IV-SINF O‘QUVCHILARIGA UZUNLIK, YUZA VA HAJM TUSHUNCHALARINI O‘RGATISH USULLARI
Yuklangan vaqt
2024-03-26
Yuklab olishlar soni
16
Sahifalar soni
51
Faytl hajmi
330,5 KB
“IV-SINF O‘QUVCHILARIGA UZUNLIK, YUZA VA HAJM
TUSHUNCHALARINI O‘RGATISH USULLARI” MAVZUSIDAGI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
1
2
M u n d a r i j a
Kirish……………………………………………………………………….6
1. Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini miqdoriy o’lchovlar bilan
tanishtirish
§ 1.1. Uzunlik o’lchov birliklari bilan tanishtirish…………………………14
§ 1.2. Massa haqida bilim va ko’nikmalarni xosil qilish, o’lchov birliklari
bilan tanishtirish…..………………………………………………….. 20
II. Bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini hajm va yuza o’lchovlari bilan
tanishtirish.
§2.1. Xajm va yuza haqida tasavvurlarni shakllantirish …………………26
§ 2.2. Vaqtda oid tasavvurlarni shakllantirish ……………………………43
§ 2.3. Miqdorlarga doir masalalar yechish ……………………………50
Umumiy xulosalar ………………………………………………………..63
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………...67
3
K i r i s h
Tadqiqotning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodlarning o’qish faoliyati
mazmuni, maqsad va vazifasi, vositalari, metodlari tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik
asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqoza etmoqda. Buning ahamiyatini Prezidentimiz
I.A.Karimovning “Xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizatsiyasi eng yaxshi yutuqlarini
o‘zida mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish bugunning eng muhim vazifasidir”1 degan
dasturiy fikrlaridan ham bilib olish mumkin. Ushbu vazifaning samaradorligi masallar ularning
bilim egallashdagi faolligini, mustaqil bilish faoliyatini shakllantirishga taqaladi. Bunda
o‘quvchilarning matematik tayyorgarligi jarayonini shakllantirishni 1-sinf o‘quvchilarida
dolzarbligi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini takomillashtirishga bag‘ishlangan
ilmiy adabiyotlar tahlili psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich sinflarda matematika
o‘qitish samaradorligini oshirishning ilmiy taxlili birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali
ta’lim mazmunini o‘zgartirish, didaktik elementlarni qatnashtirib o‘zlashtirish, (B.P.Erdniyev,
P.M.Erdniyev), har bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish (I.D.Zverev, V.N.Maksimova, R.A.
Mavlonova, A.Abduqodirov, A.M.Markushevich) nazariy bilimlarning rolini oshirish (V.V.
Davidov, A.K. Markova, J. Ikromov, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva,
E.Yangibayeva, M.Axmedov) yo‘nalishlarida amalga oshirilgan.
Boshlang‘ich sinf uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova,
L.SH. Levenberg), o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg,
N.U.Bikbayeva)
va
o‘quvchilar
uchun,
tajriba-sinov
qo‘llanmalari
(M.Ahmedov,
N.Abduraxmonova, R.Ibragimov, Y.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar to‘plami
(o‘quv materiallari) orqali boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish
mumkinligiga to‘xtalib o‘tishgan. Didaktika va ta’lim metodikasiga bag‘ishlangan ishlarda
(P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.SH. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) bu
muammo umumiy holatda ko‘zda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib
olinmagan.
Shuningdek, Boshlang‘ich sinflarda masallar yechishni tashkil etish vositasi sifatida ta’lim
texnologiyasi, mustaqil ishlash, o‘yin elementlaridan foydalanish yetarli darajada o‘rganilmagan.
Boshlang‘ich ta’lim nazariyasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining
mohiyati va uni tashkil etish uslubiyati masallar yechish texnologiyasining ilmiy asoslangani bilan
birga “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi”ni ma’lum darajada takomillashtirib
1 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sa’asida: xavfsizlikka taµdid, bar³arorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –
T.: O’zbekiston, 1997. 215-bet.
4
borish, malakaviy bitiruv ishimizning mavzusini “ IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi ”
deb nomladik.
Tadqiqot maqsadi. –IV-sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi bо‘yicha dars
samaradorligini oshirishning mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish, uning bir butun
tizimini о‘rganib chiqish.
Tadqiqot ob’yekti – IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish metodikasida
haqidagi tasavvurlarning tо‘la sistemasini tarkib toptirish jarayoni.
Tadqiqot predmeti – IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish metodikasi
darslarining samaradorligini oshiruvchi miqdorlar tushunchasi о‘quv materiallar mazmuni.
Tadqiqot farazi. –IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi mustahkamlash bilan bog‘lab
о‘qitishning samaradorligi oshadi, agar:
-
о‘quvchilarning olgan bilimlari qiziqarli, ongli va aniq bо‘lishi ta’minlansa;
-
IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish mazmuni, shakl va metodlari
takomillashtirilib borilsa;
-
IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘qitishda matematikadan olgan
bilimlarining sifat kо‘rsatkichi yuqori bо‘lishi e’tiborga olinsa.
Tadqiqot maqsadi va amaliy faraziga kо‘ra quyidagi vazifalar belgilanadi:
Matematika darslarida miqdorlar tushunchasini berishning psixologik-pedagogik jihatlarini
о‘rganish.
IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish mustahkamlash orqali о‘qitishning eng
maqbul yо‘llarini ishlab chiqish va uni tajriba - sinov vositasida tekshirish.
Tadqiqot usullari:
1. Muammoga doir adabiyotlarni (psixologiya, pedagogika) tahlil qilish.
2. IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish, darsdan va maktabdan tashqari
mashg‘ulotlarda metodist о‘qituvchilarning ish tajribalarini о‘rganish, tahlil qilish va
umumlashtirish.
3. О‘tkazilgan tajriba-sinov natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish.
Tadqiqot bosqichlari:
Birinchi bosqich mavzuga doir adabiyotlar о‘rganilib, tahlil qilish.
Bu davrda Boshlang‘ich sinf fan dasturlari, darsliklari, tarbiyaviy ishlarni о‘rganish asosida
matematikaga oid tajribalarni tahlil qilish.
5
Tadqiqot yuzasidan tajriba-sinov ishlarining rejasi ishlab chiqiladi.
Ikkinchi bosqich O’qituvchini faoliyatim davrida boshlang‘ich sinflarda tajriba-sinov
о‘tkazildi.
Tadqiqot natijalari matematik-statistik jihatdan tahlil qilindi va Boshlang‘ich sinf amaliyotiga
joriy etishga oid bir qator ishlar amalga oshirildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- IV sinfda miqdorlarni o’qitish dars ishlanmalarini ishlab chiqildi.
- IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish bilimlarni о‘zlashtirish darajasini
belgilovchi mezon ishlab chiqildi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati:
- IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish bilan bog‘lab о‘qitish asosida
tarbiyalashga yangicha yondashuv aniqlandi;
- IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish va bilimini mustahkamlashga doir
tadbirlar mazmuni ishlab chiqiladi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati:
- Ishlab chiqilgan tavsiyalar tо‘rtinchi sinf matematika darslarining samaradorligini oshirish
imkoniga ega.
- IV sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish о‘quvchilarni bilimli va komil inson
qilib tarbiyalashda, ota-onalar, о‘qituvchi va jamoatchilikda foydalanishlari mumkin.
Tadqiqotimizga hukumat va О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining milliy mafkurani
mustahkamlash tо‘g‘risidagi qaror va kо‘rsatmalari, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
tо‘g‘risida”gi qonuni, “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va I. A. Karimov asarlari va boshqa
ilmiy adabiyotlar metodologik asos qilib olindi.
Tadqiqotning asosiy metodi sifatida psixologik, pedagogik va yо‘naltiruvchi adabiyotlardan,
amaldagi dasturlar, darsliklar va matematikaga oid о‘quv qо‘llanmalar tahlilidan, pedagogik
kuzatuv va tajribalar, suhbatlardan foydalandik.
Bitiruv malakaviy ish ikki bob, xulosa,foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat.
6
I.
BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI QUYI SINFLARDA
MIQDORIY O’LCHOVLAR BILAN TANISHTIRISH.
§ 1.1. Uzunlik o’lchov birliklari bilan tanishtirish.
Dastlab 1-2 sinflarda uzunlik o’lchov birliklari bilan tanishtirish o’rganiladi. Masalan:
qadam, qarich, yasash va hakozo. Bular bilan uzunlik, buyum o’lchamlari masofalar o’lchangan.
Bu birliklardan hozirgi davrda ham foydalanib kelinmoqda.
Zamonaviy matematika bu birliklardan foydalanib eski va hozirgi miqdor o’lchov
birliklari o’rtasidagi farq dars mobaynida tushuntirib borilsa maqsadga muofiq bo’lardi. Chunki
bu bilan ishlatilmay yo’qolib kelayotgan birliklarni saqlab qolishimiz lozim.
Uzunlik o’lchov birliklari 1-sinf o’quvchilariga 2-chorak oxiriga disemetr haqidagi
ma‘lumot bilan boshlanadi. Desimetr moduli yordamida ba‘zi mashqlarni bajarish mumkin. Bu
mashqlarning hammasi bolalarni sonlarni yaxshi o’zlashtirishda yordam beradi. Oldin ulardan
gugurt qutisini cho’plarini, qalamning uzunligini o’rganiladi. Buning uchun oldin aniq
santimetrdan foydalanish aytib o’tiladi.
Santimetr uchun bir qancha modellarni tayyorlashlari mumkin buning uchun katakli qog’oz
varag’idan eng bir katakka teng bo’lgan uzun palaska va so’ngra undan 1 sm-li polaska
qirqishlari kerak.
Polaskalarni ustma-ust qilib bolalar o’zaro teng ekanligiga ishora hosil qiladilar. Bunday
paloskaning har biri satimetrning moduli ekanligini o’qituvchi aytadi.
Santimetrning modeli yordamida:
1) Berilgan kesmani o’lchash
2) Berilgan uzunlikdagi kesmani yasash.
CHizish masalalarni o’rganib oladilar. Santimetrda oid IV-sinf matematikasida turli
masalalar berilgan.
Masalan IV-sinf darsligi : 221-masala. Bir tomoni 6 sm, ikkinchi tomoni 2 marta kichik
to’g’ri to’rtburchak chizing va uning perimetrini toping. Bolalarda to’g’ri to’rtburchak haqida
ma‘lumot beriladi, chizib ko’rsatiladi.
7
Р=?
3
2 marta kichik
Rasmda qarab perimetr qoidasi eslatiladi.
Noma‘lum tomoni topiladi.
6:2=3 (6.2)+ (3.2)=12+6=18 cm
Javob qisqa yozib oladi 18 sm qilib yoziladi. 3 sinflarda millimetr o’lchov birligi haqida
tushuntiriladi. Millimetr bilan tanishtirish eng qiyin usulidir.
Masshtabli chizg’ichdagi bo’linmalarni qarab chizg’ichning bitta mayda bo’linishi
chizg’ichning ikkita chizg’ichchasi orasidagi kesma millimetr deb atalishini aytamiz. Bolalar
esa 10 mm bor ekanligini bilib oladilar.
Millimetr qisqa yozuvda “mm” deb yoziladi. Eng muhimi shuki o’quvchilar sanash
vaqtida chizg’ichda ko’rmog’i to’g’i joylashtirish malakalarini o’zlashtirib olishlari zarur.
10 ichida nomerlash o’rganilayotganda, 3-chorak boshida yangi chiziqli birlik metr-
o’rganiladi. Bu mavzuni o’qishdan oldin o’qituvchi oldindan tayyorlab quyilgan birnecha
predmetni oladi. Bolalar bilan birga o’lchab birliklarini ular orasidagi munosabatlarini esga
oladi.
Amaliy masalani yechayotib: Masalan: sinfxonani bo’yini santimetr va detsimetr bilan
o’lchash mumkinmi? Deb savol quyadi “Yo’q” mumkin emas degan javobni beradilar.
Shundan so’ng metr o’lchovi haqida tushuntiriladi. Metr haqida gapirganda yog’och
chizg’ichni ko’rsatib , u bilan uzun narsalarni, gazlamalarni, daraxtlarni bo’yini o’lchash
mumkinligini aytiladi va unga doir masalalar mumkinligi ko’rsatiladi va bajariladi.
192-masala. 12 ta gazlamadan 6 ta bir xil bolalar kurtkasi tikildi 10 metr gazlamadan
nechta shunday kurtka tikish mumkin. 7 ta kurtka uchun necha metr gazlama kerak bo’ladi?
1) 12:6=2m 3) 7.2=14 m
2) 10:2=5 ta javob: 5 ta, 14 metr
Metr so’zi qisqa yozuvda “M” deb yoziladi.
212-masala. Kesmaning uzunligi 24 sm. Bu kesmaning uchdan bir qismining uzunligini
toping?
Yechilishi: 24:3=8 javob 8 sm.
8
220-masala. Hozir tayoqchaning uzunligini 35 sm va chizg’ich bilan o’lchadi. Chizg’ich
tayoqchaning bo’yida 2 marta joylashdi, tayyoqchaning bundan ortib qolgan qismini 15 sm da
teng bo’ladi. Tayyoqchaning uzunligi qancha?
Yechilishi: 35.2=70 70+15=85
Javob 85 sm.
266-masala. Xaridorga 9 m dan gazlama sotilgandan so’ng to’pda 48 m gazlama qoldi.
Dastlab to’pda necha metr gazlama bo’lgan?
Yechilishi: 9.3=27 48+27=75
Javob 75 m
Metr asosida lenta sanoq simlar sinfxona pollari o’lchanadi.
303-masala. 6 ta bir xil ko’ylakka 12 m gazlama ketadi. 18 m matodan necha shunday
kuylak tikish mumkin?
Yechilishi: 12:6=2 m 18:2=9
Javob 9 ta
Bu masalalar bilan birga bolalar masofani ko’zda chamalash bilan birga metrni ham
ishlatishni o’rganib oladilar.
Uzunlik o’lchovining so’ngi yangi birligi bu kilometr. Bu birlik haqida tasovvurga ega
bo’lish uchun xech ustida amaliy mashg’ulot o’tkaziladi. 1 km masofani o’qituvchi bolalar
bilan pioda bosib o’tadi. Xar bir qadam metr bilan o’lchanadi; natijada 1 km-1000 m ekanligiga
ishonch hosil qilinadi. 1 km masofani bosib o’tishda qancha vaqt ketganini ham hisobga
olishadi. 3 sinfda o’lchov birliklari orasidagi masofaga oid masofalar yechiladi.
326-masala. Vilosipedchi qishloqqacha 20 km, qishloqdan keyin 4 marta kam yo’l yurdi.
Vilosipedchi hammasibo’lib necha kilometr yo’l yurgan?
Yechilishi 1) 20:4=5
2) 20+5=25 javob 25 km
368-masala. Ikki shaxar orasidagi masofa 150 km. Bu shaxarlardan bir-biriga qarab ikki
mashina yo’lga chiqdi. Birinchi mashina 60 km, ikkinchisi 70 km yo’l yurganidan keyin ular
orasida qancha masofa qoladi.
Yechilishi: 60+70=130
2) 150-130=20 javob 20 km
9
Xar bir masofa matni mazmunini tushunish, ongli o’qish, masala ustida birk yuritish bu
o’quvchini og’zaki nutqini o’stirishda katta yordam beradi. Masaladagi notanish so’zlar ustida
ishlash doskada yoki lug’at daftarga yozib olishlari mumkin.
Masalada doir og’zaki savol-javob o’tkazib undagi noma‘lum songa diqqat e‘tibor
qaratiladi.
376-masala. 25 m uzunlikdagi simga 3 ta li sim ulandi. Simning uzunligi qancha bo’ladi?
Yechilishi: 1) 3.5=15
2) 25+15=40 javob 40m
O’quvchilarga o’lchov birliklari o’rgatilgandan so’ng uzunlik o’lchovi jadvali keltiriladi.
1m=100sm
1dm=10sm
1sm=10mm
1 m=10dm
1 km=1000m
Bu jadvalni bolalar eslab qolishlari kerak. Bu jadval orqali har xil mashqlar bajariladi.
1) 1mg’1sm dan nesa marta katta
2) 1mmg’santimetrdan qanday qismini tashkil etadi.
3) Sonlarni metr va kilometrda ifodalang.
36 647 m 3896m va hakozo masalani tenglamalar usulida ham topish mumkin.
271-masala.
a) Bir-biridan 175 km masofda bo’lgan A va B shaharlar
b) Qarama-qarshi tomonda qarab yo’lga chiqqan 1) poezd tezlik 50 km/s
2) poezd tezlik 60 km/s
v) Poezdlar 6 soat yurgan
g) 6 soatdan so’ng ular orasidagi masofa?
Tenglama tuzamiz.
x=175+(50+60)x6
x=175+110x6
x=175+660
x=835 javob masofa 835 km.
Avvalari o’zbek halqimizda juda ko’p uzunlik o’lchovlari ishlatilgan . undan halqimiz
to’liq foydalangan .
10
Hozirgi kunda kelib ular o’z kuchini yo’qotib bormoqda. Ularning o’rniga yuqorida ko’rib
o’tilgan uzunlik o’lchovlari qo’llanilmoqda.
Biroq ularning hammasini ham o’z kuchini yo’qotgan deb bo’lmaydi. Gaz, enli, qarich,
quloch, tosh, qadam, chaqirim, manzil, yog’och, farsang, odim, mayin va boshqa so’zlardir.
Mana shu so’zlar usha vaqtda ma‘lum bir o’lchov birligi xisoblangan. Ular guruxlarga
ajratilgan.
1) narsa uzunligiga nisbatan
2) masofa uzunligiga nisbatan
qarich so’zi asrlar davomida halq o’rtasida barcha muamilada ishlatib kelingan. Hozir ham bu
o’lchovdan foydalanamiz.
1 qarich =20 sm.
Quloch so’zi narsa buyumning uzunligini o’lchaganida ishlatilgan. Bu ikki qo’l orasidagi
miqdorni bildiradi.
Masalan: ikki quloch arqon, besh quloch. Qulochlar har xil bo’lavermaydi. Manzil so’zi ham
noaniq o’lchovda ifodalangan ikki joy orasidagi masofa ifodalangan. Masalan: yarim manzil
yurganimizdan so’ng dengiz buyiga yetdik.
Tosh so’zi uzoq yillardan biron yo’l o’lchovida foydalaniladi. Masalan bir tosh emas ikki tosh
bo’lsa ham ishni bitirib kelaman.
Yog’och so’zi ham qadim zamonlardan beri ishlatilib kelinadi.
Mag’ribdan mashriqqa dunyoning yuzi.
Aytmang bizga noma‘lum dunyo
Obodi, xabari, dunyosi, dunyo tuzi,
Yuz ming qirq olti yog’och yo’ldir bu dunyo
1 yog’och -8km dan ortiq (taxminan)
Farsang so’zi ham qadimdan ishlatilgan so’zlardan biridir. Bu so’zlar hozirda muamilada
ishlatilmaydi. Ularning o’rniga km so’zi qo’llaniladi.
§ 1.2. Massa haqida bilim va ko’nikmalarni hosil qilish, o’lchov birliklari bilan
tanishtirish.
Og’irlik o’lchov birliklari.
Maktabgacha bo’lgan yoshdayoq bolalarning xis tuyg’ulari asosida jismlarning og’irliklari
haqida dastlabki tasavvurlarni olgan.
Ular shu sharoitda biror narsani ko’rsatib ko’rib og’ir, yengil, biroz og’irroq, biroz yengilroq
kabi so’zlarni gapirganlar.
11
Jismning massasi og’irlik kuchi bilan chambarchas bog’liq. Bu kuch bilan jism yerga
tortiladi. Shuning uchun jism massasi jismning o’ziga bog’liq emas. Jism og’irligini taqqoslaganda
bu xossa massa deb ataladi.
Matematik nuqtai nazardan massa quyidagi xossalarga ega bo’lgan musbat kattalik.
1. tarozida bir-birini muvozanatlashtiriuvchi jismlarning massasi bir xil.
2. Bir necha jismning massalari ularning yig’indisiga teng. Jismning massasi qancha katta
bo’lsa uning og’irlik kuchi ham shuncha katta bo’ladi. Boshlang’ich sinflarda bolalar kilogramm
bilan tanishadilar.
1 kg og’irlik haqida tasavvur qilishlari uchun amaliyot bajarishlari kerak.
Masalan 1 pochka shakar, tuz va boshqa narsalarni qo’llariga ko’tarib ko’rishlari lozim
Bolalar bu narsa 1 kg ekan deb aniq ishonch hosil qiladilar. O’qituvchi darsda og’irlik
o’lchovlari moslama tarozini ko’rsatadi. Tarozi pallasi undagi yuklar pallasi baravarlashtirish
kerakligini aytadi. Dars mobaynida tarozini tarbiyaviy axamiyatlari ham tushuntiriladi.
Tarozini tortish paytidagi har xil holatlari kuzatiladi. Masalan tarozining bir pallasida biror
buyumni kitoblar yoki sumkani quyib tarozini, ikkinchi pallasiga toshlar quyiladi. Lekin toshlar
bu buyumlardan og’ir yoki ortiqcha buni qanday bilishimiz mumkin tarozini qaysi pallasi og’ir
bo’lsa usha palla pastga turadi.
Yengil pallaga kerakli toshlarni quyamiz va tarozi tenglashadi. Bundan biz tarozi pallasini
tenglashganini ko’ramiz.
12
Shundan keyin o’quvchilar o’qituvchi yordamida 1 kg, 2 kg, 3kg, 5kgli toshlar bilan tuz,
shakar, guruch kabi narsalarni navbat bilan o’lchab ko’rishlari mumkin. Toshtish davomida
natijalarni doskaga yozib ketaveradilar. Daftarga son orqasiga kg so’zi “kg” deb yozib quyiladi.
Keyin esa o’quvchilar bilan qiziqarli masalalar tuzib yechiladi.
380-masala.
Olxo’ri solingan 1 ta yashik 12 kg, uzum solingan 3 ta yashik 27 kg keldi. Olxo’ri solingan 1
ta yashshik uzum solingan 1 ta yashshikdan necha kg og’ir?
Yechilishi : 1) 27:3=9
2) 12-9=3
Javob 3 kg
393-masala. Ikkita bir xil yashshikda 16 kg uzum bor. Shunday 4 ta yashshikda necha kg
uzum bor.
Yechilishi:
16:2=8
8.4=32 javob 32
417-masala. Ikkita bir xil chelakda 14 kg sabzi bor. 42 kg li qopda necha chelak sabzi?
Yechilishi:
1) 14:2=7
2) 42:7=6 javob 6 kg
Dars davomida bolalarga mantiqiy qiziqarli masalalar berib boriladi
Masalan.
1. Xo’roz bir oyoqda tursa og’ir bo’ladimi, yoki ikkala oyoqda turgandami?
Bu jumboqli masalalar o’quvchilarni uylantiradi.
Bir kg tosh og’irmi? Yoki bir kg paxtami?
O’quvchilar o’z fikrlarini aytadilar. O’qituvchidan yordam olishlari mumkin.
Navbatdagi dasda o’quvchilar gramm bilan tanishadilar. O’quvchilarda gramm haqidagi
tassavurni uyg’otish uchun bolalarda 1 grammlik toshni ko’rsatib uni chamalab ko’rishadi.
SHunda gr yengil o’lchov birligi ekanligiga ishora hosil qilishadi. U bilan yengil narsalar
urug’lar, dorilar tangalar o’lchanadi degan birkni tushuntirish lozim.
Masalan 1 tiyinlik tanga 2 kg ekanligini aytish kerak.
Biz sinfxonada dorixona tarozisini olib kelamiz. Unda dorilar tortilishini tushuntiramiz.
Dorilarni o’lchash uchun 1kg, 2 kg, 3kg, 5 kg, 10 kg, 100 kg mayda toshlar kerakligi aytiladi.
SHundan keyin tortish grammda doir amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi.
13
347-masala. Bitta 230 gr. Xo’rozdan 190 gr kam pat olindi. Xammasi bo’lib qancha pat
olingan?
Yechilishi 1) 230-190=40
2) 230+40=270 javob 270 gr.
O’quvchilarga tarozida o’zlari tortib ko’rishlari uchun sharoit yaratamiz, yo’l qo’ygan xatolarini
ko’rsatib boramiz.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida savdo tarozisi haqida kengroq tushuntirish katta ahamiyatga
ega. Buning uchun bolalarni yaqin joylashadi savdo do’konlariga olib borib u yerda tarozidan
qanday foydalanish tushuntiriladi. 500 gr tur olmoqchi bo’lsak bu yarim kgni tashkil etishini
tushuntiramiz.
1 kg -1000 gramm
0,5 kg-500 gramm
Masalalar orqali mustaxkamlaymiz.
362- masala. Maktab oshxonasida 65 kg shakar olib kelindi. 5 kun mobaynida 7 kg dan
ishlatildi. Oshxonada necha kg shakar qolgan
Yechilishi
1. 5.7=35
2. 65-35=30 javob 30 kg
277-masala. Birinchi yashikda 28 kg, ikkinchi yashikda 20 kg mix bor. Hamma mixni 4 kg
dan qilib xaltalarda solindi. Jami nechta halta kerak bo’lgan?
Yechilishi 1) 28+20=48
2) 48:4=12 javob 12 ta.
377-masala. Do’konda bir kunda 215 kg shakar sotiladi. Shundan keyin do’konda sotilganida
qaraganda 101 kg ortiq shakar qoldi.
Dastlab do’konga qancha shakar bo’lgan?
Yechilishi 1) 215+101=316
2) 215+316=531 kg javob 531 kg
Boshlang’ich sinflarda og’irlik o’lchovlarining tushuntirishda davom etamiz. O’quvchilar
o’zlari uchun notanish bo’lgan yangi o’lchov birliklari bilan tanishadilar. Bu tonna va senter.
Shu o’lchov birliklari orqali og’irlik o’lchovi jadvali yuragi keladi.
14
1kg=1000 gr
1 gr=1000mgr
1 sen=100 kg
1 tonna=1000 kg
Savol-javob orqali og’irlik o’lchov birliklari mustahkamlanadi.
1) 1 kg da necha gramm bo?
2) 1 tonna qancha kg ni tashkil etadi?
O’quvchilar 1 tonna yoki 1 sentner og’irlikdagi massani qo’lga ko’tarib bo’lmasligini
tushinib etadilar. Qum, shag’al, tuproq, ko’mir, sement kabi narsalar ushbu o’lchov birligi
yordamida o’lchashni tushuntiriladi. Shartda 1 qop kartoshka 2 sentper: “Moskvich”
avtomobilining og’irligi taxminan bir tonna: 30-35 ta o’quvchilarning og’irligi taxminan 1
tonnaga teng ekanligini tushuntirish katta ahamiyatga egadir. Og’irlik o’lchovida doir masalalar
ularni tassavurini yanada boyiladi.
Masalan: 64kg=g
702s=s kg
3642 tonna= t = kg
431-masala. Birinchi guruh 32 kg ikkinchi gurux 11 kg kam, uchinchi guruh ikkinchi
guruxlar 23 kg ortiq makalatura to’plagan. Uchinchi guruh qancha makalatura to’plagan.
Yechilishi: 1) 32-11=21
2) 21+23=44gr javob 44 kg.
293-masala. Sabzili xaltaning massasi 1 kg kartoshkali haltani massasi undan 1 kg ortiq
bo’lsa 9ta kartoshkali haltani massasini toping?
Yechilishi: 1) 2+1=3
2) 9.3=27 javob 27 kg.
O’tmishda xalqimiz ko’pgina og’irlik o’lchovi birliklaridan foydalangan.
Masalan: Misqol, pud, do’l, payza, botmon, daxlar, chorak, nimcha va boshqa og’irlik
birliklaridir.
Og’irlik o’lchov birliklarini ikki guruxga bo’lish mumkin.
1) Aniq miqdorni ifodalashi birliklar
2) Noaniq miqdorni ifodalovchi birliklar.
Aniq miqdorni ifodalovchi birliklar pud, keli, dol va boshqalar.
15
Pud- so’zi qadimdan og’irlik o’lchovi sifatida qo’llanilgan, hozirdan “don” maxsulotlarini
o’lchashda ishlatiladi.
1 pud-16kg
Do’l esa taxminan 90-100 kgni bildiradi.
Keli-esa taxminan 3-4 kgni bildiradi.
Bundan tashqari og’irligi aniq bo’lmagan miqdorni ifodalovchi o’lchov birlialari ham
bor.
Paysa, botmon, chorak.
Paysa, miqdor- so’zlari ham miqdorli o’lchovlarda ishlatiladi.
Misqol-500 gr
CHorak-4kg
Nilaa-500 gr
Garbek-125 kg
Nimchorak-2kg
Masalan 1 qadoq olma, sakkiz qadoq tosh, uch chorak g’isht, bir chorak qand, bir choksa
lashba mayi 50 botmon bug’doy kabi so’zlar.
277-masala. 24 kg anor va 18 kg bexi 6 kg dan qilib qutilarga solindi. nechta qutiga
solingan
Yechilishi: 1) 24+18=42
2) 42:6=7 javob 7 ta
16
II. BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI 3-SINFLARDA HAJM VA
YUZA O’LCHOVLARI BILAN TANISHTIRISH.
§ 2.1. Hajm va yuza haqidagi tasavvurlarni hosil qilish.
Navbatdagi darsda o’quvchilar hajm o’lchov birligi bilan tanishadilar. Buning uchun litrning
har xil ko’rinishlari: didon, banka, chelak kabi idishlar bo’lishi kerak.
“Idishning sig’imi” yoki litr tushunchasi o’quvchilarga fazoviy tushunchalarni uyg’otadi.
Bolalarda litr haqida tushuncha hosil qilishda, o’qituvchi darsini suhbatdan boshlashi kerak.
Masalan. Kim sut yoki yog’ sotib olgani sotuvchi uni nima bilan o’lchaganini qancha idishda
solgani haqida savol berib o’tkazadi.
Ana shunday litrni ko’rsatish va litr yordamida har xil idishning sig’imini o’lchashda ortsa
bo’ladi.
CHunki bolalar savol-javob orqali litr haqida tasavvurga ega bo’ladilar.
Litrga doir masalalar yechish mumkin.
SHerternada 850 l sut bor edi. Undan har birida 30l dan qilib 7 ta bedonga sut qo’yildi.
Shestrnada necha litr sut qoldi?
Yechilishi:
1) 30.7=210
2) 840-210=630 javob 630 litr.
925-masala.
36 l uzum sharbatini har biri 3 litrli shisha bankalarga 28 litrli olxo’ri sharbatini har biri 2
litrli shisha bankalarga qo’yishdi. Hamma bankalar nechta bo’ladi?
Yechilishi:
1) 36:3=12
17
2) 28:2=14
3) 12+14=26 javob 26 ta. (1 usul)
36: 3+28:2=14+12=26 (2 усул)
926-masala.
69 l sutdan 3 kg sariyog’ olish mumkin. 92 l sutdan qancha sariyog’ olish mumkin?
Yechilishi:
1) 69:3=23
2) 92:23=4
Javob: 4 kg
Litr bilan suyuq narsalar o’lchanadi.
Agar litr sonlar bilan birga kelganda albatta qisqa yozuvda “l” deb yozib quyiladi. O’qituvchi
buni misollar bilan doska yordamida yozib tushuntiradi.
1litr=1000gramm
1litr sut=1l sut
1 litr suv=1 l suv
684-masala.
Bir siqimdan bir kunda 24 litr, ikkinchi sigirdan 3 marta kam sut sog’ib olindi. Bu ikki
sigirdan bir kunda qancha sut sotib olish mumkin?
Yechilishi:
1) 24:3=8
2) 24+8=32
Javob: 32 litr.
Bunday masalalardan bir nechtasini keltirish mumkin.
Giometrik figuralarning yuzi.
Boshlang’ich sinflarda miqdorlar tushunchasi materialni o’rganish quyidagicha sistemalardan
iborat.
1. Giometrik figuralardan sanash obektlari sifatida foydalaniladidan masalalarni yechishda
asosan zarur atamalar o’zlashtiriladi.
2. Miqdorlar tushunchasi kattaliklarni tasavvur etish va figuralar yuzini o’lchash haqidagi
ko’nikmalarni shakllantirish, hal etish.
3. Ko’p burchaklarni premetrini va to’g’ri to’rtburchaklarni yuzini topish.
4. Parametrlar bilan berilgan figuralar elementlarini yasash.
18
5.Miqdorlar tushunchasi figuralarni katak-katak qog’ozga, silliq qog’ozga chizg’ich cho’pi
yordamida o’lchamlarini xisobga olmay elementlar yasash.
6.Figuralarni sinflarga ajrata olish.
7. Figuralarni qismlarga bo’lish.
8. Harfiy figuralardan foydalanib miqdorlar tushunchasi chizmalarni o’qish.
Predmet yoki ularning qismlarini miqdorlar tushunchasi shakllarini aniqlash bilan
bog’lidjksdvjs;vjm;vmd;vmd;vmkd;lvkd;lvkd’vbq masalalarni hal etish.
Masalalarni bir qismi rivojlantiruvchi funktsiyalardan iborat. Boshlang’ich sinflarda
kattaliklar asosida figuralar yasash, qirqish, ustida quyish usuli bilan ularni taqqoslashda doir
mashqlar bajariladi. O’quvchilarda quyidagi tartibda figuralar yuzi o’rgatiladi.
1. Taqqoslash qaysi figuralarni qaysi tekislikdan o’rin olganini aniqlash orqali
o’quvchilarda tasavvur hosil qila olish.
2. Birlik, kvadrat haqidagi tasavvurlarni o’rgatish.
3. Har xil figuralarning yuzini santmetrda o’lchash orqali topish.
4. To’g’ri to’rtburchak yuzini kvadrat santmetr orqali topa olishda o’rgatish.
5. Kvadrat disimetr bilan to’g’ri to’rtburchak yuzini topa olish.
To’g’ri to’rtburchak yuzini kvadrat metr bilan topa olish.
Endi har qaysi bosqichlarni alohida ko’rib chiqamiz.
To’g’ri to’rtburchak yuzini kvadrat metr bilan topa olish.
Endi har qaysi bosqichlarni alohida ko’rib chiqamiz.
Figuralarning umumiy yuzi haqidagi umumiy tasavvurlarni shakllantirishdan oldin
o’quvchilarga kesmalarni taqqoslash, kesma uzunlikdagi nisbatan “katta”, “kichik”, “uzun”,
“qisqa”, munosabatlar haqidagi o’quvchilarga to’plangan ma‘lumotlarni umumlashtirish
mumkindir.
Figuralarni yuzi tushunchasini shakllantirishda amaliy mashg’ulotlarda aloxida ahamiyat
berish lozim.
Bu mashg’ulotlar o’quvchilarga mavzuni yaxshi o’zlashtira olishlariga yordam beradi.
O’quvchilarga bunday amaliy mashg’ulotlar berish mumkin bo’ladi.
Kataklar qog’ozga berilgan figuralarni chizib va qirqing. Shu figuralarni taqqoslang.
Topshiriq bajarishdan oldin o’quvchilar A,V,O,Ye,F,G figuralarni chizib olishadi, so’ngra
ularni qirqishadi. Shundan keyin figuralarni taqqoslashda kirishiladi.
Masalan, Uchburchakni V figurani) kvadrat (A figura) ustida quyiladi.
19
Ma‘lumot ikki figurani bir biriga taqqoslaganda ularning qaysi biri katta-kichik ekanini
yoki o’zaro teng ekanini aniqlash mumkin bo’ladi. Uchburchak kvadratni ustida butunicha
joylashganini aniqlaydigan. Bu holda bir uchburchakni yuzini kvadratdan kichik deymiz.
Endi doirani to’rtburchak yuzini quyamiz va doira to’rtburchak yuziga to’liq joylashganini
ko’ramiz.
Demak doira yuzini to’rtburchak yuzidan katta ekanini ko’ramiz.
Ma‘lum bo’ladiki, ikki figurani bir –biriga taqqoslaganda ularni katta-kichik yoki teng
ekanini ko’ramiz.
273- masala.
Har bir shaklni yuzini toping
287-masala. Bir yuzaga ega bo’lgan shakllarni nomlarini ayting
F
A
B
G
E
D
20
1 2 3 4
659-masala. Shakl qismlarni yuzlarini hisoblang.
Buni o’quvchilarga ko’rsatish uchun berilgan figuralarni tassoshlash tahlil qilish mumkin
bo’ladi. Bu figuralar o’qituvchi tomonidan boskaga chiqib qo’yiladi.
O’quvchilar oldin 4 ta to’g’ri burchakli poloskalardan tashqari to’pdan to’g’ri to’rtburchak
tuzadi. Bu poloskalarni har birida 6 tadan katak bor. So’ngra 3 ta uchburchakli poloskalardan
tashkil topgan.
To’g’ri to’rtburchakli chizishdan oldin, poloskalarni har brida 9 tadan katak bor.
O’quvchilar har biridagi kataklar sonini sanab qaysi brida kataklar soni ko’p ekanini
bilishlari kerak. O’quvchilar bu masalani grafik usulida yechishlarida yuzlarni taqqoslashni
yangi usulini egallab oladilar.
672-masala.
21
1 2 3 4
Ko’z bilan chamalab teng uzunlikdagi yuzaga ega bo’lgan shakllarni toping.
Yuzi har xil bo’lgan shakllarning nomlarini ayting. Yuzi eng katta bo’lgan shakllarni
toping.
1 2 3
Masala
Rasmda nechta ko’p burchak bor.
22
§ 2.2. 2010-2011
Vaqt falsafiy kategoriya. Vaqt materiyaning yashash shaklidir. Shu sababli unga ta‘rif
berishning iloji yo’q vaqt tushunchasi o’quvchining amaliy ish faoliyati jaroyonida shakllanadi.
Mavzuni o’rganishning asosiy vazifasi bolalarni vaqt birliklari va ularning munosabatlari
aniqlashda o’rgatish. Avval bugun, erta, keyin, oldin, tun, kunduz, kecha tushunchalari
shakllantiriladi.
SHuning uchun vaqtda doir ko’rgazma va qo’llanmalar bo’lishi kerak. Vaqt o’lchov
birliklariga yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund kabilar kiradi. Vaqt o’lchovi birligini
o’tganda har xil ko’rgazma qurollardan foydalangan ma‘qul.
1. gabel kalendar. Bu har bir o’quvchiga bo’lishi kerak. Joriy yil uchun bunday kalendarlar
o’quvchilar bilan birga tayyorlanadi.
2. Soat modeli. Darslikda olingan mashqning ko’pchiligi sefirlar bilan ishlashni talab
qiladi. Shuning uchun har bir o’quvchiga soat modeli bo’lishi kerak. Bu modellarni
o’quvchilar o’zlari yasashlari maqulroq.
3. Kundalik rejimi jadvali. Bolalar “vaqt o’lchar” mavzusini o’rganish vaqtida, hafta bilan
yildagi oylarning nomini, ularning kelishi tartibigacha bilib oladilar.
Bu esa vaqt o’lchovini bilishga zamin bo’ladi. Endi vaqt o’lchoviga bog’liq asosiy
tushunchalar nimada asoslanishini bilib olamiz. Yil hafta bilan tanishtirishda o’qituvchi tabel-
kalendardan foydalanadi.
23
Bolalar bir yilda 12 oy borligini o’zlashtirib oladilar. Bundan tashqari yil 4fasldan iborat
ekanligini yani. Qish, baxor, yoz, kuz. Xar bir fasl uch oyni o’z ichiga oladi.
O’quvchilar kalendar yordamida oyning tartib nomerini aniqlaydilar. Bunda o’quvchilarga
quyidagi savollar berib boriladi.
-yilning uchinchi oyi qanday ataladi?
-Iyul tartib bo’yicha nechanchi oy?
-siz nechanchi oyda tug’ilgansiz?
Bundan ko’rinadiki o’quvchilar yuqorida uyg’ongan bilimlarini o’zlashtirib olganliklarini
biladilar.
Agar oy va sana ma‘lum bo’lsa taqvimdan haftaning kunlari ma‘lum bo’lsa, bu kun
oyning qaysi sanasiga to’g’ri kelishini aniqlaydilar. O’qituvchi ularni olgan bilimlarini kuzatib
boradi. O’quvchilarni olgan bilimlariga kamchiliklarni to’g’irlab boradi. Bundan keyin esa
o’qituvchi bilan birga bugungi sana va haftaning shu kunini bilgan holdagina shu o’tayotgan oy
uchun kalendar tuzish foydalidir.
Bunday ishlar joriy yil kalendarini tuzishni osonlashtiradi. Ana shundan so’ng bolalar
kalendar bo’yicha savollarga javob beradilar.
-bu yil 1 yanvar 1 may, 9 may 1 sentyabr, 1 iyun xaftaning qaysi kuniga to’g’ri keladi.
-bu yil 1 yanvar juma, 1 may shanba, 9 may yakshanba, 1 sentyabr chorshanba, 1 iyun
seshanba kuniga to’g’ri keladi.
-yanvar. Dekabr, oktyabr, may oylari yilning nechanchi oylari.
-yanvar 1 oy, dekabr 12 oy, oktyabr 10 oy, may 5 oy.
-yilning uchinchi, oltinchi oy birinchi oylari nomini ayting.
-yilning uchinchi oyi mart, oltinchi oyi iyun. O’n birinchi oyi noyabrda to’g’ri keladi.
Bunaqa savollarni ko’plab davom ettirish mumkin. Ularga yil oylari kelishi rim raqami bilan
o’rgatiladi.
I, II,IV,IV,V,VI,VII,VIV, IX,X,XI,XII
Keyin esa bolalarga sutka haqida ma‘lumot beriladi.
Sutka bu ertalabdan, to bu ertalabgacha bo’lgan vaqtdir. Undan keyin vaqtinchalik ketma-
ketlikka asoslanadi.
Masalan o’tgan kun, kecha, bugun ertaga, ertalab keyin, indin.
1 sutka-24 soat
SHundan keyin bolalarga soat, minut haqida ma‘lumot beriladi. Minut haqida ma‘lumot
beriladi shu vaqtdan boshlab soat va minutni farqlay boshlaydilar.
1 minutda qancha ishlarni bajara olishlarini bilib oladilar.
1 minutda necha so’z o’qish
1 minutda nechagacha sanay olish
24
1 minutda qancha masofada yugura olish.
Soat strelkasi modeli yordamida bir qator mashqlar bajaradilar.
471-masala. Agar spektakl 80 minut, keyinroq esa 1 soat 10 minut davom etgan bo’lsa,
spektakl kinoflmda nisbatan necha minut ko’p davom etgan?
Yechilishi: 1 soat 10 minut-70 minut
80-70=10 javob 10 minut
478- masala. Duradgor 7 soatda 63 ta bir xil yog’och qoshiq yasadi. Shunday mexnat
unumdorligiga 54 ta shunday qoshiq yasash uchun necha soat kerak bo’ladi?
Yechilishi: 1) 63:7=9
2) 54:9=6 javob 6 soat
458-masala. O’quvchilar 45 minut dars davomida 5 minut davomida og’zaki hisob
bajarishdi, 15 minut misollar yechishdi, qolgan vaqtda esa masalalar yechishdi. O’quvchilar necha
minut masalalar yechishdan?
Yechilishi:
1) 5+15=20
2) 45-20=25 javob 25 minut
464-masala. Stanokda 1 soatda 6 ta detal ishlanar edi. Stanok takomillashgandan so’ng 1
soatda 8 ta detal ishlandi. Stanok 9 soatda ilgaridigidan necha ortiq detal tayyorlash mumkin.
Yechilishi 1) 9.6=54
2) 9.8=72
3) 72-54=18 javob 10 ta
SHu masalalar orqali soat minut tushunchasi hosil qilinadi. Soatni kichik strelkasi
minutni ifodalashini tushunib oladilar. 10 minut=60 sekund unda doir masalalar bajaradilar.
676-masala. Bitta nasos bir minutda 310 chelak suvni, ikkinchi nasos bir minutda 270
chelak suvni tortib chiqaradi. Ikkinchi nasos birinchi nasosdan qancha kam suv tortib
chiqaradi.
Yechilishi: 310-270=40 javob 40 chelak.
675-masala. Bir sekuntda tovush havoda 330m masofda tarqaladi. 2 sekuntda qancha
masofaga tarqaladi.
25
Yechilishi: 330.2=660 javob 660m.
O’quvchilar dars davomida sekund va asr bilan tanishadilar.
Sekund eng kichik vaqt birligini. Asr eng katta vaqt birligi ekanligi tushuntiriladi.
1-sekuntda 1-2 qadam yechish mumkin yoki 1 metr yurish mumkin
Asr tushunchasini o’quvchilar o’zlashtirib olishlari ancha qiyin bo’ladi. Chunki asr ulkan
vaqt oralig’ini fikran qamrab oladi. Shuning uchun bir qancha misollar keltiriladi.
360 kundan iborat bo’lsa oddiy yil 366 kundan iborat bo’lsa kabi esa yil deb atalishi
tushuntiriladi.
Kabisa yilni har 4 yilda 1 marta kelishi tushuntiriladi. To’rt oy aprel, iyun, sentyabr,
noyabr 30 kun fevral 28-29 kun, qolgan 7 oy 31 kundan iborat. Sxemasi.
Qadim zamonlardanoq
vertikal o’rnatilgan tayoq tushirilgan quyosh soyasi uzunlikning o’zgarishiga qarab inson quyosh
soatini kashf etgan.
Eng qisqa soya kunning roppa rosa yarim soat 12 00ga to’g’ri keladi. Xavo bulut bo’lganda
suv va qum soatlaridan foydalanilgan deb o’quvchilarga tushuntiriladi.
Hozirgi vaqtda-chi?
Hozirgi vaqtda hamma joylarda elektr va mexanik saoatlardan foydalaniladi. O’quvchilar
sutkani 24 soat vaqt hisobi bilan tanishadi.
1 sutka yer yuzi atorofida 1 marta aylanib chiqishi uchun ularni tasavvur qilishlari uchun
kesma bilan tanishtiriladi.
26
Yel oylarini tanishtirishda doiraviy sxemalardan foydalanish qulaydir. Chunki shu sxema
yordamida yil oylarini kelish tartibini, har qaysi faslda nechta oy borligi qancha davom etishini
bilib oladilar.
Kalendar orqali bolalar haftaning har xil voqealarini, ular bilan bog’liq bo’lgan kunlarni
eslashadi. Tasavvur hosil bo’lsa boshlaydi.
Yuqorida berilgan ko’rsatmalardan foydalanib vaqt o’lchov birkliklarini, ya‘ni yirik
biliklarni maydalari bilan almashtirish aksincha, yiriklari bilan almashtirishni o’rganish lozim.
6 sutka = 144 soat
3600 sekund = 60 minut – 1 soat
2 soat 45 minut = 165 minut
362 minut = 6 soat = 2 minut
Bu ishni bajarishda vaqt o’lchovlarini qo’shish va ayirishda, shuningdek shu amallarga doir
murakkab bo’lmagan masalalarni yechishda imkon beradi.
Qo’shishga doir shunday amallar bajariladi-ki, bunda soni 60 dan soat 24 dan kichik bo’ladi.
+ 11 soat 14 minut
12 soat 28 minut
______________________
23 soat 42 minut
+ 6 sutka 12 soat
9 sutka 8 soat
______________________
15 sutka 20 soat
+ 25 minut 18 sekund
25 minut 25 sekund
_______________________
50 minut 43 sekund
Vaqt o’lchovlari qatnashgan ismli sonlarni ayirish bilan va bolalarni quyidagicha
tanishtirish mumkin.
1 soat 34 minut
3 minut-28 sekund
1 soat-34 minut= 60 minut-34 minut=26
3 minut – 28 sekund =180 sekund- 28 sekund=152 sekund
27
1 soat-70 minut
2 soat -070 minut = 180 minut -70 minut=110 minut
Ayirish amali quyidagicha
- 15 soat 34 minut
8 soat 21 minut
______________________
7 soat 13 minut
- 48 minut 56 sekund
16 minut 32 sekund
__________________________
32 minut 24 sekund
+ 32 minut 25 sekund
20 minut 18 sekund
__________________________
12 minut 7 sekund
Шундан кейин бирмунча qийинроq бo’лган ушбу кo’риншдаги мисолларга o’тамиз.
+ 2 yil 9 oy
4 yil 7 oy
_____________________
6 yil 16 oy
______________________
7 yil 4 oy
+ 8 sutka 15 soat
5sutka 12 soat
______________________
13 sutka 27 soat
______________________
14 sutka 3 soat
28
+ 56 min 47 sekund
49 min 59 sekund
________________________
105 min 106 sekund
_________________________
1 soat 46 min 46 sekund
O’quvchilar bilan birinchi misol bo’yicha mulohaza yuritiladi.
16 oy bu – 1 yil 4 oy
CHunki 12 oyimiz – 1 yil. 1 yilni 6 yilda qo’shganda 7 yil chiqadi, hammasi bo’lib 7 yilu 4 oy
SHu orada masala yechamiz.
758-masala 5 minut davomida dastgoh 30 ta butilkani tayyorlaydi. Dastgoh 7 minutda shu
butulkadan nechta tayyorlaydi.
Yechilishi: 1) 30:5=6
2) 7.6=42 javob 42 ta
654-masala
Birinchi operator kompyuterdan 6 soatda 24 bet, ikkinchi operator shu soatda 30 bet teradi.
qaysi operator bir soatda ko’p teradi?
Yechilishi: 1) 24:6=4
2) 30:6=5 javob ikkinchi operator kshp teradi.
Bundan tashqari boshlang’ich sinf matematikasida sutka ichida hisoblashda doir
masalalar quyidagicha muhokama qilinadi.
1. Hodisaning boshlanishi va oxiri orasidagi o’tgan vaqtda ko’ra uning oxirini davomini
topish.
2. Hodisaning boshlanishi va uning orasidagi o’tgan vaqtni topish
3. Bu masofalarni o’zaro teskari masalalardan iborat deb qarash mumkin.
4. Maktada darslar 800da boshlanib 5 soat davom etdi. Dars qachon tugaydi?
29
1. Maktabda darslar 800da boshlanib 1300da tugaydi. Dars necha soat davom etgan?
2. Maktabda darslar 5 soat davom etadi. Dars qachon tugagan.
SHunda o’xshash turlicha savollar tuzish mumkin.
Qadimda vaqt o’lchovlari sifatida turlicha o’lchovlardan foydalanishgan.
Qochoqlar “go’sht tushguncha”, “choy qaynaguncha” deb vaqtni ko’zga tutishadi. Oldingi
vaqtda o’zbeklar “bir piola choy ichguncha” ko’z ochib yumguncha kabi so’zlar bilan vaqtni
ifodalashgan.
Masalan, qo’zg’alon ko’targan olamon ko’z ochib yumguncha ko’zdan g’oyib bo’ldi.
Bundan tashqari muddat, lahza, zamin, lahza, nafas kabi so’zlardan aniq o’lchab
bo’lmasada, lekin qisqa vaqtni bildiradi.
Masalan.Bir muddat, bir nafasday, so’z bir zumda va hakozo.
Qadimda vaqtni aniq o’lchovni bildiruvchi biror narsa bo’lmaganligi uchun har bir xalq
o’zicha ifodalagan.
614-masala. Soatning uchdan bir qismi kattami, yoki beshdan bir qismi?
Yechilishi:
1) 24:3=8
2) 24:5=4 soat 80 minut
Bu misollardan tashqari 3-sinflar uchun “Zukkolar bahsi” ochiq darsini ham keltirishimiz
mumkin.
Maqsad 1. O’quvchilarning olgan bilim, ko’nikma va malakalarini yanada oshirish.
2. Og’zaki nutqini, hisoblash malakalarini rivojlantirish.
3. Mustaqil hamda mantiqiy fikrlashda o’rgatish.
Uslub: Bahs-munozaraga, suhbat.
Dars turi: Ochiq dars
O’quvchilar guruxlarga ajratiladi. Har bir guruh uchun sardor saylanadi. Dars davomida
guruxlar faoliyatini ana shu sardorlar boshqaradi. Bu o’quvchilarga o’z-o’zini boshqarishga va
mustaqillikka o’rgatadi. Shuningdek har bir bolalarning mashg’ulot jarayonida faol bo’lishga
imkoniyat yaratadi.
Darsning borishi:
O’quvchilar O’zbekiston Davlat Madxiyasini kuylaydilar.
O’qituvchi-Qani bolalar, darsimizni boshlaymiz. Bugungi darsimiz har doirgidan o’zgacha.
“Zukkolar bahsida” bellashamiz.
Bahor fasli, bu faslda nishonlanadigan bayramlar haqida savol-javob o’tkaziladi.
30
- Qani bolalar hozir yashash yangilanish fasli. Shuning uchun men bugungi darsimizda
bahorning go’zal malikasi Navro’zoyimni ham taklif qilganman. Shu payt eshik taqillab musiqa
sadosi ostida Navro’zoyim kirib keladi. Qo’lida gullar to’la savatcha.
Navro’zoy-Assalom alaykum, aziz o’quvchilar va ustozlar va o’quvchilar. Bugun IV “A”-
sinfda Zukkolar bahsi bo’lishini eshitib, savatchamni turli-tuman bahoriy gullar bilan to’ldirib
huzuringizga kelaverdim. Gul yaproqlariga har bir gurux uchun savol va topshiriqlar yozilgan siz
shu topshiriqlarning bajarib, o’z zukkoligingizni ko’rsatasiz degan umiddaman. Navro’zoyi
mehmonlarga ajratilgan joyda borib o’tiradi.
Sardorlar o’z guruxlari bilan tanishtiradilar.
“Xumo” guruhi sardori:
-Yurtim O’zbekistoning o’z o’rni bor jaxonda
Xumo qushi erkin, shod
Uchar moviy osmonda
“Orzu”guruxi sardori.
-sen ilm cho’qqisini kuching-la,
Zarb etarsan
Kelajakda albatta orzuyinga yetarsan
“Zukko” guruxi sardori.
-zukkolik fazilati-bola ziynati
“Lochin” guruxi sardori:
-Ziyrak lochin qoqilmas,
Qoqilsa ham yiqilmas.
“Jilg’a ” guruxi sardori.
-jilg’aning oqishiga qara,
Bolaning xoxishiga qara.
Sinf taxtasida topshiriqlar bosqichlarga bo’lib yozib quyiladi.
Ko’rik –tanlovning 1bosqichi.
Vatanim –O’zbekiston. Oltin sanalar.
II bosqich-mantiqiy topshiriq
IV bosqich-Tenglamani yechish va ularni taqqoslash.
IV bosqich-Masala shartini rasmlar orqali tasvirlash va yechish.
V bosqich –sardorlar berlashuvi.
SHartlar o’qituvchi tomonidan izoxlab beriladi va topshiriqlar guruxlarga tarqatiladi.
Ikkinchi, uchinchi bosqichlarda Navro’zoy keltirgan savol va topshiriqlardan foydalaniladi.
“Xumo” guruxida berilgan topshiriqlar
1.O’zbekiston qachon mustaqillikka erishgan?
31
2. Mantiqiy topshiriq.
Kvadrat ichidagi sonlarni ayting. Ayirmani shunday songa ko’paytiringki, natija
uchburchaklar ichidagi songa teng bo’lsin 3-uchburchakda qaysi son yashiringan?
1.Tenglamani yeching va taqqoslang
х: 9=8 6.x=54
x=8.9 x=54:6
х=72 х=9
72:9=8 6.9=54
72>9
1. masala
Katta idishda 24 kg, kichik idishda 2 marta kam bodring turgandi. Ikkala idishga qancha
bodring tuzlangan
24:2=12 kg 12+24=36 kg
Javob 36 kg bodring tuzlangan.
“Orzu
Guruxi uchun savol va topshiriqlar.
1. O’zbek tilida davlat tili maqomi qachon berilgan?
2. Mantiqiy topshiriq
Kvadrat ichidagi sonlarni ayting. Ayirmani shunday songa ko’paytiringki, ko’paytma
aylana ichidagi songa teng bo’lsin 3-aylanada qaysi son yashiringan?
75
?
81
11
14
15
12
20
10
14
9
16
7
12
5
18
?
10
32
1. Tenglamani yeching va taqqoslang.
9.х =72 49:х=7
x=72:.9 x=49:7
х=8 х=7
9.8=72 49:7=7
8>9
2. Masala
9 ta bir xil idishda 24 letr o’rik murabbosi solindi. 8 ta shunday idishga necha litr murabbo
solish mumkin?
27:9=3
8.3 =24 javob 24 litr.
“Zukko” guruhi uchun savol va topshiriqlar.
1. O’zbekiston Davlat Kosntituttsiyasi qachon qabul qilingan?
2. Mantiqiy topshiriq
Aylana ichichda sonlarni qo’shing shunday songa ko’paytiringki, natija uchburchaklar ichidagi
songa teng bo’lsin 3-uchburchakda qaysi son yashiringan.
1. Tenglamani yeching va taqqoslang.
х+160 =360 300+х=600
x=360-160 x=600-300
х=200 х=300
200+160=360 300+300=600
200<300
2. Masala
Bog’da har bir 8 tupdan 7 qator olma daraxti bor. Olma daraxtlari olxo’ri daratidan 37 tup
ortiq. Bog’da necha tup olxo’ri daraxti bor?
8.7 =56 56-37=19
78
?
108
12
24
41
17
14
19
33
Javob 19 tup
1. “Lochin guruhi uchun savol va topshiriqlar.
2. O’zbekiston Davlat bayrog’i qachon qabul qilingan?
3.Mantiqiy topshiriq.
Aylana ichida sonlarni qo’shing yig’indini shunday songa bo’lingki, bo’linmani
uchburchaklar ichidagi sonda teng bo’lsin. 3- uchburchakda qaysi son yashiringan?
3. Tenglamani yeching va taqqoslang.
18:х =6 х.6=30
x=18:6 x=30:6
х=3 х=5
18:3=6 5.6=30
3<5
4.Masala
Buvida 34 dona konfet bor edi. Konfetlarni nabiralariga 6 tadan bo’lib berdi va unda yana 4
dona konfet qoldi. Buvining nechta nabirasi bor?
34-4=30 30:6=5
Javob Buvining 5 ta nabirasi bor.
“Jilg’a” guruxi uchun savol va topshiriqlar.
1. O’zbekiston Davlat gerbi qachon qabul qilingan?
2. Mantiqiy topshiriq.
Aylana ichidagi sonlarni ayiring. Ayirmani shunday songa ko’paytiringki ko’paytmalar
uchburchak ichidagi sonlarga teng bo’lsin. 3- uchburchakda qaysi son yashiringan?
39
?
124
23
215
129
136
55
112
34
3. Tenglamani yeching va taqqoslang.
х+19 =81 50-х=18
x=81-19 x=50-18
х=62 х=32
62+19=81 50-32=18
62>32
4.Masala
Bir mashinada 25 ta, ikkinchi mashinada undan 3 marta ortiq tarvuz bor. Ikkala mashinada
nechta tarvuz bor?
25.3=75 75+25=100
Javob 100 ta tarvuz bor.
Har bir gurux masala misollarni yechib bo’lgach, hayat a‘zolarida topshiradilar. Hay‘at
a‘zolari guruhlar ichini baholaganlarida qadar sardorlar bellashuvi o’tkaziladi. Sharga 10 tadan
test savollari taqdim etiladi.
Dars so’ngiga har bir guruh a‘zolari she‘riy topishmoqlar aytadilar.
-Noldan keyin turaman,
CHizg’ichinga qarab bor
Sonlar ichra ey o’rtoq
Birinchiman doimo.
-qomatimni ko’rganlar
Qiyos etar oqqushga
Mendan dir-dir titraydi
Ixlosi yo’q o’qishga
-bilimingni baholab
Noiloj qoniqaman
Qachon o’tar “to’rt”ga deb
Ko’z tutib toliqaman
20
8
17
9
19
5
30
?
20