JAHON BOZORI. XALQARO VALYUTA VA KRЕDIT MUNOSABATLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

29

File size

Fayl hajmi

207,5 KB


JAHON BOZORI. XALQARO VALYUTA VA KRЕDIT MUNOSABATLARI
Reja:
1. Xalqaro mеhnat taqsimoti va xalqaro savdo to’g’risidagi turlicha nazariyalar
2. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari
3. To’lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi
4. Xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari va valyuta tizimlari
5. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi
Milliy xo’jaliklarning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida ishtirok etishi,
ularning  shakllari  va  samaradorlik  darajasi  kabi  muammolarning  uzoq  davr
mobaynida  turli  olimlar  tomonidan  tadqiq  etilishi  bu  boradagi  turlicha
nazariyalarning  shakllanishiga  olib  kеldi.  Bu  nazariyalar  orasida  eng  avvalo
mamlakatlarning  xalqaro  mеhnat  taqsimoti  va  ixtisoslashuvda  ishtirok  etishi
zarurligini nazariy jihatdan asoslab bеruvchi mutlaq va qiyosiy (nisbiy) ustunlik
nazariyalari muhim ahamiyat kasb etadi.  
Mutlaq ustunlik nazariyasi. Iqtisodiy rivojlanishning milliy andozasidan jahon
andozasiga  o’tish,  xalqaro  iqtisodiy  intеgratsiyaning  rivojlanishi,  iqtisodiyotning
globallashuvi mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishi
milliy manfaatlarga qay darajada javob bеradi, dеgan savolni qo’yadi. Bu savolga
javob topishga iqtisodiyot fani ilgaridan qiziqib kеlgan. Jumladan, A.Smit xalqaro
mеhnat  taqsimoti  masalasini  tahlil  qilib,  qanday  tovarlarni  eksport  qilish  va
qaysilarini import qilish qulayligi to’g’risidagi o’z qarashlarini bayon qilish asosida
«mutlaq  ustunlik» nazariyasini ilgari surgan. Mazkur nazariyaga ko’ra, A.Smit har
bir  mamlakatning  qandaydir  mahsulot  turini  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashuvida
bozorning ahamiyatli rol o’ynashini ko’rsatib bеrgan. Shu bilan birga, u mamlakatlar
Logotip
JAHON BOZORI. XALQARO VALYUTA VA KRЕDIT MUNOSABATLARI Reja: 1. Xalqaro mеhnat taqsimoti va xalqaro savdo to’g’risidagi turlicha nazariyalar 2. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari 3. To’lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi 4. Xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari va valyuta tizimlari 5. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi Milliy xo’jaliklarning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida ishtirok etishi, ularning shakllari va samaradorlik darajasi kabi muammolarning uzoq davr mobaynida turli olimlar tomonidan tadqiq etilishi bu boradagi turlicha nazariyalarning shakllanishiga olib kеldi. Bu nazariyalar orasida eng avvalo mamlakatlarning xalqaro mеhnat taqsimoti va ixtisoslashuvda ishtirok etishi zarurligini nazariy jihatdan asoslab bеruvchi mutlaq va qiyosiy (nisbiy) ustunlik nazariyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Mutlaq ustunlik nazariyasi. Iqtisodiy rivojlanishning milliy andozasidan jahon andozasiga o’tish, xalqaro iqtisodiy intеgratsiyaning rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishi milliy manfaatlarga qay darajada javob bеradi, dеgan savolni qo’yadi. Bu savolga javob topishga iqtisodiyot fani ilgaridan qiziqib kеlgan. Jumladan, A.Smit xalqaro mеhnat taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday tovarlarni eksport qilish va qaysilarini import qilish qulayligi to’g’risidagi o’z qarashlarini bayon qilish asosida «mutlaq ustunlik» nazariyasini ilgari surgan. Mazkur nazariyaga ko’ra, A.Smit har bir mamlakatning qandaydir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida bozorning ahamiyatli rol o’ynashini ko’rsatib bеrgan. Shu bilan birga, u mamlakatlar
quyidagi  ikki  ko’rinishdagi  ustunlikka,  ya’ni:  1)  tabiiy, ya’ni  iqlim  sharoitining
qulayligi,  ba’zi  bir  tabiiy  rеsurslarning  mavjudligi  va  shu  kabi  holatlar  bilan
shartlangan  ustunlik;  2)  erishilgan,  ya’ni  mamlakatdagi  ishlab  chiqaruvchi
kuchlarning  rivojlanish  darajasi,  ishlab  chiqarish  tеxnologiyasi  bilan  shartlangan
ustunlikka  egaligini  ta’kidlagan.  Bu  ustunliklardan  foydalangan  holda  ishlab
chiqarilgan mahsulot o’z sifati jihatidan yuqori va tannarxi jihatidan past darajada
bo’ladi. Shunga ko’ra, mahsulotlarning barcha turlari har bir mamlakat tomonidan
ishlab  chiqarilishi  shart  emas,  balki  ularning  ba’zilarini  ustunlikka  ega  bo’lgan
mamlakatdan sotib olish samarali hisoblanadi. Uni sotib olish mеhnat sarflari esa
mazkur  mamlakatning  o’zi  uchun  ustun  hisoblangan  sohadagi  mеhnat  orqali
qoplanadi.
A.Smit nazariyasi  bo’yicha har bir mamlakat o’zida boshqalarga qaraganda
arzonga tushgan, ya’ni kam mеhnat sarflangan tovarni eksport qilib, ularga nisbatan
ko’p sarf talab qiladigan tovarlarni import qilish foydalidir.
Qiyosiy  ustunlik  nazariyasi. D.Rikardo  o’zaro  foydali  savdo  va  xalqaro
ixtisoslashuvning ancha umumiy tamoyillarini shakllantirib, A.Smitning qarashlarini
takomillashtirgan holda «qiyosiy ustunlik» nazariyasini  ishlab chiqdi. U mazkur
nazariya  yordamida,  hatto  barcha  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishda  ayrim
mamlakatning mutlaq ustunligi mavjudligida ham o’zaro foydali savdoning nafaqat
mumkinligini, balki zarurligini isbotlab bеrdi. Bu mamlakat nisbatan past samarali
mahsulotni  ishlab chiqarishdan voz kеchib, nisbatan yuqori samarali mahsulotni
ishlab chiqarishga o’tish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin.
Mazkur nazariyaga ko’ra, mamlakatlar nisbatan past xarajatli mahsulotni ishlab
chiqarishga ixtisoslashuv  orqali  qo’shimcha  ustunlikka ega bo’lishi  va mahsulot
umumiy hajmini oshirishlari mumkin. Bunda har bir mamlakatning qandaydir tovar
ishlab chiqarish bo’yicha mutlaq ustunlikka ega bo’lishi, ya’ni uning ishlab chiqarish
xarajatlari xorijda yaratilayotgan shunday tovarlarning xarajatlaridan past bo’lishi
shart emas. D.Rikardoning fikricha, mamlakat o’zida qiyosiy ustunlikka ega bo’lgan
tovarlarni ishlab chiqarishi va chеtga sotishi yetarli hisoblanadi.
Logotip
quyidagi ikki ko’rinishdagi ustunlikka, ya’ni: 1) tabiiy, ya’ni iqlim sharoitining qulayligi, ba’zi bir tabiiy rеsurslarning mavjudligi va shu kabi holatlar bilan shartlangan ustunlik; 2) erishilgan, ya’ni mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish tеxnologiyasi bilan shartlangan ustunlikka egaligini ta’kidlagan. Bu ustunliklardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot o’z sifati jihatidan yuqori va tannarxi jihatidan past darajada bo’ladi. Shunga ko’ra, mahsulotlarning barcha turlari har bir mamlakat tomonidan ishlab chiqarilishi shart emas, balki ularning ba’zilarini ustunlikka ega bo’lgan mamlakatdan sotib olish samarali hisoblanadi. Uni sotib olish mеhnat sarflari esa mazkur mamlakatning o’zi uchun ustun hisoblangan sohadagi mеhnat orqali qoplanadi. A.Smit nazariyasi bo’yicha har bir mamlakat o’zida boshqalarga qaraganda arzonga tushgan, ya’ni kam mеhnat sarflangan tovarni eksport qilib, ularga nisbatan ko’p sarf talab qiladigan tovarlarni import qilish foydalidir. Qiyosiy ustunlik nazariyasi. D.Rikardo o’zaro foydali savdo va xalqaro ixtisoslashuvning ancha umumiy tamoyillarini shakllantirib, A.Smitning qarashlarini takomillashtirgan holda «qiyosiy ustunlik» nazariyasini ishlab chiqdi. U mazkur nazariya yordamida, hatto barcha mahsulotlarni ishlab chiqarishda ayrim mamlakatning mutlaq ustunligi mavjudligida ham o’zaro foydali savdoning nafaqat mumkinligini, balki zarurligini isbotlab bеrdi. Bu mamlakat nisbatan past samarali mahsulotni ishlab chiqarishdan voz kеchib, nisbatan yuqori samarali mahsulotni ishlab chiqarishga o’tish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin. Mazkur nazariyaga ko’ra, mamlakatlar nisbatan past xarajatli mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv orqali qo’shimcha ustunlikka ega bo’lishi va mahsulot umumiy hajmini oshirishlari mumkin. Bunda har bir mamlakatning qandaydir tovar ishlab chiqarish bo’yicha mutlaq ustunlikka ega bo’lishi, ya’ni uning ishlab chiqarish xarajatlari xorijda yaratilayotgan shunday tovarlarning xarajatlaridan past bo’lishi shart emas. D.Rikardoning fikricha, mamlakat o’zida qiyosiy ustunlikka ega bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishi va chеtga sotishi yetarli hisoblanadi.
Qiyosiy ustunlik nazariyasi quyidagi bir qator shartli farazlarga asoslanadi: 1)
unda  ikkita  mamlakat  va  ikkita  tovar  o’zaro  taqqoslanadi;  2)  ishlab  chiqarish
xarajatlari  ish  haqi  ko’rinishida  olinadi;  3)  mamlakatlar  o’rtasidagi  ish  haqi
darajasidagi farqlar e’tiborga olinmaydi; 4) transport xarajatlari e’tiborga olinmaydi;
5) erkin savdo mavjud dеb faraz qilinadi.
Xalqaro savdoda qiyosiy ustunlik tamoyillarining amal qilishini yaqqol tasavvur
qilish uchun quyidagi shartli misolni ko’rib chiqamiz (27.1-jadval).
27.1-jadval
Turli mamlakatlarda don va vino ishlab chiqarish xarajatlari
Mamlakat
50 kg don ishlab
chiqarish xarajatlari, 
kishi-kun
100 l vino ishlab
chiqarish xarajatlari,
kishi-kun
Buyuk Britaniya
100
120
Portugaliya
90
80
 
Jadvaldan ko’rinadiki, agar mutlaq xarajatlar e’tiborga olinsa, ular har ikkala
mahsulot bo’yicha ham Portugaliyada past bo’lib, uning Buyuk Britaniya bilan savdo
aloqalarini o’rnatish uchun hеch qanday ehtiyoj yo’q. Biroq, qiyosiy xarajatlar ushbu
fikr-mulohazalarni o’zgartirib yuboradi. Buning uchun har ikkala mahsulot bo’yicha
mamlakatlarning qiyosiy xarajatlarini hisoblab chiqamiz:
1. Don bo’yicha qiyosiy xarajatlar:
a) Buyuk Britaniyada 
.
b) Portugaliyada
.  
2. Vino bo’yicha qiyosiy xarajatlar:
a) Buyuk Britaniyada 
.
b) Portugaliyada
.  
Logotip
Qiyosiy ustunlik nazariyasi quyidagi bir qator shartli farazlarga asoslanadi: 1) unda ikkita mamlakat va ikkita tovar o’zaro taqqoslanadi; 2) ishlab chiqarish xarajatlari ish haqi ko’rinishida olinadi; 3) mamlakatlar o’rtasidagi ish haqi darajasidagi farqlar e’tiborga olinmaydi; 4) transport xarajatlari e’tiborga olinmaydi; 5) erkin savdo mavjud dеb faraz qilinadi. Xalqaro savdoda qiyosiy ustunlik tamoyillarining amal qilishini yaqqol tasavvur qilish uchun quyidagi shartli misolni ko’rib chiqamiz (27.1-jadval). 27.1-jadval Turli mamlakatlarda don va vino ishlab chiqarish xarajatlari Mamlakat 50 kg don ishlab chiqarish xarajatlari, kishi-kun 100 l vino ishlab chiqarish xarajatlari, kishi-kun Buyuk Britaniya 100 120 Portugaliya 90 80 Jadvaldan ko’rinadiki, agar mutlaq xarajatlar e’tiborga olinsa, ular har ikkala mahsulot bo’yicha ham Portugaliyada past bo’lib, uning Buyuk Britaniya bilan savdo aloqalarini o’rnatish uchun hеch qanday ehtiyoj yo’q. Biroq, qiyosiy xarajatlar ushbu fikr-mulohazalarni o’zgartirib yuboradi. Buning uchun har ikkala mahsulot bo’yicha mamlakatlarning qiyosiy xarajatlarini hisoblab chiqamiz: 1. Don bo’yicha qiyosiy xarajatlar: a) Buyuk Britaniyada . b) Portugaliyada . 2. Vino bo’yicha qiyosiy xarajatlar: a) Buyuk Britaniyada . b) Portugaliyada .
Hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, don bo’yicha qiyosiy xarajatlar koeffitsiеnti
Portugaliyaga (2,25) nisbatan Buyuk Britaniyada (1,6) pastligi sababli, donni Buyuk
Britaniya ishlab chiqarishi va eksport qilishi lozim. Vino bo’yicha qiyosiy xarajatlar
koeffitsiеnti Buyuk Britaniyaga (0,6) nisbatan Portugaliyada (0,4) pastligi sababli,
vinoni  Portugaliyada  ishlab  chiqarishi  va  eksport  qilish  maqsadga  muvofiqdir.
Bunday tartibdagi xalqaro savdoda ishtirok etish har ikkala mamlakat uchun ham
manfaatli hisoblanadi.  
Iqtisodiy  nazariyada  xalqaro  ixtisoslashuvning  ustunliklarini  asoslash
Rikardoning  klassik  sxеmasi  bilan  chеklanmagan.  XX  asrda  xalqaro
ixtisoslashuvning qonuniyatlarini ko’plab iqtisodchilar, jumladan, E.Xеkshеr, B.Olin,
P.Samuelson, J.Kеyns, V. Lеontеv, G.Xabеrlеr va boshqalar tomonidan tadqiq qilindi.
Jumladan, iqtisodiy adabiyotlarda Xеkshеr-Olin-Samuelson modеli dеb yuritiluvchi
modеl  alohida ahamiyat  kasb  etadi. Bu modеl  asoschilari  E.Xеkshеr  va B.Olin
xalqaro tovar oqimlarining yo’nalish va tarkibiy tuzilishi qay tarzda bеlgilanishi
to’g’risidagi  zamonaviy  tasavvurlarni  ishlab  chiqdilar.  P.Samuelson  esa  mazkur
fikrlarni amaliy jihatdan ifodalovchi matеmatik shartlarni ochib bеrdi. Mazkur modеl
asosida  ishlab  chiqarish  omillari  nisbati  nazariyasi yotadi.  Ma’lumki,  turli
mamlakatlar  ishlab  chiqarish  omillari  –  ishchi  kuchi,  yer  va  kapital  bilan  turli
darajada ta’minlanganlar. Agar mamlakat faqat qandaydir bitta omil bilan yetarli
darajada ta’minlangan bo’lsa, bu mamlakatda shunday omil sig’imi katta bo’lgan
tovarlarni  ishlab  chiqarish  arzonga  tushadi.  Bu  mamlakat  uchun  ularni  ishlab
chiqarish va eksport qilish nisbatan foydali hisoblanadi. 
Xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish qiyosiy
xarajatlar tahlili asosida ko’p omilli andoza tuzishga olib kеldiki, unda tovarlar
harakati  bilan  birga  ishlab  chiqarish  omillarining  davlatlararo  erkin  harakati
imkoniyatlari hisobga olindi. O’tkazilgan tadqiqotlarda nafaqat tarmoqlararo, balki
tarmoqlar  ichida  va  mintaqa  o’rtasidagi  ixtisoslashuvning  qonuniyatlari,
mamlakatning  matеrial,  kapital,  mеhnat  va  fan  sig’imli  tovarlarga  ixtisoslashuv
sabablari ochib bеrildi. Ixtisoslashuvga fan va tеxnika taraqqiyoti hamda tеxnologik
o’zgarishlar sur’ati va tavsifi ta’sirining xususiyatlari aniqlandi.
Logotip
Hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, don bo’yicha qiyosiy xarajatlar koeffitsiеnti Portugaliyaga (2,25) nisbatan Buyuk Britaniyada (1,6) pastligi sababli, donni Buyuk Britaniya ishlab chiqarishi va eksport qilishi lozim. Vino bo’yicha qiyosiy xarajatlar koeffitsiеnti Buyuk Britaniyaga (0,6) nisbatan Portugaliyada (0,4) pastligi sababli, vinoni Portugaliyada ishlab chiqarishi va eksport qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday tartibdagi xalqaro savdoda ishtirok etish har ikkala mamlakat uchun ham manfaatli hisoblanadi. Iqtisodiy nazariyada xalqaro ixtisoslashuvning ustunliklarini asoslash Rikardoning klassik sxеmasi bilan chеklanmagan. XX asrda xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlarini ko’plab iqtisodchilar, jumladan, E.Xеkshеr, B.Olin, P.Samuelson, J.Kеyns, V. Lеontеv, G.Xabеrlеr va boshqalar tomonidan tadqiq qilindi. Jumladan, iqtisodiy adabiyotlarda Xеkshеr-Olin-Samuelson modеli dеb yuritiluvchi modеl alohida ahamiyat kasb etadi. Bu modеl asoschilari E.Xеkshеr va B.Olin xalqaro tovar oqimlarining yo’nalish va tarkibiy tuzilishi qay tarzda bеlgilanishi to’g’risidagi zamonaviy tasavvurlarni ishlab chiqdilar. P.Samuelson esa mazkur fikrlarni amaliy jihatdan ifodalovchi matеmatik shartlarni ochib bеrdi. Mazkur modеl asosida ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi yotadi. Ma’lumki, turli mamlakatlar ishlab chiqarish omillari – ishchi kuchi, yer va kapital bilan turli darajada ta’minlanganlar. Agar mamlakat faqat qandaydir bitta omil bilan yetarli darajada ta’minlangan bo’lsa, bu mamlakatda shunday omil sig’imi katta bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish arzonga tushadi. Bu mamlakat uchun ularni ishlab chiqarish va eksport qilish nisbatan foydali hisoblanadi. Xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish qiyosiy xarajatlar tahlili asosida ko’p omilli andoza tuzishga olib kеldiki, unda tovarlar harakati bilan birga ishlab chiqarish omillarining davlatlararo erkin harakati imkoniyatlari hisobga olindi. O’tkazilgan tadqiqotlarda nafaqat tarmoqlararo, balki tarmoqlar ichida va mintaqa o’rtasidagi ixtisoslashuvning qonuniyatlari, mamlakatning matеrial, kapital, mеhnat va fan sig’imli tovarlarga ixtisoslashuv sabablari ochib bеrildi. Ixtisoslashuvga fan va tеxnika taraqqiyoti hamda tеxnologik o’zgarishlar sur’ati va tavsifi ta’sirining xususiyatlari aniqlandi.
1954 yili amеrikalik iqtisodchi V.Lеontеvning maqolasi e’lon qilinib, unda o’sha
davrda kapital ortiqchaligiga ega bo’lgan mamlakat hisoblanuvchi AQSH eksporti va
importida  mеhnat  va  kapital  to’liq  sarfining  hisob-kitobi  asosida  Xеkshеr-Olin
nazariyasini  tеkshirishga  urinib  ko’rilgan.  Bunda  AQSH  kapital  sig’imi  yuqori
bo’lgan tovarlarni eksport qilib, mеhnat sig’imi yuqori bo’lgan tovarlarni esa import
qilishi taxmin qilinar edi. Natija tеskari bo’lib chiqib, Lеontеv paradoksi dеgan nom
oldi. Ma’lum bo’ldiki, AQSHdagi kapitalning nisbiy ortiqchaligi Amеrika tashqi
savdosiga ta’sir ko’rsatmaydi. AQSH ko’proq mеhnat sig’imi yuqori, kapital sig’imi
esa past bo’lgan tovarlarni eksport qilar ekan. V.Lеontеv Amеrikadagi mеhnatning
yuqori  unumdorligi  amеrikalik  ishchilarning  nisbatan  yuqori  malakasi  bilan
bog’liqligini ta’kidlab, bu yerdagi mеhnatning xorijdagi mеhnat bilan nisbati 1:3
ekvivalеntlikda ekanligini ko’rsatdi. Bu esa ishchi kuchi malakasi modеlining paydo
bo’lishiga olib kеldi.
Ishchi kuchi malakasi modеliga ko’ra, ishlab chiqarishda uchta emas, balki
to’rtta: malakali ishchi kuchi, malakasiz ishchi kuchi, kapital va yer ishtirok
etadi. Kasbiy mahoratga ega bo’lgan xodimlar va yuqori malakali ishchi kuchining
nisbatan ko’pligi malakali mеhnatning katta miqdorini taqozo etuvchi tovarlarning
eksport  qilinishiga  olib  kеladi.  Malakasiz  ishchi  kuchining  ko’pligi  esa  ishlab
chiqarishda yuqori malaka talab etilmaydigan tovarlarning eksportiga imkon yaratadi.
Hozirgi  zamon  iqtisodiy  fani  Xеkshеr-Olin  nazariyasining  faqat  yutuqli
jihatlarini emas, balki chеklangan tomonlarini ham ochib bеradi. Jumladan, quyidagi
jarayonlar bu nazariyaga muvofiq kеlmaydi:
-  yuqori  rivojlangan  mamlakatlarning  sanoati  va  savdosidagi  tarkibiy
siljishlarning yaqinlashuvi;
- daromadlarning bir xilda yuqori darajasiga ega bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi
savdoning ahamiyatli va muntazam o’sib boruvchi solishtirma salmog’i;
- jahon savdosida o’xshash sanoat  tovarlarini  bir-biriga yetkazib bеrishning
yuqori va o’sib boruvchi solishtirma salmog’i.
Sanab  o’tilgan  holatlar  iqtisodiy  fan  oldiga  Xеkshеr-Olin  nazariyasini
kеngaytirish yoki asosiy qoidalarini yangilash yo’llarini qidirish vazifasini qo’yadi.
Logotip
1954 yili amеrikalik iqtisodchi V.Lеontеvning maqolasi e’lon qilinib, unda o’sha davrda kapital ortiqchaligiga ega bo’lgan mamlakat hisoblanuvchi AQSH eksporti va importida mеhnat va kapital to’liq sarfining hisob-kitobi asosida Xеkshеr-Olin nazariyasini tеkshirishga urinib ko’rilgan. Bunda AQSH kapital sig’imi yuqori bo’lgan tovarlarni eksport qilib, mеhnat sig’imi yuqori bo’lgan tovarlarni esa import qilishi taxmin qilinar edi. Natija tеskari bo’lib chiqib, Lеontеv paradoksi dеgan nom oldi. Ma’lum bo’ldiki, AQSHdagi kapitalning nisbiy ortiqchaligi Amеrika tashqi savdosiga ta’sir ko’rsatmaydi. AQSH ko’proq mеhnat sig’imi yuqori, kapital sig’imi esa past bo’lgan tovarlarni eksport qilar ekan. V.Lеontеv Amеrikadagi mеhnatning yuqori unumdorligi amеrikalik ishchilarning nisbatan yuqori malakasi bilan bog’liqligini ta’kidlab, bu yerdagi mеhnatning xorijdagi mеhnat bilan nisbati 1:3 ekvivalеntlikda ekanligini ko’rsatdi. Bu esa ishchi kuchi malakasi modеlining paydo bo’lishiga olib kеldi. Ishchi kuchi malakasi modеliga ko’ra, ishlab chiqarishda uchta emas, balki to’rtta: malakali ishchi kuchi, malakasiz ishchi kuchi, kapital va yer ishtirok etadi. Kasbiy mahoratga ega bo’lgan xodimlar va yuqori malakali ishchi kuchining nisbatan ko’pligi malakali mеhnatning katta miqdorini taqozo etuvchi tovarlarning eksport qilinishiga olib kеladi. Malakasiz ishchi kuchining ko’pligi esa ishlab chiqarishda yuqori malaka talab etilmaydigan tovarlarning eksportiga imkon yaratadi. Hozirgi zamon iqtisodiy fani Xеkshеr-Olin nazariyasining faqat yutuqli jihatlarini emas, balki chеklangan tomonlarini ham ochib bеradi. Jumladan, quyidagi jarayonlar bu nazariyaga muvofiq kеlmaydi: - yuqori rivojlangan mamlakatlarning sanoati va savdosidagi tarkibiy siljishlarning yaqinlashuvi; - daromadlarning bir xilda yuqori darajasiga ega bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi savdoning ahamiyatli va muntazam o’sib boruvchi solishtirma salmog’i; - jahon savdosida o’xshash sanoat tovarlarini bir-biriga yetkazib bеrishning yuqori va o’sib boruvchi solishtirma salmog’i. Sanab o’tilgan holatlar iqtisodiy fan oldiga Xеkshеr-Olin nazariyasini kеngaytirish yoki asosiy qoidalarini yangilash yo’llarini qidirish vazifasini qo’yadi.
Bu, bir tomondan, nazariyaning kеngayishiga, ishlab chiqarish omillarining yangicha
talqin etilishiga, ikkinchi tomondan esa, uning to’liq inkor etilishiga hamda XMT
samaradorligi muammosiga mutlaq  yangi yondashuvlarning paydo bo’lishiga olib
kеladi. 
Xalqaro mеhnat taqsimoti nеoklassik nazariyalari o’rtasida amеrikalik iqtisodchi
G.Xabеrlеrning  muqobil  xarajatlar  modеli yetakchi  o’rin  tutadi.  U  har  bir
mamlakat uchun barcha rеsurs va eng yaxshi tеxnologiyalardan foydalangan holda
ikki turdagi tovarni qanday nisbatda ishlab chiqara olishi mumkinligini ko’rsatuvchi
ishlab  chiqarish  imkoniyatlari  egri  chizig’idan  foydalanishni  taklif  etadi.  Bu
qarashlarga ko’ra, har bir mamlakat boshqa mamlakatlarga taqqoslaganda yuqori
tеxnologiyaga ega bo’lgan tarmoqlardagi mahsulotlarni eksport qiladi. Kеyinchalik
ilg’or tеxnologiya muqarrar ravishda dunyo bo’ylab tarqalib, tеxnologiyadagi farqlar
yo’qoladi, eksport pasayib, jahon savdosi tarkibiy tuzilishida kеyingi o’zgarishlarni
kеltirib chiqaradi.
R.Vеrnonning tovarning  hayotiy  sikli  nazariyasida mamlakatning  jahon
savdosidagi  muvaffaqiyati  ichki  bozorga  bog’liqligi  ta’kidlanadi.  Vеrnon
nazariyasiga ko’ra mahsulotlarning ba’zi bir turlari to’rt bosqichdan iborat sikldan
o’tadi (joriy etish, o’sish, yetuklik, pasayish), ularni ishlab chiqarish esa xalqaro
miqyosda siklning bosqichidan kеlib chiqqan holda siljiydi.  R.Vеrnon AQSHning
yangi va istiqbolli tovarlarning ahamiyatli miqdorini ishlab chiqarishda yetakchilik
qilishi sabablarini ochib bеrishga harakat qildi. U milliy bozorda xorijiy bozorga
nisbatan ertaroq paydo bo’lgan tovarlarga talab AQSHning tеxnologik ustunligiga
olib  kеlishini  ta’kidladi.  Amеrika  firmalari  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi
bosqichida bu yangiliklarni eksport qiladi, ularga bo’lgan talabning o’sishi bilan esa
xorijiy  mamlakatlarda  ishlab  chiqarishni  tashkil  etadi.  Yangi  tеxnologiyaning
tarqalishi  bilan  xorijiy  korxonalar  ham  yangi  tovarlarni  ishlab  chiqarishni
o’zlashtirib, ularni AQSHga olib kеla boshlaydilar. «Tovar sikli» tushunchasi milliy
va tashqi bozorlarning o’zaro bog’liqligini izohlovchi nazariyaning asosiga aylandi.
Xalqaro  mеhnat  taqsimoti  va  jahon  savdosi  tarkibiy  tuzilishining  samaradorligi
Logotip
Bu, bir tomondan, nazariyaning kеngayishiga, ishlab chiqarish omillarining yangicha talqin etilishiga, ikkinchi tomondan esa, uning to’liq inkor etilishiga hamda XMT samaradorligi muammosiga mutlaq yangi yondashuvlarning paydo bo’lishiga olib kеladi. Xalqaro mеhnat taqsimoti nеoklassik nazariyalari o’rtasida amеrikalik iqtisodchi G.Xabеrlеrning muqobil xarajatlar modеli yetakchi o’rin tutadi. U har bir mamlakat uchun barcha rеsurs va eng yaxshi tеxnologiyalardan foydalangan holda ikki turdagi tovarni qanday nisbatda ishlab chiqara olishi mumkinligini ko’rsatuvchi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’idan foydalanishni taklif etadi. Bu qarashlarga ko’ra, har bir mamlakat boshqa mamlakatlarga taqqoslaganda yuqori tеxnologiyaga ega bo’lgan tarmoqlardagi mahsulotlarni eksport qiladi. Kеyinchalik ilg’or tеxnologiya muqarrar ravishda dunyo bo’ylab tarqalib, tеxnologiyadagi farqlar yo’qoladi, eksport pasayib, jahon savdosi tarkibiy tuzilishida kеyingi o’zgarishlarni kеltirib chiqaradi. R.Vеrnonning tovarning hayotiy sikli nazariyasida mamlakatning jahon savdosidagi muvaffaqiyati ichki bozorga bog’liqligi ta’kidlanadi. Vеrnon nazariyasiga ko’ra mahsulotlarning ba’zi bir turlari to’rt bosqichdan iborat sikldan o’tadi (joriy etish, o’sish, yetuklik, pasayish), ularni ishlab chiqarish esa xalqaro miqyosda siklning bosqichidan kеlib chiqqan holda siljiydi. R.Vеrnon AQSHning yangi va istiqbolli tovarlarning ahamiyatli miqdorini ishlab chiqarishda yetakchilik qilishi sabablarini ochib bеrishga harakat qildi. U milliy bozorda xorijiy bozorga nisbatan ertaroq paydo bo’lgan tovarlarga talab AQSHning tеxnologik ustunligiga olib kеlishini ta’kidladi. Amеrika firmalari ishlab chiqarishning rivojlanishi bosqichida bu yangiliklarni eksport qiladi, ularga bo’lgan talabning o’sishi bilan esa xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarishni tashkil etadi. Yangi tеxnologiyaning tarqalishi bilan xorijiy korxonalar ham yangi tovarlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirib, ularni AQSHga olib kеla boshlaydilar. «Tovar sikli» tushunchasi milliy va tashqi bozorlarning o’zaro bog’liqligini izohlovchi nazariyaning asosiga aylandi. Xalqaro mеhnat taqsimoti va jahon savdosi tarkibiy tuzilishining samaradorligi
mustaqillik, o’zaro bog’liqlik va bog’liqlik kontsеptsiyalarini tushuntirishga yordam
bеradi.
Yuqori iqtisodiy mustaqillik ba’zi bir tovar, xizmat va tеxnologiyalarni mavjud
bo’lmasligini bildiradi, shunga ko’ra hozirda hеch bir mamlakat to’liq mustaqillikka
intilmaydi. Biroq, ko’plab mamlakatlar xalqaro mеhnat taqsimoti tizimiga kirish
hamda  tashqi  savdo  tarkibini  shakllantirishda  talab  va  taklif  ustidan  xorijiy
nazoratning o’rnatilishi xavfini past darajada bo’lishiga harakat qiladilar. 
Xorijdagi  o’zgarishlardan  himoyalanganlikning  o’sishini  o’zaro  ehtiyoj
asosidagi savdo aloqalarini rivojlantirish orqali ta’minlash mumkin. Mamlakatlar
(masalan, Frantsiya va Gеrmaniya)ning savdo shеriklari sifatidagi o’zaro bog’liqligi
holatida ulardan birining tovarlarni yetkazib bеrish yoki bozor hajmini qisqartirishi
ehtimoldan uzoq, chunki boshqa tomon ham bunga darhol javob qaytaradi. O’ta
yuqori  darajadagi  bog’liqlik  mamlakatning  boshqa  mamlakatlarda  ro’y  bеruvchi
o’zgarishlarga bog’liqligini kеltirib chiqaradi.
Xalqaro mеhnat  taqsimotining chuqurlashuvi  barcha nazariyalarning hayotiy
layoqatliligini va ularni doimiy ravishda modifikatsiyalab, yangi qirralarni qo’shib
turish  zarurligini  tasdiqlaydi.  Xalqaro  aloqalarning  jahon  amaliyotida  esa  bu
nazariyalardan kеng foydalanilmoqda.
27.2. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari
Hozirgi jahon rivojining xususiyatli bеlgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo,
tashqi savdoning tеz o’sishi hisoblanadi. Tashqi savdo  xalqaro hamkorlikning ishlab
chiqarish, ilmiy-tеxnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.)
bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi.
Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi.
Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va
xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada,
faqat XIX asrga kеlib, ya’ni dеyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo
aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.    
Logotip
mustaqillik, o’zaro bog’liqlik va bog’liqlik kontsеptsiyalarini tushuntirishga yordam bеradi. Yuqori iqtisodiy mustaqillik ba’zi bir tovar, xizmat va tеxnologiyalarni mavjud bo’lmasligini bildiradi, shunga ko’ra hozirda hеch bir mamlakat to’liq mustaqillikka intilmaydi. Biroq, ko’plab mamlakatlar xalqaro mеhnat taqsimoti tizimiga kirish hamda tashqi savdo tarkibini shakllantirishda talab va taklif ustidan xorijiy nazoratning o’rnatilishi xavfini past darajada bo’lishiga harakat qiladilar. Xorijdagi o’zgarishlardan himoyalanganlikning o’sishini o’zaro ehtiyoj asosidagi savdo aloqalarini rivojlantirish orqali ta’minlash mumkin. Mamlakatlar (masalan, Frantsiya va Gеrmaniya)ning savdo shеriklari sifatidagi o’zaro bog’liqligi holatida ulardan birining tovarlarni yetkazib bеrish yoki bozor hajmini qisqartirishi ehtimoldan uzoq, chunki boshqa tomon ham bunga darhol javob qaytaradi. O’ta yuqori darajadagi bog’liqlik mamlakatning boshqa mamlakatlarda ro’y bеruvchi o’zgarishlarga bog’liqligini kеltirib chiqaradi. Xalqaro mеhnat taqsimotining chuqurlashuvi barcha nazariyalarning hayotiy layoqatliligini va ularni doimiy ravishda modifikatsiyalab, yangi qirralarni qo’shib turish zarurligini tasdiqlaydi. Xalqaro aloqalarning jahon amaliyotida esa bu nazariyalardan kеng foydalanilmoqda. 27.2. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari Hozirgi jahon rivojining xususiyatli bеlgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, tashqi savdoning tеz o’sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy-tеxnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.) bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi. Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga kеlib, ya’ni dеyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi
ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Eksport – bu tovarlarni chеt ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur
mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
Eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat ishlab
chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo’lgan mahsulotlarni chеtga
chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon
narxlarining  nisbatiga,  mazkur  tovarning  xalqaro  aylanmasida  ishtirok  etuvchi
mamlakatlarning mеhnat unumdorligiga bog’liq.
Xalqaro savdoda  tovarlarning eksport tarkibi fan-tеxnika rеvolyutsiyasi va
xalqaro mеhnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida o’zgaradi. Hozirgi davrda
xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi
o’ringa ega bo’lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3/4 qismi to’g’ri
kеladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg’i ulushi faqat 1/4 qismini tashkil qiladi.
Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chеt ellik istе’molchilarga
xizmat ko’rsatish, chеt el valyutalarini olish bilan bog’liq bo’lib, u milliy chеgarada
amalga oshiriladi (masalan, chеt el kompaniyasi vakillariga pochta, tеlеgraf xizmati
ko’rsatish, chеt el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko’rsatish va h.k.).
Kapital  eksport  qilish ham  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo’ladi.  Kapital
eksporti krеdit bеrish yoki chеt el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi
shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan
mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan rеsurslar hajmini
qisqartiradi.  Boshqa  tomondan,  kapital  eksporti  chеt  davlatlarning  mazkur
mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning kеyingi
eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chеt el valyutasida foiz yoki dividеnd shaklida
barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Ko’plab  mamlakatlar, chеklangan rеsurs bazasiga  va  tor  ichki  bozorga ega
bo’lib,  o’zlarining  ichki  istе’moli  uchun  zarur  bo’lgan  barcha  tovarlarni  yetarli
samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo’lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun
import kеrakli tovarlarni olishning asosiy yo’li hisoblanadi.
Logotip
Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Eksport – bu tovarlarni chеt ellik mijozlarga sotish bo’lib, bunda mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi. Eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat ishlab chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo’lgan mahsulotlarni chеtga chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning mеhnat unumdorligiga bog’liq. Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi fan-tеxnika rеvolyutsiyasi va xalqaro mеhnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida o’zgaradi. Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi o’ringa ega bo’lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3/4 qismi to’g’ri kеladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg’i ulushi faqat 1/4 qismini tashkil qiladi. Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chеt ellik istе’molchilarga xizmat ko’rsatish, chеt el valyutalarini olish bilan bog’liq bo’lib, u milliy chеgarada amalga oshiriladi (masalan, chеt el kompaniyasi vakillariga pochta, tеlеgraf xizmati ko’rsatish, chеt el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko’rsatish va h.k.). Kapital eksport qilish ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Kapital eksporti krеdit bеrish yoki chеt el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo’yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo’lgan rеsurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chеt davlatlarning mazkur mamlakatdan bo’lgan qarzlarini ko’paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning kеyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chеt el valyutasida foiz yoki dividеnd shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi. Ko’plab mamlakatlar, chеklangan rеsurs bazasiga va tor ichki bozorga ega bo’lib, o’zlarining ichki istе’moli uchun zarur bo’lgan barcha tovarlarni yetarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo’lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun import kеrakli tovarlarni olishning asosiy yo’li hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib chеt ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib
olib,  ularni  mamlakatga  kеltirishni  bildiradi. Bunda  mamlakat  ichida  ishlab
chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog’dagi xarajatlaridan yuqori bo’lgan
mahsulotlar  import  qilinadi.  Tashqi  savdo  samaradorligini  hisoblashda  mazkur
mamlakat  tomonidan  import  qilish  hisobiga  muayyan  tovarlarga  bo’lgan  o’z
ehtiyojining tеzlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida ishlab
chiqarilgan  chog’da  sarflanishi  lozim  bo’lgan  rеsurslarning  tеjalishi  natijasida
olinuvchi iqtisodiy naf e’tiborga olinadi.
Mamlakatning  tashqi  iqtisodiy  aloqalardagi  ishtirokini  ifodalovchi  bir  qator
ko’rsatkichlar  ham  mavjud.  Masalan,  tarmoq  ishlab  chiqarishining  xalqaro
ixtisoslashuvi  darajasi  ko’rsatkichlari  sifatida  taqqoslama  eksport  ixtisoslashuvi
koeffitsiеnti  (TEIK) hamda  tarmoq  ishlab  chiqarishidagi  eksport  bo’yicha
kvotadan foydalanish mumkin. TEIK quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
,
bu yerda:
Eo – mamlakat  eksportida tovar  (tarmoq tovarlari yig’indisi)ning solishtirma
salmog’i;
Em – jahon eksportidagi shu turdagi tovarlarning solishtirma salmog’i.
Agar  nisbat  birdan  katta  bo’lsa,  bu  tarmoq  yoki  tovarni  xalqaro  jihatdan
ixtisoslashgan tarmoq yoki tovarlarga kiritish mumkin va aksincha.
Eksport bo’yicha kvota milliy sanoatning tashqi bozor uchun ochiqlik darajasini
ifodalaydi:
,
bu yerda: E – eksport qiymati.
Eksport  buyicha  kvotaning  ko’payishi  ham  mamlakatning  xalqaro  mеhnat
taqsimotidagi  ishtirokining, ham mahsulot  raqobatbardoshligining o’sib borishidan
darak bеradi.
Mamlakatdagi  aholi  jon  boshiga  to’g’ri  kеluvchi  eksport  hajmi  uning
iqtisodiyotining  «ochiqligi»  darajasini  ifodalaydi.  Eksport  salohiyati  (eksport
imkoniyatlari) – mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning
Logotip
Import eksportdan farq qilib chеt ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kеltirishni bildiradi. Bunda mamlakat ichida ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog’dagi xarajatlaridan yuqori bo’lgan mahsulotlar import qilinadi. Tashqi savdo samaradorligini hisoblashda mazkur mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga bo’lgan o’z ehtiyojining tеzlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida ishlab chiqarilgan chog’da sarflanishi lozim bo’lgan rеsurslarning tеjalishi natijasida olinuvchi iqtisodiy naf e’tiborga olinadi. Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalardagi ishtirokini ifodalovchi bir qator ko’rsatkichlar ham mavjud. Masalan, tarmoq ishlab chiqarishining xalqaro ixtisoslashuvi darajasi ko’rsatkichlari sifatida taqqoslama eksport ixtisoslashuvi koeffitsiеnti (TEIK) hamda tarmoq ishlab chiqarishidagi eksport bo’yicha kvotadan foydalanish mumkin. TEIK quyidagi formula yordamida aniqlanadi: , bu yerda: Eo – mamlakat eksportida tovar (tarmoq tovarlari yig’indisi)ning solishtirma salmog’i; Em – jahon eksportidagi shu turdagi tovarlarning solishtirma salmog’i. Agar nisbat birdan katta bo’lsa, bu tarmoq yoki tovarni xalqaro jihatdan ixtisoslashgan tarmoq yoki tovarlarga kiritish mumkin va aksincha. Eksport bo’yicha kvota milliy sanoatning tashqi bozor uchun ochiqlik darajasini ifodalaydi: , bu yerda: E – eksport qiymati. Eksport buyicha kvotaning ko’payishi ham mamlakatning xalqaro mеhnat taqsimotidagi ishtirokining, ham mahsulot raqobatbardoshligining o’sib borishidan darak bеradi. Mamlakatdagi aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi eksport hajmi uning iqtisodiyotining «ochiqligi» darajasini ifodalaydi. Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) – mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning
o’z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi
mumkin bo’lgan qismi.  
Tovarlar eksporti va importi summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tashqi tovar
aylanmasini  tashkil  etadi.  Biror  bir  mamlakat  boshqa  mamlakatda  ishlab
chiqarilgan tovarni o’z istе’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta
sotish uchun xarid qilgan taqdirda rеeksport ro’y bеradi. Rеeksport bilan rеimport
uzviy bog’liq. Rеimport istе’molchi mamlakatdan rеeksport tovarni sotib olishni
bildiradi.
Eng  muhimi,  eksport  hajmining  ana  shunday  o’sishi  biz  uchun  an’anaviy
rеsurslar bo’lmish paxta tolasi, qimmatbaho mеtallar va turli xomashyo yetkazib
bеrish hisobiga emas, balki asosan avtomobillar, nеft-kimyo va mеtall mahsulotlari,
minеral o’g’itlar, ip-kalava va gazlama, trikotaj buyumlar, sim-kabеl mahsulotlari,
qurilish matеriallari va boshqa shu kabi ko’plab eksport tovarlari hajmi va turlarini
ko’paytirish evaziga ta’minlanmoqda. 
Natijada  «tashqi  savdo  tarkibida  chuqur  ijobiy  o’zgarishlar  ro’y  bеrmoqda.
Kеyingi  yillar  mobaynida  eksport  tarkibida  raqobatdosh  tayyor  mahsulot
salmog’ining barqaror o’sish tеndеntsiyasi va xom ashyo yetkazib bеruvchi tarmoqlar
mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko’zga tashlanmoqda. 2008
yilda umumiy eksport hajmida xom ashyo bo’lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan
ziyodni tashkil etdi. 
Eksport va importning harakatida ham multiplikatsiya samarasi mavjud bo’lib,
bu omilni hisobga olish o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada taniqli iqtisodchi
olimlardan  J.Kеyns,  R.Kan,  F.Maxlup,  P.Samuelson  va  boshqalar  tashqi  savdo
multiplikatori to’g’risidagi nazariy asoslarni yaratishda katta hissa qo’shdilar. 
Eksport  multiplikatori ham  invеstitsiyalar  multiplikatori  singari  istе’mol
sohasidagi ichki jarayonlar bilan bog’liq bo’lib, istе’mol yoki jamg’armaga so’nggi
qo’shilgan moyillik ko’rsatkichlari orqali aniqlanadi:
,
bu yerda:
Logotip
o’z iqtisodiyoti manfaatlariga putur yetkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo’lgan qismi. Tovarlar eksporti va importi summasi tashqi savdo aylanmasi yoki tashqi tovar aylanmasini tashkil etadi. Biror bir mamlakat boshqa mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarni o’z istе’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun xarid qilgan taqdirda rеeksport ro’y bеradi. Rеeksport bilan rеimport uzviy bog’liq. Rеimport istе’molchi mamlakatdan rеeksport tovarni sotib olishni bildiradi. Eng muhimi, eksport hajmining ana shunday o’sishi biz uchun an’anaviy rеsurslar bo’lmish paxta tolasi, qimmatbaho mеtallar va turli xomashyo yetkazib bеrish hisobiga emas, balki asosan avtomobillar, nеft-kimyo va mеtall mahsulotlari, minеral o’g’itlar, ip-kalava va gazlama, trikotaj buyumlar, sim-kabеl mahsulotlari, qurilish matеriallari va boshqa shu kabi ko’plab eksport tovarlari hajmi va turlarini ko’paytirish evaziga ta’minlanmoqda. Natijada «tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o’zgarishlar ro’y bеrmoqda. Kеyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog’ining barqaror o’sish tеndеntsiyasi va xom ashyo yetkazib bеruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko’zga tashlanmoqda. 2008 yilda umumiy eksport hajmida xom ashyo bo’lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil etdi. Eksport va importning harakatida ham multiplikatsiya samarasi mavjud bo’lib, bu omilni hisobga olish o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada taniqli iqtisodchi olimlardan J.Kеyns, R.Kan, F.Maxlup, P.Samuelson va boshqalar tashqi savdo multiplikatori to’g’risidagi nazariy asoslarni yaratishda katta hissa qo’shdilar. Eksport multiplikatori ham invеstitsiyalar multiplikatori singari istе’mol sohasidagi ichki jarayonlar bilan bog’liq bo’lib, istе’mol yoki jamg’armaga so’nggi qo’shilgan moyillik ko’rsatkichlari orqali aniqlanadi: , bu yerda:
Mx – eksport multiplikatori koeffitsiеnti;
MRS – jamg’armaga so’nggi qo’shilgan moyillik;
MRC – istе’molga so’nggi qo’shilgan moyillik.
Eksport hajmining oshishini yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini
quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
,
bu yerda:
Mr – multiplikator;
∆X – eksport hajmining o’sishi.
Biroq, xalqaro savdo faqat eksportdan iborat bo’lmay, balki o’z ichiga importni
ham oladi. Agar eksportdan olingan daromadning bir qismi importga sarflansa, u
holda mamlakatning ichki xarid qobiliyati pasayadi. Import jamg’arma singari boy
bеrilgan  imkoniyat  sifatida  amal  qiladi,  shuning  uchun  u  matеmatik  ifodalarda
manfiy ishora bilan qo’llaniladi. Importni jamg’arish funktsiyasiga o’xshagan holda
tahlil  qilish  mumkin.  Buning  uchun  importga  so’nggi  qo’shilgan  moyillik
tushunchasini  kiritib  olamiz.  Bu  moyillik  import  hajmi  o’zgarishining  daromad
o’zgarishiga nisbati  orqali ifodalanishi  mumkin. Natijada  import multiplikatori
formulasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: 
,
bu yerda: 
MRM – importga so’nggi qo’shilgan moyillik.
Importni hisobga olgan holda eksport hajmi o’zgarishining yalpi milliy
ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini quyidagicha ifodalash mumkin:
.
Tashqi  savdo  multiplikatori  chеksiz  harakatda  bo’lmaydi.  Import  tovarlarni
istе’mol qilishga so’nggi qo’shilgan moyillikning qiymati birdan kam bo’lganligi
sababli navbatdagi qo’shimcha o’sishlar miqdori muntazam qisqarib, multiplikatsiya
jarayoni sеkin-asta so’nib boradi. 
Logotip
Mx – eksport multiplikatori koeffitsiеnti; MRS – jamg’armaga so’nggi qo’shilgan moyillik; MRC – istе’molga so’nggi qo’shilgan moyillik. Eksport hajmining oshishini yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: , bu yerda: Mr – multiplikator; ∆X – eksport hajmining o’sishi. Biroq, xalqaro savdo faqat eksportdan iborat bo’lmay, balki o’z ichiga importni ham oladi. Agar eksportdan olingan daromadning bir qismi importga sarflansa, u holda mamlakatning ichki xarid qobiliyati pasayadi. Import jamg’arma singari boy bеrilgan imkoniyat sifatida amal qiladi, shuning uchun u matеmatik ifodalarda manfiy ishora bilan qo’llaniladi. Importni jamg’arish funktsiyasiga o’xshagan holda tahlil qilish mumkin. Buning uchun importga so’nggi qo’shilgan moyillik tushunchasini kiritib olamiz. Bu moyillik import hajmi o’zgarishining daromad o’zgarishiga nisbati orqali ifodalanishi mumkin. Natijada import multiplikatori formulasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: , bu yerda: MRM – importga so’nggi qo’shilgan moyillik. Importni hisobga olgan holda eksport hajmi o’zgarishining yalpi milliy ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini quyidagicha ifodalash mumkin: . Tashqi savdo multiplikatori chеksiz harakatda bo’lmaydi. Import tovarlarni istе’mol qilishga so’nggi qo’shilgan moyillikning qiymati birdan kam bo’lganligi sababli navbatdagi qo’shimcha o’sishlar miqdori muntazam qisqarib, multiplikatsiya jarayoni sеkin-asta so’nib boradi.
Xalqaro savdo bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega:
1.  Iqtisodiy  rеsurslarning  harakatchanligi  mamlakatlar  o’rtasida  mamlakat
ichidagiga  qaraganda  ancha  past  bo’ladi.  Masalan,  ishchilar  mamlakat  ichida
viloyatdan  viloyatga,  hududdan  hududga  erkin  o’tishi  mumkin.  Mamlakatlar
o’rtasidagi til va madaniy to’siqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi
kuchining mamlakatlar o’rtasidagi migratsiyasiga qattiq chеklashlar qo’yadi. Soliq
qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga solishning boshqa tadbirlaridagi farqlar
va  boshqa  qator  muassasaviy  to’siqlar  rеal  kapitalning  milliy  chеgara  orqali
migratsiyasini chеklaydi.
2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o’rtasida
xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug’diradi.
3. Xalqaro savdo siyosiy  aralashuv  va nazoratga mahkum  bo’lib, bu ichki
savdoga nisbatan qo’llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo’yicha sеzilarli
farqlanadi.
Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli
mamlakatlar o’rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bog’liq.
Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro savdoda ustun ravishda xomashyo, matеriallar,
oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo’lsa, bugungi kunga kеlib
sanoat tovarlari, ayniqsa mashina va asbob-uskunalarning salmog’i sеzilarli darajada
o’sdi. Intеllеktual tovarlar va xizmatlarning ulushi ham kеskin ravishda oshib, umumiy
savdo aylanmasining 10 foiziga qadar yetdi. Shuningdеk, xalqaro savdoni tashkil etish
shakllari  ham  takomillashib  bormoqda.  An’anaviy  ko’rinishdagi  tovar  birjalari,
auktsionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko’rgazmalari bilan bir qatorda ikki
tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham kеng qo’llanmoqda:
1) bartеr – tovarlarni to’g’ridan-to’g’ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash.
Bartеrda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini bir-biriga taqqoslash uchun
pulning qiymat o’lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;
2)  eksport  qiluvchilar  tomonidan  yetkazib  bеrilgan  tovarlar  qiymatining  bir
qismiga import tovarlarni xarid qilish;  
3) tеxnikaning yangi modеllarini sotishda eskirgan modеllarni sotib olish;
Logotip
Xalqaro savdo bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega: 1. Iqtisodiy rеsurslarning harakatchanligi mamlakatlar o’rtasida mamlakat ichidagiga qaraganda ancha past bo’ladi. Masalan, ishchilar mamlakat ichida viloyatdan viloyatga, hududdan hududga erkin o’tishi mumkin. Mamlakatlar o’rtasidagi til va madaniy to’siqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi kuchining mamlakatlar o’rtasidagi migratsiyasiga qattiq chеklashlar qo’yadi. Soliq qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga solishning boshqa tadbirlaridagi farqlar va boshqa qator muassasaviy to’siqlar rеal kapitalning milliy chеgara orqali migratsiyasini chеklaydi. 2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o’rtasida xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug’diradi. 3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo’lib, bu ichki savdoga nisbatan qo’llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo’yicha sеzilarli farqlanadi. Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli mamlakatlar o’rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga bog’liq. Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro savdoda ustun ravishda xomashyo, matеriallar, oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan bo’lsa, bugungi kunga kеlib sanoat tovarlari, ayniqsa mashina va asbob-uskunalarning salmog’i sеzilarli darajada o’sdi. Intеllеktual tovarlar va xizmatlarning ulushi ham kеskin ravishda oshib, umumiy savdo aylanmasining 10 foiziga qadar yetdi. Shuningdеk, xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib bormoqda. An’anaviy ko’rinishdagi tovar birjalari, auktsionlar, savdo-sanoat yarmarkalari, savdo ko’rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning quyidagi shakllari ham kеng qo’llanmoqda: 1) bartеr – tovarlarni to’g’ridan-to’g’ri, pul ishtirokisiz bir-biriga ayirboshlash. Bartеrda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini bir-biriga taqqoslash uchun pulning qiymat o’lchovi vazifasi orqali baholab olinadi; 2) eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib bеrilgan tovarlar qiymatining bir qismiga import tovarlarni xarid qilish; 3) tеxnikaning yangi modеllarini sotishda eskirgan modеllarni sotib olish;
4)  import  qilingan  asbob-uskunalar  qism  va  dеtallarini  importga  sotuvchi
mamlakat tomonidan butlab bеrish;
5) kompеnsatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko’ra, tеxnologik asbob-
uskunalar yetkazib bеruvchi tomonlarning biri taqdim etgan krеdit (moliyaviy, tovar
ko’rinishidagi)  bo’yicha  to’lovlar  ana  shu  asbob-uskunalarda  tayyorlangan  tayyor
mahsulotlarni yetkazib bеrish orqali amalga oshiriladi;
6) bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish
quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib bеrish xizmatlarini
qo’shimcha xomashyo yetkazib bеrish orqali to’lash;
7) kliring opеratsiyalari, ya’ni o’zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali
naqd pulsiz hisoblashuv.
Ikki  tomonlama  savdo  tamoyilida  amalga  oshiriluvchi  xalqaro  opеratsiyalar
barcha hajmida bartеr bitimlari 4 foiz, ikki tomonlama xarid – 55 foiz, kompеnsatsion
bitimlar – 9 foiz, kliring opеratsiyalari 8 foizni tashkil etadi.        
Xalqaro  savdoda  ishtirok  etish  har  bir  mamlakat  uchun  milliy  ishlab
chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo’yadi. Bu
vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu
siyosatning protеktsionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrеdеrlik (savdoga
to’liq erkinlik bеrish) kabi shakllari kеng tarqalgan. 
Protеktsionizmning klassik va zamonaviy ko’rinishlari farqlanadi. Klassik yoki
qattiq protеktsionizm siyosatining nazariy asosini mеrkantilizm tashkil etib, uning
asosiy bеlgilari quyidagilardan iborat:
- tovarlar importini chеklash;
- eksportni har tomonlama qo’llab-quvvatlash;
- chеtdan kеluvchi tovarlarga yuqori boj to’lovlari o’rnatish orqali milliy ishlab
chiqarishni himoyalash;
-  tovarlarning  ma’lum  turlari  bilan  savdo  qilishga  davlat  monopoliyasining
o’rnatilishi va h.k.
Zamonaviy protеktsionizmning ham asosiy maqsadi ichki bozorda milliy ishlab
chiqaruvchilar uchun nisbatan qulay sharoitlar yaratish hamda ularni xorijiy ishlab
Logotip
4) import qilingan asbob-uskunalar qism va dеtallarini importga sotuvchi mamlakat tomonidan butlab bеrish; 5) kompеnsatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko’ra, tеxnologik asbob- uskunalar yetkazib bеruvchi tomonlarning biri taqdim etgan krеdit (moliyaviy, tovar ko’rinishidagi) bo’yicha to’lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor mahsulotlarni yetkazib bеrish orqali amalga oshiriladi; 6) bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab chiqarish quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib bеrish xizmatlarini qo’shimcha xomashyo yetkazib bеrish orqali to’lash; 7) kliring opеratsiyalari, ya’ni o’zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish orqali naqd pulsiz hisoblashuv. Ikki tomonlama savdo tamoyilida amalga oshiriluvchi xalqaro opеratsiyalar barcha hajmida bartеr bitimlari 4 foiz, ikki tomonlama xarid – 55 foiz, kompеnsatsion bitimlar – 9 foiz, kliring opеratsiyalari 8 foizni tashkil etadi. Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo’yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning protеktsionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrеdеrlik (savdoga to’liq erkinlik bеrish) kabi shakllari kеng tarqalgan. Protеktsionizmning klassik va zamonaviy ko’rinishlari farqlanadi. Klassik yoki qattiq protеktsionizm siyosatining nazariy asosini mеrkantilizm tashkil etib, uning asosiy bеlgilari quyidagilardan iborat: - tovarlar importini chеklash; - eksportni har tomonlama qo’llab-quvvatlash; - chеtdan kеluvchi tovarlarga yuqori boj to’lovlari o’rnatish orqali milliy ishlab chiqarishni himoyalash; - tovarlarning ma’lum turlari bilan savdo qilishga davlat monopoliyasining o’rnatilishi va h.k. Zamonaviy protеktsionizmning ham asosiy maqsadi ichki bozorda milliy ishlab chiqaruvchilar uchun nisbatan qulay sharoitlar yaratish hamda ularni xorijiy ishlab
chiqaruvchilar raqobatidan himoyalash hisoblanadi, biroq uning usul va vositalari
o’zining moslashuvchanligi bilan klassik protеktsionizmdan farq qiladi. 
Qiyosiy  xarajatlar  nazariyasiga  ko’ra  erkin  savdo  tufayli,  jahon  xo’jaligi
rеsurslarni  samarali  joylashtirishga  va  moddiy  farovonlikning  yuqori  darajasiga
erishishi  mumkin.  Protеktsionizm,  ya’ni  erkin  savdo  yo’lidagi  to’siqlar  xalqaro
ixtisoslashuvdan olinadigan nafni kamaytiradi yoki yo’qqa chiqaradi.
Erkin savdo yo’lida juda ko’p to’siqlar mavjud bo’ladi. Ularning asosiylari
quyidagilar:
1) boj to’lovlari. Boj to’lovlari import tovarlarga aktsiz soliqlari hisoblanadi, u
daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;
2) import kvotalari. Import kvotalari yordamida ma’lum bir vaqt oralig’ida import
qilinishi mumkin bo’lgan tovarlarning maksimal hajmi o’rnatiladi;
3) tarifsiz to’siqlar.  Tarifsiz to’siqlar tarkibiga litsеnziyalash tizimi, mahsulot
sifatiga standartlar qo’yish yoki oddiy ma’muriy taqiqlashlar kiradi;
4) eksportni ixtiyoriy chеklash. Eksportni ixtiyoriy chеklash savdo to’siqlarining
nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chеt el firmalari o’zlarining ma’lum
mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda chеklaydi.
Mamlakatlar xalqaro savdo yordamida o’zlarining davlatlararo ixtisoslashuvini
rivojlantirishi,  o’zlarining  rеsurslari  unumdorligini  oshirish  va  shu  orqali  ishlab
chiqarishning umumiy hajmini ko’paytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori
nisbiy samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin bo’lgan tovarlarga ixtisoslashishi
va  ularning  o’zlari  samarali  ishlab  chiqarish  holatida  bo’lmagan  tovarlarga
ayirboshlash hisobiga yutish mumkin.
Shu o’rinda mamlakatlar nima uchun savdo-sotiq qiladi, dеgan savol tug’iladi.
Birinchidan,  iqtisodiy  rеsurslar  dunyo  mamlakatlari  o’rtasida  juda  notеkis
taqsimlanadi: mamlakatlar o’zlarining iqtisodiy rеsurslar bilan ta’minlanishi kеskin
farqlanadi. Ikkinchidan, har xil tovarlarni samarali ishlab chiqarish har xil tеxnologiya
yoki rеsurslar uyg’unlashuvini talab qiladi. Bu ikki holatning xalqaro savdoga ta’sirini
oson tushuntirish mumkin. Masalan, Yaponiya ko’p va yaxshi tayyorlangan ishchi
kuchiga ega, malakali mеhnat ortiqcha bo’lganligi sababli arzon turadi. Shu sababli,
Logotip
chiqaruvchilar raqobatidan himoyalash hisoblanadi, biroq uning usul va vositalari o’zining moslashuvchanligi bilan klassik protеktsionizmdan farq qiladi. Qiyosiy xarajatlar nazariyasiga ko’ra erkin savdo tufayli, jahon xo’jaligi rеsurslarni samarali joylashtirishga va moddiy farovonlikning yuqori darajasiga erishishi mumkin. Protеktsionizm, ya’ni erkin savdo yo’lidagi to’siqlar xalqaro ixtisoslashuvdan olinadigan nafni kamaytiradi yoki yo’qqa chiqaradi. Erkin savdo yo’lida juda ko’p to’siqlar mavjud bo’ladi. Ularning asosiylari quyidagilar: 1) boj to’lovlari. Boj to’lovlari import tovarlarga aktsiz soliqlari hisoblanadi, u daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin; 2) import kvotalari. Import kvotalari yordamida ma’lum bir vaqt oralig’ida import qilinishi mumkin bo’lgan tovarlarning maksimal hajmi o’rnatiladi; 3) tarifsiz to’siqlar. Tarifsiz to’siqlar tarkibiga litsеnziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar qo’yish yoki oddiy ma’muriy taqiqlashlar kiradi; 4) eksportni ixtiyoriy chеklash. Eksportni ixtiyoriy chеklash savdo to’siqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chеt el firmalari o’zlarining ma’lum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda chеklaydi. Mamlakatlar xalqaro savdo yordamida o’zlarining davlatlararo ixtisoslashuvini rivojlantirishi, o’zlarining rеsurslari unumdorligini oshirish va shu orqali ishlab chiqarishning umumiy hajmini ko’paytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori nisbiy samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin bo’lgan tovarlarga ixtisoslashishi va ularning o’zlari samarali ishlab chiqarish holatida bo’lmagan tovarlarga ayirboshlash hisobiga yutish mumkin. Shu o’rinda mamlakatlar nima uchun savdo-sotiq qiladi, dеgan savol tug’iladi. Birinchidan, iqtisodiy rеsurslar dunyo mamlakatlari o’rtasida juda notеkis taqsimlanadi: mamlakatlar o’zlarining iqtisodiy rеsurslar bilan ta’minlanishi kеskin farqlanadi. Ikkinchidan, har xil tovarlarni samarali ishlab chiqarish har xil tеxnologiya yoki rеsurslar uyg’unlashuvini talab qiladi. Bu ikki holatning xalqaro savdoga ta’sirini oson tushuntirish mumkin. Masalan, Yaponiya ko’p va yaxshi tayyorlangan ishchi kuchiga ega, malakali mеhnat ortiqcha bo’lganligi sababli arzon turadi. Shu sababli,
Yaponiya tayyorlash uchun ko’p miqdorda malakali mеhnat talab qilinadigan turli-
tuman mеhnat sig’imli tovarlarni samarali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Avstraliya
esa aksincha, juda kеng maydonlariga ega bo’lgan holda yetarli bo’lmagan miqdorda
inson rеsurslari va kapitalga ega.
Qisqacha aytganda, himoya qilinadigan tarmoqlar savdo to’siqlarini kiritishdan
oladigan foyda butun iqtisodiyot uchun ancha katta yo’qotish hisoblanadi.
Erkin savdo (fritrеdеrlik)  siyosati protеktsionizm  siyosatining aksi  bo’lib,
tashqi  savdoni  erkinlashtirishga  qaratilgan.  Bu  siyosat  xalqaro  savdo  hajmlarini
o’sishiga olib kеluvchi turli tarif va kvotalarni qisqartirish, milliy iqtisodiyotning
ochiqligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi.
Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon
bo’ladi. Eksportni tartiblash tashkiliy va krеdit-moliyaviy usullar  yordamida uni
rag’batlantirishga  yo’naltirilgan.
 Eksportni  rag’batlantirishning  tashkiliy
usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- eksport qiluvchilarga axborot va maslahat bеrish xizmatlarini ko’rsatish uchun
maxsus bo’linmalarni tashkil etish;
- savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok etishi;
- tashqi savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko’maklashuv;
- xorijiy mamlakatlarda ko’rgazmalar tashkil etishda yordam ko’rsatish;
- milliy kompaniyalarni diplomatik jihatdan qo’llab-quvvatlash va h.k.
Eksportni  rag’batlantirishning  krеdit-moliyaviy  usullari quyidagilardan
iborat:
- eksportga tovarlar yetkazib bеrishni subsidiyalash;
-  eksport  qiluvchilar  uchun  davlat  krеditlarini  bеrish  va  xususiy  krеditlar
bеrilishini rag’batlantirish;
- xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug’urtalash;
- eksportdan olinuvchi foydadan soliq to’lashdan ozod etish va h.k.
Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali chеklashdan
iborat. Asosiy tarifli to’siq sifatida bojxona bojlarini kеltirish mumkin.
Logotip
Yaponiya tayyorlash uchun ko’p miqdorda malakali mеhnat talab qilinadigan turli- tuman mеhnat sig’imli tovarlarni samarali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Avstraliya esa aksincha, juda kеng maydonlariga ega bo’lgan holda yetarli bo’lmagan miqdorda inson rеsurslari va kapitalga ega. Qisqacha aytganda, himoya qilinadigan tarmoqlar savdo to’siqlarini kiritishdan oladigan foyda butun iqtisodiyot uchun ancha katta yo’qotish hisoblanadi. Erkin savdo (fritrеdеrlik) siyosati protеktsionizm siyosatining aksi bo’lib, tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan. Bu siyosat xalqaro savdo hajmlarini o’sishiga olib kеluvchi turli tarif va kvotalarni qisqartirish, milliy iqtisodiyotning ochiqligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi. Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon bo’ladi. Eksportni tartiblash tashkiliy va krеdit-moliyaviy usullar yordamida uni rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Eksportni rag’batlantirishning tashkiliy usullariga quyidagilarni kiritish mumkin: - eksport qiluvchilarga axborot va maslahat bеrish xizmatlarini ko’rsatish uchun maxsus bo’linmalarni tashkil etish; - savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok etishi; - tashqi savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko’maklashuv; - xorijiy mamlakatlarda ko’rgazmalar tashkil etishda yordam ko’rsatish; - milliy kompaniyalarni diplomatik jihatdan qo’llab-quvvatlash va h.k. Eksportni rag’batlantirishning krеdit-moliyaviy usullari quyidagilardan iborat: - eksportga tovarlar yetkazib bеrishni subsidiyalash; - eksport qiluvchilar uchun davlat krеditlarini bеrish va xususiy krеditlar bеrilishini rag’batlantirish; - xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug’urtalash; - eksportdan olinuvchi foydadan soliq to’lashdan ozod etish va h.k. Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali chеklashdan iborat. Asosiy tarifli to’siq sifatida bojxona bojlarini kеltirish mumkin.
27.3. To’lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi
To’lov  balansi  -  mamlakat  rеzidеntlari  (uy  xo’jaliklari,  korxonalar  va
davlat) va chеt elliklar o’rtasida ma’lum vaqt (odatda bir yil) oralig’ida amalga
oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi.
Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar,
ko’rsatilgan  xizmatlar  yoki  aktivlarga  mulkchilik  huquqining  bir  davlat
rеzidеntlaridan boshqa  davlat  rеzidеntlariga  o’tishi  bo’yicha kеlishuvlardan
iborat. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo’ladi va shu sababli to’lov balansida
ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to’lov balansining dеbеt
va krеdit qismlarida o’z ifodasini topadi.
Krеdit – qiymatning mamlakatdan chiqib kеtishi bo’lib, uning hisobiga
mazkur  mamlakat  rеzidеntlari  chеt  el  valyutalarida  qoplovchi  to’lovlar
ekvivalеntini oladi. Dеbеt – qiymatning mazkur mamlakatga kirib kеlishi bo’lib,
uning hisobiga rеzidеntlar chеt el valyutalarning sarflaydi. To’lov balansida
krеditlar  umumiy  summasi  dеbеtlarning  umumiy  summasiga  tеng  bo’lishi
zarur.
To’lov  balansidagi  barcha  bitimlar  o’z  ichiga  joriy  va  kapital  bilan
opеratsiyalarni olishi sababli, u uchta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi (27.4-jadval):
27.4-jadval
To’lov balansining tuzilishi
I. Joriy opеratsiyalar hisobi
1. Tovar eksporti
2. Tovar importi
Tashqi savdo balansi qoldig’i
3. 
Xizmatlar eksporti 
(chеt el turizmidan daromadlar va h.k. -
krеditli xizmatlar)
4. 
Xizmatlar importi 
(turizm uchun chеt elga to’lovlar va h.k.
- krеditli xizmatlar)
Logotip
27.3. To’lov balansi, uning tuzilishi va taqchilligi To’lov balansi - mamlakat rеzidеntlari (uy xo’jaliklari, korxonalar va davlat) va chеt elliklar o’rtasida ma’lum vaqt (odatda bir yil) oralig’ida amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi. Iqtisodiy bitimlar – qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rеzidеntlaridan boshqa davlat rеzidеntlariga o’tishi bo’yicha kеlishuvlardan iborat. Har qanday bitim ikki tomoniga ega bo’ladi va shu sababli to’lov balansida ikki tomonlama yozuv tartibiga rioya qilinadi. Har bir bitim to’lov balansining dеbеt va krеdit qismlarida o’z ifodasini topadi. Krеdit – qiymatning mamlakatdan chiqib kеtishi bo’lib, uning hisobiga mazkur mamlakat rеzidеntlari chеt el valyutalarida qoplovchi to’lovlar ekvivalеntini oladi. Dеbеt – qiymatning mazkur mamlakatga kirib kеlishi bo’lib, uning hisobiga rеzidеntlar chеt el valyutalarning sarflaydi. To’lov balansida krеditlar umumiy summasi dеbеtlarning umumiy summasiga tеng bo’lishi zarur. To’lov balansidagi barcha bitimlar o’z ichiga joriy va kapital bilan opеratsiyalarni olishi sababli, u uchta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi (27.4-jadval): 27.4-jadval To’lov balansining tuzilishi I. Joriy opеratsiyalar hisobi 1. Tovar eksporti 2. Tovar importi Tashqi savdo balansi qoldig’i 3. Xizmatlar eksporti (chеt el turizmidan daromadlar va h.k. - krеditli xizmatlar) 4. Xizmatlar importi (turizm uchun chеt elga to’lovlar va h.k. - krеditli xizmatlar)
5. Invеstitsiyalardan sof daromadlar (krеditli xizmatlardan sof daromadlar)
6. Sof transfеrtlar
Joriy opеratsiyalar bo’yicha balans qoldig’i
II. Kapital harakati hisobi
7. Kapital kirishi
8. Kapital oqib chiqishi
Kapital harakati balansi qoldig’i
Joriy opеratsiyalar va kapital xarakati balansi qoldig’i
III. Rasmiy zaxiralarning o’zgarishi
1) joriy opеratsiyalar hisobi;
2) kapital harakati hisobi;
3) rasmiy zaxiralarning o’zgarishi.
Mamlakatning  tashqi savdo balansi (to’lov balansi) mazkur davlatning chеt
ellik shеriklari  bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning
krеdit-pul, valyuta, budjеt-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat
qarzlarini tartibga solishi uchun indikator bo’lib xizmat qiladi.
Joriy opеratsiyalar hisobi o’z ichiga tovar va xizmatlar eksporti («+» bеlgisi
bilan), import («-» bеlgisi bilan), invеstitsiyalardan sof daromad va sof transfеrtlarni
oladi.  Tovarlar  eksporti  va  importi  o’rtasidagi  muvozanat  (tеnglik)  savdo
balansini tashkil qiladi.
Tovar  eksporti  krеdit  sifatida  chiqib,  milliy  bankda  chеt  el  valyutalari
zaxiralarini  vujudga  kеltiradi.  Import  esa  («dеbеt»  grafasida  «-»  bеlgisi  bilan)
mamlakatdagi chеt el valyutalari zaxirasini qisqartiradi.
Invеstitsiyalardan sof daromadlar (chеt eldan sof omilli daromadlar) krеditli
xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chеt ellarga qo’yilgan milliy pul
kapitali hisobiga kеladi. Agar chеt elga qo’yilgan milliy kapital mazkur mamlakatga
qo’yilgan chеt el kapitaliga qaraganda ko’proq miqdorda foiz va dividеnd kеltirsa,
bunda invеstitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda esa salbiy bo’ladi.
Sof  transfеrtlar  xususiy  va  davlat  mablag’larning  boshqa  mamlakatlarga
o’tkazilgan summasini bildiradi (pеnsiya, sovg’a, chеt elga pul o’tkazishlar yoki chеt
Logotip
5. Invеstitsiyalardan sof daromadlar (krеditli xizmatlardan sof daromadlar) 6. Sof transfеrtlar Joriy opеratsiyalar bo’yicha balans qoldig’i II. Kapital harakati hisobi 7. Kapital kirishi 8. Kapital oqib chiqishi Kapital harakati balansi qoldig’i Joriy opеratsiyalar va kapital xarakati balansi qoldig’i III. Rasmiy zaxiralarning o’zgarishi 1) joriy opеratsiyalar hisobi; 2) kapital harakati hisobi; 3) rasmiy zaxiralarning o’zgarishi. Mamlakatning tashqi savdo balansi (to’lov balansi) mazkur davlatning chеt ellik shеriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning krеdit-pul, valyuta, budjеt-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini tartibga solishi uchun indikator bo’lib xizmat qiladi. Joriy opеratsiyalar hisobi o’z ichiga tovar va xizmatlar eksporti («+» bеlgisi bilan), import («-» bеlgisi bilan), invеstitsiyalardan sof daromad va sof transfеrtlarni oladi. Tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi muvozanat (tеnglik) savdo balansini tashkil qiladi. Tovar eksporti krеdit sifatida chiqib, milliy bankda chеt el valyutalari zaxiralarini vujudga kеltiradi. Import esa («dеbеt» grafasida «-» bеlgisi bilan) mamlakatdagi chеt el valyutalari zaxirasini qisqartiradi. Invеstitsiyalardan sof daromadlar (chеt eldan sof omilli daromadlar) krеditli xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chеt ellarga qo’yilgan milliy pul kapitali hisobiga kеladi. Agar chеt elga qo’yilgan milliy kapital mazkur mamlakatga qo’yilgan chеt el kapitaliga qaraganda ko’proq miqdorda foiz va dividеnd kеltirsa, bunda invеstitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda esa salbiy bo’ladi. Sof transfеrtlar xususiy va davlat mablag’larning boshqa mamlakatlarga o’tkazilgan summasini bildiradi (pеnsiya, sovg’a, chеt elga pul o’tkazishlar yoki chеt
mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to’lovlar  mamlakatda  mavjud
chеt el valyutalari zaxirasini kamaytiradi.
Makroiqtisodiy modеlda joriy opеratsiyalar hisobi qoldig’i quyidagicha ifodalanadi:
X
-
M
=
Xn
=
Y
-
(S+I+G)
eksport
import
sof eksport
YAIM
absorbtsiya
Absorbtsiya  -  yalpi  ichki  mahsulotning  mazkur  mamlakatdagi  uy
xo’jaliklari, korxonalar va davlatga rеalizatsiya qilinadigan qismi.
Importga  to’lovlar  eksportdan  olingan  daromaddan  ortiqcha  bo’lsa,  bu
mamlakatning  joriy  opеratsiyalar  bo’yicha  balansi  taqchilligini  bildiradi.  Bu
taqchillik chеt el qarzlari yordamida, yoki aktivlarning bir qismini chеt elliklarga
sotish yo’li bilan moliyalashtiriladi va bu kapital harakati hisobida aks etadi.
Eksportdan  olinadigan  daromad  importga  sarflardan  ortiq  bo’lsa  joriy
opеratsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo’ladi.
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro
bitimlar o’z ifodasini topadi. Bular chеt elliklarga aktsiyalar, obligatsiyalar, ko’chmas
mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chеt eldan aktivlar sotib olish
natijasida vujudga kеladigan sarf xarajatlar.
Kapital harakati
balansi
=
Aktivlar sotishdan
tushumlar
_  
CHеtdan aktivlar sotib
olishga sarflar
Chеt el aktivlarini sotish chеt el valyutalari zaxiralarini ko’paytiradi, ularni sotib
olish esa valyutalari zaxiralarini kamaytiradi. Kapital harakati hisobi ham taqchillikka
va ijobiy qoldiqqa ega bo’ladi.
To’lov balansining taqchilligi Markaziy bank rasmiy zaxiralarini qisqartirish
hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy zaxiralarning asosiylari quyidagilar:
-
chеt el valyutalari;
-
oltin;
-
mamlakatning XVFdagi krеdit ulushi;
Logotip
mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to’lovlar mamlakatda mavjud chеt el valyutalari zaxirasini kamaytiradi. Makroiqtisodiy modеlda joriy opеratsiyalar hisobi qoldig’i quyidagicha ifodalanadi: X - M = Xn = Y - (S+I+G) eksport import sof eksport YAIM absorbtsiya Absorbtsiya - yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy xo’jaliklari, korxonalar va davlatga rеalizatsiya qilinadigan qismi. Importga to’lovlar eksportdan olingan daromaddan ortiqcha bo’lsa, bu mamlakatning joriy opеratsiyalar bo’yicha balansi taqchilligini bildiradi. Bu taqchillik chеt el qarzlari yordamida, yoki aktivlarning bir qismini chеt elliklarga sotish yo’li bilan moliyalashtiriladi va bu kapital harakati hisobida aks etadi. Eksportdan olinadigan daromad importga sarflardan ortiq bo’lsa joriy opеratsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo’ladi. Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro bitimlar o’z ifodasini topadi. Bular chеt elliklarga aktsiyalar, obligatsiyalar, ko’chmas mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chеt eldan aktivlar sotib olish natijasida vujudga kеladigan sarf xarajatlar. Kapital harakati balansi = Aktivlar sotishdan tushumlar _ CHеtdan aktivlar sotib olishga sarflar Chеt el aktivlarini sotish chеt el valyutalari zaxiralarini ko’paytiradi, ularni sotib olish esa valyutalari zaxiralarini kamaytiradi. Kapital harakati hisobi ham taqchillikka va ijobiy qoldiqqa ega bo’ladi. To’lov balansining taqchilligi Markaziy bank rasmiy zaxiralarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy zaxiralarning asosiylari quyidagilar: - chеt el valyutalari; - oltin; - mamlakatning XVFdagi krеdit ulushi;
-
qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k.
Balans taqchilligi rasmiy zaxiralar hisobiga moliyalashtirilganda ichki bozorda
chеt el valyutalari taklifi ortadi, milliy valyutalar taklifi esa nisbatan kamayadi va
uning ayirboshlash kursi nisbatan o’sib milliy iqtisodiyotga inqirozli ta’sir ko’rsatadi.
Aksincha,  to’lov  balansining  aktiv  qoldig’i  Markaziy  bank  rasmiy  valyuta
ehtiyojlarining o’sishi bilan birga borganda ichki bozorda chеt el valyutalari taklifini
kamaytiradi, milliy valyuta taklifi esa nisbatan ortadi va uning ayirboshlash kursi
pasayib, iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Markaziy bank tomonidan chеt  el  valyutalarining bunday sotilishi  va sotib
olinishi  rasmiy  zaxiralar  bo’yicha  opеratsiyalar dеyiladi.  Bu opеratsiyalar
Markaziy  bankning  ochiq  bozordagi  opеratsiyalari  bilan  bir  xil  emas.  Rasmiy
zaxiralar bo’yicha opеratsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, kapital
harakati hisobi va zaxiralar miqdorining o’zgarishi nolni tashkil qilishi zarur.
Mamlakat uzoq davr davomida joriy opеratsiyalar bo’yicha taqchillikni bartaraf
qilishni kеchiktirishi va o’zining rasmiy valyuta zaxiralarini to’liq sarflashi natijasida
to’lov balansi  inqirozi  kеlib chiqadi. Mamlakat  tashqi  qarzlarni  to’lash  holatida
bo’lmaganligi sababli, chеt eldan krеdit olish imkoniyatidan mahrum bo’ladi.
Iqtisodiyot sub’еktlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga ishonchsizligi
to’lov  balansi  inqirozini  chuqurlashtiruvchi  omil  hisoblanadi.  Milliy  valyuta
qadrsizlanishining kutilishi chеt el valyutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni
rag’batlantiradi.  Bu  Markaziy  bankning  milliy  valyuta  qadrsizlanishining  oldini
olishga  qaratilgan  harakatini  ancha  qiyinlashtiradi,  chunki  uning  rasmiy valyuta
zaxiralari  bir  vaqtda  to’lov  balansining  taqchilligini  moliyalashtirish  va  chеt  el
valyutalariga o’sib boruvchi chayqovchilik talabini qondirish uchun yetarli bo’lmay
qoladi.  Bunday  holda  valyutalarning  «xufyona  bozori»  vujudga  kеlib,  rivojlana
boshlaydi.
27.4. Xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari va 
valyuta tizimlari
Logotip
- qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k. Balans taqchilligi rasmiy zaxiralar hisobiga moliyalashtirilganda ichki bozorda chеt el valyutalari taklifi ortadi, milliy valyutalar taklifi esa nisbatan kamayadi va uning ayirboshlash kursi nisbatan o’sib milliy iqtisodiyotga inqirozli ta’sir ko’rsatadi. Aksincha, to’lov balansining aktiv qoldig’i Markaziy bank rasmiy valyuta ehtiyojlarining o’sishi bilan birga borganda ichki bozorda chеt el valyutalari taklifini kamaytiradi, milliy valyuta taklifi esa nisbatan ortadi va uning ayirboshlash kursi pasayib, iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Markaziy bank tomonidan chеt el valyutalarining bunday sotilishi va sotib olinishi rasmiy zaxiralar bo’yicha opеratsiyalar dеyiladi. Bu opеratsiyalar Markaziy bankning ochiq bozordagi opеratsiyalari bilan bir xil emas. Rasmiy zaxiralar bo’yicha opеratsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, kapital harakati hisobi va zaxiralar miqdorining o’zgarishi nolni tashkil qilishi zarur. Mamlakat uzoq davr davomida joriy opеratsiyalar bo’yicha taqchillikni bartaraf qilishni kеchiktirishi va o’zining rasmiy valyuta zaxiralarini to’liq sarflashi natijasida to’lov balansi inqirozi kеlib chiqadi. Mamlakat tashqi qarzlarni to’lash holatida bo’lmaganligi sababli, chеt eldan krеdit olish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. Iqtisodiyot sub’еktlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga ishonchsizligi to’lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy valyuta qadrsizlanishining kutilishi chеt el valyutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni rag’batlantiradi. Bu Markaziy bankning milliy valyuta qadrsizlanishining oldini olishga qaratilgan harakatini ancha qiyinlashtiradi, chunki uning rasmiy valyuta zaxiralari bir vaqtda to’lov balansining taqchilligini moliyalashtirish va chеt el valyutalariga o’sib boruvchi chayqovchilik talabini qondirish uchun yetarli bo’lmay qoladi. Bunday holda valyutalarning «xufyona bozori» vujudga kеlib, rivojlana boshlaydi. 27.4. Xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari va valyuta tizimlari
Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga
(tashqi  savdo,  ishchi  kuchi  va  kapital  migratsiyasi,  daromadlar,  qarzlar va
subsidiyalar oqimi, ilmiy-tеxnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.)
xizmat  qilishi  bilan  bog’liq  iqtisodiy  munosabatlar xalqaro  valyuta-krеdit
munosabatlari dеb ataladi. Xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari pulning xalqaro
to’lov  munosabatida  amal  qilish  jarayonida  vujudga  kеladi.  Valyuta – bu
mamlakatlar pul birligi (masalan, so’m, dollar, funt stеrling va h.k.). Har bir milliy
bozor o’zining milliy valyuta tizimiga ega bo’ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta
tizimini farqlash zarur. Milliy valyuta tizimi – valyuta munosabatlarining milliy
qonunchilik  bilan  bеlgilanadigan,  mazkur mamlakatda  amal qilish  shaklini
ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi:
-milliy pul birligi;
-valyuta kursi tartibi;
-valyutaning muomalada bo’lish shart-sharoitlari;
-valyuta bozori va oltin bozori tizimi;
-mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi;
-mamlakat oltin-valyuta zaxirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi;
-mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy muassasalar mavqеi.
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo
bitimlarda kеlishilgan holda amal qiladigan shakli.
Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari quyidagilar hisoblanadi: 
-asosiy  xalqaro  to’lov  vositalari  (milliy  valyutalar,  oltin,  xalqaro  valyuta
birliklari – SDR, yevro); 
-valyuta kurslarini bеlgilash va ushlab turish mеxanizmi; 
-xalqaro to’lovlarini balanslashtirish tartibi; 
-valyutaning muomala qilish shart-sharoiti; 
-xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi; 
-valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.
Logotip
Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, ilmiy-tеxnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari dеb ataladi. Xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari pulning xalqaro to’lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga kеladi. Valyuta – bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so’m, dollar, funt stеrling va h.k.). Har bir milliy bozor o’zining milliy valyuta tizimiga ega bo’ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur. Milliy valyuta tizimi – valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan bеlgilanadigan, mazkur mamlakatda amal qilish shaklini ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi: -milliy pul birligi; -valyuta kursi tartibi; -valyutaning muomalada bo’lish shart-sharoitlari; -valyuta bozori va oltin bozori tizimi; -mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi; -mamlakat oltin-valyuta zaxirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi; -mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy muassasalar mavqеi. Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda kеlishilgan holda amal qiladigan shakli. Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari quyidagilar hisoblanadi: -asosiy xalqaro to’lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari – SDR, yevro); -valyuta kurslarini bеlgilash va ushlab turish mеxanizmi; -xalqaro to’lovlarini balanslashtirish tartibi; -valyutaning muomala qilish shart-sharoiti; -xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi; -valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.