IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
INVISTITSIYALAR VA ULARNING RIVOJLANISH ISDIQBOLLARI
Kirish
1.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
vazifalari va davlat budjetining ahamiyati
2.
Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati tahlili
3.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti xarajatlarini
samarali ijrosini taminlash masalalari
4.
Invistitsiyalar va ularning rivojlanish isdiqbollari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Budjetda markazlashtirilayotgan mablag’lar davlat hokimiyat organlari va
mahalliy o’zo’zini boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil
etib, ular davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli funktsiyalar va
vazifalarning bajarilishi ta’minlaydi. Budjetning maqsadi resurslarni taqsimlash va
qayta taqsimlash natijasida ijtimoiy yo’naltirilgan jamiyatni barpo etishdir.
Budjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy
sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Bizning
mamlakatimizda zamonaviy budjetni barpo etish mustaqilligimizning dastlabki
kunlaridanoq boshlangan edi. Bu narsa mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan juda
keskin o’zgarishlarni amalga oshirish sharoitida sodir bo’lib, ular o’z navbatida,
budjetning oldida turgan birinchi darajali vazifalarni ham aniqlab berdi.
“Davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2 foizi ijtimoiy
soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga
qaratildi, uning 34 foizdan ortig’i ta’lim, 14,5 foizdan ko’prog’i sog’liqni saqlash
sohalarini moliyalashtirishga yo’naltirildi”-deydi prezidentimiz I.A. Karimov o’z
ma’ruzalarida1. Darhaqiqat davlat budjeti xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy
sohalarni mablag’ bilan ta’minlashga yo’naltirilgan ekan, avvalo ushbu
mablag’lardan foydalanish va davlat budjeti xarajatlari samarali ijrosini
ta’minnlash dolzarb masaladir.
Istiqlolimizning tarixiy nuqtai-nazardan qisqa yillarida budjet masalalarida
juda katta yutuqlarga erishilganiga qaramasdan, hamon bu erda muammolar
mavjud. Budjet daromadlarining qiyinchiliklar evaziga shakllantirilayotganligi,
hamma vaqt ham budjet mablag’laridan oqilona foydalanilmayotganligi, budjet
defitsiti darajasini belgilangan me’yorlar darajasida ushlab turishning zarurligi ana
shunday muammolar qatoriga kiradi.
Mamlakatning budjet tizimi va budjetdan moliyalashtirishni ham
takomillashtirishga muhtoj. Aynan shuning uchun ham biz tomondan tanlangan
ushbu bitiruv-malakaviy ishi mavzusi bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishdagi
muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish
hisoblanadi.
- Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda davlat
budjetining ahamiyatini o’rganish;
- Davlat budjeti xarajatlarining asosiy yo’nalishlari va ularning tashkiliy –
huquqiy asoslarini o’rganish;
- Davlat budjeti xarajatlarining hozirgi holatini tahlil qilish;
- Davlat budjetidan mablag’ oluvchi budjet tashkilotlarini xarajatlarini
to’lashning amaldagi tartibini tahlil etish;
- Davlat budjeti xarajatlarining g’azna ijrosini takomillashtirish masalalarini
tadqiq etish;
- Natijaga yo’naltirilgan budjetlashtirish tizimini qo’llash orqali davlat
budjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’minlashni tadqiq etish;
- mavzuga oid bo’lgan umumiy xulosa va takliflar tizimini ishlab chiqish.
Davlat budjeti xarajatlari ijrosini samarali ta’minlashga qaratilgan
amaliytavsiyalardan maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilishi
mumkin.
Budjetdan mablag’ ajratishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo,
moliyalashtirish printsiplari muhim ahamiyatga ega. Hozirgi amaliyotda
foydalanilayotgan budjetdan mablag’ ajratishning printsiplarini umumiy va
xususiy guruhlarga bo’lish mumkin. Umumiy printsiplar budjetdan mablag’
oladigan barcha sub’ektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy printsiplar esa
sub’ektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog’liq ravishda budjet mablag’larining
taqdim etilish tartibini belgilab beradi.
Budjetdan moliyalashtirishning umumiy printsiplari quyidagilardan iborat
bo’lishi mumkin: minimum xarajatlarda maksimum samarani olish. Budjet
mablag’laridan foydalanishning eng yuqori natijaliligi ta’minlangan sharoitdagina
taqdim qilinishi kerak. Bunday samara, bir tomondan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining turli vazifalarini echish, ikkinchi tomondan esa, budjet mablag’lari
oluvchilar daromadlarining o’sishi hisobidan pul mablag’larining budjetga qayta
oqib kelishi bilan ifodalanishi mumkin; budjet mablag’laridan foydalanishning
maqsadli xarakterdaligi. Yuridik shaxslar budjetdan mablag’larni oldindan
maqsadlari aniqlangan va tasdiqlangan budjet asosida olishi mumkin. Bu
printsipga qat’iy rioya qilish budjet mablag’laridan samarasiz foydalanishga
to’sqinlik qiladi;
Budjet xarajatlari asosan qaytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet
kreditlari va budjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin.
Xarajatlar tuzilmasi yil uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko’rsatiladi
va budjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog’liq
bo’ladi.
Davlat budjeti xarajatlari tasdiklangan budjetdan mablag’ ajratish doirasida
kuyidagicha amalga oshiriladi:
-budjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
-joriy budjet transfertlari shaklida;
-kapital xarajatlar shaklida:
-asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham
shular jumlasiga kiradi) davlat eіtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
-chet elda davlat ehtiyojlari uchun er va boshqa mol-mulk olishga; davlat
ehtiyojlari uchun erga bo’lgan xuquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
-davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
-kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet
transfertlari shaklida;
-rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet
ssudalari shaklida;
-davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet
ssudalari shaklida;
-davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar
shaklida;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
-O’zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi to’g’risida”gi qonunining 22-
moddasiga ko’ra respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi. fan,
ta’lim, madaniyat, soqliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport.
Budjetdan mablag’larni taqdim etishning metodlari budjetdan
moliyalashtirishning muhim elementi bo’lib hisoblanadi. Ularning yordamida
moliya organlari budjetda ko’zda tutilgan tadbirlarni pul mablag’lari bilan
ta’minlaydi, pul mablag’laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun
mablag’larni qayta o’zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy
resurslarni taqsimlashda tarkib topayotgan proportsiyalarni tartibga soladi.
Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy-kommunal
xo’jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish
xarajatlariga kiradi. Bunda budjet mablag’lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga
ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha xarajatlarga (kapital quyilmalarga), oddiy
takror ishlab chiqarishni ta’minlashga , operatsion xarajatlarga va boshqa
xarajatlarga beriladi.
1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
vazifalari va davlat budjetining ahamiyati
Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan
rivojlanishi uchun samarali faliyat qiluvchi davlat zarur. Davlat jamiyatga va
mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish,
iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me’yoriy va
institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z
fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni
yaratib berish vazifalarini bajaradi. Shu vazifalardan kelib chiqqan holda.
davlatning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
1. Bozor xo’jaligining institutsional asoslarini shakllantiruvchi qonuniy
xujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish, amalga oshirish va takomillashtirish;
2. Makroiqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash,iqtisodiyotni
samarali boshqarish va tartibga solish;
3. Asosiy ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish, aholining muhtoj
qatlamlarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
4. Milliy manfaatlarni himoya qilgan holda, jahon iqtisodiyotiga
integratsiyalashuv jarayonlarini boshqarish va tartibga solish;
5. Davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasi va milliy havfsizligini
ta’minlash;
6. Tabiat muhofazasi va ekologik muvozanatni ta’minlash bilan bog’liq
chora-tadbirlarni amalga oshirish va shu kabilar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakat iqtisodiy salohiyatining oshib
borishi bilan davlatning kuch-qudrati, uning o’z funktsiyalarini kengaytirib borish
imkoniyati ortib boradi. Davlat o’z funktsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun,
shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo’lga strategik
maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning
ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i ob’ektiv zaruriyatdir.
Aynan shu ob’ektiv zaruriyatning mavjud bo’lishi davlat budjetining mavjud
bo’lishini va amal qilishini taqozo etadi.
Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy
daromad qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi
jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar: maorif, sog’liqni saqlash, mamlakatdagi iqtisodiy
va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni
moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, mamlakat osoyishtaligi, chegaralar
dahlsizligini ta’minlash va favqulodda holatlar uchun saqlanadigan davlat
zahiralarining mavjud bo’lish zarurati tufayli kelib chiqadi. Shuningdek, davlat
budjeti orqali davlat jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlariga
ta’sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo’ladi.
Mamlakat moliyaviy resurslarining davlat ihtiyorida markazlashish
darajasini aks ettiruvchi davlat budjetining hajmi qator omillarga bog’liq:
- iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasiga;
- davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasiga;
- korxona, tashkilot va muassasalardagi xo’jalik yuritish usullariga;
- jamiyat tomonidan xal etilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning
xarakteriga,
- iqtisodiyotda va ijtimoiy soha tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy
o’zgarishlarning ko’lamiga va boshqalar.
Davlat budjetida to’planayotgan mablag’lar davlat hokimiyat organlari va
mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil
etib, ular davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli funktsiyalar va
vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. Davlat budjetining maqsadi resurslarni
taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida ijtimoiy yo’naltirilgan jamiyatni barpo
etishdir. Davlat budjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo,
uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan
biridir.Davlat budjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnikaviy jihatdan qayta
qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Budjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan
xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana
shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog’liqni saqlash,
madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashtirish, oilalarga
ijtimoiy nafaqa berish, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar
bahosidagi farqlarni budjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va
sud organlarini saqlash, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlarini
moliyalashtirish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi
vazifalarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlashda Davlat budjetining ahamiyati
juda beqiyosdir.Iqtisodiyot xarajatlarini moliyalashtirishning muhim yo’nalishi
yuridik shaxslarga turli subsidiyalar, dotatsiyalar va subventsiyalar berishdir. Bu
ko’rinishdagi budjet mablag’lari davlat, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari
va xususiy korxonalar(i)ning turli joriy xarajatlari va zararlarini qoplash uchun
ajratiladi. Ana shunday xarajatlarning asosiy qismi yoqilg’i-energetika sanoati,
agro-sanoat kompleksi, uy-joy-kommunal xo’jaligi, shahar transporti va
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga yo’naltiriladi.
Budjetning ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlari davlat tomonidan
ijtimoiy funktsiyaning bajarilishi bilan bog’liq.
Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari smetali rejalashtirish printsiplari asosida
aniqlanadi. Bu xarajatlar konkret tadbirlar va xarajatlarning turlari bo’yicha
moliyalashtiriladi. Xarajatlar hajmi bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan sotsial
soha tashkilotlarida ishlab chiqiladigan smeta va moliya organlarida tuzilgan
assignovaniyalar hisob-kitobi asosida aniqlanadi. Hisob-kitoblar asosida xizmat
ko’rsatiladigan kontingentlarni xarakterlovchi tashkilotlar faoliyatining
ko’rsatkichlari (masalan, o’quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi.
Bunda ularning yil davomida faoliyat ko’rsatish vaqti ham hisobga olinadi.
Bu ko’rsatkichlar hisob-kitob birliklari bo’lib xizmat qiladi. Hisob-kitob birligiga
to’g’ri keluvchi pulli xarajat budjet tashkilotining faoliyat ko’rsatishini va
rivojlanishini ta’minlaydigan norma bo’yicha o’rnatiladi.
Budjet mablag’larini sarf qilishning asosiy printsipi ularning
mo’ljallanganligi va vaqt bo’yicha qattiq tartibga solinganligidir. Tashkilot
smetada ko’zda tutilmagan maqsadlarga pul mablag’laridan foydalanish huquqiga
ega emas. Budjet tashkiloti smetasining xarajatlari ularning yopiq ro’yxatini o’z
ichiga olib, tarkibiga quyidagilar kiradi: xodimlarning mehnat haqini to’lash;
davlat budjetdan tashqari fondlariga badallar;
aholiga transfertlar (qonunga muvofiq ravishda belgilangan pensiyalar,
stipendiyalar, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to’lovlar);
safar xarajatlari va xodimlarga berilgan boshqa kompensatsion to’lovlar;
sotib olinishi kerak bo’lgan tovarlar, bajarilishi lozim bo’lgan ishlar va
ko’rsatilajak xizmatlarni to’lash.
Yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar konkret ehtiyojni qondirish o’lchovi sifatida
pul mablag’larining ma’lum summasi sifatida ifodalangan xarajatlar normasi
asosida amalga oshiriladi. Amaliyotda pulli normalarning turli-tuman turlaridan
foydalaniladi:
moddiy boyliklardan foydalanishning natural ko’rsatkichlariga asoslangan
normalar (ovqatlanish, tibbiy texnikalar va dori-darmon sotib olish, yumshoq
inventarlar va hokazolar xarajatlari normasi). Bunday normalar moddiy
normalarning puldagi ifodasini namoyon etadi;
umumlashtirilgan yakka tartibdagi to’lovlar – ish haqi, pensiyalar,
stipendiyalar, safar xarajatlari va boshqalar;
o’tgan davrlarda mablag’larning sarflanish ko’rsatkichlarini umumlashtirish
asosida tajriba-statistika usuli yordamida va budjetning imkoniyalarini hisobga
olgan holda vujudga keltirilgan normalar.
O’zining murakkablik darajasiga qarab budjet normalari ikkiga bo’linadi:
1) oddiy normalar (xarajatlarning oddiy yoki konkret turiga tegishli bo’lgan
normalar);
2) kombinatsiyalashtirilgan yoki yiriklashtirilgan normalar (bir necha
xarajatlar turlarini qamrab oladigan, alohida bir xarajatlar moddasini va o’xshash
xarajatlar moddalarini shakllantiradigan yoki muassasaning barcha xarajatlarini
qamrab oladigan normalar).
Hozirgi sharoitda sotsial soha tashkilotlarining barcha turdagi xarajatlarini
qamrab oladigan yiriklashtirilgan normalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bunday normalardan foydalanish muassasalar ishini yuqori yakuniy natijalarga
erishishga yo’naltiradi: bolalarni o’qitish, mutaxassislarni tayyorlash, bemorlarga
yordam ko’rsatish va h.k. Bundan tashqari, yiriklashtirilgan normalarning
qo’llanilishi turli xarajatlar yo’nalishida budjet mablag’laridan foydalanish
bo’yicha tashkilotlarning mustaqlligini kengaytiradi va resurslardan oqilona va
tejamli foydalanishda ularning manfaatdorligini kuchaytiradi.
Budjet normalari juda ko’p omillar ta’siri ostida o’zgarib turishi mumkin.
Masalan, baho va tariflar tizimining o’zgarishi, milliy xo’jalikda ish haqining
o’sishi, mahalliy budjetlarda xarajatlarni moliyalashtirish bo’yicha qo’shimcha
imkoniyatlarning paydo bo’lishiga qarab budjet normalari o’zgaradi
2. Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati tahlili
Davlat budjetining mamlakat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ham alohida
ta’kidlash lozim, bu boradagi budjet siyosati ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish
uchun kuchli muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosatni olib borish, aholining
turmush darajasini muttasil oshirishga qaratilgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy
maqsadli yo’nalishlaridan biri – aholining yuksak turmush darajasini
ta’minlashdan iborat. Aholining turmush darajasi uning hayot kechirishi uchun
zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar
ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi orqali namoyon bo’ladi. Shu
bilan birga, aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan
ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: tug’ilish va o’lish
darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar; hayot kechirishning
sanitargigiena jihatidan sharoitlari; oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish darajasi;
turar joy sharoitlari; ma’lumot va madaniyat; mehnat qilish va bandlik sharoitlari;
aholining daromadlari va xarajatlari; hayot kechirish qiymati va iste’mol
narxlari; transport vositalari; dam olishni tashkil etish; ijtimoiy ta’minot.
Har yili budjetning salmoqli qismi ijtimoiy madaniy tadbirlarni
moliyalashtirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga safarbar etiladi. Bu
mablag’lar davlatga:
-xalq ta’limi sohalarini rivojlantirish;
-fan va madaniyatni rivojlantirish
-aholining tibbiyot xizmatlariga bo’lgan minimal ehtiyojlarini qondirish;
-aholini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish;
-ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish imkonini beradi.
Quyida keltirilgan 2.1-jadvalda davlat budjeti xarajatlarining mamlakat yalpi
ichki mahsulotida tutgan o’rni keltirilgan. Unga ko’ra bugungi kunda davlat
budjeti xarajatlariga YaIM ning o’rtacha olganda 22,0% to’g’ri kelmoqda.
Jamlanma budjet xarajatlariga nisbatan esa 32-35% to’g’ri kelmoqda.
Davlat budjeti xarajatlari o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra joiy va kapital
xarajatlariga bo’linadi (2.1-rasm).
So’nggi yillarda iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy ustuvor yo’nalishlari
bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ijtimoiy soha tarmoqlarini
rivojlantirishga va aholi turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga
ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu chora-tadbirlarning hayotga tadbiq etilishida davlat
budjetining ijtimoiy funktsiyalari ayniqsa ravshanroq namoyon bo’ladi.
Iqtisodiyotning barqaror o’sishi bilan bir qatorda, Kadrlar tayyorlash milliy
Dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturi, Sog’liqni
saqlash tizimini isloh qilish Davlat Dasturi, Aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish
Davlat dasturi va boshqa ijtimoiy dasturlar, hukumatning boshqa qarorlariga
muvofiq amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar majmui ijtimoiy
sohadag Mazkur vazifalarni hayotga tadbiq etish ko’p jihatdan mahalliy moliya
mablag’larini shakllantirish va boshqarishning usul va shakllarini yangicha talqin
etishga bog’liq.
Hududiy iqtisodiyot va hududdagi ijtimoiy jarayonlarni bshqarish va tartibga
solishda mahalliy davlat hokimiyati organlari alohida o’rin egallaydi. 1993 yil 2
sentyabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi № 13-XII-
son O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, “Viloyatlar, tumanlar va
shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga
kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining
vakillik organlari” 10 hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat,
tuman va shahar uchun umumiy bo’lgan ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish vazifalari
amalga oshirilishini, joylarda qonunlar,
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori
turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini,
O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan
fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni, aholini
viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi. Xalq deputatlari
viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda
o’zini-o’zi boshqarishni rivojlantirishga ko’maklashish asosida o’zini o’zi
boshqarish organlarining faoliyatini yo’naltirib turadilar.
Yuqoridagi Qonunga muvofiq, viloyat, tuman, shaharning moliyaviy
resurslarini budjet mablag’lari, budjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga
qaratilgan fondlar, kredit resurslari, shuningdek respublika (viloyat, Toshkent
shahri) budjetidan ajratilgan subventsiyalar va dotatsiyalar tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi “Budjet tizimida”gi Qonuniga muvofiq
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga belgilanadigan
cheklovlar quyidagilardan iboratdir.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar balansli
daromadlar va xarajatlarga ega bo’lishi kerak. Qoraqalpog’iston Respublikasi
budjeti va mahalliy budjetlar taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qilish
va ijro etishda:
1) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga jamg’armalar
tashkil etishga;
2) mablag’ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori budjetlardan budjet
ssudalari olish bundan mustasno);
3) budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag’dan ortiqroq mablag’
sarflashga (ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
4) budjet mablag’lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy
kafolatlar va kafilliklar berishga;
5) yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari berishga yo’l qo’yilmaydi.
Ushbu cheklovlarga mahalliy budjetlarni rejalashtirish va ularni ijrosini
amalga oshirishda rioya qilinishi shartdir.
Mahalliy budjetlar xarajatlarning xarajatlarini boshqarish printsiplari
xukumat tomonidan qabul qilinga qonuniy-me’yoriy normativlarga asoslanadi va
bu me’yoriy normativlarning asosiylari bo’lib, O’zbekiston Respublikasining
“Budjet tizimi to’g’risida”gi Qonuni hamda “Mahalliy davlat xokimiyati organlari
to’g’risida” gi Qonuni hisoblanadi. Ushbu qonunlarda bugungi kunda mahalliy
budjetlar xarajatlarini boshqarish printsiplari belgilab berilgandir.
O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrdagi «Budjet tizimi
to’g’risida»gi qonunining 36-moddasida ko’rsatilishicha O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi va boshka moliya organlari Davlat budjeti uning tuzilmasiga
kiruvchi budjetlarning qonun xujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlar doirasida
bajarilishi uchun javobgardir. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini
boshqarish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga
oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi “Mahalliy davlat
hokimiyati idoralari to’g’risida” gi konunning 3-bobida (11-15-moddalari)
mahalliy davlat hokimiyati idoralarining moliyaviy asoslari ko’rsatib berilgan.
Ushbu qonunning 12-moddasida ko’rsatilishicha viloyat, tuman, shahar
kengashlari tegishli budjetlarni tasdiqlaydilar.
Viloyat moliya boshqarmalari mahalliy budjetlarning ijro etilishini
taminlaydi va mahalliy budjetni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
qonun xujjatlarida belgilangan vakolati doirasida ijro etadilar.
Maxalliy budjet xarajatlarini boshkarish tartiblari O’zbekiston
Respublikasining Konunlari‚ Vazirlar Maxkamasining karolari xamda Moliya
vazirining kator yuriknomalarida belgilab berilgan.
Budjet tashkilotlari va budjetdan boshka mablag’lari oluvchilarni mablag’
bilan ta’minlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999
yil 3 sentyabrdagi 414-son qarorida belgilangan.
Qorakalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri budjetlarida
yilning ayrim davrlarida daromadlar va xarajatlar o’rtasida vujudga keladigan
vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplashga Respublika budjetidan ssudalar berilishi
mumkin.
Davlat budjetidan mablag’ oluvchi budjet tashkilotlarini xarajatlarini
to’lashning amaldagi tartibi va uning tahlili Budjetni ijro etish tizimida esa
majburiyatlarni qabul qilish – bu budjet tashkiloti tomonidan smeta xarajatlarida
ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida kelajakda moliyaviy xarajatlarni amalga
oshirish harakatidir.
Majburiyat me’yoriy-huquqiy xujjatlarga asosan majburiyat qabul qilish
huquqiga ega bo’lgan shaxs tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilinadigan
majburiyatlar summasi tasdiqlangan budjet mablag’lari me’yoridan oshib
ketmasligi lozim.
Majburiyatlarni hisobga olish tizimida quyidagi omillar asosiy o’rin
egallaydi:
- majburiyatlarni qabul qilish asoslari;
- majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas’ul shaxslar;
- majburiyatning turlari (yuridik va moliyaviy).
Budjet mablag’lari oluvchi budjet tashkiloti rahbari yoki u tomonidan
vakolat berilgan boshqa mas’ul shaxslar majburiyatlarni qabul qilish huquqiga ega
bo’ladilar.
Yuridik majburiyat budjetdan mablag’ oluvchilar va ularga mol (tovarlar,
ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnoma tegishli tartibda
ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi.
Yuridik majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi budjet
nazoratining samaradorligini yanada oshirish, ya’ni xarajatlarning tasdiqlangan
rejadan ortib ketishiga yo’l qo’ymaslik.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga muvofiq,
“Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish,
o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”.
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma
bo’yicha taraf o’z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa
muqobil to’lov to’lanishi lozim bo’lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan
shartnoma bo’ladi.
Shartnoma bo’yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa
muqobil to’lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday
shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Agar qonun hujjatlaridan,
shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa,
shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
Xo’jalik shartnomasi deb taraflardan biri shartlashilgan muddatda
tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar
ko’rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni
qabul qilib olish va ularning haqini to’lash majburiyatini oladigan kelishuvga
aytiladi.
Shartnomalarni tuzish va bajarish jarayoni bir qator qonun xujjatlari bilan
tartibga solinadi. Jumladan, Fuqarolik Kodeksi va 1998 yil 29 avgustdagi № 670-I-
sonli “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni shartnomaviy munosabatlarni
tartibga soluvchi eng asosiy qonun hujjatlari bo’lib hisoblanadi.
Qonunga ko’ra, tadbikorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy
munosabatlarning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
xo’jalik shartnomalarini tuzish erkinligi;
taraflarning o’zaro manfaatdorligi;
shartnoma intizomiga rioya etish;
taraflarning o’zaro mulkiy javobgarligi.
Xo’jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma
tuzish haqida taklif) yo’llashi va ikkinchi taraf uni aktseptlashi (taklifni qabul
qilishi) yo’li bilan tuziladi.
Agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo’yicha
kelishuvga erishilgan bo’lsa, xo’jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
Xo’jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan
qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko’rilishi kerak.
Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo’l qo’yilmaydi. Qonun
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq
summadagi xo’jalik shartnomalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik
xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina tuziladi.
Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar ko’rsatiladi:
xo’jalik shartnomasida ko’rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari
bilan tartibga solinishi;
xo’jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-
kelmasligi;
taraflarning javobgarligi me’yori va nizolarni hal etish tartibi qonun
hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi.
Xo’jalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining
talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo’lmagan hollarda esa
ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim.
Tovarlarni etkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to’liq etkazib
berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko’rsatilmagan hollarda, tovar
etkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir
kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to’laydi,
biroq bunda penyaning umumiy summasi etkazib berilmagan tovarlar,
bajarilmagan ishlar yoki ko’rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizdan oshib
ketmasligi lozim. Penyani to’lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni
tovarlarni etkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to’liq etkazib
bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni ko’rsatmaslik oqibatida etkazilgan
zararni qoplashdan ozod etmaydi. Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning
bunday tashkilot o’z faoliyati xususiyatiga ko’ra o’ziga murojaat qiladigan har bir
shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo’lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki
xizmatlar ko’rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy
foydalanishdagi transportda yo’lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan
ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo’yadigan
shartnoma ommaviy shartnoma deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy shartnoma
tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko’rishga haqli emas, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy
shartnomaning boshqa shartlari hamma iste’molchilar uchun bir xil qilib
belgilanadi, qonun xujjatlarida iste’molchilarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar
berilishiga yo’l qo’yiladigan hollar bundan mustasno. Tashkilotning iste’molchiga
tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko’rsatish, uning uchun tegishli ishlarni
bajarish imkoniyati bo’la turib ommaviy shartnomatuzishdan bosh tortishiga yo’l
qo’yilmaydi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda O’zbekiston Respublikasi Hukumati
ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo’lgan
qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin. Budjet
tashkilotlari bilan tovar etkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi)lar
o’rtasida tuzilgan shartnomalarni boshqarishning huquqiy asosini O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 21.05.2005 y.da № 1475 raqami bilan
ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 05.05.2005 y.dagi
63-sonli Buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliya organlarida budjetdan mablag’
oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi
shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va ularning xarajatlari to’lovini nazorat qilish
tartibi haqida vaqtinchalik Nizom” tashkil qiladi.
Ushbu Nizomga ko’ra, budjetdan mablag’ oluvchilar etkazib beruvchilar
bilan shartnomalar tuzadilar, shuningdek shartnomalarga budjetdan mablag'
oluvchilarning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan tegishli rejali budjet
mablag’lari doirasidagina qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritadilar.
Budjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasida tuziladigan
shartnomalar tegishli moliya organlarida majburiy ro’yxatdan o’tkazilib, ularga
tegishli raqamlar berilishi va ro’yxatdan o’tkazish sanasi ko’rsatilishi kerak.
Yuqorida nomi keltirilgan Nizomga muvofiq, budjetdan mablag’ oluvchilar
mol etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadilar, shuningdek shartnomalarga
budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan tegishli
rejali budjet mablag’lari doirasidagina qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritadilar.
Budjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasida tuziladigan
shartnomalar tegishli moliya organlarida majburiy ro’yxatdan o’tkazilib, ularga
tegishli raqamlar berilishi va ro’yxatdan o’tkazish sanasi ko’rsatilishi kerak.
Shartnomani hisobga olish G’aznachilik organi tomonidan budjetdan
mablag’ oluvchi va etkazib beruvchining nomi hamda rekvizitlari, shuningdek
shartnoma summasi, uning raqamlari va tuzish sanasi, moliya organi tomonidan
Nizomga 1-son ilovaga ko’ra budjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib
beruvchilar o’rtasida tuzilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish kitobida
ro’yxatdan o’tkazish raqami va sanasi ko’rsatilgan holda amalga oshiriladi.
Moliya organi budjetdan mablag’ oluvchi tomonidan shartnoma taqdim
etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida budjetdan mablag’ oluvchining
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan tegishli rejali budjet mablag’lari mavjudligi
masalasida shartnomada ko’rsatilgan summani tekshiradi.
Agar tuzilgan shartnomaga ko’ra to’lanadigan pul mablag’lari summasi
budjetdan mablag’ oluvchining xarajatlari smetasida nazarda tutilgan rejali budjet
mablag’lari summasidan oshib ketsa, mazkur shartnoma budjetdan mablag’
oluvchiga uni moliya organi tomonidan ro’yxatdan o’tkazmasdan turib qaytariladi.
Shartnomani ro’yxatdan o’tkazish budjetdan mablag’ oluvchi tomonidan
shartnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida shartnoma asl
nusxasi va ko’chirma nusxasining birinchi varag’iga “Ro’yxatdan o’tkazildi”
yozuvini qo’yish va ro’yxatdan o’tkazish raqami va sanasi ko’rsatilgan holda
amalga oshiriladi, ularni moliya organining mansabdor shaxsi o’z imzosi va
moliya organining muhri izi bilan tasdiqlaydi. Ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin
ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomaning ko’chirma nusxasi hisobga olish va saqlash
uchun moliya organida qoladi.
Narxlar monitoringining zarurligi. Budjet mablag’laridan maqsadli
foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish uch bosqichli nazoratni to’liq joriy
qilishni taqozo etadi. Ya’ni, budjet tashkiloti kontragentdan tovarlar sotib olish
(ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) to’g’risida ofertani (taklifni) qabul qilib
olganidan so’ng, shartnomani aktseptlaydi (imzolaydi) va G’aznachilikka
ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etadi. Yuridik majburiyat vujudga kelishi
uchun bu shartnomaning ro’yxatdan o’tkazilishi talab qilinadi. G’aznachilikda
yuridik majburiyat vujudga kelishidan avval dastlabki nazoratni amalga oshirish
imkoniyati mavjud bo’lib, bu narxlar monitoringi orqali ta’minlanadi.
Bunda budjet tashkiloti sotib olmoqchi bo’lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
narxi muqobil etkazib beruvchilar narxlari bilan taqqoslanadi. Muqobil etkazib
beruvchilar to’g’risida ma’lumot to’plashning turli usullari mavjud. Masalan:
• tovar xom-ashyo birjalari ma’lumotlaridan foydalanish;
• bozorlardan ma’lumotnomalar olish;
• raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari olish;
• ommaviy axborot vositalari va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlaridagi
ma’lumotlarni umumlashtirish.
Xo’jalik shartnomasini ro’yxatdan o’tkazish chog’ida har bir shartnomaga
bir nechta (eng kamida 4 ta) etkazib beruvchining tijorat taklifi ilova qilinishi,
bunda har bir etkazib beruvchining rekvizitlari (nomi, manzili, telefon raqamlari,
rahbari to’g’risidagi ma’lumotlari) aniq ko’rsatilishi, etkazib beruvchilar shu
sohada uzoq yillik ish tajribasiga ega bo’lgan, yuqori mavqeli korxonalar bo’lishi
tavsiya etiladi.
O’zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz, aynan ishlab
chiqaruvchining o’zidan sotib olinishi, chetdan keltiriluvchi tovarlar esa bevosita
importyordan sotib olinishi narxlarning asossiz o’sishining oldini oladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida boshqacha
tartib belgilangan bo’lsa yoki xorijiy grantlar va kreditlar taqdim etilishida
boshqacha shartlar belgilangan bo’lsa, bunday hollarda mazkur Nizom tartibi
qo’llanilmaydi.
Tenderlar o’tkazishdan asosiy maqsad - xom ashyo, materiallar, butlovchi
buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilishga yo’naltiriladigan davlat budjeti, davlat
budjetida jamlanadigan budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar mablag’laridan,
hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va xorijiy grantlardan
foydalanish samaradorligini oshirish; xarid qilinadigan xom ashyo, materiallar,
butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar sifatini oshirish hisoblanadi.
Bitta kontrakt bo’yicha 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko’proq
summaga tovar etkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko’rsatilishi)
rejalashtirilganda tender savdolari o’tkaziladi. Bundan kam summadagi kontraktlar
eng yaxshi takliflarni konkurs asosida tanlab olish yo’li bilan tuziladi.
O’tkazish usullariga ko’ra tenderlar ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin.
Tender turi harid qiluvchi tashkilot, ya’ni buyurtmachi tomonidan belgilanadi.
Ochiq tenderlarda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha yuridik shaxslar
qatnashishi mumkin.
Yopiq tenderlar istisno hollarda Vazirlar Mahkamasining tegishli
komplekslari bilan kelishgan holda, buyurtmachi oldindan belgilab qo’ygan
tashkilotlar ishtirokida o’tkaziladi, bu tashkilotlarga taklifnomalar jo’natiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari budjet mablag’lari oluvchilari tomonidan sotib
olinganda, Moliya vazirligining 2007 yil 9 apreldagi 798-sonli xati asosida narxlar
monitoringi amalga oshiriladi. Bunda G’aznachilik hududiy bo’linmalari
tomonidan budjetdan mablag’ oluvchilar xarid qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari
bo’yicha narxlar monitoringi
Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilinadigan asosiy iste’mol
mahsulotlarining oylik o’rtacha narxlari to’g’risidagi ma’lumot asosida olib
boriladi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid
qilish bo’yicha tuzilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish jarayonida Moliya
Vazirligi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotda ko’rsatilgan narxlardan
ortiq bo’lgan narxlarda tuzilgan shartnomalar G’aznachilik hududiy bo’linmalari
tomonidan ro’yxatga olinmaydi.
Kelgusida G’aznachilikda budjet tashkilotlari tomonidan sotib olinuvchi
tovarlar narxlari to’g’risida elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, uni tuzish
va yangilab borishda Respublika tovar xom ashyo birjasidagi narxlar kotirovkasini,
Davlat Bojxona qo’mitasi ma’lumotlar bazasini, respublikadagi yuqori mavqega
ega bo’lgan ishlab chiqaruvchilar va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlari
ma’lumotlarini hisobga olish tavsiya etiladi.
Yuridik majburiyat tushunchasi budjet tashkiloti bilan kontragent o’rtasida
ma’lum bir muddatdan so’ng ma’lum bir tovarni etkazib berish (ishlar bajarish,
xizmatlar ko’rsatish) to’g’risida shartnoma imzolanganidan va bu shartnoma
tegishli tartibda G’aznachilikda ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga kelishi
haqida ma’lumot berdik.
Moliyaviy majburiyat esa ana shu shartnomaga muvofiq tovarlar etkazib
berilganidan (ishlar bajarilgan, xizmatlar ko’rsatilganidan) keyin vujudga keladi.
Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar bilan
tasdiqlanishini talab etadi. Masalan, schet-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki
xizmatlar ko’rsatilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish-topshirish
dalolatnomalari (akt priema-sdachi), ish haqi qaydnomalari (vedomostlar) va
boshqa shu kabi hujjatlar. Mazkur hujjatlar tegishli vakolatga ega bo’lgan mas’ul
shaxslar tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi shart.
Amaldagi qonunchilik talablariga ko’ra budjet tashkilotlari oldindan eng kamida
20 foiz to’lovni amalga oshirishlari talab qilinadi. Moliyaviy majburiyat
G’aznachilikning Bosh kitobida qayd qilinadi.
Moliyaviy majburiyat shartnoma yoki boshqa kelishuvlarning muddati
o’tgunga qadar qoplanishi lozim.
Moliyaviy majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi qabul qilingan
yuridik majburiyatlar asosida tasdiqlangan budjet rejasi va o’rnatilgan budjet
me’yorlari doirasida xarajatlarni amalga oshirishni ta’minlash hamda budjet
tashkilotlari kreditorlik qarzlarini nazorat qilishdan iboratdir.
Moliyaviy majburiyatlarning limitini baholash. Ma’lumki, budjet tashkiloti
tasarrufidagi pul mablag’lari miqdori moliya organi tomonidan tasdiqlangan smeta
bilan cheklangan. Moliyaviy majburiyatni qabul qilish chog’ida yuridik
majburiyatlarni ham smetada ko’rsatilgan xarajat moddalari doirasidan chetga
chiqmasligi nazorat qilinadi.
Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish chog’ida G’aznachilik
tomonidan amalga oshiriladigan nazorat quyidagilarni o’z ichiga oladi (2.2-
rasm):
Etkazib beriladigan tovar (ishlar, xizmatlar) uchun xarajatlarni to’lash
bo’yicha to’lovlarni, shu jumladan bo’nak to’lovlarini amalga oshirish uchun
budjetdan
mablag’
oluvchilar
moliya
organiga
belgilangan
tartibda
rasmiylashtirilgan to’lov topshiriqnomalarini quyidagi tarzda taqdim etadilar:
a) budjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchiga bitta bank muassasasida
xizmat ko’rsatilsa, to’rt nusxada. To’lov topshiriqnomalarining birinchi va
to’rtinchi nusxalari budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari
tomonidan imzolanadi va budjetdan mablag’ oluvchining muhri izi bilan
tasdiqlanadi;
b) budjetdan mablag’ oluvchi va etkazib beruvchiga turli bank
muassasalarida xizmat ko’rsatilsa, uch nusxada. To’lov topshiriqnomalarining
birinchi va uchinchi nusxalari budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor
shaxslari tomonidan imzolanadi va budjetdan mablag’ oluvchining muhri izi bilan
tasdiqlanadi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar o’z xarajatlarini to’lash uchun moliya
organiga mablag’larni o’z bank hisobraqamlaridan o’tkazish uchun to’lov
topshiriqnomalari, hisobvaraq-fakturalar yoki tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib
berilganligini va budjetdan mablag’ oluvchining etkazib beruvchidan qarzi
mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar, shuningdek budjetdan mablag’
oluvchi zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini
yuklaydigan hujjatlarni taqdim etadilar. Bo’nak to’lovi hisobiga mablag’larni
to’lash uchun budjetdan mablag’ oluvchi budjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga
etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan
hujjatlarga binoan to’lov topshiriqnomasini taqdim etadi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim etilgan to’lov hujjatlari va
ularga ilova єilingan hujjatlarni tekshirish, shuningdek to’lov topshiriqnomalarini
ijro uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka topshirishni moliya organlari, qoidaga ko’ra
ular taqdim etilgan kunda amalga oshiradilar.
Budjetdan mablag’ oluvchilar taqdim etgan hujjatlar “Vaqtinchalik nizom”
talablariga muvofiq kelsa, moliya organi to’lov topshiriqnomasi birinchi va
to’rtinchi (yoki uchinchi) nusxalarining orqa tomoniga “Tekshirildi” yozuvini
qo’yish yo’li bilan to’lov topshiriqnomalariga tegishli belgilarni qayd etadi, ularni
moliya organining mansabdor shaxsi o’z imzosi va moliya organi muhri bilan
tasdiqlaydi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar taqdim etgan to’lov va boshqa hujjatlar Nizom
talablariga muvofiq kelmasa, moliya organi ularni budjetdan mablag’ oluvchiga
qaytarib, to’lov topshiriqnomalarining orqa tomoniga ularga belgi qo’ymasdan,
muvofiq emaslik sabablarini ko’rsatadi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalarining barcha nusxalari
va Budjetdan mablag’ oluvchilar to’lov topshiriqnomalari reestrining ikki
nusxasini moliya organi budjetdan mablag’ oluvchilarga xizmat ko’rsatadigan
tegishli bankka topshiradi.
Xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan to’lov topshiriqnomalari Reestrlar
ma’lumotlari bilan solishtirilganidan va moliya organining budjetdan mablag’
oluvchilarning to’lov topshiriqnomalarida belgisi mavjudligini tekshirganidan
so’ng, Reestrning birinchi nusxasi tegishli to’lov topshiriqnomalari bilan birga
bankda qoladi, Reestrning bank shtampi va bank mas’ul xodimining imzosi
qo’yilgan ikkinchi nusxasi esa moliya organiga qaytariladi.
To’lov topshiriqnomasi ijrosidan keyin xizmat ko’rsatuvchi bank to’lov
topshiriqnomalarining hamma nusxalariga va Reestrning tegishli satrlarida ijro
etilgan to’lov topshiriqnomalari qarshisiga to’lov to’g’risida shtamp qo’yadi.
To’lovdan so’ng:
a) xizmat ko’rsatuvchi bankka to’lov topshiriqnomalarining to’rt nusxasi
taqdim etilgan taqdirda:
-birinchi nusxasi Reestr bilan birga bankning kun hujjatlariga tikiladi;
-ikkinchi nusxasi etkazib beruvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga
ilova qilinadi;
-uchinchi nusxasi budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan
ko’chirmaga ilova єilinadi va ke-yin budjetdan mablag’ oluvchiga topshirish uchun
moliya organiga topshiriladi;
-to’rtinchi nusxasi moliya organiga topshiriladi.
Budjetdan mablag’ oluvchining bank hisobraqamidan bank ko’chirmasi,
shuningdek to’lov topshiriqnomasining uchinchi va to’rtinchi nusxalari
olinganidan keyin moliya organi budjetdan mablag’ oluvchiga unga to’lov
topshiriqnomasining uchinchi nusxasini ilova qilgan holda bank ko’chirmasini
topshiradi. Bank ko’chirmasi nusxasi va to’lov topshiriqnomasining
to’rtinchinusxasi moliya organida qoladi;
b) xizmat ko’rsatuvchi bankka to’lov topshiriqnomasining uch nusxasi
taqdim etilgan taqdirda:birinchi nusxasi Reestr bilan birga bankning kun
hujjatlariga tikiladi;
ikkinchi nusxasi budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobraqamidan
ko’chirmaga ilova qilinadi va keyin budjetdan mablag’ oluvchiga topshirish uchun
moliya organiga topshiriladi;
topshiriqnomaning uchinchi nusxasi moliya organiga topshiriladi.
Budjetdan mablag’ oluvchining bank hisobraqamidan bank ko’chirmasi,
shuningdek to’lov topshiriqnomasining ikkinchi va uchinchi nusxalari olinganidan
ke-yin moliya organi budjetdan mablag’ oluvchiga unga to’lov
topshiriqnomasining ikkinchi nusxasini ilova qilgan holda bank ko’chirmasini
topshiradi. Bank ko’chirmasi nusxasi va to’lov topshiriqnomasining uchinchi
nusxasi moliya organida qoladi.
Xarajatlarning quyidagi guruhlari Davlat budjetidan mablag’ bilan
ta’minlanadi:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar;
II. Ish haqiga qo’shimchalar;
III. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq
ro’yxatlarga muvofiq);
IV. Boshqa xarajatlar.
G’azna ijrosiga o’tgan budjet tashkilotlarining xarajatlari Moliya
vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan
yagonag’azna hisob raqamidan, shuningdek yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar
guruhlarining har bir moddasi bo’yicha hududiy g’aznachilik hisob raqamidan
amalga oshiriladi.
Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan budjet tashkilotlari birinchi
navbatda xarajatlarini to’lash. Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag’
o’tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi. Yagona g’azna
hisob raqamida, shuningdek hududiy g’aznachilik hisob raqamida birinchi va
ikkinchi guruhlar bo’yicha to’lanmagan xarajatlar summasidan ortiq mablag’lar
mavjud bo’lganda ortiqcha summa miqdorida uchinchi va to’rtinchi guruhlar
bo’yicha xarajat qilishga ruxsat etiladi.
Kapital qo’yilmalarga ajratmalar joriy budjet yili uchun tasdiqlangan
Respublika investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq ro’yxatlariga va
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ajratiladi. G’aznachilik tomonidan xizmat
ko’rsatiladigan buyurtmachilar ob’ektlari qurilishiga Davlat budjetida nazarda
tutilgan xarajatlar G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan
O’zbekiston Respublikasining joriy yilga tasdiqlangan Investitsiya dasturiga
hamda qurilishlarning aniq ro’yxatiga muvofiq, buyurtmachilarning Moliya
vazirligining G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida ro’yxatdan
o’tkazilgan shartnomalarga asosan to’lanadi.
Xarajatlarning I va II guruhlarini respublika va mahalliy budjetlardan
xarajatlarini to’lash smetalarga va budjet xarajatlari ro’yxatlariga, ularga kiritilgan
o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, shuningdek oldingi hisobot davri uchun
belgilangan baholash ko’rsatkichlarining bajarilishiga muvofiq har oyda amalga
oshiriladi. Kapital qo’yilmalarni va boshqa xarajatlarini to’lash budjetga
mablag’lar tushishiga qarab har oyda amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlari xarajatlarini:
respublika budjetidan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi maqsadli sertifikat (unda
budjet tasnifnomasi paragraflari va xarajatlar guruhlarini ko’rsatgan holda) va
xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov
qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi;
mahalliy budjetlardan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - tegishli moliya
organlarida belgilangan shakldagi tayinlash sertifikati va xarajatlarning har bir
guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan
rasmiylashtiriladi.
"Boshqa xarajatlar" IV guruhi bo’yicha mablag’lar belgilangan limitlar
doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi:
ovqatlantirish;
dori-darmonlar;
kommunal xizmatlar;
boshqa xarajatlar.
Hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet tashkilotlarining hisob
raqamlarida qolgan tejab qolingan budjet mablag’lari (kapital qo’yilmalarni
mablag’ bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno)
olib qo’yilmaydi, Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi va
mazkur Tartib talablariga muvofiq sarflanadi;
G’azna ijrosiga o’tgan budjet tashkilotlari bo’yicha hisobot choragining
oxirgi ish kuni oxirida budjet tashkilotlarining Moliya vazirligi G’aznachiligida va
uning hududiy bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan
mablag’lar (kapital qo’yilmalar bo’yicha xarajatlarni to’lash uchun nazarda
tutilgan mablag’lar bundan mustasno) olib qo’yilmaydi, Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi va undan mazkur Tartib talablariga
muvofiq foydalaniladi;
Tejab qolingan budjet mablag’larini o’tkazish budjet tashkilotlari tomonidan
yuridik va moliyaviy majburiyatlar olinmagan budjetdan ajratiladigan mablag’lar
doirasida hisobot choragidan keyingi oy mobaynida amalga oshiriladi.
Budjet tashkilotlarini kelgusi chorakda mablag’ bilan ta’minlash hajmi
hisobot choragida tejab qolingan budjet mablag’lari summasiga kamaytirilmaydi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan budjet tashkilotlarining qo’shimcha
daromadlari mablag’ bilan ta’minlashning quyidagi manbalari:
1. faoliyat turi bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish;
2. budjet tashkilotlari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va
davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish;
3. yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga
ko’rsatiladigan homiylik (begaraz) yordami hisobiga olinishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risidagi”
qonuni talablaridan kelib chiqib 2012 moliya yili 1 yanvaridan boshlab Davlat
budjetining daromadlari va xarajatlari G’aznachilikning Yagona g’azna
hisobvarag’idan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda Quyida keltirilgan 2.3-
rasmda Yagona g’azna hisobvarag’ida pul mablag’larining harakati chizmasi
Budjet tashkilotlari yoki fond mablag’larini tasarruf etuvchilar uchun
shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini ochish hamda ilgari ochilgan shaxsiy
hisobvaraqlar orqali tegishli operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida
o’zgartirishlar bo’lmaydi hamda ushbu shaxsiy hisobvaraqlardan xarajatlarni
amalga oshirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. Bunda, budjetdan mablag’
oluvchilarning amalda ishlab turgan shaxsiy g’azna hisobvaraqlari yopilmaydi va
belgilangan (odatiy) tartibda ishlaydi.
Budjetdan mablag’ oluvchilar va fond mablag’lari tasarruf etuvchilarning
2012 moliya yilidan boshlab tovar (ish, xizmat) etkazib beruvchilar bilan
tuziladigan shartnomalarida shu jumladan, kapital qurilish bo’yicha yildan yilga
o’tuvchi ob’ektlar bo’yicha shartnomalariga qo’shimcha kelishuvlarda hamda
to’lov hujjatlarida to’lovchi ya’ni, g’aznachilik rekvizitlari qismida Yagona g’azna
hisobvarag’i va ularning shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ko’rsatiladi (tegishli
budjetlar uchun ochilgan shaxsiy g’azna hisobvaraq bundan mustasno).
Budjetdan mablag’ oluvchilarning 2012 moliya yilidan boshlab budjetdan
tashqari mablag’lari bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlariga kelib tushadigan
(tovar ishlab chiqarish va sotish, xizmatlar ko’rsatish, to’lov kontrakt mablag’lari,
ota–onalar to’lovlari va boshqa to’lovlar) tushumlarida oluvchi
ya’ni, g’aznachilik rekvizitlari qismida Yagona g’azna hisobvarag’i rekvizitlari
ko’rsatiladi.
3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti xarajatlarini
samarali ijrosini ta’minlash masalalari
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatni rivojlantirish
sharoitida davlat budjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’milashda oldindan
belgilangan tamoyillar asosida amalga oshiriladi (chizma). Bunday tamoyillar
qatoriga budjet mablag’larini maqsadli taqsimlash,ulardan eng yuqori samara
olinishiga erishiladigan holda foydalanish, tejamkorlik rejimiga qat’iy amal qilish
va budjet xarajatlarini ijrosini ta’minlashda budjet intizomiga rioya etilishini
ta’minlash kabilar kirishi mumkin. Bu tamoyillarga so’zsiz amal qilish budjet
mablag’laridan maqsadli, samarali va tejamlilik asosida foydalanishga katta
imkoniyat yaratadi.
Bugungi kunda mamlakatdagi mavjud ahvolni o’rganib chiqib, budjet
xarajatlarini rejalashtirish va ijrosi jarayonidagi budjet intizomini
buzilishiningquyidagi xarakterli ko’rinishlarini keltirish mumkin:
Budjetning ikkinchi darajali xarajatlarini mablag’ bilan ta’minlash
oqibatida birinchi darajadagi tadbirlarga mablag’ yo’naltirishni kechiktirish;
Mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarning tazyoiqi ostida budjet
mablag’larini budjet parametrlarida ko’zda tutilmagan xarajatlarga yo’naltirish;
Ish xaqi, xo’jalik xarajatlari bo’yicha belgilangan budjet limitlarini oshirib
borish;
Bdyudjet mablag’larini bir moddadan ikkinchi moddaga o’tkazish va
ulardan noqonuniy tarzda foydalanish va h.k.
Budjet intizomiga rioya etish buzilishining eng ko’p tarqalgan xarakterli
ko’rinishi – bu bdjet mablag’larini mahalliy hokimliklarning farmoyishlari asosida
adres dasturiga kiritilmagan qurilish va ta’mirlash ob’ektlariga, avtomobillar sotib
olish, dabdabali tadbirlarni o’tkazishga yo’naltirishdir.
Budjet mablag’larining mahalliy budjetlar parametrlarida belgilanmagan
xarajatlarga tarqatib yuborilishi, birinchi navbatda bo’lgan ish haqi, ijtimoiy
nafaqalar, stipendiya to’lovlari, davolash va xalq maorifi muassasalariga
doridarmon, oziq-ovqat, yoqilg’i – energiya resurslarini etkazib berishda jiddiy
salbiy holatlarga olib kelmoqda.
Ma’lumki, ko’p yillar davomida budjetning xarajatlar ijrosini amalga
oshirishda hamda budjet mablag’larini nazorat qilishda bir talaygina muammolarga
duch kelinishi budjet mablag’larini sarfi ustidan nazoratni to’liq amalga
oshirilmayotganligi ko’zga tashlanar edi.
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan
moliya muassalari va budjet tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni bo’shashtirib
yuborganligi oqibatida moliya organlari va budjet tashkilotlari rahbarlari birinchi
darajali xarajatlarni moliyalashtirish uchun yo’naltirish o’rniga mablag’larni budjet
parametrlarida ko’rsatilmagan xarajatlarga yo’naltirish, budjet mablag’larini
boshqa moddalarga sarflash holatlarini ko’rish mumkin edi. Bularning barchasi
faqatgina budjet mablag’larini rejalashtirish jarayonida emas, balki ulardan
foydalanish ya’ni ijrosi jarayonida ham budjet intizomiga rioya etishning
buzilishiga xos bo’lgan qutsidagi xarakterli ko’rinishlarni keltirib chiqargan edi :