ISH YURITISH TILI VA USLUBI (Shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi, Hujjatlar va ularning turlari)
Yuklangan vaqt
2024-05-13
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
23,5 KB
Ilmiybaza.uz
ISH YURITISH TILI VA USLUBI
Reja:
1. Ish yuritish tili va uslubi
2. Shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi
3. Hujjatlar va ularning turlari
Ilmiybaza.uz
Tayanch so‘z va iboralar: hujjatlat tili, ish yuritish, til, tafakkur, uslub, nutq
uslublari, hujjat turlari,ichki va tashqi hujjatlar, hujjatlarning o‘ziga xos
xususiyatlari, tavsifnoma,tavsiyanoma, ma’lumotnoma, tilning lug‘at tarkibi, so‘z
boyligi, tavsifiy tavsiyanoma.
Jamiyatni tilsiz va tilni insoniyat jamiyatidan ajralgan holda tasavvur etib
bol`maydi. Til va tafakkurning paydo bo‘lishi hamda ularning taraqqiyoti insoniyat
jamiyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki til insonlar orasida o‘zaro aloqa
vositasi, fikr almashishning eng muhim quroli sifatida paydo bo‘lgan va necha ming
yillardan buyon shu vazifani benuqson bajarib kelmoqda. Til va tafakkur insonni
boshqa jonzotlardan ajratib, aqlli mavjudot sifatida jamiyatga birlashtirdi. Jamiyat
taraqqiy eta borgani sari til ham, tafakkur ham va hatto insonning o‘zi ham tinimsiz
taraqqiy eta boradi. Jamiyat taraqqiyoti tufayli tilning lug‘at tarkibi boyiydi,
grammatik qurilishi takomillasha boradi, ifoda usullari sayqal topib, rivojlanadi (3,
8-10-b.). Til taraqqiyotidagi o‘zgarishlarni, jumladan o‘zbek tilining qay darajada
rivojlana borganligini M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan
she’riy parchalar, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni, A.Navoiyning
sernavo va sehrli g‘azallari tili bilan XX asrda ijod qilgan va biz bilan zamondosh
shoirlar-u adiblarning bugun yaratayotgan asarlari tilini qiyoslash orqali yaqqol
tasavvur qilish mumkin.
Til umumjamiyat, ijtimoiy hodisa sifatida ma’lum bir millat vakillariga birdek
xizmat qiladi. U shu til egalari uchun umumiy. Nutq esa xususiydir. Til shohga ham,
gadoga ham, boyga ham, xizmatkorga ham, o‘g‘riga ham birdek, ammo ularning
nutqlari turli-tumandir. Chunki ma’lum tilda gaplashadigan qancha odam bo‘lsa,
shuncha rang-barang nutq mavjuddir. Har bir shaxs barcha uchun umumiy bo‘lgan
milliy tildan o‘z imkoni darajasida foydalanadi, fikrlaydi, nutq irod qiladi. Nutqda
so‘zlovchining nutq a’zolari yaratgan ovoz, tovushlarning mayin-yo‘g‘onligi, tez-
sekinligi, tiniq-shovqinliligi, bilimi, saviyasi, shevasi, o‘zbek tili lug‘at boyligidan
Ilmiybaza.uz
qay darajada foydalana olishi, muomala madaniyati va boshqa shu kabi fazilatlari
bilan bir qatorda nutqida mavjud bo‘lgan kamchilik va nuqsonlari ham namoyon
bo‘ladi. Til esa bunday kamchilik va nuqsonlardan xolidir. Qisqasi, til va uning
iste’mol jarayonidagi moddiy qobig‘i bo‘lgan nutq shaxsni jamiyat bilan bog‘lab
turadi, insonlarning bir-biri bilan muloqotining asosi bo‘ladi. Qisqasi, til aloqa
materiali bo‘lsa, nutq aloqa shaklidir. Tilni asrlar davomida xalq yaratadi, nutqni esa
shu til materiallari asosida har bir shaxs vujudga keltiradi. Tilning hayoti uzoq asrlar
davom etadi, og‘zaki nutqning umri esa juda qisqa. Tilning hajmi cheklanmagan.
Nutqning hajmi cheklangan. Nutq monolog, dialog, matn, kitob shakllarida bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun ham til va nutq hodisalarini farqlagan holda muhokama
yuritish muhim ahamiyatga egadir. Chunki tilda xatolar uchramaydi. Nutqimiz esa
xatolardan xoli emas. Nutqimizda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun esa til qonun-
qoidalarini chuqur egallagan bo‘lishimiz lozim.
Til ham, tafakkur ham, nutq ham yozuv ixtiro qilinmaganda makon va zamonda
cheklanganliklaricha qolib ketishlari mumkin edi. Insoniyat yozuvni kashf etib, o‘zi
yashayotgan kichik, tor bir hududdan butun dunyoga chiqa oldi, o‘zi yashayotgan
davrdan necha ming yillar keyin keladigan avlodlarga hayoti, orzu-umidlari,
armonlari, qarashlari haqida xabar berish imkonini yaratdi. Yozuv og‘zaki
adabiyotning an’analarini xususiy tarzda davom ettiruvchi yozma adabiyotning
vujudga kelishi uchun ham asos bo‘ldi. Yozuv tufayli tarix yaratildi. Yozuv tabiat
va jamiyat, ilohiyot va falakiyot, tabobat haqidagi asriy bilimlarni to‘plash imkonini
berdi. U tufayli insoniyat tarixida yangicha davr boshlandi. Biz yozuv tufayligina
yer yuzida eng qadimgi davrlardan boshlab hozirgacha o‘tgan ellar, tillar, davlatlar,
jamiyat bosqichlarining vujudga kelishi, tarqqiyoti, inqirozidan xabardor bo‘lamiz.
Bizgacha yetib kelgan yozma manbalar, arxeologik topilmalar yordamida miloddan
avval o‘tgan shavqatli turk hoqoni Alp Er To‘nga, afsonaviy xalq qahramonlari
To‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqannalarning vatan ozodligi, ravnaqi, gullab-
yashnashi yo‘lidagi kurashlaridan, bu yurt boyliklariga ko‘z olaytirib, bosqinchilik
niyatida Markaziy va O‘rta Osiyo davlatlariga yurish qilgan dushmanlar bilan
bo‘lgan qirg‘in-barot urushlardan voqif bo‘lamiz. Yetib kelgan tarixiy, ilmiy, badiiy
Ilmiybaza.uz
asarlar, hujjatlar tufayli xalqimizning boy tarixi, o‘ziga xos an’analari, urf-odatlari,
qadriyatlarini bilib olamiz, qomusiy bilimlar egasi bo‘lgan bobokalonlarimiz
qoldirib ketgan nodir ma’naviy-ma’rifiy merosdan bahramand bo‘lamiz (1, 56-60-
b., 6, 14-24-b.).
Nutq tilning hayotiyligini, davomiyligini ta’minlovchidir. Shunga ko‘ra nutqni
hayotiy ehtiyojlarni qondirishiga qarab ikki guruhga bo‘ladilar:
1. Og‘zaki nutq.
2. Yozma nutq.
Og‘zaki nutq tilning og‘zaki so‘zlashuvga xoslangan uslubini tashkil etadi. Bu
uslubning yozma nutqqa asoslanuvchi xoslangan uslublardan qisqa, lo‘ndaligi,
ta’sirchanligi, tezkorligi, ohangdorligi, fonetik jarayonlarga boyligi va boshqa
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Til odobi, nutq madaniyati shaxsni el oldidagi
obro‘-e’tiborini oshiradi, tilga, nutqqa e’tiborsizlik esa kishini obro‘sizlanishga olib
keladi. Bu haqda xalqimizning ko‘plab maqollari, shoir-u yozuvchilarimizning
hikmatli so‘zlari mavjud (5, 20-25-b.).
Yozma nutq esa bir necha xoslangan uslublar uchun asos bo‘ladi. Tilshunos
olimlarimiz ularni quyidagi guruhlarga bo‘ladilar:
1. Ommabop uslub (gazeta va jurnallar, radio va televideniye tili bo‘lib barcha
uchun mo‘ljallangan).
2. Rasmiy uslub (rasmiy-ma’muriy, hujjatlar, ish qog‘ozlari tili).
3. Badiiy uslub (nasriy va nazmiy adabiy-badiiy asarlar tili).
4. Ilmiy uslub (ilm-fan, texnika, sport va boshqa sohalarga oid ilmiy ishlar tili).
Bu uslublar o‘zbek adabiy tilining tarixiy shakllangan ko‘rinishlari bo‘lib, ularning
har biri til taraqqiyotining ma’lum davrlarida paydo bo‘lgan va o‘zbek tilining
taraqqiy etishi bilan rivojlanib borgan. Har bir xoslangan uslub nutq jarayonida
bajaradigan vazifasi hamda shu uslub turi uchun xos bo‘lgan leksik vositalardan
foydalanish doirasiga ko‘ra ma’lum o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘ladi. Chunonchi,
ilmiy uslub og‘zaki so‘zlashuv yoki badiiy uslublardan ma’lum bir fan yoki uning
biror sohasiga oid atamalarning ko‘plab qo‘llanishi, turli jadvallar, chizmalar, shartli
belgilardan foydalanilishi, faktik ma’lumotlarning ko‘proq qo‘llanilishi, nutqning