ISSIQLIK SIG‘IMI

Yuklangan vaqt

2024-09-23

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

163,0 KB


 
 
 
 
 
 
ISSIQLIK SIG‘IMI 
 
 
Reja: 
1. Massaviy issiqlik sig‘imi 
2. Hajmiy issiqlik sig‘imi 
3. Molyar issiqlik sig‘imi 
 
1. Massaviy issiqlik sig‘imi 
 
Jism temperaturasini 1o ga o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdoriga 
jismning issiqlik sig‘imi deb aytiladi. Issiqlik sig‘imi quyidagi formula orqali 
hisoblanadi: 
[
/
]
dQ
C
J
К
dt

  
 
 
         (2.1) 
Modda miqdori birligiga keltirilgan issiqlik miqdoriga bog‘liq ravishda 
solishtirma massaviy issiqlik sig‘imi s [J/(kg.K)]; solishtirma hajmiy issiqlik sig‘imi 
s1 [J/(m3 .K)] va solishtirma molyar issiqlik sig‘imlariga s [J/(mol.K) ] ajratiladi. 
 
Issiqlik sig‘imini jismning massasiga nisbatiga solishtirma issiqlik sig‘imi deb 
aytiladi: 
[
/ (
.
)]
С
с
J
kg К
m

  
 
(2.2) 
Shunday qilib, solishtirma issiqlik sig‘imi jismning massa birligini (1kg) issiqlik 
sig‘imidir. 
2. Hajmiy issiqlik sig‘imi 
 
Solishtirma hajmiy issiqlik sig‘imi jismning issiqlik sig‘imini normal 
sharoitdagi (Ro=101325 Pa, to=0oC) hajmiga nisbatiga teng. 
ISSIQLIK SIG‘IMI Reja: 1. Massaviy issiqlik sig‘imi 2. Hajmiy issiqlik sig‘imi 3. Molyar issiqlik sig‘imi 1. Massaviy issiqlik sig‘imi Jism temperaturasini 1o ga o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdoriga jismning issiqlik sig‘imi deb aytiladi. Issiqlik sig‘imi quyidagi formula orqali hisoblanadi: [ / ] dQ C J К dt  (2.1) Modda miqdori birligiga keltirilgan issiqlik miqdoriga bog‘liq ravishda solishtirma massaviy issiqlik sig‘imi s [J/(kg.K)]; solishtirma hajmiy issiqlik sig‘imi s1 [J/(m3 .K)] va solishtirma molyar issiqlik sig‘imlariga s [J/(mol.K) ] ajratiladi. Issiqlik sig‘imini jismning massasiga nisbatiga solishtirma issiqlik sig‘imi deb aytiladi: [ / ( . )] С с J kg К m  (2.2) Shunday qilib, solishtirma issiqlik sig‘imi jismning massa birligini (1kg) issiqlik sig‘imidir. 2. Hajmiy issiqlik sig‘imi Solishtirma hajmiy issiqlik sig‘imi jismning issiqlik sig‘imini normal sharoitdagi (Ro=101325 Pa, to=0oC) hajmiga nisbatiga teng.
 
 
с
V
С
с

1 
 
 
 
 
 
Demak, solishtirma hajmiy issiqlik sig‘imi normal fizik sharoitda moddaning 
hajm birligining (1m3) issiqlik sig‘imidir. 
 
Ba’zi hollarda modda miqdori birligi sifatida jismning molekulyar massasini 
() olish qulay bo‘ladi. 
 
Bu holda solishtirma molyar issiqlik sig‘imidan foydalaniladi: 
S=S [J/(mol.K)]  
 
 
(2.3) 
Issiqlik keltirish jarayonning tavsifiga qarab jismning temperaturasini 1C ga 
ko‘tarish uchun shu jismga keltirish zarur bo‘lgan issiqlik miqdori (2.1-rasm) turlicha 
bo‘ladi. Shuning uchun ham biz issiqlik sig‘imi to‘g‘risida gapirar ekanmiz, ayni 
moddaga issiqlik qanday jarayon vositasida keltirish haqida aytib o‘tishimiz lozim. 
 
 
2.1-rasm. Bir birlik bo‘lgan jismlarga issiqlik berilganda, issiqlik 
sig‘imiga bog‘iq holda temperaturasini o‘zgarishi 
Boshqacha qilib aytganda, (2.1) nisbatdagi dQ kattalik faqat temperaturalar 
intervaliga emas, balki issiqlik keltirish jarayonining turiga ham bog‘liq. Amalda 
izobarik (P=const) va izoxorik (v=const)  jarayonlarning issiqlik sig‘imlaridan eng 
ko‘p foydalaniladi. Bu issiqlik sig‘imlari izobarik va izoxorik issiqlik sig‘imlari deb 
atalib, tegishlicha sp va sv orqali belgilanadi. 
Shu bilan birgalikda Sv – massaviy izoxorik issiqlik sig‘imi; S1v -hajmiy 
izoxorik issiqlik sig‘imi; Sv – molyar izoxorik issiqlik sig‘imi; Sr – massaviy izobarik 
issiqlik sig‘imi; 
1
р
с  - hajmiy izobarik issiqlik sig‘imi va Sr – molyar izobarik issiqlik 
sig‘imlari bir-biridan farqlanadi. 
с V С с  1  Demak, solishtirma hajmiy issiqlik sig‘imi normal fizik sharoitda moddaning hajm birligining (1m3) issiqlik sig‘imidir. Ba’zi hollarda modda miqdori birligi sifatida jismning molekulyar massasini () olish qulay bo‘ladi. Bu holda solishtirma molyar issiqlik sig‘imidan foydalaniladi: S=S [J/(mol.K)] (2.3) Issiqlik keltirish jarayonning tavsifiga qarab jismning temperaturasini 1C ga ko‘tarish uchun shu jismga keltirish zarur bo‘lgan issiqlik miqdori (2.1-rasm) turlicha bo‘ladi. Shuning uchun ham biz issiqlik sig‘imi to‘g‘risida gapirar ekanmiz, ayni moddaga issiqlik qanday jarayon vositasida keltirish haqida aytib o‘tishimiz lozim. 2.1-rasm. Bir birlik bo‘lgan jismlarga issiqlik berilganda, issiqlik sig‘imiga bog‘iq holda temperaturasini o‘zgarishi Boshqacha qilib aytganda, (2.1) nisbatdagi dQ kattalik faqat temperaturalar intervaliga emas, balki issiqlik keltirish jarayonining turiga ham bog‘liq. Amalda izobarik (P=const) va izoxorik (v=const) jarayonlarning issiqlik sig‘imlaridan eng ko‘p foydalaniladi. Bu issiqlik sig‘imlari izobarik va izoxorik issiqlik sig‘imlari deb atalib, tegishlicha sp va sv orqali belgilanadi. Shu bilan birgalikda Sv – massaviy izoxorik issiqlik sig‘imi; S1v -hajmiy izoxorik issiqlik sig‘imi; Sv – molyar izoxorik issiqlik sig‘imi; Sr – massaviy izobarik issiqlik sig‘imi; 1 р с - hajmiy izobarik issiqlik sig‘imi va Sr – molyar izobarik issiqlik sig‘imlari bir-biridan farqlanadi.
 
 
Gaz o‘zgarmas bosim yoki o‘zgarmas hajmda turishiga qarab, uning 
temperaturasini 1 ga isitish uchun turli miqdordagi issiqlik zarur.  
Izobarik issiqlik sig‘imi izoxorik issiqlik sig‘imidan har doim katta bo‘ladi, 
chunki 1 kg gazni 1 ga P=const sharoitida isitilganda, energiyani bir qismi kengayish 
uchun sarflanadi.  
R. Mayer Sp va Sv orasidagi bog‘liqlikni o‘rganib, qo‘yidagi tenglamani keltirib 
chiqardi: 
Sp–Sv=R  
 
 
 
 
 
(2.4) 
Yuqoridagi tenglamani ikkala qismini molekulyar massa () ga ko‘paytirsak 
quyidagi natijani olamiz:  
Sp –Sv=R=8314 J/(kmolK)  
 
 
(2.5) 
yoki 
Sp –Sv=8314 J/(kmolK) 
 
 
 
(2.6) 
Demak, barcha gazlar uchun molyar izobar va izoxor issiqlik sig‘imlari 
orasidagi ayirma o‘zgarmas kattalik bo‘lib, uning qiymati 8314 J/(kmolK) yoki 2 
kkal/(kmolK) ga teng. 
Real gazlar uchun Sp–Sv>R, chunki P=const bo‘lgan izobarik jarayonda tizim 
faqat tashqi kuchlarga qarshi ish bajaribgina qolmasdan, molekulalararo mavjud 
bo‘lgan o‘zaro tortishish kuchlariga qarshi ham ish bajaradi. Demak, P=const va 
v=const bo‘lgan termodinamik jarayonlarda real gaz ish bajarishi va uning ichki 
energiyasini orttirish uchun ideal gazga nisbatan unga ko‘proq issiqlik miqdori 
sarflanar ekan.  
Statistik fizika usullaridan foydalanib, ko‘pchilik moddalarning issiqlik 
sig‘imlarini nazariy usul bilan hisoblash mumkin. Buning uchun molekulaning bitta 
erkinlik darjasiga to‘g‘ri keladigan 2
1 kT energiyasidan foydalaniladi va bir, ikki va 
ko‘p atomli gazning bir mol miqdoriga mos keluvchi issiqlik sig‘imlari topiladi.  
2.1-jadvalda ideal gazlarning issiqlik sig‘imlari keltirilgan. 
Termodinamikada o‘zgarmas bosim va hajmdagi issiqlik sig‘imlari o‘rtasidagi 
nisbatdan keng foydalaniladi. Bu nisbat k harfi bilan belgilanadi. 
Gaz o‘zgarmas bosim yoki o‘zgarmas hajmda turishiga qarab, uning temperaturasini 1 ga isitish uchun turli miqdordagi issiqlik zarur. Izobarik issiqlik sig‘imi izoxorik issiqlik sig‘imidan har doim katta bo‘ladi, chunki 1 kg gazni 1 ga P=const sharoitida isitilganda, energiyani bir qismi kengayish uchun sarflanadi. R. Mayer Sp va Sv orasidagi bog‘liqlikni o‘rganib, qo‘yidagi tenglamani keltirib chiqardi: Sp–Sv=R (2.4) Yuqoridagi tenglamani ikkala qismini molekulyar massa () ga ko‘paytirsak quyidagi natijani olamiz: Sp –Sv=R=8314 J/(kmolK) (2.5) yoki Sp –Sv=8314 J/(kmolK) (2.6) Demak, barcha gazlar uchun molyar izobar va izoxor issiqlik sig‘imlari orasidagi ayirma o‘zgarmas kattalik bo‘lib, uning qiymati 8314 J/(kmolK) yoki 2 kkal/(kmolK) ga teng. Real gazlar uchun Sp–Sv>R, chunki P=const bo‘lgan izobarik jarayonda tizim faqat tashqi kuchlarga qarshi ish bajaribgina qolmasdan, molekulalararo mavjud bo‘lgan o‘zaro tortishish kuchlariga qarshi ham ish bajaradi. Demak, P=const va v=const bo‘lgan termodinamik jarayonlarda real gaz ish bajarishi va uning ichki energiyasini orttirish uchun ideal gazga nisbatan unga ko‘proq issiqlik miqdori sarflanar ekan. Statistik fizika usullaridan foydalanib, ko‘pchilik moddalarning issiqlik sig‘imlarini nazariy usul bilan hisoblash mumkin. Buning uchun molekulaning bitta erkinlik darjasiga to‘g‘ri keladigan 2 1 kT energiyasidan foydalaniladi va bir, ikki va ko‘p atomli gazning bir mol miqdoriga mos keluvchi issiqlik sig‘imlari topiladi. 2.1-jadvalda ideal gazlarning issiqlik sig‘imlari keltirilgan. Termodinamikada o‘zgarmas bosim va hajmdagi issiqlik sig‘imlari o‘rtasidagi nisbatdan keng foydalaniladi. Bu nisbat k harfi bilan belgilanadi.