Ishlab chiqarish xarajatlari
Reja:
1. Ishlab chiqarish xarajatlari, ularning mohiyati va tasniflanishi
2. Xarajatlarning tasniflanishi
1. Ishlab chiqarish xarajatlari, ularning mohiyati
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini
sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng
katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi avtokorxonaga tashish
xizmati kщrsatish va boshqa faoliyat qanchaga tushishini ko‘rsatadi, ya’ni
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Mahsulot tannarxi korxonalar xo‘jalik faoliyatini ifodalovchi sifat ko‘rsatkichi
bo‘lib, korxonalar faoliyatining hamma tomonlarini, ya’ni ishlab chiqarish va
moliyaviy tomonlarini aks ettiradi va ularning ish samaradorligini ko‘rsatadi.
Mahsulot tannarxi deganda, mahsulot ishlab chiqarish, sotish va korxona
moliyaviy faoliyati bo‘yicha barcha xarajatlarining pul orqali ifodalanishi
tushuniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot tannarxini o‘rganishning ahamiyati
turli xildagi mulkchilik shakllarida ish yuritayotgan korxonalar uchun beqiyosdir,
zero, ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risida to‘la ma’lumotlarga ega bo‘lmasdan
turib ishlab chiqarishni tashkil qilish va samarali boshqarish mumkin emas.
Mahsulot tannarxini arzonlashtirish jonli mehnat hamda buyumlashgan
mehnatni tejashni aks ettiradi, foydaning ortishini ta’minlaydi, mahsulot bahosi yoki
tashish tariflarini arzonlashtirish imkonini yaratadi.
Mahsulot tannarxini arzonlashtirishning asosiy yo‘llari quyidagilardan iborat:
boshqaruv usullarini, ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilishni, xo‘jalik
hisobini takomillashtirish, ishlab chiqarish asosiy fondlaridan foydalanishni
yaxshilash, moddiy resurslardan tejab-tergab foydalanish, ishlab chiqarishni
boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirish, xo‘jasizlikka qarshi
kurashish kabilar.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi
xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruxlarga
ajratiladi:
ishlab chiqarish moddiy xarajatlari;
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash
xarajatlari;
ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
asosiy fondlar va ishlab chiqarish axamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
xizmat ko‘rsatish yoki mahsulot tayyorlashda zarur komponent
hisoblanadigan xomashyo va materiallar;
ishlab chiqarish zaruriyatlari uchun sotib olingan materiallar, ta’mirlash
uchun ehtiyot qismlar, moslamalar va boshqa mehnat buyumlari;
texnologik maqsadlar, binolarni isitish, barcha turdagi energiyani ishlab
chiqarish uchun sarflanadigan, chetdan sotib olingan yoqilg‘ining hamma turlari;
korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish, shuningdek,
xo‘jalik zaruriyatlariga sarflanadigan, sotib olinadigan barcha turdagi energiya;
tabiiy kamayishining me’yor chegarasidagi moddiy resurslarning
kamomadi va buzilishlaridan yo‘qotishlar.
Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagi moddalar
kiradi:
korxonada qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakl va tizimlariga
muvofiq ishbay haqlari, tarif stavkalari va mansab okladlari asosida haqiqiy
bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqarishdagi hisoblangan ish haqi;
amaldagi tartiblarga ko‘ra rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, jumladan, ishlab
chiqarish natijalari uchun mukofotlar (natural mukofotlarni qo‘shgan hodda) ta’rif
stavkalari va okladlarga kasb mahorati uchun qo‘shimcha ustama to‘lovlar,
amaddagi qonunchilikka muvofiq ko‘p yillik xizmatlari uchun (shu xo‘jaliqda bir
ixtisoslikdagi ish staji uchun) ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan
taqdirlanishlar, mukofotlar, kasb mahorati uchun ta’rif stavkalar va okladlarga
nisbatan) ustama to‘lovlar, harakatdagi qonunchilikka muvofiq ko‘p yillik
xizmatlari uchun ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlashlar;
ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq tovon to‘lovlari, jumladan,
tungi ish vaqti, ish vaqtidan so‘nggi ish uchun to‘lovlar.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib
chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi, lizing bo‘yicha va
belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar (Gudvilldan
tashqari) eskirishi har oyda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki
qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan kelib chiqib hisoblanadigan
mahsulot tannarxiga tegishli bo‘ladi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash
imkoni bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish normasi besh yil hisobiga
belgilanadi.
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga
tegishli bo‘lgan xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha normalar doirasida va
ulardan ortiqcha xarajatlar.
Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va
ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari.
Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko‘ra bekor turishlar tufayli
yo‘qotishlar.
Mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari.
Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo‘qolishi
munosabati bilan tegshili vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz
to‘lanadigan nafaqalar.
Umumiy foydalaniladigan yo‘lovchilar transporti xizmat
ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish
bilan bog‘liq xarajatlar.
2. Xarajatlarning tasniflanishi
Amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
barcha xarajatlari quyidagi guruhlarga ajratiladi1[24]:
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlar;
2. Ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shilmaydigan xarajatlar, ammo davr
xarajatlariga qo‘shiladigan xarajatlar (asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foydani aniqlash
uchun).
3. Korxonaning umumxo‘jalik faoliyatidan ko‘rgan foyda yoki zararini
aniqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat xarajatlari.
1[24] Ўзбекистон республикаси Солиқ Кодекси. -Т.: 2010 йил
4. Favqulodda zarar (soliq to‘lashga qadar aniqlanadigan foydani hisoblashda
ishtirok etadigan).
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xarajatlarini yuqoridagi tarkib bo‘yicha
guruhlanganda, har bir guruh xarajatlari quyidagicha turkumlanadi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlar quyidagicha
turkumlanadi:
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
v) ishlab chiqarishdagi ma’muriy xarajatlar.
2. Davr xarajatlari quyidagicha turkumlanadi:
a) sotish bo‘yicha xarajatlar;
b) boshqaruv xarajatlari;
v) boshqa muomala xarajatlari va zararlar.
3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar quyidagicha turkumlanadi:
a) foizlar bo‘yicha sarflar;
b) chet el valyutasi kursi o‘zgarishidan ko‘rilgan zarar;
v) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan
zarar;
g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa sarf-xarajatlar.
4. Favqulotda zararlar odatda turkumlanmaydi. Favqulodda zararlar - bu
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar
yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan
tashqari xarajatlar moddalaridir. U yoki bu moddaning favqulodda zararlar
moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
- korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos emaslik;
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
- boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq
emaslik.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari.
Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarga ishlab chiqarish xarajatlari
deb ataladi. Ularga quyidagilar kiradi:
— material (moddiy) xarajatlari;
— mehnat haqi xarajatlari;
— ishlab chiqarish bilan bog‘liq ma’muriy xarajatlar.
Bevosita material xarajatlari mehnat haqi bilan birgalikda dastlabki xarajatlarni
tashkil etadi.
Mehnat haqi va ishlab chiqarish xarakteridagi ma’muriy boshqaruv xarajatlari
birgalikda konversiya xarajatlarini tashkil etadi.
Material xarajatlari konversiya xarajatlari bilan birgalikda to‘liq ishlab
chiqarish tannarxini tashkil etadi.
Noishlab chiqarish xarajatlari.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha xarajatlarga noishlab chiqarish
xarajatlari deb ataladi. Ular tarkibiga sotish bilan bog‘liq xarajatlar, ilmiy tekshirish
va tadqiqot xarajatlari, umumiy va ma’muriy boshqaruv xarajatlari, boshqaruv
xarajatlari, olingan kredit uchun foiz to‘lovlari va boshqa ishlab chiqarish bilan
bog‘liq bo‘lmagan, xarajatlar kiritiladi.
Mahsulot tannarxini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar quyidagilarni tashkil
etadi.
1. Bir so‘mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajat.
2. Taqqoslanadigan mahsulot tannarxi.
3. Mahsulot birligining tannarxi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatidagi xarajatlarni yuqoridagi
ko‘rinishda turkumlash bilan bir qatorda yana quyidagi xususiyatlari bo‘yicha ham
tasniflab chiqishimiz mumkin.
Yuzaga chiqish shakliga ko‘ra:
• asosiy ishlab chiqarish xarajatlari;
• moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar;
• tasodifiy, favquloddagi xarajatlar.
Mahsulot tannarxiga qo‘shilishiga ko‘ra:
• mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
• mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.
Yuzaga chiqish o‘rni bo‘yicha:
• bo‘lim bo‘yicha qilingan xarajatlar;
• sex bo‘yicha qilingan xarajatlar;
• uchastka bo‘iicha qilingan xarajatlar va hokazo.
Sotish hajmiga hisobdan chiqarilishiga ko‘ra:
• mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari;
• davr xarajatlari.
Davriga ko‘ra:
• joriy davr xarajatlari;
• kelgusi davr xarajatlari.
Soliqqa tortiladigan foyda summasini aniqlashda hisobga olinishiga ko‘ra:
• soliqqa tortiladigan bazaga qayta qo‘shiladigan doimiy tafovutlar;
• soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladigan davri bo‘yicha tafovutlar;
• soliqqa tortiladigan bazani aniqlashda hisobga olinmaydigan xarajatlar.
Mahsulot hajmining o‘zgarishiga muvofiq:
• o‘zgaruvchan xarajatlar;
• o‘zgarmas xarajatlar.
Mahsulot tannarxiga qo‘shilishiga qarab:
• to‘g‘ri xarajatlar (bevosita);
• egri xarajatlar (bilvosita).
Moliyaviy natijalarga daxlsizligi bo‘yicha:
• mahsulot tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlar;
• foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar.
Korxona xarajatlarini tahlil etishda o‘rganish ob’ekti va maqsadidan kelib
chiqqan holda korxona xarajatlarining u yoki bu turkumi bo‘yicha o‘zgarishlar va
sabablariga baho beriladi. Taqqoslash yoki qiyosiy o‘rganishda joriy davr va o‘tgan
yil ma’lumotlari, biznes reja qo‘rsatkichlari, o‘rtacha ko‘rsatkichlar va tarmoq
bo‘yicha boshqa ma’lumotlar olinadi. Taqqoslashda ko‘rsatkichlar bo‘yicha mutloq
o‘zgarishlar nisbiy ko‘rsatkichlarni qo‘llash orqali to‘ldiriladi.
Mahsulot tannarxini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan eng muhimi, bir so‘mlik
mahsuloti uchun qilingan xarajatdir. Bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
Bir so‘mlik Ishlab chiqarish tannarxi
mahsuloti uchun = --------------------------------------------
qilingan xarajat mahsulotnnng ulgurji bahosi
Bu ko‘rsatkich orqali qilingan xarajatlarning samaradorligini aniqlash mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va tahlil etishning uslubiy va
me’yoriy shakli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 5
fevralda tasdiqlangan 54-sonli «Mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)lar
ishlab chiqarish tannarxi, mahsulot (ish bajarish va xizmat qo‘rsatish) ishlab
chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi
to‘g‘risida»gi Nizom bilan belgilanadi.
Avtotransport korxonalari ishlab chiqarish xarajatlarini rivojlantirish
maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotida uning yo‘nalishlari bo‘yicha
guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
1. Xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo‘yicha.
2. Xarajatlarning kalkulyatsion moddalari bo‘yicha.
9.1-jadval
Ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementlari va moddalari
bo‘yicha turkumlanishi
Iqtisodiy elementlari bo‘yicha
Kalkulyatsion moddalari bo‘yicha
1
2
Ishlab chiqarish xarakteridagi
bevosita va bilvosita moddiy
xarajatlar
Yoqilg‘i-moylash materiallari
TXK va ta’mirlash
Avtoshina
Boshqa moddiy ashyolar
Ishlab chiqarish xarakteridagi
Asosiy ish haqlari
bevosita va bilvosita
mehnat haqi xarajatlari
Qo‘shimcha ish haqlari
Ish haqiga ustamalar
Ishlab chiqarishga taalluqli mehnat
haqidan ajratmalar
Ijtimoiy ta’minot bo‘limiga
Kasaba uyushmasiga
Boshqa ijtimoiy majburiy to‘lovlar
Asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlar
amortizatsiyasi,
eskirish xarajatlari
Asosiy vositalarning eskirishi
Nomoddiy aktivlarning eskirishi
Asosiy vosita va nomoddiy aktivlarning
ijara haqlari
Ishlab chiqarish
xarakteridagi boshqa
xarajatlar
Turli ishlar va xizmatlar
Soliqlar, yig‘imlar va hakozo.
Xarajatlarning elementi bo‘yicha guruhlarga ajratishdan maqsad ularning
tuzilmasi va dinamikasini nazorat qilishdan iborat.
Ko‘rsatkichlarni taqqoslash orqali jonli mehnat bilan boshqa xarajat turlarining
nisbati, ishlab chiqarish zaxiralarini normalashtirish va tahlil etish, aylanma
mablag‘larining tezligini aniqlash va milliy daromadni hisoblash imkoniyati
tug‘iladi.
Xarajatlarning elementlari bo‘yicha tahlil natijalariga muvofiq material
sig‘imi, mehnat sig‘imi va fond sig‘imi darajalari bo‘yicha tannarxni pasaytirish
imkoniyatlarini aniqlash mumkin.
Tahlil etishda jami xarajatdagi har bir elementning tutgan salmog‘i aniqlanib,
o‘tgan yildagisi hamda rejadagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanib, ularning o‘zgarish
sabablari aniqlanadi.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar tarkibini
iqtisodiy elementlari va moddalari bo‘yicha quyidagi tarkibda berish mumkin.