ISLOM ABDUG`ANIYEVICH KARIMOV – MUSTAQIL O`ZBEKISTONNING BIRINCHI PREZIDENTI
Yuklangan vaqt
2024-02-15
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
32
Faytl hajmi
274,9 KB
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNONATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
KURS ISHI
MAVZU : ISLOM ABDUG`ANIYEVICH KARIMOV – MUSTAQIL
O`ZBEKISTONNING BIRINCHI PREZIDENTI
QABUL QILDI:
BAJARDI:
TOSHKENT – 2023
1
ISLOM ABDUG`ANIYEVICH KARIMOV – MUSTAQIL
O`ZBEKISTONNING BIRINCHI PREZIDENTI
REJA
KIRISH ……………………………………………………………………. 3-6
I.BOB. ISLOM ABDUG`ANIYEVICH KARIMOV – MUSTAQIL
O`ZBEKISTONNING BIRINCHI PREZIDENTI
I.1 Islom Abdug`aniyevich Karimovning hayoti va faoliyati………………7-10
I.2 Islom Karimov – Mustaqil davlat asoschisi, bosh me'mori……………...11-15
II.BOB. ISLOM KARIMOV ASARLARIDA - BARKAMOL AVLOD,
DAVLAT VA JAMIYAT RIVOJI HAMDA TARIXIY VOQELIKKA
MUNOSABAT MASALALARI
II.1 Islom Karimov asarlari – barkamol avlod tarbiyasining nazariy asosi
sifatida……………………………………………………………………….16-24
II.2 O`zbekistonning birinchi prеzidеnti I.A. Karimovning “Tarixiy xotirasiz
kеlajak yo`q” asarida tarixiy voqеlikka munosabat masalasi……………….25-28
III. XULOSA ………………………………………………………………28-29
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………30-31
2
KIRISH
Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, qanchadan qancha voqealar
bo`lganiga bevosita guvohi bo`lamiz. Tarixda har qanday jarayon voqea hodisa o`z
o`zidan bo`lmasdan unga ma’lum sabab ta’sir ko`rsatadi. Mustaqillik sharofati bilan
biz tarixga xolisona yondashish ishlariga keng imkoniyatlar yaratildi. Endilikda
tarixchilar oldida o`tmishni haqqoniylik, ilmiy va daliliy asoslar asosida yondashish
kerakligi katta masala sifatida qo`yildi. Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov
mustaqilligimizning dastlabki yillarida ya’ni 1998 – yil tarixchi olimlar bilan
yurtimiz ahamiyatiga doir yig`ilish o`tkazib, unda tariximizni to`la va haqqoniy,
xolislik, ilmiy asoslar bilan chuqur o`rganib uni kelajak avlodga yetkazish masalasi
bosh maqsad sifatida qo`yilgandi. Bu fikrimizning tasdig`i asosida O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 – yil 27 iyuldagi “O`z FA tarix instituti
faoliyatini takomillashtirish to`g`risidagi” qarori1da o`z aksini topdi.
Bizning
o`tmishimiz juda ko`p voqea hodisalarga boy bo`lgan. Ushbu voqea hodisalarni
to`g`ri va haqqoniy hamda xolislik bilan yondashish mazkur kurs ishining asosiy va
birinchi darajali maqsadi bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi taraqqiyotining yangi
bosqichida davlat va jamiyatning har bir sohasida tubdan yangilanishlar, rivojlanish
bilan bir qatorda milliy davlatchilikni mustahkamlash, yurtimizning ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy hayotini barqaror izga solish va rivojlantirish bo`yicha keng
qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yangilanayotgan
O`zbekistonda tarix fanida ham ajdodlarimiz tarixini o`rganish, ularga to`g`ri va
xolis baho berish, shu asosida milliy qadriyatlarimizni tiklash o`zining yangicha
bosqichiga ko`tarildi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“Bizning havas qilsa arziydigan ulug‘ tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘
ajdodlarimiz bor”2.
1 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 315-son, 27.07.1998-yil.
2 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasidan // Xalq
so‘zi 2017-yil 4-avgust).
3
Mazkur kurs ishi yurtimiz hayotida eng muhim o`rin tutgan insondan biri Islom
Abdug`aniyevich Karimov hayoti va uning faoliyati, asarlari hamda umumiy ishlari
to`g`risida ma’lumot beradi.
Mavzuning dolzarbligi: Ushbu kurs ishining dolzarbligi shundaki, Islom
Abdug`aniyevich Karimovning yurtimizning ya’ni O`zbekistonning mustaqillikka
erishishidagi asosiy, eng dastlabki qadamlarni qo`ygan inson sifatida o`rganilishi
asosiy masalalardan biridir. Mazkur insonning neqadar buyuk inson ekanligi haqida
yurtimiz insonlari ko`p o`rgangan. Islom Karimov to`g`risida ko`p maqolalar va
ilmiy ishlar qilingan. Ularning aksariyati uning siyosiy hayoti, davlat hayotiga oid
qarorlari va ishlari, uning asarlari, barkamol avlod tarbiyasidagi o`rni kabi muhim
masalalarni yoritishga e’tibor berilgan. Mazkur ishning dolzarbligi esa Islom
Karimov hayoti va uning siyosiy faoliyati, barkamol avlod tarbiyasidagi
qarashlarining tarixi, o`rganilishi, ulardagi tarixiy jarayonlar kabilarning tadqiq
etilishidir.
Mavzuning maqsadi va vazifalari:
Ushbu kurs ishining maqsadi
O`zbekistonning Mustaqil davlatga aylanishida eng muhim o`rin tutgan inson Islom
Karimovning ishlari, hayoti, siyosiy faoliyati, tariximizdagi yuksak inson ekanligi,
asarlari davlatimiz hayotiga oid eng muhim manba ekanligi, hamda kitoblari hamda
unda kelgan ma’lumotlarning qiymatliligini, davlatimiz va jamiyatimiz hayotida
nechog`lik muhim ekanligini, uni barcha insonlarga, o`rganuvchilarga qanday bo`lsa
shundayligicha, xolisona, haqqoniylik asosida kelajak va yosh avlodga yetkazishni
tashkil etadi. Mazkur ishning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- Islom Abdug`aniyevich Karimov – mustaqil O`zbekistonning birinchi prezidenti
ekanligini o`rganish
- Islom Abdug`aniyevich Karimovning hayoti va faoliyatining tahlili
- Islom Karimov – Mustaqil davlat asoschisi, bosh me'mori ekanligining yoritilishi
- Islom Karimov asarlari – barkamol avlod tarbiyasining nazariy asosi sifatida
ekanligining ahamiyati
- O`zbekistonning birinchi prеzidеnti I.A. Karimovning “Tarixiy xotirasiz kеlajak
yo`q” asarida tarixiy voqеlikka munosabat masalasi yoritilishi
4
- Mustaqillik yillaridagi faoliyati va undan keyingi ishlarining o`rganilish
masalalarining o`rganilish darajasi
- Davlat va jamiyat hayotini yuksaltirish borasidagi ishlari hamda qarorlarining
ahamiyati
Shu va boshqa masalalarning o`rganilishi, yoritilishi kabi vazifalardan iborat.
Mavzuning o`rganilish darajasi: Ushbu kurs Mustaqil O`zbekistonning
birinchi prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati qay darajada o`rganilganligi
yoki talqin etilganligi o`z aksini topadi. O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi,
mamlakat mustaqil taraqqiyot dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo‘lini
belgilab bergan atoqli davlat arbobidir, demokratik talablar va xalqaro mezonlarga
to‘la javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi
va uni hayotga tatbiq etishning kafolatidir, markaziy hokimiyat va uning joylardagi
bo‘g‘inlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini
uyg‘unlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab
chiqdi va amalga oshirdi, xalqning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilg‘or jahon
tajribalarini mujassamlashtirgan, iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab
chiqdi. Bu rivojlanish yo‘li iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi,
o‘tish davrida davlatning boshqaruvchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich
amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoya kabi mashhur besh tamoyilni o‘z ichiga
oladi va u dunyoda "O‘zbek modeli" deb e’tirof etilgan, O‘zbekiston davlatining
hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini himoya qilishga qodir Qurolli
Kuchlar, Chegara va Ichki qo‘shinlarni zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish
ishiga boshchilik qildi, KPSS Markaziy Komiteti boshchiligidagi kuchlar
O‘zbekistonda adolatsizlik va tazyiqlarni avj oldirgan yillarda o`zbek xalqining
nomini nohaq tahqir va haqoratlardan himoya qilish, xalqimizning or-nomusini,
milliy g‘ururini tiklashda fidoyilik namunasini ko‘rsatdi, xalqimiz ma’naviy
qadriyatlariga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, asrab-avaylash va
rivojlantirish, muqaddas dinimizni, urf-odatlarimizni, bebaho tarixiy merosimizni
hayotga qaytarishni davlat siyosati darajasiga ko‘tardi, xalqaro maydonda
O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini yuksaltirish, o‘zbek nomini butun dunyoga
5
tarannum etishga ulkan hissa qo‘shdi, odamlarning tafakkurini o‘zgartirish, ularning
ongida yangi milliy g‘oya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va
mustahkamlash ishiga rahnamolik qildi, yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni, millatlar
va fuqarolar o‘rtasida totuvlik va hamjihatlikni qaror toptirish, uni saqlash hamda
mustahkamlashga beqiyos hissa qo‘shdi, mohiyat-e’tiboriga ko‘ra, mutlaqo yangi
ta’lim-tarbiya tizimi – Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini yaratish va uni amalga
oshirishda bevosita yetakchi bo‘lib keldi, mahallaning davlat va jamiyat
boshqaruvidagi nufuzini oshirish, vakolat va huquqlarini kengaytirish, fuqarolarning
o‘z-o‘zini boshqarish tizimi sifatida uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
tashabbuskori bo‘ldi, yurtimizning turar joylarida yangi qurilishlar, shu jumladan,
ulug‘ ajdodlarimizning qadamjolarini obod qilish, iqtisodimizning salohiyatini
oshirishda katta o‘rin tutgan yirik-yirik korxonalarni bunyod etishda, ko‘pgina
shahar va qishloqlarimiz, avvalambor, poytaxtimiz Toshkentning shakl-qiyofasining
tubdan o‘zgarishida bevosita rahbarlik qildi.
Mavzuning ob’ekti va predmeti: Mazkur tadqiqot ob’ektiga ko`ra Mustaqil
O`zbekistonning birinchi prezidenti bo`lib faoliyat yuritgan ishlari bo`yicha
ma’lumot berishiga ko`ra o`zimizning mahalliy yozuvchilar va siyosatchilar, davlat
hayotida oid maqolalar, siyosiy ishlar, gazeta, qarorlar, ilmiy – siyosiy jarayonlarga
yozilgan barcha tadqiqot ishlaridir.
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi tuzulishiga ko`ra kirish, ikkita bob,
to`rtta paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyot qismlaridan iborat.
6
I.BOB. ISLOM ABDUG`ANIYEVICH KARIMOV – MUSTAQIL
O`ZBEKISTONNING BIRINCHI PREZIDENTI
I.1 Islom Abdug`aniyevich Karimovning hayoti va faoliyati
1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri) – yirik davlat va siyosat arbobi,
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. O‘zbekiston Qahramoni (1994).
O‘rta Osiyo politexnika instituti (1960), Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (1967)
tugatgan. Mehnat faoliyatini 1960 - yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi
(«Tashselmash») zavodida master yordamchisi sifatida boshlab, mazkur korxonada
master, texnolog bo‘lib ishlagan. 1961- yildan 1966-yilgacha V.P.Chkalov nomidagi
Toshkent aviatsiya iishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-
konstruktor vazifasida xizmat qilgan. 1966-yilda O‘zbekiston Davlat plan
komitetiga ishga kelib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti
raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 1983-yildan
O‘zbekiston Moliya vaziri, 1986-yildan O‘zbekiston Ministrlar Soveti raisining
o‘rinbosari – respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986–89 yillarda
O‘zbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil
iyunidan O‘zbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990 -yil 24-martda O‘zbekiston Oliy
Kengashi sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. Karimov 1991-yil 31 -
avgustda Toshkent shahrida – O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini
e’lon qildi3. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq
saylovida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. Karimov
rahbarligida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi ishlab chiqilib,
1992-yil 8-dekabrda qabul qilindi4. Karimov O‘zbekistonda siyosiy-iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo
etish, mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash dasturini ishlab chiqib, izchil
amalga oshirmoqda. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan milliy taraqqiyot yo‘li
«taraqqiyotning o‘zbek modeli» degan nom bilan dunyoda tan olingan. Karimov
O‘zbekiston mustaqilligini, davlat tuzumini mustahkamlash, mamlakat ichki va
3 www. Shosh.uz// Karimov Islom Abdug`aniyevich.
4 www.ilmlar.ru// O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov davlat arbobi.
7
tashqi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, jamiyat hayotida tinchlik va
barqarorlikni, millatlararo ahillik va hamjihatlikni ta’minlash, milliy tafakkur va
dunyoqarashni yuksaltirishda jonbozlik ko‘rsatmoqda.1995-yil 26-martda bo‘lib
o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra, Karimovning Prezidentlik
vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvar va 2007-yil 23-dekabrda u
muqobillik asosida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, Karimov ayni vaqtda
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondonidir. Karimov
O‘zbekiston FA akademigi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, ta’limni rivojlantirishga
qo‘shgan ulkan hissasi uchun o‘ndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va
akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan5.
Uning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» (1992), «Bizdan ozod va
obod Vatan qolsin» (1994), «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» (1995),
«O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari» (1997), «Barkamol avlod orzusi» (1998), «Kuchli davlatdan
kuchli jamiyat sari» (1998), «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» (1998), «Olloh
qalbimizda, yuragimizda» (1999), «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot –
pirovard maqsadimiz» (2000), «Tinchlik uchun kurashmoq kerak» (2001),
«O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari» (2002), «Tadbirkorlar va
ishbilarmonlar ijtimoiy qatlami – O‘zbekiston siyosiy hayoti maydonida o‘z o‘rnini
egallashi lozim» (2003), «O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi»
(2005), «Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror
rivojlantirish yo‘lida», «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» (2008), «Jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari
va choralari» (2009) va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy
taraqqiyotning, ma’naviyat va madaniyatning dolzarb masalalari atroflicha tahlil
qilingan, O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hoz. va
5 www. ziyouz.com// Karimov Islom Abdug`aniyevich.
8
istiqboldagi vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan. Uning asarlari ingliz, rus, fransuz, ispan,
nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Karimov yurtimizda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini olib borish, milliy
qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, ulug‘ ajdodlarimizning qadamjolarini
obod qilish, yurtimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishda katta o‘rin tutadigan yirik
korxonalarni bunyod etish, shahar-qishloqlarni obod etish ishlariga bevosita
rahbarlik qilmoqda. Ayniqsa Toshkent shahrining zamonaviy qiyofasini
shakllantirish, shaharni har jihatdan yuksaltirish masalasiga doimiy e’tibor berib
kelmoqda. Prezident tomonidan belgilab berilgan mamlakat poytaxtini rivojlantirish
konsepsiyasi asosida Toshkent tarixida birinchi marta shaharni rivojlantirishning
2015-yilgacha mo‘ljallangan bosh plani ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Bunda shaharning ekologiyasini, Toshkent aholisining turmush darajasini
yaxshilash uchun barcha sharoitlar yaratilishi hisobga olingan. Karimov
rahnamoligida, avvalo, poytaxtning bosh maydoni bo‘lmish Mustaqillik maydoni
butunlay yangicha qiyofa kasb etdi6. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy
bog‘i tashkil qilinib, bu yerda buyuk shoir haykali qad rostladi. Shahar ko‘rinishiga
sharqona tus berilishiga alohida e’tibor qilindi. Shahar markazidagi eng katta
xiyobon Amir Temur nomi bilan atalib, Sohibqironga haykal o‘rnatildi va
Temuriylar tarixi davlat muzeyi qurildi. Mustaqillik yillarida Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi, Senati, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xalqaro biznes
markazi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi,
O‘zbekiston milliy teatri,
O‘zbekiston davlat san’at instituti, O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, Yoshlar
ijod saroyi, «Interkontinental Toshkent» mehmonxonasi, «O‘zbekiston» anjumanlar
saroyi va boshqa inshootlar bevosita Karimov tashabbusi va rahbarligida bunyod
etildi. Karimov tashabbusi bilan Toshkentda muqaddas ziyoratgohlar vujudga keldi,
me’moriy majmualar (Mustaqillik va ezgulik monumenti, Xotira maydoni,
«Shahidlar xotirasi» majmuasi, Hazrati Imom majmuasi) bunyod etildi. Shaharda
yangi turdagi o‘quv yurtlari – akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, ulkan
6 www.sputniknews.uz // Islom Abdug`aniyevich Karimov – 02.09.2016.
9
sport inshootlari («O‘zbekiston» sport majmuasi, «Jar» sport-sog‘lomlashtirish
majmuasi, «Golf klubi» va boshqalar) qad ko‘tardi. Metropolitenning Yunusobod
yo‘li ishga tushirilishi, shaharning bir qancha joylarida qurilgan ko‘priklar va kichik
halqa yo‘li transport xizmati ko‘rsatilishini tubdan yaxshiladi. Toshkent bozorlari
zamonaviy, shinam qiyofaga ega bo‘ldi. Poytaxtning eski shahar qismini qayta
ta’mirlash va rivojlantirish bo‘yicha ham davlat dasturi yaratildi. Ana shu dastur
asosida bu yerning ijtimoiy infratuzilmasi yaxshilandi, jumladan, shifoxonalar,
mahalla guzarlari, yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish markazlari
qurildi, kichik korxonalar tashkil etilishi hisobiga yangi ish o‘rinlari ochildi, tor,
pastqam ko‘chalar kengaytirilib, obodonlashtirildi. Toshkentning 2200 yilligini
nishonlash yuzasidan Prezident qabul qilgan qaror (2008-yil 2-aprel) va uni amalga
oshirish yuzasidan olib borilgan ishlar O‘zbekiston poytaxti tarixidagi yangi yorqin
sahifalarni tashkil etadi. Karimov «Mustaqillik» (1996), «Amir Temur» (1998)
ordenlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlarning va
nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan7.
7 www. gazeta.uz // Islom Karimov biografiyasi.
10
I.2 Islom Karimov – Mustaqil davlat asoschisi, bosh me'mori
Birinchi Prezidentimiz mustaqil davlatimiz asoschisi, buyuk davlat va siyosat
arbobi, o‘zbek xalqining fidoyi, sadoqatli farzandi sifatida xotiramizda mangu
yashaydi. «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasi kuni arafasida o‘tkazilgan so‘rov bu
insonning mustaqil davlatimiz rivojida tutgan o‘rni haqida hamyurtlarimizning
fikrlarini aniqlash imkonini berdi. Unda mamlakatimiz hududlarida yashovchi turli
millatga mansub aholi barcha qatlami vakillaridan iborat 1100 kishi ishtirok etdi.
Mustaqil davlat asoschisi, bosh me'mori O‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, 25 yil
davomida O‘zbekiston Prezidenti bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich Karimovning
vafoti haqidagi xabarni ko‘p millatli xalqimiz chuqur qayg‘u bilan qabul qildi.
Binobarin, Birinchi Prezident mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun qadrdon va
aziz kishiga aylangan edi. Islom Karimov o‘zining ko‘p qirrali siyosiy faoliyati
hamda olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas
iz qoldirdi. So‘rovda o‘zbekistonliklarning mutlaq ko‘pchiligi — 98,8 foizi Birinchi
Prezidentni mustaqil davlatimiz asoschisi deb hisoblaydi. Ular ta'kidlaganidek,
Birinchi Prezident O‘zbekiston xalqi uchun yangi davlatni barpo etishdek tarixiy
qaror qabul qildi hamda milliy tiklanishning o‘tish davridagi mas'uliyatni va
mashaqqatni zimmasiga oldi. Sobiq tuzumdan ajralib chiqqan boshqa davlat
rahbarlaridan farqli o‘laroq, Islom Karimov o‘z xalqini qurbonlarsiz va «rangli»
inqiloblarsiz milliy taraqqiyot yo‘liga boshladi. 96,5 foiz respondent fikricha, Islom
Abdug‘aniyevich «Mamlakat hayotining barcha sohasidagi o‘zgarishlarning bosh
islohotchisi va g‘oyaviy ilhomchisi» edi8. Uning davlatimizni modernizatsiyalash
bo‘yicha g‘oyalari, fikru qarashlari mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy
toptirish strategiyasining nazariy hamda amaliy asosi bo‘ldi. Shuningdek,
mustaqillikka erishilgan paytdan boshlab O‘zbekiston Islom Karimov rahbarligida
Markaziy Osiyodagi asosiy davlat sifatida mustahkam qaror topdi, ham ichki
siyosatda, ham xalqaro maydonda katta muvaffaqiyatlarga erishdi, o‘zini
8 www. kun.uz.// Mustaqil davlat asoschisi, bosh me’mori – O`zbekistonliklardan Islom Karimovning mamlakat
rivojidagi o`rni haqida so`raldi.
11
mintaqadagi va umuman, jahondagi xavfsizlikning faol tarafdori sifatida namoyon
qildi.
Buni
tadqiqotning
95,6
foiz
ishtirokchisi
qayd
etgan.
Birinchi
Prezidentimizning hayoti va faoliyatining eng muhim davrlari xususida ham
jamoatchilik fikri o‘rganildi. Respondentlar Islom Karimovning yo‘lboshchilik
hamda insoniylik fazilatlari 1989–1991 yillarda yaqqol namoyon bo‘lganini
ta'kidlagan. Ma'lumki, bu davrda O‘zbekiston chuqur ijtimoiy-iqtisodiy muammolar
girdobida qolgan edi. O‘tgan asrning 80-yillari oxirlarida sobiq Ittifoqda tanazzul
jarayoni tezlashdi, ko‘p yillar davomida hal qilinmagan muammolar xalqning sabr
kosasini to‘ldirdi va bu ijtimoiy larzalarga hamda milliy adovatga olib keldi. Ana
shunday murakkab davrda Islom Karimov fuqarolarda ijtimoiy adolat va kelajakka
ishonchni qayta tiklay oldi, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning haqiqiy
mohiyatini, ildizini ochib berib, millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirdi,
O‘zbekistonda tinchlik hamda osoyishtalikni ta'minladi. So‘rov ishtirokchilari
1992–2000 yillarni O‘zbekiston davlatchiligining shakllanishi va mustahkamlanishi
bilan bog‘liq tarixiy davr, deb hisoblaydi9. Birinchi Prezidentning bevosita
rahbarligida demokratik talablarga hamda xalqaro mezonlarga to‘la javob beradigan
Konstitutsiyamiz ishlab chiqildi. Fuqarolar fikricha, 2001–2010 yillarda davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini shakllantirish, 2010–2016 yillarda
iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda mamlakatni rivojlantirishning yangi
bosqichida Birinchi Prezident shaxsining roli va ta'siri muhim bo‘ldi. Bosqichma-
bosqich hamda keng ko‘lamli islohotlar natijasida xalqning turmushi yaxshilandi,
sog‘liqni saqlash, ta'lim va sport sohalarida yuksak muvaffaqiyatlarga erishildi,
iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari rivojlandi, xalqaro maydonda
O‘zbekistonning
obro‘si oshdi. Mamlakatimiz
rahbarining
“O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom
Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori
ijrosi yuzasidan tashkil etilgan tadbirda partiya faollari, kollej o‘qituvchilari, talaba
yoshlar hamda jurnalistlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda birinchi Prezidentimiz
9 www. arboblar.uz// Karimov Islom Abdug`aniyevich.
12
o‘zining ko‘p qirrali siyosiy faoliyati, yuksak insoniylik fazilatlari bilan Vatanimiz
tarixida o‘chmas iz qoldirgani, butun faoliyati davomida elim deb, yurtim deb, yonib
yashagani bois ham xalqimiz yuragidan chuqur o‘rin egallab, katta hurmat va obro‘-
e’tiborga sazovor bo‘lgani e’tirof etildi. Islom Karimov rahnamoligida amalga
oshirilgan barcha islohotlar xalqimiz farovonligi, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi,
dasturxonimiz to‘kin-sochinligi hamda farzandlarimiz baxtu-kamoli uchun xizmat
qildi, – deydi O‘zLiDeP Namangan viloyati Kengashi apparat rahbari Nosirjon
Abdullayev. – Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari
surilgan “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”, degan ezgu g‘oyani yoshlarimiz
ongiga singdirishimiz kerak, bu orqali ularni milliy g‘oyaga hurmat, Vatanga
muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashimiz lozim. Shunda partiyamiz oldida turgan
eng muhim maqsadlarimizdan biriga erishgan bo‘lamiz10.
Islom Karimovning shaxsan tashabbuslari bilan 1997 yilda Pahlavon Maxmud
maqbarasi, Islom Xo‘ja minorasi, Jome masjidi minorasi kubbalari zarhal bilan
qoplandi. Xivada Ma’mun Akademiyasi qayta tiklandi va 2006-yilda ming yillik
yubileyi o‘tkazildi. Ochiq osmon ostidagi muzey shahar bo‘lgan Xivadagi tarixiy
obidalarga e’tibor kuchaytirildi11. Islom Karimov xotirasini muqaddas bilish,
istiqlol yillarida mamlakatimizda yosh avlodni ilk yoshdan boshlab,o‘z vataniga
sadoqatli, mehrli, muxabbatli, haqiqatgo‘y, diyonatli, vijdonli qilib, uning porloq
kelajagi yo‘lida yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni qadrlashga o‘rgatish,yoshlar
qalbida Vatanga muhabbat, yurtparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash ota-onalar
zimmasidagi eng ma’suliyatli vazifadir. Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan Prezident
I.A.Karimovning faol tashqi siyosiy faoliyati boshlanadi. O‘sha davr uchun eng
muhim vazifani hal qilish — O‘zbekiston suveren, mustaqil davlat sifatida e’tirof
etilishiga erishish, xalqaro huquqning to‘laqonli sub'yektiga aylanish zarur edi.
Butun dunyo nigohi qaratilgan respublikamizda aniq ishlar, tub o‘zgarishlar zarur
edi. 1992 yil 2 mart kuni O‘zbekiston xalqaro huquqning to‘lqonli sub'yekti sifatida
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Bu respublikamizning rivojlanishida
10 www. uzlidep.uz// Islom Karimov – mustaqillik me’mori
11 www. khivamuseum.uz // Islom Karimov mustaqil O`zbekiston davlatining asoschisi.
13
sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi, shuningdek, faol xalqaro iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik uchun imkoniyat yaratildi. 133 ta mamlakat
O‘zbekiston bilan xalqaro aloqalar sub'yekti sifatida diplomatik munosabatlar
o‘rnatdi. O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga ham a’zo bo‘lib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik
tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar
hamdo‘stligi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy va
global rivojlanishning ko‘p masalalarini hal qilishga salmoqli hissa qo‘shib keldi.
Shu ma’noda fundamental muammoni hal qilish - tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy
faoliyat apparatlarini aslida noldan boshlab yaratish lozim edi. Malakali kadrlar
yetishmasligi eng murakkab masala edi. Ularni xalqimizning iste’dodli yoshlariga
tayangan holda o‘zimizda, O‘zbekistonda tayyorlashga qaror qilindi. Bundan
tashqari, I.A.Karimovning 1992 yilning iyulida Xelsinkida o‘tkazilgan Yevropada
xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Kengashda ishtirok etgani O‘zbekistonning
xalqaro obro‘si e’tirof etilgani hisoblanadi. U YeXHTning yig‘ilishida raislik qilib,
“O‘zgarishlar vaqtiga tahdid” deb nomlangan yakuniy hujjatini muhokama qildi.
I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyalarida va boshqa xalqaro tashkilotlarda bir
necha marotaba so‘zga chiqib, o‘zining gohida kutilmagan, balki dolzarb xalqaro
muammolarning yechimi bo‘yicha hamisha to‘g‘ri, o‘z yuragidan chiqqan
yondashuvni taklif etgan. U XXI asr vabosi hisoblangan terrorizm va u bilan yaqin
bog‘langan narobiznesni faqat birgalikdagi harakatlar orqali yo‘q qilish mumkinligi
to‘g‘risidagi masalani birinchilar qatorida ko‘tarib chiqdi, ushbu xavf-xatarlarni
bartaraf qilish va Markaziy Osiyoda “xavfsizlik belbog‘ini” shakllantirish bo‘yicha
aniq chora-tadbirlar taklif qildi12. Ushbu tashabbuslar Giyohvandlik vositalari,
psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada
bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot
muvofiqlashtirish markazi tuzilganida, shuningdek, O‘zbekistonda ShHTning
Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining qarorgohi ochilishida ro‘yobga chiqdi. Islom
12 www. islomkarimov.uz// Tarjimai hol.
14
Abdug‘aniyevich Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani yaratish bo‘yicha
tashabbusni ilgari surgan va bu borada izchil harakatlar qilgan. Ushbu zonaning
yakuniy shakllanishi AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Xitoy va Rossiya — yadro
davlatlari “beshligi” tomonidan imzolangan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli
zona to‘g‘risidagi shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari haqidagi bayonnomada
mustahkamlab qo‘yildi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston ShHTga asos solgan
davlatlardan biri hisoblanadi va ikki marotaba ushbu tashkilotda raislik qildi. Misol
uchun, O‘zbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkilotida raislik qilgan
davrda 2016 yil iyunda Toshkentda ShHTning a’zo davlatlari rahbarlari
Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ShHT faoliyatini takomillashtirish, uni turli
yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish doirasida yanada kengaytirish to‘g‘risida
muhim hujjatlar va qarorlar qabul qilindi. I.A.Karimov rahbarligida O‘zbekiston
Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati kontseptsiyasi ishlab chiqilib, uning
asosini tinchliksevarlik va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik,
vujudga keladigan ziddiyatlar va nizolarni faqat tinch, siyosiy yo‘l bilan hal qilish
tashkil qiladi. 2012-yilda ushbu hujjat parlamentimiz tomonidan tasdiqlandi. Islom
Karimov O‘zbekiston biron-bir harbiy-siyosiy blokga qo‘shilmay, o‘z hududida
xorijiy harbiy bazalarning joylashuviga, o‘z harbiy xizmatchilarining mamlakat
tashqarisida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymay, har qanday ziddiyatlarni faqat siyosiy va tinch
yo‘l bilan hal qilish nuqtai nazariga qat’iy amal qiladi deb bir necha marotaba
ta’kidlagan13. U “xalqimizga tinchlik va xotirjamlik kerak. Bu — O‘zbekiston xalqi
xohishi, bu - xalqimiz maqsadi, bu — uning qat’iy qarori” degan fikrlarni hamisha
takrorlab kelgan.
13 www. islomkarimov.uz// Tarjimai hol
15
II.BOB. ISLOM KARIMOV ASARLARIDA - BARKAMOL AVLOD,
DAVLAT VA JAMIYAT RIVOJI HAMDA TARIXIY VOQELIKKA
MUNOSABAT MASALALARI
II.1 Islom Karimov asarlari – barkamol avlod tarbiyasining nazariy asosi
sifatida
Mustaqillikning kelajakdagi istiqboli, islohotlarning taqdiri ko`p jihatdan
mamlakatimizning ertangi kuni va taraqqiyotini o`z zimmasiga olishga qodir
bo`lgan sog`lom va uyg`un kamol topgan avlodni tarbiyalash bilan bog`liq. Endigina
o`sib va unib kelayotgan yigit va qizlarimizni har tomonlama kamol topgan shaxslar
etib shakllantirmasdan turib O`zbekistonning kelajagini tasavvur qilib bo`lmaydi.
Kishi o`z hayotida barkamollikka qanchalik intilsa, shunchalik takomillashib boradi.
Bizning xalqimiz bola tarbiyasida boy tajribaga ega. Ta`lim – tarbiya axloq, urf –
odatlarga oid dastlabki fikrlar qadimgi bitiklarda va boshqa yozma manbalarda o`z
ifodasini topgan. Bulardan tashqari o`zbek xalqi o`rtasida keng tarqalgan
pandnomalarda, o`gitlarda, xalq pedagogikasida, falsafiy risolalarda va allomalar
merosida barkamol shaxsni tarbiyalash masalalariga keng o`rin berilgan.
Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o`z tariximizdan juda ko`p dalillar
keltirishimiz mumkin. Al – Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi
g`oyalarga ko`ra jamiyatimizning har bir fuqarosi – mansabi, tutgan o`rni ya`ni kim
bo`lishidan qat`iy nazar Fozil kishi. Fozil inson o`z davlatining barcha qonun –
qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o`z kasbining ustasi, lozim
bo`lganida Vatani uchun jon fido qiladi14. Fozillar shahri aholisi bir – biriga
hurmatda bo`ladi. Ota – ona farzand ustozu – shogird o`rtasida sharqona nazokat,
mehr va ehtirom bo`ladi15. Avvalo bunday fikr yuritishning o`zi bolalarning
ma`naviy darajasi naqadar yuksak bo`lganligi va albatta bunday fikr aytish, bu
borada ko`p asrlik meroslarni o`rganish natijasida vujudga kelishini ta`kidlash joiz.
Demak, bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma`naviy asos
bor. Millatimiz urf – odatlaridagi, qonidagi ma`rifat tushunchasi, ilm va bilimga
14 www. fayllar.org.// Islom Karimov.
15 I.A.Karimov. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. Toshkent, 1992 y. 59-bet.
16
intilish xislati bir necha ming yillar davomida shakllangan, sayqal topgan. Ta`lim
islohotlarini o`rganish jarayonida qiziq holat ko`z oldimizga namoyon bo`ladi.
Ma`lumki, O`zbekistonning 130 yillik asorati tarixi ikki hil mustamlaka davriga
to`g`ri keladi. Birinchisi chor Rossiyasi, boshqasi qizil imperiya davri. Bu ikki xil
mustamlakachilik siyosatining ham yemirilishi davrlari bor. Ayni shu davrlarda
milliy ozodlik harakati namoyondalari yurtning boshidagi millat fidoyilari ta`lim
islohoti borasida fikrlaganlar, islohotni amalga oshirish, taraqqiyot yo`llarini
qidirganlar. Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”
asarida alohida ta`kidlaganlaridek: “Ta`lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan
dastlabki yillarda men jahon tajribasi va hayotda o`zini ko`p bor oqlagan haqiqatdan
kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak,
tez orada hayotimizda ijobiy ma`nodagi “portlash effekti”ga, ya`ni, yangi ta`lim
modelining kuchli samarasiga erishamiz, degan fikrni bildirgan edim16.
Ma`lumki, ta`lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o`z bilim va
tajribalarini o`sib kеlayotgan avlodga o`rgatishdan iborat bo`lib, bu jarayonda
asosan inson xayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga
oshiriladi. O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimov ta`kidlaganidеk:
«Bugungi kunda oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu niyatlarimizga
erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli
amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rеjalarimizning samarasi taqdiri – bularning
barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob bеradigan yuqori malakali, ongli
mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqligini
barchamiz anglab еtmoqdamiz»17. Prezidentimiz I.A.Karimov 2009-yilning asosiy
yakunlari va 2010-yilda O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng
muhim ustuvor yo`nalishlariga baғishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
“Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada
yuksaltirish” nomli ma`ruzasida ta`kidlaganidek: “Biz farzandlarimizning nafaqat
16 Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yuli.-T.: O`zbekiston, 1992. 45-bet.
17 Karimov I.A. Uzbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura (nutqlar, maqolalar, suxbatlar). T., “Uzbekiston”,
1993. 38-bet.
17
jismoniy va ma`naviy sog`lom o`sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual
bilimlarga ega bo`lgan, uyg`un rivojlangan insonlar bo`lib, XXI asr talablariga to`liq
javob beradigan barkamol avlod bo`lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat
va sharoitlarni yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz”18. Yosh
avlodning xar tomonlama еtuk, bilimli, yuksak ma`naviyatli, barkamol, vatanparvar
shaxslar bulib еtishishini ta`minlash yulida amalga oshirilayotgan ulkan
bunyodkorlik ishlarining eng asosiy bugini sifatida pеdagog xodimlarning yuqori
ilmiy, mеtodik bilimlarga xamda amaliy ishlash bo`yicha yuksak maxoratga ega
bulishlarini ta`minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish
xisoblanadi. Bu masalaga davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab
jiddiy e`tibor bеrib kеlinmokda. Buni yurtboshimiz I.A.Karimovning kuyidagi
fikrlarida yakkol ifoda etilgan: «Maktab, ta`lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat
nazoratida bo`lishi Asosiy qonunimizda bеlgilab quyilgan. Shu bilan birga, bu kеng
jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo`llab-quvvatlashini talab qiladigan
umumiy
masaladir»19.
Xozirda
uzluksiz
ta`lim
tizimida
ta`lim-tarbiya
samaradorligini oshirish jiddiy vazifa bolib turibdi. Buning uchun xar bir o`qituvchi
o`z fanini o`qitishning eng samarali zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarini puxta
bilishi va bu soxadagi yangiliklarni uzluksiz o`rganib borish orqali o`z kasbiy
maxoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi. Ta`lim-tarbiya jarayoni sifati va
samaradorligini oshirish kеlgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma`lum. Bu
xakda Prеzidеntimizning quyidagi so`zlari ibratlidir: «Shuni unutmasligimiz
kеrakki, kеlajagimiz poydеvori bilim dargoxlarida yaratiladi, boshqacha aytganda,
xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim
va tarbiya olishiga bog`liq. Yuqoridagilarga e`tibor beradigan bo`lsak, bunda
birinchi bor kadrlar tayyorlashning tizimini tubdan yangilash masalasi ko`tarilgan.
Demak I.Karimov bu muammoni yechish yo`llarini o`n yil avval o`ylagan. Yuqorida
keltirilgan nutqdan bir yil o`tgach, 1990- y esa I.Karimov milliy kadrlar tayyorlashni
tizimini yaryatishni rejalashtirganligini payqash qiyin emas. Qolaversa, unda 1997 -
18 Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat.-T.: O`zbekiston, 1994. 67-bet.
19 Karimov I.A. Iqtisodiy islohot: mas`uliyatli bosqich. - T.: O`zbekiston, 1994. 43-bet.
18
yil O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi»ning ilk chizmalarini ko`rish mumkin. Mustaqillik – bu
millat orzusi, o`z rivojlanish yo`lini o`zi tanlash huquqi. Mustaqillik – bu o`ziga
beklik. Mustaqillik – bu orzular ro`yobi. O`zbekiston o`z orzularini ro`yobga
chiqarish uchun imkoniyatga ega bo`ldi, harakat boshlandi. Biroq, barkamol avlod
orzusi bo`yicha davlatning qonun darajasidagi maxsus dasturi hali beri ishlanmasligi
mumkin edi. Sobiq ittifoqdan ajralgan boshqa mamlakatlar kabi faqat bugun haqida
o`ylash, bugunning muammolariga o`ralashib qolish holati ham bo`lishi mumkin
edi. Baxtimizga davlatni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish uchun o`z
yo`liga ega bo`lgan rahbar – Islom Karimov O`zbekiston Prezidantligiga saylandi.
Uning Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi borasida avvaldan o`z rejalari – orzulari bor
edi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» haqida hukumat darajasidagi bu fikrni
O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov Vazirlar Maxkamasining «O`zbekistonning
1996 yildagi ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti yakunlari hamda 1997-yildagi iqtisodiy
islohotlarning ustuvor yo`nalishlari» ga bag`ishlangan majlisdagi nutqida bayon
etdi: «1997-yilda biz yaxshi, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar
tayyorlash masalasiga alohida e`tibor berishimiz kerak. Zotan, XX asr so`nggida,
yangi yuz yillik va yangi ming yillikning dastlabki paytlarida yashayotgan bir
vaqtimizda hayot, kelajak bizdan komillikni, inson sifatidagi yetuklikni, odam
sifatidagi barkamollikni talab etmoqda. Yangi yuz yillik taraqqiyoti bugun insoniyat
tarixida yangi davr, yangi era boshlangan bir paytda sivilizatsiyaning muhim omili
sifatida aql – idrok, boy tafakkur, teran fikr, ma`naviy – ahloqiy poklik va ruhiy
pokizalik katta ahamiyat kasb etayotganligi hammamizga ayon. Zotan, Prezident
Islom Karimov “XXI asr ma`rifat asri bo`lishi kerak”, - deb bashorat qilganida ayni
shu ehtiyojni nazarda tutgan edi20. Yana u “XXI asr – O`zbekiston asri bo`ladi!”, -
deb xitob qilgan edi. Ta`lim tizimini tubdan qayta ko`rib chiqish vaqti yetdi,
professional
bilimlarni
egallash imkoniyalarini
kengaytirish,
ma`mur
–
menenjerlarni tayyorlashni yo`lga qo`yish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy
20 I.A.Karimov. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida. Xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.
– T.: O`zbekiston, 1997. 51-bet.
19
texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo`lga
qo`yish lozim21. Biz bugun shunga tayyormizmi? Buning uchun zarur kuch va
resurslarimiz bormi? Mana shu minbardan turib, qat`iy aytamanki, ha O`zbekiston
ana shunday kuch – quvvat va resurslarga ega». Savol tug`ilishi mumkin. 1996-
yilgacha ta`limda islohotlar bo`ladimi? Nega to`rt yil kutildi? Avvalo jamiyatning
har bir sohasi kabi ta`limda ham islohotlar amalga oshirildi. Mustaqillikka
erishganimizning birinchi yilida «Ta`limto`g`risida»gi birinchi Qonun qabul qilindi.
Mazkur Qonun avvalo, O`zbekiston ta`limida ilgari erishilgan muvaffaqiyatlarni
saqlab qolishga xizmat qildi. Bu Qonun o`sha davr uchun juda zarur edi. Axir
jamiyat qonunsiz yashasa, vujudga keladigan bo`shliqni bir tasavvur qiling. Ayniqsa
ta`lim sohasida bunday hol juda salbiy oqibatlarga olib kelishi tajribalarda ko`p
sinalgan. Mazkur qonunning yana bir xususiyati shunda ediki, u eski tuzum
sarqitlarini ko`rsatib berishga xizmat qildi. Demak, to`plangan ijobiy jihatlarni
saqlab qolgan, illatlarni anglab olishimizga xizmat qilgan, aniqrog`i eski tizimdan
yangisiga o`tishga ko`prik vazifasini o`tgan qonunning ahamiyati ulkandir. Shu
bilan birga 1992-yilda qabul qilingan «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun yaratgan
imkoniyatlar sabab ta`lim tizimiga qator yangiliklar kirib keldi22. Ularning
asosiylarini qisqacha izohlab o`tsak arziydi. Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarining
adolat mezoni hisoblangan test tizimi joriy etildi. Buning oqibatida eski tuzumdan
sarqit bo`lib qolayotgan tanish, bilishchilik, poraxo`rlikka, qisqasi, adolatsizlikka
barham berildi. Testga nisbatan, aniqrog`i davlat olib borayotgan siyosatga nisbatan
halqning ishonchi ortdi. Bu ishning boshida ham davlatimizning rahbari bosh bo`lib
turdi. 1993-yilda oliy ta`lim tizimidagi islohotlarga keng e`tibor berildi. Bu masala
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida alohida yig`inda tahlil etildi.
Majlisni boshqargan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov kadrlar
saviyasi haqida, oliy o`quv yurtlarining ahvoli va ularning ishlab chiqarish
korxonalari bilan munosabatlari haqida fikr bildirarkan, test tizimining afzalliklari
haqida shunday degandi: «O`g`il – qizlarimizni o`qishga qabul qilishda test
21 Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. - T.: Sharq. 1999 yil. 71-bet.
22 I.A.Karimov.Xalqimizning yo`li mustaqillik, ozodlik va tub islohotlar yo`lidir. - T.: O`zbekiston, 1996. 45-bet.
20
usulining qo`llanishi ijobiy qadam bo`ldi. Bu qing`ir ishlar payini qirqadi, mish –
mishlarga chek qo`yadi, iste`dodli yoshlarni tanlab olish imkonini beradi. Binobarin
bu ishni yanada takomillashtirib borish kerak23. Darhaqiqat, test tizimi juda ko`p
bo`lmag`ur gaplarga chek qo`ydi. Vaqt o`tgani sayin test tizimi takomillashib
bormoqda va eng asosiysi unga ishonch ortmoqda. «Kelajagi buyuk davlat eng
birinchi navbatda bo`lajak fuqarolarning madaniyati, ma`lumoti va madaniyati
haqida g`amxo`rlik qilmog`i zarur». – degan edi Islom Karimov. Test ta`lim
tizimidagi bir yangilik bo`lsa, iqtidorli va iste`dodli farzandlarimiz uchun yangi
turdagi o`quv muassasalarining tashkil etilishi ham o`ziga xos yangilik bo`ldi. Bu
Islom Karimovning 1990 yildagi orzularidan biri – «eng iste`dodli bolalar uchun
maktablar ochish» g`oyasini amalga oshishi edi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»
kun tartibiga qo`yilgunga qadar yurtimizda 300 dan ziyod yangi turdagi litseylar
ishga tushdi. Ota – onalar «bolam litseyda o`qiydi», deb g`ururlanadigan bo`lishdi.
Chunki litseylarni tugatganlarning ko`pchiligi oliy o`quv yurtlariga kirish uchun test
imtixonlaridan yuqori ball to`plab talabalik baxtiga musharraf bo`lishdi. Ayrim
litsey bitiruvchilarining barchasi, aksariyat litseylarning 85 dan 98 foizgacha
bitiruvchilari oliy o`quv yurtlarining talabalari bo`lishdi. Iqtidorli bolalarimiz bu
ta`lim dargohlarida xorijiy, xususan, ingliz tilini ham puxta o`rgana boshladilar. Bu
ularning xalqaro olimpiadalarda qatnashish imkoniyatini yaratdi. Qarangki, birinchi
yildayoq yigitlarimizdan bir nechasi ushbu musobaqa g`oliblari bo`lishdi. Ayni shu
kungacha 35 nafar litsey o`quvchilari turli fan olimpiadalarida oltin, kumush va
bronza medallarini qo`lga kiritib, O`zbekiston degan nomni bir qancha rivojlangan
davlatlar orasida tilga olinishiga erishdilar. Bu yurt farzandlarining salohiyati yuqori
ekanligidan darak beradi. «O`zbekiston – ulkan imkoniyatlar mamlakati»
deyilganda, uning intellektual salohiyati ham tushuniladi. Mustaqillikka erishilgan
kundan boshlab, maktablarga o`qituvchi – murabbiylarga, ularni moddiy va
ma`naviy rag`batlantirish, yordam berish masalalariga sobiq ittifoq tarkibidagi
boshqa davlatlarga nisbatan e`tibor kuchaytirildi. Biz yurtimizda 1-oktabr sanasini
23 I.A.Karimov. Yuksak malakali mutaxassislar taraqqiyot omili. – T.: O`zbekiston, 1995. 39-bet.
21
O`qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami deb e`lon
qilganimizning chuqur ma`nosi bor, albatta. Bu bayram avvalo o`zining bilim va
tajribasi, iste`dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko`z nuri va qalb qo`ri, butun
borlig`ini ayamasdan, ma`rifat yo`lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va
murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol
namunasidir. Ta`limga e`tibor deyilganda, o`qituvchi ham, o`quvchi ham, o`quv
rejasi ham, dastur, dasturlar qatoridagi maktab binolari ham tushuniladi.
Mustaqillikning ilk yillaridayoq bu muddatda Prezidentning da`vati bilan yangi
maktablar qurilishi boshqa davlatlardagidek to`xtab qolmadi. Bunday maktablar har
bir tumanda bittadan emas, ko`plab qurildi. 1994-yil 79296 o`rinli 209 ta, 1995-yil
54732 ta o`rinli 134 ta, 1996-yil 63622 o`rinli 198 ta, 1997 yil 63911 o`rinli 192 ta,
1998-yilda ham shuncha maktab qurib foydalanishga topshirildi. Bu natijalarni
sobiq ittifoqning xohlagan davlati bilan solishtirishimiz mumkin24. Bolalarimizning
dunyoning rivojlangan davlatlarida o`qitishni asr boshida yashagan jadidlar kabi 90
chi yillarda mustaqillikka erishishga intilgan yurt ziyolilari ham xohlashardi. Chunki
mustaqillikdagi qaram davlatdan xom – ashyo bazasi sifatida foydalanilgach, uning
ishlab chiqarishi orqada qolganligi kunday ayon edi. Qolaversa o`z qobig`imizga
o`ralib qolgandan ko`ra xorij tajribalaridan habardor bo`lish, ulardan foydalanish
davlatga faqat foyda keltirdi. Biroq bu g`oya ham O`zbekiston mustaqillikka
erishgachgina amalga oshdi. Ma`lum markaz tizimining tashkiliy masalalarini
muhokama qilib o`tirmasdan, mustaqilligimizning ilk kunlari yurtboshimiz Islom
Karimov tashabbusi bilan AQSH ning Arkanzas shtatidagi universitetlarda o`qish
uchun 10 nafar iqtidorli talabamizga 100000 AQSH dollari miqdorida mablag`
ajratildi. Ularning 8 nafari bakalavr darajasini olishdi. 4 nafari esa o`qishni davom
ettirishdi, magistirlik diplomiga erishishdi. Bu kabi ibratli ishlar natijasi
Prezidentimiz o`ylagan maxsus markaz ham tashkil etildi. U «O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Umid» iqtidorli yoshlarning chet elda ta`lim
olishlarini qo`llab – quvvatlash jamg`armasi» deb nomlanadi. Shu kungacha 674
24 I.A.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – T.: O`zbekiston, 1995. 24-bet.
22