ISSIQLIK ENERGETIK QURILMALARI. QISHLOQ XO'JALIGIDA ISSIQLIKNI QO'LLASH (Konservalash sohasidagi issiqlik jarayonlari, Blanshirlash va isituvchi uskunalar, Bug’latuvchi uskunalar, Qurituvchi, sovituvchi va muzlatuvchi uskunalar)
Yuklangan vaqt
2024-05-14
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
173,0 KB
Ilmiybaza.uz
ISSIQLIK ENERGETIK QURILMALARI. QISHLOQ XO'JALIGIDA
ISSIQLIKNI QO'LLASH
Reja:
1. Konservalash sohasidagi issiqlik jarayonlari.
2. Blanshirlash va isituvchi uskunalar.
3. Qovurish uskunalari.
4. Bug’latuvchi uskunalar.
5. Sterilizatsiyalovchi uskunalar.
6. Qurituvchi, sovituvchi va muzlatuvchi uskunalar.
Ilmiybaza.uz
1. Konservalash sohasidagi issiqlik jarayonlari.
Konserva korxonalarida qo’llaniladigan issiqlik qurilmalari haqida
umumiy tushuncha.
Xomashyoni
qayta
ishlash
davomidagi
ko’pchilik
jarayonlar
-
sterilizatsiyalash, qovurish, bug’latish, blanshirlash, quritish va boshqalar
mahsulotga issiqlik ta’sir qilish orqali amalga oshiriladi.
Xar qanday issiqlik ishlov berilganda masulotning harorati yoki uning
agregat holati o’zgaradi va mahsulot bilan muhit orasida issiqlik almashinuvi
yuzaga keladi, muhit bu jarayonda yo issiqlik beradi yoki issiqlikni qabul qiladi.
Issiqlik bilan ishlov berishning maqsadiga asoslanib (namlikni qisman
kamaytirish, mahsulotga ma’lum xid va maza berish uchun, mikroorganizmlarni
hayotini to’xtatish uchun, keyingi jarayonlarni yengillatish uchun) ishlov
berishning muddati mahsulotning va issiqlik o’tkazuvchining harorati, mahsulot
yuzasidagi bosim va boshqa texnologik ko’rsatgichlar nazarda tutilgan holda
mahsus texnologik tartib yaratiladi.
Mahsulotlarga issiqlik bilan ishlov berish borasida ketadigan issiqlik
jarayonlari issiqlik berish va massa berish qonuniyati asosida amalga oshadi. SHu
qonuniyatga asoslanib issiqlik uskunalarini ishi o’rganiladi va yangi issiqlik
uskunalari loyihalanadi, zarur bo’lgan issiqlik energiyasining miqdori aniqlanadi,
material va issiqlik balanslari tuziladi.
Material va issiqlikning balansini tahlil qilish orqali jarayonni to’g’riligi,
undagi kamayishlarning kattaligi, hamda ularni oldini olish yo’llari va usullarini
aytib berish mumkin.
Ammo, mahsulotlarga issiqlik ishlov berishdagi hamma jarayonlar ham
issiqlik beruvchi va massa beruvchi qonuniyatga bo’yn sinmaydi.
Bunday murakkab va statsionar bo’lmagan jarayonlarga quyidagilar kiradi:
vannadagi suvda xar xil shaklga ega bo’lgan va bir xil bo’lmagan mahsulotni
isitish yoki sovutish; uzluksiz o’zgaruvchan haroratda kontsentrlangan tomat
mahsulotlari (pasta) va povidloni qaynatish; sabzavot yoki baliq qovurish
Ilmiybaza.uz
jarayonidagi (mahsulotda namlik ajralgan sari yog’ning ham, mahsulotning ham
harorati o’zgaradi) issiqlik alamashinuvi.
Konservalash sanoatida issiqlik tashuvchi manbaa sifatida to’yingan suv
bug’i, ayrim hollarda, qizdirilgan yog’, havo va suv hizmat qiladi.
Asosiy issiqlik tashuvchi sifatida to’yingan bug’dan foydalanishning boisi
shundaki, uni masofaga uzatish va miqdorini boshqarishni qulayligi, haroratni
bosimni o’zgartirish orqali bir xilda ushlab turishni onsonligi, bezararligi, yashirin
holdagi katta issiqlik kondensatini tutganligi, o’tkazuvchi truba va uskunalar
materialiga kam ziyon yetkazishi, yong’inga qarshiligi, qimmatini (narxini) yuqori
bo’lmaganligi va nihoyat suv bug’ini ovqat mahsuloti bilan bevosita to’qnashgan
holda ishlatish mumkin.
Issiqlik apparatlaridan foydalanilganda masus formula yordamida issiqlik
tashuvchining sarf qilinishi aniqlanadi.
Yana issiqlik jarayonida sarflanadigan issiqlik energiyasining miqdori ham
hisoblanadi. Uni hisoblashda mahsulotni apparatni, tarani, ishlab chiqarish
jarayonini qizdirishga ketgan issiqlik miqdorini bilish kerak.
Aytilgan hisob-kitoblar faqat bu bilan to’xtamaydi, balki yana ham
murakkablashadi (yuzani qizishi; apparatning issiqlik unumdorligi va h.). SHuning
uchun ularni yuqorigi kurslarda ko’rib chiqamiz.
Ko’p hollarda texnolgik jarayonlardagi issiqlik bilan ishlov berishni
zamonaviy usul - elektr ishlov berish bilan almashtiriladi, uni biz quyidagi jadval
orqali ko’rishimiz mumkin.
1- Jadval
Elektr bilan ishlov
berish turi
Elektromagnit
to’lqinlaring
Jarayonning nomi
Ilmiybaza.uz
chastotasi, Gts
Doimiy
yoki
past
chastotali toklar bilan
60
Bevosita
qizdirish,
mahsulot
pishirish
(non
yopish),
pasterizatsiyalash, hayvon yog’ini
eritish.
Yuqori chastotali toklar
bilan
103-106
Sterilizatsiyalash
va
pasterizatsiyalash,
qizdirish,
quritish, donni qovurish, qaynatish,
yopish ( non v.b.), go’shtni muzdan
tushirish.
Infraqizil nurlar bilan
1012-1014
Qizdirish,
quritish,
qaynatish,
donni
qovurish,
konditer
mahsulotlarini yopish.
Ulьtrabinafsha nurlar bilan
1015-1017
Sterilizatsiyalash.
Rentgen nurlari bilan
1017-1019
Sterilizatsiyalash.
Gamma nurlar bilan
1020
Sterilizatsiyalash
Konservalash sanoatida mahsulotni konservalanga holatga keltirish uchun
albatta issiq ishlov beriladi, issiqlik ishlov berilmasdan deyarli xech qanday
(mikrobiologik usul qo’llashdan tashqari) konserva mahsuloti tayyorlab bo’lmaydi.
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun xom-ashyoga ta’sir etiladigan
issiqlik ishlov berish turlari xar xil, xom-ashyo bug’da yoki qaynoq suvda
ushlanadi ( blanshirlanadi), yog’da toblanadi, yog’da so’litiladi, issiq muhitda
quritiladi, namligi bug’latiladi va nihoyat pasterizatsiya yoki sterilizatsiyalanadi.
Issiqlik bilan ishlov berishning turiga va maqsadiga qarab qo’llaniladigan
qurilma va uskunalar ham har xil bo’ladi.
Xomashyoga issiqlik bilan ishlov beruvchi qurilma va uskunalarni o’rganish
birmuncha murakkab jarayonlarni o’z ichiga qamraganligi sababli mazkur fanning
bu qismini biz keyingi yuqori kursda batafsil tanishamiz. Xozir esa u haqda
umumiylashgan qisqagina tushunchani berish bilan chegaralanamiz.
Ilmiybaza.uz
2. Blanshirlash, bug’da toblash va qizdirish uskunalari
Ko’pchilik meva va sabzavotlarni qayta ishlash jarayonida ularga birlamchi
issiqlik ishlov berish zarurdir, birlamchi issiqlik ishlov berish qaynoq suvda, osh
tuzining suvli eritmasida, ishqoriy yoki kislotali eritmada, suv bug’ida, ba’zan
issiqlik beruvchi manb’a bilan bevosita to’qnashgan holda olib boriladi.
Birlamchi issiq ishlov ko’k no’hotga, sparjaga, karamga, qo’zoqli loviyaga,
shpinatga, qalampirga, tomatga, jo’xoriga, olmaga, nokga, behiga, olxo’riga,
go’shtga va baliqga qayta ishlash jarayonining birlamchi bosqichida o’tkaziladi.
Issiqlik ishlov berishning tayinlanishiga va issiqlikni mahsulotga berish
usuliga qarab jarayonni blanshirlash, bug’da toblash yoki qizdirishdeb ataladi.
Yuqoridagi ishlov berish jarayonini amalga oshirishdan maqsad shuki,
jarayon natijasida xomashyoda qaytmas o’zgarishlar yuzaga keladi, bular o’z
navbatida tayor mahsulotni ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega.
Blanshirlash, bug’lash yoki qizdirish orqali quyidagilarga erishiladi:
- fermentlar parchalanishi natijasida xom-ashyo rangi keyingi jarayonlarda
o’zgarmaydi;
- xomashyoning hajmi kamayib, egiluvchanligi oshadi;
- xomashyo tarkibidagi havo chiqib, undagi vitaminlarni saqlanishi uzayadi;
- xujayradagi plazma qabati o’zgarib, shira olishi onsonlashadi;
- xujayra o’tkazuchanligi oshadi, diffuziya jarayoniga sharoit tug’ilib, shakar
va o’zga qo’shimchalarni hujayraga o’tilishi yaxshilanadi;
- xomashyo yuzasidagi mikroorganizmlar o’ladi;
- mevalarni qobig’ini olish onsonlashadi.
Blanshirlovchi, bug’lovchi va qizdiruvchi uskunalarning xillari bir nechta
bo’lib, ular ularining tuzilishi va ishlash printsipi bilan farqlanadi. Ularning
xillarini quyidagi 3-sxemada keltiramiz.
Ilmiybaza.uz
3-sxema
Blanshirlash, bug’ bilan ishlov berish va qizdiruvchi uskunalar
3. Qovurish uskunalari (pechlar)
Олдиндан иссиқлик билан ишлов берувчи ускуналар
Бланширлаш
ускуналари
Буғ билан ишлов
берувчи ускуналар
Қиздирувчи
ускуналар
Даврий
ишлайдиган
узлуксиз
ишлайдиган
Ван-
налар
Чўмич
ли
Лента-
ли
Бара-
банли
Шнек-
ли
сидирувчи
чўмичли
Даврий
ишлайдиган
узлуксиз
ишлайдиган
Очиқ
турда-
ги
Ёпиқ
турда-
ги
трубка
симон
2 та
трубали
бурама
Икки
тубли
қозон
Вакуум
ли
Иситги
чи таш-
қарида
бўлган
қозон
Комбин
ация-
лашган
Даврий
ишлайдиган
узлуксиз
ишлайдиган
1 атм босим-
да ишловчи
1 атм-дан юқори
босимда ишловчи
Буғ берувчи
идиш
Дигестр
шнекли
шахтали
лентали
Ilmiybaza.uz
Sabzavotlardan gazak konservalar yoki balilarni turli xil konservalash uchun
ularga yog’da ishlov beriladi (4-sxema).
4-sxema
Baqlajon, kabachki, sabzi, piyoz, oq ildiz va bali kabi xom-ashyolar avval
maydalanadi, so’ngra yog’da ishlov berilib olinadigan konservaning xiliga qarab,
Электр куй-
дириш
печлари
ҚОВУРИШ ПЕЧЛАРИ
Газ
ёқилғи
Буғ ёрдамида
иситиш
Электр токи
ёрдамида иситиш
Олов ёрдамида
иситиш
Суюқ
ёқилғи
Қаттиқ
ёқилғи
Электрёғ
печлари
Механизация-
лашмаган
Механизация-
лашган
Бир қаторли
иситиш
камераси
билан
Кўп қаторли
иситиш
камераси
билан
Ботирилган
иссиқлик
юзаси
Чиқарилган
иссиқлик
юзаси
Чиқадиган
сеткалари
билан
Чиқмайди-
ган сетка-
лари билан
Сеткасиз
Совутгич
билан
Совутгич-
сиз
Вакуумли
Ҳаволи
Ёғли
Ilmiybaza.uz
mahsulot sovutiladi va bankalarga joylanadi,yoki qiyma bilan to’ldiriladi yoki
aralashtiriladi (ikra).
Xomashyoni qovurishdan maqsad:
- blanshirlashda yuz bergan o’zgarishlar amalga oshadi;
- mahsulotda yoqimli hid paydo bo’ladi;
- mahsulotda yoqimli maza va rang hosil bo’ladi;
- suv bug’lanib o’rniga yog’ so’rilishi hisobiga mahsulotning ozuaviy
qiymati oshadi.
Qovurish uskunalari ham bir necha xildir.
4. Bug’latuvchi uskunalar
Bug’latish - qaynatish jarayonida masulotdan suvni bug’latish -
konservalash sanoatidagi keng taralgan jarayon bo’lib, uni tomat pastasi, tomat
pyuresi, quyutirilgan meva sharbatlari, povidla va jem olishda qo’llaniladi.
Bug’latish natijasida mahsulotda xarxil o’zgarishlar yuzaga keladi:
- xomashyoning fizik, kimyoviy xususiyatlari o’zgaradi;
- mahsulotning ozuqaviy qiymati oshadi;
- uzoq muddat saqlash imkoniyati tug’iladi;
- tashish uchun qo’llaylashadi;
- mahsulotning nisbiy og’irligi o’zgarib, qovushqoqligi oshadi;
- qaynash harorati ko’tariladi;
- issiqlik ta’sirida oqsil koagulyatsiyalanadi;
- pektin moddasi parchalanadi;
- qand karamellashadi
Bug’latuvchi uskunalarning ham xillari ko’p, ularni 5-sxemada keltiramiz.
5-sxema
БУҒЛАТИШ АППАРАТЛАРИ
Очиқ аппаратлар
Вакуум аппаратлар
Ilmiybaza.uz
5. Sterilizatsiyalovchi uskunalar
Konservalangan mahsulotlarni uzoq vaqt saqlash uchun ularni turli usullar
bilan sterilizatsiyalanadi. Sterilizatsiyalovchi manb’a sifatida issiqlik, yuqori
chastotali toklar, nurli energiya, ionlanuvchi nurlar yoki ulьtratovushdan
foydalaniladi.
6-sxema
СТЕРИЛИЗАЦИЯЛАШ УЧУН
АППАРАТЛАР
Иссиқлик ишлови
бериш билан
Юқори частота-
ли ток билан
Ионли нурланиш
билан
Ультратовуш
билан
Ilmiybaza.uz
Ilmiybaza.uz
Sterilizatsiyalashdan maqsad - germetik banka ichidagi mikroorganizmlarni
o’ldirishdir.
Germetik berkitilgan bankaga issiqlik ta’sir ettirish ikki xil bo’ladi:
- pasterizatsiyalash; sterilizatsiyalash.
Sterilizatsiya va pasterizatsiya qilish apparatlarning turlari bir necha xil,
ularni 6-sxemada keltiramiz.
Pasterizatsiya yoki sterilizatsiyaning olib borilishi vaqti, harorat darajasi:
- mahsulotning hajm birligidagi mikroorganizmlarning soniga;
- muhitning kislotaliligiga;
- konservaning kimyoviy tarkibiga;
- issiqlikni banka ichiga kira olish sharoitiga qarab tanlanadi.
Sterilizatsiya harorati va muddatini tanlash maxsus formula asosida
aniqlanadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Konservalash sohasidagi qaysi issiqlik jarayonlarini bilasiz ?
2. Blanshirlovchi uskuna qanday vazifani bajaradi ?
3. Blanshirlashning maqsadi ?
4. Qovuruvchi uskunalar qanday vazifasini bajaradi ?
5. Bug’latuvchi uskunalarning vazifasi nimadan iborat ?