ISITISH, SHAMOLLATISH VA KONDITSIONERLASH TIZIMLARI (Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash usullari)
Yuklangan vaqt
2024-05-14
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
127,0 KB
Ilmiybaza.uz
ISITISH, SHAMOLLATISH VA KONDITSIONERLASH TIZIMLARI
Reja
1. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash usullari
2. Muvaqqat omborlar
3. Doimiy omborlar
Ilmiybaza.uz
1. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash usullari. Qishloq xo’jalik
mahsulotlari turli xil usullarda saqlanadi. Yangi meva-sabzavotlar, shuningdek
urug’liklar va kartoshka saqlaydigan inshoot yoki binolar meva-sabzavot ombori
deb yuritiladi. Ular muvaqqat va doimiy bo’ladi. Muvaqqat omborlarga uyum,
handaq, o’ra va boshqalar kiradi. Doimiy omborlar bir qavatli to’g’ri burchak
shaklida va ustiga yoki erdan chuqurroq (1,5-2 m) qilib, betondan yoki g’ishtdan
quriladi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari omborlari mahsulotni saqlash usullariga qarab
quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Tabiiy usulda shamollatiladigan omborlar.
2. Ventilyator yordamida tashqi havo bilan sovitiladigan omborlar.
3. Sun’iy usulda sovitiladigan sovutgichlar.
4. Atmosferasi boshqarilib to’riladigan sovutgichlar.
5. Muzxona va muzli omborlar.
Meva va sabzavotlarning turli-tumanligi va ularni turli maqsadlarda saqlash,
mahsulot etishtiriladigan mintaqaning tabiiy sharoiti, xo’jalikning moddiy texnika
imkoniyatlari mahsulot saqlashning turli xilda bo’lishini talab qiladi.
Xo’jalikda etishtirilgan mahsulotni saqlash usulini tanlashda muayyan saqlash
usuli va texnologik rejimi albatta sinab ko’rilishi lozim. Bunda mahsulotni saqlash
muddati ham hisobga olinishi kerak. Sabzavot va meva omborlarini ma’lum
texnologik rejimni boshqarib turiladigan va mexanizasiyani keng joriy etish
imkoniyati yaratilgan holda qurish mahsulotning sifatli saqlanishini va
nobudgarchiligini kamaytirishni ta’minlaydi.
2. Muvaqqat omborlar. O’zbekistonda muvaqqat omborlar-uyum va
handaqlarda kartoshka va ildizmevalar (sabzi, sholg’om, turp va boshqalar)
saqlanadi. Bunday omborlarda sabzavotlarni saqlash eng arzon, oddiy va
hammabop usul bo’lib, qurilish jihozlari hamda materiallari talab qilmaydi. Shu
bilan birga, muvaqqat omborlarda sabzavotlarni saqlashning bir qator kamchiliklari
ham bor. Bunda barcha ishlarni amalga oshirish ob-havo sharoitiga bog’liq bo’lib,
Ilmiybaza.uz
saqlanadigan mahsulotni nazorat qilish ancha qiyinlashadi. Shu sababli
mahsulotlarning ancha ko’p qismi nobud bo’ladi.
Handaq va uyumlar saqlanadigan mahsulotni ishlatish maqsadiga ko’ra, ya’ni
oziq-ovqatga ishlatiladigan mahsulotlar aholi punktiga, urug’liklar esa ekiladigan
dalaga, em-xashak maqsadida foydalaniladiganlari esa fermaga yaqin joyga
joylashtiriladi. Ularni joylashtirishda uchastkaniig relefi, shamolning yo’nalishi, er
osti suvlarining chuqurligi va tuproqning mexanik holati hisobga olinadi.
Uyum va handaqlar uchun quruq, balandroq tekis bo’lgan joy tanlanadi.
Bunda er osti suvlari uyum va handaq tagidan 1 metr dan ziyod chuqurlikda
bo’lishi lozim. Tuproqning mexanik tarkibi qumoq bo’lgani ma’qul. Uyum va
handaq tayyorlaydigan joyning yuza qismida o’simlik qoldiqlari va boshqa organik
qoldiqlar bo’lmasligi lozim. Agar o’tgan yilgi uyum va handaqlar joylashgan
joylarda yana mahsulot saqlashga to’g’ri kelsa, u joylar tekislanib 1 m2 maydonga
500 g hisobidan so’ndirilmagan ohak bilan zararsizlantiriladi. So’ngra er 30-35 sm
chuqurlikda haydalib, donli ekinlar ekiladi. Ekin yig’ishtirilgandan so’ng bu joyga
uyum va handaqlar ishlanadi.
Uyum va handaqlarning sig’imini aniqlashda mahsulotning hajm birligidagi
massasini handaq va uyumning foydali hajmiga ko’paytirish lozim. Uyum va
handaq tayyorlashda avtomashina yuradigan kenglikdagi yo’laklar qoldiriladi.
Yo’laklar har juft uyum yoki handaqlar orasidan eki ularning bosh qismida
qoldiriladi.
Uyum va handaqlar kuz va bahor vaqtlarida quyosh nuri va qish vaqtida
sovuq shamoldan kam ta’sirlanishi uchun iloji boricha uzunasiga sharqdan g’arbga
qarab joylashtiriladi.
Mahsulotning turi va tabiiy sharoitga qarab uyum va handaqning o’lchamlari
turli xil bo’ladi. Ayniqsa, ularning ko’ndalang kesimi muhim ahamiyatga ega.
Uyum va handaqlarning ko’ndalang jesimi ularniig sig’imini va mahsulot ajratib
chiqargan issiqlikni tarqatish chegarasini belgilaydi.
Bizning mintaqamizda handaq va uyumlarning o’lchamlari g’arbiy va o’rta
mintaqalarga qaraganda kichikroq bo’ladi.
Ilmiybaza.uz
Mahsulotni joylash oldidan albatta saralanadi, har bir uyum va handaqga
mahsulotni bir kunda joylash kerak. Ayrim ildizmevalar sig’imi 20-25 kg li
yashiklarga joylanib ham uyum sha handaqlarga joylashtiriladi.
Ventilyasiyani yaxshilash maqsadida uyum va handaq bo’ylab o’rtasidan
30x30 sm o’lchamda ko’ndalang ariqcha qazib, unga taxta panjaralar o’rnatiladi.
Har 50-60 sm oralatib havo so’rish naylari o’rnatiladi.
Handaq va uyumlardagi mahsulotlar muzlamasligi uchun usti berkitiladi.
Qishki sovuq zonalarda ularning usti qalinroq qilib yopiladi. Yomg’ir va qor
suvlarini atrofga oqizish uchun handaq va uyumlarning atrofida sayoz ariqchalar
qaziladi. Saqlash davrida uyum va handaqlar muntazam ravishda kuzatilib boriladi.
Cho’kkanda va yoriqlar paydo bo’lganida darhol ochib nazorat ostiga olinishi
lozim.
3. Doimiy omborlar. Meva va sabzavotlarni saqlash texnologiyasini
rivojlantirishda mexanizasiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan omborxonalar
qurish muhim ahamiyatga ega.
Doimiy
(stasionar)
omborlar
meva
va
sabzavotlarning
turiga,
rejalashtirilishiga, hajmiga, saqlash sistemasiga, mahsulotlarni joylashtirish va
boshqa bir qator xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qiladi. Doimiy
omborxonalar meva va sabzavotlarning turiga qarab kartoshka, ildizmeva, piyoz,
karam va meva saqlashga moslashtirilgan bo’ladi. Bu mahsulotlarni saqlash
sharoiti bir-biridan tafovut qiladi va ularni bir omborda saqlash tavsiya etilmaydi.
Doimiy omborxonalar sig’imi jihatidan kichik, o’rtacha va katta bo’ladi.
Кichik omborxonalarning sig’imi 100-200 tonna, o’rtacha omborxonalarnini 10
ming tonnagacha, katta omborxonaniki 30 ming tonnagacha bo’ladi. Кatta sig’imli
omborxonalar kichigiga qaraganda qurilish va iqtisodiy jihatdan tejamli bo’ladi.
Shu bilan birga mahsulotni saqlashga sarf bo’lgan xarajat ham kam bo’ladi.
Omborxonalarni rejalashtirishda ularga transportning kirib chiqishi va
chuqurligini hisobga olish lozim. Hozirgi qurilayotgan barcha omborxonalar
avtotransport bir tomonidan kirib ikkinchi tomonidan chiqib ketadigan qilib
qurilgani ma’qul.
Ilmiybaza.uz
Omborxonaning chuqurligini belgilashda er osti suvlari hisobga olinadi.
Bunda er osti suvlari 2 metrdan past bo’lishi kerak. Bizning sharoitimizda asosan
omborxonalar yarim chuqur erto’la qilib quriladi.
Meva omborxonasi mahsulotni saralashda yorug’ bo’lishi uchun er ustiga
quriladi. Eng oddiy meva omborlari qatoriga oddiy erto’la kiradi.
Oddiy erto’la quruq erdan chuqurligi 1 metr qilib qaziladi. Usti yopilib, yon
tomonlariga taxta qoqiladi yoki g’isht teriladi. Ichiga devorlari bo’ylab so’kchaklar
o’rnatiladi. Erto’laning uzunligiga qarab har 3,5 metr joyga bittadan yo’g’onligi
10x10 sm li ventilyasiya naylari o’rnatiladi. Saralangan mevalar yashiklarga
solingan yoki so’kchaklarga to’kilgan holda saqlanadi.
Ba’zan erto’laning chuqurligi 1,5 metr, eni 4 metr, uzunligi saqlanadigan
mevaning turiga qarab har xil bo’lishi mumkin. Uning usti yopilib, devorlari
g’ishtdan terib chiqiladi va ventilyasiya naylari o’rnatiladi. Bu erda ham
mahsulotni yashikda va so’kchakda saqlash mumkin.
Er ustida qurilgan omborlar bir qavatli g’ishtli imorat bo’lib, ularning devor
va shiplari po’kak, qipiq, qamish va boshqa materiallardan tayyorlangan plitalar
bilan qoplanadi. Omborlar shamollatib turish uchun maxsus quvurlar bilan
jihozlanadi. Polni taxtadan qilib, ular orasida tirqishlar qoldiriladi. Bo’lmani pol
orqali tashqi havo bilan shamollatib turish uchun qopqoqli tuynukchalar qilinadi.
Omborxonalar ikki qavatli qilib ham quriladi. Bunda uning birinchi qavati
erto’la, ikkinchisi er usti qavatidan iborat bo’ladi. Ularda erto’la va er usti
omborxonalarining afzalliklari uyg’unlashtirilgan.
Omborxonalarda mahsulot saqlash uchun zarur muhitni ulardagi ventilyasiya
sistemasi orqali vujudga keltiriladi. Omborxonalarning ventilyasiya sistemasi
tabiiy va sun’iy bo’ladi. Sun’iy ventilyasiya sistemasiga faol ventilyasiya ham
kiradi.
Tabiiy ventilyasiyada havo issiqlik konvensiyasi qonuni bo’yicha harakat
qiladi. Qizigan havo kengayib, siyraklashib yuqoriga ko’tariladi va o’z paytida
sovuq, zich havo oqimi qastga tushadi. Omborxoda ichidagi havoning tashqaridagi
havodan farqi havoning harakat tezligiga bog’liq. Tabiiy ventilyasiyaning
Ilmiybaza.uz
samaradorligini
oshirish
uchun
sutkaniig
qulay
vaqtlarida
omborxona
shamollatiladi. Havoning sovuq paytlarida esa aksincha mahsulotni sovuq
urmasligi uchun omborxonaning tuynuklari berkitib qo’yiladi.
Sun’iy ventilyasiyada asosan turli xil ventilyatorlardan foydalaniladi. Bunda
mahsulotni saqlash rejimini ma’lum darajada boshqarish imkoniyati tug’iladi.
Omborxonalarga havoni haydash ventilyatorlarga ulangan havo haydash va havo
so’rish naylari orqali amalga oshiriladi. Sun’iy ventilyasiya bilan jihozlangan
omborxonalar ko’pincha katta hajmli bo’ladi.
Omborxonalarga havo er osti kanallari orqali bab-baravar tarqatiladi. Bu erda
mahsulotlar yashiklarda, konteynerlarda hamda boshqa idishlarga solingan holda
saqlanadi. Bunda mahsulotni shunday joylashtirish kerakki ventilyatorlarning havo
so’rish quvvati joylangan barcha mahsulotlarni sovitish imkonini bersin. Shu bilan
birga mahsulotlarni yuklash va tushirishni mexanizasiyalashtirish imkoni bo’lishi
lozim.
Faol ventilyasiyada havo oqimi kuchli bo’lib, mahsulotning har bir donasini
oralab o’tadi. Natijada saqlanadigan mahsulotning barcha nuqtalarida bir xil
harorat, namlik va havo tarkibi bo’lishiga erishiladi. Bunda mahsulotni sovitish,
isitish va quritish samaradorligi bir necha marta ortadi. Mahsulotning o’z-o’zidan
qizib ketish va terlash jarayonlariga chek qo’yiladi.
Faol ventilyasiya sharoitida barcha sabzavotlar, kartoshka va mevalar
saqlanishi mumkin. Bizning sharoitimizda faol ventilyasiyada sovuq havo berib
turishni ko’zda tutish lozim. Sovuq havo olish uchun ko’pincha kompressorli
sovutgich qurilmalaridan foydalaniladi.
Faol ventilyasiyali omborxona qurilganda albatta havoni sovitish qurilmasi
bo’lishi lozim. Faqat shundagina omborxonalarda meva va sabzavotlarni saqlash
uchun mo’’tadil sharoit yaratish mumkin. Natijada mahsulotlarni saqlash
samaradorligi oshadi, ularning sifatli saqlanishi ta’minlanadi.
Sovutgichlar. Meva va sabzavotlarni sovutgich (xolodilnik)larda saqlash
istiqbolli usullardan biri hisoblanadi. Bunda yilning turli fasllarida ham bir xil
sharoit yaratish imkoni bor. Mahsulotni saqlash muddati ancha uzaytiriladi va
Ilmiybaza.uz
mahsulot yo’qotilishi kamaytiriladi.
Sovutgichlarni qurish anchagina xarajat va material talab qilsada, ular tezda
qoplanadi. Shu sababli, xo’jaliklar meva va sabzavotlar saqlaydigan sovutgichlar
qurilishiga alohida e’tibor berishlari kerak.
Sovutgichlar sig’imiga ko’ra 100 tonnadan kam bo’lmasligi lozim. Ular
muayyan haroratda tutib turiladigan mahsulot saqlash xonalaridan tovar mahsulot
ishlanadigan bo’limlardan, mashina bo’limi va yordamchi binolardan iborat
bo’ladi. Sovutgichlar er ustida qurilgan bir qavatli omborxona bo’lib, balandlign 6
m gacha bo’lishi mumkin. Mahsulot sig’imi bo’lmaning balandligiga bog’liq.
Zamonaviy sovutgichlarning har metr kvadratiga 700- 800 kg mahsulot sig’adi.
Sovutgichning poli avtomashina kuzovining balandligicha qilinadi. Bunda
mahsulotni tushirish va ortish ishlari ancha engillashadi.
Mahsulotlar
tez
sovitilsa
ulardagi
biokimyoviy
jarayonlar
va
mikroorganizmlarning rivojlanishi bartaraf etiladi hamda mahsulotning saqlanish
muddati uzayadi. Mahsulotlarni tez sovitib olinadigan xonalar bo’ladi. Sovutilgan
mahsulotlar doim saqlanadigan bo’lmalarga ko’chiriladi.
Sovutgichlarning sovitish samaradorligi termoizolyasiyaga bog’liq. Buning
uchun bo’lmaning ichki qismidan bir qavat termoizolyasiya materialidan
o’tkaziladi bunda unga bug’ va nam kirishining oldi olinadi. Bo’lmalar oldini elim
qo’shilgan issiq bitum bilan qoplanib, bitumga issiqlik o’tkazuvchanligi kam
bo’lgan materiallardan (mineral plita, penosteklo, penoplast, torfoplita) yasalgan
taxtalar qo’yib chiqiladi. Кeyin esa bug’ o’tishining oldini olish uchun ustidan
bitum, alyuminiy falga yoki sement bilan yopiladi. Hozirgi vaqtda zavodlarda
teploizolyasiya uchun maxsus panellar tayyorlanmoqda.
Bo’lmalarning poli asfalt yoki sement qilinadi. Ularning eshiklari ham bir
qavat termoizolyasion materialdan qoplanadi. Eshikning devor bilan ulanadigan
qismiga rezina qistirma qo’yiladi.
Odatda sovitish uchun kompressorli sovutgich qurilmalaridan foydalaniladi.
Sovutish manbai sifatida ammiak yoki freondan foydalaniladi. Sovutgichlar
sovutish xonalari, kuchli sovutish qurilmalari, o’tkazish naylari, haroratni nazorat
Ilmiybaza.uz
qilish va avtomatik rostlab turish asboblari bilan ta’minlangan.
Meva va sabzavotlarni saqlaydigan sovutgichlarda sovutish unumdorligi
soatiga 50-200 ming kkal bo’lgan qurilmalardan foydalaniladi.
Xonalar quvurlar yoki havo vositasida sovutilishi mumkin. Quvurlar bilan
sovutilganida, xonalarga radiatorlar o’rnatiladi va ulardan sovutish manbai - natriy
xlorid yoki kalsiy-xloridning sovitilgan eritmasi o’tib turadi. Issiq konvensiyasi
qonuni bo’yicha xonalar soviy boshlaydi. Bu usulda sovitilganda harorat xonaning
turli joylarida ancha (2-4°S) farq qiladi. Shu sababli mevalar saqlanadigan
sovutgichlarni quvurlar bilan sovitish tavsiya etilmaydi.
Xonalar havo yordamida, ya’pi ventilyatorlar yordamida sovutilganda
haroratning mo’’tadil, turli joylarda bir xil sharoit bo’lishiga erishiladi. Namlangan
havo sovitilib ventilyator yordamida xonaning yuqori qismiga yuboriladi. Bu
usulda xonalar sovitilganda havo namligi 90% dan kam bo’lmasligi lozim.
Xonaning namligi muntazam ravishda nazorat qilib turiladi. Xonada havoni
sovitish tezligi ob-havo sharoitiga, mahsulotning biologik va fiziologik
xususiyatlariga hamda sovuq havo miqdoriga chambarchas bog’liq.
Mamlakatimiz shimoliy qismining ko’pgina mintaqalarida sentyabr-oktyabr
oylarida sovitish uchun tashqi havodan foydalanish mumkin. Bizning sharoitda esa
ko’pincha havo sun’iy ravishda sovitadigan stasionar qurilmadan foydalanishni
ko’zda tutish lozim.
Sovutgich xonalaridagi havo harorati va namligi keskin o’zgarmasligiga
hamda meva va sabzavotlarning terlamasligiga e’tibor berish lozim. Meva va
sabzavotlarni sovutgich xonalariga joylashtirishdan ilgari ular obdan saralanadi,
yog’in-sochinda qolganlar esa biroz quritiladi.
Bo’lmalarda mahsulotni saqlashda maxsus idishlardan yashik-lotoklar, o’rta
hajmli yashiklar va konteynerlardan foydalaniladi. Idishlardagi mahsulotlarni
joylashtirishda, taglikdan foydalanish juda qulay. Taglikning o’lchami 800x1200
mm bo’lib, ularga mahsulot solingan yashiklar taxlanadi. Shunday qilinganda
yashiklar mustahkam turadi.
Кo’pgina sabzavotlar (piyoz, sarimsoq, karam, kartoshka, sabzi, lavlagi) va
Ilmiybaza.uz
mevalarning ayrim turlari konteynerlarda saqlanadi. Кonteynerlarga joylashgan
mahsulotlarni ortish-tushirish ishlari mexanizasiya yordamida amalga oshiriladi.
Yashiklar va konteynerlar bir-birining ustiga 3-5 qavat qilib joylashtiriladi.
Bo’lmalarda havoning erkin yurib turishi uchun har bir taxning hamma
tomonida bo’shliq qoldirilishi kerak. Mahsulot taxlari va yon tomonlaridan 5 sm
oraliq qoldiriladi. Bo’lmaning shipi bilan tepadagi mahsulot orasidagi bo’shliq 50
sm bo’lishi, yon devorlar bilan mahsulot orasidagi bo’shliq esa 30-40 sm bo’lishi
talab qilinadi. Taxlarning har qaysi ikki qatoridan keyin 60-70sm nazorat yo’lagi
qoldirish tavsiya qililadi. Uncha uzoq vaqt saqlanmaydigan mahsulotlarning har bir
qatoridan keyin nazorat yo’lagi qoldiriladi.
Bo’lmalardan samarali foydalanish uchun tez sotiladigan mahsulotlar mashina
yuradigan markaziy qismga yaqinroq qilib joylanadi. Umuman har kuni bo’lma
sig’imiga nisbatan taxminan 10% miqdordagina mahsulot joylanadi. Agar
sovutilgan mahsulot bor xonaga bir yo’la ko’p miqdorda iliq mahsulot kiritilsa,
sovitilgan mahsulot terlaydi va natijada mikroorganizmlarning rivojlanishi
tezlashadi.
Sovuqqa chidamli mahsulotlarni xonalarga joylash uchun sovitish sistemasi
ishga tushirilib, 10-15 kun mobaynida mahsulot bilan to’ldiriladi. Sovuqqa
chidamsiz mahsulotlarni joylashtirishda ular xonalarga to’liq joylanadi va keyin
sovitish sistemasi ishga tushiriladi.
Sovutgich xonalaridan mahsulotni olish vaqtida ularni birdan issiq joyga
chiqarish mumkin emas. Aks holda mahsulot terlab buzila boshlaydi. Shu sababli
sovutgich xonalaridagi mahsulotlarni olish oldidan oraliq xonalarga joylashtirilib
biroz ilitib olinadi.
Agar mahsulotning hammasi olinayotgan bo’lsa, mahsulotni ilitish ishi
saqlash xonasining o’zida amalga oshiriladi. Mahsulotni ilitish 2-4 sutka davom
ettiriladi. Bunda havo harorati sutkasiga 4-5°S oshirilib boriladi.
Meva va sabzavotlarni gaz muhitini boshqarib saqlash. Hozirda meva va
sabzavotlarni gaz muhitini boshqarib saqlash usuli ham keng foydalanilmoqda.
Gaz muhitini boshqarib saqlash usulini gazning tarkibiga ko’ra ikki asosiy guruhta
Ilmiybaza.uz
bo’linadi:
Oddiy gaz muhitida saqlash (OGM) - havo muhitida:
Modifikasiyalangan gaz muhitida saqlash (MGM) - tarkibi havo tarkibidan
farq qilgan muhitda.
Mahsulotlarni oddiy gaz muhitida saqlashda germetik yopilmaydigan
omborxonalardan foydalanish mumkin. Bunda havo oddiy (tabiiy) va sun’iy
(ventilyatorlar yordamida) almashilib turiladi. Bu usulda saqlash jarayonida
havoning jadal o’zgarishi mahsulotlarning fiziologik faolligini oshiradi va turli xil
mikroorganzmlarni o’ziga tez jalb qiladi. Shu sababli bu usulda mahsulotni uzoq
vaqt saqlab bo’lmaydi.
Modifikasiyalangan gaz muhitida saqlashiing mohiyati shundaki, bunda havo
atmosferasi o’zgartiriladi va nazorat qilib turiladi.
Umuman olganda, meva va sabzavotlarning hujayrasi ichidagi gaz tarkibida
atrofdagi havoga qaraganda S02 ning miqdori O2 ga qaraganda ancha ko’p.
Modifikasiyalangan gaz muhitida qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash fikri
bundan 150 yil muqaddam paydo bo’lgan. 1821 yili fransuz Berar kislorodsiz
atmosferada mevalarning pishishi oddiy sharoitdagiga qaraganda susayganligini
ko’rsatib bergan.
Meva va sabzavotlarni modifikasiyalangan gaz muhitida saqlash usuli
Angliya, Fransiya, Gollandiya, Avstraliya, Italiya, AQSh, Germaniya va boshqa
mamlakatlarda keng qo’llanilmoqda. Bizning mamlakatimizda ushbu usulda
mahsulotlarni saqlash keng joriy etilmagan.
Modifikasiyalangan gaz muhitida meva va sabzavotlarni saqlash muhitni
ishlatish tipiga, boshqarish usuliga va muhitni yaratish usullariga ko’ra
klassifikasiya qilinadi.
MGM ishlatish tipiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: normal MGM
usulida saqlash (bunda 02 va SO2 konsentrasiyasining yig’indisi oddiy havonikiga
teng, azot miqdori o’zgarmaydi);
Subnormal MGM usulida saqlash (02 va S02 konsentrasiyasining yig’indisi
oddiy havonikidan kichik, azot miqdori yuqori bo’ladi).
Ilmiybaza.uz
Subnormal MGM uch komponentli, ya’ni 02QS02QM2 va ikki komponentli
02QN2 (S02 ning miqdori texnik qurollar yordamida minimumga keltiriladi)
bo’ladi.
MGM boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo’lishi mumkin. Birinchi
holatda gaz muhiti saqlash mobaynida o’zgarmaydi, ya’ni boshqarilib turiladi.
Ikkinchi holatda esa MGM o’zgaruvchan bo’ladi.
MGM havo tarkibi aniqlangan maxsus bulmalardan yuborilib, kislorodni
kuydirib (bunda S02 qisman yoki butunlay yutiladi) va kislorodni kimyoviy usulda
singdirib hosil qilinadi. Bundan tashqari MGM meva va sabzavotlarni germetik
usulda saqlashda fiziologik nafas olish mobaynida ham hosil bo’ladi.
Hozirgi vaqtda gaz muhitining faol komponentlarini turli xil nisbatda
ishlatiladi.
Normal MGM uchun: 02- 16%, S02-5%, N2-79% va 02-12%, S02-9%, N2-
79%. Bunda S02ning miqdori 10% dan oshmasligi lozim, aks holda fiziologik
kasalliklar paydo bo’lishi mumkin.
Subnormal MGM uchun: 02-3%, S02- 5%, N2-92% ya 02-3%, S02-3-4%, N2
93-94%.
Subnormal gaz muhitida mevalar pishishining to’xtashi kislorod miqdorining
kamayishi va karbonat angidridning ko’payishi bilan tushuntiriladi.
MGM sharoitida mahsulotlarni saqlash muddatini uzaytirish maqsadida
sovitish qo’llaniladi. MGM sharoitida havo harorati-1°S dan 10°S gacha bo’lishi
mumkin.
Atmosferasi boshqarilib turadigan usulda saqlanishni faqat germetik
idishlarda yoki omborxonalarda amalga oshiriladi. Germetizasiya darajasi talab
qilingan atmosfera gaz muhitining tarkibiga bog’liq. Agar atmosfera tarkibida
kislorod miqdori kam harorat past va bo’lmalar mevalar bilan uncha to’lmagan
bo’lsa, germetizasiya shuncha mustahkam bo’lishi kerak.
MGM bo’lmalari oddiy sovutgichlardan kichik o’lchamda bo’lib, atmosfera
gaz muhitini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan
bo’lishi lozim. Bo’lmaning sig’imi 200-250t bo’lib, balandligi 5-6 m dan
Ilmiybaza.uz
oshmasligi lozim. Bo’lmaning eshiklari germetik bo’lib, unda bo’lma ichiga
kiradigan tuynuk bo’ladi. Tuynuk ham germetik berkiladigan bo’ladi.
Bo’lmalarning haroratini nazorat qilish uchun germetik oynalar qo’yiladi.
MGM bo’lmalaridagi sovutgichlar oddiy sovutgich qurilmalaridan farq
qilmaydi.
Havo harorati va namligini barqaror ushlab turish uchun bo’lmadagi gaz
aralashmasi va sovuq havodagi sovitish manbai o’rtasidagi haroratning farqi
mevalarni sovitish davrida 6-8 va saqlash davrida esa 3-4°S dan oshmasligi lozim.
Bo’lmalardagi atmosferaning harorati, namligi va tarkibi muntazam ravishda
aniqlanib turiladi. Bunda bo’lmalarga o’rnatilgan termometr va psixrometrdan
foydalaniladi. Atmosferaning tarkibi esa avtomatik gazoanalizatorlar yordamida
yoki GXM-ZM, GXP-100 markali kimyoviy gazoanalizatorlar yordamida
aniqlanadi.
MGM bo’lmalarining germetikliligiga alohida e’tibor beriladi. Bo’lmalardagi
gaz bilan tashqi muhit o’rtasidagi gaz almashinuv normal gaz aralashmasi uchun
sutkasiga 0,05-0,07 hajmdan, subnormal gaz aralashmasi uchun esa 0,02-0,03
hajmdan oshmasligi lozim. Bo’lmalar qurib bitkazilganidan keyin ularning
germetikligi albatta tekshirilib ko’riladi. Yaxshi germetizasiya qilinganda
bo’lmadagi bosim 30 minut ichida 25 mm suv ustunidan 0ga tushadi. Agar bosim
10 minut mobaynida 25 mg suv ustunidan 10mm ga tushsa qoniqarli hisoblanadi.
Bo’lmadagi bosim manometr bilan o’lchanadi.
Bo’lmaning germetikligini tekshirish uchun bo’lma SO2 gazi bilan to’ldiriladi
(10% konsentrasiyagacha) va gaz ventilyator yordamida aralashtirilgan SO2 ning
konsentrasiyasi birinchi marta aniqlanadi keyin 3 - 4 kun mobaynida gaz muhiti
o’lchab turiladi.
Germetiklik darajasi quyidagi formula yordami aiiqlanadi:
т
с
С
Д
Е
1
Sm
bunda: E - germetik yopish samaradorligi;
Ds - bo’lmada 24 soat mobaynida SO2 konsentrasiyasining o’zgarishi, %;
Ilmiybaza.uz
St - bo’lmada 24 soat mobaynida SO2 konsentrasiyasining o’rtacha miqdori,
%.
Bu texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, mahsulotlar nafas olishi
jarayonida polietilen plyonkalar ichida karbonat angidrid, gazining konsentrasiyasi
oshadi hamda kislorod miqdori kamayib ketadi, gazlarning tarkibi membranalar
vositasida boshqarilib turiladi. Sun’iy sovuq bilan uyg’unlashtirilgan gazli muhit
mahsulotlarni uzoq muddat nobudgarchiliksiz ularning tovarbopligi va oziqlik
sifatlarining yaxshi saqlanishiga yordam beradi.
Nazorat savollar.
1. Uyum va handaklarni ventilyasiya sistemasini tushuntiring?
2. Omborxonalarni shamollatish tizimi tug’risida ma’lumot bering?
3. Omborxonalarni sovutish usullarini bilasizmi?
4. Meva va sabzavotlarni sovutgichlarda saqlash texnologiyasini izohlab bering?
5. Meva va sabzavotlarai gaz muhitini boshqarib saqlash usuli qayday amalga
oshiriladi?