ISHLAB CHIQARISH JARAYONI, UNING NATIJALARI VA SAMARADORLIGI

Yuklangan vaqt

2025-09-07

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

291,0 KB


 
 
 
 
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI, UNING NATIJALARI VA SAMARADORLIGI 
 
1.Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni 
Jamiyatning iqtisodiy asosini, inson hayotiy faoliyatining manbaini tushunish 
uchun ishlab chiqarish jarayonining mazmunini ko‘rib chiqish zarur. 
Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun 
zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga  
muvofiq faoliyatdir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish 
jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. 
Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir 
yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko‘rinishini o‘zining 
iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnatfaoliyatidan iboratdir. 
Masalan, kishilar tabiatda mavjud bo‘lgan yerdan foydalanib turli xil dehqonchilik, 
chorvachilik mahsulotlarini yetishtiradilar. O’rmonlardagi daraxtlardan foydalanib, 
ularning shaklini o‘zgartirib, turli xil yog‘och buyumlar yasaydilar, uylar quradilar. 
Yer bag‘rida (konlarda) mavjud bo‘lgan turli rudalar (temir, mis, ruh, qo‘rg‘oshin va 
h.k.), mineral xomashyolardan foydalanib, o‘zlari uchun zarur iste’mol buyumlari, 
ishlab chiqarish vositalari yaratadilar. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng 
avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan o‘zaro 
ma’lum munosabatda bo‘ladilar. 
Insonlardagi mehnat taqsimoti jamiyatga quyidagicha yordam berishi 
mumkin: 
Ixtisoslashish  inson  qobiliyatining  turli  hilligidan  foydalanadi.  Agar   Ma’mur 
kuchli bo’lsa va yaxshi futbol o’ynay olsa, Feruza chiroyli,  chaqqon  va  kuylay  
oladi. Bundan Ma’mur futbol o’ynasa va Feruza ajoyib ashulani kuylab bersa, 
ularning qobiliyatlarini taqsimlanishi yuzaga keladi. 
Logotip
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI, UNING NATIJALARI VA SAMARADORLIGI 1.Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni Jamiyatning iqtisodiy asosini, inson hayotiy faoliyatining manbaini tushunish uchun ishlab chiqarish jarayonining mazmunini ko‘rib chiqish zarur. Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko‘rinishini o‘zining iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnatfaoliyatidan iboratdir. Masalan, kishilar tabiatda mavjud bo‘lgan yerdan foydalanib turli xil dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlarini yetishtiradilar. O’rmonlardagi daraxtlardan foydalanib, ularning shaklini o‘zgartirib, turli xil yog‘och buyumlar yasaydilar, uylar quradilar. Yer bag‘rida (konlarda) mavjud bo‘lgan turli rudalar (temir, mis, ruh, qo‘rg‘oshin va h.k.), mineral xomashyolardan foydalanib, o‘zlari uchun zarur iste’mol buyumlari, ishlab chiqarish vositalari yaratadilar. Ana shu mehnat jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan o‘zaro ma’lum munosabatda bo‘ladilar. Insonlardagi mehnat taqsimoti jamiyatga quyidagicha yordam berishi mumkin: Ixtisoslashish inson qobiliyatining turli hilligidan foydalanadi. Agar Ma’mur kuchli bo’lsa va yaxshi futbol o’ynay olsa, Feruza chiroyli, chaqqon va kuylay oladi. Bundan Ma’mur futbol o’ynasa va Feruza ajoyib ashulani kuylab bersa, ularning qobiliyatlarini taqsimlanishi yuzaga keladi.
Ixtisoslashish inson bir turdagi faoliyat turi bilan shug’ullanish orqali o’sha 
faoliyat turini yaxshi o’zlashtirib olishi mumkin bo’ladi. Agar ikki insonning 
qobiliyatlari bir hil bo’lsa ham, Ixtisoslashish foydali tus oladi. Inson ko’p turli 
ishlar bilan shug’ullanib ketkizgan vaqti evaziga bir turdagi yumush bilan band 
bo’lib, uni mukammal egallab olishi mumkin. Huquqshunos bo’lish uchun bu 
sohani ko’p yillar o’qib, o’rganish talab etiladi. 
Ixtisoslashish vaqtni tejaydi. Inson bir ishni amalga oshirish  uchun 
sarflagan vaqti orqali boshqa turdagi bir necha ishlarga sarflagan vaqtidan tejab 
qoladi. Shuningdek, inson o’zi qodir bo’lmagan ishga vaqt sarflamslik orqali 
ham vaqtdan yutishi mumkin. 
Yuqoridagilarni 
barchasini 
hisobga 
olsak, 
Ixtisoslashish 
jamiyatni 
cheklangan resurslardan ko’proq natijaga erishishlarini belgilab beradi. 
Jo’g’rofiy Ixtisoslashuv Ixtisoslashish, shuningdek, ham hududiy ham 
xalqaro miqyosda amal qiladi. Nebraska shtatidaapelsinlar o’stiriladi, ammo u 
yerning tabiati, iqlimi yaxshi bo’lamgani tufayli apelsinlarni narxi juda qimmat 
bo’lish mumkinligini tushunsa bo’ladi. Floridada bug’doyni o’stirish mumkin, 
lekin geografik sabablarga ko’ra uning narxi baland bo’lishi mumkin. Shuning 
uchun, har bir shtat o’z iqlimiga mos keladigan mahsulotlarni yetishtirsa, 
mahsulotlarning narxlari bunchalik baland bo’lmaydi. Bu holatni butun dunyo 
Logotip
Ixtisoslashish inson bir turdagi faoliyat turi bilan shug’ullanish orqali o’sha faoliyat turini yaxshi o’zlashtirib olishi mumkin bo’ladi. Agar ikki insonning qobiliyatlari bir hil bo’lsa ham, Ixtisoslashish foydali tus oladi. Inson ko’p turli ishlar bilan shug’ullanib ketkizgan vaqti evaziga bir turdagi yumush bilan band bo’lib, uni mukammal egallab olishi mumkin. Huquqshunos bo’lish uchun bu sohani ko’p yillar o’qib, o’rganish talab etiladi. Ixtisoslashish vaqtni tejaydi. Inson bir ishni amalga oshirish uchun sarflagan vaqti orqali boshqa turdagi bir necha ishlarga sarflagan vaqtidan tejab qoladi. Shuningdek, inson o’zi qodir bo’lmagan ishga vaqt sarflamslik orqali ham vaqtdan yutishi mumkin. Yuqoridagilarni barchasini hisobga olsak, Ixtisoslashish jamiyatni cheklangan resurslardan ko’proq natijaga erishishlarini belgilab beradi. Jo’g’rofiy Ixtisoslashuv Ixtisoslashish, shuningdek, ham hududiy ham xalqaro miqyosda amal qiladi. Nebraska shtatidaapelsinlar o’stiriladi, ammo u yerning tabiati, iqlimi yaxshi bo’lamgani tufayli apelsinlarni narxi juda qimmat bo’lish mumkinligini tushunsa bo’ladi. Floridada bug’doyni o’stirish mumkin, lekin geografik sabablarga ko’ra uning narxi baland bo’lishi mumkin. Shuning uchun, har bir shtat o’z iqlimiga mos keladigan mahsulotlarni yetishtirsa, mahsulotlarning narxlari bunchalik baland bo’lmaydi. Bu holatni butun dunyo
Ishlab chiqarish 
misolida ham talqin etish mumkin. Bu bilan cheklangan tabiiy resurslardan 
foydalanib, ko’proq samaradorlikka erishsa bo’ladi120. 
Kishilar o‘zlarining ongli, maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat 
moddalarining shakllarini o‘zgartiradilar va iste’mol uchun zarur bo‘lgan mahsulotni 
vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar hamda tabiat o‘rtasidagi moddalar 
almashinuvi bilan birga insonning o‘zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni 
kishilar o‘zining mehnatga bo‘lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda 
qo‘llashni kengaytirib boradi. Shunday qilib, ishlab chiqarishjarayoni iste’mol 
qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat 
yaratgan narsalarni inson iste’moli uchun o‘zlashtirib olishdir, inson bilan tabiat 
o‘rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, inson hayotining abadiy tabiiy 
sharoitidir. 
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi muhim ahamiyat kasb etib, u turli sohalar, 
bo‘linmalar, yaratilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini 
ifodalaydi. Eng avvalo, ishlab chiqarishni moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy 
ishlab chiqarish sohalariga ajratish lozim. 
O’z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy ne’matlarni ishlab 
chiqarish (masalan, avtomobil, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va h.k.) va 
moddiy xizmatlar ko‘rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va 
boshqalar)dan iborat bo‘ladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Logotip
Ishlab chiqarish misolida ham talqin etish mumkin. Bu bilan cheklangan tabiiy resurslardan foydalanib, ko’proq samaradorlikka erishsa bo’ladi120. Kishilar o‘zlarining ongli, maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o‘zgartiradilar va iste’mol uchun zarur bo‘lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar hamda tabiat o‘rtasidagi moddalar almashinuvi bilan birga insonning o‘zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o‘zining mehnatga bo‘lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo‘llashni kengaytirib boradi. Shunday qilib, ishlab chiqarishjarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni inson iste’moli uchun o‘zlashtirib olishdir, inson bilan tabiat o‘rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, inson hayotining abadiy tabiiy sharoitidir. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi muhim ahamiyat kasb etib, u turli sohalar, bo‘linmalar, yaratilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini ifodalaydi. Eng avvalo, ishlab chiqarishni moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga ajratish lozim. O’z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, avtomobil, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va h.k.) va moddiy xizmatlar ko‘rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar)dan iborat bo‘ladi.
 
 
 
 
 
Xizmat ko’rsatish sohasi 
Nomoddiy 
xizmatlar 
ko’rsatish 
Moddiy 
xizmatlar 
ko’rsatish 
Nomoddiy ishlab chiqarish 
Moddiy ishlab chiqarish 
Moddiy 
ne’matlar 
ishlab chiqarish 
Nomoddiy 
ne’matlar 
ishlab chiqarish 
 
 
 
 
2.3.1-rasm. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi 
 
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy ne’matlarni ishlab 
chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va 
nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o‘qitish, malaka 
oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan 
holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. 
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan iborat bo‘lib, 
 
 
120 CampbellR.McConnell, Stanley L. Brue. Economics: Tamoyillar,muammolar va 
siyosat. O’nettinchiNashr. 43-44 b. 
birinchi bo‘linmada ishlab chiqarish vositalari (stanok, mashina, asbob-uskuna, 
xomashyo va turli materiallar) yaratilsa, ikkinchi bo‘linmada esa iste’mol buyumlari 
ishlab chiqariladi. 
Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o‘zida 
ikkinchi bo‘linmada va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida 
ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo‘linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha 
xizmatlari o‘z navbatida birinchi bo‘linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular 
o‘rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo‘lib turadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan 
iste’mol qiymatini (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va 
mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, 
Logotip
Xizmat ko’rsatish sohasi Nomoddiy xizmatlar ko’rsatish Moddiy xizmatlar ko’rsatish Nomoddiy ishlab chiqarish Moddiy ishlab chiqarish Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish Nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish 2.3.1-rasm. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o‘qitish, malaka oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan iborat bo‘lib, 120 CampbellR.McConnell, Stanley L. Brue. Economics: Tamoyillar,muammolar va siyosat. O’nettinchiNashr. 43-44 b. birinchi bo‘linmada ishlab chiqarish vositalari (stanok, mashina, asbob-uskuna, xomashyo va turli materiallar) yaratilsa, ikkinchi bo‘linmada esa iste’mol buyumlari ishlab chiqariladi. Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o‘zida ikkinchi bo‘linmada va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo‘linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o‘z navbatida birinchi bo‘linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o‘rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo‘lib turadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatini (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda,
qiymatning o‘sish jarayonidir. 
Har qanday mahsulot, shu jumladan, bozor sharoitidagi yoki unga o‘tish 
davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, ya’ni 
ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lib, jonli va buyumlashgan mehnat 
sarfining ma’lum miqdorini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu tovarning o‘zaro bog‘liq 
va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi bobda 
batafsilroq to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha 
uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi 
cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning 
samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o‘sishida ko‘rinadi. Shu 
nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, ya’ni iste’mol 
qiymatini yaratish, ko‘paytirish va qiymatlarning o‘sish jarayoni hisoblanadi, uning 
asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatini, ya’ni nafli tovarni yaratishdan iborat bo‘ladi. 
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar 
ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo‘lgan sifat va miqdorda iste’mol 
qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo‘yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda etadi. 
Lekin bu umumiy ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning manfaati 
bilan bog‘langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o‘tish 
davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda olishni, sarflangan 
vositalariga, pul mablag‘lariga nisbatan ko‘proq qiymatga ega bo‘lishni maqsad qilib 
qo‘yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, 
iste’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish 
jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 
10 mln. so‘mlik paxta tolasi sotib oldi deylik. Toladan ip yigirish uchun qo‘llanilgan 
asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya va boshqa xarajatlar 2 mln. so‘mni, ish haqi 
3 mln. so‘mni tashkil etib, 3 mln. so‘mlik foyda oladigan bo‘lsa, yaratilgan 
mahsulotning qiymati 18 mln. so‘mni, qo‘shilgan qiymat 8 mln. so‘mni tashkil etadi. 
Agar biz 8 mln. so‘mlik qo‘shilgan qiymatdan 2 mln. so‘mini amortizatsiya, 
energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan yaratilgan 
qiymatlar deb qarasak, 6 mln. so‘mlik qiymat, ya’ni 3 mln. so‘mlik ish haqi va 3 mln. 
Logotip
qiymatning o‘sish jarayonidir. Har qanday mahsulot, shu jumladan, bozor sharoitidagi yoki unga o‘tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum miqdorini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu tovarning o‘zaro bog‘liq va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi bobda batafsilroq to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o‘sishida ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, ya’ni iste’mol qiymatini yaratish, ko‘paytirish va qiymatlarning o‘sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatini, ya’ni nafli tovarni yaratishdan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo‘lgan sifat va miqdorda iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo‘yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning manfaati bilan bog‘langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o‘tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda olishni, sarflangan vositalariga, pul mablag‘lariga nisbatan ko‘proq qiymatga ega bo‘lishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, iste’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 10 mln. so‘mlik paxta tolasi sotib oldi deylik. Toladan ip yigirish uchun qo‘llanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya va boshqa xarajatlar 2 mln. so‘mni, ish haqi 3 mln. so‘mni tashkil etib, 3 mln. so‘mlik foyda oladigan bo‘lsa, yaratilgan mahsulotning qiymati 18 mln. so‘mni, qo‘shilgan qiymat 8 mln. so‘mni tashkil etadi. Agar biz 8 mln. so‘mlik qo‘shilgan qiymatdan 2 mln. so‘mini amortizatsiya, energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan yaratilgan qiymatlar deb qarasak, 6 mln. so‘mlik qiymat, ya’ni 3 mln. so‘mlik ish haqi va 3 mln.
Ishchi kuchi va ishlab 
chiqarish vositalari 
(natural shakllari) 
Ishlab chiqarish omillari 
kapital: ishlab chiqarish 
vositalari va ishchi kuchi 
qiymati 
Qiymatning o’sish 
jarayoni 
O’tkazilgan va 
yangidan 
yaratilgan qiymat 
so‘mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat 
hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini 
quyidagicha ifoda etishimiz mumkin 
Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o‘rganish uning 
mazmunini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali 
tortishuvlarga chek qo‘yadi. Jumladan, shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish 
jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan holda, 
aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi. 
 
 
 
 
 
2.3.2-rasm. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni 
Ishlab chiqarish vositalari naflilikni yaratishda to‘liq qatnashadi, qiymatning 
tashkil topishida esa qisman, ya’ni uning eskirgan qismi qatnashadi. Bu ishlab 
chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar (masalan, qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini yetishtirishda quyosh energiyasi) qiymatga ega emas, shuning uchun 
ular tovarning iste’mol qiymatini hosil qilishda omil sifatida qatnashsada, lekin 
qiymatning tashkil topishida, uning ko‘payishida qatnashmaydi. Demak, ishlab 
chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil: yer, kapital, ishchi 
kuchi qatnashadi, qiymatning tashkil topishida esa mehnatning o‘zi qatnashadi. 
Natija: 
Tovar va 
xizmatlar 
Ishlab chiqarish 
jarayoni 
Iste’mol qiymati yani 
naflilik 
Mehnat 
jarayoni 
yoki 
naflilik 
yaratilishi 
va 
ko’payish jarayoni 
Logotip
Ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari (natural shakllari) Ishlab chiqarish omillari kapital: ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi qiymati Qiymatning o’sish jarayoni O’tkazilgan va yangidan yaratilgan qiymat so‘mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini quyidagicha ifoda etishimiz mumkin Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o‘rganish uning mazmunini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali tortishuvlarga chek qo‘yadi. Jumladan, shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan holda, aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi. 2.3.2-rasm. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni Ishlab chiqarish vositalari naflilikni yaratishda to‘liq qatnashadi, qiymatning tashkil topishida esa qisman, ya’ni uning eskirgan qismi qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar (masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda quyosh energiyasi) qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovarning iste’mol qiymatini hosil qilishda omil sifatida qatnashsada, lekin qiymatning tashkil topishida, uning ko‘payishida qatnashmaydi. Demak, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil: yer, kapital, ishchi kuchi qatnashadi, qiymatning tashkil topishida esa mehnatning o‘zi qatnashadi. Natija: Tovar va xizmatlar Ishlab chiqarish jarayoni Iste’mol qiymati yani naflilik Mehnat jarayoni yoki naflilik yaratilishi va ko’payish jarayoni
Yaratilgan tovar va xizmatlar 
Qiymatning tashkil etishda qatnashadi 
Меhnat 
Аbstrakt 
меhnat 
bilan 
yaratilgan 
yangi qiymat 
Aniq mehnat bilan 
o’tkazilgan ishlab 
chiqarish vositalari 
qiymati 
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham 
ikki tomoni borligini ko‘rsatadi. 
Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini chuqur anglash uchun eng avvalo, 
ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti qancha darajada ihtisoslashuvga bog’liq bo’lishini 
tasavvur etish g’ayrioddiy holatdir. Ixtisoslashish insonlarni, firmalarni, 
ma’lum hudud va mamlakatni o’z resurslaridan foydalanib, yaxlit xizmat  va  
tovar turlaridan ko’ra ularni bir yoki bir necha turlarini ishlab chiqarish 
deganidir.O’shatovarvaxizmatlarkeyinchalik 
to’liq 
ko’lamdagi 
tovar 
va 
xizmatlarga almashtiriladi. Ko’p iste’molchilar o’zlari iste’mol qilayotgan 
mahsulotlarni hech birini ishlab chiqarishmaydi hamda ishlab chiqargan taqdirda 
ularni kam qismini iste’mol qiladi yoki umuman iste’mol qilishmaydi. Avtomobil 
sanoatida ishlayotgan ishchilarning o’rtacha 5/9 foizigina o’z shahsiy 
avtoulovlariga ega. Ko’p fermerlar mahalliy savdo do’konlariga sut yetkazib 
beradilar, ammo boshqa do’konlardan saryog’ sotib oladilar. O’z- o’zini 
ta’minlaganlik holati samarasizlikka olib borishini odamlar ancha yillar avval 
tushunib yetishgan. Hamma ishning ustasi bo’lgan inson juda serg’ayrat bo’lishi 
mumkin, lekin samarador ishlab chiqaruvchi aylana olmaydi121. 
 
 
 
Ishchi 
kuchi 
Кapital 
Yer 
Naflilikda yaratishda qatnashdi 
Logotip
Yaratilgan tovar va xizmatlar Qiymatning tashkil etishda qatnashadi Меhnat Аbstrakt меhnat bilan yaratilgan yangi qiymat Aniq mehnat bilan o’tkazilgan ishlab chiqarish vositalari qiymati Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham ikki tomoni borligini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini chuqur anglash uchun eng avvalo, ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti qancha darajada ihtisoslashuvga bog’liq bo’lishini tasavvur etish g’ayrioddiy holatdir. Ixtisoslashish insonlarni, firmalarni, ma’lum hudud va mamlakatni o’z resurslaridan foydalanib, yaxlit xizmat va tovar turlaridan ko’ra ularni bir yoki bir necha turlarini ishlab chiqarish deganidir.O’shatovarvaxizmatlarkeyinchalik to’liq ko’lamdagi tovar va xizmatlarga almashtiriladi. Ko’p iste’molchilar o’zlari iste’mol qilayotgan mahsulotlarni hech birini ishlab chiqarishmaydi hamda ishlab chiqargan taqdirda ularni kam qismini iste’mol qiladi yoki umuman iste’mol qilishmaydi. Avtomobil sanoatida ishlayotgan ishchilarning o’rtacha 5/9 foizigina o’z shahsiy avtoulovlariga ega. Ko’p fermerlar mahalliy savdo do’konlariga sut yetkazib beradilar, ammo boshqa do’konlardan saryog’ sotib oladilar. O’z- o’zini ta’minlaganlik holati samarasizlikka olib borishini odamlar ancha yillar avval tushunib yetishgan. Hamma ishning ustasi bo’lgan inson juda serg’ayrat bo’lishi mumkin, lekin samarador ishlab chiqaruvchi aylana olmaydi121. Ishchi kuchi Кapital Yer Naflilikda yaratishda qatnashdi
2.3.3-rasm. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab 
chiqarish omillarining roli 
Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish 
omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta omil: ishchi kuchi, 
mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo‘lishi shart. Bundan ko‘rinadiki, ishlab 
chiqarish omillari, iqtisodiy resurslardan farqli o‘laroq, o‘z ichiga faqat ishlab chiqarish va 
xizmat ko‘rsatish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi unsur-larni oladi. Misol uchun, 
iqtisodiy resursning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblan-gan pul resurslari ishlab 
chiqarish jarayonida bevosita qo‘llanilmaganligi sababli, ishlab chiqarish omili bo‘la 
olmaydi. Ishlab chiqarish omillarining mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun 
ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz. 
Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobili- 
yatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan  
kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki uning mehnati 
ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. 
Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga 
ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi. Bularga mashinalar, stanoklar, traktorlar, 
qurilmalar, uskunalar va boshqalarni misol keltirish mumkin. 
Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot 
tayyorlanadigan narsalardir. Yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar mehnat 
predmetining asosiy turlarini tashkil etadi. Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda 
uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xomashyo bo‘lishi 
mumkin. 
Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari 
deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun 
 
Logotip
2.3.3-rasm. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish omillarining roli Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo‘lishi shart. Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish omillari, iqtisodiy resurslardan farqli o‘laroq, o‘z ichiga faqat ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi unsur-larni oladi. Misol uchun, iqtisodiy resursning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblan-gan pul resurslari ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llanilmaganligi sababli, ishlab chiqarish omili bo‘la olmaydi. Ishlab chiqarish omillarining mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz. Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobili- yatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi. Bularga mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalarni misol keltirish mumkin. Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir. Yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar mehnat predmetining asosiy turlarini tashkil etadi. Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xomashyo bo‘lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun
Ishlab chiqarish omillari 
Kapital 
Yer 
Tadbirkorlik 
qobiliyati 
Ishchi 
kuchi 
ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat 
taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir. 
Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun 
umumiy bo‘lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif beriladi. Jumladan, 
«Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy 
omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan 
iborat ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, 
ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir 
ko‘pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to‘rt omili: mehnat, kapital, yer, 
tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi. 
Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o‘rtasidagi farqni anglab olish juda 
muhimdir. Chunki, mehnat insonning, to‘g‘rirog‘i ishchi kuchining ma’lum  
maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamo-mila 
farqlanadi. Ko‘pgina adabiyotlarda esa ularga sinonim (bir xil tushuncha) sifatida 
qaralib, bunday holat ko‘plab chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Bizga ma’lumki, 
ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, 
malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda qatnashishiga tayyor turgan 
omillardan biri hisoblanadi. Mehnat esa barcha omillarning, shu jumladan, ishchi 
kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladigan va 
ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir. 
Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan 
tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi 
kuchi, kapital, yer va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz. 
 
2.3.4-rasm. shlab chiqarish omillarining turkumlanishi 
Logotip
Ishlab chiqarish omillari Kapital Yer Tadbirkorlik qobiliyati Ishchi kuchi ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy bo‘lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif beriladi. Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan iborat ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko‘pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to‘rt omili: mehnat, kapital, yer, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi. Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o‘rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning, to‘g‘rirog‘i ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamo-mila farqlanadi. Ko‘pgina adabiyotlarda esa ularga sinonim (bir xil tushuncha) sifatida qaralib, bunday holat ko‘plab chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Bizga ma’lumki, ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda qatnashishiga tayyor turgan omillardan biri hisoblanadi. Mehnat esa barcha omillarning, shu jumladan, ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir. Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, kapital, yer va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz. 2.3.4-rasm. shlab chiqarish omillarining turkumlanishi
Ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining 
yig‘indisi bo‘lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni 
ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi. Ishchi kuchining 
boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori ham 
mavjud bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan mehnat bozori 
tushunchasi o‘rniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari o‘rniga ishchi kuchi 
resurslari deyilsa to‘g‘ri va tushunarli bo‘lar edi. 
Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ko‘pchilik 
kapital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning kapitalizmga xosligini 
isbotlaydi va kapitalni o‘z egasiga qo‘shimcha qiymat keltiruvchi qiymat, o‘z-o‘zidan 
ko‘payuvchi, o‘suvchi qiymat deb hisoblaydi. Ayrim g‘arb iqtisodchilari ham, 
masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar kapitalga daromad keltiruvchi, foyda 
keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar. 
Logotip
Ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi. Ishchi kuchining boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori ham mavjud bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan mehnat bozori tushunchasi o‘rniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari o‘rniga ishchi kuchi resurslari deyilsa to‘g‘ri va tushunarli bo‘lar edi. Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ko‘pchilik kapital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning kapitalizmga xosligini isbotlaydi va kapitalni o‘z egasiga qo‘shimcha qiymat keltiruvchi qiymat, o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, o‘suvchi qiymat deb hisoblaydi. Ayrim g‘arb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar kapitalga daromad keltiruvchi, foyda keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar.
Qator g‘arb iqtisodchilarining jumladan, D.Xayman, P.Xeyne, E.Dolon, 
J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib, 
prof. V.D.Kamayev o‘zining rahbarligida yozilgan darsligida «haqiqatdan ham — 
kapital o‘zidan o‘zi ko‘payuvchi qiymat»122 deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin, 
V.Ya.Ioxin, A.G.Gryaznova, Ye.F.Borisov va boshqalarning rahbarligida nashr etilgan 
qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi.Lekin, Amerika va Yevropa 
mamlakatlaridan 
kirib kelgan 
«Ekonomiks» 
darsliklari 
va 
boshqa 
ayrim  
adabiyotlarda kapitalni barcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida 
qo‘llaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asbob- 
uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa shu 
kabilardan iborat deb ko‘rsatadi, unga pul va tovarni kiritmaydi. Bundan ko‘rinib 
turibdiki, ayrim iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy tuzumning sotsial mohiyatini 
ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish omillarining qiymatiga 
e’tiborni kuchaytirgan. G’arb iqtisodchilarining ayrimlari ham kapitalni bir 
tomonlama, ya’ni uning qiymat tarafini e’tiborga olgan bo‘lsa, boshqalari esa 
iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini e’tibordan chetda qoldirib, uning moddiy 
ob’ektini, narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini ko‘rsatadilar. Shuning uchun ular 
kapitalni doimiy, o‘zgarmas tushuncha deb, ishlab chiqarish vositalarini kapital deb 
ataydilar. Biz bu ikki xil tushunchani bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning, 
ya’ni kapital tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy 
ko‘rinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko‘rinishi ekanligini e’tiborga olamiz va 
uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatamiz. Biz kapital deganda o‘z 
egalariga daromad keltiradigan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hamma 
sohalarida qo‘llanadigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan 
tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo‘ljallangan pul 
mablag‘larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. 
Boshqacha qilib aytganda, «kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo‘lgan, 
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan, yollanma mehnat 
(ishchi kuchi) tomonidan harakatga keltiriladiganvositalardir. 
Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer deganda 
Logotip
Qator g‘arb iqtisodchilarining jumladan, D.Xayman, P.Xeyne, E.Dolon, J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib, prof. V.D.Kamayev o‘zining rahbarligida yozilgan darsligida «haqiqatdan ham — kapital o‘zidan o‘zi ko‘payuvchi qiymat»122 deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin, V.Ya.Ioxin, A.G.Gryaznova, Ye.F.Borisov va boshqalarning rahbarligida nashr etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi.Lekin, Amerika va Yevropa mamlakatlaridan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklari va boshqa ayrim adabiyotlarda kapitalni barcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asbob- uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa shu kabilardan iborat deb ko‘rsatadi, unga pul va tovarni kiritmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ayrim iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy tuzumning sotsial mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish omillarining qiymatiga e’tiborni kuchaytirgan. G’arb iqtisodchilarining ayrimlari ham kapitalni bir tomonlama, ya’ni uning qiymat tarafini e’tiborga olgan bo‘lsa, boshqalari esa iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini e’tibordan chetda qoldirib, uning moddiy ob’ektini, narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini ko‘rsatadilar. Shuning uchun ular kapitalni doimiy, o‘zgarmas tushuncha deb, ishlab chiqarish vositalarini kapital deb ataydilar. Biz bu ikki xil tushunchani bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning, ya’ni kapital tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy ko‘rinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko‘rinishi ekanligini e’tiborga olamiz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatamiz. Biz kapital deganda o‘z egalariga daromad keltiradigan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hamma sohalarida qo‘llanadigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo‘ljallangan pul mablag‘larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda, «kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo‘lgan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan, yollanma mehnat (ishchi kuchi) tomonidan harakatga keltiriladiganvositalardir. Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer deganda
tuproqning unumli qatlami, o‘tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o‘rmon, qazilma boyliklar, 
umuman tabiiy resurslar tushuniladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri 
tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish 
vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini 
ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa 
xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa 
tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va 
uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko‘rsatadilar. Bizning 
fikrimizcha, ular yer va kapitalda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ularni alohida 
omil deb qarashga hojat yo‘q. 
 
 
 
122Қаранг: Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. заведений / Под ред. 
В.Д.Камаева. – 10-е изд., перераб. и доп. 
- М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2004, 217-бет. 
Logotip
tuproqning unumli qatlami, o‘tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o‘rmon, qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko‘rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular yer va kapitalda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ularni alohida omil deb qarashga hojat yo‘q. 122Қаранг: Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. заведений / Под ред. В.Д.Камаева. – 10-е изд., перераб. и доп. - М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2004, 217-бет.