ISSIQLIK VA IQLIM MINTAQALARI
Kirish
I-bob. Yerda quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi va geografik
mintaqalar.
I.1 Yerda quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi
I.2 Geografik mintaqalarning tarkib topishi
II-bob. Geоgrafik mintaqalar.
II.1 Yerning issiqlik mintaqalari.
II.2 Yerning mo’tadil va sovuqlik mintaqalari.
Xulosa
КИРИШ.
Мавзуни долзарблиги..........................
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Kurs ishining asosiy maqsadi yerning
sharsimоnligi va unga quyosh nurning tushish burchagini o‘zgarishi, yer yuzasida
geоgrafik mintaqalarni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi, shu bilan birga Yer
yuzasidagi geоgrafik zоnalarning tarqalishi ham tabiiy geоgrafiyaning zоnallik,
sektоrlik qоnuniyatlariga bo‘ysunishi, natijada turli mintaqalardagi har-xil tabiiy
sharоit turli geоgrafik zоnalarni keltirib chiqishi haqida bilimlarni tahlil qilishdan
iborat.
Ishning maqsadidan kelib chiqib quydagi vazifalar belgilanadi:
Yer yuasining yoritilishi, issiqlik mintaqalarini o’rganish;
Haroratning taqsimlanishi;
Iqlim mintaqalar va ularning kelib chiqishini o’rganish;
Iqlim mintaqalari xususiyatlarini o’rganish;
Kurs ishining o’rganish obeykti va predmeti
Kurs ishining o’rganish obyekti sifatida yer yuzasi tanlangan bo’lib, uning
predmeti esa yerdagi iqlim mintaqalari olingan. Shuningdek, yer yuzasi shakli va
iqlim mintaqalari, zonalari tahlil qilinadi
Tadqiqot usullari: Tadqiqot jarayonida ilmiy manbalar asosida to’plangan
materiallar atroflicha tahlil qilindi. Kartografik, tarixiy taqqoslash va boshqa
usullardan foydalanildi
Ishning hajmi va tuzulishi.
Kurs ishining tarkibiy tuzulishi, ketma-ket bajarilishi va mazmunini o’zida
aks etirgan kirish, 2 ta bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilowadan iborat.
Ishning umumiy hajmi --- saxifa bo’lib, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida
11 ta manba keltirilgan. Kurs ishining matin qismida-- ta chizma, --ta jadval
kiritilgan.
I-bob. Yerda quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi va geogrsfik
mintaqalar.
I.1 Yerda quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi
Yerning shakli sharsimonligi tufayli yer yuzasida quyosh issiqligi va nurlari
notekis taqsimlanadi, bu esa geografik qobiqda mintaqaviylikni keltirib chiqaradi.
Natijada Yer yuzasidagi barcha tabiiy geografik jarayonlar mintaqaviy
xususiyatga ega. Ular geografik qobiqda kengliklar bo'yicha tarqaladi. Geogra-
fik qobiqda hodisa va jarayonlarning tarqalishidagi bunday qonuniyat iqlim
ko'rsatkichlari, o'simlik guruhlari, tuproq turlari uchun xos.
Mintaqaviylik gidrologik va geoximik jarayonlarni namoyon bo'lishida ham
ro'y beradi.Demak, geografik qobiqda hodisa va jarayonlarni mintaqaviy, ya'ni
kengliklar bo'yicha tarqalishining asosiy sababi Yer yuzasida Quyosh nurlari va
issiqlikning notekis taqsimlanishidir. Ammo Quyosh nurlarini Yer yuzasiga
tushishi atmosferaning holatiga bog'liq. Atmosferaning ba'zi joylari tiniq, ba'zi
joylarida changlar va nam ko'p bo'ladi. Demak, Quyosh nurlarini ekvatordan
qutblar tomon qonuniy kamayib borishiga atmosferaning tiniqlik darajasi ham
ta'sir etar ekan.
Yer yuzasida haroratning taqsimlanishi Quyosh issiqligiga bog'liq. Ammo
haroratning taqsimlanishiga Yer yuzasining issiqlik sig'imi ham ta'sir qiladi, bu esa
haroratni Yer yuzasida taqsimlanishini murakkablashtirib yuboradi. Yer yuzasida
issiqlikni taqsimlanishiga okean va havo oqimlari kuchli ta'sir ko'rsatadi.
Atmosfera yog'inlarini taqsimlanishida zonallik va sektorlik aniq namoyon bo'ladi.
Issiqlik va namlikning birgalikdagi ta'siri ma'lum bir tabiiy geografik hodisalaming
hosil bo'lishidagi asosiy omil hisoblanadi.
Yer yuzasida issiqlikning, namlikning, haroratning notekis taqsimlanishi
natijasida issiqlik va iqlim mintaqalari, tabiat zonalari va turli xil landshaftlar
vujudga keladi.Yernit shakli, uning Quyosh atrofidagi harakati va ekliptika
tekisligiga qiyaligi, yer yuziga quyosh energiyasi turli kengliklarda turlicha tushi-
shi, Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi natijasida havo va suv harakatlari
yoʻnalishini oʻzgartirishiga taʼsiri va bu taʼsirning yuqori kengliklarda kuchli
boʻlishi Iqlim hosil qiluvchi astronomik omillar hisoblanadi. Biroq bir kenglikning
oʻzida ham iqlim qosil qiluvchi jarayonlar tabiiy geografik omillarga, yaʼni yer
yuzasining quyidagi xususiyatlariga bogʻliq holda turlicha boʻladi:
a) quruqlik va suv issiqlikni yutish, saklash va qaytarish, namni
bugʻlantirish, havo oqimlariga taʼsir etish xususiyatiga ega;
b) quruqlik relyefi havo oqimlarining tutilib qolishiga, keskinlashuviga va
oʻzgarishiga, yerning turli yoqlariga kuyosh nurining turli miqdorda tushi-shiga,
yer yuzasidan suvning oqib ketish ketmasligiga va b. ga ham taʼsir koʻrsatadi;
v) turli togʻ jinslaridan tarkib topgan quruqlik mintaqalari har xil issiqlik
oʻtkazish xususiyatiga ega.
Yer yuzida iqlim sharoitlarining turlicha boʻlishiga asosiy sabab astronomik
va tabiiy-geografik omillar hisoblanadi. Ular yer yuzidagi hodisa va jarayonlarga
yo butunlay bogʻlanmagan yoki, asosan, endogen jarayonlar taʼsiri ostida juda
sekin oʻzgaradi. Bu omillarning eng katta tafovutlari (mas, tropik va moʻʼtadil
kengliklar oʻrtasida, qitʼalar va okeanlar oʻrtasida) havo oqimlarining
umumsayyoraviy tizimini — atmosferaning umumiy dirkulyasiyasini yuzaga
keltiradi. Bu oqimlar issiqlik va namni yer sharining bir qismidan ikkinchi qismiga
koʻchiradi, atmosferaning turli vertikal qatlamlari boʻylab issiklik va nam
almashinuvini vujudga keltiradi, bulutlar va yogʻinlar hosil qiladi yoki ularning
hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi, atmosfera b-n faol qatlam oʻrtasidagi oʻzaro
taʼsirni jiddiy oʻzgartiradi. Har bir joyda havo oqimlariga bogʻliq holda havo salqin
yoki issiq boʻladi, yuqoriga koʻtariladigan yogʻinli havo oqimlari, yo boʻlmasa, te-
padan pastga tushadigan quruq va iliq havo oqimlari koʻproq boʻladi. Issiqlikning
dunyo okeanlarida turlicha taqsimlanishi va atmosfera dirkulyasiyasi tufayli dengiz
oqimlarining paydo boʻlishi ham iqlimni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi.
Oqimlar okeanning turli qismlarida yo anomal issiq, yoki anomal sovuq faol
qatlam hosil qilib, shu orqali atmosfera dirkulyasiyasiga va bevosita dengiz ustida
iqlim shakllanishiga taʼsir etadi.
I.2 Geografik mintaqalarning tarkib topishi
Geografik qobiqning zonal xilma-xilligi va geografik mintaqalarning
tarkib topishi endogen jarayonlar bilan emas, balki Yerning shakli va uning
yuzasida dastavval kenglik bo`ylab geografik va biologik jarayonlar energiyasi -
atmosfera sikulyatsiyasiga va bu jarayonlar bilan bog`liq bo`lgan nam aylanishiga
sabab bo`ladigan Quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi bilan bog`liq. Geografik
mintaqalar Yerni uzluksiz halqalar bilan ishg`ol etadi, materiklarni ham,
okeanlarni ham o`z ichiga oladi; mintaqalarning nomi ularning Yer sharining
muayyan kengliklaridagi holati bilan bog`liq.
Mintaqalarning nomlari, qamrovi va soni hozirga qadar umume’tirof
etilganicha yo`q.
XX asrning 20-yillaridayoq nemis geografi Z.Passarge muayyan bir iqlim
mintaqasidagi landshaft oblastlarining sistemasi landshaft mintaqasini hosil qiladi,
deb o`qtirgan edi.
I.P.Gerasimov har bir yarim sharda 4 ta: qutbiy, boreal (mu’tadil),
subtropik va tropik mintaqalarni ajratadi. V.B. Sochava (1963) esa shimoliy
tropikdan tashqari, tropik va janubiy tropikdan tashqari mintaqalarni sayyoraviy
zonallikning asosiy bug`inlari, deb hisoblagan edi. S.V. Kalesnik (1970) Yer
sharida issiqlikning taqsimlanishi asosida sovuq, mu’tadil va issiq mintaqalarni
ajratgan edi.
L.P.Shubayev (1977) esa yer tabiati rivojlanishining hozirgi bosqichida
quyidagi asosiy sayyoraviy:
1) issiq va nam ekvatorial;
2) issiq va quruq tropik,
3) shimoliy yarim sharda namlikning katta amplitudali va iliq, janubiy yarim
sharda okean iqlimli mu’tadil;
4) salqin va zax boreal;
5) ayoz (sovuq va zax )qutbiy mintaqalarni ajratadi.
Bu olimning fikricha, mu’tadil mintaqani ikki – mu’tadil va boreal mintaqaga
ajratish maqsadga muvofiq.
A.G.Isachenko (1990) ham quruqlik landshaftlarini tasniflashda boreal,
subboreal, subtropik, tropik subekvatorial va ekvatorial mintaqalarni ajratadi.
F.N.Milkov (1990) har bir yarim sharda qutbiy, mu’tadil, subtropik va tropik
mintaqalarni ajratgan va ularni landshaft sferasida namoyon bo`ladigan geografik
mintaqalar deb atagan.
A.A.Grigoryev() esa shimoliy yarim sharda 6 ta: qutbiy,subarktika, boreal
(mu’tadil), subtropik, tropik va ekvatorial mintaqalarni ajratgan; Y.N.Lukashova
va A.M.Ryabchikov arktika (antarktika), subarktika (subantarktika), mu’tadil,
subekvatorial, tropik, subekvatorial va ekvatorial mintaqalarni ajratishgan.
Mu’tadil mintaqadan alohida subboreal mintaqani ajratish to`grisida fikrlar ham
mavjud. U holda mintaqalar soni har bir yarim sharda 7 taga yetadi.
Geografik mintaqalar geografik qobiqning eng yirik kenglik – zonallik
bolinmasini, ya’ni zonallikning eng yuqori pog`onasini hosil qiladi. Geografik
mintaqalar radiatsiya balansi hamda atmosfera umumiy sirkulyatsiyasining asosiy
tiplaridagi tafovutlar asosida ajratiladi. Har bir geografik mintaqa asosan kenglik
yo`nalishi bo`yicha tarqaladigan muayyan havo massasining ustuvorligi bilan
ifodalanadi.
Geografik mintaqalar geofizikaviy asoslarda ajratiladigan va joylashuviga
ko`ra iqlim mintaqalariga tog`ri keladi. Geografik mintaqalar radiatsion chegaralar
va atmosfera sirkulyatsiyasining sajiyasi bilan bevosita bog`liq bo`lishi tufayli
kenglik yo`nalishiga ega va iqlim mintaqalariga yaqin turadi.
Geografik mintaqalar - geografik qobiqning eng yirik kenglik-zonal
bo`linmalaridir. Issiqlik va nam rejimi, havo massalari va okean oqimlari
sirkulatsiyasi xususiyatlari, geomorfologik va biokimyoviy jarayonlar, o`simlik va
hayvonot dunyosining tarkibiga ko`ra har bir yarim sharda 7 tadan, jami 13 ta
qeografik mintaqa ajratiladi (1 - jadval):
- ekvatorial mintaqa;
-
shimoliy va janubiy yarim sharning subekvatorial mintaqalri;
-
shimoliy va janubiy yarim sharning tropik mintaqalri;
-
shimoliy va janubiy yarim sharning subtropik mintaqalri;
-
shimoliy va janubiy yarim sharning mu’tadil mintaqalri;
-
subarktika va subantarktika (subqutbiy) mintaqalari;
-
arktika va antarktika (qutbiy) mintaqalar.
Geografik mintaqalarning nomlari ularning Yer sharining muayyan
kengliklaridagi geografik joylanishi bilan bog`liq.
Har bir asosiy geografik mintaqa uchun muayyan havo massasining
ustuvorligi xos. Ammo, Shimoliy va Janubiy yarim sharlarning oraliq - subarktika,
subtropik, subekvatotial mintaqalari o`zlarining havo massalariga ega emas. Bu
mintaqalarning har birida ikkala qo`shni geografik mintaqalarning hukmron havo
massalari almashininb hukmronlik qiladi: shimoliy yarim sharda yilning yozgi
yarmida janubdan qo`shni bo`lgan mintaqaning, yilning yozgi yarmida esa
shimoldan qo`shni bo`lgan mintaqaning havo massalari hukmronlik qiladi.
Geografik mintaqalar kenlik yo`nalishiga ega va to`gri halqa shakliga ega
emas. Ular materiklarda relyef va Dunyo okeanida okean oqimlari ta’sirida
kengayishi yoki torayishi mumkin. Okean ustida geografik mintaqa ayniqsa bir
xilligi bilan ifodalanadi.
1- jadval. Geografik mintaqalar va ularning maydoni\
Mintaqaning nomi
Maydoni
mln. km2
%
Arktika
14,45
2.83
Subarktika
17,62
3.45
Mu’tadil
53,22
10.44
Subtropik
39,72
7.79
Tropik
80,77
15,84
Subekvatorial
38,65
7,58
Ekvatorial
22,07
4,33
Subekvatorial
30,11
5,91
Tropik
95,10
18,63
Subtropik
33,78
6,62
Mu’tadil
34,47
6,76
Subantarktika
23,93
4,69
Antarktika
26,19
5,13
II-bob. Geоgrafik mintaqalar.
II.1 Yerning issiqlik mintaqalari.
Iqlim mintaqalari Yer yuzasida haroratning notekis taqsimlanishi
natijasida iqlim mintaqalari vujudga keladi. Yer yuzasida asosiy va oraliq iqlim
mintaqalari hosil bo'ladi. Asosiy iqlim mintaqalarida yil bo'yi bir xil havo
massalari hukmron bo'ladi. Oraliq iqlim mintaqalarida havo massalari fasllar
bo'yicha o'zgarib turadi. Geografik qobiqda 13 ta iqlim mintaqasi ajratiladi:
ekvatorial, ikkita subekvatorial, ikkita tropik, ikkita subtropik, ikkita mo'tadil,
subarktika va subantarktika, arktika va antarktika.
Issiqlik mintaqalari Issiqlik mintaqalari asosan yer yuzasida issiqlikning
notekis taqsimlanishi natijasida hosil bo'ladi. Geografik qobiqda issiq, mo'tadil
issiq, mo'tadil, mo'tadil sovuq va sovuq mintaqalar ajratiladi (mintaqalar ta'rifi
A.M.Ryabchikov 1968, S.V.Kales- nik, 1966 bo'yicha).
Issiq mintaqa har ikkala yarim sharda 0° dan 30°gacha bo'lgan kengliklarni
o'z ichiga oladi. Termik sharoitda doimiy yashil o'simlik va hayvonot dunyosi
taraqqiyoti uchun juda qulay. Mazkur mintaqada sovuq bo'lmaydi, faol haroratlar
yig'indisi 6000 — 8000°C. Issiqsevar o'simliklar yil bo'yi o'saveradi. Ammo
mazkur mintaqa doirasida nam ekvatorial o'rmonlar bilan birga savannalar, chala
cho'llar va cho'llar ham mavjud. Ushbu hodisa namlikning notekis taqsimlanishi
natijasida sodir bo'ladi. Mazkur mintaqada yillik radioatsiya balansi yuqori, ya'ni
60 kkal/sm2ni tashkil qiladi.
Ekvatoril iqlim mintaqasi. Ekvatordan har ikki tomondagi .5—10°
kengliklarni o'z ichiga oladi. Mazkur mintaqada yil da vomida doimo harorat va
namlik yuqori bo'ladi. Havo harorati 24°Cdan 28°Cga o'zgaradi. Yiliga 1000-3000
mm yog'in yog'adi. Ko'pincha havo issiq hamda rutubatli bo'lib, tez-tez
momaqaldiroq turib, jala quyadi (Amazonka havzasining g'arbiy qismi, Kongo
havzasi, Malayya to'plam orollari).
Mazkur iqlim quyidagi omillar ta'sirida tarkib topadi:
a) yil bo'yi issiqlik balansi yuqori. Bu yerda quyosh radioatsiyasining 60%
dan 75% gacha bo'lgan qismi, ya'ni yiliga 80—120 kkal/sm2 issiqlik sarf bo'ladi;
b) atmosferaning 10—12 kmli qalin qismida havo massalarining issiqlik
konveksiyasi uzluksiz da- vom etadi. ko'pchilikni tashkil etadi. Daryo tarmoqlari
zich, sersuv. Okean va materik iqlimi bir xil.Issiqlikning 75% i bug'lanishga
sarflanganligi tufayli harorat uncha baland bo'lmaydi. Kechasi havo sovib, bug'
hosil bo'lishiga ketgan yashirin issiqlik ajralib chiqishi tufayli sutkalik harorat farqi
katta emas. Tuproqning juda sernamligi, o'simliklarning qalinligi, daryolarning
juda ko'pligi ham haroratning bir me'yorda turishiga yordam beradi. Havoning
mutlaq namligi 30 g/sm3 gacha, nisbiy namlik 70—90% ga boradi. Bulutlik
ancha katta, to'p-to'p va to'p-to'p momaqaldiroqli bulutlar
Subekvatoril iqlim mintaqasi. Havo massalari mavsumga qarab o'zgaradi.
Yozda ekvatorial havo massalari, qishda tropik havo massalari kirib keladi. Yozda
ekvatorial havo massalari kirib kelgani uchun mo'l yomg'ir yog'adi. Qishda esa
tropik havo massalari kirib keladi, shuning uchun qish quruq va yog'insiz bo'ladi,
harorati yoznikidan deyarli farq qilmaydi. Materiklarning ichki qismlarida 1000—
1500 mm, mussonlarga ro'para tog' yonbag'irlarida yillik yog'in miqdori 5000—
10000 mm.ga yetadi. Yog'inlar asosan yozda yog'adi. Qish quruq bo'Iib havo
ochiq bo'ladi. Subekvatorial iqlim mintaqasi ekvatorial iqlim mintaqasiga
nisbatan katta maydoni egallab, ekvatorial iqlim mintaqasini har tomondan halqa
sifatida o'rab turadi. Ushbu iqlim mintaqasiga Janubiy Amerikada Gviana va
Braziliya tog'liklari, Markaziy Afrikaning Kongo daryosi havzasidan shimol,
sharq va janubdagi qismi, Hindiston, Hindixitoy va Shimoliy Avstraliya kiradi.
Tropik iqlim mintaqasi. Har ikkala yarim sharda joylashgan. Havo ko'p
vaqt ochiq bo'ladi. Qish iliq bo'lsa ham, yozdan ko'ra ancha salqin bo'ladi. Mazkur
iqlim mintaqasi doirasida uch xil iqlim turi vujudga kelgan: materiklar
markazidagi, materiklarning g'arbiy chekkasi va sharqiy sohildagi iqlim.
Materiklarning markaziy qismlarida cho'l iqlimi vujudga kelgan (Sahroi Kabir,
Arabiston, Taar cho'li va Avstraliya). Havo bulutsiz bo'lganligidan bu yerda
Quyosh issiqligi ekvatordagiga qaraganda katta bo'ladi, biroq qumning nurni