IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI (Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’rtasidagi farqlar)
Yuklangan vaqt
2024-04-26
Yuklab olishlar soni
9
Sahifalar soni
28
Faytl hajmi
58,5 KB
Ilmiybaza.uz
1
“MAKTABGACHA PEDAGOGIKA”
FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Mavzu:
IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGACHA TA’LIM
TASHKILOTLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Ilmiybaza.uz
2
MUNDAREJA:
KIRISH.....................................................................................................................3
I BOB. Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy
tasnifi........................................................................................................................5
1.1. Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maqsad va vazifalari
...................................................................................................................................5
1.2 Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari, huquq va
majburiyatlari.........................................................……....................................... 10
II BOB. Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tashkil
etish.........................................................................................................................20
2.1. Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy tipdagi
maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’rtasidagi farqlar...............................................20
2.2. Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish.......................21
XULOSA…………………………..………...…………………………………...26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………..…………….......27
Ilmiybaza.uz
3
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda yurtimizda yosh avlod
ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa yosh avlod tarbiyasini
maktabgacha davrdan boshlab tashkil etishga katta ahamiyat berilmoqda va buning
amaliy ifodasi sifatida maktabgacha ta’lim tizimida qator islohotlar amalga
oshirilmoqda.
Jumladan, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilga Maktabgacha ta’lim tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ham maktabgacha yoshdagi bolalarning
har tomonlama, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlim bilan qamrovini oshirish,
undan teng foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash, mazkur soxada davlat-xususiy
sherikligini rivojlantirish, maktabgacha taʼlim tizimiga innovatsiyalarni, ilgʻor
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha
taʼlimni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalari
faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorliginy taʼminlash, maktabgacha
taʼlim tizimiga maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash,
malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni
joriy etish, maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning sogʻlom va
balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini taʼminlash kabi bir qator
maqsadlar ilgari surilgan va bugubgi kunga kelib sohada qator o’zgarishlar amalga
oshirilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini
qayta ko‘rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning
zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi.
Ilmiybaza.uz
4
Kurs ishining maqsadi. Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
umumiy tasnifi va maqsad va vazifalari.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining vazifalariga quyidagilar kiradi:
Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maqsad va vazifalari
o’rganish;
Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari, huquq va
majburiyatlari o’rganish;
Kurs ishining predmeti. Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
umumiy tasnifi.
Kurs ishining obyekti. Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
faoliyati
Kurs ishining metodlari: Kuzatish, suhbat va taqqoslash.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 bob, har bir bobda 2 paragraf va
foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Ilmiybaza.uz
5
I BOB. Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy
tasnifi
1.1. Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maqsad va
vazifalari
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining birinchi
Prezidenti rahbarligida davlat va jamiyat hayotini, jumladan, ta'lim tizimini tubdan
yangilash va isloh etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlolning dastlabki
yillaridayoq Prezidentimiz kadrlar tayyorlashning zamonaviy yagona tizimini
yaratish g'oyasini ilgari surib: «Ta'lim berishning ma’naviy, axloqiy va kasb
malakasi bo'yicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. Sifat
jihatidan butunlay yangi o'quv das turlari yaratilishi darkor», deya ta'kidlagan edi.
Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari keyinchalik ta'lim-tarbiya sohasiga oid ko'plab
qonunlarning, tegishli me'yoriy hujjatlarning, eng muhimi, butun dunyo
jamoatchiligi tomonidan tan olingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining
yaratilishiga metodologik asos sifatida xizmat qildi. Ushbu dasturda maktabgacha
va maktab, o'rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta'limni uch bosqichda isloh
qilishni, besh bosqichli ta'lim tizimini yaratish ko'zda tutilgan edi. Bu boradagi
milliy dastur konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
tomonidan 1997-yil Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod - O'zbekiston
taraqqiyotining poydevori» nomli ma’ruzasida asoslab berildi. Unga binoan,
mamlakatimizda noyob, dunyoda o'xshashi yo'q uzluksiz ta'lim tizimi yaratildi.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning
asosiy maqsadi - bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta'minlash,
qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, o'qishga, doimiy ta'lim olish uchun zarur bo'lgan
ko'nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun tayyorlashdan
iborat. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolalarning bilimi va amaliy ko'nikmalarini
shakllantirish 478 bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g'oyalariga sadoqat,
tariximiz va boy ma'naviy-ma'rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak hurmat
ruhida tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Maktabgacha ta'lim muassasalari
faoliyatining qonuniy asoslari «Ta'lim to‘g'risida»gi Qonun (1992-y.), Kadr lar
Ilmiybaza.uz
6
tayyorlash milliy dasturi (1997-y.), «Maktabgacha ta'lim to'g‘risida»gi Konsepsiya
(2008/ 2011), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga
"Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida"gi NIZOM (2017), "Nodavlat
maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida NIZOM" «Ilk qadam» o'quv dasturi
(2018) va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan. Masalan, 2008-
yilda
ishlab
chiqilgan
«Maktabgacha
ta'lim
to'g'risida»gi
Konsepsiyada
maktabgacha ta'lim muassasalari taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari, ta'limtarbiya
ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan bo'lib, bu borada ilgari
surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e'tiborga olgan holda rivojlanish
darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini
beradi. Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 19-iyuldagi 528-sonli qaroriga binoan
«Jismoniy
yoki
psixik
rivojlanishida
nuqsoni
bo'lgan
bolalar
uchun
ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida»gi qaroriga
asosan mazkur nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan
maktabgacha
yoshdagi
bolalarni
sog'lomlashtirishga
yo'naltirilgan
ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining (keyingi o'rinlarda
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi deb ataladi) maqsadi va
vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan
maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi. Ixtisoslashtirilgan
maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va
davolash-sog'lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi, 479
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni ularning bilish
imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga
muvofiq maktab ta'limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko'maklashish
maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining vazifalari
hisoblanadi:
-maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab
chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya va
Ilmiybaza.uz
7
sog'lomlashtirish ishlariga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta'limtarbiya
olishlariniva korreksion pedagogik ishni ta'minlash;
- korreksion ta'lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo'naltirilgan, individual tarzda
tashkil etish;
- bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun
zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta'limtarbiya muhitini yaratish;
- bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun
zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;
- bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta'limiga sifatli tayyorlash.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonunga muvofiq,
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi attestatsiya
asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. "Maktabgacha ta'lim
muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog'lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish
to'g'risida NIZOM"da maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining
sog'lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom
talablari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha turdagi maktabgacha taTim
muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi. 480 Tarbiyalanuvchilarning sog'lom va
xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta'lim muassasalarining
oshxonalarida (keyingi o'rinlarda oshxona deb yuritiladi) sanitariya qoidalari,
normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda
amalga oshiriladi.
1.2. Ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining huquq va
majburiyatlari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 maydagi 391-son
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan:
Ilmiybaza.uz
8
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha
tashkilotlar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston
Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuniga va
O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan davlat talablariga, yuqoridagi qaror Nizomiga hamda o‘z ustaviga
amalga qiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning faoliyati rivojlanishida
jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim olishiga,
shuningdek, ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan.
Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati rivojlanishida
jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari
bo‘lmagan bolalarning bir tashkilotda alohida guruhlarda birgalikda o‘qishini va
tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan.
Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda inklyuziv guruhlar tashkil etilishi
mumkin.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha
tashkilotlar davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bo‘lishi mumkin.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa
davlat tashkilotlari davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma
turdagi davlat maktabgacha tashkilotning muassislari bo‘lishi mumkin.
Ixtisoslashtirilgan
maktabgacha
tashkilotlar
va
qo‘shma
turdagi
maktabgacha tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:
tasdiqlangan moslashtirilgan ta’lim dasturi asosida mustaqil ravishda o‘z
ta’lim dasturini ishlab chiqish;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;
Ilmiybaza.uz
9
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion faoliyatda
qatnashish.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha
tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma turdagi
maktabgacha tashkilotlar:
bolalarning jismoniy o‘sishi va sog‘lig‘i mustahkamlanishi uchun sanitariya-
gigiyena me’yorlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratishi va ularga rioya etilishini
ta’minlashi;
O‘zbekiston
Respublikasi
Sog‘liqni
saqlash
vazirligi
tomonidan
tasdiqlangan tegishli nozologiyalarni davolash standartlariga muvofiq bolalarning
abilitatsiyasi va reabilitatsiyasini o‘tkazish uchun shart-sharoitlarni yaratishi;
ta’lim-tarbiya va korreksion-pedagogika jarayonini tashkil etishda
qo‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, psixik va
fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga mos
kelishini ta’minlashi;
bolalar to‘g‘ri ovqatlanishini va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil
etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
bolalarni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan holda umumta’lim
muassasalarida o‘qishga sifatli tayyorlashni ta’minlashi;
maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlash ustidan nazorat olib borishda,
salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash, abilitatsiya va reabilitatsiya
tadbirlarini o‘tkazishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashishi;
ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi guruhlarni ixtisoslashtirilgan
maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan to‘ldirilishi;
qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi inklyuziv guruhlar uchun
mo‘ljallangan guruhlarni umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga
Ilmiybaza.uz
10
qo‘yiladigan talablarga muvofiq, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari
bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha
tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan to‘ldirishi shart;
Ixtisoslashtirilgan
maktabgacha
tashkilotlar
va
qo‘shma
turdagi
maktabgacha tashkilotlarning qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlari ham
bo‘lishi mumkin.
Ixtisoslashtirilgan
maktabgacha
tashkilotlar
va
qo‘shma
turdagi
maktabgacha tashkilotlar quyidagilar uchun javob beradi:
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma turdagi maktabgacha
tashkilotlar quyidagilar uchun javob beradi:
bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda yoki qo‘shma turdagi
maktabgacha tashkilotda bo‘lgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va
sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish;
belgilangan talablarga muvofiq ta’lim-tarbiya, korreksion-pedagogika
hamda reabilitatsiya jarayonlarini amalga oshirish;
bolani tarbiyalash va ta’lim berish masalalari bo‘yicha uning qonuniy
vakillariga maslahatlar bilan yordam berish;
umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan
hajmda ta’minlash.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi,
O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat
tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining g'aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g'azna
hisobvaraqlariga ega bo'ladi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi
ta'lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash sog'lomlashtirish faoliyatni
olib boruvchi muassasa hisoblanadi. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni
bo'lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni
Ilmiybaza.uz
11
korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta'limiga tayyorlash, jamiyatga
moslashuviga
ko'maklashish
maqsadida
tashkil
etiladi.
Quyidagilar
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi: -
maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab
chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktaibgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya va
sog'lomlashtirish ishlariga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta'limtarbiya
olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta'minlash; - korreksion ta'lim-tarbiya
jarayonini shaxsgayo'naltirilgan, individual tarzda tashkil etish; - bolaning ijtimoiy-
hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-
rivojlahtiruvchi ta'limtarbiya muhitini yaratish; - bolaning jismoniy yoki psixik
rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni
tashkillashtirish. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari ularning
ixtisoslashuviga (yo'nalishiga) ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
I tur: Nutqida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
maktabgacha ta'lim muassasasi;
II tur: Eshitishida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
maktabgacha ta'lim muassasasi;
III tur: Ko'rishida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
maktabgacha ta'lim muassasasi;
IV tur: Psixik rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
maktabgacha ta'lim muassasasi;
V tur: Aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
maktabgacha ta'lim muassasasi;
VI tur: Tayanch-harakatlanish a'zolarida nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi.
O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining joriy etilishi.
O’zbekiston Respublikiasida nogiron bolalar bilan bog’liq tahlil va dastlabki
baholash
ishlari
1966
yilda
boshlangan.
Hozirgi kunda O’zbekistonda 250000 ga yaqin turli ko’rinishdagi nogiron bolalar
Ilmiybaza.uz
12
(16 yoshgacha) ta’lim olish ehtiyojiga ega. Nogiron bolalar uchun ta’lim bilan
birgalikda
maxsus
xizmatlar
tashkil
etish
lozim.
Ko’zi ojizlar, kar va eshitish nuqsoniga ega bo’lgan bolalar, poliyemiyelit bilan
kasallanganlar, aqli zaif bolalar, nutqida nuqsoni bor va soqov bolalarga
mo’ljallangan 86 ta maxsus ta’lim va aralash maxsus muassasalar, 982 ta maxsus
bolalar
bog’chalari
mavjud.
Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi — yordamga muhtoj bo’lgan bolalarga
samarali
bilim
olish
uchun
sharoit
yaratishdir.
Ushbu sharoitda yordamga muhtoj bolalarni integrasiyalash va reabilitasiya qilish,
har bir bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ularga mos samarali
inklyuziv talim turini tanlash lozim. YuNESKO markazi tomonidan «O’zbekistonda
inklyuziv ta’limni joriy etish bo’yicha bog’cha va o’rta maktablarda tajribaviy
guruhlar ochish» nomli loyiha qo’llab-quvvatlandi va yaqin kunlarda amalga
oshirilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi nogiron bolalarda turfa xil
malakalarni oshirish va ularning qobiliyatlorini barqaror rivojlantirish uchun sharoit
yaratishdan iborat. Ta’lim tibbiy va ijtimoiy xizmat bilan birgalikda olib boriladi.
Oila va maqallada ota-onalar uchun profilaktika hamda reabilitasiya ishlari bo’yicha
o’quv mashg’ulotlari tashkil etiladi. Ota-onalar nogiron bolalarini tarbiyalash va
ularning aqliy rivojlanishlarini rag’batlantirish bo’yicha pedagogik usullar,
shuningdeq ularning mustaqil bo’lishlari uchun tengdosh sog’lom bolalar bilan
muloqot qilishlari bo’yicha o’qitiladilar.
Loyiha to’qqiz bosqichdan iborat bo’lib, har bir bosqich quyidagi faoliyatlarni
qamrab oladi:
1 -bosqich: Respublika ta’lim markazi qoshidagi Maxsus talim bo’yicha manba
markazida ko’chma ta’lim guruhi tashkil etiladi. Ko’chma ta’lim guruhiga texnik
yordam ko’rsotish.
2-bosqich: «Barqaror toraqqiyot uchun inklyuziv ta’lim» mavzusida milliy
anjuman tashkil etish.
3-bosqich: Xalq ta’limi vazirligining viloyat boshqormalori bilan hamkorlikda
nuqson bilan rivojlanoyotgan bolalarni aniqlash bo’yicha tibbiy-psixologik-
Ilmiybaza.uz
13
pedogogik komissiyani toshkil etish. Qo’shma guruh va sinflarda o’qitish
moqsadida nuqson dorajosi me’yordon og’ishgon (3-7 yoshdagi) bolalarni aniqlash.
4-bosqich: Uslubiy tavsiyanomalar, qo’llanmalar va dasturlarni nashr qilish.
5-bosqich: Pedagog-tarbiyachilar,
o’qituvchilar,
psixologlarning
qo’shma
guruhlari va sinflarda bolalardagi nuqsonlarni tuzatish va rivojlantirishga
yo’naltirilgan dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini tashkil
etish.
6-bosqich: Mavjud bolalar ta’limi muassasalarida, 2 ta bog’cha va 2 ta o’rta
maktabda maxsus tajribaviy guruh tashkil etish, Texnik yordam ko’rsatish.
7-bosqich: Maktabgacha inklyuziv ta’lim Ixtisoslashgan ishlab chiqilgan
tajribalarni targ’ib qilish bo’yicha ilmiy-uslubiy, amaliy-mintaqaviy anjumanni
tashkil etish.
8-bosqich: Monitoring va baholash.
9-bosqich: Moliyaviy hisobot.
Loyiha yordamga muhtoj bolalar, ularning ota-onalari, bog’cha pedagog-
tarbiyachilariga qaratilgan. Loyiha Respublika ta’lim markazi qoshidagi Inklyuziv
ta’lim bo’yicha manba markazi tomonidan Toshkent Davlat pedagogika
universitetining Boshlang’ich ta’lim va defektologiya fakulteti, YuNESKOning
O’zbekistondagi vakolatxonasi va YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy
komissiyasi, shuningdeq boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga
oshiriladi. Loyiha bir yil muddatga mo’ljallangan. Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba
markazi 2001 yilda O’zbekiston Xalq talimi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim
markazida tashkil etilgan. Tashkilotning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:
- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchi va
tarbiyachilar uchun turli anjuman va o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish
orqali O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga inklyuziv ta’limni tatbiq etish;
- nogiron bolalar uchun o’quv darsliklarini yaratish;
- nogiron bolalar uchun tajribaviy maydonlar barpo etish;
- bola uchun alohida rivojlantirish rejasini yaratish;
- pedagoglar va ota~onalarga maslahat xizmatini ko’rsatish;
Ilmiybaza.uz
14
- uslubiy qo’llanmalar, tavsiyanomalar, maxsus maktablarda nogiron bolalar
bilan ishlash rejasini yaratish;
- yuridik faoliyat va ijtimoiy muhofaza bo’yicha ma’lumot bilan ta’minlash;
- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi jamoat va davlat
tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
- nogiron bolalar ta’limi sohasida mavjud kamchiliklarni ommaviy axborot
vasitalarida yoritib borish;
- xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; maxsus ta’lim sohasidagi
tajribalarni tatbiq etish.
Ta’lim sohasida yordamga muhtoj bolalarning tahsil olishlari hamisha
jamiyatning diqqat markazida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Shunday ekan,
ularga ta’lim beruvchi pedagoglar va mutaxassislor malakasini oshirish, zarur
zamonaviy qo’llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash ham bu masalani hal qilish uchun
qo’yilgan qadamlardan biri hisoblanadi.
BMT tomonidan 1989 yilda qabul qilingan «Bola huquqlari to’g’risidagi»gi
Konvensiyasi hamma bolalarni, shu qatori maxsus ehtiyojli bolalar huquqlarini ham
himoya qiladi va qo’llab-quvvatlaydi. Aynan 2, 23, 28, 29 - moddalarda maxsus
ehtiyojli bolalari huquqlari belgilangan. Bolalar huquqlari To’g’risidagi
Konvensiyaning 2-moddasi maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun asosiy modda
hisoblanadi. Unda mazkur Konvensiyadagi har bir modda irqi, dini, millati, etnik
yoki ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha bolalaga tegishliligi haqida
ta’kidlanib, “Barcha huquqlar har bir bola uchun tegishli. Kamsitish yoki
jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun zarur
choralarni ko’rish ishtirokchi davlatlar majburiyatlariga kiradi” deb bayon qilingan.
2000 yil O’zbekistonda inklyuziv ta’limning ilk asosi sifatida Respublika ta’lim
markazi maxsus ta’lim bo’limi tomonidan “O’zbekiston respublikasida alohida
yordamga muhtoj bolalar ochiq ta’lim tizimining rivojlantirish chora-tadbir rejasi”
ishlab chiqildi. Bu reja dasturda alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim
tizimga
kiritishning
quyidagi
tashkiliy
asoslari
yoritib
berildi:
ommaviy axborot orqali jamiyat ongini inklyuziv ta’limga tayyorlash;
Ilmiybaza.uz
15
Respublikadagi alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalar haqida axborot banki
yaratish;
-barcha turdagi nuqsonli bolalar uchun umumta’lim va yakka tartibda oilalarda
o’qitilishi bo’yicha turli xil o’quv metodik adabiyotlar, didaktik vasitalar ishlab
chiqish
va
ta’minlash
masalalari
qayd
qilingan.
Inklyuziv ta’lim konsepsiyasini O’zbekistonda joriy qilish va undagi muammolarni
hal qilish maqsadida turli xil chora-tadbirlar uyushtirish, matbuot-axborot vasitalari
orqali
targ’ibot-tashviqot
ishlari
bir
muncha
faollashdi.
Respublika ta’lim markazi YuNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda 2001 yilda
“Inklyuziv ta’lim” mavzusida seminar o’tkazib, uning tavsiyalariga asosan
Respublika Ta’lim Markazi maxsus ta’lim bo’limi qoshida “Inklyuziv ta’lim resurs
markazi” tashkil etildi. “Inklyuziv ta’lim resurs markazi”ning vazifalari
quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
-ta’limga jalb etilmagan imkoniyati cheklangan bolalar ta’limini tashkil etishga
ko’maklashish;
-inklyuziv sinf va guruhlarni o’quv metodik majmualar bilan ta’minlash;
-joylardagi resurs markazlarga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish;
-imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalariga farzandlarini tarbiyalash,
maktabga va ijtimoiy hayotga tayyorlashga oid turli shakldagi tadbirlarni tashkil
etish, maslahatlar berish;
-imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga ta’lim berish, kasb-hunarga
o’rgatish ishlarini amalga oshirish maqsadida umumta’lim muassasalarida inklyuziv
sinflar va guruhlar tashkil etish, ta’limni integrasiya asosida olib borish kabilar.
2002 yilning 31 may kuni “Ta’lim hamma uchun Dakar Deklorasiyasi”ning
mohiyatini O’zbekistonda tadbiq etish yuzasidan Xalq Ta’limi Vazirligi, YuNESKO
xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda “Ta’lim hamma uchun” mavzusida halqaro
forum tashkil etildi. Forumda xalqaro YuNESKO tashkilotining eksperti janob
Kotibxon ishtirok etib forum qatnashchilariga “Ta’lim hamma uchun” Milliy dastur
rejasini ishlab chiqish mavzusida seminar tashkil etdi. Natijada 2003 yil “Ta’lim
Ilmiybaza.uz
16
hamma uchun” dasturining Milliy rejasi ishlab chiqildi. “Ta’lim hamma uchun”
dasturining Milliy rejasi 2000 yilgi Dakar shartnomalari doirasida ishlab chiqilgan
bo’lib, siyosatchilar, ta’lim tizimi, vazirlik va idoralar rahbarlari, pedagoglar, jamoat
arboblari, O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish
muammolari bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun mo’ljallangan. “Ta’lim hamma
uchun” Milliy harakat rejasini ro’yobga chiqarish bo’yicha yaqin davrlar (2001-
2015- yillar)ga mo’ljallangan tadbirlar belgilanib, u Ta’lim hamma uchun milliy
harakati hamda umumiy o’rta ta’lim maqsad va vazifalarini ro’yobga chiqarish
siyosati” deb nom olgan VI bandining IX yo’nalishi Maxsus ta’limga yo’naltirilgan
bo’lib, unda maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etishda
qonunchilik va me’yoriy bazani takomillashtarish, maktabgacha va boshlang’ich
ta’lim-tarbiya, maxsus ta’lim mazmunini, inklyuziv ta’lim jarayonining o’quv-
uslubiy tomonini takomillashtirish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish, inklyuziv ta’limning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,
inklyuziv ta’limni joriy etishda targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish va boshqa
masalalar qayd etilgan.
2005 yilning 19 sentyabr kuni XTVning 234-sonli buyrug’i bilan «Imkoniyati
cheklangan bolalalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim to’g’risida muvaqqat
Nizom»i tasdiqlandi. Ushbu Nizomda inklyuziv ta’lim tizimining maqsad, vazifalari
belgilab berilgan. Unda qayd qilinishicha, imkoniyati cheklangan bolalar va
o’smirlar quyidagi tartibda inklyuziv ta’limga qamrab olinadi:
-ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar;
-harakat muvozanati buzilgan;
- o’z-o’ziga xizmat qila oladigan debillik darajasidagi oligofren bolalar va
o’smirlar;
-nutqida nuqsoni bo’lgan (muloqoti cheklanmaydigan darajadagi) bolalar;
-zaif ko’ruvchi bolalar va o’smirlar;
-zaif eshituvchi va kech (5 yoshdan keyin)kar bo’lgan bolalar;
-ko’zi ojiz (Brayl yozuvi va o’qishni egallagan) bolalar va o’smirlar;
Ilmiybaza.uz
17
-kar (muloqot darajasida nutqi bo’lgan, o’qish va yozishna egallagan) bolalar va
o’smirlar.
«Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim to’g’risida
muvaqqat Nizom»ning 4-bandida inklyuziv ta’lim tizimida o’quv tarbiya jarayonini
tashkil etishning quyidagi masalalari qayd etilgan:
4.1.Inklyuziv ta’limni tashkil etilgan barcha umumta’lim maktablarida
imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan do’stona munosabat ruhi
shakllanadi.
4.2. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida Davtlat
Ta’lim standartlariga ilova sifatida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar
uchun korreksion dastrlar ham inobatga olinadi, maxsus korreksion ishlarni amalga
oshirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi (maxsus jixozlangan korreksiya xonasi,
maxsus infrastruktura).
4.3. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida tayorlov
guruh va birinchi sinflarida 35 daqiqa boshqa sinflarad 45 daqiqadan darslar olib
boriladi;
4.4. Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning bilimlari ularning shaxsiy
xususiyatlari va qobiliyatlariga asoslangan holda belgilangan tartibda baholanadi.
4.5. Ta’lim jarayonida zamonaviy umumdidaktik tamoyillar bilan bir qatorda
maxsus tamoyillar ham e’tiborga olinadi.
4.6. Korreksion ta’lim o’quvchilarning ehtiyojlariga ko’ra tabaqalashtirilga holda
tashkil etiladi.
4.7.Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktabiga o’quvchilar
ota-onalarning
arizasi
hamda
“Tibbiy-psixologo-pedagogik
komissiya”lari
xulosalari asosida qabul qilinadi va ta’lim muasasalari rahbarlarining buyrug’i bilan
tasdiqlanadi.
4.8.Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktabidagi sinflarida
integrasiya qilingan o’quvchilar soni 4 nafardan oshirilmaydi hamda o’quvchilar
umumiy soni 25 nafargacha belgilanadi.
Ilmiybaza.uz
18
Shuningdek mazkur Nizomda inklyuziv ta’lim ishtirokchilari, inklyuziv ta’lim
mutaxassislarining ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar bilan hamkorligi,
xalqaro hamkorlikda qatnashish xususiyatlari batafsil bayon etilgan. “Imkoniyati
cheklangan bolalar va o’smrlar uchun nklyuziv ta’lim muvaqqt Nizom” asosida
Respublikamizda inklyuziv ta’lim tizimining quyidagi huquqiy-ijtimoiy asoslari
yaratildi:
-bolani ijtimoiy hayotga tayyorlashda yoshi, jinsi irqi, millatidan qat’iy nazar
O’zbekiston Konstitusiyasining moddasiga asosan barcha bolalar umumta’lim
jarayoniga kiritish va ijtimoiy hayotga moslashtirish lozimligi belgilangan;
-har bir bola o’zining qiziqishi qobiliyati, va ehtiyojiga ko’ra mos ravishda bilim
olishi huquqiga ega;
-ta’lim dasturini ishlab chiqishda va amalga oshirishda o’ziga xoslik va
ehtiyojlarning turli-tumanligini nazarda tutish;
-har bir bola tengdoshlar qatori bilim olish huquqiga ega bo’lishi;
-bolani ta’limga emas, balki ta’limni bolani ehtiyojiga ko’ra tashkil etilishi;
-bolan muhtojligi va imkoniyatini e’tiborga olgan holda ta’lim metodologiyasini,
o’quv rejalarni ixcham bo’lishini qo’llab-quvvatlash hamda baholash;
-inklyuziv ta’lim muammoni bolada emas, tizimda ekanligini aniqlaydi, bolaga
qulay shart-sharoit yaratishni ta’minlaydi;
-bolani shaxsiy ehtiyojiga qarab korreksion-pedagogik va ijtimoiy yordamni
tashkil qiladi va hokazo.
Bugungi kunga qadar Respublikamizda o’tkizilgan seminar treninglarda 500dan
ortiq ishtirokchilar inklyuziv ta’lim tizimining mazmun mohiyati, uni joriy qilish
bosqichlari xususida mukammal ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim olishini
yanada takomillashtirish, amaliyotda uchraydigan muammolarning yechimlarini
davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida hal qilish masalalari yuzasidan
quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
-korreksion ta’lim strukturasini sifat jihatdan yangilash;
Ilmiybaza.uz
19
-respublikaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda
bosqichma-bosqich to’liq integrasiyasiga amal qilish;
-davlat normativ hujjatlariga inklyuziv ta’limni joriy etish bo’yicha
qo’shimchalar kiritish yoki tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash;
-binoni ularga mos ravishda rekonstruksiya qilish;
-umumta’lim tizimida ta’lim olayotgan maxsus ehtiyojli bolalar uchun zaruriy
moddiy texnik ba’zani yaratish;
-inklyuziv ta’limni tashabbuskorliq mehr-muruvvat tarzida tashkil etish;
-maktabning ish faoliyatiga inklyuziv ta’limni amalga oshirish borasida
o’zgarishlar kiritish;
-umumta’lim muassasa pedagoglarini inklyuziv ta’lim bo’yicha qayta
tayyorlash;
-barcha pedagogika oliygohlarida va o’rta maxsus o’quv yurtlarida korreksion
pedagogik kurslarni kiritilishi;
- korreksion Davlat ta’lim talablari va dasturlarni imkoniyati cheklangan
bolaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda moslashtirishirilgan, ishlab chiqish;
-umumta’lim, maxsus maktab pedagoglari, ota-onalar uchun o’quv metodik va
ilmiy ommabop, ixcham turdagi o’quv adabiyotlar va individual dasturlar yaratish;
-nogiron bolani ilk yoshidan tashxis qilish va korreksion pedagogik yordam
berish;
-imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim tizimida umumiy va korreksion
ta’lim olishini ilmiy asoslari, standart talablar, o’quv metodik majmualarni yaratish
va ta’minlash;
-kasb-hunarga o’rgatish, reabilitasiya qilish va bu ishda oilani bevosita
ishtirokini ta’minlash kabi bir qator dolzarb masalalarni kelajakda keng qamrovli
bajarish uchun davlat tasarrufida muvofiqlashtiruvchi ilmiy-pedagogik resurs
markazi, boshqarma, ilmiy labaratoriyalar tashkil qilish kabi tashkiliy, ilmiy-
uslubiy, amaliy ishlarni bajarish inklyuziv ta’limni joriy qilish muvaffaqiyatini
ta’minlaydi.