Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining ob’ekti,
predmeti, maqsad va vazifalari.
Reja:
1.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining ob’ekti
va vazifalari.«Siyosat», «g’oya», «mafkura», «tarix» tushunchalari, ularning
mazmun-mohiyati va namoyon bo’lish shakllari.
2.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining
asosiy metodlari va undagi davriylik.
3.
Qadimgi Sharq insoniyat tsivilizatsiyasining beshigi. Dastlabki davlat va
siyosiy
mafkuralarning
sharqtsa
vujudga
kelishining
ob’ektiv sabablari. "Hammurapi qonunlari"- Bobil mafkurasining manbai.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining ob’ekti va
vazifalari.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining
o’qitilishi oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy gumanitar
fakultetlaridagi ayrim bo’limlarida, ya’ni milliy istiqlol g’oyasi bo’limlari
talabalari uchun mo’ljallangan.
Ushbu fan o’quv fani sifatida maxsus kiritilgan bo’lib, u yangi fan
hisoblanadi. Biroq, o’zining mohiyati va tadqiqot ob’ekti bo’lmish jahon
siyosiy mafkuralarining mazmun va mohiyatini tadqiq etadi, o’rganadi, tahlil
qiladi, xulosa va ilmiy qarorlar chiqaradi.
Ushbu fan insoniyat hayotining shu bugungi kunga qadar turli davlat
tizimlaridagi mafkuraviy holatlarni, uning mazmun mohiyatini ilmiy-nazariy
jihatdan asoslab beradi. Voqea - hodisalarning yuz berish sababi, uning
rivojlanishi yoxud tanazzo’lga yuz tutishining mafkuraviy omillarini, xalqlar
hayotida u yoki bu tariqa ta’sir etishini o’zviylikda, xronolgik ketma-ketlikda
o’rganadi.
Fanlar tizimida Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv
fanining o’rni.
Insoniyatning turli tarixiy davrlardagi hayoti va unda bo’lib o’tgan
voqealar, hodisalar, ularning sabablari ijtimoiy gumanitar fanlar tizimidagi
ko’plab fanlar tomonidan o’rganiladi.
Ushbu fan ijtimoiy fanlar tizimida bo’lganligi bois, boshqa ijtimoiy
fanlar bilan aloqadorlikda o’rganiladi. Jumladan, «Falsafa», «Tarix»,
«Siyosatshunoslik», «Milliy istiqlol g’oyasi» kabi ko’plab fanlar qoidalariga,
xulosa va tahlillariga tayanadi. O’z o’rnida ushbu fan qoidalari, xulosa va
tahlillari boshqa fanlar uchun ham asos bo’ladi.
«Falsafa» fani Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fani
uchun voqea va hodisalarning, shuningdek ijtimoiy munosabatlar
rivojlanishning umumiy qoidalarini o’rgansa, tarix fani esa u yoki bu
voqelikning yuz berishini, oqibatlarini, siyosatshunoslik jamiyatning siyosiy
to’zilishini yoki davlatlarning siyosiy tizimini, uni ichki va tashqi siyosati
belgisini o’rgatadi.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fani o’z davrida yuz
bergan mafkuraviy jarayonlarni, ularning oqibatlarini o’rgatadi. U muayyan
qarashlar, ta’limotlar, g’oya va mafkuraviy jarayonlarning umumiylik, o’zviylik
hamda yakka holda olib qaraydi va ularni o’rganadi.
Ushbu fan mafkuraiy jarayonlarni ijtmioiy-siyosiy hodisa sifatida namoyon
bo’lishini ifodalaydi. Jamiyat hayotida biron bir siyosiy o’zgarish, siyosiy voqea,
hodisalar mafkuraviy omillar ta’siridan chetda bo’lmaydi. Shu sababli Jahon siyosiy-
mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fani yuz bergan turli ijtimoiy-siyosiy o’zgarish va
voqealarda mafkuraviy ta’sirning o’rni va ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan aniqlaydi.
Ushbu fan o’qitilishidan maqsad:
-talaba-o’quvchilar ongida mafkuraviy yuksalishni shakllantirish va har
tomonlama etuk fuqarolarni tarbiyalash;
-Jahon tarixida turli mafkuralarni namoyon bo’lish xususiyatlari, uning turlari
va to’zilishini o’rgatish;
-dars davomida turli manba va adabiyotlardan foydalanish metodikasini
o’rgatishdan iborat.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining ijodiy harakterini
ifodalovchi asosiy jihatlar:
1.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani masalalari jamiyat
taraqqiyotining borishiga muvofiq muayyan miqdorda o’zgarib boradi;
2.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani turli davrlardagi
jamiyat hayotining alohidalik va o’zviylik tamoyillari negizida
mafkuraviy ta’limotlarni chuqur asoslaydi;
3.
Har bir xalq yoki millatning mafkuraviy qarashlari, uning mohiyatining
analiz
qilinishi,
hozirgi
davrdagi
xalqlar
yoxud
davlatlar
mafkurasining hayotiyligi, uning taraqqiyotga tutgan o’rni ushbu fan
rivojlanishiga ta’sir etadi;
4.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani bitta yoki alohida
olingan mafkuralar jamiyat taraqqiyotini belgilovchi omil bo’ladi,
degan qoidaga asoslanmaydi.
«Siyosat», «g’oya», «mafkura», «tarix» tushunchalari, ularning mazmun-
mohiyati va namoyon bo’lish shakllari
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda siyosat tushunchasiga juda ko’plab ta’riflar
berilgan. Ushbu tushunchalar qanchalik keng va xilma-xil bo’lishiga qaramay ularning
o’rtasida o’zaro bog’liqlik va umumiylik mavjud.
Uni ayrim olimlar «davlat to’g’risidagi fan» deb aytsalar, ayrim
mutaffakkirlar u algebra ham, matematika ham emas, balki oliy matematikadir
deyishadi.
Siyosat quruq gaplar, mavxum iboralar yig’indisi emas.
Demak, siyosat - keng qamrovli ijtimoiy tushunchalardan biri bo’lib, u jamiyat
hayotining xilma-xil sohalarida bo’ladigan voqea-hodisalarni o’zida aks ettiradi va
uning kelib chiqishiga u yoki bu darajada sabab bo’ladi. Siyosiy tushunchasiga turli
davrlarda politologik olimlar tomonidan berilgan ta’riflar shaqil jihatidan har xil
bo’lsa-da, biroq mohiyati va mazmuni jihatida umumiylikka egadir.
Ularning hammasida ham siyosiy davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoii tashkilotlar
va harakatlarning mamlakat ichida va xalqora maydonda ko’rsatadigan faoliyati,
jamiyat ijtimoiy hayotining hamma sohalarga ta’sir etib tiruvchi vosita sifatida
asoslab beradi. Demak, siyosat-bu jamiyat hayotining xilma- xil sohalarida ro’y
beradigan oddiy va murakkab vazifalarni hal qilishga, aniq maqsadlarga erishishga
qaratilgan faoliyat eki vositadir. "Mafkura "tushunchasining ta’rifiga kelsak, ko’pgina
ta’riflar orasida uni muayyan bir davrda muayyan bir xalqni, millatni, ijtimoiy
guruhni manfaatlaridan kelib chiqadigan maqsadlar sari etaklovchi estetik, axloqiy,
huquqiy, diniy, falsafiy, siyosiy g’oyalar tizimi, deb berilgan. Demak, o’z-o’zidan
anglashiladiki "Mafkura" tushunchasi quyidagi xislatlarga ega bo’ladi: 1 Har bir
mafkura qaysidir millatning, xalqning maqsad-muddaolarini
anglatadi (milliy g’oyalar), yoxud biron-bir ijtimoiy guruhning
manfaatlarini ifodalaydi (fashizm, vahhobiylik);
1.
Har bir mafkura, albatta, ma’lum maqsadga erishish uchun zarur
bo’lgan
bir necha g’oyalardan tarkib topadi (masalan, farovon hayot, tolerantlik,
komil inson, yurt tinchligi, milatlararo totuvlik, ijtimoiy hamkorlik
g’oyalari O’zbekiston milliy mafkurasini tashqil qiladi);
2.
Har bir mafkuraning dunyoga kelishi uchun etarli shart-sharoit
yuzaga
kelishi zarur, ya’ni jamiyatda unga ehtiyoj sezilgandagina mafkura
tarkib topadi (masalan, Chor Rassiya Turkistonni bosib olgandan so’ng, bu
erda Milliy ozodlik harakati, jadidchilik g’oyalari yuzaga keladi);
3.
Mafkura "zamon" va "makon"nuqtaiy-nazardan ham anglashiladi,
ya’ni
har bir mafkura ma’lum bir davrda hamda hududda paydo bo’ladi
(masalan, rennesans mafkurasi o’rta asrlar Evropasida inkvizitsiya
g’oyalarga qarshi kuch sifatida yuzaga keladi)
5.
Mafkuralar o’z oldiga qo’yayotgan maqsadning mohiyatiga ko’ra, ya’ni
uning
asosida qaysi qadriyatlar yotganligiga ko’ra ham farqlanadi. Agarda ushbu
maqsadlar taraqqiyotiga, ezgo’likka xizmat qilsa, u holda mafkuralar
bunyodkor, agarda ular tanazzo’liga, yovo’zlikka xizmat qilsa, u holda
mafkuralar
vayronkordir
(masalan,
javonmardlik
mafkurasi
o’z
mohiyatiga ko’ra bunyodkar g’oyalardan tarkib topgan va ezgo’lika hizmat
qilgan)
6.
Mafkuralar borliqning, bizni o’rab turgan atrof-olamning qaisi
jihatlarini aks etirishga qarab, yani dunyoqarashning qaysi shaklida
ekaniga ko’ra falsafiy, diniy, siyosiy, ilmiy kabi turlarga bo’linadi
7.
Shunday ham bo’lishi mumkinki, mafkuralar muayyan ijtimoiy
guruh, millat, hudud va makon chegarasidan chiqib umuminsoniylik kasb etadi
va barcha xalqlar va zamonlar uchun xos bo’ladi. Bunday mafkuralar
umuminsoniy qadriyatlar silsilasiga kiradi (ozodlik, hqrlik, etiqod
erkinligi)
G’oya-ob’ektiv voqelik hodisalarning inson tafakkurida aks etirishdir.
G’oyalar dunyoni o’rganishiga va amaliy o’zgaruviga xizmat qiladi. G’oyalar
oldidagi tajribalarni umumlashtirgan holda, voqelikning bundan keyingi rivojini
maqsad qilib qo’yadilar. Aytib qtganimizdek, har bir mafkura muayyan g’oyalar
tizimidan iborat. Ushbu g’oyalarning ham ma’lum bir xislatlari bor . Quyida ularni
baozilarni sanab qtamiz:
Bir mafkura tarkibida mavjud g’oyalarni, albatta, bir-biriga bog’lab
turuvchi umumiylik bo’ladi, Masalan, demokratiya mafkurasini tashqil
qiluvchi
so’z
erkinligi,
e’tiqod
erkinligi,
iqtisodiy
erkinlik,
siyosiy erkinlik kabi g’oyalarni umumiy bir so’z bilan atash mumkin,
ya’ni erkinliklar;
Shunday ham bo’ldiki, ayni bir mafkura tarkibida bir paytning o’zida
ham bunyodkor g’oyalar, ham vayronkor g’oyalar jipslashgan bo’ladi,
Masalan, kommunizm mafkurasini tashqil etuvchi xalqlar do’stligi,
ateizm, tenglik, birlik g’oyalari o’z mohiyatiga ko’ra turlichadir.
Ayni bir mafkura tarkibidagi g’oyalar o’z kelib chiqishiga ko’ra to’la
zamonlarga ta’lluqli bo’lishi mumkin. Masalan, O’zbekiston milliy
mafkurasi tarkibida joy olgan komil inson g’oyasi buyuk islom
mafkurasi ta’sirida yuzaga kelgan va so’fizm ta’limoti bilan ham
bog’liq, tolerantlik g’oyasi rennesans mafkurasi ta’sirida yuzaga
kelgan
G’oyalar qamrovlilik darajasiga ko’ra milliy va umuminsoniy
turlarga bo’linadilar. Milliy g’oyalar muayyan bir millatning o’z
tarixiy
rivojlanishi
davomida
tarkib
topgan
bo’lib,
ushbu
millatning manfaatlariga xizmat qiladi (sintoizm). Umuminsoniy
g’oyalar er yuzidigi barcha millat va xalqlarning manfatiga mos bo’lgan
tushuncha va qarashlarni ifoda etadi (gumanizm, tolerantlik, ozodlik,
e’tiqod erkinligi). Shuningdek, bir necha millat doirasida ham
mushtarak fikrlarni ifoda etuvchi g’oyalar mavjud ( "Turkiston -
umumiy uyimiz").
Millatlar, xalqlarning o’z mafkuralarni yaratishda ham muayyan
tendentsiya mavjud, ya’ni har bir millat o’z mafkurasini yaratar ekan,
albatta, umuminsoniy qadriyatlarga suyanishga harakat qiladi
G’oyalar qaysi mafkura tarkibida bo’lishiga qarab, o’sha mafkuraning
ijtimoiy,
siyosiy,
falsafiy
xislatlarni
ham
o’zida
mujasamlashtirmay holmaydi.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining asosiy metodlari
va undagi davriylik.
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining asosiy metodlari-
dialetik, tarixiy-mantiqiy, emprik-sotsiologik va boshqa usullardaniborat.
Insoniyat o’tmishi yoki tarix fanini varaqlar ekanmiz insoniyat yashagan
dastlabki manzillar Sharq mamlakatlari hududlarida ekanligi hamda muayyan jamiyat
yoki tili, irqi, psixologik qarashlari bir xil, urfu-odatlari, anoanalari bir-biriga
yaqin, hududiy umumiylikka ega bo’lgan kishilar guruhining, boshqacha qilib
aytganda qabilalarning umumlashgan ijtimoiy siyosiy tizimi, ya’ni dastlabki
davlatlarning paydo bo’lishi ham Sharkda yuz bergan.
Shu bois, insoniyat taraqqiyotining beshigi Sharq deb aytiladi. Chunki,
insoniyat tarixida o’z davrining katta-katta yutuqlari sharqda kashf etilgan va u
insoniyat hayotining keyingi taraqqiyotida muhim omil bo’lib xizmat qilgan. Qq va
yoyning kashf etilishi, g’ildirakning paydo bo’lishi, yozuvning o’ylab topilishi
insoniyat taraqqiyotida muhim omil bo’lgan eng katta kashfiyotlar edi.
Xo’sh, bunday buyuk kashfiyotlarning paydo bo’lishiga qanday omillar sabab
bo’ldi. Bu avvalo tabiiy-ijtimoiy muhitdir.
Insoniyatning tabiatning turli injiqliklariga qarshi kurashi, ularning sabablarini
bilishga bo’lgan intilishi, o’zini qurshab turgan o’zi kabi insonlarning hatti-
harakatlari kabi ko’plab omillar uni o’ylashga va muayyan kashfiyotlar yaratishga olib
keldi.
Qishning qahraton kunlaridan jon saqlash, sovukdan qotib qolmaslik odamlarni
kiyim o’ylab topishga majbur etgan bo’lsa, turli yovvoyi hayvonlar hujumidan o’zini
saqlash, issinish, ovqatlarni pishirib eyishga o’rganilishi ularni olovni kashf etishga
majbur etdi. Endi ular o’zoq yillar olovni o’chirmasdan olib yurish kabi juda qiyin va
murakkab ishdan voz kechishdi.
O’q va yoyning kashf etilishi insoniyat hayotining eng muhim
kashfiyotlaridan biri bo’ldi. Endi u o’z hayotini saqlab holish uchun dastlabki mexanik
harakatdan foydalana boshladi. U och qolmaslik uchun anchagina chopqir hayvonlarni
ovlash, uchib ketayotgan qushlarni o’zining taomiga aylantirish bilan birga ularni
o’z hayotlarini boshqa jonivorlar qurboni bo’lishdek dahshatdan saqlab holish
imkoniyatini ham berdi.
G’ildirakning kashf etilishi, aravalarning paydo bo’lishiga u esa o’z o’rnida
insoniyat taraqqiyotiga muhim omil bo’lib xizmat qildi.
Ma’lumki, insoniyat tarixi-inson tafakkuri taraqqiyoti tarixi. Istalgan
falsafiy, siyosiy-ijtimoiy yoxud diniy mafkurani olsak, u ma’lum bir davrda, ma’lum
bir davlat, millat, ijtimoiy guruh uchun dasturamal bo’lib xizmat qilganini
ko’ramiz. Har bir mafkura kelgusida yaratilajak mafkuralar uchun zamin tayyorlab
borgan. Qadim ko’p xudolik ta’limotlaridan, so’ngra ikki yaratuvchi haqidagi
(dualistik) ta’limotlar (zardushtiylik)dan tortib, to yakkaxudolikni targ’ib qiluvchi
islom ta’limotigacha inson tafakkuri shu tariqa oddiydan murakkablikka intilib
borgan. Bundan anglashiladiki, ta’limotlar tarixi cheksiz davom etadigan jarayondir.
Har bir davr, har bir asr taraqqiyotining ushbu bosqichda insoniyat egallagan
bilimlari darajasi, aqliy salohiyati va maonaviy tafakkuridan kelib chiqqan holda yangi
ta’limotlarni yuzaga keltiradi.
Mafkuralar, yuqorida ta’kidlab qtganimizdek, o’z maqsad- mudtsaolariga ko’ra
yo taraqqiyotiga yoxud tanazzo’lga etaklashi mumkin va shu hislatiga ko’ra u yo
bunyodkor, yoki vayronkor bo’ladi.
Mafkuralar inson tafakkurining qaysi jabhasini qamrab olishga ko’ra ham
farqlanadi. Bundan asosan, axloqiy, mifologik, ilmiy, diniy, falsafiy, siyosiy
mafkuralarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Mm^&ologmk-mafkuralar qatoriga animizm, fetishizm, yunonteogoniyasi,
misrliklar, vavilonliklar, shumerlarning borliq va yaratuvchi haqidagi mifologik
qarashlarini kiritish mumkin.
Dshshy-mafkuralar qatoriga islomni, zardushtiylikni, tasavvufni,
nasroniylikni, iuduizmni, buddaviylikni, o’z mohiyatiga ko’ra dunyoni
Yaratuvchi nuqtai- nazaridan anglashga harakat qilgan barcha ta’limotlarni kiritish
mumkin.
Falsafiy- mafkuralar qatorida stoitsizm, konfutsiylik, aristotelizm, platonizm,
neoplatonizm qrin olishi mumkin.
Ilmiy - mafkuralarga naturalizm, darvinizmni, volyuntarizm, bixeviorizm,
kognitivizmni qqshish mumkin.
Siyosiy mafkuralar qatoriga kommunizmni, fashizmni, demokratiya
mafkurasini, shovinizmni, jadidchilik mafkurasi g’oyalarini kiritish mumkin.