ISHLAB CHIQARISHNI TEXNIK JIHATDAN TAYYORLASH ISHLARINI TASHKIL QILISH (Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashda innovatsiyaning o‘rni)

Yuklangan vaqt

2024-04-21

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

100,6 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
ISHLAB CHIQARISHNI TEXNIK JIHATDAN TAYYORLASH 
ISHLARINI TASHKIL QILISH 
 
Reja: 
1. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni tashkil qilishning mazmuni va 
vazifalari 
2. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashda innovatsiyaning o‘rni 
3. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorgarligini tashkil qilish 
4. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil qilish. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz ISHLAB CHIQARISHNI TEXNIK JIHATDAN TAYYORLASH ISHLARINI TASHKIL QILISH Reja: 1. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni tashkil qilishning mazmuni va vazifalari 2. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashda innovatsiyaning o‘rni 3. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorgarligini tashkil qilish 4. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil qilish. Ilmiybaza.uz 
 
    1.Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni tashkil 
qilishning mazmuni va vazifalari 
 
      Ilmiy-texnik taraqqiyot, mehnat qurollari va vositalarini to‘xtovsiz 
takomillashtirib borish Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotini 
shakllantirish va rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Ilmiy-texnik 
taraqqiyotning muhim jarayonlaridan biri, ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash 
bo‘lib, u mahsulotlarni takomillashtirish, yangi texnologik jarayonlarni tadbiq qilish 
va ishlab chiqarishni yangi texnika, asbob-uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha 
tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 
Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash bo‘yicha qilinadigan barcha ishlar 
korxonaning biznes-rejasida yaratiladi. 
Joriy etilgan yangilikning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan asoslangan 
kutilayotgan natijalari, investorlarni yangi texnikaga va mahsulot ishlab chiqarishni 
rivojlantirishga qo‘yilgan vositalarning risk darajasi juda kichikligidan dalolat 
beradi. 
Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan, juda katta mablag‘ talab qiladigan yirik 
loyihalar federal dastur bo‘yicha nafaqat ichki imkoniyatlar va vositalar, balki chet 
el investorlarini jalb qilish yo‘li bilan amalga oshrilishi mumkin. Tez-tez 
almashtirilib turiladigan mahsulot turlari bo‘yicha kichik va o‘rta loyihalar, odatda, 
mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o‘zlarining tashabbuslari, kuchlari va vositalari 
bilan amalga oshiriladi. 
Texnikaviy tayyorgarlik quyidagi ish turlarini: 
Yangi mahsulotni loyihalash va mavjud mahsulot turlarini takomillashtirish 
hamda ishlab chiqaruvchilarni shu mahsulotlar bo‘yicha zarur bo‘lgan barcha 
xarajatlar bilan ta’minlash; 
Yangi texnologik jarayonlarni loyihalash va o‘zlashtirilgan texnologik 
jarayonlarni tajribada tekshirish va tadbiq etishni bevosita sex sharoitida va ishchi 
o‘rinlarida amalga oshirish; 
Ilmiybaza.uz 1.Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni tashkil qilishning mazmuni va vazifalari Ilmiy-texnik taraqqiyot, mehnat qurollari va vositalarini to‘xtovsiz takomillashtirib borish Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Ilmiy-texnik taraqqiyotning muhim jarayonlaridan biri, ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash bo‘lib, u mahsulotlarni takomillashtirish, yangi texnologik jarayonlarni tadbiq qilish va ishlab chiqarishni yangi texnika, asbob-uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash bo‘yicha qilinadigan barcha ishlar korxonaning biznes-rejasida yaratiladi. Joriy etilgan yangilikning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan asoslangan kutilayotgan natijalari, investorlarni yangi texnikaga va mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirishga qo‘yilgan vositalarning risk darajasi juda kichikligidan dalolat beradi. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan, juda katta mablag‘ talab qiladigan yirik loyihalar federal dastur bo‘yicha nafaqat ichki imkoniyatlar va vositalar, balki chet el investorlarini jalb qilish yo‘li bilan amalga oshrilishi mumkin. Tez-tez almashtirilib turiladigan mahsulot turlari bo‘yicha kichik va o‘rta loyihalar, odatda, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o‘zlarining tashabbuslari, kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi. Texnikaviy tayyorgarlik quyidagi ish turlarini: Yangi mahsulotni loyihalash va mavjud mahsulot turlarini takomillashtirish hamda ishlab chiqaruvchilarni shu mahsulotlar bo‘yicha zarur bo‘lgan barcha xarajatlar bilan ta’minlash; Yangi texnologik jarayonlarni loyihalash va o‘zlashtirilgan texnologik jarayonlarni tajribada tekshirish va tadbiq etishni bevosita sex sharoitida va ishchi o‘rinlarida amalga oshirish; Ilmiybaza.uz 
 moslama, ishchi va o‘lchovchi asboblarning barcha turlari, modeli, press-
shaklini o‘z ichiga olgan texnologik asbob - uskunalarni loyihalash va tayyorlash; 
 mahsulotlarning dastgohlar, asbob - uskunalar, ishlab chiqish, texnologik 
yonilg‘i, energiyani aniqlash uchun texnikaviy asoslangan me’yor va me’yoriy 
hujjatlarni ishlab chiqarish va keltirilgan resurslarga talabni aniqlash bo‘yicha hisob-
kitoblarni amalga oshirish; 
 yangi dastgohni loyihalash va tayyorlash, yetishmaydigan dastgohlarni sotib 
olish 
va 
mavjud 
dastgohlarni 
zamon 
talabi 
asosida 
takomillashtirish 
(modernizatsiya) rejalarini ishlab chiqish; 
 ishlab chiqarish bo‘limlari bo‘yicha dastgohlarni ratsional taqsimlash va 
joylashtirish; 
 yangi kasb bo‘yicha kadrlar tayyorlash; 
 ayrim ishlab chiqarish bo‘limlarini qayta tashkil qilish, ishlab chiqarish 
jarayonlarini rejalashtirish va boshqarishning yangi tizimini ishlab chiqish va tadbiq 
qilishni o‘z ichiga oladi. 
Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash ishlari bilan nafaqat ishlab 
chiqaruvchi 
korxonalar, 
balki 
noishlab 
chiqarish 
tashkilotlari 
ham 
shug‘ullanadilar, chunki texnika taraqqiyotining asosini ilmiy sohadagi yutuqlar 
va yangiliklar tashkil qiladi. Shuning uchun ishlab chiqarishni texnikaviy 
tayyorlash manbalarini O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi ilmiy-
tekshirish institutlaridan izlash lozim. 
Keyingi bo‘g‘in - tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari maxsus, ixtisoslashgan, 
alohida, markaziy konstruktorlik byurolari, ilmiy-tadqiqot va loyihalash - 
konstruktorlik institutlari hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda shu sohaga ilmiy-
tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan oliy o‘quv yurtlarining professor-
o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot bo‘limi xodimlarini kiritish mumkin. 
Tashkilotlar tomonidan tayyorlangan texnik hujjatlar korxonaga kelib 
tushgandan so‘nggi ishlar yirik korxonalarda ishlab chiqarishni texnikaviy 
tayyorlashning asosiy organlar hisoblangan bosh konstruktor, bosh texnolog, bosh 
Ilmiybaza.uz  moslama, ishchi va o‘lchovchi asboblarning barcha turlari, modeli, press- shaklini o‘z ichiga olgan texnologik asbob - uskunalarni loyihalash va tayyorlash;  mahsulotlarning dastgohlar, asbob - uskunalar, ishlab chiqish, texnologik yonilg‘i, energiyani aniqlash uchun texnikaviy asoslangan me’yor va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqarish va keltirilgan resurslarga talabni aniqlash bo‘yicha hisob- kitoblarni amalga oshirish;  yangi dastgohni loyihalash va tayyorlash, yetishmaydigan dastgohlarni sotib olish va mavjud dastgohlarni zamon talabi asosida takomillashtirish (modernizatsiya) rejalarini ishlab chiqish;  ishlab chiqarish bo‘limlari bo‘yicha dastgohlarni ratsional taqsimlash va joylashtirish;  yangi kasb bo‘yicha kadrlar tayyorlash;  ayrim ishlab chiqarish bo‘limlarini qayta tashkil qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish va boshqarishning yangi tizimini ishlab chiqish va tadbiq qilishni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash ishlari bilan nafaqat ishlab chiqaruvchi korxonalar, balki noishlab chiqarish tashkilotlari ham shug‘ullanadilar, chunki texnika taraqqiyotining asosini ilmiy sohadagi yutuqlar va yangiliklar tashkil qiladi. Shuning uchun ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash manbalarini O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi ilmiy- tekshirish institutlaridan izlash lozim. Keyingi bo‘g‘in - tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari maxsus, ixtisoslashgan, alohida, markaziy konstruktorlik byurolari, ilmiy-tadqiqot va loyihalash - konstruktorlik institutlari hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda shu sohaga ilmiy- tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan oliy o‘quv yurtlarining professor- o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot bo‘limi xodimlarini kiritish mumkin. Tashkilotlar tomonidan tayyorlangan texnik hujjatlar korxonaga kelib tushgandan so‘nggi ishlar yirik korxonalarda ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashning asosiy organlar hisoblangan bosh konstruktor, bosh texnolog, bosh Ilmiybaza.uz 
metallurg 
tomonidan 
ishlab 
chiqarishni 
mexanizatsiyalashtirish 
va 
avtomatlashtirish bo‘limlarida olib boriladi. 
Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash 4 ta bosqichga bo‘linadi: 
Birinchi bosqich - tadqiqot ishlari - fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini 
olib borish, ishlab chiqarish taraqqiyotining istiqbolini o‘rganish va uni 
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. 
Ikkinchi bosqich - konstruktorlik tayyorgarlik - yangi mahsulot turini 
loyihalash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni qamrab oladi. 
Uchinchi bosqich - texnologik tayyorgarlik - texnologik jarayonlarni 
loyihalash va tadbiq etish bo‘yicha barcha ishlar majmuini o‘z ichiga oladi. 
To‘rtinchi bosqich - tashkiliy va moddiy tayyorgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan 
masalalarni o‘z ichiga oladi. 
 
               2.Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashda innovatsiyaning 
o‘rni 
 
   Xo‘jaliklar faoliyati manfaatlari uchun eng yangi imkoniyatlar va 
zaruriyatlardan biri innovatsion-texnologik jarayonlarni yanada rivojlantirish yo‘li 
Respublika xalq xo‘jaligi tarmoqlarida vujudga kelib qolgan taqchillikni oldini oladi 
va istiqbolli taraqqiyotga imkon yaratadi. Prezidentimiz I.A.Karimov «O‘zbekiston 
innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o‘tish uchun hamma zarur 
sharoitlarga ega» deb ta’kidlab o‘tadi». 
Darhaqiqat, bu model fan - texnika taraqqiyoti mavjud texnika va texnologiyani 
takomillashtirishni, yangicha, ancha samarali va serunum texnika va texnologiyani, 
yangi xom ashyoni, materiallarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilishni, 
mehnatni va ishlab chiqarishni yangicha tashkil qilishni, yangilab berishni o‘z ichiga 
oladi. To‘xtovsiz fan-texnika taraqqiyoti, eng avvalo, ishlab chiqarishni tarkibiy 
Ilmiybaza.uz metallurg tomonidan ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish bo‘limlarida olib boriladi. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash 4 ta bosqichga bo‘linadi: Birinchi bosqich - tadqiqot ishlari - fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ishlab chiqarish taraqqiyotining istiqbolini o‘rganish va uni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich - konstruktorlik tayyorgarlik - yangi mahsulot turini loyihalash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni qamrab oladi. Uchinchi bosqich - texnologik tayyorgarlik - texnologik jarayonlarni loyihalash va tadbiq etish bo‘yicha barcha ishlar majmuini o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi bosqich - tashkiliy va moddiy tayyorgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi. 2.Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashda innovatsiyaning o‘rni Xo‘jaliklar faoliyati manfaatlari uchun eng yangi imkoniyatlar va zaruriyatlardan biri innovatsion-texnologik jarayonlarni yanada rivojlantirish yo‘li Respublika xalq xo‘jaligi tarmoqlarida vujudga kelib qolgan taqchillikni oldini oladi va istiqbolli taraqqiyotga imkon yaratadi. Prezidentimiz I.A.Karimov «O‘zbekiston innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o‘tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega» deb ta’kidlab o‘tadi». Darhaqiqat, bu model fan - texnika taraqqiyoti mavjud texnika va texnologiyani takomillashtirishni, yangicha, ancha samarali va serunum texnika va texnologiyani, yangi xom ashyoni, materiallarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilishni, mehnatni va ishlab chiqarishni yangicha tashkil qilishni, yangilab berishni o‘z ichiga oladi. To‘xtovsiz fan-texnika taraqqiyoti, eng avvalo, ishlab chiqarishni tarkibiy Ilmiybaza.uz 
o‘zgartirib jadallashtiradi va uning samaradorligini oshirishning hal qiluvchi 
yo‘nalishlaridan eng muhimidir. 
Innovatsion-texnologik rivojlantirish yo‘nalishi yangidan vujudga keltirilgan 
ilmiy - texnikaviy salohiyatini oshiradi, undan keng samarali foydalanishga nazariy 
va amaliy fanlarning asoslangan yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan zamonaviy 
texnologiyalarni amaliyotga uzluksiz ravishda keng joriy etib borishga yuqori 
malakali va ko‘nikmali, iqtidorli, tajribali, malakali mutaxassislar sonini to‘xtovsiz 
ravishda ko‘paytirishga O‘zbekistonning va viloyatni iqtisodiyotini yuksaltirishga 
asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Bu muammoni hal qilishning pirovard natijasi Respublikamizni jahondagi 
iqtisodiyoti, sanoat va qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga kirib 
borib, dunyo hamjamiyatidan o‘rin egallashiga zarur moddiy shart sharoit va 
mustahkam poydevor yaratishiga imkon beradi.  
Innovatsiya atamasining mohiyati - bu texnika texnologiyaning eski avlodini 
yangisi bilan almashtirishni ta’minlaydigan, iqtisodiyotga yanada ko‘proq mablag‘ 
keltirish bilan ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlarining natijasi bo‘lgan yangi texnika 
va texnologiyadir. Bu - ixtirochilikni rivojlantirish, ibtidoiy va yirik ixtirochilarni 
vujudga keltirishning muhim omilidir. Chunki xuddi ana shu yangi texnika va 
texnologiya taraqqiyoti mehnat unumdorligini o‘sishi, mahsulot birligiga xarajatni 
kamayishi va ishlab chiqarishda band bo‘lgan har bir xodim hisobiga mahsulotni 
oshib borishining bosh omili xizmatini o‘taydi. Yangilangan texnika va texnologiya 
mehnatni va ishlab chiqarishni ilg‘or tashkil etish bilan uyg‘unlashgan holda 
tayyorlanayotgan mahsulot sifatini oshirishga yordam beradi, bu esa jamiyatning va 
uning a’zolarini ortib borayotgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkoniyatlarini 
beradi. Yangi mashina va uskunalar ishlatishda ancha chidamli, boshqarilishi oson 
bo‘ladi, mehnat xarakterini tobora o‘zgartirib, uni yengillashtiradi. Xodimlarning 
o‘ta murakkab texnologiyani nozik jihatlarini bilib olishi, uni tez o‘zlashtirib olishi 
oqibatida mehnat unumdorligini va intensivligini oshirib boradi hamda umuman 
madaniy - texnik saviyasi darajasini oshirib borishni taqozo etadi.  
Ilmiybaza.uz o‘zgartirib jadallashtiradi va uning samaradorligini oshirishning hal qiluvchi yo‘nalishlaridan eng muhimidir. Innovatsion-texnologik rivojlantirish yo‘nalishi yangidan vujudga keltirilgan ilmiy - texnikaviy salohiyatini oshiradi, undan keng samarali foydalanishga nazariy va amaliy fanlarning asoslangan yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga uzluksiz ravishda keng joriy etib borishga yuqori malakali va ko‘nikmali, iqtidorli, tajribali, malakali mutaxassislar sonini to‘xtovsiz ravishda ko‘paytirishga O‘zbekistonning va viloyatni iqtisodiyotini yuksaltirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu muammoni hal qilishning pirovard natijasi Respublikamizni jahondagi iqtisodiyoti, sanoat va qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga kirib borib, dunyo hamjamiyatidan o‘rin egallashiga zarur moddiy shart sharoit va mustahkam poydevor yaratishiga imkon beradi. Innovatsiya atamasining mohiyati - bu texnika texnologiyaning eski avlodini yangisi bilan almashtirishni ta’minlaydigan, iqtisodiyotga yanada ko‘proq mablag‘ keltirish bilan ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlarining natijasi bo‘lgan yangi texnika va texnologiyadir. Bu - ixtirochilikni rivojlantirish, ibtidoiy va yirik ixtirochilarni vujudga keltirishning muhim omilidir. Chunki xuddi ana shu yangi texnika va texnologiya taraqqiyoti mehnat unumdorligini o‘sishi, mahsulot birligiga xarajatni kamayishi va ishlab chiqarishda band bo‘lgan har bir xodim hisobiga mahsulotni oshib borishining bosh omili xizmatini o‘taydi. Yangilangan texnika va texnologiya mehnatni va ishlab chiqarishni ilg‘or tashkil etish bilan uyg‘unlashgan holda tayyorlanayotgan mahsulot sifatini oshirishga yordam beradi, bu esa jamiyatning va uning a’zolarini ortib borayotgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkoniyatlarini beradi. Yangi mashina va uskunalar ishlatishda ancha chidamli, boshqarilishi oson bo‘ladi, mehnat xarakterini tobora o‘zgartirib, uni yengillashtiradi. Xodimlarning o‘ta murakkab texnologiyani nozik jihatlarini bilib olishi, uni tez o‘zlashtirib olishi oqibatida mehnat unumdorligini va intensivligini oshirib boradi hamda umuman madaniy - texnik saviyasi darajasini oshirib borishni taqozo etadi. Ilmiybaza.uz 
Yangi texnika - texnologiya va g‘oyani joriy etiladigan tarmoqqa qarab ularni 
uchta - mahsulot, texnologik va tashkiliy boshqaruv guruhlariga taqsimlash 
maqsadga muvofiq bo‘lar edi (5.1-rasm). Mahsulot innovatsiyasi moddiy ishlab 
chiqarish muhitida hosil bo‘layotgan va ishlab chiqarishni vositachi yoki iste’mol 
predmeti tariqasida ishlatilayotgan mahsulotlarni o‘zgarishlarini qamrab oladi. 
Yaratish texnologiya (bajarish uslublari) sidagi yangi mahsulot ishlab chiqarish va 
iste’mol 
jarayoniga 
mansub 
faoliyatga texnologik 
innovatsiya deb 
aytiladi. Tashkiliy boshqaruv guruhi esa yangi tizim uslublarini tashkil etish yoki 
uni boshqarish bilan bog‘liqdir. 
Innovatsiyaning tasnifiy belgilarini aniqlash va guruhlashtirish xalq 
xo‘jaligining barcha tarmoq va korxonalari uchun iqtisodiy siyosatni belgilash va 
investitsiyalarni jalb etish uchun muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Bozor 
munosabatlari shakllanayotgan bir paytda jalb etilayotgan investitsiyalarning 
iqtisodiy samaradorligi asosiy o‘rin 
egallaydi. Respublikamizning agrar 
ixtisoslanganligini inobatga olgan holda, joriy etilayotgan mablag‘lar birinchi 
navbatda ustivor yo‘nalishlarga ishlatilishi zarurdir. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz Yangi texnika - texnologiya va g‘oyani joriy etiladigan tarmoqqa qarab ularni uchta - mahsulot, texnologik va tashkiliy boshqaruv guruhlariga taqsimlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi (5.1-rasm). Mahsulot innovatsiyasi moddiy ishlab chiqarish muhitida hosil bo‘layotgan va ishlab chiqarishni vositachi yoki iste’mol predmeti tariqasida ishlatilayotgan mahsulotlarni o‘zgarishlarini qamrab oladi. Yaratish texnologiya (bajarish uslublari) sidagi yangi mahsulot ishlab chiqarish va iste’mol jarayoniga mansub faoliyatga texnologik innovatsiya deb aytiladi. Tashkiliy boshqaruv guruhi esa yangi tizim uslublarini tashkil etish yoki uni boshqarish bilan bog‘liqdir. Innovatsiyaning tasnifiy belgilarini aniqlash va guruhlashtirish xalq xo‘jaligining barcha tarmoq va korxonalari uchun iqtisodiy siyosatni belgilash va investitsiyalarni jalb etish uchun muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Bozor munosabatlari shakllanayotgan bir paytda jalb etilayotgan investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi asosiy o‘rin egallaydi. Respublikamizning agrar ixtisoslanganligini inobatga olgan holda, joriy etilayotgan mablag‘lar birinchi navbatda ustivor yo‘nalishlarga ishlatilishi zarurdir. Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
1 - rasm. Innovatsiyalarning tasnifiy belgilar 
 
 
Ilmiybaza.uz 1 - rasm. Innovatsiyalarning tasnifiy belgilar Ilmiybaza.uz 
 
3. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorgarligini 
tashkil qilish. 
            Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlashning maqsadi yangi mahsulot 
turiga zaruriy hujjatlar majmuini tayyorlashdan iborat. Bu hujjatlar majmui grafik 
ko‘rinishdagi tekstli hujjatlar to‘plamidan tashkil topib, yangi mahsulot turini 
tarkibi va tuzilishini aniqlovchi, uni tayorlash, nazorat qilish, qabul qilish, 
ishlatish va ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
Korxonaning konstruktorlik ishlari bir necha bosqichda bajariladi. 
Birinchi bosqich - texnik topshiriq (TT) ni ishlab chiqishni yoki 
buyurtmachi tashkilot yoki bajaruvchi tashkilot amalga oshiradi. 
Topshiriqda ishning maqsadi ayni turdagi mahsulotning asosiy texnik - 
ekspluatatsion tavsiflarining ruxsat etilgan qiymatlari oralig‘i belgilanadi. Barcha 
holatlarda texnik topshiriq barcha tomonlar o‘rtasida (buyurtmachi, ishlab-
chiqaruvchi, tayyorlovchi) kelishiladi.  
Ikkinchi bosqich - texnik taklifni (TTF) ishlab chiqish. Bu bosqichda TTni 
tahlil qilish asosida ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan qo‘yilgan masala 
yyechimi eng qulay varianti aniqlanadi va yangi mahsulot turi maqsadiga aniqlik 
kiritiladi. 
Texnik hujjatlarni ishlab chiqishni davom ettirish maqsadga muvofiqligini 
texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab beradi. 
Uchinchi bosqich - eskizni loyihalashtirish. Eskizni loyihalashtirishning 
asosiy vazifasi TT va TTFlarda shakllantirilgan talablarni amalga oshirishning 
texnik imkoniyatlarini asoslab berish va qo‘yilgan maqsad yyechimlar ichidan 
eng yaxshi variantini tanlashdan iborat. Loyiha eskizini hujjatlashtirish o‘z ichiga 
mahsulotning umumiy ko‘rinishi, tashkil qiluvchi qismlari , kinematik, elektrik, 
gidravlik, pnevmatik sxemalari chizmalari, buyumning asosiy texnikaviy 
ekspluatatsion tasniflash, uni tayyorlash tannarxi va ishlatish bilan bog‘liq 
Ilmiybaza.uz 3. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorgarligini tashkil qilish. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlashning maqsadi yangi mahsulot turiga zaruriy hujjatlar majmuini tayyorlashdan iborat. Bu hujjatlar majmui grafik ko‘rinishdagi tekstli hujjatlar to‘plamidan tashkil topib, yangi mahsulot turini tarkibi va tuzilishini aniqlovchi, uni tayorlash, nazorat qilish, qabul qilish, ishlatish va ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Korxonaning konstruktorlik ishlari bir necha bosqichda bajariladi. Birinchi bosqich - texnik topshiriq (TT) ni ishlab chiqishni yoki buyurtmachi tashkilot yoki bajaruvchi tashkilot amalga oshiradi. Topshiriqda ishning maqsadi ayni turdagi mahsulotning asosiy texnik - ekspluatatsion tavsiflarining ruxsat etilgan qiymatlari oralig‘i belgilanadi. Barcha holatlarda texnik topshiriq barcha tomonlar o‘rtasida (buyurtmachi, ishlab- chiqaruvchi, tayyorlovchi) kelishiladi. Ikkinchi bosqich - texnik taklifni (TTF) ishlab chiqish. Bu bosqichda TTni tahlil qilish asosida ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan qo‘yilgan masala yyechimi eng qulay varianti aniqlanadi va yangi mahsulot turi maqsadiga aniqlik kiritiladi. Texnik hujjatlarni ishlab chiqishni davom ettirish maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab beradi. Uchinchi bosqich - eskizni loyihalashtirish. Eskizni loyihalashtirishning asosiy vazifasi TT va TTFlarda shakllantirilgan talablarni amalga oshirishning texnik imkoniyatlarini asoslab berish va qo‘yilgan maqsad yyechimlar ichidan eng yaxshi variantini tanlashdan iborat. Loyiha eskizini hujjatlashtirish o‘z ichiga mahsulotning umumiy ko‘rinishi, tashkil qiluvchi qismlari , kinematik, elektrik, gidravlik, pnevmatik sxemalari chizmalari, buyumning asosiy texnikaviy ekspluatatsion tasniflash, uni tayyorlash tannarxi va ishlatish bilan bog‘liq Ilmiybaza.uz 
xarajatlar kutilayotgan iqtisodiy samaradorlikning taxminiy hisob-kitoblarini 
oladi.  
To‘rtinchi bosqich - texnik loyihalashtirish. Bu bosqichda yangi mahsulot 
turining tuzilishi va ishlatilishi to‘g‘risida to‘la tasavvur beradigan barcha muhim 
texnik yyechimlar to‘liq ishlab chiqiladi. Ayni shu bosqichda amalga oshirilgan 
barcha hisob-kitoblarga aniqlik kiritiladi, material tanlash to‘g‘risidagi masala 
uzil kesil hal qilinadi, buyumning barcha uzellari va eng murakkab detallarining 
chizmalari ishlab chiqiladi, sotib olinadigan buyumlar ro‘yxati tuziladi. Texnik 
loyihalashtirish hujjatlari tarkibiga sinash usuli, dasturi hamda unga doir hujjatlar 
to‘plami, albatta, kiritiladi. 
Beshinchi bosqich - ishchi loyihalashtirish. Bu bosqich konstruktorlik 
tayyorgarlikning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Bunda yangi mahsulotni 
tayyorlash uchun ishlab chiqarishni tayyorlashga kirishishga imkoniyat beradigan 
hujjatlar majmui tayyor bo‘lishi kerak. Bu bosqichda barcha yig‘ma chizmalar, 
yig‘ish va montaj qilish sxemalarining, aniqligi va nuqsonsizligiga doir 
ko‘rsatmalar bilan barcha original detallar chizmalari ishlab chiqiladi, barcha 
texnik shartlar to‘liq tafsilotli ro‘yxati tuziladi, barcha tekshiruv hisoblari 
bajariladi, ishlatish va ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatma va boshqalar ishlab 
chiqiladi. 
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlashning har bir bosqichida 
bajariladigan ishlarning aniq mazmuni va bosqichlarning soni bir qator omillarga 
bog‘liq bo‘lib, ulardan eng muhimlari ishlab chiqarishga tayyorlangan mahsulot 
turining yangiligi va murakkabligi, kelgusida ishlab chiqarish miqyosi, 
bajaruvchi-tashkilotlar o‘rtasida ishlarni taqsimlanish xususiyatlari, tajriba 
bazasini mavjudligidir. Odatda o‘rtacha murakkablikka ega bo‘lgan buyumlarni 
loyihalashda texnik va ishchi loyihani tayyorlash bosqichlari birlashtiriladi. 
Nisbatan sodda buyumlarni ishlab chiqarishda barcha konstruktorlik tayyorlash 
jarayoni ikkita bosqich-texnik taklif va loyihalashning o‘zi (eksiz, texnik va ishchi 
loyihalashsiz) amalga oshiriladi. Murakkablik va yangilik darajasi yuqori bo‘lgan 
Ilmiybaza.uz xarajatlar kutilayotgan iqtisodiy samaradorlikning taxminiy hisob-kitoblarini oladi. To‘rtinchi bosqich - texnik loyihalashtirish. Bu bosqichda yangi mahsulot turining tuzilishi va ishlatilishi to‘g‘risida to‘la tasavvur beradigan barcha muhim texnik yyechimlar to‘liq ishlab chiqiladi. Ayni shu bosqichda amalga oshirilgan barcha hisob-kitoblarga aniqlik kiritiladi, material tanlash to‘g‘risidagi masala uzil kesil hal qilinadi, buyumning barcha uzellari va eng murakkab detallarining chizmalari ishlab chiqiladi, sotib olinadigan buyumlar ro‘yxati tuziladi. Texnik loyihalashtirish hujjatlari tarkibiga sinash usuli, dasturi hamda unga doir hujjatlar to‘plami, albatta, kiritiladi. Beshinchi bosqich - ishchi loyihalashtirish. Bu bosqich konstruktorlik tayyorgarlikning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Bunda yangi mahsulotni tayyorlash uchun ishlab chiqarishni tayyorlashga kirishishga imkoniyat beradigan hujjatlar majmui tayyor bo‘lishi kerak. Bu bosqichda barcha yig‘ma chizmalar, yig‘ish va montaj qilish sxemalarining, aniqligi va nuqsonsizligiga doir ko‘rsatmalar bilan barcha original detallar chizmalari ishlab chiqiladi, barcha texnik shartlar to‘liq tafsilotli ro‘yxati tuziladi, barcha tekshiruv hisoblari bajariladi, ishlatish va ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatma va boshqalar ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlashning har bir bosqichida bajariladigan ishlarning aniq mazmuni va bosqichlarning soni bir qator omillarga bog‘liq bo‘lib, ulardan eng muhimlari ishlab chiqarishga tayyorlangan mahsulot turining yangiligi va murakkabligi, kelgusida ishlab chiqarish miqyosi, bajaruvchi-tashkilotlar o‘rtasida ishlarni taqsimlanish xususiyatlari, tajriba bazasini mavjudligidir. Odatda o‘rtacha murakkablikka ega bo‘lgan buyumlarni loyihalashda texnik va ishchi loyihani tayyorlash bosqichlari birlashtiriladi. Nisbatan sodda buyumlarni ishlab chiqarishda barcha konstruktorlik tayyorlash jarayoni ikkita bosqich-texnik taklif va loyihalashning o‘zi (eksiz, texnik va ishchi loyihalashsiz) amalga oshiriladi. Murakkablik va yangilik darajasi yuqori bo‘lgan Ilmiybaza.uz 
buyumlarni katta hajmda ishlab chiqarish tashkil qilinayotganda konstruktorlik 
tayyorgarlik uning turli bosqichlaridagi tajriba ishlari hisobiga murakkablashadi. 
Tajriba ishlari, asosan, maishiy, model, tajriba nusxalari yordamida yangi 
konstruksiyani tayyorlash va sinashdan iborat. Tajriba nusxasi konstruksiyani 
obdon qayta ishlash, tayyorlash va uning hisobiy mustahkamligi, ishonchliligi va 
chidamliligini oshirish uchun ishlab chiqariladi.  
Hozirgi kunda eng muhim vazifalardan biri ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning ishlov berishga qulayligi va sifatini oshirish bo‘lganligi sababli 
ixtisoslashgan guruh va buyumlardan tashqari bosh konstruktor bo‘limida 
standartlashtirish va me’yorlashtirish byurosi, ishonchlilik byurosi, ekspluatatsiya 
qilish byurosi va boshqa byurolar tashkil qilinadi. Bo‘lim tarkibiga nusxa 
ko‘chirish, nusxalarni ko‘paytiruvchi texnik vositalar guruhi, texnikaga oid 
adabiyotlar kutubxonasi, ilmiy-texnik axborotlar byurosi, tajriba uchastkasi, 
modellashtirish va takomillashtirish laboratoriyalari kiradi. Bu byurolar 
faoliyatini korxona direktori muovini boshqaradi. 
 
 
                        4. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil qilish. 
 
 
            Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash yangi mahsulot turini ishlab 
chiqarish jarayonini loyihalash va moddiy bazasini yaratish bo‘yicha ishlar 
majmuini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash bo‘yicha ishlar 
mazmuni va sermehnatliligi kelgusida ishlab chiqarish miqyosi va mavjud ishlab 
chiqarish holatiga bog‘liq. 
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash to‘rtta asosiy bosqichga bo‘linadi: 
Birinchi bosqich - chizmalarni texnologik nazorat qilish. Chizmalarni 
texnologik nazorat qilishning maqsadi, ishlab chiqilgan konstruksiyalarni 
texnologik jihatdan amalga oshuvchanligini tekshirishdan iborat. Bunday 
tekshiruvni yuqori malakali texnologlar amalga oshiradilar. 
Ilmiybaza.uz buyumlarni katta hajmda ishlab chiqarish tashkil qilinayotganda konstruktorlik tayyorgarlik uning turli bosqichlaridagi tajriba ishlari hisobiga murakkablashadi. Tajriba ishlari, asosan, maishiy, model, tajriba nusxalari yordamida yangi konstruksiyani tayyorlash va sinashdan iborat. Tajriba nusxasi konstruksiyani obdon qayta ishlash, tayyorlash va uning hisobiy mustahkamligi, ishonchliligi va chidamliligini oshirish uchun ishlab chiqariladi. Hozirgi kunda eng muhim vazifalardan biri ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ishlov berishga qulayligi va sifatini oshirish bo‘lganligi sababli ixtisoslashgan guruh va buyumlardan tashqari bosh konstruktor bo‘limida standartlashtirish va me’yorlashtirish byurosi, ishonchlilik byurosi, ekspluatatsiya qilish byurosi va boshqa byurolar tashkil qilinadi. Bo‘lim tarkibiga nusxa ko‘chirish, nusxalarni ko‘paytiruvchi texnik vositalar guruhi, texnikaga oid adabiyotlar kutubxonasi, ilmiy-texnik axborotlar byurosi, tajriba uchastkasi, modellashtirish va takomillashtirish laboratoriyalari kiradi. Bu byurolar faoliyatini korxona direktori muovini boshqaradi. 4. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil qilish. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash yangi mahsulot turini ishlab chiqarish jarayonini loyihalash va moddiy bazasini yaratish bo‘yicha ishlar majmuini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash bo‘yicha ishlar mazmuni va sermehnatliligi kelgusida ishlab chiqarish miqyosi va mavjud ishlab chiqarish holatiga bog‘liq. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash to‘rtta asosiy bosqichga bo‘linadi: Birinchi bosqich - chizmalarni texnologik nazorat qilish. Chizmalarni texnologik nazorat qilishning maqsadi, ishlab chiqilgan konstruksiyalarni texnologik jihatdan amalga oshuvchanligini tekshirishdan iborat. Bunday tekshiruvni yuqori malakali texnologlar amalga oshiradilar. Ilmiybaza.uz 
Ikkinchi bosqich - texnologik jarayonlarni loyihalash. Bu bosqichda 
qilinadigan ishlarning asosiy mazmunini ishlab chiqariladigan mahsulot turi 
belgilaydi. Murakkab tarmoqlar (masalan, mashinasozlik) uchun texnologik 
jarayonlarni loyihalash quyidagi tartibda olib boriladi. Eng avvalo, detallarning 
sexlararo texnologik xarajatlari yo‘nalishlari ishlab chiqiladi. Shu bilan birga 
detallarni yig‘ish sxemasi va grafigi ishlab chiqiladi. Yig‘ish grafigi texnologik 
jarayonlarni ishlab chiqish ketma-ketligini aniqlash imkonini beradi. Avval, har bir 
detalga zagatovka olish texnologiyasi, so‘ngra- mexanik ishlov berish, issiqlik bilan 
ishlov berish, qoplash texnologiyalari, shu bilan bir vaqtda yig‘ish texnologiyasi 
ham ishlab chiqiladi.  
Uchinchi bosqich- maxsus asbob-uskunalar va nostandart (original) 
dastgohni loyihalash. Bu eng qimmat va sermehnat bosqich bo‘lib, xarajatlari uning 
texnologik tayyorlashga ketgan barcha xarajatlarning 70%ni tashkil qiladi. 
To‘rtinchi bosqich-loyihalashtirilgan texnologik jarayonlarni sozlash va 
tadbiq etish. Bu jarayonlar bevosita asosiy sexlardagi ishchi o‘rinlarida amalga 
oshiriladi. Ommaviy va seriyali ishlab chiqarishni tayyorlashda jarayonlarni sozlash 
va tadbiq qilish, seriyali texnologik jarayon bo‘yicha buyumlarning belgilangan 
partiyasi va tajriba nusxasini tayyorlash vaqtida olib boriladi. Texnologik jarayonni 
tadbiq qilinganligi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi va texnologik tartib 
qoidalarga rioya qilish majburiyati sexga topshiriladi va texnologik tayyorgarlik 
nihoyasiga yetkazilgan hisoblanadi. 
Nazorat savollari 
1. 
Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashdan maqsad va vazifalarini 
ayting. 
2. 
Texnika-texnologiya 
taraqqiyotida 
innovatsiyalarning 
o‘rnini 
tushuntirib bering. 
3. 
«Innovatsiya» atamasining mohiyati nimada? 
4. 
Texnikaviy tayyorgarlik necha bosqichda bajariladi? 
5. 
Ilmiy-texnik tayyorgarlik nima? 
6. 
Konstruktorlik tayyorgarlik bosqichlarini ayting. 
Ilmiybaza.uz Ikkinchi bosqich - texnologik jarayonlarni loyihalash. Bu bosqichda qilinadigan ishlarning asosiy mazmunini ishlab chiqariladigan mahsulot turi belgilaydi. Murakkab tarmoqlar (masalan, mashinasozlik) uchun texnologik jarayonlarni loyihalash quyidagi tartibda olib boriladi. Eng avvalo, detallarning sexlararo texnologik xarajatlari yo‘nalishlari ishlab chiqiladi. Shu bilan birga detallarni yig‘ish sxemasi va grafigi ishlab chiqiladi. Yig‘ish grafigi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish ketma-ketligini aniqlash imkonini beradi. Avval, har bir detalga zagatovka olish texnologiyasi, so‘ngra- mexanik ishlov berish, issiqlik bilan ishlov berish, qoplash texnologiyalari, shu bilan bir vaqtda yig‘ish texnologiyasi ham ishlab chiqiladi. Uchinchi bosqich- maxsus asbob-uskunalar va nostandart (original) dastgohni loyihalash. Bu eng qimmat va sermehnat bosqich bo‘lib, xarajatlari uning texnologik tayyorlashga ketgan barcha xarajatlarning 70%ni tashkil qiladi. To‘rtinchi bosqich-loyihalashtirilgan texnologik jarayonlarni sozlash va tadbiq etish. Bu jarayonlar bevosita asosiy sexlardagi ishchi o‘rinlarida amalga oshiriladi. Ommaviy va seriyali ishlab chiqarishni tayyorlashda jarayonlarni sozlash va tadbiq qilish, seriyali texnologik jarayon bo‘yicha buyumlarning belgilangan partiyasi va tajriba nusxasini tayyorlash vaqtida olib boriladi. Texnologik jarayonni tadbiq qilinganligi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi va texnologik tartib qoidalarga rioya qilish majburiyati sexga topshiriladi va texnologik tayyorgarlik nihoyasiga yetkazilgan hisoblanadi. Nazorat savollari 1. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashdan maqsad va vazifalarini ayting. 2. Texnika-texnologiya taraqqiyotida innovatsiyalarning o‘rnini tushuntirib bering. 3. «Innovatsiya» atamasining mohiyati nimada? 4. Texnikaviy tayyorgarlik necha bosqichda bajariladi? 5. Ilmiy-texnik tayyorgarlik nima? 6. Konstruktorlik tayyorgarlik bosqichlarini ayting.