ISHLAB CHIQARISHNING TEXNIK-IQTISODIY ASOSLARI
Reja:
1. Ishlab chiqarish jarayoni haqida tushuncha
2. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari
Quyidagi mavzular bilan tanishasiz: ishlab chiqarish jarayoni, ish kuchi,
mehnat, capital, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish, korxona, texnik loyiha,
tabiiy va inson resurslari.
Inson har doim uchta vazifani bajarib kelgan. Uning aholini tabiiy takror
ko’payishida bevosita ishtirok etuvchi, ishlab chiqaruvchi hamda o’zi ishlab
chiqargan oziq-ovqatlar va kiyim-kechaklarning asosiy iste’molchisi sifatida
namoyon bo’lishi sizlarga oldingi sinflarda o’tilgan darslardan ma’lum. Inson
bajaradigan vazifalar qatorida uning ishlab chiqarish subyekti ekanligi eng muhim
belgilaridan biridir.
Inson ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etar ekan, doimo mehnat
qurollarini, texnik vositalarni takomillashtirishga, sarf-xarajatlarni esa
qisqartirishga intilib kelgan. XIX asrdagi sanoat inqilobi va XX asrdagi fan-texnika
inqiloblari texnika-texnologiya bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi aloqalarning yana
ham samarali bo’lishiga xizmat qilmoqda.
Sizlar bu bo’limda ishlab chiqarish jarayoni tushunchasi, ishlab chiqarishni
hududiy tashkil etishning asosiy omillari, sanoat korxonasini joylashtirish va
boshqarishni geografik tadqiq etish to’g’risida ma’lumotlar olasiz. Undan tashqari,
texnik loyihalarni asoslashda geografik tadqiqotlar natijalaridan foydalanish, soha
kompleks dasturlarini amalga oshirishda geografiyaning ahamiyati, kompleks
mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda geografiyaning o’rni, tabiiy va inson
resurslari hamda ularni iqtisodiy-geografik asoslash bo’yicha ham zaruriy hajmda
ma’lumotlar taqdim etiladi.
1. Ishlab chiqarish jarayoni haqida tushuncha
Jamiyat va odamlar ehtiyojini qondirish uchun moddiy ne’matlar yaratish
va xizmatlar ko’rsatish ishlab chiqarish jarayoni deb ataladi.
Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi. Iqtisodiy
resurslarga yer, kapital, mehnat va tadbirkorlik kiradi. Bu resurslar ishlab chiqarish
omillari deb ham ataladi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi unda qo’llaniladigan omillarning soni va
sifatiga bog’liq. Bu omillarga quyidagilar kiradi:
Inson omili. Bunga moddiy va ma’naviy ne’matkar yaratish uchun maxsus
kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan odamlar kiradi.
Moddiy omil. Tabiiy (yer) va inson tomonidan yaratilgan (mashinalar,
texnika, inshootlar) mehnat vositalaridan iborat.
Mehnat qurollari. Mazkur omilga qayta ishlanmaydigan, ishlab
chiqarishda bevosita foydalaniladigan tabiiy moddalar kiradi (masalan, shaxtadagi
ko’mir, ruda va h.k.).
Yer omili. Bu tabiiy omil bo’lib, unga tabiiy boyliklar, foydali qazilmalar,
haydaladigan yerlar, bog’lar, o’rmonlar va h.k. kiradi.
Kapital omili. Bu Tovar ishlab chiqarishda va xizmat ko’rsatishda
ishlatiladigan ne’matlar majmuasidan iborat. Kapital juda ko’p qirralarga ega. U
ma’lum miqdordagi pul, inson qobiliyati, malaka va ma’lumot bo’lishi mumkin.
Tadbirkorlik omili. Bu omil ikki qismdan iborat. 1.Tadbirkorlik faoliyati,
bunda tashabbus, topqirlik, tavakkalchilikdan ko’zda tutiladi. 2. Tadbirkorlik
qobiliyati inson kapitalining muhim turi bo’lib, u ne’matlar yaratish va xizmatlar
ko’rsatish uchun boshqa omillarni muvofiqlashtirishda va uyg’unlashtirish
faoliyatini o’z ichiga oladi.
Moddiy omillar inson omili bilan birikkan taqdirdagina ishlab chiqarish
sodir bo’ladi, hayotiy ne’matlar yaratiladi. Ular, birinchidan, moddiy
mahsulotlardan, ikkinchidan, turli xizmatlardan iborat bo’ladi.
Ishlab chiqarishning mazkur omillari nuqtai nazaridan fikr yuritganda
O’zbekiston Respublikasining imkoniyati juda yuqori ekanligini ta’kidlash lozim.
Chunki, O’zbekiston Respublikasi aholisining 69 foizi yoshlardan iborat bo’lib,
ular salohiyati mehnat resurslarini, ishchi kuchini tashkil etadi. Bundan tashqari,
mamlakat aholisining savodxonlik darajasiga rivojlangan mamlakatlar bilan
raqobatlasha oladi. Bu ishlab chiqarishning ko’p (aqliy va jismoniy) mehnat talab
etuvchi tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud ekanligidan dalolat beradi.
Ayni paytda O’zbekiston hududi (447,4 ming kv.km) da mashhur Mendeleev
davriy jadvalining barcha elementlari topilgan. Demak, mamlakatda ishlab
chiqarishning barcha shakllarini rivojlantirish uchun asos bor.
Ishlab chiqarish o’zining maqsad-mohiyatiga ko’ra ikki qismga ajratiladi:
1. Moddiy ishlab chiqarish – moddiy shakldagi mahsulotlarni, masalan,
oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy va boshqalarni yaratish hamda ishlab
chiqarish uchun zarur bo’lgan xizmatlar ko’rsatish. Masalan, yuk tashish,
yo’l xizmati ko’rsatish, ishlab chiqarish axborotini uzatish va hokazolar.
Mazkur sohaga sanoat, transport, aloqa, qurilish, qishloq xo’jaligi va
boshqa shu kabi tarmoqlar kiradi.
2. Nomoddiy ishlab chiqarish – moddiy shaklga ega bo’lmasada, aholi
uchun zarur xizmatlarni o’z ichiga oladi. Mazkur sohaga jismoniy tarbiya,
sport, bilim berish, madaniy-maishiy va tibbiy xizmat ko’rsatish kabilar
kiradi.
2. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning asosiy omillari
Ishlab chiqarishni (moddiy va nomoddiy) hududiy jihatdan tashkil etishda,
joylashtirishda, albatta hudud shart-sharoitlari va omillari hisobga olinadi. Bu
omillarni tog’ri tanlay bilish ishlab chiqarishning huquqiy tarkibi va tizimning
rivojlanish qonuniyatlarini asoslashga imkon beradi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda geografik o’rin, ekologik omil,
bozor iqtisodiyoti omillari bilan bir qatorda tabiiy (xomashyo, yoqilg’I, suv, iqlim),
ijtimoiy (mehnat resurslari, iste’molchi) va iqtisodiy (elektroenergiya, transport)
omillar e’tiborga olinadi (29-rasm).
22 – rasm. Ishlab chiqarishni joilashtirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar
Muayyan bir ishlab chiqarish tarmog;ini hududiy tashkil etishda barcha
omillar emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Ishlab chiqarishni tarmoqlarinijoylashtirishda qaysi biro mil yetakchi
ekanligini aniqlash uchun quyidagi aormuladan foydalaniladi.
K= O
M
Bu yerda K –ishlab chiqarish koeffitsienti; O – mazkur korxona yoki
umuman ishlab chiqarishni joylashtirishga ta’sir etuvchi omil; M –maxsulot birligi.
Fan-texnika
taraqqiyoti
Ichlab
chiqarish
Yoqilg’i-
energetika
Transport
Boshqa
omillar
Infrastruktu
ra
Xomashyo
Yer-suv
Iqtisodiy geografik
o’rin
Ekologiya
Bozor
iqtisodiyoti
Iste’mol
Ishchi
kuchi
Ushbu formula yordamida ma’lium bir mahsulot birligini hosil qiluvchi
barcha omillar alohida-alohida hisoblab chiqiladi (masalan, bir tonna shaker olish
uchun qancha xamashyo, ya’ni qancha qand lavlagi ishlatiladi, qancha
elektroenergiya yoki mehnat sarflanadi). Qaysi omil bo’yicha yirik son chiqsa,
odatda uning ahamiyati shuncha yuqori bo’ladi va г maskur ishlab chiqarish
tarmog’ini joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifasini o’taydi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, ma’lum tarmoqqa kiruvchi barcha
korxonalar yoki kichik “tarmoqchalar” uchun bittagina omil tegishli bo’lmaydi.
Jumladan, mashinasozlik tarmog’iga kiruvchi bf’zi bir korxonalarni joylashtirishda
xamashyo (metal) ko’proq ahamiyatga ega bo’lsa, boshqasi uchun malakali ishchi
kuchi muhum omil hisoblanadi. Endi yuqorida ko’rsatilgan asosiy omillarga
qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Xomashyo. Tabiiyki, ishlab chiqarish jarayonida xomashyo resurslari
muhim omil hisoblanadi. Ayrim maxsulotlarni ishlab chiqarishda esa xomashyo
boshqa omillarga qaraganda ko’proq talab etiladi. Shuning uchun bunday
maxsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin
qadar xomashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi.
Sanoatning ba’zi tarmoqlari masalan, tog’ –kon, o’rmon, baliqchilik sanoati
tarmoqlarining joylashuvi xomashyo bo’lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday
sanoat tarmoqlarining joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar
ko’lami bilan belgilanadi.
Boshqa sanoat tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi esa biroz
murakkabroq ko’rinisga ega. Masalan, bir tonna paxta tolasi olish uchun taxminan
3 tonna paxta, bir tonna paxta yog’i uchun 5 tonna chigit, 1 tonna pista yogi uchun
3 tonna kungaboqar, 1 tonna shaker uchun 7 tonna qand lavlagi ishlatiladi.
Yoqilg’i. Ko’mir havzalari йщкф metallurgiya sanoatining dastlabki
bosqichi (cho’yan eritishni joylashtirishda asosiy rol o’ynaydi. Ammo uning ta’siri
har doim ham yetakchi kuchga ega emas.
Qorametallurgiya (cho’yan erituvchi) zavodlarini joylashtirish
qonuniyatlari bir xil emas. Ma’lumki, qazib olinadigan temir rudasining taxminan
48-50 foizi foydali, bu “o’rtacha” raqam hamma joida ham bir xil emas, ayrim
konlarda temirning qazib olinadigan rudadagi ulushi atiga 17-19 foizni tashkil
etadi. Bunday konlarga Uraldagi Kochkonar yoki Qoraqalpog’istondagi
Tebinbuloq konlarini misol qilib ko’rsatish mumkin. Bu yerlardan qazib olinadigan
rudani bevosita domna pechlarida eritib bo’lmaydi, zero unda kerakli mineraldan
ko’ra foydasiz jinslar kop’roq. Shuning uchun bu ruda dastlab boyitilishi va unung
tarkibidagi foydali mineralning hissasi oshirilishi lozim. Boyitilganidan so’ng ruda
tarkibidagi temirning (rangli metallar uchun boyitilish jarayoni ayniqsa muxum,
chunki ularning rudalar tarkibidagi ulushi ancha past) miqdori bir necha barobar
ortadi.
Ammo bu bilan ham unung hissasi yetarlicha bo’lmaydi. Shuning uchun
metallurgiya korxonalari ko’proq xomashyo rayoniga yaqinroq joylashtiriladi.
Ba’zi metallurgiya zavodlari xomashyo va yoqilg’I rayonlari o’rtasida joylashgan,
zero maskur sanoat tarmog’I uchun bu ikki omilning ahamiyati deyarli bir xil.
Bunga yorqin misol bo’lib, Cherepoves metallurgiya kombinatini ( Rossiya
Federatsiyasi) ko’rsatish mumkin. U Pechora kokslanuvchi ko’mir havzasi bilan
Kola yarimorali temir rudasi konlarining o’rtasida qurilgan.
Elektroenergiya (elektr quvvati). Hozirgi zamon ishlab chiqarishini ,
hatto transportni, qishloq xo’jaligini elektr quvvatisiz tasavvur qilish qiyin. Bu
sahoning o’ziga xos xususiyati shundaki, u yaratgan mahsulotni, ya’ni elektr
quvvatini jamg’arib omborxonalarga yig’ib bo’lmaydi, undan ayni paytning oz’ida
foydalanish kerak.
Odatda elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil
etilishida eng avvalo unung arzon turiga ahamiyzt beriladi. Arzon elektr quvvati
GESlardan olinadi, issiqlik elektr stansiyalarida esa ko’mir, mazut yoki gaz
sarflanadi.
Elektr quvvati omiliga quyidagi misollarni keltirish kifoya: 1 tonna titan
ishlab chiqarish uchun ( titan po'latdan bir necha marta yengil va chidamli) 40-50
ming kVt/soat, aluminiy uchun 17-19 ming kVt/soat, misni tozalash, temir
qotishmalarini ishlab chiqarish, elektr pechlarida po'lat eritish uchun ularning har
bir tonnasiga 8-10 ming kVt/soat atrofida elektr quvvati sarflanadi. Nabiiyki,
bunday korxonalarni arzon elektr quvvati manbalariga yaqin joilashtirish iqtisodiy
jihatdan maqsatga muvofiq bo’ladi.