-X asrlarda ip, mato, gilam bo‘yicha Xiva va Shosh, mis va temirdan aslaha, pichoq tayyorlash bo‘yicha Farg‘ona, shoyi matolar, shisha mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha Buxoro dunyoga tanilgan. XII-XIII asrlarda rivojlanish pasayib, Temuriylar davlatining vujudga kelishi bilan hunarmandchilik yana rivoj topgan. Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, Shahrisabz kabi shaharlarning ishlab chiqarish munosabatlarida hunarmandchilik alohida ahamiyat kasb etgan. XIX asr oxiriga kelib, O‘zbekistonda hunarmandchilikning 30 ga yaqin turi rivoj topgan. XX asr boshlarida esa hunarmandchilikning asosiy qismi artellarga, keyinchalik zavod va fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga aylantirilgan. XVIII asrning 60-70-yillarida Angliyada ro‘y bergan Sanoat to‘ntarilishidan keyin O‘zbekistonda asta-sekin manufakturadan mashinalashgan industriyaga o‘tish 4
boshlandi. Xomashyoga birlamchi ishlov beradigan sanoat sohalari (paxta tozalash,
ipak tortish, vino, konserva, moy zavodlari) vujudga keldi.
XX asrda O‘zbekiston sanoatida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Agar asr
boshlarida sanoat mahsulotining eng muhim turlaridan 5-10 xili (paxta tolasi, xom
ipak, o‘simlik moyi, uzum vinosi, g‘isht, ganch va boshqalar) ishlab chiqarilgan
bo‘lsa, hozirgi paytda yuzlab-minglab turlari tayyorlanmoqda.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog‘idir. Sanoatning
vujudga  kelishi  va  rivojlanishi  ishchilar  sonining  oshishi  va  uning  jamiyatdagi
mavqei  ko‘tarilishiga  olib  keladi.  Mustaqillik  davrida  jamiyatni  tarixiy  jihatdan
yangilashda  ishchilarning  avangardlik  roli  to‘g‘risida  gap  yuritilar  ekan,  faqat
ishchilar  sinfigina  mehnatkashlar  ommasining  birlashuviga,  jipslashuviga  va
istiqlolni himoya qilishga, mustahkamlashga va uni uzil-kesil ta’minlashga yordam
bera  oladi,  deyish  mumkin.  Ana  shu  fikrni  O‘zbekiston  voqealigi  kun  sayin
tasdiqlamoqda. O‘zbekiston ishchisi respublika yalpi ijtimoiy mahsulotining, milliy
daromadning  asosiy  qismini  bunyod  etmoqda,  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy
salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarishda faol ishtirok etayotir.
O‘zbekiston  respublikasi  ishchilari  qiyofasida  ham  barcha  rivojlangan
mamlakatlar  ishchilaridagidek,  ongli  industrial  mehnatkashning  va  insonlar
munosabatining yuksak normalari va umuminsoniy tamoyillarini, qadriyatlarini qaror
toptiruvchi,  yangi  hayot  uchun  ilg‘or  kurashchi  hislatlari  bir  butun  bo‘lib
mujassamlashgan.
Sanoat  taraqqiyotining  muhim  qonuniyatlaridan  biri  sanoat  xodimlarining
madaniy-texnikaviy,  ma’naviy-ma’rifiy  darajasining  o‘sishi,  ishlab  chiqarish
malakasi va tajribasining tinmay oshib borishidir.
O‘zbekiston mehnatkashlarining bilim va ko‘nikmasi, ishlab chiqarish malakasi
va mahorati, madaniy va ma’rifiy saviyasini  yuqori  darajaga ko‘tarish bo‘yicha
amalga oshirilayotgan ishlarda ham sanoatning yuqori o‘rin tutishini ko‘rish mumkin.
Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy bazasi, el-yurtda tinchlik va
barqarorlikni  saqlashning  muhim  omili,  qo‘shni  mamlakatlar  mustaqilligini,
5
Logotip
boshlandi. Xomashyoga birlamchi ishlov beradigan sanoat sohalari (paxta tozalash, ipak tortish, vino, konserva, moy zavodlari) vujudga keldi. XX asrda O‘zbekiston sanoatida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Agar asr boshlarida sanoat mahsulotining eng muhim turlaridan 5-10 xili (paxta tolasi, xom ipak, o‘simlik moyi, uzum vinosi, g‘isht, ganch va boshqalar) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozirgi paytda yuzlab-minglab turlari tayyorlanmoqda. Sanoat moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog‘idir. Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi ishchilar sonining oshishi va uning jamiyatdagi mavqei ko‘tarilishiga olib keladi. Mustaqillik davrida jamiyatni tarixiy jihatdan yangilashda ishchilarning avangardlik roli to‘g‘risida gap yuritilar ekan, faqat ishchilar sinfigina mehnatkashlar ommasining birlashuviga, jipslashuviga va istiqlolni himoya qilishga, mustahkamlashga va uni uzil-kesil ta’minlashga yordam bera oladi, deyish mumkin. Ana shu fikrni O‘zbekiston voqealigi kun sayin tasdiqlamoqda. O‘zbekiston ishchisi respublika yalpi ijtimoiy mahsulotining, milliy daromadning asosiy qismini bunyod etmoqda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarishda faol ishtirok etayotir. O‘zbekiston respublikasi ishchilari qiyofasida ham barcha rivojlangan mamlakatlar ishchilaridagidek, ongli industrial mehnatkashning va insonlar munosabatining yuksak normalari va umuminsoniy tamoyillarini, qadriyatlarini qaror toptiruvchi, yangi hayot uchun ilg‘or kurashchi hislatlari bir butun bo‘lib mujassamlashgan. Sanoat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sanoat xodimlarining madaniy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy darajasining o‘sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasining tinmay oshib borishidir. O‘zbekiston mehnatkashlarining bilim va ko‘nikmasi, ishlab chiqarish malakasi va mahorati, madaniy va ma’rifiy saviyasini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda ham sanoatning yuqori o‘rin tutishini ko‘rish mumkin. Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy bazasi, el-yurtda tinchlik va barqarorlikni saqlashning muhim omili, qo‘shni mamlakatlar mustaqilligini, 5
hamkorligi  va  birdamligini  ta’minlovchi  muhim  sohadir.  O‘zbekiston  davlati
mudofaasini kafolatlashda sanoatning roli bebahodir.
Sanoat shunday  tarmoqki,  barcha  mamlakatlarning  siyosiy,  iqtisodiy  va
tashkiliy intilishlari, ularning xo‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya
tavsifida o‘z ifodasini  topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy, mehnat va
moliyaviy  resurslaridan,  fan-texnikaning  barcha  yutuqlaridan  oqilona  foydalinish
imkoniyatlari yuzaga keladi. 
Sanoat, ayniqsa og‘ir sanoat butun ijtimoiy ishlab chiqarishni idustriallashtirish
muammolarini hal etish kalitidir. Shu sababli jamiyatning moddiy-texnika bazasini
qaytadan qurish ishini o‘zbek halqi Prezident rahbarligida umuman sanoat, xususan,
uning  eng  muhim  sohalarini  rivojlantirishdan  boshladi.  Chunki  bu  sohalar
O‘zbekiston  Respublikasining  iqtisodiy  qudratini,  xalq  farovonligini  yanada
oshirishning poydevori bo‘lib hisoblanar edi, bundan keyin ham shunday bo‘lib
qolaveradi.
Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi – konsentratsiyaning yuqori
darajasi bilan kichik biznes va tadbirkorlikni uyg‘unlashtirish asosida ijtimoiy ishlab
chiqarishni  uyushtirishning  ilg‘or  usullari-ixtisoslashtirish,  kooperativlashtirish  va
kombinatlashtirish  ham  sanoat  sohasida  hukmronlik  qiladi  va  yaxshi  samaralar
beradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotni  jadallashtirishni  ta’minlovchi  buyuk
harakatlantiruvchi kuch – bu raqobat, ya’ni bellashuv, raqiblar kurashi ham sanoat
sohasida  rivoj  topadi.  Ilg‘or  texnika  va  texnologiyalardan  foydalanish,
materiallarning  yangi  turlarini  yaratish,  mehnat  unumdorligini  oshirish,  ishlab
chiqarishdagi mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga ko‘tarish, ishlab
chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosida
uning samaradorligini ko‘tarish uchun harakat va boshqa mehnat an’analari ham
avvalo, sanoat sohasida vujudga keldi va kelmoqda.
3. Fanning predmeti, o‘rganish uslubiyati va usullari.
6
Logotip
hamkorligi va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. O‘zbekiston davlati mudofaasini kafolatlashda sanoatning roli bebahodir. Sanoat shunday tarmoqki, barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xo‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida o‘z ifodasini topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan, fan-texnikaning barcha yutuqlaridan oqilona foydalinish imkoniyatlari yuzaga keladi. Sanoat, ayniqsa og‘ir sanoat butun ijtimoiy ishlab chiqarishni idustriallashtirish muammolarini hal etish kalitidir. Shu sababli jamiyatning moddiy-texnika bazasini qaytadan qurish ishini o‘zbek halqi Prezident rahbarligida umuman sanoat, xususan, uning eng muhim sohalarini rivojlantirishdan boshladi. Chunki bu sohalar O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini yanada oshirishning poydevori bo‘lib hisoblanar edi, bundan keyin ham shunday bo‘lib qolaveradi. Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi – konsentratsiyaning yuqori darajasi bilan kichik biznes va tadbirkorlikni uyg‘unlashtirish asosida ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirishning ilg‘or usullari-ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinatlashtirish ham sanoat sohasida hukmronlik qiladi va yaxshi samaralar beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishni ta’minlovchi buyuk harakatlantiruvchi kuch – bu raqobat, ya’ni bellashuv, raqiblar kurashi ham sanoat sohasida rivoj topadi. Ilg‘or texnika va texnologiyalardan foydalanish, materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga ko‘tarish, ishlab chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosida uning samaradorligini ko‘tarish uchun harakat va boshqa mehnat an’analari ham avvalo, sanoat sohasida vujudga keldi va kelmoqda. 3. Fanning predmeti, o‘rganish uslubiyati va usullari. 6
“Iqtisodiyot  va  menejment”  fanning  maqsadi talablarga  bozor  iqtisodiyoti
sharoitiga  ishlab  chiqarish  va  oqimli  jarayonni  tashkil  etish,  yangi  texnikaning
samaradorligini  aniqlash  usullarini  tanlash,  mehnatni  ilmiy  tashkil  etish,
me’yorlashtirish,  korxona  aktivlarini  boshqarish,  biznes-reja  va  uning  asosiy
ko‘rsatkichlarini hisoblash yo‘llarini o‘rgatishdan iboratdir. 
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda fanning predmetini o‘rgatish quyidagi
vazifalarni o‘z ichiga oladi:
• yengil sanoat  korxonalarini boshqarish strategiyasi, taktikasining mohiyati,
mazmuni na xususiyatlarini o‘rganish;
• korxonada yuqori malakali kadrlarni shakllantirish, korxonani boshqarishning
mezonlari, o‘lchovlari va ko‘rsatkichlari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
• yengil sanoat korxonalarida fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini
aniqlash;
• yengil sanoat korxonalari asosiy na aylanma fondlaridan samarali foydalanish
yo‘llarini izlab topish;
• korxonalar mahsulot sifatini oshirish imkoniyatlarini baholash;
• korxonalarda  mahsulot  ishlab  chiqarish  xarajatlarini kamaytirish  yo‘llarini
izlab topish;
• yengil sanoat korxonalarida samarali boshqaruv usul va uslublarini o‘pganish;
• yengil  sanoat  korxonalarida  samarali  moliyaviy  menejment  asoslarini
o‘rganish;
• biznes rejaning firma faoliyatini rejalashtirishdagi ahamiyatini baholash;
•  ishlab chiqarish rejasi bo‘limini vazifalari va tarkibini o‘rganish;
• yengil sanoat korxonalari ishlab chiqarish qunvvatini hisoblash;
• yengil sanoat korxonalarida tashkiliy rejaning asosiy na vazifalari na uni tuzish
yo‘llarini o‘rganish;
• yengil   sanoat   korxonalarida   xarajatlarni   hisoblash   uslubini o‘rganish.
• yengil sanoat korxonalari moliya rejasini tuzish uslubini o‘rganish.
Fanning bozor iqtisodiyotiga va islohotlariga mos vazifalari.
7
Logotip
“Iqtisodiyot va menejment” fanning maqsadi talablarga bozor iqtisodiyoti sharoitiga ishlab chiqarish va oqimli jarayonni tashkil etish, yangi texnikaning samaradorligini aniqlash usullarini tanlash, mehnatni ilmiy tashkil etish, me’yorlashtirish, korxona aktivlarini boshqarish, biznes-reja va uning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash yo‘llarini o‘rgatishdan iboratdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda fanning predmetini o‘rgatish quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi: • yengil sanoat korxonalarini boshqarish strategiyasi, taktikasining mohiyati, mazmuni na xususiyatlarini o‘rganish; • korxonada yuqori malakali kadrlarni shakllantirish, korxonani boshqarishning mezonlari, o‘lchovlari va ko‘rsatkichlari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish; • yengil sanoat korxonalarida fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini aniqlash; • yengil sanoat korxonalari asosiy na aylanma fondlaridan samarali foydalanish yo‘llarini izlab topish; • korxonalar mahsulot sifatini oshirish imkoniyatlarini baholash; • korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo‘llarini izlab topish; • yengil sanoat korxonalarida samarali boshqaruv usul va uslublarini o‘pganish; • yengil sanoat korxonalarida samarali moliyaviy menejment asoslarini o‘rganish; • biznes rejaning firma faoliyatini rejalashtirishdagi ahamiyatini baholash; •  ishlab chiqarish rejasi bo‘limini vazifalari va tarkibini o‘rganish; • yengil sanoat korxonalari ishlab chiqarish qunvvatini hisoblash; • yengil sanoat korxonalarida tashkiliy rejaning asosiy na vazifalari na uni tuzish yo‘llarini o‘rganish; • yengil sanoat korxonalarida xarajatlarni hisoblash uslubini o‘rganish. • yengil sanoat korxonalari moliya rejasini tuzish uslubini o‘rganish. Fanning bozor iqtisodiyotiga va islohotlariga mos vazifalari. 7
Ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishning  eng  muhim  maqsadi  va  asosiy  ustuvor
vazifalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Iqtisodiy  islohotlar  –  iqtisodiyotning  tarkibiy  tuzilishini  sifat  jihatidan
takomillashtirish, uning barqaror va mutanosib rivojlanishini ta’minlash imkonini
beruvchi,  maqsadga  muvofiq  holda  va  izchil  ravishda  amalga  oshiriluvchi  tub
o‘zgarishlar, chora-tadbirlar majmui.  
Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari  – mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkich va
natijalarining miqdor jihatidan ko‘payishi va sifat jihatidan takomillashuvi darajasi.
Iqtisodiy rivojlanish samaradorligi – iqtisodiyotni rivojlantirish natijalarining
bu borada qilingan sarf-xarajatlarga nisbati.
Makroiqtisodiy muvozanat  – iqtisodiyot turli tomonlarining o‘zaro tengligi
bo‘lib, eng avvalo yalpi talab va yalpi taklifning tengligi orqali namoyon bo‘ladi.
Ilm-fan  metodologiyasi  deyilganda,  uni  bilish  va  o‘rganish  faoliyatining
shakllari  va  usullari  majmuasi  tushuniladi.  Shu  fan  bo‘yicha  masalani  o‘rtaga
tashlash, tadqiqot mavzusi va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek, aniqlangan
natijaning haqiqiyligi, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektga muvofiqligi jihatidan tekshirish
metodologiyani qo‘llashning eng muhim tomoni hisoblanadi. Demak, metodologiya
– bu tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘li, voqelikni amaliy va nazariy o‘zlashtirish
usullari majmuasidir.
Iqtisodiyot tarmog‘ining yetakchi sohasi bo‘lgan yengil sanoatda ro‘y beradigan
barcha hodisa va o‘zgarishlarni tadqiq etish anchagina murakkab jarayondir. U jonli
mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga, ya’ni – haqiqatni bilishning,
ob’ektiv reallikni tan olishning dialektik yo‘lidan foydalanishni taqozo etadi. Bunday
uslubiy yondashish sanoat, uning tarmoqlari va irmoqlari hamda korxonalarida ro‘y
beradigan  hodisalar,  voqeliklar  va  iqtisodiy  jarayonlarning  o‘zaro  bog‘liqligini,
ularning  uzluksiz  harakati, taraqqiyot  va o‘zgarishi,  miqdor  ko‘rsatkichdan  sifat
ko‘rsatkichga o‘tishi, vaqt va fazoda rivojlanishini anglab olishga yordam beradi.7
Dialektika  usuli  muammolar  o‘rganilayotgan  omillar,  shart-sharoitlarning
namoyon  bo‘lishi  va  yuz  berishi,  ziddiyatlarga,  qarama-qarshiliklarga   boy
ekanligini  inobatga olishni taqozo etadi.          
8
Logotip
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sifat jihatidan takomillashtirish, uning barqaror va mutanosib rivojlanishini ta’minlash imkonini beruvchi, maqsadga muvofiq holda va izchil ravishda amalga oshiriluvchi tub o‘zgarishlar, chora-tadbirlar majmui. Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari – mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkich va natijalarining miqdor jihatidan ko‘payishi va sifat jihatidan takomillashuvi darajasi. Iqtisodiy rivojlanish samaradorligi – iqtisodiyotni rivojlantirish natijalarining bu borada qilingan sarf-xarajatlarga nisbati. Makroiqtisodiy muvozanat – iqtisodiyot turli tomonlarining o‘zaro tengligi bo‘lib, eng avvalo yalpi talab va yalpi taklifning tengligi orqali namoyon bo‘ladi. Ilm-fan metodologiyasi deyilganda, uni bilish va o‘rganish faoliyatining shakllari va usullari majmuasi tushuniladi. Shu fan bo‘yicha masalani o‘rtaga tashlash, tadqiqot mavzusi va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natijaning haqiqiyligi, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektga muvofiqligi jihatidan tekshirish metodologiyani qo‘llashning eng muhim tomoni hisoblanadi. Demak, metodologiya – bu tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘li, voqelikni amaliy va nazariy o‘zlashtirish usullari majmuasidir. Iqtisodiyot tarmog‘ining yetakchi sohasi bo‘lgan yengil sanoatda ro‘y beradigan barcha hodisa va o‘zgarishlarni tadqiq etish anchagina murakkab jarayondir. U jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga, ya’ni – haqiqatni bilishning, ob’ektiv reallikni tan olishning dialektik yo‘lidan foydalanishni taqozo etadi. Bunday uslubiy yondashish sanoat, uning tarmoqlari va irmoqlari hamda korxonalarida ro‘y beradigan hodisalar, voqeliklar va iqtisodiy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini, ularning uzluksiz harakati, taraqqiyot va o‘zgarishi, miqdor ko‘rsatkichdan sifat ko‘rsatkichga o‘tishi, vaqt va fazoda rivojlanishini anglab olishga yordam beradi.7 Dialektika usuli muammolar o‘rganilayotgan omillar, shart-sharoitlarning namoyon bo‘lishi va yuz berishi, ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga boy ekanligini inobatga olishni taqozo etadi. 8
“Iqtisodiyot va menejment” fani va ilmining barcha muammolarini o‘rganishda
unga tarixiy yondashish kerak. Ayniqsa gumanitar fanlar masalasida eng ishonarli
narsa – bu asosiy tarixiy bog‘lanishni unutmaslikdir. Har bir masalaga tarixdagi
ma’lum  hodisa  qanday  paydo  bo‘lganligi,  bu  hodisa  o‘z  rivojlanishida  qanday
bosqichlardan  o‘tganligi  nuqtai  nazaridan  qarab  ana  shu  rivojlanish,  taraqqiyot
qanday bo‘lib ro‘y berganligiga e’tibor qaratish zarur.
“Iqtisodiyot va menejment” fanining eng muhim muammolarini o‘rganishda
quyidagi bir qator aniq usullardan foydalaniladi. Bular jumlasiga mushohada, abstrakt
tafakkur, induksiya va deduksiya, analiz va sintez, monografik usul, statistik usullar
(sifat va miqdor, indeks, guruhlash, balanslik va u bilan bog‘liq bo‘lgan normativ
usul, ehtimollar), iqtisodiy matematik modellashtirish, optimallashtirish, muvozanatni
aniqlash, “Aqliy xujum“, tajribaviy usullar kiradi.
Bozor  iqtisodiga  o‘tish  tufayli  sanoat  taraqqiyotiga  munosabat  butunlay
o‘zgardi, ya’ni tuzilmaviy o‘zgarishlarning ahamiyati hamda rahbarlik qilishning
iqtisodiy va ma’naviy, psixologik roli sezilarli darajada oshdi. Shu sababli sanoat
ishlab  chiqarishning  taraqqiyot  tendensiyasini,  rivojlangan  davrning  o‘ziga  xos,
o‘ziga mosligini hisobga olgan holda u yoki bu omillar, shart-sharoitlar ahamiyatini
va rolini dinamikada hisobga olish kerak bo‘ladi. 
“Iqtisodiyot va menejment” fanining barcha masalalarini yuqorida keltirilgan va
boshqa  bir  qator  usullar  yordamida  o‘rganish,  tahlil  qilish  bu  fanni
o‘rganuvchilarning va uning muammolari yechimini hal etuvchilarning bilish va
ilmiy salohiyatini kuchaytiradi, aqliy zakovatini boyitadi.
Har qanday fan kabi “Iqtisodiyot va menejment” fani ham eng avvalo, bilish
vazifasini  bajaradi.  Uning  asosiy  vazifasi  o‘quvchini  sanoat  sohasiga  taalluqli
iqtisodiy bilim va ko‘nikma bilan qurollantirishdan iboratdir.
Bu  fan,  birinchidan,  iqtisodiyotning  sanoat  sohasidagi  sir-asrorlarini  bilib
olishga;  ikkinchidan,  bu  tarmoq  iqtisodiyotida  qo‘llaniladigan  barcha  iqtisodiy
tushunchalarni  tavsiflashga,  ular  real  iqtisodiy  voqelikning  ilmiy  in’ikosi,  ifoda
etilishi ekanligini bilib olishga yordam beradi; uchinchidan, ishlab chiqarish san’atini
egallash bo‘yicha bilim va ko‘nikma beradi. Demak, “Iqtisodiyot va menejment”ning
9
Logotip
“Iqtisodiyot va menejment” fani va ilmining barcha muammolarini o‘rganishda unga tarixiy yondashish kerak. Ayniqsa gumanitar fanlar masalasida eng ishonarli narsa – bu asosiy tarixiy bog‘lanishni unutmaslikdir. Har bir masalaga tarixdagi ma’lum hodisa qanday paydo bo‘lganligi, bu hodisa o‘z rivojlanishida qanday bosqichlardan o‘tganligi nuqtai nazaridan qarab ana shu rivojlanish, taraqqiyot qanday bo‘lib ro‘y berganligiga e’tibor qaratish zarur. “Iqtisodiyot va menejment” fanining eng muhim muammolarini o‘rganishda quyidagi bir qator aniq usullardan foydalaniladi. Bular jumlasiga mushohada, abstrakt tafakkur, induksiya va deduksiya, analiz va sintez, monografik usul, statistik usullar (sifat va miqdor, indeks, guruhlash, balanslik va u bilan bog‘liq bo‘lgan normativ usul, ehtimollar), iqtisodiy matematik modellashtirish, optimallashtirish, muvozanatni aniqlash, “Aqliy xujum“, tajribaviy usullar kiradi. Bozor iqtisodiga o‘tish tufayli sanoat taraqqiyotiga munosabat butunlay o‘zgardi, ya’ni tuzilmaviy o‘zgarishlarning ahamiyati hamda rahbarlik qilishning iqtisodiy va ma’naviy, psixologik roli sezilarli darajada oshdi. Shu sababli sanoat ishlab chiqarishning taraqqiyot tendensiyasini, rivojlangan davrning o‘ziga xos, o‘ziga mosligini hisobga olgan holda u yoki bu omillar, shart-sharoitlar ahamiyatini va rolini dinamikada hisobga olish kerak bo‘ladi. “Iqtisodiyot va menejment” fanining barcha masalalarini yuqorida keltirilgan va boshqa bir qator usullar yordamida o‘rganish, tahlil qilish bu fanni o‘rganuvchilarning va uning muammolari yechimini hal etuvchilarning bilish va ilmiy salohiyatini kuchaytiradi, aqliy zakovatini boyitadi. Har qanday fan kabi “Iqtisodiyot va menejment” fani ham eng avvalo, bilish vazifasini bajaradi. Uning asosiy vazifasi o‘quvchini sanoat sohasiga taalluqli iqtisodiy bilim va ko‘nikma bilan qurollantirishdan iboratdir. Bu fan, birinchidan, iqtisodiyotning sanoat sohasidagi sir-asrorlarini bilib olishga; ikkinchidan, bu tarmoq iqtisodiyotida qo‘llaniladigan barcha iqtisodiy tushunchalarni tavsiflashga, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy in’ikosi, ifoda etilishi ekanligini bilib olishga yordam beradi; uchinchidan, ishlab chiqarish san’atini egallash bo‘yicha bilim va ko‘nikma beradi. Demak, “Iqtisodiyot va menejment”ning 9
bilish, nazariy vazifalari bilan uning amaliy vazifalari ham mavjuddir. Shu tufayli har
bir iqtisodchi mavjud iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mohiyati va ahamiyatini yaxshi
tushunishi, ularni to‘g‘ri hisoblash va aniqlashni bilishi, ular dinamikasidan tegishli
xulosa chiqarishi kerak bo‘ladi.
4. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimidagi o‘rni hamda boshqa
fanlar bilan bog‘liqligi.
Ishlab chiqarish va bozorni oqilona tashkil etish,  ularning samaradorligini,
natijaliligini oshirmoq uchun jamiyatning umumiy iqtisodiy qonunlarini bilish,
xo‘jalikka rahbarlik qilishning ilmiy asoslarini chuqur egallash zarur.
Iqtisodiyot  sohasida  ro‘y  berayotgan  barcha   voqeliklardan xabardor bo‘lish,
ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri tushunish, iqtisodiy muammolarni oqilona
hal etish korxonalar, firmalar, tarmoqlar va komplekslar oldida turgan vazifalarni o‘z
vaqtida amalga oshirish uchun iqtisodiy bilimlar bilan qurollanmoq, ularni chuqur
egallamoq kerak. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy fanlar tizimi o‘rgatadi (1-rasm).
10
Logotip
bilish, nazariy vazifalari bilan uning amaliy vazifalari ham mavjuddir. Shu tufayli har bir iqtisodchi mavjud iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mohiyati va ahamiyatini yaxshi tushunishi, ularni to‘g‘ri hisoblash va aniqlashni bilishi, ular dinamikasidan tegishli xulosa chiqarishi kerak bo‘ladi. 4. Kursning tuzilishi va uning iqtisodiy fanlar tizimidagi o‘rni hamda boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Ishlab chiqarish va bozorni oqilona tashkil etish, ularning samaradorligini, natijaliligini oshirmoq uchun jamiyatning umumiy iqtisodiy qonunlarini bilish, xo‘jalikka rahbarlik qilishning ilmiy asoslarini chuqur egallash zarur. Iqtisodiyot sohasida ro‘y berayotgan barcha voqeliklardan xabardor bo‘lish, ularning mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri tushunish, iqtisodiy muammolarni oqilona hal etish korxonalar, firmalar, tarmoqlar va komplekslar oldida turgan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun iqtisodiy bilimlar bilan qurollanmoq, ularni chuqur egallamoq kerak. Bunday bilimlarni bizga iqtisodiy fanlar tizimi o‘rgatadi (1-rasm). 10
1-rasm. Iqtisodiy fanlar tizimi.
11
Иқтисодий фанлар тизими
Тармоқ иқтисодий фанлари
Саноат иқтисодиёти
Қишлоқ хўжалиги 
иқтисодиёти
Қурилиш иқтисодиёти
Транспорт иқтисодиёти
Соф иқтисодий фанлар
Сиёсий иқтисод
Иқтисодий фанлар тарихи
Иқтисодий таълимотлар 
тарихи
Иқтисодий назария
Экономикс ва
янги махсус фундаментал фанлар 
мажмуаси
«Макроиқтисодиёт»
«Микроиқтисодиёт»
«Жаҳон иқтисодиёти»
«Туризм иқтисодиёти»
Корхона иқтисодиёти
Функционал 
тармоқлараро фанлар
Молия ва кредит
Статистика
Иқтисодий 
статистика
Бухгалтерия ҳисоби ва 
аудит
Меҳнат иқтисодиёти 
ва социологияси
Менежмент
Маркетинг
Logotip
1-rasm. Iqtisodiy fanlar tizimi. 11 Иқтисодий фанлар тизими Тармоқ иқтисодий фанлари Саноат иқтисодиёти Қишлоқ хўжалиги иқтисодиёти Қурилиш иқтисодиёти Транспорт иқтисодиёти Соф иқтисодий фанлар Сиёсий иқтисод Иқтисодий фанлар тарихи Иқтисодий таълимотлар тарихи Иқтисодий назария Экономикс ва янги махсус фундаментал фанлар мажмуаси «Макроиқтисодиёт» «Микроиқтисодиёт» «Жаҳон иқтисодиёти» «Туризм иқтисодиёти» Корхона иқтисодиёти Функционал тармоқлараро фанлар Молия ва кредит Статистика Иқтисодий статистика Бухгалтерия ҳисоби ва аудит Меҳнат иқтисодиёти ва социологияси Менежмент Маркетинг
Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi –
Umumiqtisodiy  fanlar,  ya’ni  iqtisodni  yaxlit  o‘rganuvchi  fanlar.  Ikkinchi  –
Xususiy iqtisodiy fanlar,  ya’ni iqtisodning u yoki bu sohasini, yoxud korxona
(firma)  iqtisodini  o‘rganuvchi  fanlar.  Birinchi  guruhga  eng  avvalo  “Iqtisodiy
nazariya“ fani kiradi. Uning o‘zi o‘z nomi bilan boshqa fanlardan ajralib turadi va
umum  iqtisodga  nazariy  jihatdan  yondoshadi,  unga  xos  qonun  va  qoidalarni
o‘rganadi.
Iqtisodiy nazariya  – insonlarning ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab
chiqaruvchi  kuchlar  bilan  o‘zaro  alohida  o‘rganuvchi  fandir.  Bu  fan  kishilik
jamiyati  taraqqiyotining turli  bosqichlarida moddiy ne’matlar  ishlab  chiqarish,
taqsimlash va iste’mol qilishni boshqarish qonunlarini, shuningdek, ulardan amaliy
faoliyatda foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. Lekin iqtisodiy nazariya iqtisodiyotning
ayrim tarmoqlari va tarmoqlararo komplekslarida iqtisodiy qonunlarning namoyon
bo‘lish, ro‘y berish shakllarini va xususiyatlarini o‘rganmaydi. Bu bilan konkret,
aniq iqtisodiy fanlar shug‘ullanadi. Ana shunday fanlardan biri  “Iqtisodiyot va
menejment” fani hisoblanadi. Bu fan jamiyatning iqtisodiy qonunlari va zaruriy
qoidalari sanoat va uning tarmoqlari sohasida namoyon bo‘lishini, ro‘y berishini,
tuzilmaviy  o‘zgarishlarning  “falsafasini”,  boshqarishning  ilmiy  asoslarini,
rejalashtirish  va  prognozlashning  metodologiyasi  va  metodikasini,  fan-texnika
taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, sanoat resurslarining mohiyati, ahamiyati va
turlari  hamda  ulardan  foydalanishni  yaxshilash  shart-sharoitlari  va  sanoatning
boshqa qator muammolarini o‘rganadi.
“Iqtisodiyot va menejment” fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchas
bog‘langan.  Ular  jumlasiga  “Ekonomiks”,  “Iqtisodiy  nazariya”,  “Makro  va
Mikroiqtisodiyot”,  “Statistika”, ayniqsa  “Iqtisodiy statistika”,  “Mehnat iqtisodi”,
“Marketing”,  “Menejment”,  “Buxgalteriya hisobi va audit”,  “Moliya-kredit” va
“Bozor iqtisodiyoti” va boshqa bir qator fanlar kiradi.
“Iqtisodiyot va menejment” kursi “Korxona iqtisodi” fani bilan chambarchas
bog‘liqdir. Bunday bog‘liqlik sanoat va uning alohida tarmoqlarining moddiy-
texnika va mehnat salohiyatidan to‘la-to‘kis foydalanish imkoniyatlarini qidirib
12
Logotip
Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi – Umumiqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodni yaxlit o‘rganuvchi fanlar. Ikkinchi – Xususiy iqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodning u yoki bu sohasini, yoxud korxona (firma) iqtisodini o‘rganuvchi fanlar. Birinchi guruhga eng avvalo “Iqtisodiy nazariya“ fani kiradi. Uning o‘zi o‘z nomi bilan boshqa fanlardan ajralib turadi va umum iqtisodga nazariy jihatdan yondoshadi, unga xos qonun va qoidalarni o‘rganadi. Iqtisodiy nazariya – insonlarning ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan o‘zaro alohida o‘rganuvchi fandir. Bu fan kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishni boshqarish qonunlarini, shuningdek, ulardan amaliy faoliyatda foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. Lekin iqtisodiy nazariya iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va tarmoqlararo komplekslarida iqtisodiy qonunlarning namoyon bo‘lish, ro‘y berish shakllarini va xususiyatlarini o‘rganmaydi. Bu bilan konkret, aniq iqtisodiy fanlar shug‘ullanadi. Ana shunday fanlardan biri “Iqtisodiyot va menejment” fani hisoblanadi. Bu fan jamiyatning iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalari sanoat va uning tarmoqlari sohasida namoyon bo‘lishini, ro‘y berishini, tuzilmaviy o‘zgarishlarning “falsafasini”, boshqarishning ilmiy asoslarini, rejalashtirish va prognozlashning metodologiyasi va metodikasini, fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, sanoat resurslarining mohiyati, ahamiyati va turlari hamda ulardan foydalanishni yaxshilash shart-sharoitlari va sanoatning boshqa qator muammolarini o‘rganadi. “Iqtisodiyot va menejment” fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Ular jumlasiga “Ekonomiks”, “Iqtisodiy nazariya”, “Makro va Mikroiqtisodiyot”, “Statistika”, ayniqsa “Iqtisodiy statistika”, “Mehnat iqtisodi”, “Marketing”, “Menejment”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Moliya-kredit” va “Bozor iqtisodiyoti” va boshqa bir qator fanlar kiradi. “Iqtisodiyot va menejment” kursi “Korxona iqtisodi” fani bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunday bog‘liqlik sanoat va uning alohida tarmoqlarining moddiy- texnika va mehnat salohiyatidan to‘la-to‘kis foydalanish imkoniyatlarini qidirib 12
topish  uchun  mehnat  jamoasiga  iqtisodiy  ta’sir  ko‘rsatishning  yangidan-yangi
usullarini topishda mahorat va ishning ko‘zini bilishga yordam beradi. 
Iqtisodiy hayot jarayonlari va hodisalarini o‘rganish darajasi nuqtai nazaridan,
odatga ko‘ra, makroiqtisod va mikroiqtisodni farqlaydilar.
«Makroiqtisod»  fani  iqtisodni  bir  butun  sifatida  qaraydi  va  umumiy
(majmuiy)  talab  va  taklifning,  milliy  daromad  va  yalpi  milliy  mahsulotning
shakllanish  jarayonlarini  tadqiq  etadi,  hukumat  byudjet  siyosatining  iqtisodiy
o‘sishiga,  inflyatsiya  va  ishsizlik  darajasiga  ta’sirini  tahlil  etadi.  Boshqacha
aytganda, bu fan makroiqtisodiy jarayonlarni  davlat tomonidan tartibga solish
muammolarini o‘rganadi va o‘rgatadi.
«Mikroiqtisod» fani ishlab chiqarish tarmog‘i va korxona, tovar va moliya
bozorlari,  banklar,  turli  firmalar,  uy  xo‘jaligi  kabi  alohida  sub’ektlar  va
tuzilmalarning fe’l – atvorini tadqiq etadi. U alohida tovarlarning ishlab chiqarish
hajmi va ularga baho qanday belgilanishini, soliqlar va boshqa to‘lovlarning aholi
jamg‘armalariga qanday ta’sir etishini o‘rganadi.
“Iqtisodiyot va menejment” fani «Moliya-kredit»  fani bilan ham bevosita
bog‘liqdir. Chunki  moliyaviy  resurslar  harakatining  jarayoni  bo‘lib,  xo‘jalik
sub’ektlari  o‘rtasidagi  moliyaviy  munosabatlarni  va  moliyaviy  resurslarni
boshqarishga yo‘naltirilgan.
“Iqtisodiyot va menejment” fani «Menejment»  fani bilan ham bevosita
bog‘liqdir.  Chunki  sanoat  boshqaruvining  muhim  muammolari  menejment
nazariyasi va amaliyoti asosida o‘z yechimini topishi mumkin. 
«Menejment» fani – bu boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirish va
ishchan qarorni qabul kilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor
munosabatlari  sharoitida  barcha  bo‘g‘inlarda  ishlay  oladigan  yuqori  malakali
boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. 
Bu  fanning  muhim  muammolarini  o‘rganishda  iqtisodiyotda  texnika  va
texnologiya taraqqiyotining yo‘llarini belgilab beradigan fanlarning xulosalaridan
ham keng foydalanish g‘oyat zarurdir.
Shunday  qilib  “Iqtisodiyot  va  menejment” fanining  predmeti  deganda
jamiyatning  ob’ektiv  iqtisodiy  qonunlari  va  zaruriy  qoidalarining  shu  sohada
13
Logotip
topish uchun mehnat jamoasiga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatishning yangidan-yangi usullarini topishda mahorat va ishning ko‘zini bilishga yordam beradi. Iqtisodiy hayot jarayonlari va hodisalarini o‘rganish darajasi nuqtai nazaridan, odatga ko‘ra, makroiqtisod va mikroiqtisodni farqlaydilar. «Makroiqtisod» fani iqtisodni bir butun sifatida qaraydi va umumiy (majmuiy) talab va taklifning, milliy daromad va yalpi milliy mahsulotning shakllanish jarayonlarini tadqiq etadi, hukumat byudjet siyosatining iqtisodiy o‘sishiga, inflyatsiya va ishsizlik darajasiga ta’sirini tahlil etadi. Boshqacha aytganda, bu fan makroiqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish muammolarini o‘rganadi va o‘rgatadi. «Mikroiqtisod» fani ishlab chiqarish tarmog‘i va korxona, tovar va moliya bozorlari, banklar, turli firmalar, uy xo‘jaligi kabi alohida sub’ektlar va tuzilmalarning fe’l – atvorini tadqiq etadi. U alohida tovarlarning ishlab chiqarish hajmi va ularga baho qanday belgilanishini, soliqlar va boshqa to‘lovlarning aholi jamg‘armalariga qanday ta’sir etishini o‘rganadi. “Iqtisodiyot va menejment” fani «Moliya-kredit» fani bilan ham bevosita bog‘liqdir. Chunki moliyaviy resurslar harakatining jarayoni bo‘lib, xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni va moliyaviy resurslarni boshqarishga yo‘naltirilgan. “Iqtisodiyot va menejment” fani «Menejment» fani bilan ham bevosita bog‘liqdir. Chunki sanoat boshqaruvining muhim muammolari menejment nazariyasi va amaliyoti asosida o‘z yechimini topishi mumkin. «Menejment» fani – bu boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirish va ishchan qarorni qabul kilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Bu fanning muhim muammolarini o‘rganishda iqtisodiyotda texnika va texnologiya taraqqiyotining yo‘llarini belgilab beradigan fanlarning xulosalaridan ham keng foydalanish g‘oyat zarurdir. Shunday qilib “Iqtisodiyot va menejment” fanining predmeti deganda jamiyatning ob’ektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada 13