ISTE’MOL VA JAMGʻARISH FUNKSIYALARI
Reja:
1. Iste’mol va jamgʻarish, ularning grafiklari va funksiyalari
2. Iste’mol va jamgʻarishga oʻrtacha hamda chegaralangan moyillik
Iste’mol bozorini bozor konyunkturasi talablari asosida toʻldirish Oʻzbekiston
makroiqtisodiyotining dolzarb masalalaridan biridir. Ma’lumki, Oʻzbekistonda iste’mol
qilinadigan tayyor mahsulotlarning katta qismi sobiq ittifoqdosh respublikalardan hamda
chet ellardan olinar edi. Mustaqillikka erishilgandan soʻng ulardan tayyor mahsulotlar olish
mushkullasha boshladi. Qolaversa, tovar ayirboshlash ham jahon narxlarida, jahon
standartlariga
moslashtirib
borilmoqda.
Bu
hol
bozor
iqtisodiyoti
ta’limotining
makrokoʻlamdagi
iste’mol
funksiyasini
oʻrganishimizni
taqozo
qiladi.
Iste’mol
funksiyasining mohiyatini bilishimiz iste’mol bozorini boshqarishimizda asos boʻladi.
Iste’mol bozori – aholi iste’moli uchun zarur boʻlgan tovar va xizmatlarni ayirboshlash
makonidir. Iste’mol bozori turli-tuman savdo shoxobchalarini: davlat, iste’mol savdosi,
dehqon bozori va chayqov bozorini oʻz ichiga oladi.
Iste’mol bozorida xaridorlar faqat fuqarolardan iborat boʻlmaydi. Xaridorlar tarkibiga
aholiga bepul xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar (kasalxona, bolalar bogʻchasi,
qariyalar uyi va boshqalar) ham kiradi. Ular ham keng iste’mol buyumlarining
iste’molchilaridir. Iste’mol bozorida har xil xizmatlar (madaniy, tibbiy, texnikaviy) ham
sotiladi. Iste’mol bozorining hajmi unda sotiladigan tovarlarning yalpi summasi (masalan,
tovar oboroti) bilan belgilanadi. Iste’mol tovarlari qat’iy davlat narxlari, nazorat qilinadigan
narxlar va erkin narxlarda sotiladi.
Iste’mol bozori oʻzining holatiga qarab ikki xil boʻladi: toʻyingan bozor va taqchil
bozor yoki och bozor. Toʻyingan bozorlarda iste’mol tovarlari talabga yetarli sifatda va
miqdorda boʻladi. Taqchil bozorda esa tovarlar surunkasiga iste’molni qondirmaydi, uning
narxi yuqori boʻladi. Tovarlar narxining yuqoriligi va taqchilligi natijasida iste’molchini
ijtimoiy himoyalash zarurati kelib chiqadi. Iqtisodchilar tomonidan “iste’mol savati” va
uning qiymati aniqlanadi. “Iste’mol savati” – muayyan oziq-ovqat, sanoat mollari va
xizmatlarning tirikchiligini ta’minlashga ma’lum darajada yetarli boʻlgan miqdorini
koʻrsatadi. Narxlarning toʻxtovsiz oʻsib borayotgan hozirgi sharoitida aholining koʻrgan
zararini qoplash uchun hukumat tomonidan mamlakatda “iste’mol savati” tarkibi aniqlanadi
va uni qoʻllash taklif etiladi.
Uy xoʻjaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi
talab yoki YaIMning yakuniy iste’molga koʻra tarkibida eng katta ulushga ega boʻlgan
komponentdir. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy
tasarrufdagi daromadning asosiy qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga
ta’sir etuvchi omillarni, uning oʻzgarish qonuniyatlarini oʻrganish muhim ahamiyatga ega.
Uy xoʻjaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning
jamgʻarmalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamgʻarish hajmi foiz stavkasining
funksiyasi deb qarashsa J.M. Keyns uy xoʻjaliklarining iste’mol xarajatlari va jamgʻarishlari
hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan
daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamgʻarish hajmini
belgilovchi asosiy omil uy xoʻjaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert
toʻlovlari va toʻlagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable
income, yoki Yd ) koʻrsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamgʻarmalar,
milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
Ma’lumki, uy xoʻjaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamgʻarish uchun ishlatiladi.
Ya’ni, qancha koʻp iste’mol qilinsa, shuncha kam jamgʻariladi va aksincha. Iste’mol va
jamgʻarish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik har xil daromadga ega boʻlgan shaxslarda bir xil
emas: kam daromadga ega boʻlganlar, odatda, uning koʻproq qismini iste’mol qilib, kamroq
qismini jamgʻaradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamgʻarish foydasiga
oʻsadi. Bu bogʻliqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida koʻrib chiqamiz (4-jadval).
Tasarrufidagi daromad hajmi 370 shartli birlikka (sh.k.) teng boʻlganda uy xoʻjaliklari
iste’moli 375 sh.b.ka teng, ya’ni tasarrufidagi daromaddan 5 sh.b.ka koʻp boʻladi. Ya’ni uy
xoʻjaliklari 5 sh.b.ka teng miqdorda qarz hisobiga yoki oʻtgan yillarda toʻplangan
jamgʻarmalar hisobiga iste’mol xarajatlari qiladilar.
23.1-jadv
Daromad, iste’mol va jamgʻarish koʻrsatkichlari
Yillar
Tasarrufdagi
daromad (Yd)
Iste’mol (C)
Jamgʻarish (S)
1
2
3
4
5
6
7
370
390
410
430
450
470
490
375
390
405
420
435
450
465
-5
0
5
20
15
20
25
Uy xoʻjaliklari tasarrufidagi daromadlar 390 sh.b.ka teng boʻlganda, uning miqdori
iste’mol miqdori bilan tenglashadi. Bu miqdor boʻsagʻaviy daromad deb yuritiladi.
6-chizma ma’lumotlari asosida iste’mol grafigini chizamiz.
Iste’mol grafigi ikki toʻgʻri chiziq koʻrinishida berilgan. Bissektrisa koʻrinishidagi Yd
=C toʻgʻri chizigʻining har bir nuqtasida iste’mol va tasarrufidagi daromad hajmlari teng
boʻladi.
S Yd =C
420
390
375
370 390 430 Yd
23.1-chizma. Iste’mol grafigi
Haqiqiy iste’mol (S) grafigi haqiqiy iste’mol va daromad teng boʻlgan nuqtada (α)
bissektrisa bilan kesishadi. Boʻsagʻaviy nuqtadan quyida haqiqiy iste’mol daromaddan oshiq.
Bu vaziyat insonlarning qarz hisobiga hayot kechirishini bildiradi. α – nuqtada yuqorida
haqiqiy iste’mol daromaddan kam hamda ular oʻrtasidagi farq jamgʻarishni tashkil etadi.
Haqiqiy iste’mol toʻgʻri chizigʻi iste’mol hajmini belgilovchi vertikal oʻqni a nuqtada kesib
oʻtadi. Bu hol uy xoʻjaliklari umuman daromad olmaganlarida ham ma’lum miqdorda
iste’mol qilishlarini anglatadi. a – nuqta esa avtonom iste’mol hajmini bildiradi.
Keltirilgan ma’lumotlar asosida jamgʻarish grafigini ham koʻrib chiqamiz (7-chizma).
Jamgʻarish grafigi daromad bilan jamgʻarish oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalaydi. Vertikal
oʻqdagi har bir nuqta jamgʻarma miqdorini bildiradi va daromad bilan unga muvofiq
keladigan iste’mol hajmi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi (S= Yd - S). Boshlangʻich
daromad darajasida jamgʻarish nolga (0) teng boʻlgan holda ixtiyordagi daromad hajmi oʻsib
borishi bilan uning miqdori ham oshib boradi.
S
S
5 370 390 410 430 450 470 Yd
0
-5
23.2-chizma. Jamgʻarish grafigi
Mavzuning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma’lumotlar va grafiklarga tayanib
iste’mol funksiyasini yozamiz:
C = a + b Yd , bu yerda: a – avtonom xarajatlar; Yd – tasarrufidagi daromad (Yd =Y-
T), bu yerda: T – soliqlar;
b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bogʻliqligini ifodalovchi koeffitsiyent,
boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik.
ΔS
b = --------- 100
Δ Yd
Demak, iste’mol hajmi avtonom iste’molga, tasarrufidagi daromad hajmiga va iste’mol
hajmining tasarrufidagi daromad oʻzgarishiga ta’sirchanligiga bogʻliq.
Jamgʻarish grafigini ham iste’mol grafigiga oʻxshab algebraik ifodalash mumkin, ya’ni
jamgʻarish funksiyasi quyidagi koʻrinishga ega:
S = -a + (1 -b) Yd
Iste’mol va jamgʻarish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari quyidagi
omillar, toʻgʻrirogʻi bu omillardagi oʻzgarishlar ham ta’sir koʻrsatadi:
Uy xoʻjaliklari daromadlari;
Uy xoʻjaliklarida toʻplangan mulk hajmi;