Jahon bolalar adabiyoti. Rus bolalar adabiyoti А. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, N.A.Nekrasov X. K. Andersen, aka-uka Grimmlar, Sh.Perro hayoti va ijodi.

Yuklangan vaqt

2024-09-23

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

85,0 KB


 
 
 
 
 
 
Jahon bolalar adabiyoti. Rus bolalar adabiyoti А. S. Pushkin, L. N. 
Tolstoy, N.A.Nekrasov X. K. Andersen, aka-uka Grimmlar, Sh.Perro hayoti 
va ijodi.  
 
Reja: 
1. А.S.Pushkinning ijod yo‘li.  
2. L.N.Tolstoy va bolalar kitobxonligi. 
3. N.A.Nekrasovning ijod yo‘li. 
4. X.K.Anderson va uning jahon bolalar adabiyotida tutgan o‘rni. 
5. Aka-uka Grimmlar va jahon bolalar adabiyoti. 
6.Sharl Pero - mashhur ertakchi. 
 
Tayanch tushunchalar: Jahon bolalar adabiyoti, ertak, adabiy ertak, ijod 
yo‘li, Rus bolalar adabiyoti, “Shox Saltan haqida ertak”, “Baliqchi va baliqchi 
haqida ertak”. Cholning xususiyati. Ochko‘z kampir timsoli, “Mazay bobo va 
quyonlar”, Mazay ovchi, X.X.Andersen - buyuk ertakchi. “Jirkanch o‘rdakcha”. 
“Dyumchaxon”. “Qalayi soldatcha”. “Haqiqiy malika”, Aka-uka Grimmlar va 
jahon bolalar adabiyoti, Sharl Pero - mashhur ertakchi. 
Darsning maqsadi А.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, N.A.Nekrasovlarning ijodi 
misolida rus bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, X.K.Andersen, Aka-
uka Grimmlar, Sh.Perrolarning ijodi misolida jahon bolalar adabiyotining o‘ziga 
xos xususiyatlari to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berish.  
Darsning metodik ta’minoti. Ertaklardan filmlar namoyishi, ko‘rgazmali 
qurollar, slaydlar. 
Foydalanish uchun adabiyotlar: 
Jahon bolalar adabiyoti. Rus bolalar adabiyoti А. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, N.A.Nekrasov X. K. Andersen, aka-uka Grimmlar, Sh.Perro hayoti va ijodi. Reja: 1. А.S.Pushkinning ijod yo‘li. 2. L.N.Tolstoy va bolalar kitobxonligi. 3. N.A.Nekrasovning ijod yo‘li. 4. X.K.Anderson va uning jahon bolalar adabiyotida tutgan o‘rni. 5. Aka-uka Grimmlar va jahon bolalar adabiyoti. 6.Sharl Pero - mashhur ertakchi. Tayanch tushunchalar: Jahon bolalar adabiyoti, ertak, adabiy ertak, ijod yo‘li, Rus bolalar adabiyoti, “Shox Saltan haqida ertak”, “Baliqchi va baliqchi haqida ertak”. Cholning xususiyati. Ochko‘z kampir timsoli, “Mazay bobo va quyonlar”, Mazay ovchi, X.X.Andersen - buyuk ertakchi. “Jirkanch o‘rdakcha”. “Dyumchaxon”. “Qalayi soldatcha”. “Haqiqiy malika”, Aka-uka Grimmlar va jahon bolalar adabiyoti, Sharl Pero - mashhur ertakchi. Darsning maqsadi А.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, N.A.Nekrasovlarning ijodi misolida rus bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, X.K.Andersen, Aka- uka Grimmlar, Sh.Perrolarning ijodi misolida jahon bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berish. Darsning metodik ta’minoti. Ertaklardan filmlar namoyishi, ko‘rgazmali qurollar, slaydlar. Foydalanish uchun adabiyotlar:
 
 
1.  Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. –T.: “Oʻqituvchi”, 2013. 
2. Jahon bolalar adabiyoti. To‘plam. –T.: “Oʻqituvchi”, 1994. 
3. Pushkin A.S. Ertaklar. – T.: “O‘zbekiston”, 2001. 
4. http: www.ziyo.net.uz.  
5. http: www.pedagog.uz 
 
Darsning mazmuni 
 
Har 
bir 
xalqning 
donishmadligi 
va 
qalb 
nazokatini 
o‘zida 
mujassamlashtirgan shoiri bo‘ladi. Rossiyada inson ma’naviy olamining 
musavviri, shubhasiz, Pushkindir. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi 
shoir, buyuk optimistik bo‘lib etishdi. Rus xalqining yana bir buyuk shoiri 
Aleksandr Blok: “Pushkinning nomi naqadar jarangdor”, - deb ta’riflagan edi. 
A.S.Pushkin o‘zining “Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak” (1831), 
“Baliqchi ham baliq haqida ertak” (1833), “O‘lik malika va etti bahodir haqida 
ertak” (1833), “Oltin xo‘roz haqida ertak” (1834) kabi ertak-jostonlari bilan jahon 
bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi. 
Yuqorida biz ta’kidlab o‘tgan asarlarning hammasi boy va rang-barang xalq 
og‘zaki ijodi ta’sirida yuzaga kelgan. Bu asarlar zamirida faktik materiallar 
yotganligini ko‘ramiz. Masalan, shoir “Ajoyib bolalar” halq ertagi asosida “Shoh 
Saltan haqida ertak”, “Qurimsoq kampir” ertagi va rus xalq folklorining 
to‘plovchilaridan biri V.Dalp hikoya qilib bergan syujet asosida “Baliqchi ham 
baliq haqida ertak”, “Sehrli ko‘zgu” ertagi asosida “O‘lik malika va etti bahodir 
haqida ertak”, uzoq yillar xalqni ayovsiz ishlatib, unga rahm-shafqat nima nima 
ekanligini bilmay o‘tgan va uning hatto pok xizmatlarinii mujassamlantirgan 
“Shabarsha batrak” asosida “Pop va uning xizmatkorlari Balda haqida ertak” 
yotganligini ko‘ramiz. Bu ertaklarning hammasi shoirning ijodiy laboratoriyasida 
ishlanib, sayqallanib, yanada o‘qimishli, ta’sirli qilib yaratilgan. Darvoqe, baliq va 
baliqchi haqidagi ertagi juda ommalashib ketgan. 
1. Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. –T.: “Oʻqituvchi”, 2013. 2. Jahon bolalar adabiyoti. To‘plam. –T.: “Oʻqituvchi”, 1994. 3. Pushkin A.S. Ertaklar. – T.: “O‘zbekiston”, 2001. 4. http: www.ziyo.net.uz. 5. http: www.pedagog.uz Darsning mazmuni Har bir xalqning donishmadligi va qalb nazokatini o‘zida mujassamlashtirgan shoiri bo‘ladi. Rossiyada inson ma’naviy olamining musavviri, shubhasiz, Pushkindir. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk optimistik bo‘lib etishdi. Rus xalqining yana bir buyuk shoiri Aleksandr Blok: “Pushkinning nomi naqadar jarangdor”, - deb ta’riflagan edi. A.S.Pushkin o‘zining “Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak” (1831), “Baliqchi ham baliq haqida ertak” (1833), “O‘lik malika va etti bahodir haqida ertak” (1833), “Oltin xo‘roz haqida ertak” (1834) kabi ertak-jostonlari bilan jahon bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi. Yuqorida biz ta’kidlab o‘tgan asarlarning hammasi boy va rang-barang xalq og‘zaki ijodi ta’sirida yuzaga kelgan. Bu asarlar zamirida faktik materiallar yotganligini ko‘ramiz. Masalan, shoir “Ajoyib bolalar” halq ertagi asosida “Shoh Saltan haqida ertak”, “Qurimsoq kampir” ertagi va rus xalq folklorining to‘plovchilaridan biri V.Dalp hikoya qilib bergan syujet asosida “Baliqchi ham baliq haqida ertak”, “Sehrli ko‘zgu” ertagi asosida “O‘lik malika va etti bahodir haqida ertak”, uzoq yillar xalqni ayovsiz ishlatib, unga rahm-shafqat nima nima ekanligini bilmay o‘tgan va uning hatto pok xizmatlarinii mujassamlantirgan “Shabarsha batrak” asosida “Pop va uning xizmatkorlari Balda haqida ertak” yotganligini ko‘ramiz. Bu ertaklarning hammasi shoirning ijodiy laboratoriyasida ishlanib, sayqallanib, yanada o‘qimishli, ta’sirli qilib yaratilgan. Darvoqe, baliq va baliqchi haqidagi ertagi juda ommalashib ketgan.
 
 
“Baliqchi va baliq haqidagi ertak” dostonida shoir pok muhabbat mangu 
bo‘lishini orzu qiladi. Boylik, mansab deb o‘tgan kunni unitmaslikni istaydi. 
Bundan tashqari, kimki halol peshona teri to‘kib boylik ortirmasa, birovlar 
hisobiga boyiydagan bo‘lsa, u hech qachon yuqmasligini, birovnikimi, tamom 
birovnikicha qolib ketishini kampir qismati bilan chog‘ishtirib hikoya qiladi. Er 
yuzi, butun olam hukumroni bo‘lib olgan kampir cholni mensimasligi uchun, 
choko‘z va badbaxtligi uchun yana eski hammom, eski tos bilan qolib ketaveradi. 
Buni shoir cholning so‘zi bilan juda chiroyli ifodalaydi. 
A.S.Pushkinning xalq og‘zaki ijodiga asoslanib yozgan “Ruslan va 
Lyudmila” asari ham bolalar qalbiga ancha yaqin turadigan dostonlardan biri 
hisoblanadi. Rus ertaklari, qo‘shiqlari, afsonalari bu g‘aroyib asarga favqulodda 
go‘zal mazmun bergan. Yuksak insonparvarlikni o‘zida mujassamlashtirgan yorqin 
talant egasigina shunday asar yarata olardi. 
Mashhur rus romantik shoiri Jukovskiy “Ruslan va Lyudmila” poemasi 
nashr etilgach, Pushkinga “G‘olib o‘quvchimga mag‘lub murabbiydan” deb 
yozalagan portretini sovg‘a qiladi. Bu buyuk shoir dohasiga, qaysiki ustozdan 
g‘olib kelib va zamondan ilgarilabketgan kurashchan Insonga berilgan holisona 
baho edi.  
Rus bolalar adabiyotining taraqqiyotida L.N.Tolstoy katta rol o‘ynaydi. 
Bolalar uchun asarlar yozish har bir qalamkashning fuqorolik burchi deb bilgan 
pedagog-adib ijodda ko‘p narsalarga erishdi. 
Tolstoy 1859-yildan e’tiboran o‘z ona qishlog‘i Yasnaya Polyanada maktab 
ochib, muallimlik qilar ekan, o‘quvchilaru o‘qituvchilar uchun darslik va 
qo‘llanmalarning yo‘qligini, borlari ham bugungi kun talablariga yaxshi javob bera 
olmasligini tajribadan o‘tkazadi. Endigina savod chiqarish ishiga kirishgan 
bolalarga mos ertak, hikoya, she’r, masal va hikoyalar darsliklarda o‘z aksini 
topishi darkor, deb tushundi va bu hayrli ishga qo‘l urdi. 
Darslik juda qiyinchilik, og‘ir ijodiy mehnat bilan 1872-yilda “Alifbe” nomi 
bilan nashr etildi. Dehqon bolalariga mo‘ljallangan bu kitob alifbedan tashqari, 
ruscha o‘qish uchun kitob, arifmetika va muallim faoliyatidan tashkil topgan edi. 
“Baliqchi va baliq haqidagi ertak” dostonida shoir pok muhabbat mangu bo‘lishini orzu qiladi. Boylik, mansab deb o‘tgan kunni unitmaslikni istaydi. Bundan tashqari, kimki halol peshona teri to‘kib boylik ortirmasa, birovlar hisobiga boyiydagan bo‘lsa, u hech qachon yuqmasligini, birovnikimi, tamom birovnikicha qolib ketishini kampir qismati bilan chog‘ishtirib hikoya qiladi. Er yuzi, butun olam hukumroni bo‘lib olgan kampir cholni mensimasligi uchun, choko‘z va badbaxtligi uchun yana eski hammom, eski tos bilan qolib ketaveradi. Buni shoir cholning so‘zi bilan juda chiroyli ifodalaydi. A.S.Pushkinning xalq og‘zaki ijodiga asoslanib yozgan “Ruslan va Lyudmila” asari ham bolalar qalbiga ancha yaqin turadigan dostonlardan biri hisoblanadi. Rus ertaklari, qo‘shiqlari, afsonalari bu g‘aroyib asarga favqulodda go‘zal mazmun bergan. Yuksak insonparvarlikni o‘zida mujassamlashtirgan yorqin talant egasigina shunday asar yarata olardi. Mashhur rus romantik shoiri Jukovskiy “Ruslan va Lyudmila” poemasi nashr etilgach, Pushkinga “G‘olib o‘quvchimga mag‘lub murabbiydan” deb yozalagan portretini sovg‘a qiladi. Bu buyuk shoir dohasiga, qaysiki ustozdan g‘olib kelib va zamondan ilgarilabketgan kurashchan Insonga berilgan holisona baho edi. Rus bolalar adabiyotining taraqqiyotida L.N.Tolstoy katta rol o‘ynaydi. Bolalar uchun asarlar yozish har bir qalamkashning fuqorolik burchi deb bilgan pedagog-adib ijodda ko‘p narsalarga erishdi. Tolstoy 1859-yildan e’tiboran o‘z ona qishlog‘i Yasnaya Polyanada maktab ochib, muallimlik qilar ekan, o‘quvchilaru o‘qituvchilar uchun darslik va qo‘llanmalarning yo‘qligini, borlari ham bugungi kun talablariga yaxshi javob bera olmasligini tajribadan o‘tkazadi. Endigina savod chiqarish ishiga kirishgan bolalarga mos ertak, hikoya, she’r, masal va hikoyalar darsliklarda o‘z aksini topishi darkor, deb tushundi va bu hayrli ishga qo‘l urdi. Darslik juda qiyinchilik, og‘ir ijodiy mehnat bilan 1872-yilda “Alifbe” nomi bilan nashr etildi. Dehqon bolalariga mo‘ljallangan bu kitob alifbedan tashqari, ruscha o‘qish uchun kitob, arifmetika va muallim faoliyatidan tashkil topgan edi.
 
 
Bu darslik ham bolalarga hech qanday engillik bermadi. Ayniqsa, badiiy asar ko‘p 
bo‘lsa-da, kitobda davr, zamon ruhi deyarli yo‘q edi. Shu sabablarga ko‘ra 
pedagog-olim qattiq tanqidga uchradi. Zahmatkash adib tanqidlardan to‘g‘ri xulosa 
chiqaradi. Iloji boricha mehnat ahli bolalariga o‘qimishli, ta’sirli, eng muhimi 
ularning savodini chiqarishga mo‘ljallangan “Yangi alifbe” va unga qo‘shimcha 
qilib “Rus tili o‘qish kitobi”ni 1875-yilda nashr ettiradi. Bu kitob uchun adib 
yuzdan ziyod hikoya, ertaklar yozadi. “Uch ayiq”, “Filippok”lar shular jumlasiga 
kiradi. Adabiy jamoatchilik va pedagoglar asarni zo‘r mamnuniyat bilan qabul 
qiladilar. Bu kitob har tomonlama bolalarga mos tushadi. Tolstoy kitob haqida: 
“Mazkur “Alifbe” haqidagi orzularim ruyobga chiqqanidan, uni rus bolalarining 
ikki avlodi o‘qib, dastlabki poetik zavqni shu kitobdan olishlaridan faxrlanaman. 
Bu kitobga hammasidan ham ko‘p mehnat va muhabbatimni jo qildim, u 
hayotimning muhim sahifasi bo‘lishiga aminman”, - deb yozgan edi. Bu darslik 
qayta-qayta bosildi. Hatto, 1921-yilda ham uning so‘nggi nashri chop etiladi.  
Tolstoyning har bir asari turmushning, bolalar hayotining bir tomonini ochib 
berishga qaratilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki haytni, bolalarni 
qattiq sevgan va unga mehr-oqibati juda katta bo‘lgan adib kichkintoylarga qarata 
yozilgan har bir katta-kichik asar hayotiy bo‘lishini istaydi va o‘zining bu qaroriga 
butun ijodi davomida sodiq qoladi. 
Tolstoyning bolalarga bag‘ishlab yozgan barcha katta-kichik asarlarida 
oddiy inson obrazi ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Buning isboti tariqasida 
adibning bir qator asarlariga nazar tashlab o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bir bog‘bon 
bolalari ishyoqmas, yalqov bo‘lib o‘sayotganliklaridan qattiq iztirob chekadi. U 
o‘limi oldidan o‘g‘illarimni bir aldasam, zora ishlab o‘zlarida mehnat ko‘nikmasi 
hosil bo‘lsa, degan o‘y-xayol bilan: “Bolalar, men tok tagiga oltin ko‘mib qo‘ydim, 
uni mendan keyin qazib olinglar”, degan g‘oyani “Bog‘bon va bolalar” hikoyasida 
juda qoyil qilib yozadi. 
Ko‘chat ekish, bog‘ qilish juda og‘ir va mashaqqatli ish. Bu bog‘bondan 
og‘ir mehnat, sabr-toqat talab etadigan ish. Bog‘bon o‘zi uchun bog‘ qilmaydi, 
Bu darslik ham bolalarga hech qanday engillik bermadi. Ayniqsa, badiiy asar ko‘p bo‘lsa-da, kitobda davr, zamon ruhi deyarli yo‘q edi. Shu sabablarga ko‘ra pedagog-olim qattiq tanqidga uchradi. Zahmatkash adib tanqidlardan to‘g‘ri xulosa chiqaradi. Iloji boricha mehnat ahli bolalariga o‘qimishli, ta’sirli, eng muhimi ularning savodini chiqarishga mo‘ljallangan “Yangi alifbe” va unga qo‘shimcha qilib “Rus tili o‘qish kitobi”ni 1875-yilda nashr ettiradi. Bu kitob uchun adib yuzdan ziyod hikoya, ertaklar yozadi. “Uch ayiq”, “Filippok”lar shular jumlasiga kiradi. Adabiy jamoatchilik va pedagoglar asarni zo‘r mamnuniyat bilan qabul qiladilar. Bu kitob har tomonlama bolalarga mos tushadi. Tolstoy kitob haqida: “Mazkur “Alifbe” haqidagi orzularim ruyobga chiqqanidan, uni rus bolalarining ikki avlodi o‘qib, dastlabki poetik zavqni shu kitobdan olishlaridan faxrlanaman. Bu kitobga hammasidan ham ko‘p mehnat va muhabbatimni jo qildim, u hayotimning muhim sahifasi bo‘lishiga aminman”, - deb yozgan edi. Bu darslik qayta-qayta bosildi. Hatto, 1921-yilda ham uning so‘nggi nashri chop etiladi. Tolstoyning har bir asari turmushning, bolalar hayotining bir tomonini ochib berishga qaratilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki haytni, bolalarni qattiq sevgan va unga mehr-oqibati juda katta bo‘lgan adib kichkintoylarga qarata yozilgan har bir katta-kichik asar hayotiy bo‘lishini istaydi va o‘zining bu qaroriga butun ijodi davomida sodiq qoladi. Tolstoyning bolalarga bag‘ishlab yozgan barcha katta-kichik asarlarida oddiy inson obrazi ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Buning isboti tariqasida adibning bir qator asarlariga nazar tashlab o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bir bog‘bon bolalari ishyoqmas, yalqov bo‘lib o‘sayotganliklaridan qattiq iztirob chekadi. U o‘limi oldidan o‘g‘illarimni bir aldasam, zora ishlab o‘zlarida mehnat ko‘nikmasi hosil bo‘lsa, degan o‘y-xayol bilan: “Bolalar, men tok tagiga oltin ko‘mib qo‘ydim, uni mendan keyin qazib olinglar”, degan g‘oyani “Bog‘bon va bolalar” hikoyasida juda qoyil qilib yozadi. Ko‘chat ekish, bog‘ qilish juda og‘ir va mashaqqatli ish. Bu bog‘bondan og‘ir mehnat, sabr-toqat talab etadigan ish. Bog‘bon o‘zi uchun bog‘ qilmaydi,
 
 
balki bola-chaqasi, el-yurt uchun, qolaversa kelajak avlod uchun ko‘chat ekadi. 
Shu nuqtai nazardan adibning “Mo‘ysafid olma ekdi” hikoyasi diqqatga loyiqdir. 
“Keksa berilib ko‘chat o‘tqazar edi. Odamlar uning keksaligidan va 
qilayotgan ishidan kulib: 
- Sizga olma ekish nega kerak bo‘lib qoldi? Bu daraxt o‘sib voyaga etguncha 
bu dunyoda yashaysizmi yoki yo‘qmi? – deyishdi. 
- Men olmasini emasam o‘zgalar eyishadi va menga rahmat deyishadi. Nima 
bo‘lganda ham olmani ekkanim foyda”,-debdi. 
Tolstoy ochko‘z, faqat o‘z manfaatlarini o‘ylaydigan ba’zi odamlarni 
ko‘pgina asarlarida tanqid qiladi, ularning ustidan ochiqdan-ochiq kuladi. 
“Odamga qancha er kerak?” degan hikoyaning sarlavhasini o‘qigan odam xayron 
bo‘lib qoladi. Rostdan, odamga qancha yer kerak? Fomaga mulkdor yer beradi. 
“Bugun qancha o‘lchasang, hammasi seniki”,-deydi. Foma yugirib-elib, odimlab 
kun bo‘yi yer o‘lchaydi. Axiyri, ochlik va charchaganidan yiqiladi-yu jon beradi. 
Adib Foma cho‘zilib yotgan yerni ko‘rsatib, odamga ikki metr yer kerak bo‘ladi, 
xolos, deydi. 
Tolstoy asarlari orasida jonivorlar, hayvonlar, parrandalar haqida ham 
yozilganlari ko‘p. Do‘stlik, birodarlik, do‘stga sadoqat, mehr-oqibat nafaqat 
odamlar o‘rtasida, balki hayvonlar o‘rtasida ham mavjud ekanligini biz adibning 
“Arslon bilan it” hikoyasi misolida bilib olamiz. 
Tolstoyning bolalarga bag‘ishlab yozgan asarlari juda ko‘p. Muhimi 
shundaki, bu asarlardan ham o‘qituvchilar, ham ota-onalar babbarobar 
foydalanishlari mumkin. Ular bir tomondan dars materialini boyitsa, ikkinchi 
tomondan ota-onalar va tarbiyachilarning bolalar bilan qiladigan tarbiyaviy 
suhbatlarida qo‘l kelishi mumkin. 
Tolstoyning “Bolalik”, “Kavkaz asiri” kabi povestlari ham bolalar sevib 
o‘qiydigan asarlar sirasiga kiradi. 
L. Tolstoyning ibratli hikoya, ertak va masallari hozirgi kunda ham o‘zining 
badiiy hamda tarbiyaviy kuchini yo‘qotgan emas. Uning bu mavzudagi asarlari 
qator darslik va majmualarga kirgan, alohida kitob holida ham chop etilgan.  
balki bola-chaqasi, el-yurt uchun, qolaversa kelajak avlod uchun ko‘chat ekadi. Shu nuqtai nazardan adibning “Mo‘ysafid olma ekdi” hikoyasi diqqatga loyiqdir. “Keksa berilib ko‘chat o‘tqazar edi. Odamlar uning keksaligidan va qilayotgan ishidan kulib: - Sizga olma ekish nega kerak bo‘lib qoldi? Bu daraxt o‘sib voyaga etguncha bu dunyoda yashaysizmi yoki yo‘qmi? – deyishdi. - Men olmasini emasam o‘zgalar eyishadi va menga rahmat deyishadi. Nima bo‘lganda ham olmani ekkanim foyda”,-debdi. Tolstoy ochko‘z, faqat o‘z manfaatlarini o‘ylaydigan ba’zi odamlarni ko‘pgina asarlarida tanqid qiladi, ularning ustidan ochiqdan-ochiq kuladi. “Odamga qancha er kerak?” degan hikoyaning sarlavhasini o‘qigan odam xayron bo‘lib qoladi. Rostdan, odamga qancha yer kerak? Fomaga mulkdor yer beradi. “Bugun qancha o‘lchasang, hammasi seniki”,-deydi. Foma yugirib-elib, odimlab kun bo‘yi yer o‘lchaydi. Axiyri, ochlik va charchaganidan yiqiladi-yu jon beradi. Adib Foma cho‘zilib yotgan yerni ko‘rsatib, odamga ikki metr yer kerak bo‘ladi, xolos, deydi. Tolstoy asarlari orasida jonivorlar, hayvonlar, parrandalar haqida ham yozilganlari ko‘p. Do‘stlik, birodarlik, do‘stga sadoqat, mehr-oqibat nafaqat odamlar o‘rtasida, balki hayvonlar o‘rtasida ham mavjud ekanligini biz adibning “Arslon bilan it” hikoyasi misolida bilib olamiz. Tolstoyning bolalarga bag‘ishlab yozgan asarlari juda ko‘p. Muhimi shundaki, bu asarlardan ham o‘qituvchilar, ham ota-onalar babbarobar foydalanishlari mumkin. Ular bir tomondan dars materialini boyitsa, ikkinchi tomondan ota-onalar va tarbiyachilarning bolalar bilan qiladigan tarbiyaviy suhbatlarida qo‘l kelishi mumkin. Tolstoyning “Bolalik”, “Kavkaz asiri” kabi povestlari ham bolalar sevib o‘qiydigan asarlar sirasiga kiradi. L. Tolstoyning ibratli hikoya, ertak va masallari hozirgi kunda ham o‘zining badiiy hamda tarbiyaviy kuchini yo‘qotgan emas. Uning bu mavzudagi asarlari qator darslik va majmualarga kirgan, alohida kitob holida ham chop etilgan.
 
 
Taniqli rus shoiri Nikolay Alekseevich Nekrasov (1821–1878)ning bolalik 
yillari Volga boʻylarida – oʻzi tugʻilib oʻsgan joylarda oʻtgan edi. Shoirning 
yoshlik tarbiyasida oqila onasining roli katta boʻlgan. Shu bois u keyinchalik 
“Ona” poemasini onasiga bagʻishlab yozgan edi. Oʻgʻlining dehqon bolalari bilan 
oʻynashi, yayrab yurishini xohlagan ona – Yelena Andreevna boʻlajak shoirning 
xalqparvarlik ruhida tarbiyalanib oʻsishiga munosib hissa qoʻshgan edi. 
Bugina emas, Nekrasovning enagasi ham hayot va xalq ijodi ruhi bilan 
sugʻorilgan ajoyib ertaklar aytib, boʻlajak shoir xayolotini qanoatlantirar edi. Shu-
shu Nekrasov ertaklarni juda sevib qoldi. Oʻz Vatanining dala va oʻrmonlariga, qor 
va sovuqlariga, bahorgi “yashil shovqiniga” muhabbat bogʻladi. 
Nekrasov dehqon bolalari bilan hamisha hamnafas boʻlganligi uchun 
dovyurak, botir va jasoratli bola boʻlib oʻsdi. Boʻlajak shoir 10 yoshga toʻlganda 
uni Yaroslavl gimnaziyasiga oʻqishga berishadi. Oʻqituvchilar bilimga havasmand, 
isteʼdodli bolaga durust saboq bera olmadilar. Natijada u gimnaziyani tashlab, 
mustaqil oʻqishga berilib ketadi. Otasi uning ofitser boʻlib yetishishini istar edi. 
Shuning uchun ham uni Peterburgdagi kadetlar korpusiga oʻqishga yuboradi. Lekin 
ilm-fan choʻqqilarini egallashga intilgani tufayli Peterburg universitetiga oʻqishga 
kiradi. Ammo otasi oʻgʻlining oʻzboshimchaligidan tajang boʻlib, moddiy yordam 
bermay qoʻyadi. Biroq maqsad yoʻlida sobitqadam Nekrasov moddiy mahrumliklar 
sharoitida yashash va olgʻa harakat qilishga intiladi. Ana shu yillarda oddiy 
odamlar turmushi ogʻir ekanligini sezadi va umrining oxirigacha ular haqida toʻlib-
toshib kuylaydi. 
Nekrasov dehqonlar toʻgʻrisida, ayniqsa, koʻp sheʼrlar yozadi. Bu sheʼrlarni 
oʻqir ekansiz, goʻyo dehqonlarning oʻzlari oʻz ogʻir mehnatlari va qaygʻu-alamlari 
haqida soʻzlab berayotganday tuyuladi. Nekrasov ularning hayotini shunchalik 
yaxshi bilar, ularni oʻziga shunchalik yaqin tutardi. Nekrasovning sheʼrlari goʻzal, 
ohangdor, juda boy va ayni zamonda juda sodda tilda yozilgan edi. Bu tilni u 
Yaroslavl gubernasidagi qishloqda oʻtkazgan bolalik yillarida oʻrgangan edi. U 
dehqonlar tilini juda yaxshi bilardi, bu uning sheʼrlarida ham shunday oddiy, tabiiy 
va ravon jaranglaydi. Biz uning: 
Taniqli rus shoiri Nikolay Alekseevich Nekrasov (1821–1878)ning bolalik yillari Volga boʻylarida – oʻzi tugʻilib oʻsgan joylarda oʻtgan edi. Shoirning yoshlik tarbiyasida oqila onasining roli katta boʻlgan. Shu bois u keyinchalik “Ona” poemasini onasiga bagʻishlab yozgan edi. Oʻgʻlining dehqon bolalari bilan oʻynashi, yayrab yurishini xohlagan ona – Yelena Andreevna boʻlajak shoirning xalqparvarlik ruhida tarbiyalanib oʻsishiga munosib hissa qoʻshgan edi. Bugina emas, Nekrasovning enagasi ham hayot va xalq ijodi ruhi bilan sugʻorilgan ajoyib ertaklar aytib, boʻlajak shoir xayolotini qanoatlantirar edi. Shu- shu Nekrasov ertaklarni juda sevib qoldi. Oʻz Vatanining dala va oʻrmonlariga, qor va sovuqlariga, bahorgi “yashil shovqiniga” muhabbat bogʻladi. Nekrasov dehqon bolalari bilan hamisha hamnafas boʻlganligi uchun dovyurak, botir va jasoratli bola boʻlib oʻsdi. Boʻlajak shoir 10 yoshga toʻlganda uni Yaroslavl gimnaziyasiga oʻqishga berishadi. Oʻqituvchilar bilimga havasmand, isteʼdodli bolaga durust saboq bera olmadilar. Natijada u gimnaziyani tashlab, mustaqil oʻqishga berilib ketadi. Otasi uning ofitser boʻlib yetishishini istar edi. Shuning uchun ham uni Peterburgdagi kadetlar korpusiga oʻqishga yuboradi. Lekin ilm-fan choʻqqilarini egallashga intilgani tufayli Peterburg universitetiga oʻqishga kiradi. Ammo otasi oʻgʻlining oʻzboshimchaligidan tajang boʻlib, moddiy yordam bermay qoʻyadi. Biroq maqsad yoʻlida sobitqadam Nekrasov moddiy mahrumliklar sharoitida yashash va olgʻa harakat qilishga intiladi. Ana shu yillarda oddiy odamlar turmushi ogʻir ekanligini sezadi va umrining oxirigacha ular haqida toʻlib- toshib kuylaydi. Nekrasov dehqonlar toʻgʻrisida, ayniqsa, koʻp sheʼrlar yozadi. Bu sheʼrlarni oʻqir ekansiz, goʻyo dehqonlarning oʻzlari oʻz ogʻir mehnatlari va qaygʻu-alamlari haqida soʻzlab berayotganday tuyuladi. Nekrasov ularning hayotini shunchalik yaxshi bilar, ularni oʻziga shunchalik yaqin tutardi. Nekrasovning sheʼrlari goʻzal, ohangdor, juda boy va ayni zamonda juda sodda tilda yozilgan edi. Bu tilni u Yaroslavl gubernasidagi qishloqda oʻtkazgan bolalik yillarida oʻrgangan edi. U dehqonlar tilini juda yaxshi bilardi, bu uning sheʼrlarida ham shunday oddiy, tabiiy va ravon jaranglaydi. Biz uning:
 
 
Mollar oʻrmon tomon qadam tashladi, 
Ona-javdar boshoq tuga boshladi, –  
deb yozganlarini oʻqir ekanmiz, bu til haqiqiy jonli xalq tili ekanini 
koʻramiz. Bu oʻrinda dehqonning zoriqib kutadigan boshoqlarga boʻlgan sevgisi va 
hatto mehrini aks ettiruvchi, masalan, ikki soʻz: ona-javdar qanday yaxshi 
keltirilgan! Dehqon bu boshoqlarni oʻzining bir parcha yerida qunt bilan mehnat 
qilib oʻstirgan-da! 
Nekrasov sheʼriyatida bunday yorqin, ravon va sof xalq iboralari juda koʻp. 
U javdar boshoqlari haqida shunday deydi: 
Boshoqlar toʻlishgan payt, 
Zar ustinday sip-silliq, 
Boshlarida oltin toj. 
Hozirgina yerdan sugʻirib olingan lavlagi haqida esa: 
Poyma-poy qizil etik 
Yotganday egatlarda, –  
deydi. Bir toʻp shoʻx bulut bilan qurshab olingan bahor quyoshi haqida 
Nekrasov shunday deb yozadi: 
Bahor chogʻi, kichik nevaralar kabi, 
Lola yuz quyoshbobo bilan 
Oʻynar bulutlar. 
Bu oʻxshatishlarning baʼzilarini u xalq topishmoqlari, maqollari va 
ertaklaridan olgan. Zabardast bahodir, afsungar Ayoz hukmdorning ajoyib 
qiyofasini ham u xalq ertaklaridan topgan: 
Daraxtdan daraxtga tashlaydi qadam, 
Yaxlagan qoʻllardan qarsillab oʻtar, 
Ham yorqin oftob tovlanar biram, 
Paxmoq soqolida yarqirab ketar… 
Nekrasov, ayniqsa, samimiy, choʻziq, xushohang, mayin rus xalq 
qoʻshiqlarini juda yoqtirgan. Bu qoʻshiqlarni rus xalqi asrlar davomida yaratgan. 
Nekrasov yoshlik chogʻlaridan boshlab xalqning bu qoʻshiqlarni qanday kuylashini 
Mollar oʻrmon tomon qadam tashladi, Ona-javdar boshoq tuga boshladi, – deb yozganlarini oʻqir ekanmiz, bu til haqiqiy jonli xalq tili ekanini koʻramiz. Bu oʻrinda dehqonning zoriqib kutadigan boshoqlarga boʻlgan sevgisi va hatto mehrini aks ettiruvchi, masalan, ikki soʻz: ona-javdar qanday yaxshi keltirilgan! Dehqon bu boshoqlarni oʻzining bir parcha yerida qunt bilan mehnat qilib oʻstirgan-da! Nekrasov sheʼriyatida bunday yorqin, ravon va sof xalq iboralari juda koʻp. U javdar boshoqlari haqida shunday deydi: Boshoqlar toʻlishgan payt, Zar ustinday sip-silliq, Boshlarida oltin toj. Hozirgina yerdan sugʻirib olingan lavlagi haqida esa: Poyma-poy qizil etik Yotganday egatlarda, – deydi. Bir toʻp shoʻx bulut bilan qurshab olingan bahor quyoshi haqida Nekrasov shunday deb yozadi: Bahor chogʻi, kichik nevaralar kabi, Lola yuz quyoshbobo bilan Oʻynar bulutlar. Bu oʻxshatishlarning baʼzilarini u xalq topishmoqlari, maqollari va ertaklaridan olgan. Zabardast bahodir, afsungar Ayoz hukmdorning ajoyib qiyofasini ham u xalq ertaklaridan topgan: Daraxtdan daraxtga tashlaydi qadam, Yaxlagan qoʻllardan qarsillab oʻtar, Ham yorqin oftob tovlanar biram, Paxmoq soqolida yarqirab ketar… Nekrasov, ayniqsa, samimiy, choʻziq, xushohang, mayin rus xalq qoʻshiqlarini juda yoqtirgan. Bu qoʻshiqlarni rus xalqi asrlar davomida yaratgan. Nekrasov yoshlik chogʻlaridan boshlab xalqning bu qoʻshiqlarni qanday kuylashini
 
 
tinglaydi va oʻzi ham shunday goʻzal qoʻshiqlar yaratishni oʻrganadi. “Soldat 
qoʻshigʻi”, “Hovli qarolining qoʻshigʻi”, “Notavon qashshoq qoʻshigʻi”, “Rus”, 
“Yashil shovqin” va boshqa koʻpgina qoʻshiqlar shunday tilda, shunday hijoda 
yozilganki, xuddi xalq oʻzi yaratgan qoʻshiqlar deysiz. 
“Dehqon bolalari”, “Oʻzi mitti – juda miqti”, “Bolalar yigʻisi” kabi 
sheʼrlarida bolalarning turli-tuman yumushlarni bajarib, tirikchilik qilganliklarini, 
ularning mehnatkash tabiati va ogʻir qismatini chuqur xayrixohlik bilan ifodalaydi. 
Endigina olti bahorni qarshilagan bolaning kattalardek fikr yuritishi kishini 
hayratga soladi: 
Nonxoʻrlar yetgulik, ishlovchi kam, 
Faqat ikki erkak: otam bilan man! 
Nekrasovning sheʼrlari goʻzal, ohangdor, mazmunan boy va ayni zamonda 
sodda tilda yozilgandir. 
Nekrasov oʻzining dam olish kunlarida koʻpincha Kostroma, Yaroslavl, 
Novgorod oʻrmonlariga borar, ov qilish bilan kunini oʻtkazar edi. Kostroma 
oʻrmonining Maliye Veji degan qishlogʻida yashovchi Mazay bobo uning eng 
yaqin doʻstlaridan biri edi. Shoir Mazay bobodan koʻp ajoyib voqealarni maroq 
bilan eshitadi. Shular asosida “Mazay bobo va quyonlar” nomli sheʼrini yozadi. 
“Daraxt kesish”da xalq boyligi – oʻrmonlarni shafqatsizlik bilan kesib 
yuborilishini qalamga oladi. Birorta pomeshikka pul kerak boʻlib qolsa, oʻrmonni 
sotib yuborishi, puldor boy esa oʻrmonni tag-tugi bilan kesib yuborishi hech gap 
emas, u zumrad oʻrmonlarning yoʻqolib ketishidan shoir singari qaygʻurmaydi. 
Shuning uchun Nekrasov: 
Bir vaqtlar asriy oʻrmonlar 
Shovullagan katta maydonlar, 
Endi oʻsha bepoyon boʻston 
Boʻm-boʻsh, jim-jit, goʻyo qabriston! –  
deb alam chekadi. “Temiryoʻl” nomli sheʼrida Peterburg bilan Moskva 
oʻrtasidagi temiryoʻl qurilishida Rossiyaning turli shahar va qishloqlaridan haydab 
keltirilgan ishchi va dehqonlarning alamli hayoti Vanya degan bolaga hikoya qilib 
tinglaydi va oʻzi ham shunday goʻzal qoʻshiqlar yaratishni oʻrganadi. “Soldat qoʻshigʻi”, “Hovli qarolining qoʻshigʻi”, “Notavon qashshoq qoʻshigʻi”, “Rus”, “Yashil shovqin” va boshqa koʻpgina qoʻshiqlar shunday tilda, shunday hijoda yozilganki, xuddi xalq oʻzi yaratgan qoʻshiqlar deysiz. “Dehqon bolalari”, “Oʻzi mitti – juda miqti”, “Bolalar yigʻisi” kabi sheʼrlarida bolalarning turli-tuman yumushlarni bajarib, tirikchilik qilganliklarini, ularning mehnatkash tabiati va ogʻir qismatini chuqur xayrixohlik bilan ifodalaydi. Endigina olti bahorni qarshilagan bolaning kattalardek fikr yuritishi kishini hayratga soladi: Nonxoʻrlar yetgulik, ishlovchi kam, Faqat ikki erkak: otam bilan man! Nekrasovning sheʼrlari goʻzal, ohangdor, mazmunan boy va ayni zamonda sodda tilda yozilgandir. Nekrasov oʻzining dam olish kunlarida koʻpincha Kostroma, Yaroslavl, Novgorod oʻrmonlariga borar, ov qilish bilan kunini oʻtkazar edi. Kostroma oʻrmonining Maliye Veji degan qishlogʻida yashovchi Mazay bobo uning eng yaqin doʻstlaridan biri edi. Shoir Mazay bobodan koʻp ajoyib voqealarni maroq bilan eshitadi. Shular asosida “Mazay bobo va quyonlar” nomli sheʼrini yozadi. “Daraxt kesish”da xalq boyligi – oʻrmonlarni shafqatsizlik bilan kesib yuborilishini qalamga oladi. Birorta pomeshikka pul kerak boʻlib qolsa, oʻrmonni sotib yuborishi, puldor boy esa oʻrmonni tag-tugi bilan kesib yuborishi hech gap emas, u zumrad oʻrmonlarning yoʻqolib ketishidan shoir singari qaygʻurmaydi. Shuning uchun Nekrasov: Bir vaqtlar asriy oʻrmonlar Shovullagan katta maydonlar, Endi oʻsha bepoyon boʻston Boʻm-boʻsh, jim-jit, goʻyo qabriston! – deb alam chekadi. “Temiryoʻl” nomli sheʼrida Peterburg bilan Moskva oʻrtasidagi temiryoʻl qurilishida Rossiyaning turli shahar va qishloqlaridan haydab keltirilgan ishchi va dehqonlarning alamli hayoti Vanya degan bolaga hikoya qilib
 
 
beriladi. Buning bilan Nekrasov yosh avlodning diqqat va eʼtiborini oʻsha 
zamonning muhim ijtimoiy masalalariga – xalqning kuchi va qudratiga tortadi, uni 
chuqur tushunishga, oʻylashga undaydi. 
 
Nazorat savollari: 
 
1. A.S.Pushkinning hayot yo‘li. 
2. A.S.Pushkininng ijod yo‘li. 
3. Shoirning adabiy ettaklarini sanang? 
4. “Shoh Saltan haqida” ertagi mavzusi haqida. 
5. “Baliqchi va baliqchi eaqida ertak” asari g‘oyasi. 
6. “Baliqchi va baliqchi haqida ertak” timsollari. 
7. Cholning harakat-xususiyati haqida gapiring? 
8. Ochko‘z kampir timsoli. 
9. Mavzu bo‘yicha test toshiriqlari tuzing. 
10. Mazay ovchi nechta quyonni otadi? 
 
  
  
Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo‘lagi 
bo‘lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima 
asarlarining o‘rni, ahamiyati katta. Negaki tarjima asarlarini o‘qigan har bir yosh 
kitobxonning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o‘sha xalqning yashash 
sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari bilan oshno bo‘ladilar. 
Asrlar osha huddi ertak kabi eldan-elga, tildan-tilga o‘tib dillarni yashnatib 
yurgan “Qizil shapkacha” (Sh.Perro), “Robinzon Kruzo” (D.Defo), “Gulliverning 
sayohatlari” (J.Svift), “Dyumchaxon” (X.Anderson), “Oltin baliq” (A S Pushkin), 
“Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “Shahzoda va gado” (M Tven), “Kapitan 
Grant bolalari”, “Ostin-ustun” (J.Vern), “Don Kixod” (J.Servantos) kabi asarlar 
yosh qalblarda olamga nisbatan qiziqishlarni jo‘sh urdirib yuboradi. 
beriladi. Buning bilan Nekrasov yosh avlodning diqqat va eʼtiborini oʻsha zamonning muhim ijtimoiy masalalariga – xalqning kuchi va qudratiga tortadi, uni chuqur tushunishga, oʻylashga undaydi. Nazorat savollari: 1. A.S.Pushkinning hayot yo‘li. 2. A.S.Pushkininng ijod yo‘li. 3. Shoirning adabiy ettaklarini sanang? 4. “Shoh Saltan haqida” ertagi mavzusi haqida. 5. “Baliqchi va baliqchi eaqida ertak” asari g‘oyasi. 6. “Baliqchi va baliqchi haqida ertak” timsollari. 7. Cholning harakat-xususiyati haqida gapiring? 8. Ochko‘z kampir timsoli. 9. Mavzu bo‘yicha test toshiriqlari tuzing. 10. Mazay ovchi nechta quyonni otadi? Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo‘lagi bo‘lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima asarlarining o‘rni, ahamiyati katta. Negaki tarjima asarlarini o‘qigan har bir yosh kitobxonning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o‘sha xalqning yashash sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari bilan oshno bo‘ladilar. Asrlar osha huddi ertak kabi eldan-elga, tildan-tilga o‘tib dillarni yashnatib yurgan “Qizil shapkacha” (Sh.Perro), “Robinzon Kruzo” (D.Defo), “Gulliverning sayohatlari” (J.Svift), “Dyumchaxon” (X.Anderson), “Oltin baliq” (A S Pushkin), “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “Shahzoda va gado” (M Tven), “Kapitan Grant bolalari”, “Ostin-ustun” (J.Vern), “Don Kixod” (J.Servantos) kabi asarlar yosh qalblarda olamga nisbatan qiziqishlarni jo‘sh urdirib yuboradi.