IS-LM MODELI VA UNING QOʻLLANILISHI
Reja:
1. IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan bogʻliqligi
2. IS-LM modelining asosiy tenglamalari.
3. IS - egri chizigʻi va uning tenglamasi
4. LM - egri chizigʻi va uning tenglamasi
5. IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy
siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli
yordamida bajariladi.
IS-LM modeli birinchi marta 1937-yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiqtisodiy
konsepsiyasini izohlash uchun taklif etildi hamda 1949- yilda A. Xansenning “Monetar
nazariya va fiskal siyosat” nomli kitobi nashr qilinganidan soʻng keng yoyildi. Shu sababli
bu model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi. IS - LM modeli qisqa
muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida birgalikda muvozanat oʻrnatilishi
mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovarlar bozori deganda ham iste’mol ham investitsion
tovarlar bozori tushuniladi. Garchand iste’mol va investitsion tovarlarga talab turli omillar
bilan belgilansada IS - LM modelida ular bir butun deb qaraladi. Pul bozori deganda
xazina veksellari va tijorat qogʻozlari koʻrinishidagi qisqa muddatli kredit vositalarini oldi-
sotdi mexanizmi tushuniladi. Bu bozorni obligatsiyalar bozoridan farqlash zarur. Pulning
obligatsiyalarda ifodalangan nisbiy bahosi obligatsiyalar boʻyicha foiz stavkasidir.
IS - LM modeli (investitsiyalar-jamgʻarmalar, likvidlilikni afzal koʻrish – pul) – yalpi
talab funksiyasini belgilovchi iqtisodiy omillarni aniqlash imkonini beruvchi tovar-pul
muvozanati modeli”*. AD-AS modelida tovar va pul bozorlarining aloqasi e’tiborga olingan
edi. Ya’ni tovarlar va xizmatlar baholarining koʻtarilishi pulga boʻlgan talabni oshirishi bu
esa oʻz navbatida foiz stavkasining koʻtarilishiga olib kelishi, oqibatda investitsiya
xarajatlari va umuman yalpi xarajatlar kamayishi AD-AS modelida koʻzda tutilgan edi. IS-
LM modeli AD-AS modelini qisqa muddatli davrga aniqlashtiradi va bu modelda har ikkala
bozor yagona makroiqtisodiy tizimning sektorlari sifatida namoyon boʻladi. Model bu
sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga bogʻliq tarzda foiz stavkasi R bilan daromad darajasi
Y ning muvozanatli darajasini belgilaydi.
Makroiqtisodiyotda
AD-AS
modeli
ishlab
chiqarish
hajmlari
va
narxlar
darajalarining tebranishlarini hamda ular oʻzgarishining oqibatlarini oʻrganish uchun
asosiy model boʻlib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS modelining
xususiy holi hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli
variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab – yalpi taklif modelini qisqa
muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan boʻlib, uning xususiy holi
hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli oʻlaroq bu modelda narxlar
darajasi va ish haqi oʻzgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga koʻra tovar
moddiy zaxiralarining oʻsishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni
belgilovchi omil boʻladi.
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin boʻlgan yoʻqotishlarning oldini
olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun
ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini koʻp hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi.
Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning oʻzgarishi makroiqtisodiy beqarorlik
sabablaridan biridir.
Narxlarning muvozanatli darajasi deganda shunday narx darajasi tushuniladiki, unda
yalpi talab va taklif hajmi bir-biriga mos kelishi yoki teng boʻlishi kerak.
IS egri chizigʻi bozordagi tovar va xizmatlar muvozanatini aks ettiradi, LM esa
bozorda real pul qoldiqlar muvozanatini aks ettiradi, buning natijasida, qachonki narx
darajasi belgilangandagina IS-LM birgalikda foiz stavkasi va milliy daromad qisqa vaqt
* Агапова Т.А.Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство “Дело и сервис”,
2005. с.191.
ichida ishga tushirilishini aniqlaydi. Oʻz navbatida IS-LM modelining 2 muhim
masalalarini tahlil qilish zarur.
Birinchidan, milliy daromadning potensial oʻzgarishlar sababini koʻrib chiqmoq
lozim. Biz milliy daromad oʻzgarishi salohiyati sabablarini nazada tutgan holda IS-LM
modelining qanday ekzogen oʻzgaruvchan holatlari (davlat xaridi, soliqlar va pul taʼminoti)
berilganda narx darajasining endogen oʻzgaruvchan (foiz stavkasi va milliy daromad)
taʼsirini koʻrishimiz mumkin. Shuningdek, tovarlar bozorida (IS egri chizigʻi) va pul bozori
(LM egri chizigʻi) boʻyicha turli qisqa muddatlik foiz stavkasini va milliy daromadga
qanday taʼsir qilishini koʻrib chiqish kerak.
Ikkinchidan, IS-LM modelining jami talab va jami taklif modeli bilan moslashishini
koʻrib chiqish zarur. Shu jumladan, biz IS-LM modelining jami talab yigʻindisini va oʻrnini
tushuntirish nazariyasini taʼminlab beramiz. Bu yerda biz oʻz taxminlarimizni
susaytirishimiz va belgilangan narxlar darajasini va IS-LM modelidagi narxlari darajasini
va milliy daromad oʻrtasidagi salbiy munosabatni nazarda tutgan holda koʻrsatishimiz
kerak. Model bizga yana jami talabning qanday yonalishda kengayishini aytib berishi
mumkin.
27.2. IS-LM modelining asosiy tenglamalari.
IS egri chizigʻi va LM egri chizigʻining kesishgan nuqtasi milliy daromad darajasini
belgilaydi. Agar bir egri chiziqda siljish roʻy bersa, qisqa davr ichida iqtisodiyot muvozanati
oʻzgarishi va milliy daromad tebranishi vujudga keladi. Bu boʻlimda biz bu egri
chiziqlarning kesishishlari qanday siyosiy oʻzgarishlar va iqtisodiy shok holatiga olib
kelishini koʻrib chiqamiz. Qanday tarzda fiskal siyosat
IS egri chizigʻini siljitadi va qisqa
davrda muvozanatni oʻzgartiradi?
Avvalambor, biz fiskal siyosat oʻzgarishlari (davlat xaridlari va soliqlar) qanday qilib qisqa
muddat ichida iqtisodiyot muvozanatini oʻzgartirishi mumkinligini oʻrganishni boshlaymiz.
Fiskal siyosat oʻzgarishi rejalashtirilgan xarajatlarga taʼsir etishi mumkinligini va shu bilan
birga IS egri shizigʻining siljitishga olib kelishini eslatib oʻtamiz. Qanday qilib IS egri
chizigʻining daromad va foiz stavkasiga taʼsir qilishini IS-LM modeli koʻrsatib oʻtadi.
Davlat xaridlari sohasidagi oʻzgarishlar. Davlat xaridlarini oʻsish surʼatini ∆G koʻrib
chiqamiz. Keyns chizmasida bizga davlat xaridlari xilma-xilligini, ∆G oʻsishi daromad
oʻsish darajasini ∆Y koʻrsatib oʻtadi. Shuning uchun 27.1-rasmda IS egri chizigʻi oʻng
tarafga siljishi koʻrsatilgan.
27.1-
rasm.
IS
egri
chizigʻi
Iqtisodiyotda muvozanat A nuqtadan B nuqta tomon harakat qiladi. 27.1-rasmda
nima sodir boʻlayotganini tushunish uchun, oldingi bobdagi IS – LM modeli - Keyns xochi
va likvidlilik afzallik nazariyasini koʻrib oʻtamiz.
Davlat tovar xaridi va xizmatlari ortganda, rejalashtirilgan xarajatlar ham oshadi.
Rejalashtirilgan xarajatlar tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishini ragʻbatlantiradi va
umumiy daromad Y oʻsadi. Bu taʼsir Keyns xochidan bizga tanish boʻlishi kerak.
Likvidlikning afzallik nazariyasida tasvirlanganidek, endi pul bozorini koʻrib chiqamiz.
Iqtisodiyotda pulga talab daromadga bogʻliq boʻlgani uchun, umumiy daromad oʻsishi pul
miqdorini har bir foiz stavkasida oʻsadi. Pulga yuqori talab, muvozanat foiz stavkasini
oʻsishiga olib keladi, ammo pulga taklif oʻzgarmaydi. Pul bozorida foiz stavkasi qancha
yuqori boʻlsa, bu oʻz navbatida ishlab chiqarish xarajatlarining oshishiga, bu esa tovarlar
narxining qimmatlashishiga olib keladi. Foiz stavkalarining yuqoriligi firmalarning
investitsion faolliligini susayishiga olib keladi. Bu investitsion faollikning susayishi
3 ... va foiz
stavkasi
2 ... daromad
koʻtaradigan ..
IS-LM
modelida
davlat
xaridlari
o'sishi.
Davlat
xaridlari
oʻsishi
IS
egri
chizigʻini oʻng tarafga siljitadi.
Muvozanat
A
nuqtadan
B
nuqtaga siljiydi. Daromad Y1
nuqtadan Y2
nuqtaga
koʻtariladi. Foiz stavkasi
r1dan r2 gacha koʻtariladi
qisman davlat tomonidan xaridlarni oshirilishi bilan qoʻllab-quvvatlanadi. Gorizontal IS
egri chizigʻining ogʻishi, Keyns xochidagi daromad oʻsishi muvozanati bilan teng boʻladi.
IS-LM modelidagi muvozanat modelining oʻsishi miqdorida ancha koʻproq hisoblanadi.
Investitsiyalarning siqib chiqarilishi foiz stavkalarining oshishi bilan farqlanadi.
Soliqdagi oʻzgarishlar. IS-LM modelidagi soliqning oʻzgarishi, soliqdagi oʻzgarishlar
iqtisodiyotga oʻz taʼsirini koʻrsatganidek, davlat xaridlarining oʻzgarishi, istisno tarzida
soliqlar va isteʼmol xarajatlariga taʼsir etadi. Misol uchun, koʻrib turganimizdek, ∆T
soliqlarning kamayishi isteʼmolchilarni koʻproq isteʼmol qilishlari uchun zamin yaratadi
va rejalashtirilgan xarajatlarning oshishiga sabab boʻladi. Keyns xochidagi soliq
koeffitsiyenti shuni koʻrsatadiki, ushbu oʻzgarishlar daromad darajasini foiz stavkasini ∆T
X MPC/(1-MPC) siyosatini oʻzgartiradi. Shuning uchun 27.2-rasmda koʻrsatilganidek, IS
egri chizigʻi oʻng tomonga kengayib ogʻib tushgan. Iqtisodiyotda muvozanat A nuqtadan
B nuqtaga siljishi kuzatiladi. Soliqlarning pasayishi foiz stavkalari va daromadning
oʻsishiga olib keladi. Yani foiz stavkalarining oʻsishi sababli investitsiyalar chiqib ketishi
mumkin, Keyns xochiga koʻra, IS-LM modelida daromadlar kam.
Monetar siyosat qanday qilib LM egri chizigʻini siljitadi
va qisqa
davrda
muvozanatni oʻzgartiradi?
Keling, endi monetar siyosatning taʼsirini koʻrib chiqaylik. Pul taklifini oʻzgarishi
daromadning har qanday darajasiga taʼsir etadi. Shuningdek, pul bozoridagi muvozanat
foiz stavkasi oʻzgarishiga olib keladi va shu tariqa LM egri chizigʻi siljiydi.
Pul taʼminoti oʻsishini koʻrib chiqaylik. M ortishi real pul M/P qoldiqlarini oʻsishiga olib
keladi, narxlar darajasi P qisqa muddatda belgilanadi.
27.2-rasm. IS-LM modeli
Likvidlikning afzallik nazariyasi shuni koʻrsatadiki, daromadning har qanday darajasi
uchun, real pul qoldigʻi koʻpayishi foiz stavkasi kamayishiga olib keladi. Shuning uchun,
LM egri chizigʻi 27.3- rasmdagi kabi, muvozanat A nuqtadan B nuqta tomon ogʻadi. Pul
massasining koʻtarilishi foiz stavkasini kamaytiradi va daromad darajasini koʻtaradi.
27.3-rasm. IS-LM modelida pul taklifi oshishi
IS-LM modelida soliqlar
kamayishi
soliqlarning
pasayishi IS egri chizigʻini
oʻngga siljitadi muvozanat A
nuqtadan
B nuqtaga
harakatlanadi.
Daromad
Y1dan Y2 gacha ortadi va
foiz stavkasi r1 dan r2. gacha
oshadi.
IS-LM
modelida
pul
taklifi
oshishi.
Pul taklifidagi oshish LM egri
chizigʻini
pastga
koʻchiradi.
Muvozanat nuqta A dan B
nuqtaga koʻchadi. Daromad Y1
dan Y2 ga koʻtariladi va foiz
darajasi r1 dan r2 ga koʻtariladi.
Pul taʼminoti oʻsishi.
3 ... va foiz
stavkasini
kamaytirad
ii
2 ... daromad
koʻtaradigan ..
IS-LM (investitsiya - jamgʻarmalar, likvidlilikning afzalligi - pul) modeli foiz
stavkasi R bilan daromadlar Y ning bir vaqtning oʻzida har ikkala bozorda muvozanatni
ta’minlaydigan kombinatsiyalarini topish imkonini beradi.
Modelning asosiy tenglamalari quyidagilar:
1. Y=C +I + G +Xn — asosiy makroiqtisodiy ayniyat;
2. C = a+b (Y-T) — iste’mol funksiyasi, bu yerda T = Ta + tY;
3. I = e-dR — investitsiya funksiyasi;
4. Xn = d- m`Y - nR — sof investitsiya funksiyasi;
5. M/P =kY - hR — pulga talab funksiyasi.
IS-LM modelida koʻrilgan barcha tenglamalar bajarilsa muvozanatga erishiladi.
Modelning endogen oʻzgaruvchilari Y, C, I, Xn va foiz stavkasi R.
Modelning ekzogen oʻzgaruvchilari G, Ms va chegaraviy soliq stavkasi t.
a, b, c, d, m`, n, k va h empirik koeffitsiyentlar boʻlib, musbat va nisbatan
barqarordir.
Y haqiqiy < Y potensial boʻlgan qisqa muddatli davrga muvozanat koʻrib
chiqilayotganda, modelda, baholar darajasi oʻzgarmas, foiz stavkasi R va daromad Y
oʻzgaruvchan deb olinadi.
Y haqiqiy = Y potensial boʻlgan, ya’ni toʻliq bandlik sharoitida baholar darajasi R
oʻzgaruvchan, Ms nominal kattalik va boshqa barcha oʻzgaruvchilar real kattaliklardir.
27.3. IS - egri chizigʻi va uning tenglamasi
IS-egri chizigʻi tovarlar xizmatlar bozorida foiz stavkasi R va daromadlar darajasi Y
ning kombinatsiyalarini xarakterlovchi, bir vaqtning oʻzida asosiy makroiqtisodiy ayniyat,
iste’mol, investitsiya va sof eksport funksiyalari qondiriladigan nuqtalarning geometrik
joylashuvini xarakterlaydi. Iqtisodiyotdagi muvozanat yoki tovar pul muvozanatiga
erishishda investitsiya va jamgʻarmalarning YaIM bilan bogʻliqligi tushuntiriladi. Bu
bogʻliklik shuni koʻrsatadiki, banklar foiz stavkalarini pasaytirib borishi bilan YaIM hajmi
ham koʻpayib boradi. Ya’ni, milliy iqtisodiyot moliyaviy “kislorodni” koʻproq olish
natijasida YaIM ishlab chiqarish ham koʻpayib boradi. IS-egri chizigʻi tovarlar xizmatlar
bozorida foiz stavkasi R va daromadlar darajasi Y ning kombinatsiyalarini xarakterlovchi,
bir vaqtning oʻzida asosiy makroiqtisodiy ayniyat, iste’mol, investitsiya va sof eksport
funksiyalari qondiriladigan nuqtalarning geometrik joylashuvini xarakterlaydi. Bu egri
chiziqning har bir nuqtasida investitsiyalar va jamgʻarmalar oʻzaro teng boʻladi.
IS-egri chizigʻini Keyns xochi va investitsiya funksiyasi grafigi yordamida keltirib
chiqaramiz.
E=Y
E E1
E2=E1- E(ΔI)
ΔI Y
R
R2
R1 I IS
I2 I1 I Y2 Y1
Y
27.4-chizma. IS-egri chizigʻini Keyns xochi
Foiz stavkasining R1 dan R2ga qadar koʻtarilishi investitsiyalar miqdorini I1 dan I2 ga
qadar kamayishiga olib keladi. Bu haqiqiy xarajatlar egri chizigʻini E1 dan E2 ga qadar
pastga tomon ΔE = ΔI ga teng miqdorda surilishiga olib keladi. Oqibatda daromadlar
miqdori Y1 dan Y2 qadar ΔY =ΔE x m miqdorga pasayadi, bu yerda (m = 1/(1-b(1-
T)+m’)).
Demak tovarlar va xizmatlar bozorida daromadlar darajasi va foiz stavkasi
dinamikasi oʻrtasida teskari bogʻliqlik mavjud.
R oʻzgarmagan holda IS egri chizigʻining oʻngga yoki chapga siljishi quyidagi
omillar ta’sirida roʻy beradi:
- iste’mol xarajatlari darajasi;
- davlat xaridi darajasi;
- sof soliqlar (soliqlar - subsidiyalar - transfertlar);
- investitsiyalar hajmining (R ning mavjud stavkasida) oʻzgarishi.
IS tenglamasini iste’mol, investitsiya va sof eksport funksiyalari tenglamalarini
asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qoʻyib, uni R va Y ga nisbatan yechib topiladi.
R ga nisbatan topilgan IS tenglamasi:
a+ e + g 1-b (1-t) + m` 1 b
R = ---------------- - ----------------------- Y + ------------ G - --------- Ta ,
d+n d +n d +n d+n
bu yerda T = Ta + t Y
Y ga nisbatan topilgan IS tenglamasi:
a + e + g 1 b d+n
Y = ----------------- - ------------- G - ----------------Ta - ----------------- R ,
1-b (1-t) + m` 1-b (1-t) + m` 1-b (1-t)+ m` 1-b (1-t) + m`
bu yerda T = Ta + t Y
(1-b (1-t) + m`)/ (d+n) IS egri chizigʻining Y oʻqiga nisbatan ogʻish burchagini
koʻrsatadi va fiskal hamda pul kredit siyosati samaradorligining nisbiy parametrlaridan biri
hisoblanadi.
27.4. LM - egri chizigʻi va uning tenglamasi
LM egri chizigʻi oʻzgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga
keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aks ettiradi.
LM egri chizigʻining har bir nuqtasida pulga talab Md pul taklifi Ms ga teng boʻladi
(liquidity Preferense = Money Supply). Pul bozorida bunday muvozanatga daromad Y
ning oshishi bilan foiz stavkasi R koʻtarilsagina erishiladi.
Ma’lumki, pulga talab miqdoriga foiz stavkasidan tashqari daromadlar darajasi ham
ta’sir koʻrsatadi. Daromadlar yuqori boʻlsa, xarajatlar ham koʻp boʻladi. Bu esa, oʻz
navbatida iste’mol va boshqa xarajatlar uchun pulga talabni oshishiga olib keladi. Shunday
qilib, daromadlar darajasining yuqoriroq boʻlishi pul talabini oshiradi. Boshqacha
aytganimizda, daromad va pulga talab dinamikasi oʻrtasida toʻgʻri bogʻliqlik mavjud.
Pulga talab funksiyasini quyidagicha yozamiz:
M/R= f(R;U)
Pul
bozori
holatini
belgilovchi
koʻrsatkichlar
oʻrtasidagi
bunday
oʻzaro
munosabatlarni 27.5, 27.6-rasmlarda tasvirlaymiz. 27.5-rasmdan koʻrinib turibdiki, pulga
boʻlgan talab, foiz stavkasi pasayishi bilan, shuningdek, daromadlar koʻpayishi natijasida
ham oshadi. Daromadlarning oshishi natijasida pulga talab egri chizigʻi Md1 yuqori surilib,
Md2 holatini egallaydi va unda pul bozoridagi muvozanat nuqtasi, r1 holatidan r 2 holatiga
oʻtadi.
Shunday qilib, yuqoriroq daromad yuqoriroq foiz stavkasiga olib keladi va buni LM
egri chizigʻi aks ettiradi. U pul bozorida foiz stavkasi va daromad oʻrtasidagi
munosabatlarni koʻrgazmali tarzda ifodalaydi. Daromad darajasi qancha baland boʻlsa,
pulga boʻlgan talab shuncha yuqori va shunga muvofiq muvozanatli foiz stavkasi ham
shuncha yuqori boʻladi.
LM egri chizigʻi oʻziga xos konfiguratsiyaga ega: gorizontal qism va vertikal qism.
LM egri chizigʻining gorizantal qismi foiz stavkasi R ning minimal darajasidan pasaya
olmasligini anglatsa, vertikal qism foiz stavkasi R ning maksimal darajasi chegarasidan
tashqarida hech kim oʻz mablagʻlarining likvid (pul) shaklida ushlab turmasligini va ularni
qimmatli qogʻozlarga aylantirishini anglatadi.
R R
LM
R1
R2
Md2
Md1 Y
M M Y1 Y2
27.5-chizma. Pul bozoridagi 27.6-chizm. LM egri chizigʻi muvozanat grafigi
grafigi
LM egri chizigʻi oʻziga xos: gorizontal va vertikal konfiguratsiyaga ega. LM egri
chizigʻining gorizontal kesmasi foiz stavkasi foiz stavkasi R min darajadan pastga tushishi
mumkin emasligini koʻrsatadi. Egri chiziqning vertikal kesmasi foiz stavkasining
maksimal daraja Rmax chegarasidan tashqarida hech kim jamgʻarmalarini likvid (pul)
shaklida ushlab turmaydi va ularni qimmatli qohozlarga aylantiradi. Baholarning
oʻzgarishi hamda pul taklifi hajmidagi oʻzgarishlar LM egri chizigʻining oʻngga yoki
chapga siljishiga olib keladi.
LM egri chizigʻi tenglamasi pulga talab funksiyasini R va Y ga nisbatan yechib
topiladi.
R ga nisbatan LM egri chizigʻi tenglamasi quyidagicha:
R=(k/h)Y - (1/h) (M/P).
Y ga nisbatan LM egri chizigʻi tenglamasi quyidagicha:
Y = (1/k) (M/P) + (h/k) R.
k/h koeffitsiyenti LM egri chizigʻining Y oʻqiga nisbatan ogʻish burchagini
xarakterlaydi hamda fiskal va pul kredit siyosatining nisbiy samaradorligini baholaydi.
Shunday qilib, LM egri chizigʻi oʻzgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida
vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasining kombinatsiyalarini koʻrsatadi.
LM egri chizigʻining har bir nuqtasida pul bozorida talab va taklif oʻzaro teng boʻladi.
27.5. IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat
Bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy muvozanatga erishishning roli va
ahamiyati benihoya kattadir. Makroiqtisodiy muvozanat mamlakat iqtisodiyotining toʻgʻri
yoki notoʻgʻri yoʻldan borayotganligini koʻrsatuvchi omillardan biri boʻlib hisoblanadi.
Chunki, iqtisodiyotda boʻlayotgan doimiy oʻzgarishlar xar qanday mamlakatni ham
iqtisodiy muvozanatdan chiqarib yuborishi mumkin.
Iqtisodiy tizimlardagi ogʻish tovarlar va xizmatlar taqchilligini yoki ortiqcha ishlab
chiqarilganligini, inflyatsiya, ishsizlik va shunga oʻxshash boshqa salbiy hodisalar sifatida
namoyon boʻladi. Ular iqtisodiyot samaradorligining pasayishiga va aholi turmush tarzini
tushib ketishiga olib keladi. Shu sababli ham iqtisodiy muvozanat muammolarini tadqiq
qilish eng muhim vazifalardan biri boʻlib hisoblanadi.
IS-LM egri chiziqlari kesishadigan nuqta IS-LM modelidagi iqtisodiy muvozanat
holatini koʻrsatadi. Bu nuqta oʻzida shunday foiz stavkasi «R» ni va daromad darajasi «Y»
ni aniqlaydiki, bunda tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif hamda real pul
mablagʻlariga boʻlgan talab va ularning taklifi oʻzaro teng boʻladi. (27.7- rasm.)
R
LM
R* IS
Y* Y
27.7-chizma. IS – LM modelidagi iqtisodiy muvozanat
Bu yerda: R*-muvozanatli foiz stavkasi; Y*- muvozanatli daromad hajmi.
IS va LM egri chiziqlarining oʻzaro kesishishi pul taklifi investitsiyalar va
jamgʻarmalarni oʻzaro tenglashtiruvchi foiz stavkasi shakllanishi uchun yetarli ekanligini
anglatadi.
IS egri chizigʻi rejalashtirilgan xarajatlarga bogʻliq boʻlganligi uchun uning
oʻzgarishi fiskal siyosatidagi oʻzgarishlarni xarakterlaydi. LM pul taklifiga bogʻliq
boʻlganligi uchun undagi oʻzgarish monetar siyosat tadbirlari natijasini koʻrsatadi.
Bundan xulosa shuki IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning iqtisodiyotga
birgalikda koʻrsatadigan ta’sirini baholash imkonini beradi. Davlat xarajatlarining oʻsishi
yoki soliqlarning kamayishi IS egri chizigʻini oʻngga siljitadi. Davlat xarajatlarining
kamayishi va soliqlarning oshishi esa bu egri chiziqni chapga siljitadi. Xuddi shuningdek,
pul taklifining oshishi LM egri chizigʻini oʻngga, kamayishi esa chapga siljitadi. IS-LM
modeli ma’lum makroiqtisodiy natijalarga erishishning turli variantlarni koʻrib chiqish
imkoniyatini beradi. Bir bozorda boʻlgan oʻzgarish ikkinchi bozorga ham ta’sir etadi.
Masalan Markaziy bank ochiq bozordan obligatsiyalar sotib ola boshladi. Natijada pul
taklifining koʻpayishi (LM egri chizigʻini oʻngga siljishida aks etib) foiz stavkasining
pasayishini keltirb chiqaradi. Monetar impuls ta’sirida, ya’ni, foiz stavkasining pasayishi
oqibatida investitsiya xarajatlari koʻpayadi va IS egri chizigʻi ham oʻngga siljib yangi
nuqtada muvozanat oʻrnatiladi.
Agar modelda muvozanati LM egri chizigʻining gorizontal (keyns) kesmasida yuzaga
kelsa pul massasining koʻpaytirilishi investitsiyalar, ishlab chiqarish va bandlilikning
oʻsishiga olib kelmaydi. Bu iqtisodiy tizimda aloqalar buzilganligidan dalolat beradi.
Bunda pul taklifining oʻsishi tovarlar bozoriga ta’sir koʻrsata olmaydi, chunki pul bozorida
foiz stavkasini kamaytirish imkoniyati qolmaydi. Bunday vaziyat likvidlilik tuzogʻi
nomini olgan.
“Likvidlilik tuzogʻi vaziyatida kredit (monetar) siyosat yalpi talab va milliy
daromadni ragʻbatlantirish vositasi sifatida kutilgan samarani keltirib chiqarmaydi va shu
sababli, keynschilar fikriga koʻra, (ixtiyorimizda) faqat bir dastak - soliqlar va hukumat
xarajatlari orqali yalpi talabga bevosita ta’sir koʻrsatadigan fiskal siyosatgina qoladi”*.
Agar modelda IS egri chizigʻi LM egri chizigʻining vertikal kesmasidan kesib
oʻtganda yuz bergan boʻlsa pul taklifini oshirish milliy daromadning oʻsishigava foiz
stavkasining pasayishiga olib keladi. Aksinсha, davlat xarajatlarining oshirilishi esa,
keynschilar fikriga koʻra, bu kesmada yalpi talabga va milliy daromad hajmiga ta’sir
koʻrsatmaydi.
* Ивашковкий С.Н. Макроэкономика: Учебник.-2-е изд., доп.- М.: Дело, 2002, с. 219 .
Agar IS egri chizigʻi vertikal koʻrinishda boʻlsa, ya’ni investitsiyalarga talab foiz
stavkasi oʻzgarishiga ta’sirchan (elastik) boʻlmagan, masalan investorlar kelajakdagi bozor
konyunkturasining noaniqligi sababli oʻz investitsiyalari istiqboliga tushkun baho bersalar
investitsion tuzoq yuzaga keladi. Investitsion tuzoq shuni anglatadiki, IS egri chizigʻi
vertikal boʻlganda LM egri chizigʻining siljishlari real daromad miqdorini oʻgartirmaydi.
Bu holatda pul-kredit siyosati yalpi talalab va milliy daromad hajmiga hech qanday ta’sir
koʻrsatmaydi, fiskal siyosat esa samarali boʻladi.
Demak pul- kredit siyosati foiz stavkalari yuqori boʻlganda samarali boʻladi. Fiskal
siyosat esa foiz stavkasi minimal, ya’ni LM egri chizigʻi gorizontal, IS egri chizigʻi esa
vertikal boʻlganda samaraliroq boʻladi. Model yordamida makroiqtisodiy siyosat
variantlarini tanlash, shuningdek, usullarini muvofiqlashtirilgan holda qoʻllash va siqib
chiqarish samaralarini kamaytirish yoʻllarini tahlil etish mumkin.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. IS-LM modeli qanday maqsadga xizmat qiladi va unga ehtiyojni qanday asoslab
berish mumkin?
2. IS-LM modelining asosi boʻlgan tenglamalarni sanab bering va ularga tavsif
bering.
3. IS egri chizigʻining mohiyati nimada va qanday keltirib chiqariladi?
4. LM egri chizigʻining asosiy oʻzgaruvchilari nimalardan iborat va u qanday keltirib
chiqariladi?
5. IS egri chizigʻi tenglamasidagi qaysi parametr fiskal va pul kredit siyosatining
nisbiy samaradorligini belgilaydi va nima sababli?
6. Modelda makroiqtisodiy siyosat yuzaga kelishining shartlari qanday va u siyosatga
qanday ta’sir koʻrsatadi?
8.“Investitsion tuzoq” atamasi qoʻllaniladigan makroiqtisodiy vaziyatni tavsiflab
bering.
9. Soliqlarning tushishini foiz stavkasi, daromad, isteʼmol va investitsiyaga taʼsirini
izohlang.
10. Pul taklifini tushishini foiz stavkasi, daromad, isteʼmol va investitsiyaga taʼsirini
izohlang.