Ishlab chiqarish jarayonlari va uning natijalari
Reja:
1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.
2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.
3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.
4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.
5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari.
1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi
Ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qo’llaniluvchi barcha resurslar ishlab
chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta
omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo’lishi shart. Ishchi
kuchi deb insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining
yig’indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar uchun
xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning mehnati ham emas,
uning qobiliyatidan iboratdir. Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida
tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar,
stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat predmetlari esa
bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer,
suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar). Kapital deganda o’z egalariga
daromad keltiradigan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma sohalarida
ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi
vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo’ljallangan pul mablag’larini, ularning
ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda
«kapital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo’lgan, ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatish jarayonida foydalaniladigan vositalardir. Hamma adabiyotlarda yerga
deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni yer deganda tuproq unumdorligi, o’tloqlar,
yaylovlar, suv, havo, o’rmon, qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar
tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri
tadbirkorlik qobiliyatidir. Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish
vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo’shilishini
ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va
boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo’rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar
majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim
adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb
ko’rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular yer va kapitalda o’z ifodasini topadi. .
2.Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni
Ishlab chiqarish jarayoni – bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur
bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq
faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish
jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. Ishlab chiqarishning
tarkibiy tuzilishi muhim ahamiyat kasb etib, u turli sohalar, bo’linmalar,
yaratilayotgan mahsulotlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar turlarini ifodalaydi. Eng
avvalo, ishlab chiqarishni moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish
sohalariga ajratish lozim. O’z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy
ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, avtomobil, oziqovqat mahsulotlari, kiyim-
kechaklar va h.k.) va moddiy xizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy
xizmat va boshqalar)dan iborat bo’ladi. Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham
nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy
asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va nomoddiy xizmatlar ko’rsatish (huquqiy
maslahatlar berish, o’qitish, malaka oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar
bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir
ko’rsatadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasi o’z navbatida ikki bo’linmadan —
birinchi va ikkinchi bo’linmalardan iborat bo’ladi. Birinchi bo’linmada ishlab
chiqarish va xizmat ko’rsatish korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish
iste’moli uchun zarur bo’lgan vositalar – stanok, mashina, asbob-uskuna,
xomashyo va turli materiallar i s t e ’ Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday
ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatni (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi
tomondan, moddiy vositalar va qiymatning o’sish jarayonidir.
3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda ko’p
turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo’lgan yalpi ijtimoiy mahsulot
vujudga keladi. Shu yaratilgan jami tovarlar va xizmatlar, ya’ni milliy
mahsulotning yil davomidagi yig’indisi mamlakat bo’yicha ishlab chiqarishning
umumiy natijasi bo’lib hisoblanadi. Yil davomida mamlakatda yaratilgan milliy
mahsulot natural jihatidan uch qismdan: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol
buyumlari va turli xil xizmatlardan Yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va
xizmatlarni, ya’ni milliy mahsulotni bunday uchta ko’rinishga bo’lib o’rganish va
bilish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Chunki ularning har bir turi
bo’yicha talab va takliflar o’rganilib, Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch
qismdan iborat bo’ladi, ya’ni: ) ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab
chiqarish vositalar qiymatining mahsulotga o’tgan qismi (s); 2) yangidan vujudga
keltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni, ishchilarga tegishli qismi – zaruriy
mahsulot qiymati (v); qo’shimcha mahsulot qiymati (m)dan iboratdir. Biroq, shuni
ta’kidlash lozimki, yalpi ijtimoiy mahsulot tarkibida oraliq natijasiga to’g’ri baho
bera olmaydi. Shunga ko’ra, jamiyat a’zolarini ko’proq ishlab Ishlab chiqarishning
pirovard natijasi bo’lib ishlab chiqarish sohasidagi o’z harakatini tugatgan, jamiyat
a’zolarining ehtiyojlarini yo bevosita (iste’mol fondi orqali), yoki bilvosita, ya’ni
ishlab chiqarishni kengaytirish (jamg’arish fondi) orqali Y a r a t i l g a n m a h s u
l o t d a n i s t e ’ mehnati bilan yaratilgan zaruriy mahsulotdan va qo’shimcha
mahsulotdan iboratdir. ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo’lgan
zaruriy ish vaqtida zaruriy uchun zarur bo’lgan mahsulotga aytiladi. Bunga kelgusi
avlod ishchilarini yetishtirish, ya’ni ishchilarning oilasi va bolalari uchun zarur
bo’lgan mahsulot ham Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni
qo’shimcha ish vaqtida qo’shimcha mehnat bilan yaratilgan qismi qo’shimcha
mahsulot deyiladi. Ish kunini uzaytirish yo’li bilan olingan qo’shimcha mahsulot
absolyut qo’shimcha mahsulot deb, ish kuni o’zgarmaganda zaruriy ish vaqtini
kamaytirib, qo’shimcha ish vaqtini ko’paytirish evaziga olingan qo’shimcha
mahsulot esa nisbiy qo’shimcha mahsulot deb ataladi. Yil davomida olingan
qo’shimcha mahsulotlar yig’indisi qo’shimcha mahsulot Agar qo’shimcha
mahsulot normasini m’ , massasini m, zaruriy mahsulotni v bilan belgilasak
qo’shimcha mahsulot normasi 100% ' m vm ko’rinishdagi iqtisodiyotiga doir
adabiyotlarda ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari o’rtasidagi
bog’liqlikni ishlab chiqarish funktsiyasi deb atashadi. Masalan, ishlab chiqarish
omillari – yer (E), kapital (K) va ishchi kuchi (I)ni ishlab chiqarishda q o ’llashdan
olingan mahsulotni M dan iborat deb faraz qilsak, ishlab chiqarish funktsiyasi f
(Ye,К,I)М dan iborat bo’ladi. Omillardan foydalanish va ularning miqdorini
oshirish evaziga olingan mahsulotni uch xil o’lchamda o’lchaydilar: umumiy
mahsulot, o’rtacha mahsulot va so’nggi qo’shilgan mahsulot. Umumiy mahsulot
jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanish evaziga olingan
mahsulotning mutlaq hajmidir. O’rtacha mahsulot esa jalb qilingan barcha ishlab
chiqarish omillarining bir birligiga to’g’ri keladigan mahsulotga aytiladi: М
(I,К).O'М So’nggi qo’shilgan mahsulot deb eng so’nggi qo’shilgan omil (kapital
yoki ishchi kuchi) evaziga o’sgan mahsulotga aytiladi. Har bir qo’shilgan omil
evaziga olingan qo’shilgan mahsulot esa so’nggi qo’shilgan omil unumdorligi deb
aytiladi. So’nggi qo’shilgan mahsulot (o’sgan) miqdorini so’nggi qo’shilgan
(o’sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga bo’lish yo’li bilan qo’shilgan omil,
ya’ni qo’shilgan kapital yoki qo’shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi,
ya’ni: КМ КМ yoki I .М КМ Alohida olingan omil evaziga qo’shilgan
mahsulot ma’lum darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Bu kamayish
ayniqsa uning har bir birligi evaziga qo’shilgan mahsulotda aniq seziladi. Mana
shu qo’shilgan omil unumdorligining pasayishiga qarab, marjinalistlarning
vakillari unumdorlikning kamayib borish qonuni degan qonunni kashf qilishgan.
Ularning g’oyasi bo’yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki omil oldingisiga
qaraganda kam samara beradi va oqibatda umumiy o’rtacha mahsulot ham pasayib
ketadi. Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, keyingi jalb qilingan omil yoki xarajat
unumdorligining pasayib borish qonuni quyidagicha to’rt holatda amal qilishi
mumkin: 1) ishlab chiqarishning boshqa omillari o’zgarmay faqat bir omil
to’xtovsiz oshirilganda; 2) fan-texnika taraqqiy etmaganda yoki ishlab chiqarishga
jalb qilinmaganda; 3) omillar o’rtasidagi miqdoriy va sifatiy nisbatlar buzilganda;
4) shart-sharoitni hisobga olmasdan xarajatlar xo’jasizlarcha, ko’r-ko’rona amalga
oshirilganda. Yuqorida belgilangandan boshqa holatlarda bu qonun amal qilmaydi.
4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi Iqtisodiyot nazariyasi fani
mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday qilib foydalanilganda
jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to’laroq qondirib borish mumkin, degan
muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslardan
foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo’lishi ko’zda tutilib, ulardan
eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to’laroq qondiradigan miqdorda
tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkonini beradigan turini tanlab olishga
harakat qilinadi. Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli
jamiyat a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo’lmaydi.
Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan
vaqtincha voz kechish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur
bo’ladi. Shunday tanlash orqali, resurslarning mavjud darajasida mahsulot
olishning aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini
ko’rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to’liq foydalanish uchun,
iqtisodiy resurslarning to’liq bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to’liq
hajmini ta’minlash zarur. To’liq bandlilik deganda biz ishlab chiqarishga yaroqli
bo’lgan barcha resurslardan to’la unum bilan foydalanishni tushunamiz. Ishchi
majburiy ishsiz bo’lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga layoqatli
bo’lgan barchani ish bilan ta’minlashi zarur, haydaladigan yerlar yoki kapital
uskunalar ham bo’sh qolmasligi lozim. Ishlab chiqarishning to’liq hajmi,
resurslarni samarali taqsimlashni, ya’ni ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng
ko’p hissa qo’shadigan qilib foydalanishni va mavjud texnologiyalarning eng