Ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish va rivojlantirish
Yuklangan vaqt
2024-06-27
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
39,3 KB
Ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish va rivojlantirish
Reja:
1.Ish joylari va ularning turkumlanishi
2.Ish joyini tashkil etilishi.
3.Ish joylarini ixtisoslashtirish
4.Ish joylarini rejalashtirish.
5.Ish joylarini uskunalash va jixozlash xamda ularga qo‘yiladigan.
6.Ish joylariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.
5.1. Ish joylari va ularning turkumlanishi (klassifikatsiyasi)
Ishlab chiqarish hududining bitta ish bajaruvchiga yoki bir guruh ishchilarga
ajratib berilgan hamda mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun
kerakli bo‘lgan mehnat qurollari va mehnat predmetlari bilan yetarli ta’minlangan
maydoni (uchastkasi) ish joyi, deb ataladi.
Ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat ko‘rsatish mehnatni tashkil etish va
normalashning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Mehnat qanday shaklda
bo‘lmasin, doim xodimning ish joyida qiladigan harakatlar yig‘indisidan iborat
bo‘ladi. Demak, mehnat samaradorligi ish joyini tashkil etish va unga xizmat
ko‘rsatish holati hozirgi zamon talablari darajasiga to‘la javob berishiga ham bog‘liq.
Har bir ish joyi ish vaqtini, aqliy va jismoniy kuchni kam sarflab, yuqori unumli
va samarali ish qilishga maksimal darajada moslashtirilgan bo‘lishi lozim.
Ish joylarini tashkil etish choralari deganimizda ularni asosiy texnologik
uskunalar, texnologiya jihozlari, transport vositalari, ish uchun jihoz - mebel, aloqa
va signalizatsiya vositalari bilan yetarli ta’minlashni tushunamiz.
Bundan tashqari, ish joyida mehnatni tashkil etish bu boradagi usul va
uslublarni takomillashtirishni, mehnat uchun qo‘lay shart - sharoit yaratilishini
hamda mehnatni tashkil etishning boshqa elementlarini amalga oshirishni ko‘zda
tutadi. Bu tadbirlar, eng avvalo, asbob - uskunalardan yaxshi foydalanishga, unumli
ishni ta’min etishga, ishlab chiqarish davrini qisqartirishga yordam beradi.
Ish joylari shu yerda bajariladigan mehnatning o‘ziga xos xususiyatiga,
ishlatiladigan asbob-uskunalarga, birgalashib ishlovchi xodimlar soniga, ish
joylarini ixtisoslashtirish darajasiga, ko‘chish va ko‘chmasligiga, qaerda
joylashganiga qarab bir-biridan farq qiladi.
Mehnat
xarakteriga
qarab,
ish
joylari
qo‘l
kuchi
ishlatiladigan,
mexanizatsiyalashtirilgan, mashinalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ish joylariga
bo‘linadi. Qo‘l kuchi ishlatiladigan ish joyining xarakterli xususiyati shundaki, unda
xodim texnologik jarayonlarni eng sodda(oddiy) asboblar va uskunalar ishlatish
vositasida bajaradi. Tikuvchilik korxonasidagi bichuv qaychisi bunga misol bo‘lishi
mumkin. Bichuvchi o‘z ishini qaychi ushlab, faqat qo‘l kuchi bilan bajaradi yoki
bo‘lmasa jihozning qismlarini va uzellarini qo‘l bilan yig‘ish haqida ham shunday
deyish mumkin.
Bunday ish joylarida bajariladigan ishlar, xizmatlar nafaqat o‘zlarining
sermehnatligi bilan ajralib turadi, bunday ish joylarida, odatda, mehnat samardorligi
(unumdorligi) ham uncha yuqori bo‘lmaydi. Shuni ham eslatish joizki, ishlab
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sohasidan qo‘l kuchi ishlatiladigan ish joylarini
mutlaqo yo‘qotib bo‘lmaydi. Hatto to‘la avtomatlashtirilgan jarayonlarda ham
avtomatik tizimni rostlash (naladka) va tartibga solish (regulirovka) kabi ishlar ko‘p
hollarda qo‘lda bajariladi.
Mexanizatsiyalashtirilgan ish joyida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish
operatsiyalari mexanizmlar vositasida amalga oshiriladi. Bu yerdagi mexanizmlar
kishi qo‘li bilan harakatga keltiriladi va u mashina-qo‘l kuchi ishlatiladigan ish joyi
deb ataladi. Tikuv mashinasida tikish, metallsozlik va yog‘ochsozlik jihozlarida
qismlarni (detallarni) qo‘lda uzatib ishlash va h.k.lar bunga misol bo‘la oladi.
Bu holdagi ish joylarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, xodim ish
joyida ishlatilayotgan xom ashyolarning o‘zgarishiga o‘z kuchini sarflamaydi, ularga
ta’sir o‘tkazmaydi, faqatgina yordamchi ishlar, mexanizatsiyalashgan ish joylarida
texnologik jarayonlar mashina yoki mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi.
Xodimlar bu jarayonlarda bevosita qatnashadilar, lekin ularning faoliyatlari asosan
mehnat vositalarini boshqarishga (xom ashyolarni jihozga o‘rnatish, jihozlarni
yurgizish va to‘xtatish, mashina (jihoz) mexanizmlarining ishlashini nazorat qilish,
tayyorlangan mahsulot yoki bajarilgan xizmatning sifatini tekshirish, ishlov berilgan
qismlarni, tayyor mahsulotlarni jihozlardan tegishli joyga olib qo‘yish kabi ishlarga)
qaratilgan bo‘ladi.
Texnologik jarayon oldiga kuygan maqsadga mashina vositasida erishilsa,
ishchining vazifasi mashinani qo‘l bilan boshqarib borishdangina iborat bo‘lsa,
bunday o‘ringa, mashinalashtirilgan ish joyi, deyiladi. Misol tariqasida Toshkent
to‘qimachilik mashinosozligi korxonasidagi tokarlik-karusel stanogini ko‘rsatish
mumkin. Bunda barcha ishlab chiqarish operatsiyalarini mexanizm bajaradi, ishchi
esa tugma (knopka)li mexanizm orqali jihozning ayrim qismlarini idora qiladi, xolos.
Avtomatlashtirilgan ish joyida detallarga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha ishlar, ularning ishlov berilgan qismini ko‘chirish, ish sifatini nazorat qilish,
shuningdek, mashinaning o‘zini idora qilish ham avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Ishchi
esa avtomatik jihozlarni yuritish, to‘xtatish, mexanizmlarining to‘g‘ri ishlashini, o‘z
vaqtida ish bilan ta’minlab turilishi va tayyor mahsulotlarning tushirilishini hamda
nazorat-o‘lchov apparatlari ko‘rsatkichlarini nazorat qilib (kuzatib) turadi, xolos.
Jihozning avtomatik ishlash vaqti ancha davomli bo‘ladi. Bunday holat esa, o‘z
navbatida, bir xodim tomonidan ko‘p avtomatik-jihozlarga xizmat ko‘rsatish
imkoniyatini yaratadi.
Birgalikda ishlovchi ishchilar soniga qarab, bitta ishchi ishlaydigan yakka ish
joylari va bir necha ishchi ishlaydigan jamoa yoki brigada ish joylari bo‘ladi.
Ixtisoslashtirilganlik darajasiga qarab, ish joylari yakka, seriyali va ommaviy
turlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish turiga qarab, har bir ish joyiga ma’lum hajmdagi
ishlab chiqarish operatsiyalari biriktiriladi. Shu munosabat bilan ish joylari
ixtisoslashtirilgan, universal va maxsus ish joylariga ajratiladi.
Ko‘chish-ko‘chmasligiga qarab, ish joylari statsionar va ko‘chma ish joylariga
bo‘linadi. Masalan, to‘quv korxonasidagi buyoqchining ish joyi statsionar bo‘lsa,
avtomobil mashinasiga o‘rnatilgan ta’mirlash ustaxonalarida, radio-televedenie
ishxonalaridagi ish joylari ko‘chma ish joyi bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatilganlaridan tashqari, boshqa xil ish joylari ham bor. Masalan,
ishlab chiqarish turlariga qarab bo‘linadigan asosiy, qo‘shimcha, yordamchi ish
joylari, smenalar soniga qarab, bir smenali, ko‘p smenali, shuningdek, xodimning
ish vaziyatiga qarab, o‘tirib, tik oyoqda, goh o‘tirib, goh tik oyoqda ishlaydigan,
joylashgan o‘rniga qarab bino ichidagi, ochiq havodagi, balandlikdagi, bino ostidagi
va h.k. ish joylari bo‘ladi.
Ish joylarida xizmat ko‘rsatiladigan jihozlar soniga qarab, bir jihozli yoki ko‘p
jihozli ish joylari bor. Bir jihozli ish joylari mashinasozlik va metallsozlik
korxonalariga mos bo‘lib, ko‘p jihozli ish joylari sanoatning to‘qimachilik, trikotaj,
yengil va oziq-ovqat tarmoqlaridagi korxonalarda keng tarqalgandir. Ishlab chiqarish
yoki xizmat ko‘rsatish operatsiyalarining qaytarilib turishiga va ishlab chiqarish
turlariga (tiplariga) qarab, yakka, seriyali, mayda va katta seriyali hamda ommaviy
ishlab chiqarish ish joylari mavjud.
Ish joylari shu joydagi mehnat xarakteriga karab chilangar, payvandchi,
yig‘uvchi, operator, muhandis, texnik, to‘quvchi, bo‘yoqchi kabi ish joylariga
bo‘linadi.
Umuman olganda, har qanday ish joyi ham quyidagi asosiy talablarga javob
berishi joiz:
1.
Ish joyini tashkil etishda amaldagi sanitariya normalariga, uskunalardan
foydalanish, texnika xavfsizligi, sanoat estetikasi va h.k.lar to‘g‘risidagi ko‘rsatma
va qoidalarga to‘la rioya qilinishi zarur.
2.
Ish joyi maydonining hajmi oldindan puxta hisoblab belgilanishi, ishni ijro
qiluvchi kishi amallarni siqilmasdan, erkin harakat qilib bexavf bajaradigan, bu
jarayonda va umuman, asbob-uskunalardan, jihozlardan, xom ashyolardan
foydalanishda maydon doirasida bir joydan ikkinchi joyga bemalol jila oladigan
bo‘lishi shart.
3.
Signal va aloqa tartibi (sistemasi) ijrochi bilan usta (rahbar)ning hamda
ijrochi bilan sex ichidagi xodimlarning bir-birlari bilan doim xabarlashib turishlarini
ta’min etadigan bo‘lishi zarur.
4.
Asosiy va yordamchi asbob - uskunalar va moslamalar ijrochini ortiqcha
harakat
qildirmaydigan,
ulardan
foydalanishda
hech
qanday
xavf-xatar
tug‘dirmaydigan, ish yoki xizmat ko‘rsatish uchun qulay keladigan qilib
joylashtirilishi kerak.
5.2. Ish joyining tashkil etilishi
Odatda, yuqori mehnat unumdorligi (samardorligi)ning asosiy shartlaridan
biri – bu, ish joyini tashkil etishdir.
Ish joyi - xohlangan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonining
dastlabki bo‘g‘inidir. Bu bo‘g‘inda ishlab chiqarish jarayonining moddiy -
texnika predmetlari insonning har xil mehnat faoliyati qo‘shilishi va ta’sir etishi
natijasida o‘z shakli yoki tarkibini o‘zgartiradi. Har bir ish joyi uchta element
yig‘indisidan iborat: mehnat predmeti, mehnat vositalari va insonning aniq
maqsadga qaratilgan faoliyati. Ammo, bu uchala elementning asosiy va
harakatlantiruvchi kuchi – mehnat, ya’ni yuqorida ko‘rsatilganidek, insonning
ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan aniq faoliyatidir.
Ish joyini tashkil etish deganda,har bir ish joyida yuqori mehnat unumdorligiga
erishish uchun zarur bo‘lgan hamma sharoitlarni ta’minlash bilan bir qatorda,
jihozning texnikaviy imkoniyatlaridan to‘la foydalanishni, mehnatning mazmunini
boyitishni, xodimning sihat-salomatligini ehtiyot qilishni ta’minlashga qaratilgan
kompleks tadbirlar rejalarini ishlab chiqish tushuniladi.
Har bir ish joyining maqsadga muvofiq tashkil etilishi ishchi o‘z vazifasini
bajarishiga qulaylik tug‘dirishi, ish vaqtining bekor ketmasligini, isrof bo‘lmasligini
ta’minlashi, ishlab chiqarishda madaniy va sog‘lom mehnat vaziyatini vujudga
keltirishi lozim.
Har bir xodim yoki rahbar o‘ziga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarish
uchun uning ish joyi to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lishi kerak. Texnika va ish kuchidan
samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, tayyorlangan mahsulotning
yoki ko‘rsatilgan xizmatning sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirish ko‘p
jihatdan ish joyining to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. Korxonadagi ish joyi mehnatni
tashkil etish tizimining g‘oyat muhim bug‘inidir, chunki u har bir xodimning o‘z
mehnatini bevosita sarf qiladigan ishlab chiqarish maydonidir. Tabiiyki, bunda sarf
qilinadigan mehnatning samarali bo‘lishi shu maydonning yaxshi, maqsadga
muvofiq va qulay tashkil etilishiga bog‘liq.
Ish joyining yaxshi tashkil etilmasligi natijasida ishlab chiqarishda ko‘p
nobudgarchiliklar yuz beradi. Bu nobudgarchliklarning sabablari yuzaki qarashda
ahamiyatsiz bo‘lib ko‘rinsa - da, aslida juda xunuk natijalarga olib keladi. Masalan,
xom ashyolarning noqulay joylashtirilishi natijasida ishchi ortiqcha, keraksiz
harakatlar qilishga majbur bo‘ladi va bunga ko‘p vaqt yo‘kotadi, qurol - asboblar,
uskunalar saqlanadigan idishda tartib bo‘lmasa, ular aralash - quralash bo‘lsa,
ishchining zarur asbobni qidirib topishga ancha vaqti ketadi, u asabiylashadi va
h.k.lar.
Ish joyini tashkil etishda quyidagi asosiy talablarga e’tibor berish lozim:
1. Ish joyida zarur uskunlar, qurol-asboblar, xom ashyolar, zarur bo‘lganda
jihoz ham ishchi o‘z vazifasini bajarishi uchun yetarli miqdorda taxt turishi kerak.
Bu ashyolardan bittasining ham yetarli miqdorda bo‘lmasligi vaqt bekor
sarflanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, ularning keragidan ortiqcha bo‘lishi ham
zararlidir. Negaki ortiqcha narsalar xodimlarning o‘tish yo‘llarini to‘sadi, ortiqcha
aylanma (oborot) mablag‘ talab qiladi, ba’zi narsalar ishlatilmasdan, uzoq vaqt turib
qolib, buzilishi, aynishi ham mumkin.
2. Qurol, asbob va boshqa hamma mehnat buyumlari (predmetlari) foydalanish
uchun qulay holda joylashtirilishi kerak. Xom ashyolar va materiallar ulardan
foydalanish joyiga, tez-tez ishlatib turiladigan asbob va uskunalar ish joyiga yaqin
turishi lozim.
3. Ish joylariga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus yordamchi xodimlar ajratilishi
va ular ish joylarini zarur ashyolar - materiallar va h.k. lar bilan uzluksiz ta’minlab
turishlari shart.
4. Ish joyi ijrochining mehnatini yengillashtiradigan, ish unumini oshiradigan
va tartibga solib turadigan maxsus moslamalar bilan ta’min etilishi lozim.
Ilmiy asoslangan mehnat normalari va normativlari ilg‘or ishlab chiqarish
(xizmat ko‘rsatish) tajribalaridan kelib chiqqan holda ma’lum bir konkret sharoit
uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Shuning uchun ham xodimlarning ish vaqtidan
foydalanishini o‘rganish, kuzatish bilan bir qatorda ish joyini tashkil etish, rejalash,
loyihalashtirish, xizmat ko‘rsatish, jihozlash va uskunalash, ixtisoslashtirish, mehnat
xavfsizligi va sanitariya-gigiena sharoiti, ishlash va dam olish tartiblari ham batafsil
o‘rganiladi. Ish joyining holatini o‘rganish esa mehnatni tashkil qilish elementlarini
ishlab chiqish va joriy etishga imkoniyat yaratadi, dam olish uchun zarur bo‘lgan ish
vaqti sarfi miqdorini normalash uchun ma’lumotlar beradi, ish joylarini loyihalashga
qo‘yiladigan talablarni aniqlaydi.
Ish joylarining tashkil etilish holatini vizual kuzatuv uslubi bilan bir qatorda,
oldindan tayyorlangan savolnomalar orqali maxsus so‘rovlar o‘tkazish natijasida
ham o‘rganish, bunda quyidagi taxminiy savollardan foydalanish mumkin:
Ish joylarida faoliyat ko‘rsatish davomida ish stolining balandligi va razmeri
bilan bog‘liq bo‘lgan qanday noqulayliklar mavjud?
Ishni o‘tirib bajarish mumkinmi (to‘la ish kuni davomida yoki uning ma’lum
bir qismi davomida)?
Qanday turdagi jihoz taklif etiladi (o‘tirg‘ichi tushiriladigan, yig‘iladigan stol,
taburetka va h.k.)?
Qanaqa asbob qo‘llanilayapti? U ishlash (foydalanish) uchun qulaymi?
Uni takomillashtirish bo‘yicha qanday takliflar bor?
Ish joyining yoritilganlik darajasi yetarlimi? Uni yaxshilash uchun nima qilmoq
kerak? va h.k.lar.
Ish joyini muvaffaqiyatli ravishda to‘g‘ri tashkil etish, uning barcha
elementlarini,
chunonchi,
rejalashtirish,
jihozlash,
xizmat
ko‘rsatish
va
ixtisoslashtirishdan
iborat
elementlarini
bir-biridan
ajratmagan
holda
mukamallashtirish bilan bog‘liqdir. Bu to‘g‘rida bunday keyingi mavzularda
mufassal fikr yuritiladi.
Ish joyini maqsadga muvofiq tashkil etish xodimlarga vazifalarini bajarishni
yengillashtirishi, vaqti unumsiz sarflanishini bartaraf qilishi, samarali faoliyat
ko‘rsatishi uchun madaniy va sog‘lom sharoit yaratishi joiz.
Har bir ish joyini tashkil etishda unda bajariladigan ish yoki xizmat hajmi,
mehnat amallarining miqdori va bajarilish tartibi, asbob-uskunalar miqdori, xizmat
ko‘rsatish tizimi, mehnat va ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalashganlik
darajasi kabi omillar nazarda tutilishi lozim.
5.3. Ish joylarining ixtisoslashtirilishi
Ish joylarini oqilona tashkil etish ularni dastlab ixtisoslashtirishni taqoza etadi.
Ish joyining ixtisoslashtirilishi deganimizda, unga bir xil mehnat funksiyalari, ishlar
yoki qismlarni birkitib qo‘yish tushuniladi.
Tajribadan ko‘rinishicha, ish joylarini ixtisoslashtirish darajasi, avvalo ishlab
chiqarish turiga bog‘liq. Ish joylarining ixtisoslashganlik darajasini 2- jadvaldagi
ma’lumotlar orqali aniqlash mumkin.
2- jadval
Ish joylarining ixtisoslashganlik darajasi
Ish joylariga birkitilgan qismlar (detallar)
nomlarining miqdori
Ishlab chiqarish turlariga
(tiplarga) kiradigan ish joylari
1
Ommaviy
2 tadan 10 tagacha
Yirik seriyali
10 tadan 20 tagacha
Seriyali
20 tadan ortiq
Mayda seriyali
Birkitilmagan
Yakka
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ommaviy ishlab chiqarishda ish joyini
ixtisoslashtirishning eng yuqori darajasiga erishiladi. Ommaviy ishlab chiqarish
korxonalarida chegaralangan xildagi buyumlar ko‘plab ishlab chiqariladi.
Ommaviy turdagi ishlab chiqarishning yoki xizmat ko‘rsatishning eng muhim
xususiyatlari:
a)juda cheklangan xildagi buyumlarni ko‘p miqdorda doim ishlab chiqarishdan;
b)ish joylarining butun ko‘pchiligida maxsus asbob-uskunalar ishlatilishidan;
v)odatda, har bir ish joyini unga doimiy birkitilgan bir operatsiyani bajarishga
ixtisolashtirish va ishlab chiqarish uchastkalarining qat’iy ravishda texnologik
jarayon sodir bo‘lishiga moslab ish joylari zanjiri kabi tuzilishidan iborat.
Seriyali buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalarda sexlar, uchastkalar
predmeti bo‘yicha, ya’ni ma’lum xil va turkum qismlar tayyorlashga
ixtisoslashtiriladi. Masalan, stanoksozlik zavodining mexanika sexida val
uchastkasi, korpus qismlari uchastkasi, tishli g‘ildirak (shesternya) uchastkasi va
h.k.lar tashkil qilinadi. Bunday uchastkalarda ish joylari predmetlar bo‘yicha
guruhlashtiriladi.
Seriyali turdagi ishlab chiqarishning eng muhim xususiyatlari:
a)tuzilishi jihatidan bir xil bo‘lgan xiyla keng xildagi mahsulotning ozmi-
ko‘pmi katta seriyalarda ishlab chiqarilishi vaqti-vaqti bilan takrorlanib turishidan;
b)universal
mashinalar
bilan
birgalikda
maxsus
asbob-uskunalar
qo‘llanishidan;
v)ish joylarini ularning har biriga turkum-turkum qilib tayyorlanadigan
qismlarni (detallarni) ishlatishdagi bir qancha jarayonni doimiy ravishda birkitib
qo‘yish yo‘li bilan predmetli ixtisoslashtirishdan iborat.
Yakka turdagi ishlab chiqarishda ish joylarini ixtisoslashtirish uchun sharoit
uncha qulay bo‘lmaydi, negaki ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan
xizmat turlarining tez-tez o‘zgarib turishi bajariladigan ish xarakterining doimiy
o‘zgarib turishiga olib keladi. Lekin shunga qaramay, ilg‘or korxonalarning
tajribasiga ko‘ra, oldindan muntazam suratda zarur tayyorgarlik ishlari o‘tkazib
turilganida, yakka turdagi mahsulot ishlab chiqarish sharoitida ham ish joylarini
ixtisoslashtirishning ancha yuqori darajasiga erishish mumkin. Bundagi tayyorgarlik
ishlari birinchidan,har xil ishlar (operatsiyalar)ni biron umumiy alomatlari bo‘yicha
guruhlashdan; ikkinchidan, bu guruhlarning har birini tegishli ish joyiga biriktirib
quyishdan iborat bo‘ladi. Bunda har bir guruhdagi malaka darajasi va bajariladigan
ishlar hajmi, ularni bajarish muddatlari, ishlab chiqarish normalarining erishilgan
darajasi, ish joylaridagi mavjud uskunalar hamda ishchilarning malakaviy
tayyorgarliklari hisobga olinadi.
Mazkur vaziyatlardan tashqari ish joylarini ixtisoslashtirishning boshqa muhim
shartlari ham bor. Chunonchi, buyumlar va tarkibiy qismlarning standartlashtirilishi
va unifikatsiyasi, ko‘p xil buyumlarni ishlab chiqarishdan bir xil (yoki cheklangan
doiradagi) buyumlarni ishlab chiqarishga o‘tish ixtisoslashtirishning texnik negizini
tashkil etadi. Bu tadbirlar, nihoyat, ishlab chiqariladigan qismlar va ishlanadigan
buyumlar ro‘yxati (nomenklaturasi)ning xiyla qisqartirilishiga olib keladi, ommaviy
turdagi va barqaror seriyali turdagi ishlab chiqarishni rivojlantirishga yordam beradi,
bu esa ish joylarini ixtisoslashtirishni osonlashtiradi. Bir necha sanoat korxonasining
ma’lum mahsulot ishlab chiqarish uchun kooperativlashishi ham ish joylarini
ixtisoslashtirishga ko‘p jihatdan yordam beradi. Bu korxonalarning har qaysisi but
mahsulotning bittagina tarkibiy qismini (uzel, qism va h.k.larni) ishlab chiqarishga
ixtisoslashtiriladi.
Ish joylarining barqaror ixtisoslashtirilishi yuqori unumli, ixtisoslashtirilgan
asbob-uskunalarni va qurollarni ishlab chiqarishning samarador uzluksiz uslubini
joriy qilish, ishchilarning ish kuchi va h.k.lardan yaxshiroq foydalanishi uchun eng
qulay sharoit yaratadi. Bu tadbirlar mehnat samaradorligini oshirishga, tayyorlangan
mahsulotning yoki ko‘rsatilgan xizmatning sifatini yaxshilash va tannarxini
pasaytirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
5.4. Ish joylarini rejalashtirish
Ixtisoslashtirilgan, ilmiy asosda rejalashtirilgan ish joylarining ahamiyati juda
katta. Agar ish joylari bir-biridan uzoqda, tartibsiz joylashgan bo‘lsa yoki amalga
oshirilayotgan texnologik jarayonning bajarilish bosqichlari bo‘yicha joylashgan
bo‘lmasa, unda xodimlarning ish joylarida harakat qilishlari va yurishlari bilan
bog‘liq bo‘lgan vaqt sarflari oshadi, mehnat predmetlari va tayyor mahsulotlarni
boshqa ish joylariga o‘tkazish bilan bog‘lig‘ bo‘lgan vaqt miqdori ko‘payib, provard
natijada ishlab chiqarishning sermehnatliligi oshadi, mehnat unumdorligi pasayadi.
Ish joyini ichki rejalashtirish tartiblari buzilganda ham shunga o‘xshash natijalar
vujudga keladi. Xodimning jihozni boshqarish organlaridan, mehnat predmetlaridan,
asbob-uskunalardan uzoqlashishi ortiqcha harakatlarni keltirib chiqaradi, ish kuni
davomida ko‘p noqulayliklar tug‘diradi, operativ vaqt miqdorini qisqartiradi, uning
charchog‘ini oshiradi, toliqishini tezlashtiradi.
Ish joylarini rejalashtirish deganimizda, ma’lum ish joyini ishchi o‘z
vazifalarini bajarayotganda foydalanadigan mehnat qurollari va predmetlarini ishlab
chiqarish maydonining normativlari, ishlab chiqarish turi va xarakteri, ishlash uchun
qulay bo‘lishi, antropometrik tomonlar, ergonomik talablar hisobga olinib va texnika
xavfsizligi ta’min etilib joylashtirish tushuniladi.
Ish joyini rejalashtirish – uchastka, bo‘lim (sex)ni rejalashtirishning tarkibiy
elementidir. Shuning uchun ham ish joyini loyihalash va tahlil qilish uchastka,
bo‘lim (sex)ning rejalashtirish talabalarini e’tiborga olgan holda olib boriladi.
Ish joylarini rejalashtirish uch xil - umumiy rejalashtirish, xususiy
rejalashtirish va ichki rejalashtirishdan iborat.
Ish joylarini umumiy rejalashtirishda asosan quyidagilar talab etiladi:
uchastka (sex)ning ishlab chiqarish maydonidan tejab - tergab
foydalanish;
uchastka (sex) maydonida yuklar to‘ppa-to‘g‘ri yo‘l bilan bemalol
tashilishini yo‘lga qo‘yish;
umumiy xavfsizlikni ta’minlash hamda ish joyini ishlab chiqarish sharoiti
zararli bo‘lgan boshqa ish joylaridan ajratish;
yuk tashiladigan va xodimlar yuradigan yo‘llar imkoni boricha qisqa
bo‘lishi;
ish joylarini texnologik jarayonning paydar-payligiga muvofiq tarzda
joylashtirish, transportning o‘tish, qaytish yo‘llari texnologik oqimiga mosligini
ta’minlash;
ish joyi maydonining belgilanib qo‘yilgan normaga muvofiqligini (ishlab
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish binosining hajmi har bir xodimga kamida 15 kub
metr, ish joyining devor bilan cheklangan maydoni kamida 4,5 kv.metr bo‘ladi;
mo‘tadil sharoitda ham, avariya vaqtida ham samarali xizmat ko‘rsatishni,
ishlash sharoitining mo‘tadilligini ta’minlash.
Ish joylarini umumiy rejalashtirishda texnologik jarayon sxemasi, ish
joylaridagi uskunalar va jihozlar tarkibi hamda hajmi, ish joylarining soni, ish
joylariga xizmat ko‘rsatish tartibi, mehnat predmetlarining hajmi va soni, xavfsizlik
va sanitariya-gigiena normalari, ish joylarining xususiy rejalashtirilishi va transport
vositalari yuradigan yo‘llarning kengligi va h.k.lar asos qilib olinadi.
Ish
joylarini
xususiy
rejalashtirishga
qo‘yiladigan
asosiy
talablar
quyidagilardan iborat:
ishlash yoki xizmat ko‘rsatish uchun qulay sharoit, mehnat xavfsizligi va
sanitariya normalarini ta’minlashdan;
ijrochining yuqori mehnat unumdorligini, shu ishlab chiqarish maydonida
zarur texnologik va tashkiliy qurol-asboblar, xom ashyo, materiallar yoki
yarimfabrikatlar bilan uzluksiz mehnat jarayonini tashkil etish uchun yetarli darajada
ta’minlashdan;
ish maydonida ish joyi elementlarini joylashtirishda iqtisodiy va ruhiy-
fiziologik talablarning hammasini hisobga olishdan;
ijrochining ish maydoni doirasidagi yurish yo‘lining eng qisqa bo‘lishini
ta’minlashdan;
texnologiya vositalari va tashkiliy qurol-asboblar hamda tez-tez ishga
solinib turadigan mehnat vositalari qo‘l yetadigan yerda joylashtirilishidan;
boshqarish va nazorat predmetlari, shuningdek, uskunalarni darhol
tuxtatadigan predmetlar kurinadigan va optimal zona doirasida joylashtirilishidan;
ishni yoki xizmatni bajarish jarayonida ilg‘or mehnat usul va uslublari
qo‘llanishi uchun zarur sharoitlar vaqtida va yetarli darajada yaratilishi va h.k.lardan
(bunda gap asosan mehnatni tashkil etish yunalshlari, kompleksi va aloqalari
to‘g‘risida boradi).
Korxona
davlat yoki nodavlat ishlab chiqarish yohud xizmat ko‘rsatish
shaklidaligidan qat’i nazar, unda xodimlarning ish joyini xususiy rejalashtirishda ish
qilinadigan yuzalar balandligi normalari (yonida o‘tirib ish qilinadigan stolning
balandligi past buyli kishi uchun 700 mm.dir. Erkaklar uchun past bo‘y 1520-1630
mm, o‘rta buy 1631-1690 mm, baland buy 1691-1900 mm hisobida) belgilanadi
hamda kishining erkin tabiiy vaziyatni ta’min etadigan bo‘shliq (makon) normasi
hisobga olinadi. Tabiiyki, bunda ishlab turgan paytdagi holat asosiy o‘rin tutadi.
Xodimlarning ish joylarini o‘rganganda, tashkil etganda va
loyihalashtirganda 3-jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
3-jadval
Ishlab chiqarish jihozi, jihoz
va xodimning holati
Xodimning bo‘yini hisobga
olgandagi yuzalar balandligi (mm)
Past
o‘rtacha
baland
Xodim o‘tirib ishlaganida ishchi
stol
700
725
750
Maxsus
aniq
ishlarni
o‘tirib
ishlaganda mo‘ljallangan stol
900
950
1000
O‘tirib ishlaganda jihozning ustki
qismi
800
825
850
Tikka turib ishlaganda jihozning
ustki qismi
1000
1050
1100
O‘tirib yoki tikka turib ishlaganda
ishlash joyining ustki qismi
950
1000
1050
Ish joyini rejalashtirishda texnologik va tashkiliy qurol-asboblarni qo‘l uzatib
olish va keyin qaytarib qo‘yish oson bo‘ladigan tarzda joylashtirish ham jiddiy
ahamiyat kasb etadi.
Ish joyining eng muhim elementlari, boshqarish va uskunalar ishini nazorat
qilib turish vositalari ko‘zga aniq ko‘rinib turadigan qilib (xodimning ham gorizontal
va vertikal kenglikdagi ko‘rish doirasida) joylashtiriladi. Shuning uchun ham ish
joyini rejalashtirishda ko‘rish omili, albatta, nazarga olinadi (har bir kasb uchun
ijrochining xizmat zonasidagi ko‘rish burchagi 300dir).
Ish joyining ichki rejalashtirishda quyidagi talablar hisobga olinishi lozim:
texnologik va tashkiliy qurol-asbob va jihoz elementlaridan har birining
muhim va doimiy bir joyi bo‘ladi;
chap qo‘l bilan olinadigan asbob-uskunalar chap tomonda, o‘ng qo‘l bilan
olinadiganlari o‘ng tomonda joylashtiriladi;
ketma-ket ishlatiladigan predmetlar tartib bilan qator tizib qo‘yiladi,
ishlatib bo‘lingach, qaytib joyiga qo‘yilganida, yonidagi ikkinchisi olinib, ishlatiladi;
xonadagi chirog‘larning nuri mehnat predmetini yoki uning ishlanadigan
qismini yoritib turishi shart;
ish yoki xizmat ko‘rsatish mahalida o‘tiradigan joy, qo‘l va oyoq tirgaklari
xodimning buyiga qarab ko‘tariladi yoki pasaytiriladi;
ichki rejalantirish doim takomillashtirib boriladigan ilg‘or mehnat usullari
va uslublarini qo‘llanish uchun sharoit tug‘dirmog‘i lozim.
Har bir ish joyi eng kam, ammo yetarli maydoncha, o‘rnatilgan jihozlar va
apparatlar hamda mehnat predmetlarining gabaritlarini hisobga olgan holda ishlab
chiqarish imoratning ma’lum qismini egallagan bo‘lishi kerak. Masalan, mavjud
me’yoriy hujjatlarda bitta ishlovchi xodim uchun ajratilgan ish joyining maydoni 4,5
m2ga, imoratining balandligi esa, 3,2 m2ga teng bo‘lishi ko‘rsatilgan. Shuni
ta’kidlash kerakki, bu ko‘rsatgichlarning ko‘payishi yoki ozayishi o‘rnatilgan
jihozlarning hajmlariga bog‘liq. Masalan, mayda jihozlar o‘rnatilgan mashinasozlik
korxonalari va ularning sexlari uchun bir xodimga ajratilgan ish joyining miqdori 10
m2 gacha, o‘rta hajmdagi jihozlar uchun bu ko‘rsatgich 20 m2 gacha oshadi, yirik
jihozlar uchun - 40 m2, maxsus yirik jihozlar uchun esa, hatto 50 va 100 m2 gachani
tashkil etadi.
Ish joyining rejalatirilishi ish qiluvchi gavdasining qulay va to‘g‘ri vaziyatini
ta’min etishi lozim. Shuning uchun ham ishchining xizmat ko‘rsatish joyidagi holati
xodimlar mehnatini tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi. Ishchi holati deganda,
xodimning mehnat usullarini, harakatlarini va boshqa kichik-kichik elementlarni
bajarish jarayonida o‘z gavdasini qanday holatda tutishi tushuniladi. O‘z navbatida,
inson energiyasining sarflanish holati uning tanlagan ishchi holatiga sezilarli
darajada bog‘liq. Fiziologik tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar shuni
ko‘rsatadiki, xodimning «oyoqda tikka turib» ishlagan vaziyatdagi energiya sarfi
miqdori «o‘tirib» ishlagandagiga nisbatan bir yarim marta ortiqdir, noqulay, egilgan
ishchi holatda «oyoqda tikka turib» ishlaganda esa bu ko‘rsatgich yana bir necha
marta ko‘payadi. Shuning uchun mehnat fiziologlari har xil turdagi ish yoki xizmatni
bajarish uchun ishchi holat (poza)larini tanlashda quyidagilarni tavsiya etadilar:
jismoniy nagruzkasi 5 kg. gacha bo‘lganda «o‘tirib» ishchi holati
(pozasi)da ishlash maqsadga muvofiqdir;
jismoniy nagruzkasi 5 kg. dan yuqori va 10 kg. gacha bo‘lganda
o‘zgaruvchan «o‘tirib-oyoqda tikka turib» faoliyat ko‘rsatish ishchi holati (pozasi)da
ishlagan ma’qul;
jismoniy nagruzka 10 kg. va undan ortiq bo‘lganda «oyoqda tikka turib»
ishlash ishchi holati (pozasi)da ishlagan yaxshi.
Ko‘p yillik fiziologik ilmiy kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, xodim
muskullarining tarangligi o‘tirib ishlagandagiga nisbatan tikka turib ishlaganda 15-
10 foiz, tikka turib, egilgan holda ish bajarganida esa ikki marta ortar ekan.
5.5. Ish joylarini uskunalash va jihozlash
Xalqimiz aytganidek, uskunasi soz kishining, mashaqqati oz ishining. Shunday
ekan, ishlab chiqarish jarayonining samaradorligi ish joyini uskunalash va