Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari
Reja
1. Ishlab chiqarish omillari va ularning turkumlanishiga turlicha yondashuvlar.
Ishlab chiqarish omillarining oʻzaro bogʻliqligi va bir- birining oʻrnini bosishi.
2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va uning iqtisodiy asoslari.Ishlab
chiqarishning tarkibiy tuzilishi. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni.
3. Ishlab chiqarishning jamiyat hayotidagi ahamiyati. Ishlab chiqarish va
xizmat koʻrsatishning oʻzaro bogʻliqligi.
4. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish
omillarining roli. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.
5. Yalpi ijtimoiy mahsulot. Takroriy hisob. Oraliq mahsulot, pirovard
mahsulot, qoʻshilgan mahsulot, sof mahsulot. Zaruriy va qoʻshimcha mahsulot.
Qoʻshimcha mahsulot normasi va massasi. Qoʻshimcha mahsulotning zarurligi va
ahamiyati.
Ishlab chiqarish omillari va ularning turkumlanishiga turlicha
yondashuvlar. Ishlab chiqarish omillarining oʻzaro bogʻliqligi va bir- birining
oʻrnini bosishi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayotining
asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tashkil etadi.
Chunki,
ishlab
chiqarish
va
xizmat
ko‘rsatish
jarayonlari
boimasa,
ayirboshlaydigan, taqsimlaydigan va iste’mol qiladigan ne’matlarning o‘zi
bo‘lmaydi. Har qanday jamiyatda insoniyat iste’molsiz yashay olmaganidek, ishlab
chiqarmasdan ham turolmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimiz prezidenti va
hukumati mustaqillikka erishgan kundan boshlab to hozirgi kungacha ishlab
chiqarishjarayonini aholi turmush darajasi va sifatini oshirishning asosiy manbai va
yoii deb qarab uni rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelmoqda.
Mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalarining
qo‘shma majlisida qilgan ma’ruzasida - “Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni
kengaytirish va aholining ularga boigan ehtiyojini toiiq qondirish, jumladan,
maqbul narxlar bo‘yicha keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan xalqimizni
toiiq ta’minlash oldimizda turgan muhim vazifalar qatoriga kiradi”, deb
ta’kidladilar. Prezidentimizning bu gaplari aholining о‘sib boruvchi talablarini
mavjud imkoniyat va resurslarimizni real hisobga olgan holda 2030-yilgacha YalM
hajmini 2 baravarga oshirish vazifasi qo‘yilgani
va
mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan investitsiyalar hajmining asosiy qismini ishlab chiqarishni
rivojlantirishga sarflanayotgani bu sohaga qaratilgan katta e’tiboming dalilidir.
Biroq, bugungi kunda iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha yozilgan ayrim ilmiy
ishlar, darslik va o‘quv qoilanmalarda ishlab chiqarish jarayonining mazmun-
mohiyatini yoritish tamomila e’tibordan chetda qolmoqda. Bu bir tomondan,
talabalaming mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qayerda, kim tomonidan, qanday
ishlab chiqarilishini tushunmaslikka olib keladi, ikkinchi tomondan, butun ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida sodir boiayotgan ishlab chiqarish
munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab boiadi, uchinchidan esa, butun jahonda
sodir boiayotgan iqtisodiy inqirozlaming tub sababini tushunmaslikka olib keladi.
Xolbuki inqiroz ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish o‘zining turlari, sifati, hajmi
bo‘yicha talabga javob bermasligi ya’ni muomaladagi pul miqdori bilan tovarlar va
xizmatlar hajmi o‘rtasidagi nisbatning buzilishi sababli kelib chiqadi.
Ushbu bobda bir-biri bilan uzviy bogiiq boigan ishlab chiqarish omillari va
ishlab chiqarish jarayoniga tegishli boigan munosabatlar va muammolami ко‘rib
chiqamiz. Ishlab chiqarishning omillari tavsifi, maqsadi va mazmuni ochib beriladi,
uning natijalari va samaradorligi bilan bogiiq masalalar bayoni yoritiladi va «ishlab
chiqarish imkoniyatlari» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Shuningdek, keyingi
qo‘shilgan mahsulot nafliligi va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat
va kapital unumdorligining pasayib borish qonuni kabi marjinalistik g‘oyalar bilan
tanishtiriladi, ulaming kamchilik jihatlari ochib beriladi. Bu yerda ishlab chiqarish
va xizmat ko‘rsatish jarayonining har taraflama rivojlantirilishi, bu jarayonlami
modemizatsiyalash, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, diversifikatsiyalash hamda
muvozanatli va mutanosibli rivojlantirilishi iqtisodiy inqirozdan qutilishning yoki
uning oldini olishning muhim y o ii sifatida qaraladi.
Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini chuqur anglash uchun eng awalo,
ishlab chiqarish omillari va ulaming tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qoilaniluvchi barcha resurslar
ishlab chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy
nazar ishlab chiqarish sodir boiishi uchun uchta omil: ishchi kuchi, mehnat
qurollari va mehnat predmetlari boiishi shart. Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish
omillari, iqtisodiy resurslardan farqli oiaroq, o‘z ichiga faqat ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi unsurlami oladi. Misol uchun,
iqtisodiy resursning muhim tarkibiy qismlaridan hisoblangan pul resurslari iste’mol
mollari zaxiralari ishlab chiqarish jarayonida bevosita qoilanilmaganligi sababli,
ishlab chiqarish omili boia olmaydi. Ishlab chiqarish omillarining mohiyatini
yanada kengroq tushunish uchun ulaming har biriga alohida ta’rif berib o‘tamiz.
Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy
qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega
boigan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki uning
mehnati ham emas, uning mehnatga boigan qobiliyatidan iboratdir.
Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat
predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi. Bularga turli xildagi
mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalami misol
keltirish mumkin.
Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot
tayyorlanadigan narsalardir. Yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar
mehnat predmetining asosiy turlarini tashkil etadi. Mehnat predmetlari tabiatda
tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni
xomashyo boiishi mumkin. Masalan, tabiatda o'sib turgan turli xil o‘simliklar,
daraxtlar, o‘rmonlar, yer osti boyliklari va boshqalar tabiatda tayyor uchraydigan
mehnat predmeti boisa, qazib olingan temir, mis, qo‘rg‘oshin, neft, ishlab
chiqarilgan paxta g‘alla sut kabi mahsulotlar inson mehnati ishlovidan o‘tgan
xomashyolardir.
Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish
vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi;
shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar,
insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.
Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun
umumiy boisada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif beriladi. Jumladan,
«Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy
omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan
iborat ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi,
ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir
ko‘pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarish ning to‘rt omili: mehnat, kapital, yer,
tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.
Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o‘rtasidagi farqni anglab olish juda
muhimdir. Chunki, mehnat insonning, to‘g‘rirog‘i ishchi kuchining ma’lum
maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, ishchi kuchi tushunchasidan
tamomila farqlanadi. Ko‘pgina adabiyotlarda esa ularga sinonim (bir xil
tushuncha) sifatida qaralib, bunday holat ko‘plab chalkashliklami keltirib
chiqaradi. Bizga ma’lumki, ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va
jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisidir. Mehnat esa barcha omillarning
birgalikdagi harakati ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan
qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan
faoliyatdir.
Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan
tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari
ishchi kuchi, kapital, tabiat va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta ’kidlaymiz.
1-rasm. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi
Ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qo biliyatlarining
yig‘indisi boiganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni
ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi. Ishchi
kuchining boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning
bozori ham mavjud bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan
mehnat bozori tushunchasi o‘miga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari o‘miga
ishchi kuchi resurslari deyilsa to‘g‘ri va tushunarli boiar edi. Kapital tushunchasi
ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi.
Ko‘pchilik kapital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning
kapitalizmga xosligini isbotlaydi va kapitalni o‘z egasiga qo‘shimcha qiymat
keltiruvchi qiymat, o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, o‘suvchi qiymat deb hisoblaydi.
Ayrim g‘arb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fishyerlar kapitalga
daromad keltiruvchi, foyda keltiruv- chi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar.
Qator g‘arb iqtisodchilarining jumladan, D.Xayman, P.Xeyne, E.Dolon,
J.Robinson,
R.Dombush
va
boshqalaming
fikrini
keltirib va
ulami
umumlashtirib, prof. V.D.Kamayev o‘zining rahbar- ligida yozilgan darsligida
«haqiqatdan ham - kapital o‘zidan o‘zi ko‘payuvchi qiymat»5 deb yozadi. Bunday
fikr D.D.Moskvin, V.Ya. Ioxin, A.G.Gryaznova, E.F.Borisov va boshqalaming
rahbarligida nashr etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi.
Lekin, Amerika va Yevropa mamlakatlaridan kirib kelgan «Eko- nomiks»
darsliklari va boshqa ayrim adabiyotlarda kapitalni barcha ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish sohalarida qoilaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni hamma
turdagi mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar,
transport vositalari va boshqa shu kabilardan iborat deb ko‘rsatadi, unga pul va
tovami kiritmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ayrim iqtisodchilar kapitalistik
iqtisodiy tuzumning sotsial mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab,
ishlab chiqarish omillarining qiymatiga e’tibomi kuchaytirgan. Iqtisodchilaming
ayrimlari esa kapitalni bir tomonlama qarab, uning qiymat tarafini e’tiborga
olmasdan faqat moddiy ashyoviy tomonini ko‘rsatadilar va kapital tushunchasining
tarixiyligini e’tibordan chetda qoldiradilar. Shuning uchun ham ular uni qotib
qolgan doimiy, o‘zgarmas tushuncha deb ishlab chiqarish vositalarini (uning faqat
moddiy-ashyoviy tomonini hisobga olib) kapital deb ataydilar. Biz bu kapital
tushunchasiga bolgan ikki tomonlama yondashuvni bir tanganing ikki tomoni, bir
tushunchaning, ya’ni kapital tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy
va ashyoviy ko‘rinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko‘rinishi ekanligini
e’tiborga olamiz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatamiz. Biz
kapital deganda yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib, o‘z egalariga
daromad, foyda keltiradigan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hamma
sohalarida qoilanadigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan
tovarlami, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga moijallangan pul
mablagiarini, ulaming ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz.
Boshqacha qilib aytganda, «kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo‘lgan,
ma’lum foyda olish maqsadida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
jarayonida foydalaniladigan, yollanma ishchi ku chi tomonidan harakatga
keltiriladigan vositalardir.
Hamma adabiyotlarda yerga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer
deganda tuproqning unumli qatlami, o‘tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o‘rmon,
qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi. Ma’lumki, keyingi
vaqtlarda quyoshdan, shamoldan energiya olinmoqda, havodan foydalanilmoqda.
Shulami hisobga olgan holda yer degan so‘z o‘miga tabiat so‘zini ishlatsak to‘g‘ri
boiar deb o‘ylaymiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri
tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab
chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-
biriga qo‘shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi,
tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan
kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb
yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini,
ekologi yani ham alohida omil deb ko‘rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular tabiat va
kapital omillarida o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ulami alohida omil deb
qarashga hojat yo‘q.
Ishlab chiqarish omillari hech qachon bir joyda qotib turmaydi, balki doimo
rivojlanib o‘sib boradi. Ishlab chiqarish vositalari ham, ishchi kuchi ham doimo
harakatda, rivojlanishda boladi. Ilgarigi oddiy omoch-bo‘yintiriqqa, bolg‘a va
boltaga asoslangan ishlab chiqarishdan hozirgi zamon avtomatlashgan ishlab
chiqarishgacha kelish fikrimizning dalilidir.
Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va uning iqtisodiy asoslari.Ishlab
chiqarishning tarkibiy tuzilishi. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni.
Jadvaldan ko‘rinadiki, 2000-yilda YalM hajmining 50,5 foizini ishlab
chiqarilgan moddiy tovarlar tashkil etgan boisa, 2015-yilga kelib esa bu
ko‘rsatkich 36,7 foizni tashkil etdi. Bundan ko‘rishimiz mumkinki, keyingi
davrlarda ishlab chiqarish hajmi to‘xtovsiz o‘sib borish bilan bir qatorda
mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasiga kengroq etiborberishi natijasida YalM
tarkibida moddiy ishlab chiqa rishning ulushi nisbatan pasayib, nomoddiy ishlab
chiqarish ulushi esa о‘sib bormoqda.
Ishlab chiqarilgan moddiy tovarlar va xizmatlar tarkibining o‘zgarishiga
qaramay YalM hajmi yildan-yilga о ‘sib bormoqda. YalMning izchil о‘sib borishi
yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarining ishga tushirilishi yoki eskilarining
kengaytirilishi evaziga sodir bo‘lmoqda. Masalan, 2015-yilda Toshkent issiqlik
elektr stansiyasida 370 megavatt quwatga ega bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi barpo
etildi, Chorvoq GESi gidrogeneratorlari modemizatsiya qilindi, Qo‘ng‘irot soda
zavodida kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish kengaytirildi,
«Samarqandkimyo» aksiyadorlik jamiyatida 240 ming tonna quv- vatga ega
boigan murakkab tarkibli yangi o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi.
Shuningdek, «Motor zavodi» aksiyadorlik jamiyatining faoliyat ko‘rsatmayotgan
ishlab
chiqarish
maydonlarida traktor tirkamalari, jumladan, katta hajmli
tirkamalar, maishiy texnika uchun tarkibiy qismlar va boshqa mahsulotlar ishlab
chiqarish tashkil etildi.
Shu bilan birga mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasi sezilar- li ravishda
rivojlanib bormoqda. Respublika YalMdagi xizmat ko‘rsatishning ulushi 2000-
yilda 36,8 foizni tashkil qilib, 2014-yilda esa bu ko‘rsatkich 54,0 foizni, 2015-yilda
esa 54,5 foizni tashkil qildi. Bu esa mamlakatimizda keyingi yillarda aholining
turmush sharoitini yaxshilash uchun olib borayotgan kompleks tadbirlar qatorida
xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga qaratilgan
Davlat dasturlarining amalga oshirilishi natijasi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning jamiyat hayotidagi ahamiyati. Ishlab chiqarish va
xizmat koʻrsatishning oʻzaro bogʻliqligi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki boiinmadan iborat boiib,
birinchi boiinmada ishlab chiqarish vositalari (stanok, mashina, asbob-uskuna,
transport vositalari, xomashyo va turli materiallar) yaratilsa, ikkinchi boiinmada
esa iste’mol buyumlari ishlab chiqariladi.
Birinchi boiinmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yil- ning o‘zida
ikkinchi boiinmada va xizmat ко ‘rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi
sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi boiinmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy
soha xizmatlari o‘z navbatida birinchi boiinma uchun zarurdir. Shuning uchun ular
o‘rtasida doimo tovar ayirboshlash va boshqa iqtisodiy aloqalar sodir boiib turadi.
Sarflanayotgan mehnat ikki xil tavsifga ega boiganligi uchun har qanday
mahsulot, shu jumladan, bozor sharoitidagi yoki unga o‘tish davridagi mehnat
mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, ya’ni ma’lum bir
naflilikka va qiymatga ega boiib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum
miqdorini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu tovaming o‘zaro bogiiq va hamisha bir-
birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi bobda batafsilroq
to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning
pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi
cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan,
uning samarasi tovar va xizmatlaming natural va qiymat jihatdan o‘sishida,
ko‘payishida ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni
hamisha naflilikni, ya’ni iste’mol qiymatini yaratish, ko‘paytirish va qiymatlaming
o‘sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatini, ya’ni
nafli tovami yaratishdan iborat boiadi.
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar
ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur boigan sifat va miqdorda iste’mol
qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo‘yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda
etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilarning, tadbirkorlaming
manfaati bilan bogiangandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki
unga o‘tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda
olishni, sarflangan vositalariga, pul mablagiariga nisbatan ko‘proq qiymatga ega
boiishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ко‘rsatish
jarayoni bir tomondan, naflilikni yaratish jarayoni boisa, ikkinchi tomondan,
qiymatning o‘sish jarayoni boiib hisoblanadi.
Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish
omillarining roli. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan
iste’mol qiymatini (naflilikni) yaratish va ko‘paytirishdir, ikkinchi tomondan,
moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi,
boshqacha qilib aytganda, qiymatning o‘sish jarayonidir. Bu ishlab chiqarish ja
rayonining ikki tomonlama xususiyatidir.
Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 10 mln. so‘mlik paxta
tolasi sotib oldi, deylik. Toladan ip yigirish uchun qoilanilgan asosiy vositalar
amortizatsiyasi, energiya, yonilg‘i va boshqa xarajatlar 4 mln. so‘mni, ish haqi 3
mln. so‘mni tashkil etib, 3 mln. so‘mlik qo‘shimcha mahsulot yaratilib, uni
tadbirkor foyda sifatida oladigan boisa, Yaratilgan mahsulotning qiymati 20 mln.
so‘mni, qo‘shilgan qiymat 10 mln. so‘mni, yangi Yaratilgan qiymat 6 mln.so‘mni
tashkil etadi. Agar (4 mln. so‘m + 10 mln. so‘mni) oldingi Yaratilgan qiymat deb
hisoblasak, u 6 mln. so‘mga ko'payib 20 mln. so‘mga yetadi. Bu 20 mln. so‘m ham
naflilikning ham qiymatning o‘sishini ifodalaydi.
Agar biz 8 mln. so‘mlik qo‘shilgan qiymatdan 2 mln. so‘mini amortizatsiya,
energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan Yaratilgan
qiymatlar deb qarasak, 6 mln. so‘mlik qiymat, ya’ni 4 mln. so‘mlik ish haqi va 2
mln. so‘mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat
hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama
tabiatini quyidagicha ifoda yetishimiz mumkin.
2-rasm. Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati
Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o‘rganish uning
mazmunini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali
tortishuvlarga chek qo‘yadi. Jumladan, shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish
jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan
holda, qancha qiymatga ega boisa shuncha qiymat aniq mehnat bilan ishlab
chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi. Lekin ishlab chiqarishning
oxirida qiymat ortiqcha boiib chiqadi. Bu ishchi kuchi tomonidan Yaratilgan yangi
qiymat evaziga sodir boiadi.
Ishlab chiqarish vositalari naflilikni yaratishda to iiq qatnashadi, qiymatning
tashkil topishida esa qisman, ya’ni uning eskirgan qismi qatnashadi. Bu ishlab
chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar (masalan, qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda tuproq unumdorligi, quyosh va shamol
energiyasi) qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovaming nafliligini hosil
qilishda omil sifatida qatnashsada, lekin qiymatning tashkil topishida, uning
ko‘payishida qatnashmaydi.
3-rasm. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab
chiqarish omillarining roli
Demak, ishlab chiqarilgan tovarlaming nafliligini yaratishda har uchala omil:
tabiat, kapital, ishchi kuchi qatnashadi, qiymatning tash kil topishida esa mehnat
toiiq, kapital esa qisman qatnashadi.
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham
ikki tomoni borligini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish jarayonida turli omillaming bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirda
boiishi va birikishi asosan turli xildagi korxonalarda amalga oshiriladi. Bunday
korxonalar sonining o‘sishi va yiriklashuvi ayni paytda iqtisodiyotdagi tovar va
xizmatlar turlari va hajmining o‘sishidan darak beradi. Jumladan, chuqur tarkibiy
o‘zgarishlami amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini
ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek,
xususiy mulkning qonuniy, me’yoriy-huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini
ta’minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida tovar va xizmatlar hajmini bosqichma-
bosqich kamaytirishga qaratilgan.
Yuzaki qaraganda, har bir korxonadagi (davlat, xususiy, qo‘shma korxona,
fermer xo‘jaligi) individual ishlab chiqarish bir-biridan mustaqil, ajralgan holda
amalga oshadiganga o‘xshab ko‘rinadi. Ammo xilma-xil tovarlar va resurslarning
uzluksiz oqimida individual ishlab chiqarilgan tovarlar va mablagiaming
harakatlari bir-biri bilan qo‘shilib, o‘ralib-chatishib ketadi. Chunki alohida olingan
individual ishlab chiqaruvchilaming faoliyati va ayrim mablagiar, mahsulotlaming
harakati o‘zaro bogiangandir. Shu sababli, individual mehnatlar va tovarlar
harakatining qo‘shilib ketishi, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, jami Yaratilgan
tovar va xizmatlar-ning harakatini bildiradi. Demak, ijtimoiy ishlab chiqarish
o‘zaro
bogiangan
va
aloqada
boigan
barcha
individual
ishlab
chiqarishlarning yig‘indisidir. Har bir individual ishlab chiqarish, uning
sarmoyasi va resurslari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir boiagidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda
ko‘p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat boigan yalpi ichki
mahsulot vujudga keladi. Bu Yaratilgan mahsulotlar mamlakatimiz aholisining
talablarini qondirib, ulaming turmush darajasini oshirishga, ishlab chiqarishni sifat
va miqdor jihatdan yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham
mamlakatimiz birinchi Prezidenti va hukumati tomonidan yalpi ichki mahsulotni
ko‘paytirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlari izchil amalga
oshirib
kelinmoqda.
Ma’lumki, har yili yilning boshida mamlakatimizda oldingi yildagi ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning yakunlari va yangi yildagi iqtisodiy islohotlami
chuqurlashtirishning eng ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi. Ushbu ustuvor
yo‘nalishlardan kelib chiquvchi vazifalar amalga oshirilib, salmoqli natija va
sezilarli o‘zgarishlar qo‘lga kiritilmoqda. Iqtisodiyotning yuqori barqaror sur’atlar
bilan o‘sishi va makroiqtisodiy muvozanati va mutanosibligi ma’lum darajada
ta’minlanmoqda, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik yangilash, diversifikatsiyalash ishlari davom ettirilmoqda.
Shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar tanqidiy
tahlil qilinib, yangicha yondashuv bilan olib borilmoqda. Ayni vaqtda bu tahlillar
yuqori sa- lohiyatga ega bo‘lgan korxonalarga har bir turdagi mahsulotni xom-
ashyo va yarim fabrikat bo‘yicha chuqur qayta ishlashning uzoq va yaqin
kelajakdagi yillarga mo‘ljallangan aniq istiqbolga ega bo‘lgan mutlaqo yangi
dasturiy kompleks yondashuvi asosida ishlab chiqa rishni yo‘lga qo‘yishni talab
etmoqda.
Bu ko‘rilgan chora va tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulotning barqaror
o‘sish sur’atlari ta’minlanib, keyingi 9 yil davomida uning o‘rtacha yillik o‘sishi 8
foizdan kam bo‘lmagan, 2016-yilda esa bu ko‘rsatkich 7,8. foizni tashkil etdi.
5-rasm YalMning yillar davomida o ‘sish dinamikasi (foizlarda)
Yalpi ijtimoiy mahsulot. Takroriy hisob. Oraliq mahsulot, pirovard
mahsulot, qoʻshilgan mahsulot, sof mahsulot. Zaruriy va qoʻshimcha mahsulot.
Qoʻshimcha mahsulot normasi va massasi. Qoʻshimcha mahsulotning zarurligi
va ahamiyati.
Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning tarmoq tarkibida ham sezilarli
o‘zgarishlar yuz berdi (1-jadval).
1-jadval
Ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning asosiy tarmoqlar
bo‘yicha tarkibi (%)
Respublika yalpi ichki mahsulotining ishlab chiqarish tarkibi bo‘yicha sanoat
mahsulotining nisbatan tezroq o‘sishi natijada uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi
2008-yildagi 22,3 foiz o‘miga 2016-yilda 25,7 foizni tashkil etdi. Shu davr ichida
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari salmog‘ining 19,4 foizdan 17,6 foizga qadar pasayishi
esa mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibining takomillashib, unda sanoat,
qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarining ulushi yildan-yilga oshib borayotganligini
anglatadi. Ayni paytda yalpi ichki mahsulot tarkibidagi sof soliqlar hissasining 9,9
foizdan 8,7 foizga qadar qisqarganligi mamlakatimizdagi soliq yukining tobora
pasayib borayotganligini ko‘rsatadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda har yili bir qancha yangi ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari ishga tushirilib, YalM hajmini oshirishga
xizmat qiladi. Masalan, 2015-yilda “Xorazm viloyatida «Jeneral motors -
O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatida umumiy qiymati qariyb 6 million dollarlik
loyiha asosi- da «Shevrolet Labo» kichik yuk mashinasi ishlab chiqarish yo‘lga
qo‘yildi. Bu yerda yiliga fermyerlarimiz va xususiy tadbirkorlarimiz uchun juda
zarur bo‘lgan 5 mingta ana shunday mashina ishlab chiqa- riladi. Shuni ta’kidlash
joizki, ushbu model yangi «Xorazm avto» zavodida tayyorlanayotgan «Damas» va
«Orlando» avtomobillaridan keyingi uchinchi turdagi avtomobil bo‘ldi.
Namangan viloyatining Pop tumanida 130 kilovatt quvvatga ega bo‘lgan
quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Hozircha bu loyiha sinovdan
o‘tkazilmoqda. 2020-yilga borib mamlakatimizda har biri 100 megavatt quwatga
ega
yana
uchta
quyosh
elektr
stansiyasini
foydalanishga
topshirish
rejalashtirilmoqda”.
2016-yilda AO “GM O’zbekistan” korxonasida yengil avtomobilning “T-250”
modelini ishlab chiqarish yoiga qo‘yildi. Jizzax sement zavodining ishlab chiqarish
quwatlari kengaytirildi. Tallimarjon issiqlik energiyasi ishlab chiqarish stansiyasida
900 MVt bo‘lgan ikkita gaz-par qurilmasi ishga tushirildi. Angren TESda 150MVt
quvatga ega bo‘lgan ko‘mir bilan ishlaydigan energoblok ishga tushurildi.
Farg‘ona vodiysini mamlakatning boshqa hududlari bilan ishonch li transport
aloqasini bog‘lovchi, Qamchiq dovonidan 19,2 kilometr uzunlikdagi yer osti yo‘li
orqali o‘tuvchi yangi Angren-Pop elektr- lashtirilgan temir yo‘l liniyasini qurildi.
Mazkur temir yo‘lining foydalanishga topshirilishi bilan mamlakatimizni barcha
hududlarini qam- rab oluvchi yagona to‘liq temir yo‘l tizimi yaratildi.
Toshkent-Buxoro va Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda
harakatlanadigan «Afrosiyob» yo‘lovchi elektr poezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
291,5 km uzunlikdagi Samarkand-Buxoro temiryo‘l qismini elektrlashtirish loyihasi
yakunlandi. Havo kemalari parki 2 ta zamonaviy «Boeing 787-800 Dreamliner»
samolyotlari bilan to‘ldirildi.
YalM hajmini va uning o‘sib borishini ifodalashda uni to‘g‘ri hisoblash muhim
ahamiyatga egadir. Mustaqillikdan oldingi davrda sobiq SSSRda va uning tarkibida
bo‘lgan hozirgi MDH davlatlarida mam lakat bo‘yicha ishlab chiqarishda vujudga
keltirilgan mahsulotlar yig‘indisi yalpi ijtimoiy mahsulot deb atalgan. Yalpi
ijtimoiy mah sulot ko‘rsatkichida yil mobaynida Yaratilgan moddiy ne’matlar
yig‘indisi hisobga olingan, unda xizmat ko‘rsatish sohalarida vujudga
keltirilgan ma’naviy ne’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan. Lekin bir
ishlab chiqarish tarmog‘idan chiqqan hozirgi vaqtda oraliq iste’moli deb atalmish
xomashyo, materiallar, yonilg‘i va energiyalaming qiymati boshqa tarmoqlarda
ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun’iy
ravishda oshirib ko‘rsatilgan, iste’molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa
undan bir necha barobar kam bo‘lgan.
Yaratilgan mahsulot hajmi va tarkibini hisoblash va tahlil qilishda ikki
tomonlama naflilik (natural) va qiymat jihatidan yondashish maqsadga muvofiqdir.
Naflilik (natural) jihatdan yondashilganda, ishlab chiqarish jarayonini
davom ettirish uchun, birinchidan, iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarini
faqat qiymat holidagina emas, balki uni moddiy buyum shaklida ham qayta tiklash
zarur. Buning uchun albatta mamlakatda Yaratilgan yalpi ichki mahsulot tarkibida
ma’lum miqdorda ishlab chiqarish vositalari natural shaklda mavjud bo‘lishi kerak.
Ikkinchidan, ishchi kuchining qayta tiklanishi uchun zarur iste’mol buyumlari
mavjud bo‘lishi shart. Shuning uchun ham moddiy mahsulotlar ikki xil tovar
mahsulot sifatida mavjud bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, ikki yirik bo‘linmalar
o‘rtasida tovar ayirboshlash imkonini beradi. Undan tashqari juda ko‘p korxona va