ISTE’MOL, JAMG‘ARMA VA INVESTITSIYALAR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

22

File size

Fayl hajmi

176,0 KB


ISTE’MOL, JAMG‘ARMA VA INVESTITSIYALAR
Reja:
1. Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi
2. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar
4. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi nisbatni taominlash muammolari
5. O‘zbekistonda investitsion faoliyatni taominlash va uning shart-sharoitlari
Milliy iqtisodiyotda  yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi bo‘lgan  yangidan
vujudga keltirilgan mahsulot, yaoni sotilgandan keyingi uning puldagi ko‘rinishi –
milliy  daromaddan  iste’mol  va  jamg‘arish  maqsadlarida  foydalaniladi.  Keng
ma’noda iste’mol jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab
chiqarilgan  tovar  va  xizmatlardan  foydalanish  jarayonini  bildiradi. Bunda
unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi. 
Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga
tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish
maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi. 
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda
kishilarning iste’mol buyumlaridan va xizmatlardan bevosita o‘zlarining shaxsiy
ehtiyojlarni qondirish maqsadida  foydalaniladi. 
Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog‘liq ravishda moddiy hamda nomoddiy
ne’mat va xizmatlarni iste’mol qilish farqlanadi.
Moddiy  iste’mol  –  ehtiyojlarni  qondirishda  moddiy  ko‘rinishdagi
ne’matlarning tegishli  nafli  xususiyatlaridan foydalanish.  Bularga  oziq-ovqat,
kiyim-kechak, uy-joy va boshqalardan foydalanishni misol keltirish mumkin.
307
Logotip
ISTE’MOL, JAMG‘ARMA VA INVESTITSIYALAR Reja: 1. Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi 2. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi 3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar 4. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi nisbatni taominlash muammolari 5. O‘zbekistonda investitsion faoliyatni taominlash va uning shart-sharoitlari Milliy iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi bo‘lgan yangidan vujudga keltirilgan mahsulot, yaoni sotilgandan keyingi uning puldagi ko‘rinishi – milliy daromaddan iste’mol va jamg‘arish maqsadlarida foydalaniladi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi. Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi. Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda kishilarning iste’mol buyumlaridan va xizmatlardan bevosita o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalaniladi. Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog‘liq ravishda moddiy hamda nomoddiy ne’mat va xizmatlarni iste’mol qilish farqlanadi. Moddiy iste’mol – ehtiyojlarni qondirishda moddiy ko‘rinishdagi ne’matlarning tegishli nafli xususiyatlaridan foydalanish. Bularga oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqalardan foydalanishni misol keltirish mumkin. 307
Nomoddiy  ne’mat  va  xizmatlar  iste’moli  –  ehtiyojlarni  qondirishda
nomoddiy ko‘rinishdagi ne’mat va xizmatlarning tegishli nafli xususiyatlaridan
foydalanish.  Bularga  bilim  olish,  musiqa  tinglash,  sog‘liqni  tiklash,  advokat
xizmatidan foydalanish va boshqalarni misol qilish mumkin.
Yakka tartibdagi  yoki  jamoa bo‘lib iste’mol  qilish ham  farqlanadi.  Alohida
shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi
iste’molga,  jamiyat  a’zolari  turli  guruhlarining  ne’matlardan  birgalikda
foydalanishi jamoa bo‘lib iste’mol qilishga kiradi. Masalan, ovqatlanish, kiyinish,
badiiy asarlar o‘qishni yakka tartibdagi iste’molni, jamoat transportidan foydalanish,
o‘yingohlarda sport o‘yinlarini tomosha qilish, sihat maskanlarida sog‘liqni tiklash
jamoa bo‘lib iste’mol qilishni anglatadi. 
Milliy daromadning jamiyat a’zolaring moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini
qondirishga sarflanuvchi qismi iste’mol fondi deb ataladi. Iste’mol fondi butun
aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi,
shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi barcha sarflarni o‘z ichiga oladi.
Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo‘liga kelib tushadigan
qismi iste’mol sarflari maqsadida ishlatiladi.  Iste’mol sarflari – bu aholi joriy
daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Aholi o‘z daromadini sarflar ekan, bugungi (joriy) iste’mol hamda kelgusidagi iste’mol
hajmini oshirish o‘rtasida tanlovni amalga oshiradi. 
Jumladan, O‘zbekistonda 2008 yilda  aholi jami pul daromadlarining 74,7 foizi
iste’mol sarflariga, 6,5 foizi majburiy to‘lov va badallarga sarflangan, 17,1 foizi
kelgusidagi iste’mol uchun jamg‘arib qo‘yilgan. 
Kelgusida iste’mol hajmini oshirish imkoniyati joriy davrdagi jamg‘armaga ham
bog‘liq  bo‘ladi.  Jamg‘arma –  bu  aholi,  korxona  (firma)  va  davlat  joriy
daromadlarining  kelajakdagi  ehtiyojlarini  qondirish  va  daromad  olish
maqsadlarida  to‘planib  borishi. Uning  hajmi  barcha  xo‘jaliklar  daromadidan
iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste’mol
sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi.
308
Logotip
Nomoddiy ne’mat va xizmatlar iste’moli – ehtiyojlarni qondirishda nomoddiy ko‘rinishdagi ne’mat va xizmatlarning tegishli nafli xususiyatlaridan foydalanish. Bularga bilim olish, musiqa tinglash, sog‘liqni tiklash, advokat xizmatidan foydalanish va boshqalarni misol qilish mumkin. Yakka tartibdagi yoki jamoa bo‘lib iste’mol qilish ham farqlanadi. Alohida shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi iste’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan birgalikda foydalanishi jamoa bo‘lib iste’mol qilishga kiradi. Masalan, ovqatlanish, kiyinish, badiiy asarlar o‘qishni yakka tartibdagi iste’molni, jamoat transportidan foydalanish, o‘yingohlarda sport o‘yinlarini tomosha qilish, sihat maskanlarida sog‘liqni tiklash jamoa bo‘lib iste’mol qilishni anglatadi. Milliy daromadning jamiyat a’zolaring moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi iste’mol fondi deb ataladi. Iste’mol fondi butun aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi barcha sarflarni o‘z ichiga oladi. Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo‘liga kelib tushadigan qismi iste’mol sarflari maqsadida ishlatiladi. Iste’mol sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Aholi o‘z daromadini sarflar ekan, bugungi (joriy) iste’mol hamda kelgusidagi iste’mol hajmini oshirish o‘rtasida tanlovni amalga oshiradi. Jumladan, O‘zbekistonda 2008 yilda aholi jami pul daromadlarining 74,7 foizi iste’mol sarflariga, 6,5 foizi majburiy to‘lov va badallarga sarflangan, 17,1 foizi kelgusidagi iste’mol uchun jamg‘arib qo‘yilgan. Kelgusida iste’mol hajmini oshirish imkoniyati joriy davrdagi jamg‘armaga ham bog‘liq bo‘ladi. Jamg‘arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to‘planib borishi. Uning hajmi barcha xo‘jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi. 308
Jamg‘armaning o‘sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag‘larning iste’mol buyumlari
xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga yo‘naltirilishini bildiradi. 
Shunga  ko‘ra,  jamg‘arma  –  bu  muddat  jihatidan  kechiktirilgan  iste’molni
anglatadi. Shu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg‘arma joriy iste’molning
chegirilgan qismidir, chunki jamg‘arma aholi va korxonalar ixtiyoridagi daromadning
iste’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi:
,
bu yerda:
Y – barcha xo‘jaliklar ixtiyoridagi daromad; 
C – iste’mol miqdori;
S – jamg‘arma miqdori.
Shu sababli  daromad tarkibidagi  iste’mol  sarflari  va jamg‘arma nisbatining
o‘zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg‘armaga qo‘yish oqibatida u
tovarlarda  bo‘lgan  talabda  o‘z  aksini  topmaydi.
 Jamg‘arma,  yuqorida
ta’kidlanganidek, daromadlarning ma’lum bir qismini iste’mol qilishdan chegirib
qo‘yishni bildirib, natijada iste’mol sarflari hajmi barcha ishlab chiqarilgan mahsulot
va  xizmatlarni  sotib  olish  uchun  yetarli  bo‘lmay  qoladi.  Aholi   daromadining
jamg‘arilgan qismi o‘zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasida
sotilmay qolgan tovarlarning ko‘payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik va
daromadlarning pasayishi ro‘y berishi mumkin.
Ikkinchidan, jamg‘arma  talabning  yetishmasligiga  olib  kelmasligi  ham
mumkin,  chunki  jamg‘arilgan  mablag‘lar  tadbirkorlar  tomonidan  investitsion
maqsadlarda ishlatiladi. Bu jamg‘arma keltirib chiqaradigan iste’mol sarflaridagi har
qanday yetishmaslikni to‘ldiradi. 
Uchinchidan, 
korxonalar  ham  o‘zining  barcha  mahsulotini  pirovard
iste’molchilarga  sotishni  ko‘zda  tutmaydi,  balki  uning  bir  qismidan  o‘z  ishlab
chiqarishida  foydalanishi  mumkin.  Shunday  qilib,  agar  tadbirkorlar  aholining
jamg‘armalariga teng  miqdordagi  mablag‘larni  investitsiyalarga qo‘yishni  ko‘zda
tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo‘lib qoladi.
309
Logotip
Jamg‘armaning o‘sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag‘larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga yo‘naltirilishini bildiradi. Shunga ko‘ra, jamg‘arma – bu muddat jihatidan kechiktirilgan iste’molni anglatadi. Shu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg‘arma joriy iste’molning chegirilgan qismidir, chunki jamg‘arma aholi va korxonalar ixtiyoridagi daromadning iste’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi: , bu yerda: Y – barcha xo‘jaliklar ixtiyoridagi daromad; C – iste’mol miqdori; S – jamg‘arma miqdori. Shu sababli daromad tarkibidagi iste’mol sarflari va jamg‘arma nisbatining o‘zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin. Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg‘armaga qo‘yish oqibatida u tovarlarda bo‘lgan talabda o‘z aksini topmaydi. Jamg‘arma, yuqorida ta’kidlanganidek, daromadlarning ma’lum bir qismini iste’mol qilishdan chegirib qo‘yishni bildirib, natijada iste’mol sarflari hajmi barcha ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni sotib olish uchun yetarli bo‘lmay qoladi. Aholi daromadining jamg‘arilgan qismi o‘zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasida sotilmay qolgan tovarlarning ko‘payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi ro‘y berishi mumkin. Ikkinchidan, jamg‘arma talabning yetishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg‘arilgan mablag‘lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu jamg‘arma keltirib chiqaradigan iste’mol sarflaridagi har qanday yetishmaslikni to‘ldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham o‘zining barcha mahsulotini pirovard iste’molchilarga sotishni ko‘zda tutmaydi, balki uning bir qismidan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg‘armalariga teng miqdordagi mablag‘larni investitsiyalarga qo‘yishni ko‘zda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo‘lib qoladi. 309
Iste’mol  va  jamg‘arma  darajasini  aniqlab  beruvchi  asosiy  omil  milliy
daromadning hajmi va uning o‘zgarishi hisoblanadi. Uning yalpi ichki mahsulotdan
amortizatsiya ajratmalari  hamda biznesga egri  soliqlarni chegirib tashlash orqali
aniqlanishi 14-bobda aytilgan edi. Lekin milliy daromad tarkibida to‘g‘ri soliqlar ham
mavjud bo‘ladi. Shu sababli soliqlar to‘langandan keyin  aholi qo‘lida qoladigan
daromad iste’mol sarflari va shaxsiy jamg‘arma yig‘indisiga teng bo‘ladi. Shaxsiy
iste’mol va shaxsiy jamg‘armaning darajasi bevosita soliqlar to‘langandan keyingi
qolgan daromad bilan aniqlanadi. Bu daromadni biz tahlil chog‘ida ixtiyoridagi yoki
sof daromad deb ataymiz. Demak bu daromad iste’molning ham, jamg‘armaning
ham  umumiy  omili  hisoblanadi.  Chunki  jamg‘arma  daromadning  iste’mol
qilinmaydigan  qismi  hisoblansa,  soliqlar  to‘langandan  keyingi  daromad  shaxsiy
jamg‘armani aniqlab beradigan asosiy omil bo‘lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste’mol
miqdori  va  soliqlar  to‘langandan  keyingi  daromad  o‘rtasidagi  farq  shu  yildagi
jamg‘arma miqdorini aniqlaydi.
Iste’mol  va  jamg‘arma  hajmi  hamda  unga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  omillar
o‘rtasidagi bog‘liqlik iste’mol va jamg‘arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyalarni
bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi.
Klassik  iqtisodchilarning  fikriga  ko‘ra,  kishilar  o‘z  mablag‘larini  qo‘shimcha
daromad keltirgan taqdirda jamg‘armaga yo‘naltirishga harakat qiladilar. Shunga
ko‘ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning jamg‘armaga
qiziqishlari shu qadar kuchli bo‘ladi, ya’ni jamg‘arma real foiz stavkasining o‘sib
boruvchi  funksiyasi  hisoblanadi.  Aholi  daromadlari  iste’mol  va  jamg‘arma
mablag‘larining yig‘indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o‘sishi bilan iste’mol
pasayib, jamg‘arma esa ko‘payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar
fikriga  ko‘ra  iste’mol  real  foiz  stavkasining  pasayib  boruvchi  funksiyasi
hisoblanadi.  
J.M.Keyns  klassik  iqtisodchilarning  bu  fikrlariga  qarshi  chiqib,  uy
xo‘jaliklarining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog‘liq emasligini,
kishilar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini
ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida uy
310
Logotip
Iste’mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromadning hajmi va uning o‘zgarishi hisoblanadi. Uning yalpi ichki mahsulotdan amortizatsiya ajratmalari hamda biznesga egri soliqlarni chegirib tashlash orqali aniqlanishi 14-bobda aytilgan edi. Lekin milliy daromad tarkibida to‘g‘ri soliqlar ham mavjud bo‘ladi. Shu sababli soliqlar to‘langandan keyin aholi qo‘lida qoladigan daromad iste’mol sarflari va shaxsiy jamg‘arma yig‘indisiga teng bo‘ladi. Shaxsiy iste’mol va shaxsiy jamg‘armaning darajasi bevosita soliqlar to‘langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Bu daromadni biz tahlil chog‘ida ixtiyoridagi yoki sof daromad deb ataymiz. Demak bu daromad iste’molning ham, jamg‘armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg‘arma daromadning iste’mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy jamg‘armani aniqlab beradigan asosiy omil bo‘lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste’mol miqdori va soliqlar to‘langandan keyingi daromad o‘rtasidagi farq shu yildagi jamg‘arma miqdorini aniqlaydi. Iste’mol va jamg‘arma hajmi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik iste’mol va jamg‘arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyalarni bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, kishilar o‘z mablag‘larini qo‘shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg‘armaga yo‘naltirishga harakat qiladilar. Shunga ko‘ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning jamg‘armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo‘ladi, ya’ni jamg‘arma real foiz stavkasining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Aholi daromadlari iste’mol va jamg‘arma mablag‘larining yig‘indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o‘sishi bilan iste’mol pasayib, jamg‘arma esa ko‘payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra iste’mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. J.M.Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog‘liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida uy 310
xo‘jaliklarining joriy daromadlarini ko‘rsatadi. Demak, Keyns fikriga ko‘ra, iste’mol
– uy xo‘jaliklari joriy daromadlarining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi:
.
Iste’mol funksiyasini grafik ko‘rinishida ham tasvirlash mumkin (16.1-chizma).
Bunda tik o‘qqa iste’mol sarflari, yotiq o‘qqa esa aholi ixtiyoridagi daromad miqdori
joylashtiriladi. 
16.1-chizma
Iste’mol funksiyasining grafikdagi tasviri
                                                                  F
                          C                            E2        
                                  
                                               V                    C = C(Y)
                                                                E0
                                     
                         C0
                                                                E1
                                                                
                            0                               Y1                            Y
Har ikkala o‘q o‘rtasidan 45 ostida o‘tuvchi 0F to‘g‘ri chiziq iste’mol sarflari va
ixtiyordagi  (sof)  daromadning  miqdoran  tengligini  ifodalaydi.  0Y  o‘qidagi  har
qanday daromad miqdorini ifodalovchi ushbu chiziqda joylashgan nuqta 0C o‘qning
tegishli miqdordagi iste’mol sarfiga teng bo‘ladi. Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi
sof daromadning barcha hajmini to‘liq iste’molga sarflaydi. Biroq, bunday tenglik
amalda doimo ham ro‘y beravermaydi. Iste’mol sarflari miqdori baozida joriy sof
311
Logotip
xo‘jaliklarining joriy daromadlarini ko‘rsatadi. Demak, Keyns fikriga ko‘ra, iste’mol – uy xo‘jaliklari joriy daromadlarining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi: . Iste’mol funksiyasini grafik ko‘rinishida ham tasvirlash mumkin (16.1-chizma). Bunda tik o‘qqa iste’mol sarflari, yotiq o‘qqa esa aholi ixtiyoridagi daromad miqdori joylashtiriladi. 16.1-chizma Iste’mol funksiyasining grafikdagi tasviri F C E2 V C = C(Y) E0 C0 E1 0 Y1 Y Har ikkala o‘q o‘rtasidan 45 ostida o‘tuvchi 0F to‘g‘ri chiziq iste’mol sarflari va ixtiyordagi (sof) daromadning miqdoran tengligini ifodalaydi. 0Y o‘qidagi har qanday daromad miqdorini ifodalovchi ushbu chiziqda joylashgan nuqta 0C o‘qning tegishli miqdordagi iste’mol sarfiga teng bo‘ladi. Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi sof daromadning barcha hajmini to‘liq iste’molga sarflaydi. Biroq, bunday tenglik amalda doimo ham ro‘y beravermaydi. Iste’mol sarflari miqdori baozida joriy sof 311
daromadlar  miqdoridan  past  bo‘lishi,  baozida  esa  oshib  ketishi  ham  mumkin.
Shuning uchun iste’mol egri chizig‘i C sof daromad 0F chizig‘iga mos tushmay, unga
nisbatan maolum darajada og‘adi. Har ikkala chiziqning o‘zaro kesishgan V nuqtasi
«0  darajadagi  jamg‘arma»ni  anglatadi.  Bu  nuqtaning  chap  tomonida  iste’mol
sarflari daromad miqdoridan yuqori bo‘lib, bu manfiy jamg‘arma deb ataladi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, real hayotda iste’molning ma’lum qismi daromad
hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, biron-bir shaxsning daromadi kutilmaganda
juda past darajaga tushib qolishi mumkin. Biroq, bu shaxs, daromadi bunga imkon
bermagan taqdirda ham, maolum darajada ovqatlanish, kiyinish va boshqa zarur
iste’mol xarajatlarini amalga oshirishga majbur. U mazkur sarflarni yo oldingi davrda
jamg‘arilgan daromadlari hisobiga, yoki o‘zgalardan qarz olish hisobiga qoplashi
mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda iste’mol sarflarining bu darajasi  avtonom (ya’ni,
joriy  sof  daromaddan  mustaqil)  holdagi  iste’mol  darajasi deyiladi.  Bizning
grafigimizda bu daraja S0 nuqtadan boshlanadi.
Chizmadagi V nuqtaning o‘ng tomoni esa ijobiy (musbat ishorali) jamg‘arma
deb  ataladi.  Aynan  V  nuqtada  aholi  daromadlari  va  sarflarining  muvozanatiga
erishiladi. Daromad miqdori oshib borgan sari bu muvozanat buzilib, jamg‘arma
miqdori ortib boradi. Chizmadagi daromadning Y1 darajasida iste’mol miqdori E1E0
kesmadan, jamg‘arma miqdori esa ye0E2 kesmadan iborat bo‘ladi.
Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri bir oz o‘zgacha ko‘rinishda bo‘ladi
(16.2-chizma). 
  16.2-chizma
Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri
                      S
                                                                             S=S(Y)
                                                            E0   
                                                      
                                       B                  E2   
312
Logotip
daromadlar miqdoridan past bo‘lishi, baozida esa oshib ketishi ham mumkin. Shuning uchun iste’mol egri chizig‘i C sof daromad 0F chizig‘iga mos tushmay, unga nisbatan maolum darajada og‘adi. Har ikkala chiziqning o‘zaro kesishgan V nuqtasi «0 darajadagi jamg‘arma»ni anglatadi. Bu nuqtaning chap tomonida iste’mol sarflari daromad miqdoridan yuqori bo‘lib, bu manfiy jamg‘arma deb ataladi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, real hayotda iste’molning ma’lum qismi daromad hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, biron-bir shaxsning daromadi kutilmaganda juda past darajaga tushib qolishi mumkin. Biroq, bu shaxs, daromadi bunga imkon bermagan taqdirda ham, maolum darajada ovqatlanish, kiyinish va boshqa zarur iste’mol xarajatlarini amalga oshirishga majbur. U mazkur sarflarni yo oldingi davrda jamg‘arilgan daromadlari hisobiga, yoki o‘zgalardan qarz olish hisobiga qoplashi mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda iste’mol sarflarining bu darajasi avtonom (ya’ni, joriy sof daromaddan mustaqil) holdagi iste’mol darajasi deyiladi. Bizning grafigimizda bu daraja S0 nuqtadan boshlanadi. Chizmadagi V nuqtaning o‘ng tomoni esa ijobiy (musbat ishorali) jamg‘arma deb ataladi. Aynan V nuqtada aholi daromadlari va sarflarining muvozanatiga erishiladi. Daromad miqdori oshib borgan sari bu muvozanat buzilib, jamg‘arma miqdori ortib boradi. Chizmadagi daromadning Y1 darajasida iste’mol miqdori E1E0 kesmadan, jamg‘arma miqdori esa ye0E2 kesmadan iborat bo‘ladi. Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri bir oz o‘zgacha ko‘rinishda bo‘ladi (16.2-chizma). 16.2-chizma Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri S S=S(Y) E0 B E2 312
                      0                                       Y1                   Y
Chizmadan ko‘rinadiki, jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri iste’mol
funksiyasi tasvirining aksi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu grafikda ham V nuqta 0
darajadagi  jamg‘arishni,  0Y yotiq chizig‘ining 0  darajadan  pastki  qismi  manfiy
jamg‘arishni, yuqori qismi esa ijobiy (musbat) jamg‘arishni anglatadi. ye0E2 kesma
sof daromadning Y1 darajasidagi jamg‘arma miqdorini ko‘rsatadi.
Iste’mol va jamg‘arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator ob’ektiv va
sub’ektiv  omillar  ta’sir  ko‘rsatadi.  Ob’ektiv  omillar  alohida  iste’molchining
ixtiyoriga, idrokiga bog‘liq bo‘lmagan omillardan iborat bo‘lib, ulardan asosiylari
sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- barcha xo‘jaliklar tomonidan jamg‘arilgan mol-mulk darajasi;
- narxlar darajasi;
- real foiz stavkalari;
- iste’molchining qarzdorligi darajasi;
- iste’molchilarni soliqqa tortish darajasi.
Suboektiv omillar asosan iste’molchining o‘ziga, uning ruhiyati va bozordagi
xatti-harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar qatoriga iste’mol va jamg‘arishga bo‘lgan
moyillik, kelgusidagi narx, pul daromadlari, soliq, tovarlar mavjudligi darajasining
o‘zgarishiga nisbatan munosabatni kiritish mumkin. 
Aholi daromadining iste’molga sarflanadigan ulushi  iste’molga o‘rtacha
moyillik (IO‘M) deyiladi: 
.
Aholi  daromadining  jamg‘armaga  ketadigan  ulushi  esa  jamg‘armaga
o‘rtacha moyillik (JO‘M) deyiladi:
.
Bizning misolimizda (16.1-jadval) yillar davomida daromad hajmi oshib borishi
bilan IO‘M pasayib, JO‘M esa o‘sib bormoqda. Shunisi ahamiyatliki, iste’molga va
313
Logotip
0 Y1 Y Chizmadan ko‘rinadiki, jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri iste’mol funksiyasi tasvirining aksi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu grafikda ham V nuqta 0 darajadagi jamg‘arishni, 0Y yotiq chizig‘ining 0 darajadan pastki qismi manfiy jamg‘arishni, yuqori qismi esa ijobiy (musbat) jamg‘arishni anglatadi. ye0E2 kesma sof daromadning Y1 darajasidagi jamg‘arma miqdorini ko‘rsatadi. Iste’mol va jamg‘arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ob’ektiv omillar alohida iste’molchining ixtiyoriga, idrokiga bog‘liq bo‘lmagan omillardan iborat bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: - barcha xo‘jaliklar tomonidan jamg‘arilgan mol-mulk darajasi; - narxlar darajasi; - real foiz stavkalari; - iste’molchining qarzdorligi darajasi; - iste’molchilarni soliqqa tortish darajasi. Suboektiv omillar asosan iste’molchining o‘ziga, uning ruhiyati va bozordagi xatti-harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar qatoriga iste’mol va jamg‘arishga bo‘lgan moyillik, kelgusidagi narx, pul daromadlari, soliq, tovarlar mavjudligi darajasining o‘zgarishiga nisbatan munosabatni kiritish mumkin. Aholi daromadining iste’molga sarflanadigan ulushi iste’molga o‘rtacha moyillik (IO‘M) deyiladi: . Aholi daromadining jamg‘armaga ketadigan ulushi esa jamg‘armaga o‘rtacha moyillik (JO‘M) deyiladi: . Bizning misolimizda (16.1-jadval) yillar davomida daromad hajmi oshib borishi bilan IO‘M pasayib, JO‘M esa o‘sib bormoqda. Shunisi ahamiyatliki, iste’molga va 313
jamg‘armaga  o‘rtacha  moyillik  ko‘rsatkichlari  iste’mol  va  jamg‘armaning
daromaddagi ulushini anglatar ekan, ulardan birining qandaydir miqdorga o‘zgarishi
boshqa birining ham teskari yo‘nalishda xuddi shunday miqdorga o‘zgarishiga olib
keladi. Qisqacha aytganda, 
 bo‘ladi. 
Shuningdek,  iste’mol  yoki  jamg‘armaga  keyingi  qo‘shilgan  moyillik
ko‘rsatkichi ham ahamiyatlidir. Bu ko‘rsatkich iste’molchi daromadining navbatdagi
o‘zgarishi uning iste’mol va jamg‘armaga nisbatan munosabati qanday o‘zgarishini
aks ettiradi. Daromad hajmining o‘zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining
o‘zgarishi darajasi iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik (IQM) deyiladi, yaoni: 
        
.                 
Daromad hajmining o‘zgarishi natijasida jamg‘arma hajmining o‘zgarishi
darajasi jamg‘armaga keyingi qo‘shilgan moyillik (JQM) deyiladi, yaoni: 
.
Demak, sof daromadning o‘sgan qismi ham yo iste’molga, yoki jamg‘armaga
sarflanadi. Bu sarflangan qismlar o‘rtasidagi nisbat o‘zgargan taqdirda ham ularning
umumiy yig‘indisi 1ga teng bo‘ladi, yaoni: 
Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatining samarali amalga
oshishida  jamg‘arish  jarayonlarining  ahamiyati  beqiyosdir.  Shunga  ko‘ra,
jamg‘arishning mohiyati, uning omillari va samaradorligi ko‘rsatkichlarini alohida
ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
2. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
314
Logotip
jamg‘armaga o‘rtacha moyillik ko‘rsatkichlari iste’mol va jamg‘armaning daromaddagi ulushini anglatar ekan, ulardan birining qandaydir miqdorga o‘zgarishi boshqa birining ham teskari yo‘nalishda xuddi shunday miqdorga o‘zgarishiga olib keladi. Qisqacha aytganda, bo‘ladi. Shuningdek, iste’mol yoki jamg‘armaga keyingi qo‘shilgan moyillik ko‘rsatkichi ham ahamiyatlidir. Bu ko‘rsatkich iste’molchi daromadining navbatdagi o‘zgarishi uning iste’mol va jamg‘armaga nisbatan munosabati qanday o‘zgarishini aks ettiradi. Daromad hajmining o‘zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o‘zgarishi darajasi iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik (IQM) deyiladi, yaoni: . Daromad hajmining o‘zgarishi natijasida jamg‘arma hajmining o‘zgarishi darajasi jamg‘armaga keyingi qo‘shilgan moyillik (JQM) deyiladi, yaoni: . Demak, sof daromadning o‘sgan qismi ham yo iste’molga, yoki jamg‘armaga sarflanadi. Bu sarflangan qismlar o‘rtasidagi nisbat o‘zgargan taqdirda ham ularning umumiy yig‘indisi 1ga teng bo‘ladi, yaoni: Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatining samarali amalga oshishida jamg‘arish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Shunga ko‘ra, jamg‘arishning mohiyati, uning omillari va samaradorligi ko‘rsatkichlarini alohida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 2. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi 314
Jamg‘arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib,
investitsion  tavsifdagi  tovarlarga  talab  darajasini  belgilab  beradi.  Investitsiyalar
jamg‘arishning amalda namoyon bo‘lish shakli bo‘lganligi sababli dastlab tahlilni
jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan
boshlaymiz.
Jamg‘arish – milliy daromad bir qismining asosiy va aylanma kapitallarni,
shuningdek, ehtiyot zaxiralarini ko‘paytirish uchun sarflanishidir.
Ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish  maqsadidagi  jamg‘arish  bir-biridan
farqlanadi.  Jamg‘arilgan  mablag‘larning  moddiy  ishlab  chiqarish  sohasining
asosiy kapitallarini va aylanma mablag‘larini kengaytirishga ketadigan qismi
ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish summasini hosil qiladi. Ishlab chiqarish
sohasidagi jamg‘arish iqtisodiy o‘sishning muhim omilidir.
Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg‘arish (noishlab chiqarish jamg‘arishi) uy-
joy fondini, kasalxonalar, o‘quv muassasalari, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport
muassasalari,  yaoni  nomoddiy  ishlab  chiqarish  tarmoqlarini  kengaytirish,
rekonstruksiyalash,  yangilashga  sarflanadi. 
Noishlab  chiqarish  sohasini
kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.
Jamg‘arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish suroatlarini
belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg‘arish normasi bevosita jamg‘arish
summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: 
,
bunda:  JN - jamg‘arish normasi; 
JS - jamg‘arish summasi; 
MD - milliy daromad.
Jamg‘arish  normasining  ham  o‘z  chegarasi  bo‘lib,  uni  me’yoridan oshirish
iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investitsion sarflar samaradorligi
pasayib  ketishi  mumkin,  chunki  kapital  mablag‘lar  hajmi  bilan  qurilish
315
Logotip
Jamg‘arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investitsion tavsifdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg‘arishning amalda namoyon bo‘lish shakli bo‘lganligi sababli dastlab tahlilni jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz. Jamg‘arish – milliy daromad bir qismining asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zaxiralarini ko‘paytirish uchun sarflanishidir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg‘arish bir-biridan farqlanadi. Jamg‘arilgan mablag‘larning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitallarini va aylanma mablag‘larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish summasini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish iqtisodiy o‘sishning muhim omilidir. Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg‘arish (noishlab chiqarish jamg‘arishi) uy- joy fondini, kasalxonalar, o‘quv muassasalari, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport muassasalari, yaoni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir. Jamg‘arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish suroatlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg‘arish normasi bevosita jamg‘arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: , bunda: JN - jamg‘arish normasi; JS - jamg‘arish summasi; MD - milliy daromad. Jamg‘arish normasining ham o‘z chegarasi bo‘lib, uni me’yoridan oshirish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag‘lar hajmi bilan qurilish 315
tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar yetkazib berish imkoniyatlari,
infratuzilmaning  rivojlanishi  o‘rtasida  nomutanosiblik  paydo  bo‘ladi.  Oqibatda
iqtisodiy o‘sish pasayib ketish tamoyiliga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, jamg‘arish  hajmi iqtisodiy o‘sish sur’atlari  va sifatiga faqat
o‘zining  miqdori  bilangina  hal  qiluvchi  ta’sir  ko‘rsatib  qolmaydi.  Fan-texnika
revolyusiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o‘ringa chiqadi.
Jamg‘arish  hajmi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli
milliy daromad hajmi ko‘payishini belgilaydigan omillar, jamg‘arish miqdorini ham
belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo‘llaniladigan resurslar massasi va ularning
unumdorligidir.  Jamg‘arish  miqdori  ishlab  chiqarish  jarayonida  xomashyo,
materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog‘liq. Mahsulot birligiga ularni
sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o‘sha miqdorida mahsulotlarni ko‘proq
hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi.
3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar
Investitsiyalar 
–  asosiy  va  aylanma  kapitalni  qayta  tiklash  va
ko‘paytirishga,  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  kengaytirishga  qilingan
sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya
va  boshqa  qimmatli  qog‘ozlar  ko‘rinishida  amalga  oshiriladi.  Pul  mablag‘lari
ko‘rinishidagi investitsiya  nominal investitsiya, ana shu pul mablag‘lariga sotib
olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi. 
Investitsiyalarni  ro‘yobga  chiqarish  bo‘yicha  amaliy  harakatlar  –
investitsion  faoliyat,  investitsiyalarni  amalga  oshiruvchi  shaxs  –  investor
deyiladi.
Investitsiyalarning  manbalaridan  biri  bo‘lib  aholi  keng  qatlamlarining
jamg‘armalari hisoblanadi. Shuni taokidlash lozimki, amalda jamg‘arma egasi va
investor  bir  shaxsda  namoyon  bo‘lishi  va  bo‘lmasligi  ham  mumkin.  Odatda,
jamg‘arma jamiyatdagi ko‘pchilik suboektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan
investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa suboektlar tomonidan amalga
316
Logotip
tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar yetkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o‘rtasida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Oqibatda iqtisodiy o‘sish pasayib ketish tamoyiliga ega bo‘ladi. Shunday qilib, jamg‘arish hajmi iqtisodiy o‘sish sur’atlari va sifatiga faqat o‘zining miqdori bilangina hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib qolmaydi. Fan-texnika revolyusiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o‘ringa chiqadi. Jamg‘arish hajmi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko‘payishini belgilaydigan omillar, jamg‘arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo‘llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg‘arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xomashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog‘liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o‘sha miqdorida mahsulotlarni ko‘proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi. 3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi. Investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi. Investitsiyalarning manbalaridan biri bo‘lib aholi keng qatlamlarining jamg‘armalari hisoblanadi. Shuni taokidlash lozimki, amalda jamg‘arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo‘lishi va bo‘lmasligi ham mumkin. Odatda, jamg‘arma jamiyatdagi ko‘pchilik suboektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa suboektlar tomonidan amalga 316
oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq
xo‘jalik  va  boshqa  korxonalar  jamg‘armasi  ham  investitsiya  manbai  bo‘lib
hisoblanadi.  Bu  o‘rinda  «jamg‘aruvchi»  va  «investor»  bir  suboektda
mujassamlashadi.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
- investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul
jamg‘armalari va h.k.);
- qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
- jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar,
jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari);
- davlat budjeti mablag‘lari;
- chet elliklar mablag‘lari. 
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi; 
2) foiz stavkasi.
Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi.
Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo‘lsa, sotib
oladilar.
Investitsiyalar  darajasini belgilaydigan ikkinchi omil  foizning real  stavkasi
hisoblanadi. Foiz stavkasi – real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo‘lgan,
bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona to‘lashi lozim bo‘lgan pul miqdori. 
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari
boshqa quyidagi omillar ham taosir ko‘rsatadi: 
1) mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish
xarajatlari; 
2) tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;
3) texnologik o‘zgarishlar. 
Shunga  ham  eotibor  qaratish  lozimki,  yalpi  sarflar  tarkibining  investitsiya
sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko‘ra
yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur.
317
Logotip
oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa korxonalar jamg‘armasi ham investitsiya manbai bo‘lib hisoblanadi. Bu o‘rinda «jamg‘aruvchi» va «investor» bir suboektda mujassamlashadi. Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin: - investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari va h.k.); - qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari); - jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari); - davlat budjeti mablag‘lari; - chet elliklar mablag‘lari. Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi; 2) foiz stavkasi. Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo‘lsa, sotib oladilar. Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi – real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo‘lgan, bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona to‘lashi lozim bo‘lgan pul miqdori. Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham taosir ko‘rsatadi: 1) mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari; 2) tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori; 3) texnologik o‘zgarishlar. Shunga ham eotibor qaratish lozimki, yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko‘ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur. 317
Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni
qoplashga mo‘ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga
har qanday sof qo‘shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab
chiqarishni  o‘z  ichiga  oladi. Sof  investitsiyalar esa  joriy  yil  davomida
qo‘shimcha ravishda jalb  qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha
aysak,  sof  investitsiya  yalpi  investitsiya  bilan  amortizatsiya  ajratmalarining
ayirmasiga teng. Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o‘sishini taominlaydi.
Yalpi  investitsiyalar  bilan  amortizatsiya  hajmi  o‘rtasidagi  nisbat  iqtisodiyot
rivojlanish  holatining  ko‘rsatkichi  hisoblanadi.  Quyidagi  chizmada  yalpi  va  sof
investitsiyalar  hamda  amortizatsiya  nisbati  o‘zgarishining  o‘suvchi,  turg‘un  va
qisqaruvchi iqtisodiyotlarga taosirini ko‘rishimiz mumkin (16.3-chizma).
Chizmadan  ko‘rinadiki,  yalpi  investitsiyalar  tarkibida  sof  investitsiyalar
hajmining ahamiyatli darajada bo‘lishi yil oxirida kapital hajmining o‘sishiga hamda,
pirovardida iqtisodiyotning o‘sishiga olib keladi. Turg‘un iqtisodiyot sharoitida esa
yalpi investitsiyalar faqat amortizatsiya ajratmalari, yaoni iste’mol qilingan kapitalni
qoplash fondi hajmiga teng bo‘lib, yil oxirida kapital miqdori o‘zgarmay qoladi.
Yalpi investitsiyalarning iste’mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmidan ham
oz  bo‘lishi  yil  oxirida  kapital  miqdorining  qisqarishiga  va,  buning  oqibatida,
iqtisodiyot ko‘rsatkichlarining pasayib ketishiga olib keladi.
318
Logotip
Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo‘ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo‘shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo‘shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha aysak, sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o‘sishini taominlaydi. Yalpi investitsiyalar bilan amortizatsiya hajmi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiyot rivojlanish holatining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Quyidagi chizmada yalpi va sof investitsiyalar hamda amortizatsiya nisbati o‘zgarishining o‘suvchi, turg‘un va qisqaruvchi iqtisodiyotlarga taosirini ko‘rishimiz mumkin (16.3-chizma). Chizmadan ko‘rinadiki, yalpi investitsiyalar tarkibida sof investitsiyalar hajmining ahamiyatli darajada bo‘lishi yil oxirida kapital hajmining o‘sishiga hamda, pirovardida iqtisodiyotning o‘sishiga olib keladi. Turg‘un iqtisodiyot sharoitida esa yalpi investitsiyalar faqat amortizatsiya ajratmalari, yaoni iste’mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmiga teng bo‘lib, yil oxirida kapital miqdori o‘zgarmay qoladi. Yalpi investitsiyalarning iste’mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmidan ham oz bo‘lishi yil oxirida kapital miqdorining qisqarishiga va, buning oqibatida, iqtisodiyot ko‘rsatkichlarining pasayib ketishiga olib keladi. 318
16.3-chizma 
Yalpi investitsiya hamda amortizatsiya nisbati o‘zgarishining iqtisodiyotga
taosiri
a) o‘sib boruvchi iqtisodiyot
                    
                  Yalpi             
     investitsiyalar
  Yil boshiga              YaMMning yillik hajmi         Yil oxiriga
b) turg‘un iqtisodiyot
319
Sof invеstitsiyalar
Amortizatsiya
Istе’mol va davlat 
sarflari
Kapital 
hajmi
Kapital hajmi
Amortizatsiya
Istе’mol va davlat 
sarflari
Kapital hajmi
Kapital hajmi
Amortizatsiya
 Р 
Istе’mol va davlat 
sarflari
Kapital hajmi
Kapital hajmi
Logotip
16.3-chizma Yalpi investitsiya hamda amortizatsiya nisbati o‘zgarishining iqtisodiyotga taosiri a) o‘sib boruvchi iqtisodiyot Yalpi investitsiyalar Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga b) turg‘un iqtisodiyot 319 Sof invеstitsiyalar Amortizatsiya Istе’mol va davlat sarflari Kapital hajmi Kapital hajmi Amortizatsiya Istе’mol va davlat sarflari Kapital hajmi Kapital hajmi Amortizatsiya Р Istе’mol va davlat sarflari Kapital hajmi Kapital hajmi
                     Yalpi
        investitsiyalar
  Yil boshiga            YaMMning yillik hajmi         Yil oxiriga
d) qisqarayotgan iqtisodiyot
                     Yalpi
      investitsiyalar
  
Yil boshiga            YaMMning yillik hajmi         Yil oxiriga
4. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi nisbatni taominlash muammolari
Jamg‘arma  va  investitsiya  o‘rtasidagi  makroiqtisodiy  muvozanatga  erishish
barqaror iqtisodiy o‘sishning sharti hisoblanadi. Biroq, bu muvozanatga erishish
doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi hamda jamg‘arma
darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog‘liqligi hisoblanadi.
320
Logotip
Yalpi investitsiyalar Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga d) qisqarayotgan iqtisodiyot Yalpi investitsiyalar Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga 4. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi nisbatni taominlash muammolari Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish barqaror iqtisodiy o‘sishning sharti hisoblanadi. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi hamda jamg‘arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog‘liqligi hisoblanadi. 320
Investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi muvozanatni taominlash borasida bir qator
nazariy  qarashlar  farqlanadi.  Bu  borada  eng  avvalo  klassik  iqtisodchilarning
qarashlarini ko‘rib chiqamiz.
Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat – bu ular tomonidan
foiz  stavkasining  ham  investitsiyaning,  ham  jamg‘armaning  funksiyasi  sifatida
qaralishi hisoblanadi (16.4-chizma).  
16.4-chizma 
Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning klassik modeli
                                     r                                S=S(r)
                                     r2
                                                          E
                                     r0
                                     r1                                 I=I(r)
                                                 
                                       0              S0=I0                S, I
Chizmadan ko‘rinadiki, klassik modelni  tuzishda tik o‘q bo‘yicha real  foiz
stavkasi, yotiq o‘q bo‘yicha esa jamg‘arma va investitsiya hajmi ko‘rsatkichlari
joylashtirilgan. Investitsiya va foiz stavkasi o‘rtasida teskari funksional bog‘liqlik
mavjud: foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, investitsiya hajmi shu qadar past
bo‘ladi va aksincha. Jamg‘arma esa to‘g‘ri, o‘suvchi funksional bog‘liqlikka ega,
yaoni foiz stavkasining yuqori bo‘lishi jamg‘arma darajasining ham yuqori bo‘lishiga
olib keladi. Iqtisodiyotdagi investitsiya va jamg‘arma hajmlari o‘rtasida muvozanat
(E nuqta)ga erishish uchun foiz stavkasining r0  darajasi taominlanishi lozim. Foiz
stavkasi darajasining muvozanat darajasidan chetlanishi (r1 – past va r2  – yuqori
bo‘lgan  holatlar)  investitsiya  va  jamg‘arma  hajmi  o‘rtasidagi  muvozanatning
buzilishiga  olib  keladi.  Foiz  stavkasining  r1 darajasida  investorlar  uchun  qulay
321
Logotip
Investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi muvozanatni taominlash borasida bir qator nazariy qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilarning qarashlarini ko‘rib chiqamiz. Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat – bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg‘armaning funksiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi (16.4-chizma). 16.4-chizma Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning klassik modeli r S=S(r) r2 E r0 r1 I=I(r) 0 S0=I0 S, I Chizmadan ko‘rinadiki, klassik modelni tuzishda tik o‘q bo‘yicha real foiz stavkasi, yotiq o‘q bo‘yicha esa jamg‘arma va investitsiya hajmi ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Investitsiya va foiz stavkasi o‘rtasida teskari funksional bog‘liqlik mavjud: foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, investitsiya hajmi shu qadar past bo‘ladi va aksincha. Jamg‘arma esa to‘g‘ri, o‘suvchi funksional bog‘liqlikka ega, yaoni foiz stavkasining yuqori bo‘lishi jamg‘arma darajasining ham yuqori bo‘lishiga olib keladi. Iqtisodiyotdagi investitsiya va jamg‘arma hajmlari o‘rtasida muvozanat (E nuqta)ga erishish uchun foiz stavkasining r0 darajasi taominlanishi lozim. Foiz stavkasi darajasining muvozanat darajasidan chetlanishi (r1 – past va r2 – yuqori bo‘lgan holatlar) investitsiya va jamg‘arma hajmi o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keladi. Foiz stavkasining r1 darajasida investorlar uchun qulay 321