IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH VA INVESTITSION FAOLLIKNI OSHIRISH
Yuklangan vaqt
2024-03-03
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
217,9 KB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH VA INVESTITSION
FAOLLIKNI OSHIRISHDA TIJORAT BANKLARINING ROLI
Bajardi:
Ilmiy rahbar:
1
REJA:
Kirish
1. Tijorat banklarining iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati
2.Tijorat banklari investitsiya faoliyatining maqsad va vazifalari.
3.O‘zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish modernizatsiyalash asosida
mutanosibli rivojlantirish
4.O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish bosqichlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
2
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Har bir mamlakat har qanday siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy
xarakatlarni joriy etish va ularni amaliyotga tatbiq etishdan maqsadi, aholi turmush
darajasini oshirish, ularning manfaatlarini ko‘zlash va oxir oqibat mamlakatda
iqtisodiy
o‘sishga
erishishdir.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati,
tili va dinidan qat'iy nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugungi hayotdan
rozi bơ’lib yashashi – bizning bosh maqsadimizdir. Investitsion faoliyat
iqtisodiyotning ishlashi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.Investitsiyalarning
miqdoriy nisbatlarining o‘zgarishi ijtimoiy ishlab chiqarish va bandlik hajmiga,
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Globallashuv
sharoiti mamlakatlar o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarini ham jadallashtirib
yubordi. Bu sur’atlar ijtimoiy –siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, sport,
qo‘yinki, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida o‘z ifodasini
topyapti.Bunday tendensiyalar, albatta, moliya bozorlari, tijorat banklari, moliyaviy
mexanizmlar,xususan, investitsiyalar oqimi qiyofalarini mutlaqo o‘zgartirib
yubordi.Binobarin, bugun qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritayotgan
bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotinining barqaror o‘sishiga erishayotgani aksiomaga aylanib
ulgurdi. Mamlakatimizga sarmoya kiritish muammosi shu qadar dolzarbki,ular
haqida gap ketmaydi. Bu muammo, birinchi navbatda, dolzarbdir,chunki Rossiya ga
sarmoya kiritish orqali katta boylik olish mumkin,lekin shu bilan birga qo‘yilgan
mablag‘ni
yo‘qotishdan
qo‘rqish
investorlarni
to‘xtatadi.Rossiya
bozori
sarmoyadorlar uchun eng jozibadorlardan biri, lekin uham oldindan aytib
bo‘lmaydigan narsalardan biridir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ”Investitsiya–bu
iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a
bo‘lmaydi.Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi
texnologiyalar,ilg‘or
tajribalar,
yuksak
malakali
mutaxasislar
kirib
keladi,tadbirkorlik jadal rivojlanadi“1. Kurs ishi rivojlanayotgan iqtisodiyot uchun
muhim muammo – tijorat bankining investitsiya siyosatiga bag‘ishlangan,Bugungi
1 Prezident Sh.Mirziyoyevning 28.12.2019 yildagi “Prezident bayonnomasi”dan /www.lex.uz veb-sayti
3
kunda banklar investitsiya faoliyatining potensial faol va resurslarga boy
ishtirokchilari sifatida qaraladi.
Ishning maqsadi – O‘zbekiston iqtisodiyotining real sektorida tijorat
banklarininginvestitsiya faoliyatini rivojlantirish shartlari va istiqbollarini aniqlash.
4
1. Tijorat banklarining iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati
Barchamizga ma’lumki, har bir davlatning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni
va nufuzi bevosita uning iqtisodiy va siyosiy kuchiga bog‘liqdir. Mamlakat
taraqqiyoti, uning rivojlanishi, butun dunyoda o‘z so‘zi va o‘z qarashlariga ega
bo‘lishi ham aynan shu davlatning ham iqtisodiy ham ma'naviy kuchiga
chambarchas bog‘liqdir. Mamlakat iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘inini esa uning bank
va moliya tizimi tashkil etadi. Banklarning mohiyati va funksiyalari, shuningdek,
bajaradigan operatsiyalari va ko‘rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini
belgilab beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tiborni ularning
vujudga kelish omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga
qaratish lozim. Binobarin, banklarning iqtisodiyotda tutgan roli ularning
funksiyalari kabi ma’lum darajadagi xususiyatlarga egadir. Banklar mulkiy jihatdan
qanday shaklda tashkil topgan bo‘lishidan qa’tiy nazar, iqtisodiyotda umum
ahamiyatga ega bo‘lgan, muhim operatsiyalarni bajaradi. Shu boisdan ham, banklar
qanday mulkiy shaklda yoki ixtisoslikda tashkil topgan bo‘lishidan qa’tiy nazar, ular
iqtisodiyotda alohida va yetakchi ahamiyat kasb etadi. Albatta, banklarning
iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‘pqirrali bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan
iborat:
1. Jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida o‘ziga
jalb etadi;
2. Qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik yurituvchi
subyektlar va aholiga qaytarishlik, to‘lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida
mablag‘lar beradi;
3. Milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash
doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;
4. Pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;
5. Iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o‘rtasida hisob – kitob va
to‘lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;
6. Bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini
amalga oshiradi;
5
7. Aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi. Banklarning
iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi
8. Vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jamg‘arish asosida ularni iqtisodiyotning
tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi.
Barchamizga a'yonki, jamiyatda faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlarining
asosiy maqsadi albatta, jamiyatdan iqtisodiy foyda olishga qaratilgan. Shu bilan
birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha bo‘lganligi bois, ma’lum
davrda ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish jarayonini
rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj tug‘ilsa,
ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish siklining turli –
tumanligi (qishloq xo‘jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va
boshqalar) sababli, moliyaviy mablag‘lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan
chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida
qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga nisbatan qo‘shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa,
iqtisodiyotning
boshqa
tarmoqlarida
mablag‘larning
ishlab
chiqarishdan
chetlashishini keltirib chiqaradi. Ana shunday jarayonda ikki tomonning iqtisodiy
manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot sifatida banklar maydonga chiqadi.
Birinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlarining vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini
tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan ikkinchi guruh
iqtisodiyot tarmoqlariga, ya’ni qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezgan
xo‘jalik subyektlariga qayta taqsimlab beradi. Ko‘rinib turibdiki, ushbu
munosabatlarni bankdan boshqa birorta moliyaviy tashkilot samarali va tez hal eta
olmaydi. Banklarning ushbu o‘ziga xos jihati iqtisodiyotdagi rolini belgilaydi.
Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, bu
ularning xo‘jalik yurituvchi subyektlar, aholi va davlat tashkilotlari o‘rtasida amalga
oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi va ularning ustidan tegishli nazorat
ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida
xo‘jalik subyektlari o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul o‘tkazmalari
amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar tomonidan amalga oshiriladi va
tartibga solib turiladi.Shu sababli ham banklar iqtisodiyotimizning yetakchi va
6
asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. O‘z navbatida, banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori
yoki pastligiga qator omillar ta’sir qiladi. Masalan: Aholi va mijozlarning banklarga
bo‘lgan ishonchining mustahkamligi. Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan
keyin bosib o‘tilgan qisqa davrda yig‘ilgan tajribalarning natijalari shuni
ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining asosiy o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va
halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan
ishonchi yo‘qolishi bilan bog‘lab ko‘radigan bo‘lsak, banklarga nisbatan ishonch
yo‘qolishi oqibatida ularning jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi. Bu esa
nafaqattijorat banklarining faoliyatiga balki iqtisodiyotda ularning tutgan o‘rnining
pasayishiga ham olib kelishni mumkin. Binobarin, mamlakatda qonun ustuvorligini
ta’minlash va bozor mexanizmlari samaradorligini oshirish orqali nafaqat davlat
iqtisodiyotini balki, uning ichki va tashqi siyosatini ham barqarorlashtirish mumkin.
Tijorat banklarining xo‘jalik subyektlariga kreditlarni berishda, mijozlarning naqd
pullarga bo‘lgan talabini qondirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bularning
barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat
beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning
sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va
raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki, banklar milliy iqtisodiyotdan
ajralgan holda, alohida subyekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas.
Chunki, ular iqtisodiyotning ajralmas va yaxlit eng asosiy qismi ya'ni tayanchi
hisoblanadi. Masalan, banklarning asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni
emissiya qilishini oladigan bo‘lsak, muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar
massasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyatsiya
darajasi oshishi bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak,
muomalaga emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan ta’minlangan
bo‘lishi lozim. Umuman olganda, O‘zbekiston bank-moliya tizimida amalga
oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini
ta’minlab, yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish, ishbilarmonlik muhitini
yanada yaxshilash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayapti. Bugungi kunda O‘zbekiston bank
7
tizimi yuqori konsentratsiyasi bilan ajralib turadi: barcha bank aktivlarining 86%
hali davlatga, 70% esa 5 ta davlat banklari (Milliy bank, Asaka bank, Sanoat qurilish
bank, Ipoteka bank va Agro bank) ga qarashli. Shuningdek, kreditlarga nisbatan
davlat ulushi bo‘lgan bank omonatlarining ulushi 31,5 foizni tashkil etishi qayd
etildi. Taqqoslash uchun, xususiy banklarda bu ko‘rsatkich 100% ga teng.2 Xulosa
qilib aytganda, mamlakatimizda bank-moliya tizimini shakllantirishda shu
jumladan, tijorat banklarining investitsion jozibadorligini oshirish masalalari,
shuningdek, hukumat tomonidan mamlakat bank sektorini modernizatsiya qilish
bo‘yicha qabul qilingan bir qator oqilona qarorlar o‘z taqbig‘ini topmog‘i lozim.
Ana shundagina, banklar tijorat samaradorligini oshirish o‘rta va uzoq muddatli
strategiyani shakllantirish mumkin.
2.Tijorat banklari investitsiya faoliyatining maqsad va vazifalari
Odatda,investitsiya deganda har qanday korxona, loyihaga uzoq muddatli
sarmoya kiritish tushuniladi.Bank ishida bu tushuncha bank mablag‘larining har
qanday uzoq muddatli investitsiyalarini o‘z ichiga oladi. Investitsiya faoliyati,
masalan,
qimmatli
qog‘ozlarga
sarmoya
kiritishdan
tashqari,
ko‘pincha
kompaniyaning asosiy fondlarini kreditlash, kichik korxonalarga kredit berish,
korxonaning joriy, qisqa muddatli extiyojlarini moliyalashtirishni o‘z ichiga oladi.
Biroq,quyidagi ta’rifni to‘g‘ri deb hisoblash kerak.bank sarmoyalari –bu to‘g‘ridan
to‘g‘ri va bilvosita daromad olish maqsadida qimmatli qog‘ozlarga uzoq vaqt
davomida bank resurslarini kiritish. Bank qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan
investitsiyalardan dividentlar, foizlar yoki qayta sotishdan foyda shaklida to‘g‘ridan
to‘g‘ri daromat oladi. Bilvosita daromad banklarning mijozlarga ta’sirini ularning
qimmatli qog‘ozlarining nazorat paketiga egalik qilish orqali kengayishi asosida
shakllanadi. Bank investitsiyalari aksiyalar,obligatsiyalar va boshqa qimmatli
qog‘ozlarga investitsiyalarni o‘z ichiga oladi. Bank investitsiyalari, ta’rifga ko‘ra,
uzoq muddatli bo‘lishi kerakligiga qaramay, barcha investitsiya vositalari
quyidagilarga bo‘linadi:
2 “Tijorat banklar yilnomasi” 10.10.2021/ www.stat.uz veb-sayti
8
-Past bozor xavfi va yuqori likvidliligi bilan ajralib turadigan bir yilgacha
bo‘lgan pul bozori vositalari;
-Bir yildan ko‘proq vaqt mobaynida etuk bo‘lgan va odatda yuqori
daromadlilik bilan tavsiflanadigan kapital bozori vositalari.
Investitsion faoliyat – bu investitsion investitsiyalar yoki investitsiyalarni
amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar majmui. Investitsiya faoliyati sube’ktlari
– bu ham jismoniy, ham yuridik shaxslar, shu jumladan banklar va investitsiya
faoliyati ob’ektlari yangi tashkil etilgan va yangilangan asosiy va aylanma
mablag‘lar, qimmatli qog‘ozlar, maqsadli pul depozitlari, ilmiy –texnik mahsulotlar
va boshqa mulkiy ob’ektlardir.Tijorat banklarining investitsiya: o‘z mablag‘lari,qarz
mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Banklarning
investitsiya jarayonidagi eng umumiy shaklda ishtirok etishining asosiy
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
*banklar tomonidan investitsiya maqsadlarida mablag‘ jalb qilish;
*investitsiya kredidlari berish;
*qimmatli qog‘ozlarga, aksiyalarga, sarmoyalarga qatnashish (ham bank
hisobidan, ham mijoz nomidan).
Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Banklar kapitalni, aholining
jamg‘armalarini va boshqa bo‘sh mablag‘larini safarbar qilib, ulardan foydali
foydalanish maqsadida o‘z resurslarini shakllantiradi.Pul mablag‘larini to‘plash
bo‘yicha operatsiyalar hajmi va tarkibi banklarning kredit va investitsiya portfellari
holatiga, ularning investitsiya faoliyati imkoniyatlariga ta’sir etuvchi asosiy
omillardir.
Banklarning investitsiya faoliyati ikki turdagi xizmatlarni ko‘rsatadigan
biznes sifatida qaraladi: qimmatli qog‘ozlarni chiqarish yoki ularning birlamchi
bozoriga joylashtirish orqali pul mablag‘larini ko‘paytirish, ikkilamchi bozorda
mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning xaridorlari va sotuvchilarini broker va yoki
diler sifatida ishlayotganda ulash.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanishi
bilan bank investitsiyalarining qimmatli qog‘ozlarga uzoq muddatli investitsiyalar
9
sifatida talqin qilinishi ichki iqtisodiy adabiyotlarda o‘z aksini topdi. Qayd
etilishicha,bank sarmoyalarini bir yildan ortiq muddatga chiqarilgan qimmatli
qog‘ozlar deb atash odatiy holdir.
Investitsiya tijorat bankining resurslarini joylashtirishning barcha sohalari
sifatida ham, daromad olish maqsadida pul mablag‘larini bir muddatga joylashtirish
operatsiyasi sifatida ham tushuniladi. Birinchi holda, investitsiyalar tijorat bankining
barcha faol operatsiyalarini o‘z ichiga oladi,ikkinchidan –uning shoshilinch
komponenti.
Banklarning investitsiya faolligining ko‘rsatkichlari sifatida quyidagi
ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin:
*tijorat banklarining investitsiya resurslari hajmi;
*investitsiya resurslarining real qiymati indeksi;
*bank investitsiyalari hajmi;
*banklarning umumiy aktivlaridagi investitsiyalarning ulushi;
*ularni qo‘llash ob’ktlari bo‘yicha bank investitsiyalarining tarkibiy
ko‘rsatkichlari;
*banklarning investitsiya faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari, xususan,
investitsiyalar hajmiga ko‘ra daromadlarning o‘sishi;
*daromadli moliyaviy aktivlarga kapital qo‘yilmalar bilan solishtirganda,
ishlab chiqarish sektoriga investitsiyalarning muqobil rentabelligi ko‘rsatikichlari;
Iqtisodiy adabiyot va bank amaliyotida tijorat banklarining investitsiya
faoliyati
shakllarining
tasnifi
investitsiyalarning
shakllari
va
turlarini
tizimlashtirishning umumiy mezonlari asosida amalga oshiriladi:
1)investitsiya ob’ektiga muvofiv realinvestitsiyalar iqtisodiy aktivlar (haqiqiy
sarmoyalar)va moliyaviy aktivlarga investitsiyalar (moliyaviy investitsiyalar).Bank
sarmoyalarini boshqa xususiy investitsiya ob’ektlari bilan ham farqlash
mumkint:investitsiya ssudalariga investitsiyalar,muddatli depozitlar, ko‘chmas
mulk, qimmatbaho metallar va toshlar, kollektsiyalar, mulkiy va intellektual
huquqlar va boshqalar.
10
Haqiqiy investitsiyalar, qoida tariqasida, bank investitsiyalarining umumiy
hajmida kichik ulushga ega.Moliyaviy investitsiyalar banklar uchun moliya-kredit
tashkilotlari sifatida ko‘proq xosdir.
Bankning o‘z faoliyatiga qo‘yiladigan sarmoyalar uning moddiy –texnik
bazasini rivojlantirishga va tashkiliy darajasini yaxshilashga investitsiyalarni o‘z
ichiga oladi.Bu investitsiyalarning yo‘nalishi ular yordamida qanday vazifalarni
bajarish kerakligiga bog‘liq.Investitsiya yo‘nalishiga qarabquyidagilarni ajratish
mumkin.
-bank faoliyati samaradorligini oshirish uchun investitsiyalar.Ular texnik
jixozlarni takomillashtirish, bank faoliyatini tashkil etish, mehnat sharoitlari,kadrlar
tayorlash,ilmiy –tadqiqot ishlanmalarini yaxshilash orqali bank xarajatlarini
kamaytirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan;
-bank xizmatlarini kengaytirishga qaratilgan investitsiyalar. Bunday
investitsiyalar resurslar va mijozlar bazasini kengaytirishni, bank operatsiyalari
doirasini ko‘paytirishni, bank xizmatlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni
ta’minlaydigan yangi bo‘linmalarni yaratishni nazarda tutadi ;
-davlat nazorat organlarining talablarini bajarish zarurati bilan bog‘liq
investitsiyalar. Bu investitsiyalar bank faoliyati uchun muayyan shart-sharoitlarni
yaratish nuqtai nazaridan nazorat qiluvchi organlarning talablarini qondirish zarur
bo‘lganda amalga oshiriladi.
2)Investitsiyalar uchun mablag‘ manbalariga ko‘ra, o‘z mablag‘lari hisobidan
amalga oshirilgan bankning o‘z investitsiyalari va o‘z mijozlari hisobidan va bank
hisobidan amalga oshiriladigan mijozlar sarmoyalari ajratiladi.
3)investitsiya muddati nuqtai nazaridan, investitsiyalar qisqa muddatli (bir
yilgacha),o‘rta muddatli(uch yilgacha) va uzoq muddatli(uch yildan ortiq)bo‘lishi
mumkin.
4)Tijorat banklarining investitsiyalari, shuningdek, tavakkalchilik turlari,
mintaqa, tarmoq va boshqa mezonlar bo‘yicha tasniflanadi. SHu bilan birga,
banklarning
investitsion
faolligi
ularning
moliyaviy
vositachi
sifatida
makroiqtisodiy rolini amalga oshirish bilan bog‘liq yana bir jihatga ega. Bu
11
imkoniyatda banklar shart-sharoitlarda harakat qilib, xo‘jalik yurituvchi
sube’ktlarning investitsiya talabini qondirishga hissa qo‘shadilar bozor iqtisodiyoti
pul ko‘rinishida, jamg‘arma va jamg‘armalarni investitsiyalarga aylantirish.
Tijorat banklarining investitsiya siyosati investitsiya faoliyati bo‘yicha
maqsadli ko‘rsatmalar tizimini shakllantirishni, ularga erishishning eng samarali
usullarini tanlashni o‘z ichiga oladi.
Investitsiyalar tijorat bankining resurslarini joylashtirishning barcha sohalari
sifatida ham,daromad olish maqsadida pul mablag‘larini bir muddatga joylashtirish
operatsiyasi sifatida ham tushuniladi.Birinchi holda, investitsiyalar tijorat bankining
barcha faol operatsiyalarini o‘z ichiga oladi,ikkinchidan –uning shoshilinch
komponenti.
Banklar asosan o‘zlari emas,balki qarz va qarz mablag‘lari hisobidan
ishlaydilar,shuning uchun ular tegishli kafolatlar bilan ta’minlanmagan bo‘lsa, o‘z
mijozlarining mablag‘larini yirik investitsiya loyihalariga sarmoya kiritib tavakkal
qila olmaydi.SHu munosabat bilan, tijorat banklari o‘z investitsiya siyosatini
ishlab chiqishda har doim tavakkalchilikni, iqtisodiy samaradorlikni, investitsiya
loyihalarining moliyaviy jozibadorligini, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli
investitsiyalarning maqbul kombinatsiyasini real baholanishi kerak. SHu bilan birga,
mavjud investitsiya tizimi nafaqat bankning ichki ishi, bankni tartibga asosiy
tamoyillariga muvofiq, har qanday nazorat tizimning ajralmas qismi-bu bankning
siyosati,operatsion faoliyati va unda ssuda erish va kapital qo‘yilishi bilan bog‘liq
tartiblarni mustaqil ravishda ko‘rib chiqish,hamda kredit va investitsiya
portfellarini joriy boshqarish. Binobarin, tijorat banklari investitsiya faoliyatini
tashkil etish va boshqarish bilan bog‘liq eng muhim faoliyatni aniq ishlab chiqish va
rasmiylashtirishi kerak. Asosan,bu to‘g‘ri investitsiya siyosatini ishlab chiqish va
amalga oshirishdir.Bank rivojlanishining umumiy biznes siyosati investitsiya
siyosatini shakllantirishning asosiy sharti bo‘lib, uning asosiy maqsadlari
investitsiya faoliyati uchun strategik maqsadlarni ishlab chiqishda ustuvor
hisoblanadi.Umumiy iqtisodiy siyosatning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan
investitsiya siyosati bankning samarali rivojlanishini ta’minlovchi omil hisoblanadi.
12
Veb-qidiruv
natijalari
bo‘yicha,tijorat
banklari
iqtisodiyotning
zamonaviylashtirilishida va investitsiya faoliyatining oshirilishida jiddiy rol
o‘ynaydi, shu jumladan O‘zbekistonda va AQSHda. O‘zbekistonda hukumat
davlatga tegishli monopoliyalarning zamonaviylashtirilishi orqali o‘sishni
kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohot siyosatlarini amalga
oshiradi va xususiy, xorijiy to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalaruchun qo‘llab
quvvatlovchi iqlim yaratadi. 2020yil martidan etiboran O‘zbekistonda 30 ta tijorat
banki faoliyat yuritadi.
AQSHda esa tijorat banklari jismoniy va yuridik shaxslarga sodda moliyaviy
vazifalarni bajarish uchun turli xil moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi.Ular
depozitlarni qabul qiladi, pulni qarz beradi, to‘lovlar usullarini amalga oshiradi,
bank cheklari va tekshiruvlarini chiqaradi, mahsulotlar va hujjatlarni saqlash uchun
xavfsizlik deposit qutilarini taklif etadi va boshqa xizmatlarini ham taklif etishi
mumkin, masalan sug‘urta shartnomalarini brokerlash va investitsiya maslahatlari
berish. AQSHdagi biznes va moliya sohasining asosiy qismlaridan biridir.Ular
jismoniy shaxslardan ko‘ra bizneslarga ko‘proq xizmat ko‘rsatadi va depozitlarni
qabul qilish, bizneslarga qarz berish va xazina boshqaruvini o‘z ichiga olgan turli xil
xizmatlarni taqdim etadi. AQSHdagi eng yirik tijorat banklaridan biri JPMorgan
Chase hisoblanadi, u 2021 yilda 121 milliard AQSH dollari ortiqcha daromadga ega
bo‘ldi.SHu yil JPMorgan Chase ham Bank of Amerika oldidan o‘tib tijorat bank
kartalarining eng yaxshi chaqiruvchisi bo‘ldi.3
3.O‘zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish modernizatsiyalash asosida
mutanosibli rivojlantirish
Mavjud iqtisodiy tizimni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish
iqtisodiyotning rivojlanishidagi turli nomutanosibliklar hamda tanglik holatlarini
keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lida
iqtisodiyotni jonlantirish, bir tekis rivojlantirish va barqarorlashtirish jarayoni
qonuniy bosqich hisoblanadi. Modernizatsiya – an’anaviy jamiyatning ilg‘or,
3 “International commercial banking” anjumani 24.10.2021/ www.worldeconomics.org veb-sayti
13
industirial jihatdan taraqqiy etgan jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy –
tarixiy jarayon. Iqtisodiyotga oid aksariyat lug‘atlarda quyidagi mazmundagi ta’rif
beriladi:”Modernizatsiya – ob’ektni yangilash, yaxshilash,takomillashtirish, uni
yangi
talablar
ma
me’yorlarga,texnik
shartlarga,sifat
ko‘rsatkichlarga
muvofiqlashtirish.Asosan
mashina,
asbob-uskunalar,texnologik
jarayonlar
modernizatsiyalanadi “4
Barqarorlashtirish jarayoni iqtisodiy rivojlanishda inqiroz holatlarining oldini
olish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o‘zgartirishga
yo‘naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki
davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko‘zda tutilgan maqsad eng avvalo,
makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada
pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo‘l
qo‘ymaslikdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish,
uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to‘lov balansini bir me’yorda
saqlash kabi maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi. Respublikada barqarorlashtirish
siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga olinib,
ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarining
rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko‘zda tutildi. Bunda asosiy
e’tibor katta istiqbolga ega bo‘lgan, butun iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillarini
belgilab beradigan yetakchi tarmoq va sohalarga qaratildi. Iqtisodiyotda zarur
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirgunga qadar ishlab chiqarish hajmining pasayib
ketishiga barham berish eng muhim maqsad bo‘lib qoladi. Shu sababli respublikada
90-yillarning o‘rtalaridayoq makroiqtisodiy barqarorlik sohasida ishlab chiqarish
sur’atlari pasayishining sekinlashuvi ko‘zga tashlandi, ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha
esa o‘sishga erishildi. Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori
barqaror sur’atlar bilan o‘sishi va makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlandi, ishlab
chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash ishlari davom ettirildi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor
yo‘nalishlari hamda ularni ta’minlash borasidagi vazifalarning aniq belgilab olinishi
4 “Raqamli iqtisodiyotni modernizatsiyalash chora-tadbirlari” / www.gazeta.uz veb-sayti
14
va izchil ravishda amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizda asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishida ahamiyatli yutuqlarga erishilmoqda.
Mamlakatimizda YaIMning nafaqat miqdoran o‘sib borishi, balki uning tarkibiy
tuzilmasining sifat jihatidan takomillashib borishi ham alohida e’tiborga 561 molik.
Bunda uning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar tahlili, ya’ni qo‘shilgan ulushlarning
tarkibi hamda YaIMning o‘sishiga qo‘shgan hissasini ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiqdir. Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab
chiqarishni ko‘paytirishni ta’minlaydigan kimyo, neft-gaz va neft-kimyo sanoatini,
mashinasozlik, metallni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, engil,
oziq-ovqat sanoatining yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarini va boshqa
sohalarni yuksak darajada rivojlantirish oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga
erishishning asosiy manbai bo‘lishi darkor. Respublika milliy iqtisodiyotida
erishilgan bu ijobiy natijalar tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi
iqtisodiyot majmuasining bunyod etilganligi, birinchi navbatda eng muhim
makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini davlat tomonidan samarali
tartibga solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiyotning tarmoq
tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga qaratiladi. Tarkibiy
siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar turmush darajasida vujudga
kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish
imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shuningdek, bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini o‘zgartirish, uning sifatini
yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish
talablari ham hisobga olinadi. Iqtisodiyot tuzilishidagi o‘zgartirishlar, chetdan
mahsulot olib kelishni qisqartirish, iqtisodiyotning xomashyo etishtirishga qartilgan
bir tomonlama yo‘nalishini bartaraf etish va uning eksport imkoniyatini
kengaytirish,
tarmoqlar
ichidagi
va
hududiy
jihatdan
vujudga
kelgan
nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror
rivojlanishini ta’minlash vazifalarini hal etish bilan bog‘liqlikda amalga oshirildi.
Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o‘zgarishlar –
respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlovchi tarmoqlarni
15
rivojlantirishga qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o‘zak 562 tarmoqlarni
– neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik
majmuasini, qishloq xo‘jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini
rivojlantirishga ustunlik beriladi. Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishini
tubdan o‘zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan
jamg‘arish fondi o‘rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash asosiy o‘rin
tutadi. Iste’mol fondining eng maqbul darajasiga erishish – ichki bozorda talab bilan
taklif o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli davlat
eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi
omillarga ko‘proq e’tibor berdi. Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta
qurishlar faol investitsiya siyosatini o‘tkazish orqali amalga oshirildi. Shu sababli
respublika investitsiya bazasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, bunda o‘z
sarmoyalarimiz, tashqi kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha
manbalaridan o‘rinli foydalanish ko‘zda tutildi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda
bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy
tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar moliyaviy-kredit resurslari shakllarida
amalga oshirilishi mumkin. Tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida
mahalliy xomashyo va tabiiy imkoniyatlar asosida ishlaydigan, ilg‘or zamonaviy
texnologiyalarni joriy etgan holda, nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham
raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga qaratilishi
zarur. Iqtisodiyotni mutanosib rivojlantirishda uzoq muddatli dastur ishlab chiqish
muhim ahamiyat kasb etib, unda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini
modernizasiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni
egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatbardoshligini
ta’minlaydigan zamonaviy innovasiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha
maqsadli loyihalar ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 563 Farmonida
“Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi
tarmoqlarini
modernizatsiya
va
diversifikatsiya
qilish
hisobiga
uning