JADIDCHILIK HARAKATINING IJTIMOIY-IQTISODIY MOHIYATI VA JADIDLAR TAFAKKURI
Yuklangan vaqt
2024-04-27
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
31,5 KB
Ilmiybaza.uz
JADIDCHILIK HARAKATINING IJTIMOIY-IQTISODIY MOHIYATI VA
JADIDLAR TAFAKKURI
XIX asr oxiri- XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jixatdan
inqiroz xolatiga tushib qolgan muslamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan
o’lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan
qutulish, o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo’l
ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko’rdi. Bu borada jadidchilik xarakati katta
rol o’ynadi. Jadidchilik rus mustamlakachiligiga qarshi milliy demokratik xarakat
bo’lib, u o’sha davr Turkistondagi qoloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda
yashayotgan xalqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat xayotida ijtimoiy va madaniy
isloxotlar o’tkazish, pirovardida milliy mustaqillik g’oyalarini xayotga tadbiq etish
maqsadini o’z oldiga qo’ygan edi. Turkistonda jadidchilik g’oyalari XIX asrning 90-
yillaridan yoyila boshladi. Bu xarakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o’lka
ijtimoiy-siyosiy xayotida muxim rol o’ynadi. Bugungi kunda respublikamiz tarixchi
olimlari jadidchilik xarakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda: 1) XIX asr
oxirlaridan 1915 yilgacha-ma’rifatchilik; 2) 1915 yildan – 1918 yil fevraligacha-
muxtoriyatchilik; 3) 1918 yil fevralidan - 20-yillar oxirlarigacha mustabid sovetlar
davridagi faoliyati. Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon xalqlari orasida
dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy-
dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan Ismoilbek Gasprali (1851-1914) bo’ldi.
Ismoilbek 1884 yilda jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 bolaning savodini
Ilmiybaza.uz
chiqaradi. Uning o’qitish usuli «usuli savtiya», ya’ni «yangi usul» nomi bilan
shuxrat qozondi. «Jadid» arabcha so’z bo’lib, «yangi» degan ma’noni bildiradi.
Ismoilbek g’oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari «jadidlar», uning g’oyalari
esa «jadidchilik» nomini oldi. Ismoilbek Gasprali darslik yaratadi, o’zining
«Tarjimon» (1883-1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida
keng targ’ib qiladi. Bu gazeta Toshkent va boshqa shaxarlarga xam tez yoyiladi.
I. Gasprali 1893 yilda Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo’ldi. Buxoroda amir
Abdulaxadni jadid maktabi ochishga ko’ndiradi. Bu maktabga «Muzaffariya» nomi
beriladi. 1898 yilda To’qmoqda (Qirg’iziston) xam shunday maktab ochildi. 1899
yilda Andijonda SHamsuddin domla, 1901 yilda Qo’qonda Saloxiddin domla,
Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir
SHakuriylar birinchi bo’lib jadid maktablarini ochadilar. Jadidchilik xarakatining
yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar xam yaratganlar. Xususan,
Saidrasul Aziziyning «Ustozi avval» (1903), Munavvarqorining «Adibi avval»
(1907), Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912)
darsliklari aloxida e’tiborga molikdir. Jadidlarning xalq ma’rifati uchun kurash
dasturi uch asosiy yo’nalishdan iborat bo’lgan:
1.YAngi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish.
2.Umidli, iqtidorli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish.
3.Turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish xamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga
qaratilgan gazetalarni chop etish.
SHu dasturni amalga oshirish borasida Maxmudxo’ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat,
Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev, Abdulla
Avloniy, Abdulxamid CHo’lpon va boshqa ziyolilar jonbozlik ko’rsatishdi.
YAngicha o’qitish musulmon bolalariga qisqa vaqt ichida dunyoviy, diniy ta’lim
berish dasturi asosida olib borildi. Bu dasturga ko’ra maktablarda o’qitish tizimi ikki
bosqichdan iborat bo’lgan. Birinchi bosqich ibtidoiy qism deb atalib, uning taxsil
muddati 4 yil bo’lgan. Birinchi bosqichni tugatgan shogird eski maktabda 10 yil
o’qigandan ko’ra yaxshiroq savod chiqargan. Ikkinchi bosqichni muvaffaqiyatli
Ilmiybaza.uz
tugatgan shogird arabcha, forscha, turkiy tilda bemalol so’zlashib, ruschada erkin
gaplasha olar edilar.
Jadidlarning xalqaro aloqalari juda keng qamrovli bo’lgan. Ular Rossiya, Turkiya,
Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor
bo’lganlar, o’zaro safarlar, muloqotlar orqali tajriba almashganlar. 1905-1906 yilgi
Rossiyadagi inqilobiy xarakatlar Turkistonga xam o’z ta’sirini ko’rsatdi. Faol
kuchlar jipslasha boshladilar va jadidlar ma’rifatchilik faoliyatini jadallashtirdilar.
Bu faqatgina maktablarda emas, balki jonli matbuotchilik faoliyati, jumladan,
ro’znomalarning ko’plab vujudga kelishida xam ko’rindi. CHunonchi, 1906 yilda
Ismoil
Obidovning
muxarrirligida
«Taraqqiy»,
shu
yili
Munavvarqori
muxarrirligida «Xurshid», 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muxarrirligida
«SHuxrat», Axmadjon Bektemirov muxarrirligida «Osiyo» ro’znomalari chop
etildi.
Lekin tez orada chor ma’muriyati ashaddiy shovinist N.P. Ostroumov
bildirishnomasiga asoslanib, bu ro’znomalarni man etdi.Ma’rifatchilikning yangi
to’lqinida 1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona»,
«Buxoroi sharif», «Turon», 1917 yilda esa «El bayrog’i», «Kengash», «Xurriyat»,
«Ulug’ Turkiston» gazetalari, «Oyina» jurnali kabi ommaviy axborot vositalari xam
paydo bo’ldi.
Jadidchilik Stolipin reaksiyasidan so’ng yashirin tusga o’tdi. CHunonchi, Toshkent
politsiyasi maxkamasiga yetkazishicha, maxfiy guruxlardan birini o’qituvchi
Axmadjonov boshqargan va u, asosan, milliy ziyolilar xamda o’quvchi yoshlar
vakillaridan tarkib topgan. Qo’qondagi maxfiy gurux 50 kishidan iborat bo’lgan.
Andijondagi jadidlarning yashirin tashkiloti «Taraqqiyparvar» deb atalib, maxfiy
ishlar bo’yicha politsiya bo’limining ma’lumotlariga qaraganda, uning raxbarlaridan
biri Ubaydulla Xo’jayev bo’lgan. SHuningdek, podsho ayg’oqchilari 1909-1916
yillar davomida mudarris va maktab o’qituvchilarining o’lkani boshqarishda
isloxotlar o’tkazish kerakligi xaqida targ’ibotlar olib borayotganliklarini bir necha
marotaba xukumatga yetkazganlar.Rossiya Fevral demokratik inqilobi arafasida
Turkiston jadidchiligi yetuk siyosiy xarakatga aylandi. Agar Birinchi Jaxon
Ilmiybaza.uz
urushidan keyin jadidlar parlamentar monarxiya uchun kurashgan bo’lsalar, Fevral
inqilobidan keyin Turkiston jadidlarining «taraqqiyparvarlar» oqimini tashkil qilgan
radikal qismi ancha keng qamrovli, bir qator siyosiy talablarni ilgari surdi. Ular
qatoriga maxalliy axoli xuquqlarini kengaytirish tomon o’lkani boshqarish
yuzasidan asosli isloxotlar o’tkazish, o’lkaga Davlat Dumasidan axoli soniga qarab
o’rin berish, asosiy demokratik erkinliklar, avvalo, milliy matbuot erkinligini
ta’minlash, chorizmni konstitutsion tuzum bilan almashtirish kabilar kiradi.
Rossiyadagi Fevral demokratik inqilobi Rossiyada yangi davlat tuzumi
o’rnatilgandan so’ng federativ davlat shaklida muxtoriyat olishga umid bog’lagan
jadidlarni ruxlantirib yubordi. Ayni paytda, milliy siyosiy partiyalar va tashkilotlar,
jumladan, jadidlar tomonidan «SHo’roi Islomiya», «Ittifoqi muslimin», «Turon»
kabi bir qator tashkilotlar tuzildi. Bu paytga kelganda jadidlar tub yerli axoli ijtimoiy
tarkibining turli qatlamlarini o’z ortlaridan ergashtira oldilar, ular ongida
musulmonlar birligini mustaxkamlash, jipslashtirish xissini uyg’otdilar. Ammo ular
tez kunlarda tushundilarki, Rossiyadagi Muvaqqat xukumat va uning Turkiston
Qo’mitasi xam o’lkada avvalgidek mustamlakachilik siyosatini davom ettirish
yo’lini tutmoqda. CHunonchi, bu siyosat Ta’sis majlisini chaqirishga tayyorgarlikda
yaqqol namoyon bo’ldi. SHu vaqtdan jadidlar uchun mustaqillik va muxtoriyat yo
xayot, yo mamot muammosiga aylandi va jadal siyosiy janglar boshlandi. Ular
xukumatning mustamlakachilik siyosatini qattiq tanqid ostiga oldilar va
Turkistonning Rossiya Demokratik Federativ Respublikasi tarkibida milliy-xududiy
muxtoriyat olish uchun astoydil xarakat qilishga kirishdilar. Jadidlarning dasturiy
xujjatlarida diqqat-e’tibor milliy-xududiy muxtoriyatning asosiy tamoyillarini
amalga oshirish mexanizmlari-Turkiston Federativ Respublikasi imkoniyatlariga
taalluqli bo’lgan masalalar bo’yicha, qonunlar chiqarishni amalga oshirish uchun
chaqirilgan mustaqil vakolatli o’lka xokimiyatining oliy organlari, boshqaruvi va
sudi mexanizmlarini ishlab chiqish, o’z davlat tuzilishini barpo etishga qaratildi.
Boshqaruvning poydevori sifatida respublika shakli tanlab olindi. Demokratik
xuquq va erkinliklar berilgan va konstitutsion jixatdan kafolatlanishi lozim bo’lgan
demokratik jamiyatni shakllantirish-ustuvor maqsad qilib belgilandi. Turkiston
Ilmiybaza.uz
jadidlari davlat mustaqilligi xaqidagi o’z g’oyalarini xayotga tatbiq etishni
mamlakatdagi turli ijtimoiy kuchlar o’rtasida tinchlik va kelishuvchilik, demokratik
asosda shakllantirilgan Rossiya Ta’sis majlisini chaqirish bilan bog’langanliklari
xam diqqatga sazovor. 1917 yil iyulda «SHo’roi islomiya»dan «SHo’roi Ulamo»
tashkiloti ajralib chiqdi. Ammo Ta’sis majlisida o’rin olish masalasining
muximligini anglash, bu ikki oqimning keyinchalik qo’shilishiga va «Turk Adami
markaziyati» nomi bilan ataluvchi yagona Turkiston Federalistlari partiyasining
tashkil etilishiga olib keldi.
Biroq Turkistondagi oktyabr voqealari va bolsheviklarning zo’ravonlik bilan
xokimiyatni egallashi ularga o’z maqsadlarini oxirigacha amalga oshirishlariga
imkon bermadi. SHunga qaramay, ular Petrogradda tuzilgan Lenin boshchiligidagi
bolsheviklar xokimiyatining «Rossiya xalqlari Deklaratsiyasi» (1917 yil 2 noyabr),
«Rossiya va sharqning barcha musulmon mexnatkashlariga» Murojaatnoma (1917
yil 20 noyabr), xujjatlarda ko’rsatilgan millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilashi
to’g’risidagi xuquqlardan foydalanib, Turkiston muxtoriyati xukumatini e’lon
qildilar. Uch oygina yashagan bu muxtor respublika tugatilishi oqibatida jadidlar
ta’qibga uchradilar. Munavvarqori Abdurashidxonovning guvoxlik berishicha,
«Ittixodi taraqqiy» (1917-1920), «Milliy ittixod» (1920-1925), «Milliy istiqlol»
(1925-1929) va «Turkiston Milliy Birligi» (1921-1923) (raisi Axmad Zakiy Validiy)
maxfiy tashkilotlari o’lkada xokimiyatni qo’lga olish maqsadida faoliyat
yuritgan.Sovet davrida jadidlardan chiqqan milliy ziyolilar sovet organlarida
faoliyat ko’rsatdilar va o’z faoliyatlari bilan xalq ta’limi san’atini rivojlantirishga
ma’rifiy ishlarni taraqqiy ettirishga xarakat qildilar. Jadidlarning ayrim qismi
mustabid tuzumning siyosatiga ko’nikmay xorijga o’tib ketdilar, muayyan qismi esa
istiqlolchilar xarakatiga qo’shilib ketdilar. Istiqlolchilik xarakatiga g’oyaviy
raxnamolik qilish, ayniqsa, sovet organlarida ishlab, milliy mustaqillik g’oyalarini
targ’ib qilishdagi sa’y-xarakatlari jadidlarning sovetlar tomonidan 1929, 1937-1938
yillarda ommaviy qirg’in qilinishiga olib keldi.
Buxoro amirligi va Xiva xonligida jadidchilik xarakati Turkistondagi kabi XIX asr
oxiri-XX asr boshlarida shakllangan bo’lsa xam bu xududlardagi tarixiy sharoit
Ilmiybaza.uz
undagi jadidchilik xarakatiga xam o’ziga xos xususiyatlar baxsh etdi. Buxoro va
Xiva jadidlari dastlab amir va xon xukmronligini cheklash, mavjud tuzum sharoitida
isloxotlar o’tkazib, jamiyat taraqqiyoti va milliy mustaqillikni qo’lga kiritishni
maqsad qilib qo’ygan bo’lsalar, keyinchalik xon va amir yakka xukmronligi xar
qanday taraqqiyotga to’siq ekanligini tushunib yetdilar. CHunki 1917 yilda Xivada
Asfandiyorxon ruxsati bilan tuzilgan yosh xivaliklardan iborat majlis va nozirlar
kengashi, ularning taqiqlanishi va Junaidxon davridagi yosh xivaliklarning qattiq
ta’qib qilinishi; Buxoro amiri Said Olimxonning o’zi qabul qilgan isloxotlar
o’tkazish xaqidagi farmonini bekor qilishi va 1918-1920 yillarda yosh
buxoroliklarning quvg’inga uchrashi shunga olib kelgan. Buxoro va Xorazm Xalq
Respublikalarida jadidlar xukumat organlarida raxbar lavozimlarida ishlab
mamlakatni taraqqiy qildirish va mustaqillikni saqlab qolishga intildilar (1920-
1924). Biroq sovet rejimi avval Buxoro va Xorazm davlatlari mavjudligiga chek
quygan bo’lsa, keyinchalik barcha jadid namoyondalarini jismonan maxv qildi.
Umuman olganda, asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik xarakati Turkiston
xalqlarining milliy ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor Rossiyasi, so’ngra sovet
mustamlakachiligiga qarshi kurashda muxim o’rin tutadi.
XIX asr oxiri XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jihatdan inqiroz
holatiga tushib qolgan mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan o’lkada
Turkiston ziyolilari chor Rossiyaning mustamlakachilik zulmidan qutilish o’z milliy
davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotga yo’l ochish, halqqa ziyo
tarqatish choralarini ko’radilar. Bu borada jadidchilik harakati katta rol o’ynadi.
Turkistonda jadidchilik G’oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshlagan. Bu
harakat XX asrning 30-yillari oxirigacha o’lka ijtimoiy, siyosiy hayotida muhim rol
o’ynadi. Hozirgi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik harakatida
quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda:
XX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma’rifatchilik;
1915 yildan 1918 yil fevraligacha-muxtoriyatchilik;
1918 yil fevralidan 20 yillar oxirlarigacha mustabid sovetlar davridagi faoliyatidir.
Ilmiybaza.uz
Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon halqlari orasida dastlab Qrimda
XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy dunyoviy ilmlarni
chuqur egallagan. Ismoilbek Gaspirali (1851-1914) bo’ldi. Ismoilbek 1884 yilda
jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 ta bolaning savodini chiqardi. Uning o’qitish
usuli «usuli savtiya», ya’ni «yangi usul» nomi bilan shuhrat qozondi. «Jadid»
arabcha so’z bo’lib, «yangi»degan ma’noni bildiradi.Ismoilbek G’oyalari
yangilanish,yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo’llari
tarafdorlari «jadidlar», uning G’oyalari esa «jadidchilik» nomini oldi. Jadidchilik
XIX asrning birinchi choragida turkiy musulmon o’lkalarida (Qrim, Kavkaz,
Volgabo’yi-BulG’or va Janubiy ¤rol havzasi, Turkiston) shakllanib kelayotgan
milliy burjuaziya muhitida yuzaga kela boshladi. U o’sha davrdan Turkistondagi
milliy-ozodlik harakatining mafkurasi Turkiston milliy mustaqillik mafkurasi
vazifasini bajardi. Jadidchilikning asosiy G’oya va maqsadlari: Turkistonni o’rta
asrchilik, feodal qaloqlik, xurofatlardan ozod qilish, «Usuli qadam»ni inkor etgan
holda o’lkani, halqni millatni zamonaviy mutaraqqiy yo’liga olib chiqish, milliy
davlat bunyod etish,konstitutsion parlament va prezident idora usulidagi ozod va
farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy pul birligi
va milliy qo’shin tuzish. Bu G’oya va maqsadlar 1917-1920 yillarda «Turkiston»
muhtoriyati; Buxoro va Xorazm halq respublikalari davrida, qisqa muddatda va
qisman bo’lsa-da amalga oshirildi.
Jadidchilikning mintaqaviy-hududiy tarixiy shakllari: Qrim, Kavkaz, Volgabo’yi-
BulG’or va Janubiy ¤roldagi jadidchilikka Gaspirali Ismoilbey, Jovid Husaynzoda,
Muso Jorulloh Qozoniy, Rizouddin ibn Fahriddin rahnomolik qilgan;
Turkistonda Munavvar qori, Behbudiy va boshqalar yetakchilik qilishgan; Buxoroda
«YOsh buxoroliklar» hukumati, Jum hurrais Usmonho’ja, Fitrat va boshqalar
yo’lboshchilik qilishgan; Xiva jadidlariga «YOsh xivaliklar» hukumati, Jumhurrais
Xoja Pahlovon Niyoz Hoji yetakchilik qilganlar.
Jadidchilikning Turkistondagi tadrijoti;
Ilmiybaza.uz
I.1885-1895 yillar: G.Ismoilbeyning «Tarjumon» gazetasi ta’sirida Qo’qonda yangi
jadid usulidagi maktablar ochish harakatlari boshlanib, ular asta-sekin rus-tuzem
maktablari bilan raqobatlasha boshlagan.
II. Qrimdagi Gaspra shahridan G.Ismoilbeyning Buxoro va Samarqandga tashrifi,
Buxoro amiri bilan uchrashishi natijasida 1895 yilda jadid maktablarini tashkil etish
davri Buxoroda Jo’raboy, Samarqandda A.SHakuriy, S.Aziziy, A Munzim, Mulla
Qilich, Toshkentda Munavvar Qori, A.Avloniylar, Qo’qonda Hamza, Namanganda
I.Ibrat, So’fizoda va boshqalar siymolarimiz ochgan jadid maktablari o’z
faoliyatlarini olib bordilar.
III. 1905-1914 yillar jadidchilikning maktab-maorifidan kengroq gazetachilik, ya’ni
ro’znomalar va jadidlarni chop etish, matbaa ishlarini yo’lga qo’yish, ilm-fan,
adabiyot, madaniyat maorifni milliylashtirish bosqichi.
IV.1914-1917 yillar jadidchilikning o’ta ijtimoiy, siyosiy yo’nalish kasb etishi,
jadidchilik siyosiy firqlarining tuzilishi va ularga 3 xil turli talablar qo’yish:
Rossiyadan to’la ajralib chiqish:
Rossiya Federatsiyasi tartibida «milliy-hududiy muxtoriyat» tuzish:
Rossiya unitarizmi tartibida faqat ma’naviy-diniy muxtoriyat huquqlari kafolatiga
ega bo’lish:
V. 1917 yil oktyabri 1918 yil Qo’qonda «Turkiston muhtoriyati»ning tuzilishi va
uning qonga botirilib, mahv etilishi davri.
VI. 1918-1924 yillar sho’ro tizimi tarkibida, maorif-matbaa ishlarida «CHiG’atoy
gurungi»ni tuzish bilan ajralib turadi.
VII. Turkiston parchalanib (1924), jadidchilikning keyingi taraqqiyoti «milliy
jumhuriyatlar»doirasida bordi. Jadidchilik asosan madaniyat-maorif, maktab va
matbaa ishlarida «CHiG’atoy gurungi» G’oyalarini zimdan amalga oshirishga,
milliy-ozodlik harakatini jonlantirishga urindi.
VIII. 1931 yildan to 1937-38 yillar orqali 50-yillarining birinchi yarmigacha
qataG’onga uchrash davri.
Ilmiybaza.uz
Har bir davrda biror yangi G’oyaning tuG’ilishi aniq tarixiy sharoitda sodir bo’ladi.
Unda tarixiy shaxslarning o’ynaydigan rolini hech kim inkor etmaydi. CHunki ular
yetilgan muammolarni hal qilish yo’llarini nazariy tomonlarini hal qilish yo’llarini,
nazariy tomonlarini barchadan teranroq idrok qiladi, ularni amalga oshirishga
favqulodda kuch va G’ayrat bilan kirishadilar. Musulmonlar va qolaversa, turkiylar
dunyosining jahon taraqqiyotidan uzilib qolganligini, buni G’oyat hafvli holga
barham berish kerakligini hamda umumturkiy qavm, el-yurtlaridagi jaholatni yo’q
qilib, ma’rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlariga tenglashish zarurligini birinchi
bo’lib qrim-tatar halqi farzandi Ismoil Gaspirinskiy (1851-1914) tushunib yetdi. ,U
jadidchilik harakatining butun turkdunyosidagi «G’oyaviy otasi»dir.
Ismoil Gaspirinskiy ilmga qattiq berildi. Jahon madaniyati durdonalarini mashaqqat
bilan o’rgandi. Natijada turli ilmlardan boxabar bo’ldi. Bir necha tillarni mukammal
egalladi. Bu esa uning jahon ilm-fan yutuqlari bilan tanishuviga keng yo’l ochdi.
Ana shu tufayli Ismoil Gaspirinskiy SHarq bilan G’arb olamini taqqoslash va yakdil
bir hulosaga kelish imkoniyatiga ega bo’ldi. Musulmon turkiy olamini jahon
ma’rifati, ilm darajasiga ko’tarish G’oyasi unga kecha-kunduz tinchlik bermadi.