ISHLAB CHIQARISHNI TEXNIK JIHATDAN TAYYORLASH ISHLARINI TASHKIL QILISH (Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashda innovatsiyaning o‘rni)
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
100,6 KB
Ilmiybaza.uz
ISHLAB CHIQARISHNI TEXNIK JIHATDAN TAYYORLASH
ISHLARINI TASHKIL QILISH
Reja:
1. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni tashkil qilishning mazmuni va
vazifalari
2. Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashda innovatsiyaning o‘rni
3. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorgarligini tashkil qilish
4. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil qilish.
Ilmiybaza.uz
1.Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni tashkil
qilishning mazmuni va vazifalari
Ilmiy-texnik taraqqiyot, mehnat qurollari va vositalarini to‘xtovsiz
takomillashtirib borish Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotini
shakllantirish va rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Ilmiy-texnik
taraqqiyotning muhim jarayonlaridan biri, ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash
bo‘lib, u mahsulotlarni takomillashtirish, yangi texnologik jarayonlarni tadbiq qilish
va ishlab chiqarishni yangi texnika, asbob-uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha
tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash bo‘yicha qilinadigan barcha ishlar
korxonaning biznes-rejasida yaratiladi.
Joriy etilgan yangilikning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan asoslangan
kutilayotgan natijalari, investorlarni yangi texnikaga va mahsulot ishlab chiqarishni
rivojlantirishga qo‘yilgan vositalarning risk darajasi juda kichikligidan dalolat
beradi.
Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan, juda katta mablag‘ talab qiladigan yirik
loyihalar federal dastur bo‘yicha nafaqat ichki imkoniyatlar va vositalar, balki chet
el investorlarini jalb qilish yo‘li bilan amalga oshrilishi mumkin. Tez-tez
almashtirilib turiladigan mahsulot turlari bo‘yicha kichik va o‘rta loyihalar, odatda,
mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o‘zlarining tashabbuslari, kuchlari va vositalari
bilan amalga oshiriladi.
Texnikaviy tayyorgarlik quyidagi ish turlarini:
Yangi mahsulotni loyihalash va mavjud mahsulot turlarini takomillashtirish
hamda ishlab chiqaruvchilarni shu mahsulotlar bo‘yicha zarur bo‘lgan barcha
xarajatlar bilan ta’minlash;
Yangi texnologik jarayonlarni loyihalash va o‘zlashtirilgan texnologik
jarayonlarni tajribada tekshirish va tadbiq etishni bevosita sex sharoitida va ishchi
o‘rinlarida amalga oshirish;
Ilmiybaza.uz
moslama, ishchi va o‘lchovchi asboblarning barcha turlari, modeli, press-
shaklini o‘z ichiga olgan texnologik asbob - uskunalarni loyihalash va tayyorlash;
mahsulotlarning dastgohlar, asbob - uskunalar, ishlab chiqish, texnologik
yonilg‘i, energiyani aniqlash uchun texnikaviy asoslangan me’yor va me’yoriy
hujjatlarni ishlab chiqarish va keltirilgan resurslarga talabni aniqlash bo‘yicha hisob-
kitoblarni amalga oshirish;
yangi dastgohni loyihalash va tayyorlash, yetishmaydigan dastgohlarni sotib
olish
va
mavjud
dastgohlarni
zamon
talabi
asosida
takomillashtirish
(modernizatsiya) rejalarini ishlab chiqish;
ishlab chiqarish bo‘limlari bo‘yicha dastgohlarni ratsional taqsimlash va
joylashtirish;
yangi kasb bo‘yicha kadrlar tayyorlash;
ayrim ishlab chiqarish bo‘limlarini qayta tashkil qilish, ishlab chiqarish
jarayonlarini rejalashtirish va boshqarishning yangi tizimini ishlab chiqish va tadbiq
qilishni o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash ishlari bilan nafaqat ishlab
chiqaruvchi
korxonalar,
balki
noishlab
chiqarish
tashkilotlari
ham
shug‘ullanadilar, chunki texnika taraqqiyotining asosini ilmiy sohadagi yutuqlar
va yangiliklar tashkil qiladi. Shuning uchun ishlab chiqarishni texnikaviy
tayyorlash manbalarini O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi ilmiy-
tekshirish institutlaridan izlash lozim.
Keyingi bo‘g‘in - tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari maxsus, ixtisoslashgan,
alohida, markaziy konstruktorlik byurolari, ilmiy-tadqiqot va loyihalash -
konstruktorlik institutlari hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda shu sohaga ilmiy-
tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan oliy o‘quv yurtlarining professor-
o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot bo‘limi xodimlarini kiritish mumkin.
Tashkilotlar tomonidan tayyorlangan texnik hujjatlar korxonaga kelib
tushgandan so‘nggi ishlar yirik korxonalarda ishlab chiqarishni texnikaviy
tayyorlashning asosiy organlar hisoblangan bosh konstruktor, bosh texnolog, bosh
Ilmiybaza.uz
metallurg
tomonidan
ishlab
chiqarishni
mexanizatsiyalashtirish
va
avtomatlashtirish bo‘limlarida olib boriladi.
Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash 4 ta bosqichga bo‘linadi:
Birinchi bosqich - tadqiqot ishlari - fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini
olib borish, ishlab chiqarish taraqqiyotining istiqbolini o‘rganish va uni
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi bosqich - konstruktorlik tayyorgarlik - yangi mahsulot turini
loyihalash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni qamrab oladi.
Uchinchi bosqich - texnologik tayyorgarlik - texnologik jarayonlarni
loyihalash va tadbiq etish bo‘yicha barcha ishlar majmuini o‘z ichiga oladi.
To‘rtinchi bosqich - tashkiliy va moddiy tayyorgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalarni o‘z ichiga oladi.
2.Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashda innovatsiyaning
o‘rni
Xo‘jaliklar faoliyati manfaatlari uchun eng yangi imkoniyatlar va
zaruriyatlardan biri innovatsion-texnologik jarayonlarni yanada rivojlantirish yo‘li
Respublika xalq xo‘jaligi tarmoqlarida vujudga kelib qolgan taqchillikni oldini oladi
va istiqbolli taraqqiyotga imkon yaratadi. Prezidentimiz I.A.Karimov «O‘zbekiston
innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o‘tish uchun hamma zarur
sharoitlarga ega» deb ta’kidlab o‘tadi».
Darhaqiqat, bu model fan - texnika taraqqiyoti mavjud texnika va texnologiyani
takomillashtirishni, yangicha, ancha samarali va serunum texnika va texnologiyani,
yangi xom ashyoni, materiallarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilishni,
mehnatni va ishlab chiqarishni yangicha tashkil qilishni, yangilab berishni o‘z ichiga
oladi. To‘xtovsiz fan-texnika taraqqiyoti, eng avvalo, ishlab chiqarishni tarkibiy
Ilmiybaza.uz
o‘zgartirib jadallashtiradi va uning samaradorligini oshirishning hal qiluvchi
yo‘nalishlaridan eng muhimidir.
Innovatsion-texnologik rivojlantirish yo‘nalishi yangidan vujudga keltirilgan
ilmiy - texnikaviy salohiyatini oshiradi, undan keng samarali foydalanishga nazariy
va amaliy fanlarning asoslangan yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan zamonaviy
texnologiyalarni amaliyotga uzluksiz ravishda keng joriy etib borishga yuqori
malakali va ko‘nikmali, iqtidorli, tajribali, malakali mutaxassislar sonini to‘xtovsiz
ravishda ko‘paytirishga O‘zbekistonning va viloyatni iqtisodiyotini yuksaltirishga
asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bu muammoni hal qilishning pirovard natijasi Respublikamizni jahondagi
iqtisodiyoti, sanoat va qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga kirib
borib, dunyo hamjamiyatidan o‘rin egallashiga zarur moddiy shart sharoit va
mustahkam poydevor yaratishiga imkon beradi.
Innovatsiya atamasining mohiyati - bu texnika texnologiyaning eski avlodini
yangisi bilan almashtirishni ta’minlaydigan, iqtisodiyotga yanada ko‘proq mablag‘
keltirish bilan ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlarining natijasi bo‘lgan yangi texnika
va texnologiyadir. Bu - ixtirochilikni rivojlantirish, ibtidoiy va yirik ixtirochilarni
vujudga keltirishning muhim omilidir. Chunki xuddi ana shu yangi texnika va
texnologiya taraqqiyoti mehnat unumdorligini o‘sishi, mahsulot birligiga xarajatni
kamayishi va ishlab chiqarishda band bo‘lgan har bir xodim hisobiga mahsulotni
oshib borishining bosh omili xizmatini o‘taydi. Yangilangan texnika va texnologiya
mehnatni va ishlab chiqarishni ilg‘or tashkil etish bilan uyg‘unlashgan holda
tayyorlanayotgan mahsulot sifatini oshirishga yordam beradi, bu esa jamiyatning va
uning a’zolarini ortib borayotgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkoniyatlarini
beradi. Yangi mashina va uskunalar ishlatishda ancha chidamli, boshqarilishi oson
bo‘ladi, mehnat xarakterini tobora o‘zgartirib, uni yengillashtiradi. Xodimlarning
o‘ta murakkab texnologiyani nozik jihatlarini bilib olishi, uni tez o‘zlashtirib olishi
oqibatida mehnat unumdorligini va intensivligini oshirib boradi hamda umuman
madaniy - texnik saviyasi darajasini oshirib borishni taqozo etadi.
Ilmiybaza.uz
Yangi texnika - texnologiya va g‘oyani joriy etiladigan tarmoqqa qarab ularni
uchta - mahsulot, texnologik va tashkiliy boshqaruv guruhlariga taqsimlash
maqsadga muvofiq bo‘lar edi (5.1-rasm). Mahsulot innovatsiyasi moddiy ishlab
chiqarish muhitida hosil bo‘layotgan va ishlab chiqarishni vositachi yoki iste’mol
predmeti tariqasida ishlatilayotgan mahsulotlarni o‘zgarishlarini qamrab oladi.
Yaratish texnologiya (bajarish uslublari) sidagi yangi mahsulot ishlab chiqarish va
iste’mol
jarayoniga
mansub
faoliyatga texnologik
innovatsiya deb
aytiladi. Tashkiliy boshqaruv guruhi esa yangi tizim uslublarini tashkil etish yoki
uni boshqarish bilan bog‘liqdir.
Innovatsiyaning tasnifiy belgilarini aniqlash va guruhlashtirish xalq
xo‘jaligining barcha tarmoq va korxonalari uchun iqtisodiy siyosatni belgilash va
investitsiyalarni jalb etish uchun muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Bozor
munosabatlari shakllanayotgan bir paytda jalb etilayotgan investitsiyalarning
iqtisodiy samaradorligi asosiy o‘rin
egallaydi. Respublikamizning agrar
ixtisoslanganligini inobatga olgan holda, joriy etilayotgan mablag‘lar birinchi
navbatda ustivor yo‘nalishlarga ishlatilishi zarurdir.
Ilmiybaza.uz
1 - rasm. Innovatsiyalarning tasnifiy belgilar