Jahon xalqlari yozuvlari.
Reja:
1.Finikiy yozuvi
2. Oromiy yozuvi
3. Sug’d yozuvi.
4. Yunon yozuvi.
5. Avesto yozuvi.
6.Pahlaviy yozuvi.
7.Lotin yozuvi
Finikiy yozuv. Ushbu yozuvdan finikiylar, karfagentlar, qadimiy
yahudiylar tomonidan Finikiya, Suriya, Falastin va qisman Misr, Kipr,
Kiliniya (Kichin Osiyodagi viloyat), Karfagen kabi qadimiy davlatlar
foydalanganlar. Finikiy yozuvga daxldor katibalar miloddan oldingi 2-4 m:
yilliklarda taalluqlidir. Bu yozuvning paydo bo’lishi sarchashmasi haligacha
aniq emas. Taxmin qilishlaricha finikiy yozuv qadimiy Qan’onining bo’g’in
va yo undosh yozuvi asosida vujudga kelgan. Finikiy yozuvda 22 ta undosh
harf mavjud edi. Keyinchalik qattiq unlilar uchun maxsus alomatlar ishlab
chiqildi. Keyinchalik qariyb hamma harfli va ovozli xatlar sistemasi, jumladan
yozuvlarning ikki katta bo’g’ini-yunon va oromiy yozuvlar, ham finikiy
yozuvidan ibtido oldi.
Oromiy yozuv
. Ushbu yozuv undosh tovushlardan iborat bo’lib, 22 ta harfi
bor edi. Miloddan oldingi birinchi ming yillikning avvallarida finikiy yozuv
zaminida vujudga keldi. Oromiy yozuvning qadimiy osori Var-Xadod
(SHimoliy Siriya) va Zokir (Xamodan) katibalardir. Keyinchalik oromiy
yozuvni boshqa somiy xalqlar-yahudiylar, oshuriylar, bobiliylar qabul qildilar.
Miloddan oldingi 3-2 asrlarda ushbu yozuv bir necha shoxada-yahudiy
yozuvining murabba xili, palmir va nabatiy yozuvlarida bo’lindi.
Mazkur yozuv Vaynannahrda mixsimon bobil va akkad yozuvlari o’rin:
Haxomanishiylar davlati (imperiyasi) davrida ham oromiy yozuv mixsimon
qadimiy fors yozuvi bilan baravar qo’llangan. Jamshid taxtidan 500 taga yaqin
oromiy katibalar yozilgan joy taxtachalar topilgan. O’rta eroviy yozuvlarining
aksariyati-pahlaviy, porsiy, sug’diy, monaviy, xorazmiy yozuvlari oromiy
xatdan paydo bo’lgan.
Sug’d yozuvi. Bu yozuv oromiy yozuv asosida eramizdan avvalgi birinchi
ming yillikda qadimiy Sug’d zaminida yaratilgan. U 23 alomatni o’z ichiga
olar edi. Sug’d yozuviga mansub birinchi yozma yodgorlik eramizdan oldingi
I asrda taalluqlidir.
Sug’d yozuvining alomatlarini birinchi bor frantsuz olimi R.Goto
transliteratsiya qilgan edi.
Sug’d yozuvida avvallari bir-biriga ulardan harflar (ligatiralar) juda kam
bo’lgan. Har bir harf o’zining alohida yozma shakliga ega bo’lib, ularni
bemalol bir-biridan farq qilish mumkin edi.
VI asrning boshlariga “sutra yozuvi nomukammal finik sug’d yozuvi
taraqqiy etdi va X asrda keng qo’llandi. Bu yozuv bilan budda dinining yozma
yodgorliklari yozilgan. Mukammal finik sug’d yozuvi sakkizinchi asrning
o’rtalarida vujudga keldi. Bu yozuv bilan Mug’ tug’i, Afrosiyob va Panjakent
katibalari yozilgan. Siniq sug’d yozuvida ulardan harflar ko’proq ishlatilgan
va alomatlari bir-biridan farqlash ancha qiyin bo’lgan.
Mutaaxxir siniq sug’d yozuvi (bu yozuvni “uyg’uriy sug’d” yo “uyg’uriy”
ham dedilar) IX-XI asrlarda taraqqiy etgan. Uyg’uriy yozuvida harflarni bir-
biridan farq qilish uchun diakritik alomatlar (harflarning ustiyu ostida nuqta
va alomatlar) qo’llangan. diakritik alomatlarni ishlatish kitoblar ixtiyorida edi.
Bu umumsug’d yozuvlaridan tashqari yana ikki xil sug’d yozuvi taraqqiy
etgan edi. Bularning bittasida bixoriy va ikkinchisiga istaravshaniy nomini
berish mumkin.
Miloddan avvalgi II-III asrlarda shakllangan sug’d yozuvi o’lkamiz
madaniyati tarixida muhim rol o’ynaladigani isbotlovchi dalillar juda ko’p
topilgan. Dalillarning guvohlik berishiga bu yozuv ijtimoiy va madaniy
hayotning hamma sohalarida keng qo’llangan. Shu murakkab jarayonda sug’d
yozuvining tashqi shakli takomillasha borgan hamda uning ichki mazmuni-til
tovush sistemasi tobora aniq ifodalash tomon o’sa borgan, muayan orfografik
normalar vujudga kela boshlagan.
Bu qadimiy sug’d yozuvi orqali eramizning boshlaridan to X-XI asrlarga
qadar yozilgan ko’plab hayot yodgorliklari bizgacha etib kelgan. Bu
yodgorliklar orasida ko’plab numizmatik materiallar (tanga yozuvlari) metall,
sofol, yog’och, charm, qog’oz va boshqa buyumlarga bitilgan matnlar, shaxsiy
maktublar, diniy, ahloqiy-falsafiy matnlarning parchalari, xo’jalik huquqiy va
diplomatik hujjatlar mavjud.
Shunday noyob yodgorliklarning katta guruhi Panjakent yaqinidagi Mug’
tog’i tepasidagi qadimgi qasr xarobarilaridan topilgan sug’d hujjatlaridir.
Mazkur yodgorliklar majmuasi “Mug’ tog’i sug’d arxivi” deb nomlangan
va o’z ichiga VII asr oxiri VIII asr boshlariga oid 80 ga yaqin noyob hujjatni
qamrab oladi. Bu hujjatlar sug’d podsholigiga tobe’ Panj hokimlari va
amaldor ayollarga tegishli hujjatlar yig’indisidan iborat. Agar istilosi
kunlarida, xususan, 722-yilda Panj hokimi, bir muddat Sug’d podshosi taxtiga
da’vogar sifatida ish ko’rgan Devashtich boshliq guruh Mug’d tog’ida
joylashgan mudofaa davriga chekingan. Shu sababli saroy hujjatlari qasrga
keltirilgan. Tarix kitobi sahifalaridan ayonki, 722- yili arablar qasrni bosib
olib, vayron qildilar.
Mug’d qasri xarobalarida qolib ketgan sug’d arxivi oradan 1210- yil
o’tgach, 1932-1933- yillarda topilgan. Bu hujjatlar shu vaqt davomida ancha
o’rganildi, barcha matnlarning izohli nashrlari e’lon qilinmoqda va ularning til
xususiyatlari o’rganilmoqda. Qadimgi sug’d yozuvi bo’yicha paleografik
tadqiqotlar bajarilmoqda. Bir turkum sug’d hujjatlarining o’zbek tiliga
tarjimasi va izohlari 1992-yil Mirsodiq Is’hoqov tomonidan o`rganildi.
Yunon yozuvi. Bu yozuvdan qadimgi yunonliklari miloddan avvalgi X-
VIII asrlarda foydalanganlar. Finikiy yozuvdan paydo bo’lgan. Yunonliklar
finikiy yozuvni o’z tillariga mohirlik bilan tatbiq etdilar. Yozuv tarixida
birinchi bor unlilar uchun alohida harflar joriy qildilar va undoshlar uchun bir
necha harf ilova qildilar. Finikiylar rostdan chapga qarab yozardilar.
Yunonliklar ham avval shu usulni qo’lladilar. Keyinchalik bir qatorni o’ngdan
chapga, ikkinchi qatorni chapdan o’ngga qarab yoza boshladilar. Miloddan
oldingi VII-VI asrlardan boshlab chapdan o’ngga qarab yozilishi joriy qildilar.
Yunon alifbosi 24 harfdan iborat bo’lib, dunyoning ko’pgina tillari alifbosi,
jumladan, lotin, slavyan, arman, gruzin, got tillarining alifbosi o’z asosini
yunon alifbosidan oldi.
Avesto yozuvi. (Zand yozuvi ham deyiladi). III-IV asrlarda paylaviy
yozuvi asosida ixtiro qilingan va Avesto kitobini yozish qo’llangan. Unda 48
ta harf va 3 ligatura (birlashgan harflar) mavjud edi. Ushbu yozuv Avestoni
bexato va to’g’ri o’qish uchun ixtiro etilgan. Avesto yozuvi sosoniylar
zamonida “din-dabira”, ya’ni diniy matnlarni chop etish uchun yaratilgan
yozuv nomi bilan yuritilgan.
Pahlaviy yozuvi.
III asrda oromiy yozuv asosida yaratilgan. Paylaviy
tilining qadimiy kotibalari yozuvda bitilgan. Ushbu yozuv 22 alomatdan
iborat edi. Keyinchalik tez yozish (kursiv) usuli qo’llanilgach alomatlar
miqdori 14-15 ta bo’ldi. Pahlaviy yozuvida faqat uzun unlilar o’z alomatiga
ega edi. Ushbu yozuv o’ngdan chapga qarab yozilar edi.
Lotin yozuvi
Eramizdan avvalgi 403- yildan boshlab Afinada klassik grek
alfaviti qo’llana boshlandi. Ushbu alfavitda hammasi bo’lib 24 ta harf bo’lib,
undan 7 tasi unli, qolganlari undosh tovushlarni ifoda etgan. G`arbiy grek
yozuvi asosida lotin yozuvi paydo bo’lgan bo’lsa, sharqiy grek yozuvi asosida
krilitsa, gruziya va arab alfavitlari yaratilgan.
Ko’p o’tmay lotin yozuvi G`arbiy Yevropada keng tarqala boshlandi. XVI
asrga kelib qog’oz yaratildi va kitob nashri yo’lga qo’yildi. Bu omil ham lotin
yozuvining keng tarqalishiga sabab bo’ldi.
Hozirgi zamon yozuvlaridan 70 tasi (bundan 30 tasi Yevropa, 20 tasi
Osiyo, 20 tasi Afrikada yashovchi xalqlarga taalluqli) lotin yozuviga
asoslangan.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Jahonda qanday yozuvlar keng tarqalgan? Buning sababi nimada deb
o’ylaysiz?