Jahon bolalar adabiyoti. Rus bolalar adabiyoti А. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, N.A.Nekrasov X. K. Andersen, aka-uka Grimmlar, Sh.Perro hayoti va ijodi.
Yuklangan vaqt
2024-09-23
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
85,0 KB
Jahon bolalar adabiyoti. Rus bolalar adabiyoti А. S. Pushkin, L. N.
Tolstoy, N.A.Nekrasov X. K. Andersen, aka-uka Grimmlar, Sh.Perro hayoti
va ijodi.
Reja:
1. А.S.Pushkinning ijod yo‘li.
2. L.N.Tolstoy va bolalar kitobxonligi.
3. N.A.Nekrasovning ijod yo‘li.
4. X.K.Anderson va uning jahon bolalar adabiyotida tutgan o‘rni.
5. Aka-uka Grimmlar va jahon bolalar adabiyoti.
6.Sharl Pero - mashhur ertakchi.
Tayanch tushunchalar: Jahon bolalar adabiyoti, ertak, adabiy ertak, ijod
yo‘li, Rus bolalar adabiyoti, “Shox Saltan haqida ertak”, “Baliqchi va baliqchi
haqida ertak”. Cholning xususiyati. Ochko‘z kampir timsoli, “Mazay bobo va
quyonlar”, Mazay ovchi, X.X.Andersen - buyuk ertakchi. “Jirkanch o‘rdakcha”.
“Dyumchaxon”. “Qalayi soldatcha”. “Haqiqiy malika”, Aka-uka Grimmlar va
jahon bolalar adabiyoti, Sharl Pero - mashhur ertakchi.
Darsning maqsadi А.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, N.A.Nekrasovlarning ijodi
misolida rus bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, X.K.Andersen, Aka-
uka Grimmlar, Sh.Perrolarning ijodi misolida jahon bolalar adabiyotining o‘ziga
xos xususiyatlari to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berish.
Darsning metodik ta’minoti. Ertaklardan filmlar namoyishi, ko‘rgazmali
qurollar, slaydlar.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. –T.: “Oʻqituvchi”, 2013.
2. Jahon bolalar adabiyoti. To‘plam. –T.: “Oʻqituvchi”, 1994.
3. Pushkin A.S. Ertaklar. – T.: “O‘zbekiston”, 2001.
4. http: www.ziyo.net.uz.
5. http: www.pedagog.uz
Darsning mazmuni
Har
bir
xalqning
donishmadligi
va
qalb
nazokatini
o‘zida
mujassamlashtirgan shoiri bo‘ladi. Rossiyada inson ma’naviy olamining
musavviri, shubhasiz, Pushkindir. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi
shoir, buyuk optimistik bo‘lib etishdi. Rus xalqining yana bir buyuk shoiri
Aleksandr Blok: “Pushkinning nomi naqadar jarangdor”, - deb ta’riflagan edi.
A.S.Pushkin o‘zining “Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak” (1831),
“Baliqchi ham baliq haqida ertak” (1833), “O‘lik malika va etti bahodir haqida
ertak” (1833), “Oltin xo‘roz haqida ertak” (1834) kabi ertak-jostonlari bilan jahon
bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi.
Yuqorida biz ta’kidlab o‘tgan asarlarning hammasi boy va rang-barang xalq
og‘zaki ijodi ta’sirida yuzaga kelgan. Bu asarlar zamirida faktik materiallar
yotganligini ko‘ramiz. Masalan, shoir “Ajoyib bolalar” halq ertagi asosida “Shoh
Saltan haqida ertak”, “Qurimsoq kampir” ertagi va rus xalq folklorining
to‘plovchilaridan biri V.Dalp hikoya qilib bergan syujet asosida “Baliqchi ham
baliq haqida ertak”, “Sehrli ko‘zgu” ertagi asosida “O‘lik malika va etti bahodir
haqida ertak”, uzoq yillar xalqni ayovsiz ishlatib, unga rahm-shafqat nima nima
ekanligini bilmay o‘tgan va uning hatto pok xizmatlarinii mujassamlantirgan
“Shabarsha batrak” asosida “Pop va uning xizmatkorlari Balda haqida ertak”
yotganligini ko‘ramiz. Bu ertaklarning hammasi shoirning ijodiy laboratoriyasida
ishlanib, sayqallanib, yanada o‘qimishli, ta’sirli qilib yaratilgan. Darvoqe, baliq va
baliqchi haqidagi ertagi juda ommalashib ketgan.
“Baliqchi va baliq haqidagi ertak” dostonida shoir pok muhabbat mangu
bo‘lishini orzu qiladi. Boylik, mansab deb o‘tgan kunni unitmaslikni istaydi.
Bundan tashqari, kimki halol peshona teri to‘kib boylik ortirmasa, birovlar
hisobiga boyiydagan bo‘lsa, u hech qachon yuqmasligini, birovnikimi, tamom
birovnikicha qolib ketishini kampir qismati bilan chog‘ishtirib hikoya qiladi. Er
yuzi, butun olam hukumroni bo‘lib olgan kampir cholni mensimasligi uchun,
choko‘z va badbaxtligi uchun yana eski hammom, eski tos bilan qolib ketaveradi.
Buni shoir cholning so‘zi bilan juda chiroyli ifodalaydi.
A.S.Pushkinning xalq og‘zaki ijodiga asoslanib yozgan “Ruslan va
Lyudmila” asari ham bolalar qalbiga ancha yaqin turadigan dostonlardan biri
hisoblanadi. Rus ertaklari, qo‘shiqlari, afsonalari bu g‘aroyib asarga favqulodda
go‘zal mazmun bergan. Yuksak insonparvarlikni o‘zida mujassamlashtirgan yorqin
talant egasigina shunday asar yarata olardi.
Mashhur rus romantik shoiri Jukovskiy “Ruslan va Lyudmila” poemasi
nashr etilgach, Pushkinga “G‘olib o‘quvchimga mag‘lub murabbiydan” deb
yozalagan portretini sovg‘a qiladi. Bu buyuk shoir dohasiga, qaysiki ustozdan
g‘olib kelib va zamondan ilgarilabketgan kurashchan Insonga berilgan holisona
baho edi.
Rus bolalar adabiyotining taraqqiyotida L.N.Tolstoy katta rol o‘ynaydi.
Bolalar uchun asarlar yozish har bir qalamkashning fuqorolik burchi deb bilgan
pedagog-adib ijodda ko‘p narsalarga erishdi.
Tolstoy 1859-yildan e’tiboran o‘z ona qishlog‘i Yasnaya Polyanada maktab
ochib, muallimlik qilar ekan, o‘quvchilaru o‘qituvchilar uchun darslik va
qo‘llanmalarning yo‘qligini, borlari ham bugungi kun talablariga yaxshi javob bera
olmasligini tajribadan o‘tkazadi. Endigina savod chiqarish ishiga kirishgan
bolalarga mos ertak, hikoya, she’r, masal va hikoyalar darsliklarda o‘z aksini
topishi darkor, deb tushundi va bu hayrli ishga qo‘l urdi.
Darslik juda qiyinchilik, og‘ir ijodiy mehnat bilan 1872-yilda “Alifbe” nomi
bilan nashr etildi. Dehqon bolalariga mo‘ljallangan bu kitob alifbedan tashqari,
ruscha o‘qish uchun kitob, arifmetika va muallim faoliyatidan tashkil topgan edi.
Bu darslik ham bolalarga hech qanday engillik bermadi. Ayniqsa, badiiy asar ko‘p
bo‘lsa-da, kitobda davr, zamon ruhi deyarli yo‘q edi. Shu sabablarga ko‘ra
pedagog-olim qattiq tanqidga uchradi. Zahmatkash adib tanqidlardan to‘g‘ri xulosa
chiqaradi. Iloji boricha mehnat ahli bolalariga o‘qimishli, ta’sirli, eng muhimi
ularning savodini chiqarishga mo‘ljallangan “Yangi alifbe” va unga qo‘shimcha
qilib “Rus tili o‘qish kitobi”ni 1875-yilda nashr ettiradi. Bu kitob uchun adib
yuzdan ziyod hikoya, ertaklar yozadi. “Uch ayiq”, “Filippok”lar shular jumlasiga
kiradi. Adabiy jamoatchilik va pedagoglar asarni zo‘r mamnuniyat bilan qabul
qiladilar. Bu kitob har tomonlama bolalarga mos tushadi. Tolstoy kitob haqida:
“Mazkur “Alifbe” haqidagi orzularim ruyobga chiqqanidan, uni rus bolalarining
ikki avlodi o‘qib, dastlabki poetik zavqni shu kitobdan olishlaridan faxrlanaman.
Bu kitobga hammasidan ham ko‘p mehnat va muhabbatimni jo qildim, u
hayotimning muhim sahifasi bo‘lishiga aminman”, - deb yozgan edi. Bu darslik
qayta-qayta bosildi. Hatto, 1921-yilda ham uning so‘nggi nashri chop etiladi.
Tolstoyning har bir asari turmushning, bolalar hayotining bir tomonini ochib
berishga qaratilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki haytni, bolalarni
qattiq sevgan va unga mehr-oqibati juda katta bo‘lgan adib kichkintoylarga qarata
yozilgan har bir katta-kichik asar hayotiy bo‘lishini istaydi va o‘zining bu qaroriga
butun ijodi davomida sodiq qoladi.
Tolstoyning bolalarga bag‘ishlab yozgan barcha katta-kichik asarlarida
oddiy inson obrazi ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Buning isboti tariqasida
adibning bir qator asarlariga nazar tashlab o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bir bog‘bon
bolalari ishyoqmas, yalqov bo‘lib o‘sayotganliklaridan qattiq iztirob chekadi. U
o‘limi oldidan o‘g‘illarimni bir aldasam, zora ishlab o‘zlarida mehnat ko‘nikmasi
hosil bo‘lsa, degan o‘y-xayol bilan: “Bolalar, men tok tagiga oltin ko‘mib qo‘ydim,
uni mendan keyin qazib olinglar”, degan g‘oyani “Bog‘bon va bolalar” hikoyasida
juda qoyil qilib yozadi.
Ko‘chat ekish, bog‘ qilish juda og‘ir va mashaqqatli ish. Bu bog‘bondan
og‘ir mehnat, sabr-toqat talab etadigan ish. Bog‘bon o‘zi uchun bog‘ qilmaydi,
balki bola-chaqasi, el-yurt uchun, qolaversa kelajak avlod uchun ko‘chat ekadi.
Shu nuqtai nazardan adibning “Mo‘ysafid olma ekdi” hikoyasi diqqatga loyiqdir.
“Keksa berilib ko‘chat o‘tqazar edi. Odamlar uning keksaligidan va
qilayotgan ishidan kulib:
- Sizga olma ekish nega kerak bo‘lib qoldi? Bu daraxt o‘sib voyaga etguncha
bu dunyoda yashaysizmi yoki yo‘qmi? – deyishdi.
- Men olmasini emasam o‘zgalar eyishadi va menga rahmat deyishadi. Nima
bo‘lganda ham olmani ekkanim foyda”,-debdi.
Tolstoy ochko‘z, faqat o‘z manfaatlarini o‘ylaydigan ba’zi odamlarni
ko‘pgina asarlarida tanqid qiladi, ularning ustidan ochiqdan-ochiq kuladi.
“Odamga qancha er kerak?” degan hikoyaning sarlavhasini o‘qigan odam xayron
bo‘lib qoladi. Rostdan, odamga qancha yer kerak? Fomaga mulkdor yer beradi.
“Bugun qancha o‘lchasang, hammasi seniki”,-deydi. Foma yugirib-elib, odimlab
kun bo‘yi yer o‘lchaydi. Axiyri, ochlik va charchaganidan yiqiladi-yu jon beradi.
Adib Foma cho‘zilib yotgan yerni ko‘rsatib, odamga ikki metr yer kerak bo‘ladi,
xolos, deydi.
Tolstoy asarlari orasida jonivorlar, hayvonlar, parrandalar haqida ham
yozilganlari ko‘p. Do‘stlik, birodarlik, do‘stga sadoqat, mehr-oqibat nafaqat
odamlar o‘rtasida, balki hayvonlar o‘rtasida ham mavjud ekanligini biz adibning
“Arslon bilan it” hikoyasi misolida bilib olamiz.
Tolstoyning bolalarga bag‘ishlab yozgan asarlari juda ko‘p. Muhimi
shundaki, bu asarlardan ham o‘qituvchilar, ham ota-onalar babbarobar
foydalanishlari mumkin. Ular bir tomondan dars materialini boyitsa, ikkinchi
tomondan ota-onalar va tarbiyachilarning bolalar bilan qiladigan tarbiyaviy
suhbatlarida qo‘l kelishi mumkin.
Tolstoyning “Bolalik”, “Kavkaz asiri” kabi povestlari ham bolalar sevib
o‘qiydigan asarlar sirasiga kiradi.
L. Tolstoyning ibratli hikoya, ertak va masallari hozirgi kunda ham o‘zining
badiiy hamda tarbiyaviy kuchini yo‘qotgan emas. Uning bu mavzudagi asarlari
qator darslik va majmualarga kirgan, alohida kitob holida ham chop etilgan.
Taniqli rus shoiri Nikolay Alekseevich Nekrasov (1821–1878)ning bolalik
yillari Volga boʻylarida – oʻzi tugʻilib oʻsgan joylarda oʻtgan edi. Shoirning
yoshlik tarbiyasida oqila onasining roli katta boʻlgan. Shu bois u keyinchalik
“Ona” poemasini onasiga bagʻishlab yozgan edi. Oʻgʻlining dehqon bolalari bilan
oʻynashi, yayrab yurishini xohlagan ona – Yelena Andreevna boʻlajak shoirning
xalqparvarlik ruhida tarbiyalanib oʻsishiga munosib hissa qoʻshgan edi.
Bugina emas, Nekrasovning enagasi ham hayot va xalq ijodi ruhi bilan
sugʻorilgan ajoyib ertaklar aytib, boʻlajak shoir xayolotini qanoatlantirar edi. Shu-
shu Nekrasov ertaklarni juda sevib qoldi. Oʻz Vatanining dala va oʻrmonlariga, qor
va sovuqlariga, bahorgi “yashil shovqiniga” muhabbat bogʻladi.
Nekrasov dehqon bolalari bilan hamisha hamnafas boʻlganligi uchun
dovyurak, botir va jasoratli bola boʻlib oʻsdi. Boʻlajak shoir 10 yoshga toʻlganda
uni Yaroslavl gimnaziyasiga oʻqishga berishadi. Oʻqituvchilar bilimga havasmand,
isteʼdodli bolaga durust saboq bera olmadilar. Natijada u gimnaziyani tashlab,
mustaqil oʻqishga berilib ketadi. Otasi uning ofitser boʻlib yetishishini istar edi.
Shuning uchun ham uni Peterburgdagi kadetlar korpusiga oʻqishga yuboradi. Lekin
ilm-fan choʻqqilarini egallashga intilgani tufayli Peterburg universitetiga oʻqishga
kiradi. Ammo otasi oʻgʻlining oʻzboshimchaligidan tajang boʻlib, moddiy yordam
bermay qoʻyadi. Biroq maqsad yoʻlida sobitqadam Nekrasov moddiy mahrumliklar
sharoitida yashash va olgʻa harakat qilishga intiladi. Ana shu yillarda oddiy
odamlar turmushi ogʻir ekanligini sezadi va umrining oxirigacha ular haqida toʻlib-
toshib kuylaydi.
Nekrasov dehqonlar toʻgʻrisida, ayniqsa, koʻp sheʼrlar yozadi. Bu sheʼrlarni
oʻqir ekansiz, goʻyo dehqonlarning oʻzlari oʻz ogʻir mehnatlari va qaygʻu-alamlari
haqida soʻzlab berayotganday tuyuladi. Nekrasov ularning hayotini shunchalik
yaxshi bilar, ularni oʻziga shunchalik yaqin tutardi. Nekrasovning sheʼrlari goʻzal,
ohangdor, juda boy va ayni zamonda juda sodda tilda yozilgan edi. Bu tilni u
Yaroslavl gubernasidagi qishloqda oʻtkazgan bolalik yillarida oʻrgangan edi. U
dehqonlar tilini juda yaxshi bilardi, bu uning sheʼrlarida ham shunday oddiy, tabiiy
va ravon jaranglaydi. Biz uning:
Mollar oʻrmon tomon qadam tashladi,
Ona-javdar boshoq tuga boshladi, –
deb yozganlarini oʻqir ekanmiz, bu til haqiqiy jonli xalq tili ekanini
koʻramiz. Bu oʻrinda dehqonning zoriqib kutadigan boshoqlarga boʻlgan sevgisi va
hatto mehrini aks ettiruvchi, masalan, ikki soʻz: ona-javdar qanday yaxshi
keltirilgan! Dehqon bu boshoqlarni oʻzining bir parcha yerida qunt bilan mehnat
qilib oʻstirgan-da!
Nekrasov sheʼriyatida bunday yorqin, ravon va sof xalq iboralari juda koʻp.
U javdar boshoqlari haqida shunday deydi:
Boshoqlar toʻlishgan payt,
Zar ustinday sip-silliq,
Boshlarida oltin toj.
Hozirgina yerdan sugʻirib olingan lavlagi haqida esa:
Poyma-poy qizil etik
Yotganday egatlarda, –
deydi. Bir toʻp shoʻx bulut bilan qurshab olingan bahor quyoshi haqida
Nekrasov shunday deb yozadi:
Bahor chogʻi, kichik nevaralar kabi,
Lola yuz quyoshbobo bilan
Oʻynar bulutlar.
Bu oʻxshatishlarning baʼzilarini u xalq topishmoqlari, maqollari va
ertaklaridan olgan. Zabardast bahodir, afsungar Ayoz hukmdorning ajoyib
qiyofasini ham u xalq ertaklaridan topgan:
Daraxtdan daraxtga tashlaydi qadam,
Yaxlagan qoʻllardan qarsillab oʻtar,
Ham yorqin oftob tovlanar biram,
Paxmoq soqolida yarqirab ketar…
Nekrasov, ayniqsa, samimiy, choʻziq, xushohang, mayin rus xalq
qoʻshiqlarini juda yoqtirgan. Bu qoʻshiqlarni rus xalqi asrlar davomida yaratgan.
Nekrasov yoshlik chogʻlaridan boshlab xalqning bu qoʻshiqlarni qanday kuylashini
tinglaydi va oʻzi ham shunday goʻzal qoʻshiqlar yaratishni oʻrganadi. “Soldat
qoʻshigʻi”, “Hovli qarolining qoʻshigʻi”, “Notavon qashshoq qoʻshigʻi”, “Rus”,
“Yashil shovqin” va boshqa koʻpgina qoʻshiqlar shunday tilda, shunday hijoda
yozilganki, xuddi xalq oʻzi yaratgan qoʻshiqlar deysiz.
“Dehqon bolalari”, “Oʻzi mitti – juda miqti”, “Bolalar yigʻisi” kabi
sheʼrlarida bolalarning turli-tuman yumushlarni bajarib, tirikchilik qilganliklarini,
ularning mehnatkash tabiati va ogʻir qismatini chuqur xayrixohlik bilan ifodalaydi.
Endigina olti bahorni qarshilagan bolaning kattalardek fikr yuritishi kishini
hayratga soladi:
Nonxoʻrlar yetgulik, ishlovchi kam,
Faqat ikki erkak: otam bilan man!
Nekrasovning sheʼrlari goʻzal, ohangdor, mazmunan boy va ayni zamonda
sodda tilda yozilgandir.
Nekrasov oʻzining dam olish kunlarida koʻpincha Kostroma, Yaroslavl,
Novgorod oʻrmonlariga borar, ov qilish bilan kunini oʻtkazar edi. Kostroma
oʻrmonining Maliye Veji degan qishlogʻida yashovchi Mazay bobo uning eng
yaqin doʻstlaridan biri edi. Shoir Mazay bobodan koʻp ajoyib voqealarni maroq
bilan eshitadi. Shular asosida “Mazay bobo va quyonlar” nomli sheʼrini yozadi.
“Daraxt kesish”da xalq boyligi – oʻrmonlarni shafqatsizlik bilan kesib
yuborilishini qalamga oladi. Birorta pomeshikka pul kerak boʻlib qolsa, oʻrmonni
sotib yuborishi, puldor boy esa oʻrmonni tag-tugi bilan kesib yuborishi hech gap
emas, u zumrad oʻrmonlarning yoʻqolib ketishidan shoir singari qaygʻurmaydi.
Shuning uchun Nekrasov:
Bir vaqtlar asriy oʻrmonlar
Shovullagan katta maydonlar,
Endi oʻsha bepoyon boʻston
Boʻm-boʻsh, jim-jit, goʻyo qabriston! –
deb alam chekadi. “Temiryoʻl” nomli sheʼrida Peterburg bilan Moskva
oʻrtasidagi temiryoʻl qurilishida Rossiyaning turli shahar va qishloqlaridan haydab
keltirilgan ishchi va dehqonlarning alamli hayoti Vanya degan bolaga hikoya qilib
beriladi. Buning bilan Nekrasov yosh avlodning diqqat va eʼtiborini oʻsha
zamonning muhim ijtimoiy masalalariga – xalqning kuchi va qudratiga tortadi, uni
chuqur tushunishga, oʻylashga undaydi.
Nazorat savollari:
1. A.S.Pushkinning hayot yo‘li.
2. A.S.Pushkininng ijod yo‘li.
3. Shoirning adabiy ettaklarini sanang?
4. “Shoh Saltan haqida” ertagi mavzusi haqida.
5. “Baliqchi va baliqchi eaqida ertak” asari g‘oyasi.
6. “Baliqchi va baliqchi haqida ertak” timsollari.
7. Cholning harakat-xususiyati haqida gapiring?
8. Ochko‘z kampir timsoli.
9. Mavzu bo‘yicha test toshiriqlari tuzing.
10. Mazay ovchi nechta quyonni otadi?
Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo‘lagi
bo‘lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima
asarlarining o‘rni, ahamiyati katta. Negaki tarjima asarlarini o‘qigan har bir yosh
kitobxonning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o‘sha xalqning yashash
sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari bilan oshno bo‘ladilar.
Asrlar osha huddi ertak kabi eldan-elga, tildan-tilga o‘tib dillarni yashnatib
yurgan “Qizil shapkacha” (Sh.Perro), “Robinzon Kruzo” (D.Defo), “Gulliverning
sayohatlari” (J.Svift), “Dyumchaxon” (X.Anderson), “Oltin baliq” (A S Pushkin),
“Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “Shahzoda va gado” (M Tven), “Kapitan
Grant bolalari”, “Ostin-ustun” (J.Vern), “Don Kixod” (J.Servantos) kabi asarlar
yosh qalblarda olamga nisbatan qiziqishlarni jo‘sh urdirib yuboradi.
XX asrda bunyod etilgan “Maugli” (R Kiplin), “Kichkina shaxzoda” (A.de
Sent-Eks Yuperi), “Katta va kichik Karlson” (A.Lindgren), “Toshkent – non
shahri” (A Niverov), “Vinni Pux” (A Miln), “Axmoq sichqoncha haqida ertak”
(S.Marshak), “Uch baqaloq” (Yu Olersha), “Quvnoq Japbaqlar” (B.Kerboboev),
“Doktor Aybolit” (Kukovskiy), “Temir va uning komandasi” (A.Gaydar),
“Chipollinoning sarguzashtlari” (J.Rodari), “Styopa amaki” (S.Mixalkov), “Kim
bo‘lsam ekan?” (V.Mayakovskiy) singari olam kezib yurgan asarlar o‘zbek
kitobxon bolalarida katta taassurot qoldirmoqda.
Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitonxonni nimagadir o‘rgatadi,
nimagadir da’vat etadi. Bu asarlarning katta ko‘pchiligida ona – vatanga muhabbat,
uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish (“Uch baqaloq”); noshukur
bo‘lmaslik, ota-ona pand-nasihatiga quloq solish (“Axmoq sichqoncha haqida
ertak”): inson va insonga mehr (“Maugli”), tabiatni asrash, hayvonot olamini
sevish, (“Doktor Aybolit”); odamlar xizmatini qilish, beminnat yordam ko‘rsatish,
(“Timur va uning komandasi”); o‘ziga pishiq puxta bo‘lish, ichki sirlarini
o‘zgalarga oshkor qilmaslik, (“Qizil shapkacha”); namunali o‘qish, kasb-hunar
egasi bo‘lish, (“Kim bo‘lsam ekan”); sergak, tadbirkor, quvnoqlikka intilish,
(“Quvnoq Japbaqlar”); oliyjanob g‘oyalarning yotishi bolalarning tarjima
asarlariga nisbatan bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o‘tsiradi.
O‘zining ajoyib-g‘aroyib ertaklari bilan jahonga tanilgan buyuk so‘z
ustalaridan biri Xans Kristian Andersen Daniyaning Odenes shahrida 1805 yilda
dunyoga keldi. Bo‘lajak adib Spagelps maktabiga o‘qishga kirdi. 1828 yilda
Kopengagen universitetida o‘qishni davom ettirdi. U 30-yillarda Fransiya,
Shvetsariya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya bo‘ylab sahat qildi. Sayohat davolmida
yozuvchi juda ko‘p narsalarni ko‘rdi, eshitdi. Xalq og‘zaki ijodi bilan yaqindan
oshno bo‘ldi.
Ijodiy mashqini 20-yillardan boshlagan Andersen o‘z kuchini lirika, roman,
drammaturgiya, sayohat ocherklarida sinab ko‘rdi. Uning, ayniqsa, tarix-ertak
asarlari yosh kitobxonlar uchun maroqlidir. “Bolalar uchun aytilgan ertaklar”
(1835-1842), “Yangi ertaklar” (184301848), “Tarix” (1852-1855), “Yangi ertaklar
va tarix” (1858-1872) va boshqa kitoblari Andersenning nomini mashhur qildi,
jahonga tanitdi.
Andersen bu kitoblarni yaratishda xalq og‘zaki ijodidan unumli foydalandi,
ularning orzu-armonlarini qog‘ozga tushirishga harakat qildi. Ertaklardagi xarakter
va jonli nutqni mukammallashtirishga erishdi. Shuning uchun ham Andersen
yaratgan barcha ertaklar sodda, kitobxon uchun tushunarli bo‘lishi bilan birga,
o‘quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanadi.
Andersen ertaklarning qahramonlari o‘zlarining samarali mehnatlari, aql-
idroklari, axloq-odoblari bilan kitobxon tahsiniga muvaffaq bo‘ladilar. Uning
“Qo‘ng‘iroqli girdob”, “Kumush tanga”, “Kolbasa sixidan sho‘rva”, “Go‘ng-
qo‘ng‘iz” va boshqa ertaklari fikrimizga yorqin misol bo‘la oladi. Masalan,
“Qo‘ng‘iroqli” Girdob” asarini olib qaraylik. Ertakda asrlar mobaynida ezilgan,
og‘ir mehnat va zulmdan tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakening
o‘z xo‘jasiga qarshi kurashi kitobxonni quvontiradi.
Ertakchining “No‘xat ustidagi malika” asari ham yosh kitobxonning
kulgisini qistatadi, ham tannoz malikaga nisbatan qahr-g‘azabini keltiradi.
Aka-uka (Yakob 1785-1863, Vilgelm 1786-1859)Grimmlar Markburg
universitetida o‘qishib yurgan chog‘laridayoq o‘rta asr nemis tarixi va madaniyati
xuquq va mifologiyasi, xalq og‘zaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan shug‘ullana
boshladilar.
O‘qish, o‘z ustida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yo‘li bo‘ldi. Ular
avval Gyottengen, keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari bo‘ldilar.
Yakob nemis tili tarixi gramatikasini mifologiya bilan, Vilgelm esa o‘rta asr nemis
adabiyoti va xalq og‘zaki ijodini chog‘ishtirgan holdi o‘rgana boshladilar. Nemis
xalq og‘zaki ijodining gullab-yashnashiga, olam kezishiga bir ko‘prik yasadilar.
Nihoyat, 1812-yilda Grimmlar tomonidan yaratilgan ertaklarning birinchi jildi
“Bolalar va oilaviy ertaklar” yuzaga keldi. 1815-yilda ikkinchi jild, 1822-yilda esa
har ikkala jildini umumlashtiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi.
Grimmlar ertaklarning katta-ko‘pchiligi bevosita ertak aytuvchilardan
tinglab, ba’zilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar. Xalqdan
olingan ertaklarning har biri Grimmlar tomonidan qayta ishlanib, badiiy tus olib
yana xalqqa qaytariladi.
Grimmlarning uch jildli kitoblariga ikki yuzdan ortiqroq ertaklar jamlangan
bo‘lib unda mualliflar ko‘proq afsonaviy, mayishiy va hayvonlar haqidagi
ertaklarni umumlashtirishga harakat qilganlar. Har bir ertakda saxiylik,
mehnatsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga qo‘rqoqlar ustidan kulish,
dangasalik va yolg‘onchilikni qattiq qoralash birinchi o‘rinda turadi. Shunisi ham
quvonarliki, ko‘pincha Grimmlarning ertaklarining asosiy qahramonlari shoh va
shahzodalar emas, balki kambag‘al, beva-bechoralarning o‘g‘il-qizi, cho‘pon yoki
soldat bo‘ladi. Ular o‘zlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglavchida chuqur
taassurot qoldiradilar.
Aql bilan ish ko‘rish, bilimdonlik “Tillo g‘oz”, “Shishadagi arvoh”, “Uch
aka-uka” ertaklarida yaxshi berilgan.
Grimmlarning
dunyoga
mashhur
bo‘lgan
“Zolushka”,
“Qor
qiz”
ertaklarining qahramonlari hammadan turtki eydigan, so‘kish eshitadigan va eng
past holda qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo‘lib, ertak davomida o‘zlarining
halol mehnatlari, yoqimli so‘z va tabassumlari bilan baxtiyor bo‘ladilar.
Grimmlarning “Quyon bilan tipratikan”, “Bo‘ri bilan tulki” asarlari masal
janriga yaqin turishi kitobxonda katta taassurot qoldiradi. “Yalqov Geys”,
“Gansning baxti”, “Botir tikuvchi”, “Yosh paxlavon”, “Bremen musiqachilari”
kabi ertalari o‘zbek bolalarining ham sevimli asarlariga aylanib qolgan.
Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro badiiy ertak asoschisi
sifatida ma’lum va mashhurdir. U o‘zining “Qizil Shapkacha”, “Zolushka”, va
“Etik kiygan mushuk” asarlari bilan jahonga tanildi.
Sh.Perro badiiy ertaklar ijod etishdan odin xalq og‘zaki ijodini mehr va
ishtiyoq bilan chuqur o‘rgandi. Shuning uchun ham u o‘z ertaklarida xalq
udumlarini dadil ilgari surdi. Perro qahramonlari o‘z mehnatsevarliklari hamda
saxiyliklari bilan ajralib turadilar. G‘arazgo‘ylik, maqtanchoqlik, qizg‘anchiqlik
o‘rnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda.
Sharl Perrodan bor yo‘g‘i 11 ta ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga nazar
tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligin darrov
payqaysiz. Dunyoda uning “Etik kiygan mushuk” o‘qimagan yoki ertak asosida
yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak.
Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topag‘onlik bosh masala qilib qo‘yiladi.
Boshqa asarlarida bo‘lgani kabi Sh.Perro bu ertakda folklor an’analariga yana bir
bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni tegirmonchining kenja o‘g‘li Karabas fahm-
farosat, aql bilan ish ko‘rib, o‘z murod-maqsadiga etadi, baxtiyor bo‘ladi.
Sharl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaliklari bilan ajralib turadilar.
Ularning katta-ko‘pchiligi odamlarni, hayvonu parrandalarni sevib, erkalab,
e’zozlayligan bo‘ladilar. Zolushkani (“Zolushka”) olib ko‘raylik. Uning o‘gay
onayu qizlar xush ko‘rmaydilar xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani deydi. Uni
o‘z baxtini topib, osoyishta turmush kechirishini istaydi. Zolushka juda chiroyli,
odobli, kamtarin, shirinso‘z, odamlarga, jonivorlaru parrandalarga nisbatan
mehribon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, halollik va poklik bilan hayotda o‘z
o‘rnini topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli bo‘lishi ertak tinglovchisida
yaxshi tassurot qoldiradi.
“Qizil shapkacha”da adib qishloq hayoti kartinasini chizib beradi. Asar
qahramoni sog‘lom, tetik qizcha. Qizil shapkacha g‘am, tashvishlardan holi.
Shuning uchun ham bo‘rining yovuzligini, pismiq va mug‘ambirligini sezmagan
holda qayoqqa va nega ketayotganligini bo‘riga birma-bir aytib beradi.
Boshqa ertaklarda bo‘lgani kabi “Qizil shapkacha”da ham voqea yaxshilik
bilan tugushi bolalarning quvonchiga quvonch qo‘shadi.
Sharl Perroning “Havorang soqol”, “Bob”, “Eshak terisi”, “Uyqudagi
malika” kabi ertaklari xuddi “Qizil shapkacha” kabi bolalarbopdir.
Nazorat savollari:
1. Jahon ertakcilarining ijod yo‘li haqida gapiring.
2. Ertaklarida tabiat tasviri.
3. Ertaklarining mavzusi haqida.
4. “Qalayi soldatcha” hikoyasini tahlil qiling.
5. “Haqiqiy malika” asari timsollari.
6. “Irkit o‘rdakcha” asarida timsollar.
7. “Dyumchaxon” timsoliga ta’rif bering?
8. Ertak qanday janr?
9. Adabiy ertak haqida gapiring.
10. Mavzu bo‘yicha test toshiriqlari tuzing.