Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar, ularning inson organizmiga ta’siri

Yuklangan vaqt

2024-03-31

Yuklab olishlar soni

21

Sahifalar soni

23

Faytl hajmi

52,3 KB


 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar, ularning inson 
organizmiga ta’siri 
 
 
 
 
Reja: 
1. Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar 
2. Ishlab chiqarish changi va zaharli moddalarning inson organizmiga ta’siri, 
ularga qarshi chora-tadbirlar 
3. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish, isitish va yoritish tizimi 
4. Ishlab chiqarishda shovqin, silkinish, ultra va infratovushlar, ularning 
inson organizmiga ta’siri va ularga qarshi ko‘riladigan tadbirlar 
5. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari va inson 
organizmiga ta’siri  
 
 
 
 
 
 
Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar, ularning inson organizmiga ta’siri Reja: 1. Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar 2. Ishlab chiqarish changi va zaharli moddalarning inson organizmiga ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar 3. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish, isitish va yoritish tizimi 4. Ishlab chiqarishda shovqin, silkinish, ultra va infratovushlar, ularning inson organizmiga ta’siri va ularga qarshi ko‘riladigan tadbirlar 5. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari va inson organizmiga ta’siri
 
1. Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar 
Odam umrining ko‘p vaqtini mehnat egallaydi, agar inson ish faoliyatida 
o‘rnatilgan barcha tartib-qoidalarga rioya qilmasa bu o‘z navbatida inson mehnat 
faoliyatiga va sog‘ligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Ishlab chiqarish sharoiti - bu insonni o‘rab turgan atrof muhitning bir qismini 
tashkil qilib uning tarkibiga tabiat-iqlimga bog‘liq bo‘lgan hamda insonning kasbiy 
faoliyatiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillar (shovqin, silkinish, zaharli tutunlar, 
gazlar, changlar, nurlanishlar va hakazo) kiradi. 
Ishlab chiqarishdagi zararlar deb, ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish 
va kasalliklarning paydo bo‘lishi kasallanishning ortib ketishi va vaqtinchalik 
mehnat faoliyatining yo‘qolishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi. 
Xavfli omillar - muayyan bir sharoitda inson sog‘ligiga zarar keltirishi yoki 
organizmni halokatga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar. Havfli omillarga ishlab 
chiqarishdagi zaharli kimyoviy, biologik moddalar, ionlantirish xususiyatiga ega 
bo‘lgan nurlar va boshqa kuchli ta’sir etuvchi kuchlar kiradi.  
Zaharli kimyoviy moddalarning yo‘l qo‘yiladigan eng oxirgi darajasidan 
yuqori miqdorda yoki biologik xavfli ta’sirlarning inson tanasiga o‘tishi natijasida 
kuchli kimyoviy yoki biologik zaharlanish yuz berib, insonning o‘limiga olib keladi. 
Shuningdek, ionlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan nurlarning yuqori miqdordagi 
dozasi ta’sirida ham inson hayoti xavf ostida qoladi. 
Zararli omillar - insonning ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki biror-
bir kasallikka olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar. Zararli omillarga ishlab 
chiqarishdagi changlar, tutunlar, gazlar, bug‘lar, yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajadan 
yuqori qiymatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me’yorlari, 
shovqin, titrashlar, yoritilganlik, elektr va magnit maydonlari va boshqalar kiradi. 
Masalan: ishlab chiqarish changlari Pnevmokomioz kasalliklaridan tashqari 
teri kasalliklarini ham keltirib chiqaradi. 
1. Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar Odam umrining ko‘p vaqtini mehnat egallaydi, agar inson ish faoliyatida o‘rnatilgan barcha tartib-qoidalarga rioya qilmasa bu o‘z navbatida inson mehnat faoliyatiga va sog‘ligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ishlab chiqarish sharoiti - bu insonni o‘rab turgan atrof muhitning bir qismini tashkil qilib uning tarkibiga tabiat-iqlimga bog‘liq bo‘lgan hamda insonning kasbiy faoliyatiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillar (shovqin, silkinish, zaharli tutunlar, gazlar, changlar, nurlanishlar va hakazo) kiradi. Ishlab chiqarishdagi zararlar deb, ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish va kasalliklarning paydo bo‘lishi kasallanishning ortib ketishi va vaqtinchalik mehnat faoliyatining yo‘qolishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi. Xavfli omillar - muayyan bir sharoitda inson sog‘ligiga zarar keltirishi yoki organizmni halokatga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar. Havfli omillarga ishlab chiqarishdagi zaharli kimyoviy, biologik moddalar, ionlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan nurlar va boshqa kuchli ta’sir etuvchi kuchlar kiradi. Zaharli kimyoviy moddalarning yo‘l qo‘yiladigan eng oxirgi darajasidan yuqori miqdorda yoki biologik xavfli ta’sirlarning inson tanasiga o‘tishi natijasida kuchli kimyoviy yoki biologik zaharlanish yuz berib, insonning o‘limiga olib keladi. Shuningdek, ionlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan nurlarning yuqori miqdordagi dozasi ta’sirida ham inson hayoti xavf ostida qoladi. Zararli omillar - insonning ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki biror- bir kasallikka olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar. Zararli omillarga ishlab chiqarishdagi changlar, tutunlar, gazlar, bug‘lar, yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajadan yuqori qiymatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me’yorlari, shovqin, titrashlar, yoritilganlik, elektr va magnit maydonlari va boshqalar kiradi. Masalan: ishlab chiqarish changlari Pnevmokomioz kasalliklaridan tashqari teri kasalliklarini ham keltirib chiqaradi.
Xavfli va zararli omillarning ta’sir xususiyatlari ularning tarkibiga, 
tuzilishiga, fizik-kimyoviy xossalariga, miqdoriga, ta’sir etish yo‘llariga, holatiga, 
uchuvchanligiga, suvda, yog‘da eruvchanligiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq. 
Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar 4-guruhga bo‘linadi 
(GOST 12.0.003-83 – Xavfli va zararli ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tasnifi): 
1. Fizikaviy. 2. Kimyoviy. 3. Biologik. 4. Psixofiziologik 
1. Fizikaviy – ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ishlab chiqarish 
uskunalarining himoyalanmagan harakatlanuvchi elementlari, ish uchastkasida turli 
gazlar tarqalishi va changlar ko‘tarilishi, elektr tarmoqlaridagi quvvatning, 
elektromagnit maydonining me’yordan yuqori bo‘lishi, shovqin, silkinish va boshqa 
turdagi titrashlar, nurlanishlar, yoritilish darajasi, iqlim o‘zgarishlari: ob-havo 
haroratining me’yordan ortiq isishi yoki sovib ketishi va boshqalar.  
2. Kimyoviy - zaharli moddalarning paydo bo‘lishi va ularning inson 
organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi. 
3. Biologik 
- 
kasallangan 
mikroorganizmlar 
(bakteriyalar, 
viruslar, 
rikketsiylar), makroorganizmlar (o‘simliklar va xayvonlar), mikrob preparatlari, 
biologik pestitsidlar va boshqalar. 
4. Psixofiziologik - ta’sir etish hususiyatiga qarab jismoniy va psixologik 
turlarga bo‘linadi. 
Jismoniy (statistik va dinamik) zo‘riqish – og‘ir yukni olib o‘tish, inson 
jismoniy holatining buzilishi, inson tana a’zolarining katta bosim ostida bo‘lishi va 
boshqalar. 
Psixologik (nerv faoliyatining) zo‘riqishi – aqliy faoliyatni keragidan ortiq 
ishlatish, his-hayajonning ortib ketishi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, insonning mehnat qilish jarayonida 
energiya sarflanishi bajariladigan ishining og‘ir yengilligiga, ishning oddiy-
murakkabligiga, emotsional zo‘riqish darajasi va ishlab chiqarish muhitining 
gigienik normalariga bog‘liq bo‘ladi. 
Demak, insonning turli ko‘rinishdagi mehnat faoliyatlarini amalga oshirishda, 
ularning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini xisobga olish, inson organizmining mehnat 
Xavfli va zararli omillarning ta’sir xususiyatlari ularning tarkibiga, tuzilishiga, fizik-kimyoviy xossalariga, miqdoriga, ta’sir etish yo‘llariga, holatiga, uchuvchanligiga, suvda, yog‘da eruvchanligiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar 4-guruhga bo‘linadi (GOST 12.0.003-83 – Xavfli va zararli ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tasnifi): 1. Fizikaviy. 2. Kimyoviy. 3. Biologik. 4. Psixofiziologik 1. Fizikaviy – ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ishlab chiqarish uskunalarining himoyalanmagan harakatlanuvchi elementlari, ish uchastkasida turli gazlar tarqalishi va changlar ko‘tarilishi, elektr tarmoqlaridagi quvvatning, elektromagnit maydonining me’yordan yuqori bo‘lishi, shovqin, silkinish va boshqa turdagi titrashlar, nurlanishlar, yoritilish darajasi, iqlim o‘zgarishlari: ob-havo haroratining me’yordan ortiq isishi yoki sovib ketishi va boshqalar. 2. Kimyoviy - zaharli moddalarning paydo bo‘lishi va ularning inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi. 3. Biologik - kasallangan mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, rikketsiylar), makroorganizmlar (o‘simliklar va xayvonlar), mikrob preparatlari, biologik pestitsidlar va boshqalar. 4. Psixofiziologik - ta’sir etish hususiyatiga qarab jismoniy va psixologik turlarga bo‘linadi. Jismoniy (statistik va dinamik) zo‘riqish – og‘ir yukni olib o‘tish, inson jismoniy holatining buzilishi, inson tana a’zolarining katta bosim ostida bo‘lishi va boshqalar. Psixologik (nerv faoliyatining) zo‘riqishi – aqliy faoliyatni keragidan ortiq ishlatish, his-hayajonning ortib ketishi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, insonning mehnat qilish jarayonida energiya sarflanishi bajariladigan ishining og‘ir yengilligiga, ishning oddiy- murakkabligiga, emotsional zo‘riqish darajasi va ishlab chiqarish muhitining gigienik normalariga bog‘liq bo‘ladi. Demak, insonning turli ko‘rinishdagi mehnat faoliyatlarini amalga oshirishda, ularning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini xisobga olish, inson organizmining mehnat
qilish qobiliyatlarini oshirish uchun kerakli choralarni ko‘rish va ishchi-xizmatchilar 
uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi. 
 
2. Ishlab chiqarish changi va zaharli moddalarning inson organizmiga 
ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar 
Sanoatda, transport vositalarini ishlatishda va qishloq xo‘jaligidagi ishlarning 
deyarli hammasida chang hosil bo‘lishi va ajralishi kuzatiladi. Har xil texnologik 
jarayonlarni bajarishda yuzaga keladigan va havoda muallaq holatda bo‘ladigan 
qattiq moddalarga ishlab chiqarish changi deb aytiladi.  
Changlarning turlari ularning kelib chiqish manbalarini hisobga olib tabiiy va 
sun’iy changlarga bo‘linadi. 
Tabiiy changlarga tabiatda inson ta’sirisiz hosil bo‘ladigan changlar 
kiritiladi. Bunday changlarga shamol va qattiq bo‘ronlar ta’sirida qum va tuproqning 
eroziyalangan qatlamlarining uchishi, o‘simlik va hayvonot olamida paydo 
bo‘ladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmosdan yer atmosferasiga tushadigan va 
boshqa hollarda hosil bo‘ladigan changlarni kiritish mumkin. Tabiiy changlarning 
atmosfera muhitidagi miqdori tabiiy sharoitga, havoning holatiga, yil fasllariga va 
aniqlanayotgan zonaning qaysi mintaqaga joylashganligiga bog‘liq.  
Sun’iy changlarga sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita 
yoki bilvosita ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan changlar kiradi. Kelib chiqishi 
bo‘yicha organik, mineral va aralashma changlar farqlanadi. Changning zararli 
ta’siri asosan uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Changlar organizmga gigienik 
ta’siridan tashqari texnologik jihozlarning yemirilishini tezlashtiradi, qimmatbaho 
materiallarni ishdan chiqarib, iqtisodiy zarar yetkazadi. Changlar ishlab chiqarish 
muhitining umumsanitariya holatini yomonlashtiradi, jumladan, deraza va 
yorituvchi asboblarni ustini qoplashi oqibatida yorug‘likni kamaytiradi. Changning 
ba’zi turlari, masalan, ko‘mir, yog‘och changlari yong‘in va portlashning yuzaga 
kelishiga sharoit yaratadi. Changning ishchilar salomatligiga zararli ta’siri chang 
zarralarining fizik-kimyoviy xossasiga; kattaligi va shakliga; havodagi changning 
qilish qobiliyatlarini oshirish uchun kerakli choralarni ko‘rish va ishchi-xizmatchilar uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi. 2. Ishlab chiqarish changi va zaharli moddalarning inson organizmiga ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar Sanoatda, transport vositalarini ishlatishda va qishloq xo‘jaligidagi ishlarning deyarli hammasida chang hosil bo‘lishi va ajralishi kuzatiladi. Har xil texnologik jarayonlarni bajarishda yuzaga keladigan va havoda muallaq holatda bo‘ladigan qattiq moddalarga ishlab chiqarish changi deb aytiladi. Changlarning turlari ularning kelib chiqish manbalarini hisobga olib tabiiy va sun’iy changlarga bo‘linadi. Tabiiy changlarga tabiatda inson ta’sirisiz hosil bo‘ladigan changlar kiritiladi. Bunday changlarga shamol va qattiq bo‘ronlar ta’sirida qum va tuproqning eroziyalangan qatlamlarining uchishi, o‘simlik va hayvonot olamida paydo bo‘ladigan changlar, vulqonlar otilishi, kosmosdan yer atmosferasiga tushadigan va boshqa hollarda hosil bo‘ladigan changlarni kiritish mumkin. Tabiiy changlarning atmosfera muhitidagi miqdori tabiiy sharoitga, havoning holatiga, yil fasllariga va aniqlanayotgan zonaning qaysi mintaqaga joylashganligiga bog‘liq. Sun’iy changlarga sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan changlar kiradi. Kelib chiqishi bo‘yicha organik, mineral va aralashma changlar farqlanadi. Changning zararli ta’siri asosan uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Changlar organizmga gigienik ta’siridan tashqari texnologik jihozlarning yemirilishini tezlashtiradi, qimmatbaho materiallarni ishdan chiqarib, iqtisodiy zarar yetkazadi. Changlar ishlab chiqarish muhitining umumsanitariya holatini yomonlashtiradi, jumladan, deraza va yorituvchi asboblarni ustini qoplashi oqibatida yorug‘likni kamaytiradi. Changning ba’zi turlari, masalan, ko‘mir, yog‘och changlari yong‘in va portlashning yuzaga kelishiga sharoit yaratadi. Changning ishchilar salomatligiga zararli ta’siri chang zarralarining fizik-kimyoviy xossasiga; kattaligi va shakliga; havodagi changning
miqdoriga; smena davomida ta’sir etish muddati va kasbda ishlash davriga va 
boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.  
Changning asosiy ta’siri eng avvalo nafas olganda vujudga keladi. Nafas 
organlarining zararlanishi: bronxit, pnevmokonioz yoki umumiy zararlanish 
(zaharlanish, allergiya) rivojlanishini vujudga keltirishi mumkin. Ba’zi bir changlar 
qo‘shimcha kasalliklar tug‘dirish xususiyatiga ega. Changning bu asosiy bo‘lmagan 
ta’siri yuqori nafas yo‘llari, ko‘zning shilliq qavati, teri kasalliklarida ko‘zga 
tashlanadi. Changning o‘pka yo‘liga kirishi zotiljam, sil, o‘pka rakining kelib 
chiqishiga sharoit yaratishi mumkin. 
Chang zarralarining shakli har xil bo‘lishi mumkin: sferik, yassi, ko‘p 
burchakli shaklda bo‘ladi. Chetlari o‘tkir tishli chang zarrachalari (shisha tola kabi 
chang turlari) nafas yo‘llariga kirganda yuqori nafas yo‘llari hujayralarini 
mikrozararlashi, ko‘zning shilliq qavati va teriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Changga qarshi kurashda asosiy e’tiborni uni ajralib chiqishga yo‘l 
qo‘ymaslikka qaratish kerak. Shu nuqtai nazardan texnologik jarayonga katta e’tibor 
berish va ajralib chiqadigan chang minimal darajada bo‘lishini ta’minlash zarur. Shu 
maqsadda quruq, changlanadigan xom ashyolarni, ho‘l yoki pasta holdagi hom 
ashyolar bilan almashtirib ishlov berish kerak. Changga qarshi kurashishda ho‘l 
usulda ishlashdan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunday usul sanoatda juda kengh 
qo‘llanilmoqda, bunga shaxta va konlarda parmalash ishlarini xo‘l usul bilan olib 
borish, buyumlarni silliqlash va charxlashda bosim ostidagi suv bilan o‘tkazish yoki 
suv qum aralashmasi bilan qoliplarni tozalash misol bo‘ladi. 
Chang ajralib chiqishini to‘liq yo‘qotishning iloji bo‘lmasa, ishlab chiqarish 
jarayonini to‘liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. Chang ajralib 
chiqadigan manbalarda yoki joylarda changni bosish choralari ko‘riladi. Bu choralar 
ichida eng ko‘p qo‘llaniladigan changlarni suv bilan ho‘llashdir. Suv maxsus suv 
sachratgichlardan foydalangan holda maydalab purkaladi, natijada havodagi chang 
ho‘llanadi, og‘irlashadi va pastga tushadi. Bu usul changlanadigan mahsulotlarni 
transportga yuklash, tashish va bir idishdan ikkinchi idishga ag‘darishda keng 
miqdoriga; smena davomida ta’sir etish muddati va kasbda ishlash davriga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Changning asosiy ta’siri eng avvalo nafas olganda vujudga keladi. Nafas organlarining zararlanishi: bronxit, pnevmokonioz yoki umumiy zararlanish (zaharlanish, allergiya) rivojlanishini vujudga keltirishi mumkin. Ba’zi bir changlar qo‘shimcha kasalliklar tug‘dirish xususiyatiga ega. Changning bu asosiy bo‘lmagan ta’siri yuqori nafas yo‘llari, ko‘zning shilliq qavati, teri kasalliklarida ko‘zga tashlanadi. Changning o‘pka yo‘liga kirishi zotiljam, sil, o‘pka rakining kelib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin. Chang zarralarining shakli har xil bo‘lishi mumkin: sferik, yassi, ko‘p burchakli shaklda bo‘ladi. Chetlari o‘tkir tishli chang zarrachalari (shisha tola kabi chang turlari) nafas yo‘llariga kirganda yuqori nafas yo‘llari hujayralarini mikrozararlashi, ko‘zning shilliq qavati va teriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Changga qarshi kurashda asosiy e’tiborni uni ajralib chiqishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratish kerak. Shu nuqtai nazardan texnologik jarayonga katta e’tibor berish va ajralib chiqadigan chang minimal darajada bo‘lishini ta’minlash zarur. Shu maqsadda quruq, changlanadigan xom ashyolarni, ho‘l yoki pasta holdagi hom ashyolar bilan almashtirib ishlov berish kerak. Changga qarshi kurashishda ho‘l usulda ishlashdan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunday usul sanoatda juda kengh qo‘llanilmoqda, bunga shaxta va konlarda parmalash ishlarini xo‘l usul bilan olib borish, buyumlarni silliqlash va charxlashda bosim ostidagi suv bilan o‘tkazish yoki suv qum aralashmasi bilan qoliplarni tozalash misol bo‘ladi. Chang ajralib chiqishini to‘liq yo‘qotishning iloji bo‘lmasa, ishlab chiqarish jarayonini to‘liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. Chang ajralib chiqadigan manbalarda yoki joylarda changni bosish choralari ko‘riladi. Bu choralar ichida eng ko‘p qo‘llaniladigan changlarni suv bilan ho‘llashdir. Suv maxsus suv sachratgichlardan foydalangan holda maydalab purkaladi, natijada havodagi chang ho‘llanadi, og‘irlashadi va pastga tushadi. Bu usul changlanadigan mahsulotlarni transportga yuklash, tashish va bir idishdan ikkinchi idishga ag‘darishda keng
qo‘llaniladi. Agar texnologik jarayonga xalaqit bermasa suv purkashni butun ishlab 
chiqarish binosi bo‘yicha qo‘llash mumkin.  
Ayrim hollarda changni bosish uchun suv bug‘laridan foydalaniladi. Bug‘ 
ham suv kabi changning namligini oshiradi va natijada chang og‘irlashib pastga 
tushadi. Bug‘ suv purkashdan farq qilib havoda osilib turgan changni yaxshi 
xo‘llaydi, ammo ishlov beriladigan mahsulotlarni deyarli xo‘llamaydi. Bu esa 
texnologik jarayon uchun muhim ahamiyatga ega, chunki ayrim hollarda texnologik 
jarayon ishlov beradigan mahsulotlarni quruq bo‘lishini talab qiladi.  
Ba’zi bir sabablarga ko‘ra chang ajralib chiqishini to‘liq yo‘qotishni iloji 
bo‘lmasa changga qarshi kurashishda so‘rib oladigan ventilyatordan foydalaniladi. 
Bu ventilyatorlar chang ajralib chiqadigan joylarga o‘rnatiladi va yaxshi samara 
berishi uchun chang manbalarini atroflari yaxshilab o‘raladi. 
Chang o‘tiradigan satxlar, devorlar, pollar, har xil to‘siqlar silliq narsalar bilan 
qoplansa, changni yo‘qotish (yuvish, artish, so‘rib olish) oson bo‘ladi. 
O‘ta changli muhitda qisqa muddatda (ta’mirlash, o‘rnatish) ishlarini 
bajarayotganda ya’ni buzilgan jihozlarni tuzatish paytlarida ishchilar maxsus 
himoya vositalaridan foydalanishlari zarur. Bularga nafas yo‘llarini himoya qilish 
vositalari va changga qarshi ko‘zoynaklar kiradi. Terini himoya qilish uchun esa 
changni o‘tkazmaydigan gazmoldan tikilgan maxsus kiyim kiyiladi. Changli 
muhitda ishlaydigan ishchilar vaqti-vaqti bilan tibbiy qo‘rikdan o‘tadilar. Yangi 
ishga kirayotganlar esa tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyingina ishga qabul qilinadi.  
Texnosfera havosidagi kimyoviy zaharli moddalar. Xavfli kimyoviy 
moddalar sanoat korxonalarida xom ashyo sifatida, masalan, buyoqlar ishlab 
chiqarishda anilin, yordamchi material sifatida, rezina buyumlari ishlab chiqarishda 
benzin, gazlamalarni bo‘yashda xlor qo‘llaniladi. Xavfli kimyoviy moddalar asosan 
qattiq, suyuq va gaz holda bo‘ladi. Ayrim hollarda esa chang va bug‘ holda ham 
uchrashi mumkin. Xavfli kimyoviy moddalar tanaga nafas yo‘llari, teri va ovqat 
xazm qilish yo‘llari orqali kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida xavfli kimyoviy 
moddalardan zaharlanish va kasallanish kasbiy zaharlanish yoki kasbiy kasallanish 
deyiladi.  
qo‘llaniladi. Agar texnologik jarayonga xalaqit bermasa suv purkashni butun ishlab chiqarish binosi bo‘yicha qo‘llash mumkin. Ayrim hollarda changni bosish uchun suv bug‘laridan foydalaniladi. Bug‘ ham suv kabi changning namligini oshiradi va natijada chang og‘irlashib pastga tushadi. Bug‘ suv purkashdan farq qilib havoda osilib turgan changni yaxshi xo‘llaydi, ammo ishlov beriladigan mahsulotlarni deyarli xo‘llamaydi. Bu esa texnologik jarayon uchun muhim ahamiyatga ega, chunki ayrim hollarda texnologik jarayon ishlov beradigan mahsulotlarni quruq bo‘lishini talab qiladi. Ba’zi bir sabablarga ko‘ra chang ajralib chiqishini to‘liq yo‘qotishni iloji bo‘lmasa changga qarshi kurashishda so‘rib oladigan ventilyatordan foydalaniladi. Bu ventilyatorlar chang ajralib chiqadigan joylarga o‘rnatiladi va yaxshi samara berishi uchun chang manbalarini atroflari yaxshilab o‘raladi. Chang o‘tiradigan satxlar, devorlar, pollar, har xil to‘siqlar silliq narsalar bilan qoplansa, changni yo‘qotish (yuvish, artish, so‘rib olish) oson bo‘ladi. O‘ta changli muhitda qisqa muddatda (ta’mirlash, o‘rnatish) ishlarini bajarayotganda ya’ni buzilgan jihozlarni tuzatish paytlarida ishchilar maxsus himoya vositalaridan foydalanishlari zarur. Bularga nafas yo‘llarini himoya qilish vositalari va changga qarshi ko‘zoynaklar kiradi. Terini himoya qilish uchun esa changni o‘tkazmaydigan gazmoldan tikilgan maxsus kiyim kiyiladi. Changli muhitda ishlaydigan ishchilar vaqti-vaqti bilan tibbiy qo‘rikdan o‘tadilar. Yangi ishga kirayotganlar esa tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyingina ishga qabul qilinadi. Texnosfera havosidagi kimyoviy zaharli moddalar. Xavfli kimyoviy moddalar sanoat korxonalarida xom ashyo sifatida, masalan, buyoqlar ishlab chiqarishda anilin, yordamchi material sifatida, rezina buyumlari ishlab chiqarishda benzin, gazlamalarni bo‘yashda xlor qo‘llaniladi. Xavfli kimyoviy moddalar asosan qattiq, suyuq va gaz holda bo‘ladi. Ayrim hollarda esa chang va bug‘ holda ham uchrashi mumkin. Xavfli kimyoviy moddalar tanaga nafas yo‘llari, teri va ovqat xazm qilish yo‘llari orqali kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida xavfli kimyoviy moddalardan zaharlanish va kasallanish kasbiy zaharlanish yoki kasbiy kasallanish deyiladi.
Zaharli moddalar odam organizmiga, tanasiga va ayrim to‘qimalariga 
ko‘rsatadigan ta’siriga ko‘ra shartli ravishda guruhlarga bo‘linadi: 
1. Asab zaxarlariga benzin, kerosin, yog‘ spirtlari, karbon vodorodlar, 
metanol, anilin, vodorod sulfidi, dioksan, ammiak, nikotin, kofein, qo‘rg‘oshin, 
fosfor organik birikmalar kiradi. Asosan markaziy asab tizimini shikastlaydi. 
2. Jigar zaxarlariga tarkibida xlor, brom, ftor, yod bo‘lgan birikmalar kiradi. 
Jigar to‘qimasi faoliyati buzilishiga, jigarning yalig‘lanishiga olib keladi. 
3. Qon zaxarlariga karbon angidridi, amino-nitro brikmalarning aromatik 
qatori va hosilalari, fenil gidrazin, mishyak, benzol, toluol, ksilol va boshqalar misol 
bo‘ladi. Qon tarkibining buzilishiga, karboksil va metgemoglabin hosil bo‘lishiga, 
to‘qimada kislorodning kamayib ketishiga, hatto o‘limga olib keladi. 
4. Ferment zaharlariga kiruvchi simob, mishyak, sian birikmalari, fosforli 
organik brikmalar tanani biologik katalizatorlari hisoblanadigan fermentlar 
guruhlari bilan bog‘lanib, ular faoliyatining buzilishiga, zaharlanishiga olib keladi.  
5. Qitiqlovchi, kuydiruvchi zaharlar yuqori va quyi nafas yo‘llarini 
shikastlaydi. Xlor, ammiak, azot oksidi, fenol, kislotalar, ishqorlar misol bo‘ladi. 
6. Allergen zaharlari nikel, berilliy birikmalari, nitroxlorbenzol, piridin 
brikmalari, ursol va boshqalar tananing reaksion qobiliyatini o‘zgartiradi, terining 
yallig‘lanishiga, nafas olish yo‘llari torayishi va boshqa kasalliklarga olib keladi. 
7. Konserogen zaharlari - toshko‘mir smolasi, amino va izobrikmalar, 
qurum, qorakuya va boshqalar tanada shish, rak kasalligini keltirib chiqaradi. 
8. Mutagen zaharlar - etilenimin, etilen oksidi, xlorli karbonvodorodlar, 
qo‘rg‘oshin va simob. Odam va xayvonlar jinsiy organlariga qattiq ta’sir etadi. 
9. Emriotrop zaharlar - tolid amid va boshqalar. Odam va hayvonlarning 
tug‘ilishiga salbiy ta’sir etadi. Naslini yo‘q qiladi. 
Xavfli moddalarning o‘rniga zararsiz moddalarni qo‘llanishiga alohida e’tibor 
berish zaharlanishlarning oldini olishda eng yaxshi usul hisoblanadi.  
Xavfli kimyoviy moddalarni qo‘llash va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan 
korxonalardagi juda zaharli moddalar ajraladigan xonalar ishchilar ishlaydigan 
boshqa xonalardan alohida bo‘lishi kerak. Bunday xonalarning devorlari, pollari 
Zaharli moddalar odam organizmiga, tanasiga va ayrim to‘qimalariga ko‘rsatadigan ta’siriga ko‘ra shartli ravishda guruhlarga bo‘linadi: 1. Asab zaxarlariga benzin, kerosin, yog‘ spirtlari, karbon vodorodlar, metanol, anilin, vodorod sulfidi, dioksan, ammiak, nikotin, kofein, qo‘rg‘oshin, fosfor organik birikmalar kiradi. Asosan markaziy asab tizimini shikastlaydi. 2. Jigar zaxarlariga tarkibida xlor, brom, ftor, yod bo‘lgan birikmalar kiradi. Jigar to‘qimasi faoliyati buzilishiga, jigarning yalig‘lanishiga olib keladi. 3. Qon zaxarlariga karbon angidridi, amino-nitro brikmalarning aromatik qatori va hosilalari, fenil gidrazin, mishyak, benzol, toluol, ksilol va boshqalar misol bo‘ladi. Qon tarkibining buzilishiga, karboksil va metgemoglabin hosil bo‘lishiga, to‘qimada kislorodning kamayib ketishiga, hatto o‘limga olib keladi. 4. Ferment zaharlariga kiruvchi simob, mishyak, sian birikmalari, fosforli organik brikmalar tanani biologik katalizatorlari hisoblanadigan fermentlar guruhlari bilan bog‘lanib, ular faoliyatining buzilishiga, zaharlanishiga olib keladi. 5. Qitiqlovchi, kuydiruvchi zaharlar yuqori va quyi nafas yo‘llarini shikastlaydi. Xlor, ammiak, azot oksidi, fenol, kislotalar, ishqorlar misol bo‘ladi. 6. Allergen zaharlari nikel, berilliy birikmalari, nitroxlorbenzol, piridin brikmalari, ursol va boshqalar tananing reaksion qobiliyatini o‘zgartiradi, terining yallig‘lanishiga, nafas olish yo‘llari torayishi va boshqa kasalliklarga olib keladi. 7. Konserogen zaharlari - toshko‘mir smolasi, amino va izobrikmalar, qurum, qorakuya va boshqalar tanada shish, rak kasalligini keltirib chiqaradi. 8. Mutagen zaharlar - etilenimin, etilen oksidi, xlorli karbonvodorodlar, qo‘rg‘oshin va simob. Odam va xayvonlar jinsiy organlariga qattiq ta’sir etadi. 9. Emriotrop zaharlar - tolid amid va boshqalar. Odam va hayvonlarning tug‘ilishiga salbiy ta’sir etadi. Naslini yo‘q qiladi. Xavfli moddalarning o‘rniga zararsiz moddalarni qo‘llanishiga alohida e’tibor berish zaharlanishlarning oldini olishda eng yaxshi usul hisoblanadi. Xavfli kimyoviy moddalarni qo‘llash va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalardagi juda zaharli moddalar ajraladigan xonalar ishchilar ishlaydigan boshqa xonalardan alohida bo‘lishi kerak. Bunday xonalarning devorlari, pollari
xavfli kimyoviy moddalarni o‘ziga singdirib olmaydigan va osongina tozalanadigan 
materiallar bilan qoplanishi kerak. 
Zaharlanishdan himoya qilish maqsadida shaxsiy profilaktik tadbirlar 
o‘tkaziladi: maxsus kiyimlar va turli shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlash, 
ishchilarni xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi bilan tanishtirish, oldindan va 
vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, maxsus ovqatlar berish va boshqalar. 
Biologik 
zararli 
omillar. 
Ish 
joylarida 
biologik-kasallangan 
mikroorganizmlar, mikrob pereparatlari, bakteriyalar, viruslar, rikketsiylar, 
makroorganizmlar (o‘simliklar va hayvonlar), biologik pestidsitlar har xil kasalliklar 
turini keltirib chiqarib, favqulodda epidemologik, epizootik va epifitotik vaziyatlarni 
yuzaga keltiradi. Bakteriologik vositalarning juda kichik miqdori ommaviy 
kasalliklar keltirib chiqishiga sabab bo‘ladi.  
 
3. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish, isitish va yoritish tizimi 
Ishlab chiqarish binolarini shamollatish va uning turlari. Ishlab chiqarish 
binolarini normadagi metereologik va sanitariya-gigiena sharoitlari bilan 
ta’minlashda, ish jarayonida zararli moddalar miqdorini chegaralangan darajada 
bo‘lishida, mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirishda, mehnat unumdorligi va 
xavfsizligini oshirishda shamollatish katta ahamiyatga ega. 
Shamollatish natijasida ishlab chiqarish binolaridagi ifloslangan, o‘ta qizigan 
yoki sovigan havo toza havo oqimi bilan almashtiriladi. Binolarda havo toza bo‘lishi 
uchun avvalo ishlayotgan uskunalar germetik bo‘lishi, yopiq holdagi transport 
vositalaridan foydalanishi, bug‘lanuvchi suyuqlik idishlari yuzasi hamda chang 
chiqadigan joylar berk bo‘lishi, shuningdek changli materiallarni namlash va boshqa 
choralar qo‘llash talab qilinadi.  
Binolarda havoning almashish usuliga qarab shamollatish tabiiy va sun’iy 
(mexanik) turlarga bo‘linadi.  
Tabiiy shamollatish - tashqaridagi va binodagi havo haroratining farqiga 
qarab sodir bo‘ladi, bunda shamol bosimi ham katta rol o‘ynaydi. Tabiiy 
shamollatishda tartibli va tartibsiz havo almashinishi sodir bo‘ladi. Tartibsiz havo 
xavfli kimyoviy moddalarni o‘ziga singdirib olmaydigan va osongina tozalanadigan materiallar bilan qoplanishi kerak. Zaharlanishdan himoya qilish maqsadida shaxsiy profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi: maxsus kiyimlar va turli shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlash, ishchilarni xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi bilan tanishtirish, oldindan va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, maxsus ovqatlar berish va boshqalar. Biologik zararli omillar. Ish joylarida biologik-kasallangan mikroorganizmlar, mikrob pereparatlari, bakteriyalar, viruslar, rikketsiylar, makroorganizmlar (o‘simliklar va hayvonlar), biologik pestidsitlar har xil kasalliklar turini keltirib chiqarib, favqulodda epidemologik, epizootik va epifitotik vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Bakteriologik vositalarning juda kichik miqdori ommaviy kasalliklar keltirib chiqishiga sabab bo‘ladi. 3. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish, isitish va yoritish tizimi Ishlab chiqarish binolarini shamollatish va uning turlari. Ishlab chiqarish binolarini normadagi metereologik va sanitariya-gigiena sharoitlari bilan ta’minlashda, ish jarayonida zararli moddalar miqdorini chegaralangan darajada bo‘lishida, mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirishda, mehnat unumdorligi va xavfsizligini oshirishda shamollatish katta ahamiyatga ega. Shamollatish natijasida ishlab chiqarish binolaridagi ifloslangan, o‘ta qizigan yoki sovigan havo toza havo oqimi bilan almashtiriladi. Binolarda havo toza bo‘lishi uchun avvalo ishlayotgan uskunalar germetik bo‘lishi, yopiq holdagi transport vositalaridan foydalanishi, bug‘lanuvchi suyuqlik idishlari yuzasi hamda chang chiqadigan joylar berk bo‘lishi, shuningdek changli materiallarni namlash va boshqa choralar qo‘llash talab qilinadi. Binolarda havoning almashish usuliga qarab shamollatish tabiiy va sun’iy (mexanik) turlarga bo‘linadi. Tabiiy shamollatish - tashqaridagi va binodagi havo haroratining farqiga qarab sodir bo‘ladi, bunda shamol bosimi ham katta rol o‘ynaydi. Tabiiy shamollatishda tartibli va tartibsiz havo almashinishi sodir bo‘ladi. Tartibsiz havo
almashinishi binodagi issiq havo va tashqaridagi sovuq havoning solishtirma 
og‘irligi farqiga hamda havoning bosimiga asosan amalga oshiriladi. Tartibli va 
boshqariladigan tabiiy shamollatish aeratsiya deyiladi. Tabiiy shamollatish 
qo‘shimcha issiqlik ajralib chiqadigan, tarkibida zararli moddalar bo‘lgan issiq 
havoli ishlab chiqarish binolarida qo‘llaniladi. Ifloslangan yoki qizigan havo esa 
deraza darchasi, aeratsiya fonarlari, deflektorli surish quvurlari orqali yuqotiladi. 
Sun’iy (mexanik) shamollatish - mexanik qurilmalar - shamollatgichlar, 
ejektorlar va boshqa moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Shamollatish 
qurilmalari havo oqimining yo‘nalishiga qarab uzatuvchi, so‘ruvchi yoki uzatuvchi-
so‘ruvchi holatda bo‘lishi mumkin. Sun’iy (mexanik) shamollatish mahalliy va 
umumiy shamollatish turlariga bo‘linadi. Mahalliy shamollatishda ifloslangan havo 
zararli mahsulot ajralib chiqadigan joyning o‘zidan yo‘qotilib, moddalarning bino 
ichida taqsimlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Laboratoriya shkaflari, yarim ochiq yoki 
yopiq suruvchi zontlar, havo dushlari, yonlama suruvchilari, havo pardalari va 
boshqalar maxalliy shamollatishga misol bo‘ladi.  
Binolarda shamollatish qurilmalari ish boshlanishidan 10-15 minut avval 
ishga tushirilib, ish tamom bo‘lganidan 10-15 minut keyin to‘xtatiladi. Ba’zi ishlab 
chiqarishlarda shamollatgichlar ish boshlanishidan 30-60 minut avval soat 
mexanizmi yordamida avtomatik usulda ishga tushiriladi. 
Ishlab chiqarish korxonalarida isitish. Ishchi-xizmatchi xodimlar uzoq va 
doimo bo‘ladigan ishlab chiqarish binolarini ma’lum haroratda ushlab turish uchun 
isitish qurilmalari o‘rnatiladi. Isitish tizimi mahalliy va markazlashgan holda 
bo‘lishi mumkin. Yuzasi 500 m2 gacha bo‘lgan oddiy binolarni isitishda mahalliy 
isitish qurilmalaridan foydalaniladi. Yongin xavfsizligi jihatidan A,B,V 
kategoriyalarga mansub ishlab chiqarishlarda mahalliy isitish qurilmalaridan 
foydalanishga ruxsat berilmaydi. 
Kimyo sanoati korxonalarida markazlashgan isitish tizimidan foydalaniladi. 
Isitish esa bug‘, suv va havo yordamida amalga oshirilishi mumkin. Lekin ishqoriy 
metallar, metall-organik birikmalar, karbidlar va portlovchi, zaharlovchi moddalar 
ajralib chiqishi mumkin bulgan binolarda suv va suv bug‘i bilan isitishga yo‘l 
almashinishi binodagi issiq havo va tashqaridagi sovuq havoning solishtirma og‘irligi farqiga hamda havoning bosimiga asosan amalga oshiriladi. Tartibli va boshqariladigan tabiiy shamollatish aeratsiya deyiladi. Tabiiy shamollatish qo‘shimcha issiqlik ajralib chiqadigan, tarkibida zararli moddalar bo‘lgan issiq havoli ishlab chiqarish binolarida qo‘llaniladi. Ifloslangan yoki qizigan havo esa deraza darchasi, aeratsiya fonarlari, deflektorli surish quvurlari orqali yuqotiladi. Sun’iy (mexanik) shamollatish - mexanik qurilmalar - shamollatgichlar, ejektorlar va boshqa moslamalar yordamida amalga oshiriladi. Shamollatish qurilmalari havo oqimining yo‘nalishiga qarab uzatuvchi, so‘ruvchi yoki uzatuvchi- so‘ruvchi holatda bo‘lishi mumkin. Sun’iy (mexanik) shamollatish mahalliy va umumiy shamollatish turlariga bo‘linadi. Mahalliy shamollatishda ifloslangan havo zararli mahsulot ajralib chiqadigan joyning o‘zidan yo‘qotilib, moddalarning bino ichida taqsimlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Laboratoriya shkaflari, yarim ochiq yoki yopiq suruvchi zontlar, havo dushlari, yonlama suruvchilari, havo pardalari va boshqalar maxalliy shamollatishga misol bo‘ladi. Binolarda shamollatish qurilmalari ish boshlanishidan 10-15 minut avval ishga tushirilib, ish tamom bo‘lganidan 10-15 minut keyin to‘xtatiladi. Ba’zi ishlab chiqarishlarda shamollatgichlar ish boshlanishidan 30-60 minut avval soat mexanizmi yordamida avtomatik usulda ishga tushiriladi. Ishlab chiqarish korxonalarida isitish. Ishchi-xizmatchi xodimlar uzoq va doimo bo‘ladigan ishlab chiqarish binolarini ma’lum haroratda ushlab turish uchun isitish qurilmalari o‘rnatiladi. Isitish tizimi mahalliy va markazlashgan holda bo‘lishi mumkin. Yuzasi 500 m2 gacha bo‘lgan oddiy binolarni isitishda mahalliy isitish qurilmalaridan foydalaniladi. Yongin xavfsizligi jihatidan A,B,V kategoriyalarga mansub ishlab chiqarishlarda mahalliy isitish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Kimyo sanoati korxonalarida markazlashgan isitish tizimidan foydalaniladi. Isitish esa bug‘, suv va havo yordamida amalga oshirilishi mumkin. Lekin ishqoriy metallar, metall-organik birikmalar, karbidlar va portlovchi, zaharlovchi moddalar ajralib chiqishi mumkin bulgan binolarda suv va suv bug‘i bilan isitishga yo‘l
qo‘yilmaydi. Bunday ishlab chiqarish binolarida havo bilan isitish usulidan 
foydalaniladi. Havo bilan isitish shamollatgich bilan birga ulanadi. 
Suv va havo bilan isitish yong‘in nuqtai nazaridan xavfsiz, gigiena jihatidan 
ham qulay hisoblanadi. Suv bilan isitilishda radiatorlar yuzasi harorati 85°C dan 
oshmaydi. Bunday haroratda changlarning yonishi uchun imkoniyat bo‘lmaydi. 
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish binolarini qurishda devor, pol, tom oralig‘iga 
joylashtiriladigan va issiq suv yoki bug‘ bilan isitiladigan isitish panellarini keng 
qo‘llash hisobga olingan. 
Ishlab chiqarish korxonalarini yoritish. Yorug‘lik inson faoliyati davomida 
juda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. 
Umumiy olinadigan ma’lumotning taxminan 90% ko‘z orqali olinadi.  
Shuning uchun ham sanoat korxonalarini optimal yoritish sifatli mahsulot 
ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va ish 
unumdorligini oshiradi. Oqilona yoritilgan zonalarda ishlayotgan ishchilarning 
kayfiyati yaxshi bo‘ladi, shuningdek xavfsiz mehnat qilish sharoiti yaratiladi va 
buning natijasida baxtsiz hodisalar keskin kamayadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, 
sanoat korxonalarini yoritishga faqat gigienik talab qo‘yilmasdan, balki texnik-
iqtisodiy talablar ham qo‘yiladi. Elektromagnit spektorlarining to‘lqin uzunliklari 10 
nanometrdan (n.m) 340000 n.m gacha oralig‘i spektorlar optik jarayoni deb ataladi, 
bundan 10 dan 380 n.m gacha infraqizil nurlar, 380 dan 770 n.m gacha ko‘rinadigan 
nurlar va 770 dan 340000 n.m gacha bo‘lganlari esa ultra-binafsha nurlar deb ataladi. 
Biz ko‘zimiz bilan binafsha rangdan to qizil ranggacha bo‘lgan yorug‘lik nurlarini 
sezamiz. 
Sanoat korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va son ko‘rsatkichlari 
bilan tavsiflanadi. Son ko‘rsatkichlari nur oqimi, yorug‘lik kuchi, yorqinlik, nur 
qaytarish koeffitsentlari, yorug‘lik kiradi.  
Yorug‘lik manbalariga nisbatan sanoat korxonalarini yoritish ikki usulda: 
1. Quyosh yorug‘ligi yordamida tabiiy yoritish. Bunda quyosh tarqatayotgan 
tug‘ridan-to‘g‘ri nurdan yoki quyosh nurining ta’sirida yorug‘lik tarqatayotgan 
osmonning diffuziya yorug‘ligidan foydalaniladi. 
qo‘yilmaydi. Bunday ishlab chiqarish binolarida havo bilan isitish usulidan foydalaniladi. Havo bilan isitish shamollatgich bilan birga ulanadi. Suv va havo bilan isitish yong‘in nuqtai nazaridan xavfsiz, gigiena jihatidan ham qulay hisoblanadi. Suv bilan isitilishda radiatorlar yuzasi harorati 85°C dan oshmaydi. Bunday haroratda changlarning yonishi uchun imkoniyat bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish binolarini qurishda devor, pol, tom oralig‘iga joylashtiriladigan va issiq suv yoki bug‘ bilan isitiladigan isitish panellarini keng qo‘llash hisobga olingan. Ishlab chiqarish korxonalarini yoritish. Yorug‘lik inson faoliyati davomida juda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. Umumiy olinadigan ma’lumotning taxminan 90% ko‘z orqali olinadi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarini optimal yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va ish unumdorligini oshiradi. Oqilona yoritilgan zonalarda ishlayotgan ishchilarning kayfiyati yaxshi bo‘ladi, shuningdek xavfsiz mehnat qilish sharoiti yaratiladi va buning natijasida baxtsiz hodisalar keskin kamayadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, sanoat korxonalarini yoritishga faqat gigienik talab qo‘yilmasdan, balki texnik- iqtisodiy talablar ham qo‘yiladi. Elektromagnit spektorlarining to‘lqin uzunliklari 10 nanometrdan (n.m) 340000 n.m gacha oralig‘i spektorlar optik jarayoni deb ataladi, bundan 10 dan 380 n.m gacha infraqizil nurlar, 380 dan 770 n.m gacha ko‘rinadigan nurlar va 770 dan 340000 n.m gacha bo‘lganlari esa ultra-binafsha nurlar deb ataladi. Biz ko‘zimiz bilan binafsha rangdan to qizil ranggacha bo‘lgan yorug‘lik nurlarini sezamiz. Sanoat korxonalarini yoritishning mukammalligi sifat va son ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Son ko‘rsatkichlari nur oqimi, yorug‘lik kuchi, yorqinlik, nur qaytarish koeffitsentlari, yorug‘lik kiradi. Yorug‘lik manbalariga nisbatan sanoat korxonalarini yoritish ikki usulda: 1. Quyosh yorug‘ligi yordamida tabiiy yoritish. Bunda quyosh tarqatayotgan tug‘ridan-to‘g‘ri nurdan yoki quyosh nurining ta’sirida yorug‘lik tarqatayotgan osmonning diffuziya yorug‘ligidan foydalaniladi.
2. Elektr nurlari yordamida sun’iy yoritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.  
Tabiiy yorug‘lik o‘zining barcha xususiyatlari bilan suniy yoritishdan keskin 
farq qiladi. Tabiiy yorug‘lik inson ko‘rish organlari va boshqa fiziologik 
jarayonlarning borishi uchun zarur bo‘lgan ultrabinafsha nurlarga boy va bu nurlar 
bilan yoritilgan xonalarda ishlash ko‘z uchun juda foydali. Tabiiy yorug‘lik 
yoritilish zonasi bo‘ylab bir tekis tarqaladi.  
Sun’iy yoritish sanoat korxonalarining binolarini umuman bir xilda yoritish  
va umumiy yoritishga qo‘shimcha ravishda ish joylarini maxsus yoritish bilan 
qo‘shib kombinatsiyalashtirilgan yoritish usullari yordamida amalga oshiriladi. 
Ish bajarish vazifasiga ko‘ra suniy yoritishlar: ishchi yoritilish, avariya 
yoritilishi va maxsus yoritilishlarga bo‘linadi. Sanoat korxonalarini faqatgina ish 
joylarida yoritilish bilan qanoatlanishga mutlaqo ruxsat etilmaydi. Sanoat 
korxonalarining xonalari bir tekisda umumiy yoritilish usuli bilan yoritilgan bo‘lishi 
shart. Bunda ba’zi bir joylarda ma’lum miqdorda oshirilgan yoki qisman 
kamaytirilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi, lekin har qanday holda sanoat korxonalari 
uchun sanitariya talablariga mos keladigan yoritilish bo‘lishiga erishish kerak. 
 
4. Ishlab chiqarishda shovqin, titrash, ultra va infratovushlar, ularning 
inson organizmiga ta’siri hamda ularga qarshi ko‘riladigan tadbirlar 
Shovqin, titrash va ultratovushlar ajralib chiqishi bir xil bo‘ladi, ya’ni ular 
jismlarning tebranishidan tashkil topib, inson eshitish organi tomonidan qabul 
qilinadi. Ular bir-birlaridan faqat tebranish chastotasi bilan farq qiladilar. 
20 dan 20000 gersgacha (gs) tebranishlar tovush deb ataladi va ularni biz 
tovushdek eshitamiz. (Gers 1 sekunddagi tebranishlar chastotasidir). Shunday bir 
qancha tovushlarni tartibsiz qo‘shilishi shovqin deb ataladi.  
20 gs dan past bo‘lgan tebranishlar infratovush deb ataladi. 20000 gs dan 
yuqori bo‘lgan tebranishlarni esa ultratovush deyiladi. Ultratovushlarni biz eshita 
olmaymiz, ularni faqat ba’zi bir uy xayvonlarigina eshita oladi. 
2. Elektr nurlari yordamida sun’iy yoritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tabiiy yorug‘lik o‘zining barcha xususiyatlari bilan suniy yoritishdan keskin farq qiladi. Tabiiy yorug‘lik inson ko‘rish organlari va boshqa fiziologik jarayonlarning borishi uchun zarur bo‘lgan ultrabinafsha nurlarga boy va bu nurlar bilan yoritilgan xonalarda ishlash ko‘z uchun juda foydali. Tabiiy yorug‘lik yoritilish zonasi bo‘ylab bir tekis tarqaladi. Sun’iy yoritish sanoat korxonalarining binolarini umuman bir xilda yoritish va umumiy yoritishga qo‘shimcha ravishda ish joylarini maxsus yoritish bilan qo‘shib kombinatsiyalashtirilgan yoritish usullari yordamida amalga oshiriladi. Ish bajarish vazifasiga ko‘ra suniy yoritishlar: ishchi yoritilish, avariya yoritilishi va maxsus yoritilishlarga bo‘linadi. Sanoat korxonalarini faqatgina ish joylarida yoritilish bilan qanoatlanishga mutlaqo ruxsat etilmaydi. Sanoat korxonalarining xonalari bir tekisda umumiy yoritilish usuli bilan yoritilgan bo‘lishi shart. Bunda ba’zi bir joylarda ma’lum miqdorda oshirilgan yoki qisman kamaytirilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi, lekin har qanday holda sanoat korxonalari uchun sanitariya talablariga mos keladigan yoritilish bo‘lishiga erishish kerak. 4. Ishlab chiqarishda shovqin, titrash, ultra va infratovushlar, ularning inson organizmiga ta’siri hamda ularga qarshi ko‘riladigan tadbirlar Shovqin, titrash va ultratovushlar ajralib chiqishi bir xil bo‘ladi, ya’ni ular jismlarning tebranishidan tashkil topib, inson eshitish organi tomonidan qabul qilinadi. Ular bir-birlaridan faqat tebranish chastotasi bilan farq qiladilar. 20 dan 20000 gersgacha (gs) tebranishlar tovush deb ataladi va ularni biz tovushdek eshitamiz. (Gers 1 sekunddagi tebranishlar chastotasidir). Shunday bir qancha tovushlarni tartibsiz qo‘shilishi shovqin deb ataladi. 20 gs dan past bo‘lgan tebranishlar infratovush deb ataladi. 20000 gs dan yuqori bo‘lgan tebranishlarni esa ultratovush deyiladi. Ultratovushlarni biz eshita olmaymiz, ularni faqat ba’zi bir uy xayvonlarigina eshita oladi.
Qattiq qismlarning tebranishiga va shu tebranishlarni jismlarning o‘zlari yoki 
boshqa qattiq jismlar orqali o‘zatilishiga titrash deyiladi. Titrashni biz 
chayqalishdek qabul qilamiz. Tebranish chastotasi 1 dan 100 gs gacha bo‘ladi. 
Shovqin va uning inson organizmiga ta’siri. Yuqorida aytib o‘tilganidek 
turli chastotadagi har xil tovushlarning tartibsiz qo‘shilishib eshitilishi shovqin deb 
ataladi. Ritmlarga rioya qilingan holda muntazam ravishda kelib chiqadigan 
ohangrabo tovushlarga musiqali tovushlar deb ataladi. Musiqa bizga estetik zavq 
beradi, shovqin esa g‘ashimizni keltiradigan darajada ta’sir qiladi. 
Normal eshitishda tovush tebranishlarining 20 dan - 20000 gs gacha chastotasi 
qabul qilinadi. Bunda eng yuqori chegara faqat bolalar yoshiga xosdir. Ular 
balog‘atga etgan sari eshitish organlari tomonidan qabul qilinadigan tovushlarning 
chastotasi kamaya boradi va yosh o‘tib qolganida 15000 gs dan oshmaydi. Tovush 
qattiqlik darajasini aniqlash katta ahamiyatga egadir. Shovqinni tekshirish uchun 
maxsus asboblar ishlatiladi. Ular detsibellar bilan shovqin kuchining darajasini 
o‘lchashga imkon beradi. Bundan tashqari nihoyatda murakkab tuzilgan tovush 
analizatorlari ham mavjud bo‘lib, ular mavjud, shovqinning qanday chastotalardan 
iboratligini va umumiy tovush quvvatining qaysi chastota bo‘laklariga to‘g‘ri 
kelishini juda ham aniqlik bilan belgilab beradi. 
Qattiq shovqin eshitish organlariga yomon ta’sir qilishi natijasida 
ishchilarning eshitish qobiliyati pasayib ketadi. Bunda, avvalo eng kuchli darajada 
yuqori tebranish chastotasiga ega bo‘lgan tovushlarni qabul qilish buziladi. Juda 
ko‘p tebranishlarga ega bo‘lgan tovushlar kar bo‘lib qolishga asosiy sabab bo‘ladi. 
Ishlab chiqarishda shovqin ichki quloqqa faqat havo orqali o‘tibgina qolmasdan, 
balki bosh suyagi orqali ham o‘tadi. Shovqin boshni aylantirib, miyada og‘riq paydo 
qiladi va quloq shang‘illab asab tizimiga ham yomon ta’sir qiladi, fikrni jamlab, 
aqliy ish bilan shug‘ullanishga imkon bermaydi. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning 
odamga sezilmas darajada ta’sir qilishi asab tizimining ishdan chiqishiga olib keladi. 
Shovqin ta’sirida turli organ va tizimlarning, masalan, ovqat xazm qilish, qon 
aylanish normal faoliyati buziladi.  
Qattiq qismlarning tebranishiga va shu tebranishlarni jismlarning o‘zlari yoki boshqa qattiq jismlar orqali o‘zatilishiga titrash deyiladi. Titrashni biz chayqalishdek qabul qilamiz. Tebranish chastotasi 1 dan 100 gs gacha bo‘ladi. Shovqin va uning inson organizmiga ta’siri. Yuqorida aytib o‘tilganidek turli chastotadagi har xil tovushlarning tartibsiz qo‘shilishib eshitilishi shovqin deb ataladi. Ritmlarga rioya qilingan holda muntazam ravishda kelib chiqadigan ohangrabo tovushlarga musiqali tovushlar deb ataladi. Musiqa bizga estetik zavq beradi, shovqin esa g‘ashimizni keltiradigan darajada ta’sir qiladi. Normal eshitishda tovush tebranishlarining 20 dan - 20000 gs gacha chastotasi qabul qilinadi. Bunda eng yuqori chegara faqat bolalar yoshiga xosdir. Ular balog‘atga etgan sari eshitish organlari tomonidan qabul qilinadigan tovushlarning chastotasi kamaya boradi va yosh o‘tib qolganida 15000 gs dan oshmaydi. Tovush qattiqlik darajasini aniqlash katta ahamiyatga egadir. Shovqinni tekshirish uchun maxsus asboblar ishlatiladi. Ular detsibellar bilan shovqin kuchining darajasini o‘lchashga imkon beradi. Bundan tashqari nihoyatda murakkab tuzilgan tovush analizatorlari ham mavjud bo‘lib, ular mavjud, shovqinning qanday chastotalardan iboratligini va umumiy tovush quvvatining qaysi chastota bo‘laklariga to‘g‘ri kelishini juda ham aniqlik bilan belgilab beradi. Qattiq shovqin eshitish organlariga yomon ta’sir qilishi natijasida ishchilarning eshitish qobiliyati pasayib ketadi. Bunda, avvalo eng kuchli darajada yuqori tebranish chastotasiga ega bo‘lgan tovushlarni qabul qilish buziladi. Juda ko‘p tebranishlarga ega bo‘lgan tovushlar kar bo‘lib qolishga asosiy sabab bo‘ladi. Ishlab chiqarishda shovqin ichki quloqqa faqat havo orqali o‘tibgina qolmasdan, balki bosh suyagi orqali ham o‘tadi. Shovqin boshni aylantirib, miyada og‘riq paydo qiladi va quloq shang‘illab asab tizimiga ham yomon ta’sir qiladi, fikrni jamlab, aqliy ish bilan shug‘ullanishga imkon bermaydi. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta’sir qilishi asab tizimining ishdan chiqishiga olib keladi. Shovqin ta’sirida turli organ va tizimlarning, masalan, ovqat xazm qilish, qon aylanish normal faoliyati buziladi.
Titrashning zararli ta’siri. Titrash ishlab chiqarish zarari bo‘lib, odam 
tanasiga yoki uning ayrim qismlariga bevosita beriladigan mexanik tebranma 
harakatlardir. Qattiq jismlarning sekundiga 26 tadan kam (infratovushlar) va 20000 
dan yuqori (ultratovushlar) tebranishi eshitish organi tomonidan tovush sifatida 
qabul qilinmaydi. Odam organizmi ularni fizik nuqtai nazardan ma’lum bir davr 
ichida takrorlanadigan tebranuvchi harakatlar yig‘indisidan iborat titrash sifatida 
qabul qiladi. 
Ishlab chiqarish sharoitida titrash odam organizmiga bilvosita yoki bevosita 
ta’sir qiladi. Titrashnning bilvosita ta’siri mashinalarning ko‘pincha polning va 
dvigatellarning, asbob-uskunalarning va bolg‘alar dinamik zarbi natijasida kelib 
chiqadi. Titrashning bevosita ta’siri, asosan rotatsion va zarb ta’siri bo‘lgan turli 
xildagi pnevmatik asboblarni ishlatishdan paydo bo‘ladi. Ular mashinasozlik 
sanoatida, kesadigan, teshadigan va charxlash mashinalari, yo‘l qurilishida 
ishlatiladigan pnevmatik mashinalar va shunga o‘xshashlar. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan turli xildagi pnevmatik asboblarni ishlatishda 
faqat ish qilayotgan qo‘lga titrash ta’sir qilibgina qolmay, balki tananing boshqa 
qismlari, ayniqsa asboblar uchun tirgak bo‘ladigan yoki ishlanayotgan buyumlarni 
bosib turadigan oyoqqa ham ta’sir qiladi.  
Shovqin va titrashga qarshi ko‘riladigan tadbirlar. Ishlab chiqarishdagi 
qattiq shovqinlarni keskin kamaytiradigan yoki yo‘qotadigan choralarga, birinchi 
navbatda shovqin chiqaradigan texnologik jarayonlarni yoki asbob uskunalarni 
o‘zgartirish kiradi. Mashinalar, stanoklar va boshqa turdagi mexanik asbob 
uskunalarning ishlashida shovqin va titrashni keltirib chiqaruvchi sabablar eng 
avvalo harakat qilish jarayonida ulardagi ayrim qismlarning bir-biriga urilishi, 
mashinalarning silkinuvchi va aylanib harakat qiluvchi qismlari kiradi. Buni 
yo‘qotishni asbob uskunalarni konstruksiyalash vaqtidan boshlash kerak. 
To‘suvchi konstruksiya bilan tovush yutilishini shunday hisoblab chiqish 
kerakki, devor satxiga urilib aks sado qaytarish natijasida kelib chiqadigan shovqin 
qattiqligi yoki tezlik darajasi 3 detsibeldan oshib ketmasin. Imkon boricha, shovqinli 
ishlarni ochiq joylarda bajarish kerak. Shovqinli ishlar bino ichida bajariladigan 
Titrashning zararli ta’siri. Titrash ishlab chiqarish zarari bo‘lib, odam tanasiga yoki uning ayrim qismlariga bevosita beriladigan mexanik tebranma harakatlardir. Qattiq jismlarning sekundiga 26 tadan kam (infratovushlar) va 20000 dan yuqori (ultratovushlar) tebranishi eshitish organi tomonidan tovush sifatida qabul qilinmaydi. Odam organizmi ularni fizik nuqtai nazardan ma’lum bir davr ichida takrorlanadigan tebranuvchi harakatlar yig‘indisidan iborat titrash sifatida qabul qiladi. Ishlab chiqarish sharoitida titrash odam organizmiga bilvosita yoki bevosita ta’sir qiladi. Titrashnning bilvosita ta’siri mashinalarning ko‘pincha polning va dvigatellarning, asbob-uskunalarning va bolg‘alar dinamik zarbi natijasida kelib chiqadi. Titrashning bevosita ta’siri, asosan rotatsion va zarb ta’siri bo‘lgan turli xildagi pnevmatik asboblarni ishlatishdan paydo bo‘ladi. Ular mashinasozlik sanoatida, kesadigan, teshadigan va charxlash mashinalari, yo‘l qurilishida ishlatiladigan pnevmatik mashinalar va shunga o‘xshashlar. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan turli xildagi pnevmatik asboblarni ishlatishda faqat ish qilayotgan qo‘lga titrash ta’sir qilibgina qolmay, balki tananing boshqa qismlari, ayniqsa asboblar uchun tirgak bo‘ladigan yoki ishlanayotgan buyumlarni bosib turadigan oyoqqa ham ta’sir qiladi. Shovqin va titrashga qarshi ko‘riladigan tadbirlar. Ishlab chiqarishdagi qattiq shovqinlarni keskin kamaytiradigan yoki yo‘qotadigan choralarga, birinchi navbatda shovqin chiqaradigan texnologik jarayonlarni yoki asbob uskunalarni o‘zgartirish kiradi. Mashinalar, stanoklar va boshqa turdagi mexanik asbob uskunalarning ishlashida shovqin va titrashni keltirib chiqaruvchi sabablar eng avvalo harakat qilish jarayonida ulardagi ayrim qismlarning bir-biriga urilishi, mashinalarning silkinuvchi va aylanib harakat qiluvchi qismlari kiradi. Buni yo‘qotishni asbob uskunalarni konstruksiyalash vaqtidan boshlash kerak. To‘suvchi konstruksiya bilan tovush yutilishini shunday hisoblab chiqish kerakki, devor satxiga urilib aks sado qaytarish natijasida kelib chiqadigan shovqin qattiqligi yoki tezlik darajasi 3 detsibeldan oshib ketmasin. Imkon boricha, shovqinli ishlarni ochiq joylarda bajarish kerak. Shovqinli ishlar bino ichida bajariladigan
bo‘lsa, bu binolarni boshqa binolardan alohida qilib qurish kerak. Masalan, 
nihoyatda shovqin chiqaradigan, sim, mix yasaydigan, to‘qimachilik va shtampovka 
qiladigan sexlarni shovqinsiz yoki kam shovqinli texnologik jarayonlar joylashgan 
binolardan ma’lum uzoqlikda alohida qurilgan binolarga joylashtirish kerak. Bu 
ikkala binolar o‘rtasiga daraxtlar ekilsa ular shovqinning kamayishiga yordam 
beradi.  
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, shovqinni yutuvchi materiallar yordamida 
shovqin kuchini deyarli 10 marta kamaytirish mumkin ekan. Ishlab chiqarish 
sharoitda shovqin va titrashga qarshi kurashish maqsadida mashinalarning titrashi 
va titrashini yo‘qotishga harakat qilish kerak. Kuchli shovqin chiqaradigan va 
silkinadigan mashinalarni yumshoq materiallardan, masalan moskalitdan (kigiz va 
probkalarning kombinatsiyasi) ishlangan maxsus poydevorga o‘rnatiladi.  
Ishchilar organizmiga titrashning ta’sirini kamaytirish yoki uni tamoman 
yo‘qotishga polning tebranish davriga qaraganda uzoqroq tebranib turadigan 
supacha-amortizatorlarni qo‘llash bilan erishish mumkin, bunda tebranish ishchi 
kuchiga 
ta’sir 
qilmaydi. 
Xaydovchilarda, 
uchuvchilarda, 
traktorchi, 
kombaynchilarda o‘rindiqdan o‘tadigan titrashlarni turli xildagi yumshoq narsalarni, 
yostiqcha prujina va boshqalarni qo‘yib kamaytiriladi.  
Shovqin va titrashni organizmga ta’sirini kamaytirishda ishchilarni mehnat 
qilish rejimiga e’tibor berib, normal mehnat sharoitini tashkil etish kerak. 
Shovqin va titrashga qarshi kurashda maxsus kiyimlar ham muhim 
ahamiyatga ega. Quloqni shovqindan himoya qilish uchun maxsus antifonlar, 
titrashga qarshi maxsus oyoq kiyimlari va qo‘lqoplar beriladi. Silkinadigan 
asboblarni ushlanadigan joylari rezina bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Shovqinli va 
titrashli ishlarda ishlaydigan ishchilar vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.  
Ultratovush va uning ta’siri. Ultratovush ishlab chiqarishda keng tarqalgan 
omilllardan biridir. Ultratovush – havoni tebranma harakatga keltiruvchi 20 
kilogersdan 109gersgacha bo‘lgan mexanik tebranishlardan iborat. Ultratovushning 
fizik ko‘rsatkichi qilib, uning tebranish chastotasi kilogersda (kGs), tebranish kuchi 
esa – detsibellarda (db) va quvvati – Vt/m2 da berilgan. 
bo‘lsa, bu binolarni boshqa binolardan alohida qilib qurish kerak. Masalan, nihoyatda shovqin chiqaradigan, sim, mix yasaydigan, to‘qimachilik va shtampovka qiladigan sexlarni shovqinsiz yoki kam shovqinli texnologik jarayonlar joylashgan binolardan ma’lum uzoqlikda alohida qurilgan binolarga joylashtirish kerak. Bu ikkala binolar o‘rtasiga daraxtlar ekilsa ular shovqinning kamayishiga yordam beradi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, shovqinni yutuvchi materiallar yordamida shovqin kuchini deyarli 10 marta kamaytirish mumkin ekan. Ishlab chiqarish sharoitda shovqin va titrashga qarshi kurashish maqsadida mashinalarning titrashi va titrashini yo‘qotishga harakat qilish kerak. Kuchli shovqin chiqaradigan va silkinadigan mashinalarni yumshoq materiallardan, masalan moskalitdan (kigiz va probkalarning kombinatsiyasi) ishlangan maxsus poydevorga o‘rnatiladi. Ishchilar organizmiga titrashning ta’sirini kamaytirish yoki uni tamoman yo‘qotishga polning tebranish davriga qaraganda uzoqroq tebranib turadigan supacha-amortizatorlarni qo‘llash bilan erishish mumkin, bunda tebranish ishchi kuchiga ta’sir qilmaydi. Xaydovchilarda, uchuvchilarda, traktorchi, kombaynchilarda o‘rindiqdan o‘tadigan titrashlarni turli xildagi yumshoq narsalarni, yostiqcha prujina va boshqalarni qo‘yib kamaytiriladi. Shovqin va titrashni organizmga ta’sirini kamaytirishda ishchilarni mehnat qilish rejimiga e’tibor berib, normal mehnat sharoitini tashkil etish kerak. Shovqin va titrashga qarshi kurashda maxsus kiyimlar ham muhim ahamiyatga ega. Quloqni shovqindan himoya qilish uchun maxsus antifonlar, titrashga qarshi maxsus oyoq kiyimlari va qo‘lqoplar beriladi. Silkinadigan asboblarni ushlanadigan joylari rezina bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Shovqinli va titrashli ishlarda ishlaydigan ishchilar vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Ultratovush va uning ta’siri. Ultratovush ishlab chiqarishda keng tarqalgan omilllardan biridir. Ultratovush – havoni tebranma harakatga keltiruvchi 20 kilogersdan 109gersgacha bo‘lgan mexanik tebranishlardan iborat. Ultratovushning fizik ko‘rsatkichi qilib, uning tebranish chastotasi kilogersda (kGs), tebranish kuchi esa – detsibellarda (db) va quvvati – Vt/m2 da berilgan.
Ultratovush ishlab chiqarishda foydalaniladigan 3 ta effekti, ya’ni xossasi 
mavjud: termik effekt, mexanik effekt, fizik–kimyoviy effekt. 
Ultratovushlar tovush bilan bir fizik tabiatga ega bo‘lgan, lekin eshitilish 
chastotasining yuqori pog‘onasidan ortiq (20000 gers va undan yuqori) egiluvchan 
muhitning mexanik tebranishlaridir. Egiluvchan muhitlarda - suv, metall va 
boshqalarda ultratovush yaxshi tarqaladi, bu muhitlarning temperaturasi ham 
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Ultratovushning fizik va gigienik xarakteristikasi tovushga o‘xshash, ya’ni 
vaqt birligida yuza orqali perpendikulyar yo‘nalishda o‘tadigan to‘lqin harakati 
energiyasining tebranish chastotasi va ularning intensivligi bo‘yicha ishlab 
chiqariladi va 1 sekundda 1 sm2 ga to‘g‘ri keladigan vaqtlar bilan o‘lchanadi. 
Ultratovush havodan to‘qimalarga yomon o‘tkaziladigan, lekin suvdan, boshqa 
suyuqliklardan, qattiq materiallardan ancha yaxshi o‘zatiladi. 
Hozirgi paytda ultratovush diagnostika va ko‘pchilik kasalliklarni davolash 
uchun keng qo‘llanilmoqda. Ishlab chiqarishda quymalarni, eritib ulangan choklarni, 
plastmassalarni difektoskopiya qilish va moddalarni fizik-kimyoviy tekshirish 
zichligini, egiluvchanligini, strukturasini va boshqalarni aniqlashda yuqori 
chastotali ultratovushdan foydalaniladi. Past chastotali ultratovush suyuqliklarda 
qattiq moddalarni yuvish, yog‘sizlantirish, emulsiyaga aylantirish, metallarni kesish, 
payvanlash, maydalash, murt materiallarni parmalash va shunga o‘xshash ishlar 
qo‘llanadi.  
Ishlovchilarning salomatligini o‘zgarishida ultratovushning havo orqali ta’siri 
ultratovush va shovqinning bir vaqtda ta’sir etish oqibatidir. Mahsulotlarni 
ultratovush bilan tozalashda havo muhiti ko‘pincha zararli moddalar, benzin, atseton 
va boshqalarning bug‘lari bilan ifloslanadi. Salomatlikning buzilishi asosan bosh 
og‘rig‘i, uyqu buzilish, serzardalik, charchash va eshitishining pasayishi kabi 
belgilar bilan yuzaga chiqadi.  
Ultratovush ishlovchilarning asab tizimiga ta’sir etib, astenovegetativ 
sindrom, parezlar, paresteziyalar, ensefalovegetopolinevritlar chiqaradi. Ultratovush 
yurak-qon tomir tizimiga ham ta’sir etib, ularning faoliyatlarini susaytiradi, natijada 
Ultratovush ishlab chiqarishda foydalaniladigan 3 ta effekti, ya’ni xossasi mavjud: termik effekt, mexanik effekt, fizik–kimyoviy effekt. Ultratovushlar tovush bilan bir fizik tabiatga ega bo‘lgan, lekin eshitilish chastotasining yuqori pog‘onasidan ortiq (20000 gers va undan yuqori) egiluvchan muhitning mexanik tebranishlaridir. Egiluvchan muhitlarda - suv, metall va boshqalarda ultratovush yaxshi tarqaladi, bu muhitlarning temperaturasi ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ultratovushning fizik va gigienik xarakteristikasi tovushga o‘xshash, ya’ni vaqt birligida yuza orqali perpendikulyar yo‘nalishda o‘tadigan to‘lqin harakati energiyasining tebranish chastotasi va ularning intensivligi bo‘yicha ishlab chiqariladi va 1 sekundda 1 sm2 ga to‘g‘ri keladigan vaqtlar bilan o‘lchanadi. Ultratovush havodan to‘qimalarga yomon o‘tkaziladigan, lekin suvdan, boshqa suyuqliklardan, qattiq materiallardan ancha yaxshi o‘zatiladi. Hozirgi paytda ultratovush diagnostika va ko‘pchilik kasalliklarni davolash uchun keng qo‘llanilmoqda. Ishlab chiqarishda quymalarni, eritib ulangan choklarni, plastmassalarni difektoskopiya qilish va moddalarni fizik-kimyoviy tekshirish zichligini, egiluvchanligini, strukturasini va boshqalarni aniqlashda yuqori chastotali ultratovushdan foydalaniladi. Past chastotali ultratovush suyuqliklarda qattiq moddalarni yuvish, yog‘sizlantirish, emulsiyaga aylantirish, metallarni kesish, payvanlash, maydalash, murt materiallarni parmalash va shunga o‘xshash ishlar qo‘llanadi. Ishlovchilarning salomatligini o‘zgarishida ultratovushning havo orqali ta’siri ultratovush va shovqinning bir vaqtda ta’sir etish oqibatidir. Mahsulotlarni ultratovush bilan tozalashda havo muhiti ko‘pincha zararli moddalar, benzin, atseton va boshqalarning bug‘lari bilan ifloslanadi. Salomatlikning buzilishi asosan bosh og‘rig‘i, uyqu buzilish, serzardalik, charchash va eshitishining pasayishi kabi belgilar bilan yuzaga chiqadi. Ultratovush ishlovchilarning asab tizimiga ta’sir etib, astenovegetativ sindrom, parezlar, paresteziyalar, ensefalovegetopolinevritlar chiqaradi. Ultratovush yurak-qon tomir tizimiga ham ta’sir etib, ularning faoliyatlarini susaytiradi, natijada
bradikardiya, gipotoniya xolatlari vujudga keltiradi. Ultratovush eshituv bilan 
organizmga ta’sir qilish natijasida qabul qilish bo‘sag‘asining pasayish va nihoyat 
labirintopatiya kasalini chiqaradi. 
Ultratovush yuqori darajasining ishlovchilar organizmiga zararli ta’siri bilan 
kurashda quyidagilar qo‘llanilishi kerak: 
1.  Ish chastotasini oshirish va texnologik jarayonining o‘zida ishlatiladigan 
(tekinxo‘r, deb ataladigan) nurlanishni bartaraf etish yo‘li bilan manbadagi tovush 
energiyasini nurlanishni kamaytirish. 
2.  Ultratovush ta’sirining joylanishida qarab konstruktiv va planlashtirish 
bo‘yicha qarorlar qabul qilish: tovushni izolyasiya qiladigan qinlar (kojuxlar), yarim 
qinlar, ekranlar, uskunalarni alohida ultratovush manbaining generatorini uzadigan 
avtoblokirovka tizimi qurilishi, masofadan boshqarish, xonalar va kabinalarni 
tovush o‘zlashtiriladigan materiallar bilan qoplash. 
3.  Tashkiliy profilaktik choralar: ultratovush ta’sirining xarakteri va saqlanish 
choralar haqida ishlaydigan kishilarga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish, mehnat va dam 
olishining va ratsional rejimlari. 
4.  Individual himoya vositalari-shovqinga qarshi buyumlar. 
Standart 
ultratovushli 
uskunalar 
tayyorlaydigan 
hamma 
korxonalar 
zimmasiga hujjatlarda ultratovush xarakteristikasiga ko‘rsatilishini va ultratovush 
bilan kurashda talab etiladigan gigienik normativlarni ta’minlaydigan hamma 
vositalardan foydalanishni yuklaydi. 
Infratovush va ularning inson organizmiga ta’siri. Infratovush ham ishlab 
chiqarishda keng tarqalgan omillardandir. Infratovush qattiq jismlarning mexanik 
tebranishlardan hosil bo‘luvchi fizik omillardan biridir. Infratovushga 16 gs gacha 
bo‘lgan past tovushlar kiradi. 
Infratovush quyidagi birliklar bilan tavsiflanadi: 
Infratovush amplitudasi, intensivligi, to‘lqin uzunligi bilan belgilanadi. 
Infratovush amplitudasi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik uning bosimi ko‘payadi. 
Infratovush bosimi Paskal metr kvadratida (Pa/m2) belgilanadi. Gigienik amaliyotda 
ish joylarda nisbiy birlik, ya’ni detsibellardan foydalaniladi. Infratovushni asosiy 
bradikardiya, gipotoniya xolatlari vujudga keltiradi. Ultratovush eshituv bilan organizmga ta’sir qilish natijasida qabul qilish bo‘sag‘asining pasayish va nihoyat labirintopatiya kasalini chiqaradi. Ultratovush yuqori darajasining ishlovchilar organizmiga zararli ta’siri bilan kurashda quyidagilar qo‘llanilishi kerak: 1. Ish chastotasini oshirish va texnologik jarayonining o‘zida ishlatiladigan (tekinxo‘r, deb ataladigan) nurlanishni bartaraf etish yo‘li bilan manbadagi tovush energiyasini nurlanishni kamaytirish. 2. Ultratovush ta’sirining joylanishida qarab konstruktiv va planlashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish: tovushni izolyasiya qiladigan qinlar (kojuxlar), yarim qinlar, ekranlar, uskunalarni alohida ultratovush manbaining generatorini uzadigan avtoblokirovka tizimi qurilishi, masofadan boshqarish, xonalar va kabinalarni tovush o‘zlashtiriladigan materiallar bilan qoplash. 3. Tashkiliy profilaktik choralar: ultratovush ta’sirining xarakteri va saqlanish choralar haqida ishlaydigan kishilarga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish, mehnat va dam olishining va ratsional rejimlari. 4. Individual himoya vositalari-shovqinga qarshi buyumlar. Standart ultratovushli uskunalar tayyorlaydigan hamma korxonalar zimmasiga hujjatlarda ultratovush xarakteristikasiga ko‘rsatilishini va ultratovush bilan kurashda talab etiladigan gigienik normativlarni ta’minlaydigan hamma vositalardan foydalanishni yuklaydi. Infratovush va ularning inson organizmiga ta’siri. Infratovush ham ishlab chiqarishda keng tarqalgan omillardandir. Infratovush qattiq jismlarning mexanik tebranishlardan hosil bo‘luvchi fizik omillardan biridir. Infratovushga 16 gs gacha bo‘lgan past tovushlar kiradi. Infratovush quyidagi birliklar bilan tavsiflanadi: Infratovush amplitudasi, intensivligi, to‘lqin uzunligi bilan belgilanadi. Infratovush amplitudasi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik uning bosimi ko‘payadi. Infratovush bosimi Paskal metr kvadratida (Pa/m2) belgilanadi. Gigienik amaliyotda ish joylarda nisbiy birlik, ya’ni detsibellardan foydalaniladi. Infratovushni asosiy