II BOB. IRSIYAT VA RIVOJLANISH
2. 1. Hujayra
Hujayra haqida tushuncha. Hujayra - ko’p hujayra]i organizmlarning
tuziiish elementlari funksional va genetik birligi hisoblanadi. Odam tanasida 1014
ga yaqin hujayralarni sanash mumkin. Murakkab organizmning hujayralari
ixtisoslashgan. Ular bajaradigan funksivalariga qarab shakli va tuziiish xususiyatlari
turlichadir. Muskullarning hujayralari uzunchoq shaklga ega: bez hujayralarida
sekretlar ishlab chiqilib ko'p hollarda qadahsimon ko'rinishda bo'lsa, asab
hujayralari uzun o'simtalar shaklida bo'lib tananing turli qismlarini bir-biri bilan
bog'lab turadi. Har qanday tuzilishdagi bir hujayralilardan boshlab. Murakkab ko'p
hujayralilargacha hujayralar vagona tuziiish va funksional reja asosida tashkil
topgan.
Hujayralarning
tuzilishi.
Hujayralarning
ayrim
tuzilmalarining
funksional ahamiyati. Har bir hujayra po‘stloq (hujayra membranasi). sitoplazma
va yadroga ega. Sitoplazma - hujayra sitoplazmasi. odatda, yarim suy uqlik holidagi
muhit bo‘lib elektron mikroskop ostida mayda donador hosilalari shaklida bo'ladi va
unda hujayraning barcha organoidlari ko'rinib turadi. Universal organoidlarga
mitoxondriylar, Golji apparati, endoplazmatik toi', ribosomalar, lizosomalar, hujayra
markazi kiradi. Maxsus ahamiyatga ega boig an organoidlarga, muskul
hujayralarining qisqaruvchi elementlari - miofibrillalar. asab hujavralarining
neyrofibrillalar. harakat organoidlari kiprikchalar va xivchinlar kiradi. Sut
emizuvchi hayvonlar va odamlarning nafas olish va chiqarishida ishtirok etuvchi
epiteliyalarning hujayralari kiprikchalar bilan ta'minlangan. Erkaklar jinsiy
hujayralari – spermatozoidlar xivchinlar vordamida harakatlanadilar.
Yadro. Yadro har qanday hujayraning bo'linishiga qodir bo'lgan
zaruriy qismi hisoblanadi. Yadroning shakli deyarli har doim hujayra shaklida
boiadi. Yadro sitoplazmadan ichki va tashqi yadro membranasidan iborat bo‘lgan
po'stloq bilan chegaralanib turadi. Yadroning p o 'stlo g i oqsil molekulalari,
nukleotidlar, aminokislotalar juda yengil o'ta oladigan va shu y o i bilan sitoplazma
bilan yadro orasidagi faol moddalar almashinuvini ta'minlaydigan, faqat mikroskop
ostidagina ko'rinadigan oichamdagi teshikchalarga ega. Yadroning ichki qismi
yadro shirasi bilan to ia boiib, unda xromosomalar va yadrochalar (bitta yoki ikkita)
joylashgan. Elektron mikroskop yordamida hujayra membranasi uch
qatlamdan iborat ekanligi aniqlandi. Tashqi va ichki qatlam bir qator joylashgan
oqsil molekulalaridan tashkil topgan boisa, o'rtadagi qatlam ikki qatorda joylashgan
lipidlar molekulalaridan tashkil topgan. Membrananing oqsil va lipidlari o ‘ziga xos
oqsil – lipoidli komplekslar hosil qiladi. Membrana orqali hujayra ichiga suv,
aminokislotalar, glukoza, mineralli va boshqa moddalar tushib, ular hujayraning
moddalar almashinuvidagi ishtirokini ta'minlaydi. Suv molekulalari membrana
teshiklari orqali erkin o i a oladi, bunday harakat ularning konsentratsiyasidagi farqi
hisobiga amalga oshsa kerak. Suvni shimib olish va uni ajratish uchun hujayra
energiya sarflamaydi. Membrana orqali aminokislotalar, glukoza va boshqa
moddalarning transport qilinishi va maxsus tashuvchilar yordamida energiya
xarajati hisobiga tanlab oikaziladi. Bu hujayra membranalarning tanlab o'tkazish
xususiyati bilan bog'liq boigan faol jarayondir.
Lizosomalar. Sitoplazmaning universal organoidlari qatoriga kirib, hazm
fermentlari bilan toldirilgan membrana xaltachasidir. Ular dumaloq shaklda b o iib
uning membranasi tipi к uch qatlamli tuziiishga ega. Lizosomalarda saqlanuvchi
fermentlar oqsillar. nuklein kislotalar. polisaxaridlarni parchalash xususiyatiga ega.
Bundan tashqari. lizosoma ferment lari hisobiga ayrim o'lgan hujayralaming alohida
tuzilmalari hamda oigan hujayra to iig 'ich a hazmlanishi mumkin. Ayniqsa.
lizosomalarga donador leykotsitlar boy. chunki ularning donachalari to'plangan
lizosomalardan boshqa narsa emas. Lizosomalarda oqsillarning. nuklein
kislotalarning, lipidlarning yirik molekulalari. fermentlar ta'sirida «qurilish
bloklari»ga (aminokislotalar, glukoza. nukleotidlar) glitserin va yog* kislotalariga
parchalanadi. Bu moddalar doimiy ravishda sitoplazmada. ayniqsa. endoplazmatik
to’r kanallarida aylanib yuradi. Endoplazmatik to 'r deyarli yaqinda elektron
mikroskop yordamida kashf etildi (1945-1946). Endoplazmatik to'r membranalar
bilan chegaralangan murakkab kanalchalar va sisternalar tizimi shaklida ko'rinadi.
Uning membranasi ham uch qatlamli tuziiishga ega. Ko'pgina hujayralaming
endoplazmatik membranasining tashqi yuzasida ko'plab granulalar joylashgan.
Bular ribosomalardir. Endoplazmatik to'rning yuzasida ribosomalarsiz qismlar ham
mavjud. Shu munosabat bilan endoplazmatik to'rning ikkita: silliq va g'adir-budur
yoki granulali tiplari farqlanadi. G'adir-budurli endoplazmatik to'r o'suvchi
organizm hujayralarida. asab hujayralarida. gormonlar, hazm shiralari sintezlovchi
hujayralarda o'zlarining favqulodagi rivojlanishiga egadirlar. Bu tipdagi
endoplazmatik to'r oqsillar sintezida ham faol ishtirok etishi aniqlangan. Silliq
endopalzmatik to'r esa glikogen va iipidlarni (yog' bezlari hujayralari va jigar
hujayralarida) sintezlovchi hujayralarda juda yaxshi rivojlangandir.
Hujayralarning ribosomalari juda mayda va ularni faqat e!ektron
mikroskop ostida ko'rish mumkin. Yuqorida qayd qilinganidek, ribosomalar g'adir-
budurli endoplazmatik to'rning membranasida joylashgan bo'ladi (jigar,
me'daosti bezi hujayralarida) g'adir-budur endoplazmatik to 'r yaxshi rivojlanmagan
hujavralarda,
ribosomalar
sitoplazmaning
asosiy
moddasida
joylashadi.
Ribosomalar hujayra vadrosida ham mavjud. Ribosomalar tarkibiga oqsil va
ribosomali RNK ham kiradi. Sitoplazmaning asosiy moddasidan ribosomalarga
transport RNKlar yordamida oqsilli molekulalar sintezlanuvchi aminokislotalar.
Tinimsiz tushib turadi. Yadrolardagi ribosomalardan yadro oqsillari sintezlanib
turadi. Oqsillar sintezlanishida ancha faol rolni endoplazmatik to'r membranasi bilan
bog'latigan ribosomalar o'ynavdi. Bizning nazarimizda. bu organoidlar hujay ralar
bilan ishlab chiqiladigan oqsillarni sintezlovchi va tashuvchi apparatlarini bir-biri
bilan bogiangan tizimini tashkil qilsa kerak.
Golji apparati. Hujayralarning sekretorlik va sintetik faoliyatini
namoyon bo'lishida asosiy rolni muhim organoidlardan yana biri bo'lgan Golji
apparati bajaradi. Golji apparati barcha o'simlik va hayvonot olami hujayralarida
uchraydi. Juda ko'pchilik hujayralarda Golji kompleksi murakkab to 'r shaklida
bo'lib. yadro atrofida (asab hujayralari) joylashgan bo'ladi. Umuman olganda, Golji
kompleksi o'zining tuzilishi bo'yicha faqatgina ayrim hujayralarda emas, balki bitta
hujayraning o'zida ham kuchli o'zgarib turadi. Golji kompleksida keyinchalik
sitoplazmaga qo'shilib ketishi mumkin bo'lgan moddalar hosil bo'ladi. Ular
hujayralarni to'yimli yoki plastik materiallar zaxirasini tashkil qiluvchi yog' yoki
uglevodlar tomchilari shaklida bo'lishi mumkin. Golji kompleksi bo'shlig'iga
tushadigan oqsillar va lipoidlardan hujayralar tomonidan qarigan hujayralar
membranalarini, Golji kompleksini o'zining membranali tuzilmalarini, g'adir-budur
va silliq endoplazmatik to 'r va hujayraning boshqa membranali tuzilmalarini
almashtirish uchun foydalaniladigan oqsilli-lipidli komplekslar shakllanadi.
Mitoxondriyalar hujayralarning quvvat manbayi ekanligi.
Maxsus e'tibor talab qilinadigan universal organoidlardan biri - mitoxondriylardir.
Hujayralarda ularning soni turlicha bo'lib. 2 ta
3 tadan bir necha minggacha o'zgarib turadi, bu esa hujayraning
funksional holatiga bog'liq bo'ladi. Ya’nijigar hujayralari nisbatan
tinch holatda bo'lganida bor yo'g'i 900 mitoxondriy sanash mumkin.
O't hosil qilishni va ajralishini chaqiruvchi va tezlashtiruvchi
oziqalar iste'mol qilinganidan keyin jigar hujayralaridagi mitoxondriylar
soni 1,5-2 martagacha oshadi.
Mitoxondriylar shakli bo'yicha doirasimon, oval, uzunchoq.
tayoqchasimon yoki ipsimon bo'lishi mumkin. Mitoxondriylar
shaklining o ‘zgarishiga hujayralarga ko'rsatilayotgan osmotik bosimni,
haroratni, muhit - pH ini o'zgarishi va boshqa ta’sirotchilar
ta ’siri sabab bo'ladi.
Mitoxondriylar ham boshqa organoidlar singari murakkab tuzilishga
ega ekanligi elektron mikroskop ostida aniqlandi. Mitoxondriylar
hujayra membranasi tuzilishiga o'xshash bo'lgan ikki
qatlamli oqsil-lipoidli membranaga ega. Mitoxondrivlarning tashqi
membranasi ostida o'ziga xos tipik tuzilishga ega bo'lgan ichki
membrana yotadi.
Ichki membrana mitoxondriylarning ichki tomoniga yo'nalgan
o'simtalar hosil qiladi va bu o'simtalar tojiar yoki kristalar deb ataladi.
Kristlar mitoxondriylarning yuzasini kengavtiradi. Kristlar
joylashgan mitoxondriylarning ichki bo'shliq kengligi matriks bilan
to'la.
Mitoxondriylar tarkibida oqsillar. lipidlar va nuklein kislotalar
borligi aniqlangan. Ularda esa. hujayraning energiya almashinuvida
faol ishtirok etuvchi katta miqdordagi fermentlar saqlanadi.
Mitoxondriylarda ATFning (adenozin uch fosfat kislotasining)
hosil bo'lishi yuz beradi.
ATF - hujayradagi universal energiya akkumulatori hisoblanadi.
ATF molekulalarining P va On orasidagi ichki molekular
bog'lari uziladi. bu paytda jiddiy miqdorda energiya ajraladi. ATF
dagi fosfat bog'laridagi katta miqdordagi energiya hisobiga, tirik
hujayra juda qulay shaklda energiyani saqlash qobiliyatiga ega va
zarur paytlarda, bu energiya juda tez ajraladi. nihovat. hujayraning
www.ziyouz.com kutubxonasi
hayot faoliyati uchun ishlatiladi. ATF hujavrasida yig'ilib turgan
energiya hujayrada bajarilayotgan barcha almashinuv jarayonlari
(oqsillar. yog'lar, ATFning o'zini. uglevodlar sintezi, qisqarish,
qo‘zg'alishni o'tkazilishi, sekretsiya va boshq.) uchun ishlatiladi.
ATF silliq endoplazmatik to'rdagi glukozaning anaerob parchalanishi
natijasida hosil boiadi. Mitoxondriylarning ichiga biologik
oksidlanish mahsulotlari tinimsiz tushib turadi. Maxsus tashuvchi
fermentlar mitoxondrial membrana orqali sintezlangan ATF
molekulalarining harakatlanishini ta ’minlaydi.
Mitoxondriylar hujayradagi metabolik yonilgi manbasining yaqinida
joylashadi yoki ATFga zarurat tug'ilgan tuzilma bilan yonma-
yon turadi. Masalan, mitoxondriylar epitelial hujayralarda hosil
bo'lishi uchun ATF talab qilinadigan sekretning harakat yoiialishi
bo'yicha joylashadi. Faol faoliyatda b o ig an muskul hujayralarda,
miofibrillar orasida adashib yuradi. Shu bilan birga, ayrim paytlarda
xuddi «metabolik yonilgi» sifatida foydalaniladigan y o g ii
qo‘shimchalar oldida yig'iladi.
Hujayraning irsiy apparati. Irsiy axborotlarni berishda
DNK va RNK larning roli. 1968- yilda shvesariyalik olim Fridrix
Misher jarohatlangan joydan oqib chiqayotgan viring hujayralari
yadrosidan odatdagidan farq qiluvchi fosfor saqlovchi modda ajratib
oldi va uni nuklein deb atadi (lot. nucleus - yadro). Lekin ko‘p
oimay nuklein kislotalar faqatgina hujayra yadrosining tarkibigagina
kirib qolmay, balki butun hujayra bo'ylab tarqalganligi aniqlangan
bo'lsada, ularning nomi hozirgacha saqlanib qolgan. Nuklein
kislotalarining ikki - dezoksiribonuklein - DNK va ribonuklein
- RNK tiplari mavjud. Nuklein kislotalar hujayralarda oqsillar bilan
birikkan shaklda bo'ladi. Amerikalik kimyogar Djeyms Uotson
va Angliyalik biokimyoviy Frensis Kriklar 1953- yilda DNK tuzilmasining
shifrlarini ochib berdilar va bu uchun Nobel mukofoti
laureatlari boigan edilar. DNK molekulasi ikkita polinukleotidli
bog'lardan iborat boiib, ularning har ikkalasi uchun ham umumiy
b oigan o'q atrofida birining orqasidan ikkinchisining burilish bilan
joylashgandir. Bunday spiralning uzunligi eng katta oqsil molekulasidan
ham 50 martacha va undan ham uzundir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
DNK molekulasi juda ko'plab monomerli zvenolardan-nukleotidlardan
tashkil topgan polimerdir. Har bir nukleotid uchta komponentlarning
birikish mahsulotidir va ularga: 1) organik azotli asoslar;
2) oddiy uglevod - pentozalar; 3) fosfor kislotalar kiradi.
DNK tarkibiga 4 xildagi nukleotidlar turi kiradi. Nukleotidlar
faqatgina birinchi komponentning tuzilishi. ya'ni azotli asos bilan
farqlanadi. molekulaning qolgan qismi barcha to'rtala nukleotidlarda
bir xil.
DNK spiralining o'qlarini fosfor kislotasininig qoldiqlari va
pentozlar tashkil etadi. Qandning - dezoksiribozaning har radikaliga
to'rtta azotli asoslardan biri: Timin (Г). sitozin (C), guanin (G)
va adenin (A) birikadi. Ular tarkibiga kiruvchi 20 aminokislotaning
har biri uchun maxsus transport RNKIari mos keladi.
Ribosomali RNK (p-RNK) ribosomalar tarkibiga kirib. uning
50% massasini tashkil qiladi.
Axborot beruvchi (informasion) RNK (i-RNK)lar yadroda va
sitoplazmada saqlanadi. Ular xromosomalardagi yadrolarda hosil
bo'ladi vayadroning DNK dagi nukleotidlarning aniq navbatlashuvini
takrorlaydi. Axborot tashuvchi RNK yadrodan sitoplazmadagi
ribosomaning oqsil sintezlanadigan joyiga tushadi.
Hujayraning irsiy apparati. Har qanday hujayraning. shu jumladan.
odam organizmi hujayrasining irsiy apparati bo'lib DNK hisoblanadi.
DNK hujayra yadrosida tarqalib u yerda xromosomalar
deb ataluvchi tuzilmalar hosil qiladi. Xromosoma DNKda shifrlangan
holdagi irsiy axborotlarni saqlaydi. Aynan DNK ota-ona hujayralaridan
qiz hujayralarga irsiy axborotlarni yetkazib beradi.
Axborotlarni yozib olish uchun ayrim «simvol»lardan tashkil
topgan kod bo'lishi zarur. Ana shunday «simvoblardan DNK
molekulasidagi nukleotidlar hisoblanadi. Bir necha ming ketma-ket
joylashgan nukleotidlardan iborat DNKning gigant molekulasidagi
qator oqsil molekulalarida uning tuzilishi haqidagi yozuvlar yashiringan
- «sirli» bo'ladi. Uzun ipsimon DNK molekulasi bir-birini
orqasidan joylashgan qismlardan iborat va ularning har birida qaysidir
oqsilning tuzilishi haqidagi axborot saqlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bizga Morze alifbosi tanish, uning kodida bor yo'g'i ikkita
belgi mavjiid (nuqta va tirelar). Alifboning har bir harfi nuqta va
tirelarning ma'lum kombinatsivasiga mos keladi. Xuddi shunga
o‘xshash holatni DNK molekulasida ham kuzatish mumkin. Bu
yerda kodlangan belgilar rolini DNKning polinukleotidli zanjirida
ko‘p marta takrorlanuvchi to’rtta nukleotid bajaradi. Yuqorida qayd
qilinganidek azotli asoslarning boshlang’ich harflari: A - adenin.
G - guanin, T - timin va С - sitozin bilan belgilanadi.
Oqsillarda 20 ta aminokislota topilgan va ularning har biri DNK
molekulasidagi ma'lum darajada navbatlashib takrorlanuvchi nukleotidlarda
yashiringan. Har bir aminokislota uchta yonma-yon
turuvchi aminokislotalardan iborat bo'lgan DNKning ma’lum
qismiga mos keladi. Masalan, A-C-C fragment triptofan aminkislotasiga
to 'g 'ri kelsa, C-B-C qismi metioninga va h. k. Shunday
qilib, 20 aminokislotaning har biri uchun shifrlangan guruh uchta
nukleotidlardan tashkil topgan bo'ladi (triplet) (AAA. GCG,TGA
va h. k.). Oqsil tuzilishidagi aminokislotalarning navbatma-navbat
jovlashuvi DNKda tripletlarning joylanishi, navbatlashuvi singari
shifrlangandir.
Oqsil hujayralarning hayoti uchun zarur bo'lgan ma'lum tuzilishi
haqidagi dastur shifrlangan nuldetidlar qatori, ya'ni DNK
molekulasining qismi genlar deb ataladi.
Nihoyat. uzoq muddatli evolutsiya davomida yuzaga keluvchi
yadro DNKasi hujayralarning irsiy axborotlarini tashuvchi hisoblanadi.
Lekin DNK hujayra yadrosida joylashgan bo'lsa, aynan ana shu
hujayra uchun xos bo'lgan oqsillarning sintezlanishi, asosan, sitoplazmada,
uning mayda organoidlarida-ribosomalarda bajariladi.
Axborotlar qay tarzda ribosomalarga beriladi? Bu axborotchi
RNKlar yordamida amalga oshadi. Axborot RNKlaridagi nukleotidlarning
navbatlashuvi DNKning bitta qismining tuzilishini aks
ettiradi. Bunday hollarda, DNK molekulasida saqlanuvchi oqsillarning
tuzilishi haqidagi axborotlar i-RNK larga qayta yoziladi deb
yuritiladi. i-RNK molekulalari ribosomalarda tanlanadi va xuddi
www.ziyouz.com kutubxonasi
matrisadagidek sitoplazmada saqlanuvchi aminokislotalardan oqsil
molekulalarining yig'ilishi yuz beradi. Oqsillarning hosil bo'lishi
uchun sarflanadigan aminokislotalar dastlab ATF bilan maxsus fermentlar
ishtirokida faollashadi.
Faollashgan aminokislotalar transport t-RNK molekulalari bilan
tashiladi. Turli aminokislotalar uchun o'zlarining t-RNKasi faoliyat
ko'rsatadi. t-RNK bilan aminokislotalar energiyaga boy bo'lgan
fosfat bog’lari yordamida birikadi. Ribosomalarda t-RNK aminokislotalardan
ajraladi: t-RNK xuddi chelnok singari ishlaydi, faollashgan
aminokislotalarni tashiydi. faollashgan aminokislotalarni
ribosomalarga olib kelib. so'ngra undan chiqib ketadi.
Shu yo'l bilan DNK da saqlanuvchi irsiy axborotlar oqsil tuzilmalarida
realizasiya qilinadi va ularning spetsifikligi aniqlanadi.
2. 2. Jinsiy hujayralar. Ularning tuziiish va
rivojlanish xususiyatlari
Jinsiy hujayralarning tuziiish xususiyatlari. Odam tanasidagi
boshqa hujayralardan farqli ravishda jinsiy hujayralar vagona (yakka-
vakka holda) yoki gaploidli, ya'ni ikki marta kichraygan xromosomalar
yig'indisini (23) saqlaydi. Jinsiy hujayralardan tashqari
tananing barcha hujayralari autosomalar deb ataladi. Bu autosomalar
jinsiy belgilarini aniqlab beradilar. Jinsiy belgilar esa jinsiy
xromosomalarga bog'liq (X va Y-xromosomalar-erkaklikjinsiy hujayralar,
X va X-xromosomalar ayollik jinsiy hujayralar) (2-rasm).
Odam organizmi urug'langan tuxumdan rivojlanadi. qaysiki
ikkita jinsiy hujayralarning: erkaklik-spermatazoidlar va ayollik -
tuxum hujavrasining qo'shilishidan hosil bo'ladi. Jinsiy hujayralar
jinsiy bezlarda hosil bo'ladi (2- rasrn).
Bola qaysi jinsga mansub bo'lsa. o’sha jinsga xos bo'lgan ichki
va tashqi jinsiy a'zolar bilan tug'iladi.
Odamni otalangan tuxum hujayrasida xromosomalarning diploidli
nabori saqlanadi (46). Otalangan tuxumni maydalanishida va
46
www.ziyouz.com kutubxonasi
hujayraning navbatdagi boiinishida (bu jarayon mitoz deb ataladi)
xromosomalar ikki martaga ortadi va har bir juft xromosomalar
har qaysisi 46 tadan xromosoma hosil boiuvchi qiz hujayralarga
boiinadi. Agar spermatazoid va tuxum hujayralarida xromosomalarning
diploid nabori saqlangan bo'lsa. ular qo'shilganidan keyin
urug‘langan tuxum 92 ta xromosomaga ega bo‘ladi. Odatda, bu holat
yuz bermaydi.
и Xg ИИ и»
1 2 3 4 5
m ЙВ К ft 6 П п и кл 7 8 9 10 11 12"
л л ЛД ХЙ А* ПА
13 14 15 16 17 18
mi X» ХЛ ЛЛ Кк
19 20 21 22 XX
Kt к и ах м
1 2 3 4 5
Х Я Х Х « X lift Й Й X X rtft
6 7 8 9 10 11 12
/1Л lift X * X X Я Й п д
13 14 15 16 17 t f 18 & St й J t А 4 ^0. * Ко
19 20 21 22 XY
2-rasm. Ayollar (yuqorida) va erkaklar (pastda) xroraosomalari.
Evolutsiya jarayonida otalanish paytidagi xromosomalar sonining
doimivligini ta ’mjnlab turuvchi maxsus mexanizm yuzaga
keldi va rivojlandi. Bu mexanizm hujayralaming maxsus boiinish
tipi bilan bogiangan bo'lib, bu bogianish tufayli jinsiy hujayralarga
xromosomalarning gaploid nabori tushadi.
Jinsiy hujayralaming yetilishida bir-birini orqasidan juda tez takrorlanuvchi
ikkita boiinish yuz beradi, natijada xromosomalarning
47
www.ziyouz.com kutubxonasi
soni ikki marta kamayadi. Xromosomalarning sonini qisqarishiga
olib keluvchi bo'linish mitoz deb ataladi.
Shunday qilib. erkak va ayol zarodish hujayralari xromosomalarning
yarim to'plamiga ega bo'ladi. Otalanishdan keyin bola
organizmi rivojlanadigan xromosomalarning yig'indisi zigota hosil
bo'ladi.
Erkaklik jinsiy hujayralari. Erkaklik jinsiy hujayralari - spermatazoidlar
yoki jonzotlar erkaklik jinsiy bezlar - tuxumchalar
yoki urug'donlarda katta miqdorda hosil bo'ladi. Tuxumchalar tos
suyagidan tashqarida teri-muskul xaltachasida. qorin devorining
oldingi qismi foizi hisoblanuvchi moshonkada yotadi. Urug'donla
rjuft jinsiy bezlar bo'lib, ular erkaklik jinsiy hujayralari - spermatazoidlami
ishiab chiqaradi. Bundan tashqari, erkaklik jinsiy
a'zolarining o ;sishini va ikkilamchi jinsiy belgilarini stimullovchi
testosteron jinsiy gormonini ham ishiab chiqaradi.
Voyaga yetgan odamlarda urug'donlarning massasi 20-30 g,
8-10 yasharlik bolalarda 0,8 g. 15 yoshli bolalarda - 7 g ni tashkil
etadi.
Urug’don (tuxumcha) tashqi tomondan fibrozli po'stloq bilan
qoplangan,va’ni uning ichki vuzasidan keyingi qismi bo'ylab
unga ajratib turuvchi biriktiruvchi to'qima tutashadi. Ana shu tutashmadan
yupqa biriktiruvchi bo'lmachalar tarmoqlanadi va ular
bezni 200-220 ta bo'lakchalarga bo'ladi. Bu bo'lakchalarda urug*
kanalchalari va oraliq biriktiruvchi to'qimalar farqlanadi.
Tuxumning keyingi qismiga urug'don ortig'i tutashgan bo'lib
undan uzunligi 45-50 mm keladigan urug' chiqaruvchi yo'l (oqim)
chiqadi. Urug'don ortig'ining bosh qismiga tuxumdan 10-12 ta
ingichka olib ketuvchi kanalchalar chiqadi. Bu kanalchalar orqali
urug'dondan urug' chiqariladi.
Tuxumning urug' kanalchalarida jinsiy jihatdan yetilganidan keyin
spermatozoidlarning hosil bo'lishi kuzatiladi (spermatogenez).
Organizmning jinsiy faolligi davri davomida urug'don tinimsiz
ravishda spermatozoidlarni ishiab chiqaradi. Lekin ular, tashqi
muhitga vaqti-vaqti bilan chiqariladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yetilgan spermatozoidlar boshchasi. o'rta qismi va dumdan
iborat bo'ladi, dumining qisqarilishi natijasida, spermatazoidlarning
harakati ta'minlanadi. Spermalarning harakati an ish tezligi
2-3 mm/min. Spermatazoidlarning to'lig'icha yetilishi va jamlanishi
urug'don ortig'i va urug'don pufakchalarida yuz beradi.
0 ‘simirlarning organizmi yetilish davridan boshlab kanalcha
chi gal 1 iklarida bir kecha-kunduzda millionlab spermatazoidlar hosil
bo'ladi. Bir marta tashqariga chiqarilayotgan spermada 500 mln
va undan ko'p spermatazoidlar chiqariladi. Yetilgan spermatazoidlar
erkaklar organizmida bir oyga yaqin yashaydi. so‘ngra qariydi
va parchalanadi.
Jinsiy qo'zg'alish paytida urug'don ortig'ida yig'ilgan spermatazoidlar,
urug'don ortig'i sekreti bilan urug‘ chiqaruvchi y o i
orqali urug'don pufakchalari tomon harakatlanadi. Urug'don ortig'ining
sekreti muhitni suyultiradi. bu bilan spermatazoidlarning
tez harakatlanishini ta'minlash bilan birga spermatazoidlarni faqatgina
urug'don pufakchalaridagina emas, balki tashqariga chiqarilganidan
keyin ham oziqlantiradi.
Jinsiy qo'zg'alish bilan bir vaqtda chiqishida siydik pufagidan
siydik chiqaruvchi kanalning har ikki tomonidan ushlab turuvchi
pufaksimon bezlar sekret ham ishlab chiqaradi. Bezning sekreti
spermatazodlarning harakatchanligini faollashtiradi.
Kuchli jinsiy qo'zg'alish vaqtida siydik chiqarish kanalining
keyingi qismiga avval pufakchasimon bezining sekreti ajratiladi,
so'ngra spermatazoidlar va, nihoyat, urug'don pufaklarining ajralishi
yuz beradi. Prostata bezining sekreti va urug'don pufakchalarining
spermatazoidlarning qo'shilishi natijasida sperma hosil bo'ladi.
Har bir jinsiy akt paytida 1-6 ml gacha sperma ajraladi. Sperma
siydik tanosil kanalining jinsiy a ’zoning bosh qismiga ochiladigan
tashqi teshigi orqali chiqadi.
Jinsiy a ’zoning terisi uning boshini asosida olat chetlarini hosil
qiladi. Uning ichki tomonidan turli o'lchamlardagi vog' bezlari
joylashgan bo'ladi, ularning sekreti esa, o'z navbatida, oqimtir
moyning hosil bo'lishida ishtirok etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ayollik jinsiy hujayralari. Ayollaming jinsiy bezlari bo'lib
tuxum hujayralari hisoblanadi. Bubezlarjuft hujayralar bo Tib. kichik
tos suyagining ichida, bachadonning har ikki tomonida joylashgan
bo'ladi. Bezlarning miya qismi biriktiruvchi to'qimalardan tashkil
topgan bo'lib. qon tomirlari va nerv tolalarini saqlaydi.
Tuxum bezlari - ayollar jinsiy hujayralari. ya'ni urug'lanish
tufayli yangi organizm rivojlanadigan tuxum hujayralarini ishiab
chiqaradi.
3-rasm. Jinsiy hujayralar:
A — spermatozoid: В — tuxum hujayrasi:
1 - spermatazoid boshchasi; 2 - o'lta yoki bog’lovchi bo'lim; 3 - spermatazoidning
dumi: 4 - tuxumni o'rab turuvchi follikularli hujayralar:
5 - tuxum hujayrasining yadrosi.
Tuxum bezlaridan faqatgina ayollarning jinsiy a'zolari faoliy atiga
ta'sir ko'rsatib qolmay. balki butun ayollar organizmiga ijobiy
ta'sir ko'rsatuvchi gomronlar ham ishiab chiqiladi.
Qiz bolalar tug'ilganidayoq ularning tuxumdonlarining yo'-
g'onlashgan biriktiruvchi to’qimali tubida - asosida yetilmagan
30 000 dan 40 000 gacha hujayralarni - birlamchi follikulalarni
sanash mumkin. Follikulalar pufakchalar shaklidagi biriktiruvchi
50
www.ziyouz.com kutubxonasi
to'qimali po'stloq bilan o'ralgan tuxum hujayrasini o'rab turuvchi
hujayralar guruhini tashkil etadi.
Tuxum hujayrasining hosil bo'lishi (ovogenez) spermatogenezdan
bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Tuxum hujayralari
spermatozoidlarga nisbatan juda kam miqdorda yetiladi.
Yetilish jarayonida birlamchi follikulalarning katta qismi to'lig'icha
rivojlanmay atrofiyaga uchrab o'ladi. Jinsiy jihatdan voyaga yetgan
ayollarning tuxumdonida rivojlanishining turli bosqichlaridagi
400-500 jinsiy yetilgan follikulalarni sanash mumkin. Odatda,
har oyda bitta follikula to‘liq yetiladi va otalanishi qobiliyatiga ega
bo'lgan tuxum hujayrasi hosil bo'ladi.
Yetilgan follikulalar tuxumdon yuzasida shishib kattalashadi,
follikula devori yupqalanadi va pufakcha yoriladi. Yorilgan pufakchadan
qorin bo'shlig'iga (bachadon nayining qorin teshikchasidan)
tuxum hujayrasi va follikular suyuqlik chiqariladi. Bu jarayon
ovulatsiya deyiladi.
Yorilgan pufakchaning bo'shlig'i vaqt o'tishi bilan sariq rangdagi
yog*li moddalar bilan (hujayralar) to'ladi. Shunday yo'l bilan
ichki sekretsiya bezlari rolini o'ynovchi sariq tana yuzaga keladi.
Yuzaga kelgan sariq tana progesteron gormonini ishlab chiqaradi.
Bu gormon yana plasentada va buyrak usti bezining po'stlog'ida
ham ishlab chiqiladi.
Progesteron organizmda homilaning rivojlanishi va saqlanishi
uchun sharoit yaratib beradi.
Tuxum yo'llari (bachadon n ay i)-ju ft naysimona’zo bo'lib, ular
orqali tuxum hujayrasi tuxumdondan bachadonga o'tadi. Bachadon
nayining uzunligi voyaga yetgan ayollarda 10-20 sm. har bir naychada
ikkita - bachadon va qorin uchlari farqlanadi. Tuxumdonga
yo'nalgan tuxum yo'lining uchi voronka shaklida kengaygan bo'lib
chetlarida baxromkalari bo'ladi.
Tuxum yo'lining ichki yuzasi, hilpildoq epiteliya bilan qoplangan
bo'lib. uning kipriklari tuxum yo'lining qisqaruvchi muskul
devorlari va qorin hamda chanoq muskullari bilan birgalikda tuxum
hujayrasining bachadonga qarab harakatlanishiga yordamlashadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Urug'lanish paytida tuxum yo'lida tuxum hujavrasining erkaklik
jinsiy hujayralari spermatazoidlar bilan qo'shilishi yuz beradi.
Mana nima uchun, tuxum yoiining o'tkazuvchanlik xususivati
buzilishi natijasida ayollar ona bo'lish imkoniyatidan mahrum
bo'ladilar. Tuxum yo' 1 lari bachadon tanasining yuqorigi chetiga
tutashgan bo'ladi.
Bachadon muskulli kovak a'zo bo'lib, avollarning kichik tos
oblastida joylashgan. Bachadonning yuqorigi ancha kengaygan
qismi uning tanasi deb ataladi. Bachadon oldingi tomondan siydik
pufagi, orqa tomondan esa to 'g 'ri ichakka tegib turadi.
Bachadon - bola tug'iladigan organ, unda homila rivojlanadi va
olib yuriladi. Ichki tomondan u qon tomirlariga boy shilliq parda
bilan to'shalgan bo'ladi.
Tuxum hujayrasi yetilganidan keyin va uning yorilgan pufakchasining
o'rnida hosil bo'lgan sariq tananingprogesteron gormoni
bachadonda o'zgarishlar chaqiradi: uning shilliq pardasi qon bilan
to'lib shishadi. Urug'langan tuxum hujay rasi va zarodishni rivojlanishi
uchun sharoit tatbiq etiladi. Agarda y etilgan hujayra otalanmasa
bir necha kundan keyin u oiadi. Sariq tana qaytadan rivojlanishga
majbur bo'ladi. ya'ni so'rilib ketadi. Shu yoT bilan bezning
sekreti progesteronni ajralishi to'xtaydi. Bachadonning ishgan va
o'sib ketgan shilliq pardasi parchalanadi. yulinadi uning qontomirlari
yoriladi va qon shilliq pardaning mayda qismlari bilan bachadon
tanasi va qin orqali tashqariga chiqariladi. Bu esa mensturatsiyadir
(lot. mens - oy). Bu holat ko'pchilik qizlar va avollarda
28 kun atrofida takrorlanib turadi.
Jinsiy sikl, ayollarda to'rt davrga bo'linadi: 1) tinchlik davri
(7-8 kun mobay nida bachadonning shilliq pardasining tiklanishi
yuz beradi); 2) ovulatsiyaoldi davri. Bu davrda homiladorlikka
tay yorgarlik yuz beradi: bachadon qon bilan to'ladi. qinning shilliq
pardasi kengayadi - yumshay di; 3) sekretorli yoki ovulatsion davr.
Bu davrga xos bo'lgan jarayon bu follikulaning yetilishi va uning
vorilishi, bachadonning shilliq pardasidan shilimshiq va glikogenga
bov bo'lgan sekretning ajralishi yuz beradi. Ovulatsion davr yewww.
ziyouz.com kutubxonasi
tilgan follikulaning yorilishi, undan tuxum hujayrasining chiqishi
va uning bachadon nayi bo‘ylab bachadonga qarab harakatlanishi
bilan boshlanadi. Tuxum hujayrasining bachadon nayi bo'ylab
harakatlanishida uning otalanishi yuz beradi. Urug'langan tuxum
bachadonga tushib, uning shilliq pardasiga yopishib oladi. Shu bilan
jinsiy sikl tugaydi va homiladorlik boshlanadi. Tuxum hujayrasining
nay bo'ylab bachadonga kelgunicha 3-4 kun o'tadi; 4) ovulatsiyadan
keyingi yoki yulinish davri, bu davr o'rtacha 3-5 kun
davom etadi va bu davrda bachadonning tonik qisqarishlari kuzatiladi,
uning shilliq pardasi uncha katta bo'lmagan bo'lakchalarning
yulinib chiqadi, bu paytda 50-150 sm3 qon ajraladi. Bu davr tuxum