ITLARDA GASTROTOMIYA, ENTEROTOMIYA VA ICHAKLARNI
KESISH TEXNIKASI. TO‘G‘RI ICHAKDA O‘TKAZILADIGAN
OPERASIYALAR. DABBALARNI JARROXLIK YO‘LI BILAN
DAVOLASH..
MA’RUZA REJASI:
1. Ichaklardagi operatsiyalar: anatomo-topografik ma’lumot. Katta va mayda
hayvonlar enterotomiyasi. Ichak rezeksiyasi (kesish).
2. Dabbalar va tasniflanishi:. To‘g‘ri bo‘ladigan, to‘g‘ri bo‘lmaydigan,
qisilgan dabbalarni operativ yo‘l bilan davolash.
3. Kindik, qorin yonbosh devoridagi, chov kanali, urug‘don xalta dabbalarni
operatsiya qilish.
4. To‘g‘ri ichak va anus (orqa chiqaruv teshigi) dagi operatsiyalar. Anatomo-
topografik ma’lumot.
5. To‘g‘ri ichak rezeksiyasi. Sun’iy yo‘l bilan orqa chiqaruv teshigini hosil
qilish (kolostomiya).
Tayanch iboralar:
ingichka ichak, yo’g’on ichak, gastrotomiya,
enterotomiya, suniy teshik, kolostomiya, chov kanali, urug‘don xalta, dabba.
Gastrotomiya texniksi.
Bu operasiya asosan itlarda olib boriladi.
Anatomo – topografik ma’lumotlar.
Itlarning oshqozoni asosiy qismi chap qovurg‘a osti va qilichsimon tog‘ay
qismida joylashadi. Oldi tarafi jigarga tegsa, orqa tarafi 12- qovurg‘acha yetib
boradi ventral yuzasi qorin devori tomon qaragan, u to‘lgan vaqtida unga tegib
turadi. Oshqozonni kichik qiyasi oldinga yo‘naltirilgan va kichik charvi orqali jigar
bilan birikkan. Oshqozonni katta kiyasida kaudal tomonga katta charvi
yo‘naltirilgan, u qorindagi organlari qorin devoridan ajratib turadi.
Kursatmasi - oshqozon yoki qizilungachni pastki qismiga begona jismlarni
tiqilib qolishida.
Og‘riqsizlantirish- bezovta bo‘ladiganlarga narkoz, neyrolept-analgeziya –
2.5 % aminazin 1 ml 10 kg tirik vazngacha, rampun, rometar – 0,15 gr 1 kg,
ketamin, kolipsol, ketanal – 1 mg 1 kg, kesim chizig‘i buylab infiltrasion
og‘riqsizlantirish, plevra usti novokain blokadasi Mosin buyicha.
Operasiya texnikasi
.
Hayvon yelkadan fiksasiya qilinadi. Kesim kindik oldi bo‘limida amalga
oshiriladi, uzunligi 10 – 12 sm, u medial yoki paramedial olib borilishi mumkin.
Qo‘lni korin bo‘shlig‘iga tushirib oshqozon begona jism bilan birga jarohat orqali
tashqariga chiqariladi. Shundan sung oshqozon salfetkalar yordamida chegaralinadi
va qon tomirlar kam bulgan joyi kesiladi. Kesim orqali korsang yoki barmoq bilan
begona jism olib tashlanadi. Operasiyaning yakuni bosqichida oshqozon jarohatiga
Shmiden, Lamber choki quyiladi. Shundan sung qorin devori va teri choqlanadi. It
bir necha kun parxezda ushlanadi. Choklar 7–10 kundan keyin olib tashlanadi.
Enterotomiya texnikasi
Kursatmasi – ichakni yorish operasiyasi asosan kichik hayvonlarda
bajariladi. Agar ichaklarda begona jismlar tiqilib qolgan bo‘lsa.
Asboblar – har doim ishlatiladigan asboblardan tashqari bir juft ichak
qisqichi.
Og‘riqsizlantirish – narkoz neyroleptonolgeziya, mahalliy og‘riqsizlantirishi,
plevra usti novokain blokadasi.
Operasiya texnikasi – hayvon orqasiga yoki yon tomoni bilan fiksasiya
qilinadi. Kesim oq chiziq bo‘ylab kindikning orqa qismida olib boriladi.
Laporotomiya o‘tkazilgandan keyin, ichak begona jism bilan tashqariga chiqariladi.
Ichak devori nekrozga uchramagan lbo‘lsa, uni ichidagi ozuqa barmoqlar
yordamida chap va o‘ng tarafga surilib ichak qisqichi bilan qisiladi. Ichak devori
kesilgandan keyin begona jism olib tashlanadi. Jarohat lamber usuli bilan ikki
qavat choklanadi. Ichak qorin bo‘shlig‘iga yuborilgandan keyin devori choklanib
yopiladi.
Ichakni kesish texnikasi (resection intestini)
Ko‘rsatmasi – perforasiya yoki ichak devorini nekrozga uchrashi; qisilishi
natijasida ichak devorini nekrozga uchrashi; ichaklarni bir -biriga yopishishi yoki
invaginasiya: o‘smalar, begona jismlarni tiqilib qolishi. Bu operasiya barcha
turdagi hayvonlarda olib boriladi.
Asboblar – har doim ishlatadigan asboblardan tashqari ichak qisqichi,
ligatura ignasi, Belrot qisqichi.
Og‘riqsizlantirish – mayda hayvonlarga narkoz, neyroleptiklar, mahalliy
og‘riqsizlantirish, plevra usti novokain blokadasi.
Operasiya texnikasi – zararlangan ichakka nisbatdan laporatomiya
o‘tkaziladi. Mayda hayvonlarda paramedikal, katta hayvonlarda och biqin yoki
qorinni boshqa yonbosh qismida kesim olib boriladi. Ichakni kesish barcha
hayvonlarda bir xil olib boriladi, hayvonni turiga qarab ayrim texnik o‘zgarishlar
kiritilishi mumkin. Asosiy talab, ichak sog‘lom to‘kimalar chegarasida olib
tashlanishi kerak.
Zararlangan ichak jarohat orqali tashqariga chiqariladi va salfetkalar bilan
izolyasiya qilinadi. Axlatlar ikki tarafga silkitilgandan keyin ichak qisqichlari bilan
qisiladi. Ichak chorvisidagi qon tomirlarga ikkitadan ligatura qo‘yib bog‘lanadi.
Ichak qaychi yordamida kesiladi va shundan so‘ng ligatura oralig‘idagi charvi ham
kesiladi. Tampon bilan jarohat tozalanadi va ichaklar bir - biriga biriktriladi.
Asosan buning uchun ikkita usuldan foydalanish mumkin – uchini – uchiga va
yonboshini - yonboshga.
Operasiyani yakuniy bosqichida qorin devori vat yeri choklanadi.
To‘gri ichakni kesish (resection recti)
A) anatomo – topografik tuzilishi – to‘g‘ri ichak (intestium rectum) tos
bo‘shlig‘ini katta qismini egallaydi va iki qismga bo‘linadi: oldingi – qorin va orqa
– retroperitoneal, u siyrak biriktiruvchi to‘qima bilan o‘ralgan. Dorsal tarafi
dumg‘azaning ventral yuzasiga va dumni boshlang‘ich qismiga tegib turadi. Erkak
hayvonlarda uning pastida siydik xalta, qo‘shimcha jinsiy bezlar, siydik, urug‘
yo‘llari va siydik chiqarish kanali joylashadi. Urg‘ochi hayvonlarda esa bachadonni
tanasi va qin joylashadi. Yuqorida keltirilgan organlar, to‘g‘ri ichak, qorin vat os
devorlari orasida, erkak hayvonlarda uchta, urg‘ochilarda turtta qursoq pardani
burtiqlari hosil bo‘lgan. Tos bo‘shlig‘ini o‘rta qismida to‘g‘ri ichak ampula
shaklida kengayadi, keyin torayib orqa chiqaruvchi teshik bilan tugaydi. Katta
hayvonlarda to‘g‘ri ichakning uzunligi 20-30 sm.
To‘g‘ri ichakni qon bilan ta’minlanishi gemorraidal tomirlar orqali amalga
oshiriladi.
Innervasiyasi – o‘rta, kaudal gemorraidal nervlar, tos va simpatik nervlar
orqali.
Ko‘rsatmasi – chiqib qolgan to‘g‘ri ichakni devorini yorilishi va nekrozga
uchrashi.
Tayyorlarlik – ichak tozalanib, yuvilib, dezenfeksiya qilinadi.
Fiksasiya – katta hayvonlar tik turgan, maydalari yotgan holatda fiksasiya
qilinadi.
Og‘riqsizlantirish – katta hayvonlarga pastki sokral, maydalarga – yuza
anesteziya, neyroleptanalgeziya. Anri usuli bo‘yicha to‘g‘ri ichakni qayta tos
bo‘shlig‘iga yuborish. Buning uchun ichakni tashqariga chiqqan qismi 0,1 % kaliy
permanganat yoki 1:1000 nisbat etakridin laktit (rivanol) eritmasi bilan yaxshilab
yuviladi, yopishgan begona jismlar olib tashlanadi. Shundan so‘ng vazelin surtib
asta-sekin ichkariga yuboriladi va orqa chiqaruvchi teshik atrofiga aylana chok
qo‘yiladi.