Ish haqqi va mehnat munosabatlari
Mavzuda ish haqi bilan bog‘liq nazariyalar, mamlakatda yaratilgan milliy
mahsulotning taqsimlanish tamoyillari, shakllari, usullari muhim ahamiyat kasb
etadi. Ayniqsa, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab
beruvchi daromadlarning asosiy turi bo‘lgan ish haqini tahlil qilish, ish haqining
iqtisodiy tabiati bilan bog‘liq muammolar, ish haqi shakllari va bozor
munosabatlari sharoitida uning darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, ish haqi
stavkasini tabaqalashtirish masalalari, shuningdek, mehnat munosabatlarining
iqtisodiy mazmuni va ularni shakllantirishda turli shartnomalarning hamda kasaba
uyushmalarining ro‘liga alohida o‘rin beriladi. Shuningdek davlatning ish haqi
siyosati haqida ma’lumotlar berilgan.
Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari.
Mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning taqsimlanish
tamoyillari bo‘yicha turlicha nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir «uch
omil» deb nomlanuvchi nazariya keng tarqalgan bo‘lib, bu nazariyaning
asoschilaridan biri fransuz olimi J.B.Sey «ishlab chiqarishning uch omili» degan
g‘oyani ilgari surib, unda tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat, yer va kapital birga
qatnashadi, ular hamma daromadlar manbai bo‘lib, ushbu daromadlar shu omillar
o‘rtasida taqsimlanadi, deb ko‘rsatadi. Uning bu g‘oyasi amerikalik iqtisodchi olim
J.B.Klarkning qo‘shilgan omil unumdorligi degan g‘oyasiga asos bo‘lib xizmat
qiladi. Klark o‘zining «Boyliklarning taqsimlanishi» nomli asarida yaratilgan
boylik uchala omil o‘rtasida ularning har biri yaratgan mahsulot miqdoriga, ya’ni
unumdorligiga qarab taqsimlanadi, deb ko‘rsatadi.
Sey va Klark g‘oyalarining ijobiy tomoni quyidagilardan iborat:
- kapital, yer va ishchi kuchi jonli mehnatning har uchalasi tovar yoki
xizmatning nafliligini yaratishda qatnashishi ko‘rsatiladi;
- yaratilgan naflilik miqdori bilan bu uchala omilning miqdori va unumdorligi
o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi, agar bu uchala omil bir-biriga mos ravishda miqdor
va sifat jihatidan oshsa, tovarlar va xizmatlar hajmi ham ko‘payishi asoslanadi.
Ammo bu g‘oyalarning kamchiligi ham mavjud, chunki ularning yuqorida
aytib o‘tgan g‘oyalari hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi.
1. Sey va Klark iqtisodiyot nazariyasi hali yetarli darajada rivojlanmagan
davrda yashab, ijod etganliklari uchun, tovar va xizmatlarda gavdalangan
mehnatning ikki yoqlama tavsifini va undan kelib chiquvchi tovarning ikki xil
xususiyatini tushunmaganliklari tufayli, kapital va yer tovar nafliligini yaratishda
passiv ravishda qatnashsada, qiymat yaratmasliklarini, ular faqat amortizatsiya
ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga jonli mehnat ta’sirida o‘tkazishini, yangi
qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishini ko‘rsatib berolmaganlar.
2. Klark tomonidan yaratilgan qo‘shilgan mehnat unumdorligining kamayib
borish qonuni turli omillarning bir-biriga mosligi ta’minlanmagan, xarajatlar
oshirib borilgan hamda ilmiy- texnika taraqqiyoti mutlaqo to‘xtab qolgan davrga
mos kelib, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri
kelmaydi.
3. Sey va Klark aytganlaridek, hozirgi davrda yaratilgan milliy mahsulotning
hammasi bu uchala omilning miqdori va unumdorligiga qarab taqsimlanmaydi,
balki uning amortizatsiya ajratmalari, markazlashgan fondlar tashkil qilingandan
qolgan qismi shu omillarga qarab uning egalari o‘rtasida taqsimlanadi.
Shuningdek boshqa oqim vakillari lassalchilar mehnat hamma boylikning va
madaniyatning manbaidir, shuning uchun hamma daromad jamiyat a’zolari
o‘rtasida teng taqsimlanishi zarur, deb ko‘rsatadilar. Lassalchilar, birinchidan,
boylik faqatgina mehnatning natijasi bo‘lmasdan, uni yaratishda yer va tabiiy
resurslar hamda kapital qatnashishini, ya’ni uning nafliligi har uchala omil natijasi
ekanligini unutdilar. Ikkinchidan, ularning yaratilgan mahsulotni barcha jamiyat
a’zolari o‘rtasida teng taqsimlash zarur degan g‘oyalari mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lib,
bunday holatda mahsulotni ko‘paytirishga ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida hech
qanday qiziqish bo‘lmasligi o‘z-o‘zidan tushunarlidir.
Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlar va amaliy tajribalarni hamda
hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar
talablarini hisobga olib, yaratilgan mahsulotni taqsimlashning quyidagi asosiy
yo‘nalishlarini ko‘rsatishga harakat qilamiz:
1) daromadlarni taqsimlash doim bir xil bo‘lmay, balki shu davrda amal qilib
turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan mulkchilik munosabatlariga
bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga
mulkchilikning turli shakllari, yerga esa davlat mulki mavjud bo‘lgan sharoitda
yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi
kuchining egasi bo‘lgan ishchi-xizmatchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda
daromadlarning bir qismi albatta umumjamiyat manfaatlarini ko‘zlab ish olib
boruvchi davlat ixtiyoriga kelib tushadi;
2) milliy mahsulotdan eng avvalo shu mahsulotni yaratishda qatnashgan
ishlab chiqarish vositalarining qiymati, aniqrog‘i, amortizatsiya summasi ajratib
qo‘yiladi, chunki bu summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini, ya’ni kapitalni
qayta tiklash uchun zarurdir;
3) turli xil tabiiy ofat va favqulodda hodisalarning ta’sirini bartaraf qilish,
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni bir maromda to‘xtovsiz amalga oshirishni
kafolatlash uchun sug‘urta fondlari, qariyalar, bolalar, nogironlar va turli boshqa
kam ta’minlangan oilalarni himoya qilish uchun nafaqa hamda ijtimoiy himoya
fondlariga ajratiladi;
4) davlatni boshqarish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash, aholining
tinch hayotini va mehnatini qo‘riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni,
ta’lim tizimini, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi.
Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi bozor
iqtisodiyoti sharoitida kapital, yer egalari va ishchi kuchi egalari o‘rtasida
taqsimlanadi va jamiyat a’zolarining ixtiyoriga kelib tushadi. Chunki bu jarayon
natijasida ishlab chiqarishda qatnashgan ishchi kuchi egasi va boshqa omillar
egalari-mulkdorlarning mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ularning omilli
daromadlari sifatida shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi
daromad turlari ko‘rinishini oladi.
Ish haqining iqtisodiy mazmuni, turli nazariyalar hamda uni tashkil etish
shakllari va tizimlari.
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning ma’lum qismi, ya’ni ishchi va
xizmatchilarga, ya’ni ishchi kuchiga tegishli qismi uning ishlab chiqaruvchilari
o‘rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadi, bu esa
o‘z navbatida ish haqi deb yuritiladi. Ish haqi hozirgi davrda barcha mamlakatlar
iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham iqtisodchi olimlar ish
haqining mazmuniga katta e’tibor beradilar. Ish haqining mazmunini aniqlashda
turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga har xil ta’rif beradilar.
D.Rikardo va T.Maltuslarning «Yashash uchun vosita minimumi»
konsepsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi
bilan bir xil deb hisoblanadi. Lekin bunday qarash to‘g‘ri emas. Bu minimum o‘z
ichiga ishchi kuchi shakllanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar
tug‘dirgan ehtiyojlarni ham oladi. Shu bilan birga ishchi kuchi narxining quyi
chegarasini yashash uchun zarur vositalar miqdorining minimumi bilan aniqlash,
ishga yonlovchilarning ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga intilishiga
olib kelishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning xo‘jalik
amaliyotidagi ish haqining darajasini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ishchi kuchi
bozorida real ish haqining o‘rtacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar
minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada o‘rnatilgan.
Qiymatning mehnat nazariyasi namoyondalari ishchi kuchini alohida, o‘ziga
xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bo‘lgan ishchi
kuchi qiymatining o‘zgargan shakli, ya’ni puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni
ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalari
qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur g‘oya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga bir
qator omillar, avvalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining madaniy rivojlanishi,
ularning malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy takror ishlab
chiqarish sharoitlari ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga bu g‘oyada hayotiy
ehtiyojlar hamda ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy,
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga bog‘liqligi
ta’kidlanadi. Bu fikrlar hozirgi davrda ham ko‘pgina ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi
olimlar
tomonidan
ma’qullanib
kelinmoqda.
Masalan,
A.F.Shishkin,
E.F.Borisovlar o‘zlarining «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida ish haqini ishchi
kuchi tovar qiymatining puldagi ifodasi deb ta’riflaydilar [1, 2]. Bu mualliflar o‘z
fikrlarini asoslashda ko‘pgina olimlar mehnat jarayoni bilan ishchi kuchining
farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb fikr yuritishini
tanqid qilib, bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotilishini, bu
jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq to‘lashga o‘xshab ko‘rinishini isbotlashga
harakat qilganlar. Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi»
sifatida qarash, aniq ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning unumdorligi,
mehnat intensivligi, talab va taklif kabi omillarning ta’sirini yetarli hisobga
olmaydi.
Hozirgi iqtisodiyot nazariyasida ayrim mualliflar (jumladan, «Ekonomiks»,
V.D.Kamayev rahbarligida nashr etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligi va
boshqalarda) [3, 4] ish haqini mehnat narxi sifatida, ayrimlari esa [5, 6] mehnat
bozoridagi talab va taklifning muvozanat narxi sifatida talqin etadilar. Bunda ular
asosan bozorda mehnat sotiladi degan tushunchaga asoslanishadi. Mehnat ishchi
kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo‘lib, mehnatni
ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan bog‘lashga harakat qilganlar. Ish
haqining mazmuni to‘g‘risidagi turli nazariyalarni umumlashtirish orqali quyidagi
xulosalarni chiqarish mumkin.
1. Ish haqi to‘g‘risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish
xususiyati mavjud bo‘lib, uning murakkab va ko‘p qirrali iqtisodiy jarayon ekanligi
ma’lum darajada e’tibordan chetda qolgan. Lekin bu nazariyalarning har birida ish
haqining u yoki bu tomoniga to‘g‘ri baho berilgan bo‘lib, ularda foydalanish
mumkin bo‘lgan ijobiy mazmun mavjuddir.
2. Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning
erishgan darajasiga, ya’ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi,
uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Chunki shu
mahsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi.
Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo‘ladi.
3. Ish haqining miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining
o‘zini, oila a’zolarini boqishga yetadigan darajada bo‘lishi lozim.
4. Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnati
unumdorligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
5. Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonada ishlab chiqarishning
erishgan darajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir
ishchiga to‘g‘ri kelgan miqdori bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham u mehnat
miqdori, malakasi bir xil bo‘lsa-da, turli korxonalarda turlicha miqdorda bo‘lishi
mumkin.
Ish haqi-ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va
unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.
Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan
chambarchas bog‘liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat
sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol
me’yori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlashdan iboratdir. Ish haqining mazmunini
to‘laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish zarurdir.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki
unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu
sababli nominal va real ish haqi farqlanadi.
Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul
shaklidagi ish
haqi.
Real ish haqi-bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va
xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi-bu nominal ish haqining
«xarid etish» qobiliyati. O‘z-o‘zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga
hamda xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar narxiga bog‘liq. Shunday ekan, real
ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda, nominal ish haqiga to‘g‘ri
mutanosibdir hamda iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari
mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:
Vn
R
bu yerda:
Vr - real ish haqi;
Vn - nominal ish haqi;
R - iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi.
Nominal ish haqi ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa
xodimlarning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi.
Ish haqi aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismlaridan birini tashkil qilib,
u kelajakda ham o‘zining yetakchi o‘rnini saqlab qoladi.
Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga
qarab to‘lanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini aniq hisoblab
bo‘lmaydigan, balki ular aniq vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan
vaqtda (muhandis-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar
va shu kabilarga haq to‘lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik
jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog‘liq bo‘lmagan
vaqtlarda (konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo‘llaniladi.
Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay
shakllari farqlanadi. Uning turlarini quyidagi (12.1-rasm) da ko‘rish mumkin.
Ish xaqqi shakllari va tizimlari.
Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki
bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun
to‘lanadigan ish haqi miqdori, tarif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga
taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Ish haqi tizimi o‘z ichiga haq to‘lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini
hisobga oladigan turlari majmuini oladi. Jumladan:
- oddiy ishbay haq to‘lash tizimida ishlab chiqarish me’yori qay darajada
bajarilishidan qat’iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif
bo‘yicha to‘lanadi;
- mukofotli ishbay haq to‘lash tizimi bir qancha ko‘rsatkichlar, ya’ni reja
topshirig‘idan ortiqcha hajmda ishlab chiqarilganligi, yuqori sifat darajasi
ta’minlanganligi va boshqalar uchun mukofot berishni nazarda tutadi;
- o‘sib boruvchi ishbay haq to‘lashda ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor
doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif
bo‘yicha ish haqi beriladi, me’yordan yuqorisiga esa oshirilgan haq yoki tarif
bo‘yicha pul to‘lanadi.
Shuningdek ishbay ish haqi tizimida yakka va jamoa tartibdagi mehnatga haq
to‘lash farqlanadi. Bunda olingan tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab
chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to‘lanadi. Haq to‘lashning jamoa shaklida
ish haqi mavjud bo‘linmaning pirovard mehnat natijalariga bog‘liq qilib qo‘yiladi.
Bunda har bir xodim faqat o‘ziga berilgan shaxsiy topshiriqlargagina emas,
bo‘linmaning butun ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor bo‘ladi.
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi
yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat
mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar
malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi
tartibga solib turiladi.
Tarif tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil
tavsifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan
talablardan iborat bo‘ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo‘yiladigan
razryadlar ham ko‘rsatiladi;
- tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham bo‘lib, ular
birinchi razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga
haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti
hamma vaqt birga teng bo‘ladi);
- tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo‘lgan ishchining mehnatiga
to‘lanadigan haq miqdorini belgilab beradi;
- mehnat qilish sharoiti og‘ir va zararli bo‘lgan ishchilarga tarif stavkasiga
qo‘shimcha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq
(razryadlar bo‘yicha farqlantirilgan) kasbiy mahorat uchun belgilanadi.
Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va
mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yetakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni
jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bo‘lishini
ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi ko‘zlanadi.
Rеspublikаdа tаrif sеtkаsi 22 ta rаzryaddаn tаshkil tоpgаn. Ishchilar
mеhnаtini 1-8 rаzryadlаr аsоsidа, mutаxаssis vа xizmаtchilаr 9-16 rаzryadlаr
bo,yichа, yuqоri lаvоzimli xizmаtchilаr esа 17-22 razryadlar bo,yichа ishgа qаbul
qilinadilar vа ulаrgа shu rаzryadlаri аsоsidа ish haqi to’lanadi. Respublikada
aholini ijtimoiy himoyalashni ta’minlash maqsadida iqtisodiy rivojlanishdagi
inflyatsiya jarayoni darajalarini e’tiborga olgan holda ish haqining eng past
darajasini belgilash asosida oshirib borilmoqda. Shuningdek tarif tizimi orqali ish
haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi to‘lashning yagona
razryadlari aniqlangan. Narxlar o‘sishi bilan minimal ish haqi darajasi (1-razryad)
hamda barcha razryadlar ular o‘rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi.
21 may 2019 yilda «Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar
miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» PF-5723 sonli
Prezident Farmoni qabul qilindi.
2020-yil 1-fevraldan boshlab ish haqining eng kam miqdori o‘rniga quyidagi
miqdorlar belgilandi:
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori - 679 330 so‘m;
- bazaviy hisoblash miqdori - 223 000 so‘m;
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori - 238 610 so‘m;
- eng kam yoshga doir pensiyalar - 466680 so‘m;
- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 466680 so‘m;
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz
fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 286390 so‘m miqdorida belgilandi.
Bunda: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori maosh, ustamalar,
qo‘shimcha haq, gonorar, qo‘shimcha ish uchun kompensatsiya to‘lovlari va
rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarning boshqa turlari, shuningdek, qonunchilikda
belgilangan ushlanmalar, ilgari eng kam ish haqiga nisbatan belgilab qo‘yilgan
boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlashda hamda oilalarning ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik bo‘yicha nafaqalar miqdorini aniqlashda
qo‘llaniladi.
Mehnat munosabatlarining
iqtisodiy mazmuni va kasaba
uyushmalarining o‘rni.
Mehnat munosabatlari-ish beruvchilar va yonlanma ishchilar o‘rtasidagi
mehnat sharoitlari va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha munosabatlardir.
Ishga yonlash bo‘yicha korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi
munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari-
korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi ishga yonlash bo‘yicha munosabatni
namoyon etuvchi va tartibga soluvchi huquqiy hujjat. Mehnat shartnomalari avvalo
ish haqi stavkasi, me’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish
kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog‘liqni saqlashga ajratmalar hamda
narxlaming o‘zgarishini hisobga olib iste’mol savati qiymatini tartibga solish kabi
jihatlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek mehnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi
va qator tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga,asosan
uch yilga tuziladi. Ayrim hollarda davlat ham korxona ma’muriyati va ishchilar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga, masalan, ish tashlash masalalariga tegishli
munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo ish tashlash huquqi «Iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro pakt»da mustahkamlangan asosiy
ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh
masala ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini
yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar hisoblanadi.
Bu muammolarni hal qilishda asosiy ro‘l kasaba uyushmalariga tegishli bo‘ladi.
Aksariyat ishchi kuchi bozorlarida ishchilar o‘zlarining ishchi kuchini kasaba
uyushmalari orqali jamoa bo‘lib taklif qiladilar. Kasaba uyushmalari nisbatan ko‘p
sonli ishga yonlovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy
vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo‘ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga
turli xil yo‘llar bilan erishishi mumkin.
1. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirish. Kasaba uyushmalar nuqtai
nazaridan ish haqini oshirishning eng qulay usuli ishchi kuchiga bo‘lgan talabni
kengaytirish hisoblanadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabning ortishi natijasida ish
haqi stavkasi ham, ishchi o‘rinlari soni ham ortadi. Kasaba uyushmalari bu talabni
belgilovchi bir yoki bir necha omillarni o‘zgartirish yo‘li bilan ishchi kuchiga
bo‘lgan talabni ko‘paytirishlari mumkin: ishlab chiqariladigan mahsulot yoki
ko‘rsatiladigan xizmatga talabni oshirish; mehnat unumdorligini oshirish; ishchi
kuchi bilan birgalikda foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini
o‘zgartirish.
2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish. Kasaba uyushmalari ishchi kuchi
taklifini qisqartirish yo‘li bilan ish haqi stavkasini oshirishlari mumkin. Bunga
quyidagi yo‘llar bilan erishiladi: immigratsiyani cheklash; bolalar mehnatini
qisqartirish; pensiyaga muddatida chiqishni qo‘llab- quvvatlash; ish haftasini
qisqartirishga yordam berish. Bulardan tashqari kasaba uyushmalari tadbirkorlarni
o‘z a’zolarini ishga yollashga majbur qilib, ishchi kuchi taklifi ustidan to‘liq
nazorat o‘rnatadi. Kasaba uyushmalari o‘z a’zolari sonini qisqartirish siyosati
orqali ishchi kuchi taklifini sun’iy ravishda qisqartiradi. Bu, o‘z navbatida, ish haqi
stavkasining ortishiga olib keladi.
3. Kasb bo‘yicha malaka darajasini litsenziyalash. Bu ma’lum mehnat turi
taklifini cheklash vositasi hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmalari korxona
ma’muriyatiga ma’lum kasbdagi ishchilar aniq ko‘rsatilgan talablarga javob bergan
taqdirda ishga qabul qilishga ta’sir ko‘rsatadi. Bu talablar o‘z ichiga ishchining
ta’lim darajasi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji, imtihon natijasi va shaxsiy
tavsiflarini oladi.
4. Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga ega
bo‘lgan tadbirkorlarga qarshilik ko‘rsatish yo‘li bilan ham ish haqi stavkasini
oshirishga erishishi mumkin. Buning natijasida ish haqini oshirish bilan bog‘liq
qo‘shimcha sarflar, yangi ishchi kuchini yonlash natijasida olinadigan qo‘shimcha
mahsulot hajmidan ortiq bo‘ladi.
Kasaba uyushmalari o‘zlarining iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishlarida
manfaatlari
himoya
qilinayotgan
ishchilar
guruhining
kasbiy
ixtisosligi
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yopiq yoki ochiq turda tashkil etilishi
mumkin. Yopiq turdagi kasaba uyushmalari ish haqi darajasini oshirish uchun
ishchi kuchi taklifini qisqartirishga harakat qiladilar. Bu ko‘proq ma’lum kasb
egalari, masalan, duradgorlar, elektr payvandchilar kabilarni o‘ziga birlashtiruvchi
bo‘lim kasaba uyushmalari tarzida tashkil etiladi. Bo‘lim kasaba uyushmalari ish
beruvchilarni faqat mazkur kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lgan ishchilarni yonlashga
majbur etib, shu orqali ishchi kuchi taklifi ustidan nazorat o‘rnatadilar. Zarur holda
kasaba
uyushmasiga
a’zolikni
qisqartirish orqali ishchi kuchi taklifini sun’iy yo‘l bilan qisqartiradilar. Bunda ular
quyidagi yo‘llardan foydalanishlari mumkin:
- o‘qitish, kasbga tayyorlash muddatini cho‘zish;
- kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lish badallarini oshirish;
- yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki umuman taqiqlash va
boshqalar.
Bu tadbirlar asosida ishchi kuchi taklifini qisqartirish hamda ish haqi
darajasini oshirish jarayonini quyidagi rasm orqali ko‘rish mumkin (12.2-rasm).
Yopiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, kasaba uyushmalari ishchi kuchi taklifini S1S1
dan S2S2 ga qadar qisqartirish orqali ish haqi darajasini W1 dan W2 ga qadar
oshirishga erishadilar. Biroq, ishchi kuchi taklifining pasayishi yollangan ishchilar
sonining Q1 dan Q2 ga qadar qisqarishiga olib keladi.
Aksariyat kasaba uyushmalari o‘z a’zolari sonini cheklashga harakat
qilmaydilar. Aksincha, ular barcha mayjud yoki keyinchalik yollanuvchi
ishchilarni birlashtirishga harakat qiladilar. Bu ochiq turdagi kasaba uyushmalari
uchun xos bo‘lib, tarmoqdagi barcha ishchilarni, ularning malakasidan qat’iy
nazar, o‘z saflariga a’zo bo‘lishiga intiladilar. Bu o‘rinda, agar kasaba uyushmasi
a’zolari faqat malakali mutaxassislardan tarkib topsa, uni yopiq tarzda tashkil etish
ham mumkin bo‘ladi.
Chunki ish beruvchilar bu qadar katta miqdordagi malakali mutaxassislarni
ishdan bo‘shatib, ular o‘rniga boshqalarini qabul qilish imkoniyatiga ega
bo‘lmaydilar. Biroq, o‘ziga malakasiz yoki past malakali ishchilarni birlashtirgan
kasaba uyushmasi a’zolikni cheklay olmaydi, bunday holatda ish beruvchilar bu
ishchilarni kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lmagan ishchilar bilan almashtirish
imkoniyatiga ega bo‘lib, bu holat kasaba uyushmasining amal qilish zaruratini
yo‘qqa chiqaradi. Agar tarmoq kasaba uyushmasi mazkur tarmoqdagi deyarli
barcha ishchilarni birlashtira olsa, u holda ish haqi darajasi bo‘yicha shartnoma
tuzishda kasaba uyushmalari korxona ma’muriyatini o‘z ta’siri doirasida ushlab
tura oladi. Ma’muriyat tomonidan ularning shartlari inkor etilgan holda, ishchilarni
ish tashlashga undash orqali kasaba uyushmalari korxonani ishchi kuchi taklifidan
to‘liq mahrum etishi mumkin.
Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’sirini quyidagi
chizma orqali ko‘rish mumkin (12.3-rasm).
Ochiq turdagi yoki tarmoq kasaba uyushmasi deyarli barcha ishchilarni o‘z
tarkibiga kiritish orqali ishchi kuchi taklifini nazorat qilib, ish haqi darajasini erkin
raqobat sharoitidagi W1 dan W2 ga qadar oshiradilar. Natijada ishchi kuchi taklifi
egri chizig‘i SS dan W2aS ga siljiydi. W2 ish haqi darajasida ish beruvchilar
bandlik darajasini Q1 dan Q2 ga qadar qisqartiradilar.