ISSIQLIK IZOLYASIYASI VA AKUSTIK MATERIALLAR (IIAM). TASNIFI, TUZILIShI, TURLARI, TARKIBLARI, XOSSALARI VA ENYeRGIYa SAMARADORLIGI (Issiqlik izolyatsiyasi materiallarining asosiy xossalari)
Yuklangan vaqt
2024-05-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
36,3 KB
Ilmiybaza.uz
ISSIQLIK IZOLYASIYASI VA AKUSTIK MATERIALLAR (IIAM).
TASNIFI, TUZILIShI, TURLARI, TARKIBLARI, XOSSALARI VA
ENYeRGIYa SAMARADORLIGI
Reja:
1.
Umumiy ma’lumotlar
2.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallarining asosiy xossalari.
1.
Umumiy ma’lumotlar
Issiqlik izolyatsiyasi materiallari turar joy va madaniy-maishiy
binolarni, texnologik uskunalarni, quvurlarni, sovutish va isitish
xonalari va jixozlarini issiqlik va sovuqlik ta’siridan izolyatsiyalashda
ishlatiladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,175 Vt/(m.0C) dan
yuqori bo‘lmagan (250C haroratda) qurilish materiallari issiqlik
izolyatsiyasi materiallari deyiladi.
Bino va konstruksiyalarni issiqlik izolyatsiyasi katta miqdordagi
issiqlik energiyasini tejaydi. Bundan tashqari bino devorlari qalinligi,
konstruksiyalarning xususiy massasi ham mutanosib ravishda
kamayadi.Qurilish tizimida 1t samarali issiqlik izolyatsiyasi
materiallarini ishlatish 200t atrofida shartli yoqilg‘ini tejashi mumkin.
Issiqlik va sovuqlik agregatlarini izolyatsiyalash issiqlik va sovuqlikni
yo‘qotilishini 20-50% kamaytiradi.
Binoning tashqi devorini issiqlik izolyatsiyasi uchun 1 m2ga 0,64
m3 pishiq g‘isht yoki 0,32 m3 keramzit betoni, 0,14 m3 fibrolit, 0,1 m3
mineral paxta plitalari va 0,04m3 poroplastlar talab etiladi.
Issiqlik va sovuqdan izolyatsiyalash, ayniqsa, quruq issiq iqlim
sharoitli Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston xududida katta
ahamiyatga egadir. Chunki, yozning jazirama kunlarida havo harorati
42-480C atrofida, qishda esa- 20-300C haroratgacha sovuq bo‘lishi
Ilmiybaza.uz
bino, konstruksiyalar va agregatlarni samarali va ishonchli issiqlik
izolyatsiyasi materiallari bilan izolyatsiyalashni taqazo etadi.
Issiqlik izolyatsiyasi kompozitsion materiallarni ilmiy-tadqiqot
etishda, ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishda A.I.Jilin,
V.A.Kitaysev, K.E.Goryaynev, Yu.P. Gorlov, A,P. Merkin va
boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallari asosiy xom ashyoning turi,
strukturasi, shakli, bog‘lovchining mavjudligi, yonuvchanligi, o‘rtacha
zichligi va
issiqlik
o‘tkazuvchanlik
koeffitsiyenti
bo‘yicha
klassifikatsiyalanadi.
Asosiy xom ashyoning turiga nisbatan issiqlik izolyatsiyasi
materiallari quyidagicha klassifikatsiyalanadi: mineral xom ashyo
(tog‘ jinslari, shlak, kullar, shisha, asbest) asosida olinadigan
noorganik materiallar; organik xom ashyo (yog‘och chiqindilari,
lignin, polimerlar va boshq.) asosida olinadigan organik materiallar.
Strukturasi bo‘yicha issiqlik izolyatsiyasi materiallari tolali
(mineral tolali, yog‘och tolali), donador (perlit, vermikulit, shisha va
plastmassa sferalari), g‘ovak (ko‘pikplast, ko‘pikshisha, yacheykali
betonlar) materiallarga bo‘linadi.
Shakli va tashqi ko‘rinishiga nisbatan issiqlik izolyatsiyasi
materiallari donali qattiq (plita, qobiq, segment, g‘isht, silindr) va
egiluvchan (mato, shnur, eshilgan bog‘liqlar, polimer tolalar),
yumshoq (paxta, jun, qamish momig‘i, nitron tolali paxta) va
sochiluvchan (perlit, vermikulit) materiallarga bo‘linadi.
O‘rtacha zichligi bo‘yicha issiqlik izolyatsiyasi materiallari
(kg/m3): D 15, D 25, D 35, D 50, D 100, D 125, D 150, D 175, D 200,
D 250, D 300, D 400, D 500, D 600
markalarga bo‘linadi.
Bikrligiga nisbatan issiqlik izolyatsiyasi materiallari yumshoq
(M) (mineral va shisha paxta, bazalt tolali paxta), yarim bikr (P)
Ilmiybaza.uz
(shisha tolali plitalar, polimer shtapellar), bikr (J) (mineral paxta
plitalari), yuqori bikr (PJ), qattiq (T) materiallar bo‘ladi.
Issiqlik
o‘tkazuvchanlik
bo‘yicha
issiqlik
izolyatsiyasi
materiallari
quyidagicha
klassifikatsiyalanadi:
A-issiqlik
o‘tkazuvchanligi
past-0,06
Vt (m.0S)
gacha,
B-issiqlik
o‘tkazuvchanligi o‘rtacha-0,06-0,115 Vt (m.0S)gacha.
Ishlatish sohasiga nisbatan issiqlik izolyatsiyasi materiallari
qurilish konstruksiyalarni (binolar) izolyatsiyalash, sanoat asbob-
uskunalari
va
truboprovodlarni
izolyatsiyalash
materiallariga
bo‘linadi.
Yonuvchanligiga
qarab
issiqlik
izolyatsiyasi
materiallari
yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan materiallarga bo‘linadi.
Qurilish materiallarini hisoblash uchun issiqlik o‘tkazuvchanligi
“Qurilish issiqlik texnikasi”qurilish me’yorlari va qoidalar (QMQ)
ilovasi asosida yoki tajribalar natijasiga ko‘ra turli asboblar yordamida
o‘lchab aniqlanadi. Materialning qalinligi (d) va issiq o‘tkazuvchanlik
koeffitsiyenti
( )
ma’lum
bo‘lsa,
to‘suvchi
buyum
va
konstruksiyalarning termik qarshiligini (R) aniqlash mumkin.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallari tayyorlashda quyidagi usullarda
g‘ovaklik hosil qiladi: gaz ajratib va ko‘pirtirilib; ko‘p miqdorda suv
kiritilib va bug‘latib; yonishi natijasida g‘ovak hosil qiluvchi
qo‘shimchalar kiritib; tolasimon karkas hosil qilish va boshqalar.
Material strukturasini tashkil etuvchi devorlar qanchalik yupqa va
g‘ovaklar mayda bo‘lsa, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti
shunchalik kam bo‘ladi.
Material strukturasida yopiq g‘ovaklarning ko‘p bo‘lishi, ochiq
g‘ovaklar va kanallarning kam bo‘lishi issiqlik izolyatsiyalash
xususiyatini yaxshilaydi.
2.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallarining asosiy xossalari
2.2 Issiqlik-fizik xossalar
Ilmiybaza.uz
Qurilish materiallarining issiqlik o‘tkazuvchanligi material
skeleti, g‘ovakligiga
to‘lgan
havo
va
namlikning
issiqlik
o‘tkazuvchanligi funksiyasidir. Material skeleti amorf moddadan
iborat bo‘lsa, kristall tuzilishdagi materialga nisbatan issiqlik oqimini
kam o‘tkazadi. Material g‘ovakligida namlik yuqori bo‘lsa, issiqlik
oqimi tezlashadi. Shuning uchun material g‘ovakligining quruq
havoga to‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bu holatda quruq havoning
issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti minimal bo‘lib, 0,023 Vt/(m.0C)
tashkil etadi. Material g‘ovakligi suvga to‘la bo‘lsa, issiqlik
o‘tkazuvchanlik havo bilan to‘lganga nisbatan 25 marta yuqori bo‘ladi
(
w 0,58 Vt/(m.0S).
Qurilish materiali g‘ovakligida suvning muzlashi issiqlik
o‘tkazuvchanlikni keskin oshirada, chunki, muzning issiqlik
o‘tkazuvchanligi 2,32 Vt (m.0S) tashkil etadi. Shu sababli qurilish
tizimida issiqlik izolyatsiyasi materiallarini namlanishdan va
muzlashdan saqlash zarur.
Ba’zi qurilish materiallaridan (magnezial bog‘lovchili olovga
bardoshli buyumlar, metallar) tashqari, ko‘pchilik materiallarda
harorat ta’sirida issiqlik oqimi tezlashadi. Ushbu holat issiqlik
agregatlari va teplotrassalarni izolyatsiyalashda hisobga olinadi va
“Qurilish issiqlik texnikasi”QMQ ga asoslanib me’yorlashtiriladi.
Issiqlik izolyatsiyasi materiali o‘rtacha zichligi va issiqlik
o‘tkazuvchanlik
koeffitsiyenti
o‘rtasidagi
bog‘liqlik
1-rasmda
berilgan.
Ilmiybaza.uz
O‘rtacha zichlik, kg/m3
32.1-rasm. Issiqlik izolyatsiyasi materiallarining o‘rtacha zichligi
va issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘rtasida bog‘lanish
1-noorganik materiallar; 2-organik materiallar.
Umuman, issiqlik
izolyatsiyasi materiallari
strukturasi
amorf moddali skeletga, quruq havoga to‘lgan yupqa devorli
mayda g‘ovaklikka ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
2.3 Fizik-mexanik xossalar
Issiqlik izolyatsiyasi materiallarning siqilishdagi mustahkamligi
materialning yuklama (zo‘riqish) ta’sirida 10% deformatsiyalanishi
bilan aniqlanadi. Bunda buyumning qalinligi 10% o‘zgaradi.
Materialning
siqiluvchanligi
muayyan
yuklama
ta’sirida
qalinligini o‘zgartirish qobiliyatiga aytiladi. Siqiluvchanligi jihatidan
materiallar quyidagicha tavsiflanadi: yumshoq M-deformatsiyalanish
30% yuqori; yarimbikr PJ-deformatsiyalanish 6-30%; bikr J-
deformatsiyalanish ko‘pi bilan 6%.
Siqiluvchanlik 0,002 MPa solishtirma yuklama ta’sirida
siqilishdan hosil bo‘lgan deformatsiya bilan izohlanadi.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallarining siqilishdagi mustahkamlik
Иссиқлик ытказувчанлик,
Вт(м.0С)
Ilmiybaza.uz
chegarasi 0,2-2,5 MPa atrofida bo‘ladi. Tolali materiallar (plitalar,
qobiqlar, segmentlar) mustahkamligi asosan egilishdagi mustahkamlik
chegarasi bilan belgilanadi.
Noorganik materiallarning egilishdagi mustahkamligi 0,15-0,5
MPa, yog‘och tolali pressmateriallarniki esa 0,4-2 MPa bo‘ladi.
Mineral tolali paxta, shisha tolali paxta, asbest karton kabi egiluvchan
issiqlik izolyatsiyasi
materiallari cho‘zilishdagi mustahkamlik
chegarasi bilan xarakterlanadi.
Issiqlik
izolyatsiyasi
materiallarining
mustahkamligi
bog‘lovchining turiga, tayyorlash texnologiyasiga bevosita bog‘liq
bo‘ladi. Ularning mustahkamligi tashish, saqlash, montaj qilish va
ishlatilish davrida butunligini kafolatlashi kerak.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallarining suv shimuvchanligi juda
katta oraliqda o‘zgaradi. Masalan, o‘ta yengil penoplastlarning massa
bo‘yicha suv shimuvchanligi hususiy massasiga nisbatan 20-40
marta katta bo‘lishi mumkin. Material g‘ovaklari yopiq bo‘lsa, suv
shimuvchanligi kam bo‘ladi.
Materiallarning suv shimishi issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlarini
keskin kamaytiradi va shu bilan birga mustahkamligini pasaytiradi.
Ularning suv shimuvchanligini kamaytirish maqsadida tarkibiga
gidrofobizatsiyalovchi
qo‘shimchalar
qo‘shish,
yuzasini
gidroizolyatsion materiallar bilan qoplash va zichlashtiruvchi
moddalarni yuzaki (5-10mm) shimdirish va boshqa usullarni qo‘llash
mumkin.
Binolar
qurilishida
issiqlik
izolyatsiyasi
materiallarining
ishlatilishi xonalarni devorlar orqali tabiiy shamollashiga qarshilik
qilmaydi.
Turar joy binolarida devorlar va to‘suvchi konstruksiyalar gaz va
havo o‘tkazuvchan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Namlik yuqori
bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lgan sanoat binolari issiqlik izolyatsiyasi
Ilmiybaza.uz
materiallari bilan qoplanganda xonaning ichki tomonidan kafolatli
gidroizolyatsiya vositalari bilan himoyalanishi kerak.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallari
yonuvchanligi 800-8500S
haroratda 20 daqiqa davomida ushlab turib aniqlanadi.
Har bir material uchun ishlatish ruxsat etilgan harorat belgilangan
bo‘lib, ushbu chegaradan yuqori haroratda buyumlarning fizik-
mexanik xossalari o‘zgarishi mumkin. Yonadigan materiallar
ishlatilganda ularni yonishdan saqlash chora-tadbirlarini ko‘rish
maqsadga muvofiqdir.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallari bevosita kimyoviy va biologik
agressiv muhitlarda ishlatilmasa ham, agressiv gazlar, bug‘lar ularni
vaqt davomida buzilishiga sabab bo‘ladi. Korroziya jarayoni issiqlik
izolyatsiyasi materiallariga konstruktiv xususiyatlar ham berilganda
yuz berishi ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Mineral bog‘lovchilar asosidagi issiqlik izolyatsiyasi materiallari
odatda kuchsiz kislotalar, ishqorlar, tuz eritmalari va biologik
muhitlarga chidamli bo‘ladi. Material kuchli kislota va ishqorlar
ta’sirida bo‘lishi ehtimoliga qarab polimer bog‘lovchilarning turi
tanlanishi mumkin. Masalan, rangli metallurgiya sexlarida furan,
epoksid, fenol-formaldegid polimerlari asosidagi issiqlik izolyatsiyasi
materiallari ishlatiladi. Organik bog‘lovchilar (elimlar, kraxmal,
karboksilmetilsellyuloza) va to‘ldirgichlar (yog‘och, kanop) asosidagi
issiqlik izolyatsiyasi materiallari biologik muhitlar ta’siriga, ya’ni
mikroorganizmlar, zamburug‘lar, chumoli va termitlarga chidamli
bo‘lishi kerak.
Biologik muhitlarga chidamliligini oshirish uchun issiqlik
izolyatsiyasi muteriallari tarkibiga antiseptik moddalar kiritish va
namlanishdan himoyalash maqsadga muvofiqdir.
Nazorat savollari
1. Issiqlik izolyatsiyasi materiallari klassifikatsiyasi qanday?
Ilmiybaza.uz
2. Noorganik issiqlik izolyatsiyasi materiallarini tavsiflab bering.
3. Organik issiqlik izolyatsiyasi materiallarini aytib bering.
4. Mineral va shisha paxta nima?
5. Asbosement va tarkibida asbest bor materiallarni gapirib bering.
6. Akustik materiallar nima?
7. Tovush yutuvchi va izolyatsiyasi materiallari haqida gapirib bering.
Adabiyotlar:
1.
Бисенов К.А., Касимов И.У., Тулаганов А.А., Удербаев
С.С. Легкие бетоны на основе безобжиговых цементов. Алматы:
«Ғылым», 2005-412 с.
2.
Теплоизоляционные строителные материалы: состояние и
развитие. Доклады Межвузовской научно-технической конференции с
участием зарубежных учёных. Ташкент-Самарканд. 2007. Сборник
трудов. Т.: 2008. 212 с.
3.
Самиғов
Н.А.
Бино
ва
иншоотларни
таъмирлаш
материалшунослиги. 3-қисм. Тошкент. ТАҚИ. 2008. 127 б.
4.
Тулаганов А.А., Камилов Х.Х. Касымова С.С. и др.
Энерго- и ресурсосберегающия
технология
теплоизоляционных
материалов. ООО «Строителные материалы – наука и технология».
Ташкент. 197 с.
5. Материалы
международной
научно-практической
конференции «Пенобетон-2007». Санкт-Петербург. 2007. 194 с.